BADIIY KO'RGAZMALAR DIREKTSIYASI FONDI TO'PLAMIDAGI 90-YILLAR RANGTASVIR KOLLEKTSIYASI
Zuxra Zaynutdinova zuxrazaynutdinova_art@mail .ru Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti
Annotatsiya: Maqolada O'zbekiston rangtasvirining rivojlanishi tamoyillari va asosiy bosqichlari Badiiy ko'rgazmalar direktsiyasi fondida saqlanadigan rangtasvir asarlari misolida yoritilgan. Rangatasvir rivojlanishidagi muhim omillarga to'liq ta'rif berilishi orqali mustaqillik yillari ijodiy erkinlikka erishib yangi bosqichga o'tilgani bilan yaqqol solishtrima misollar keltirilgan.
Kalit so'zlar: rangtasvir, rassom, kompozitsiya, asar, etnomadaniy, milliy, zamonaviy, tarixiy, dastgohli, falsafiy, sotsrealizm, madaniyat, san'at
90'S PAINTING COLLECTION FROM THE FUND COLLECTION OF THE
BOARD OF ART EXHIBITIONS
Zuhra Zaynutdinova zukhrazaynutdinova_art@mail .ru National Institute of Painting and Design named after Kamoliddin Behzod
Abstract: The article describes the principles and main stages of the development of the painting of Uzbekistan on the example of the paintings kept in the fund of the Directorate of Art Exhibitions. By providing a complete description of the important factors in the development of painting, clear comparative examples are provided with the years of independence and the transition to a new stage of creative freedom.
Keywords: painting, artist, composition, work, ethnocultural, national, modern, historical, easel, philosophical, social realism, culture, art
O'zbekistonda dastgohli rangtasvir XX asrda shakllanib qisqa vaqt ichida o'ziga xos rivojlanish yo'lini bosib o'tdi. O'tgan asrning asosan 20-30 yillarida keng rivojlanib kelayotgan tasviriy san'at dunyodagi kechayotgan aktual uslublar bilan xamohang ravishda madaniy hayotdan o'rin egalladi. Bir necha asrlar davomida diniy cheklovlar ta'sirida rivojlanishi mumkin bo'lmagan rangtasvir xalq ko'nglidan chuqur joy egalladi va birin-ketin mahalliy rassomlar ham ko'zga ko'rina boshladilar. Birnecha o'nyillik davrida rangtasvir turli va murakkab o'zgarishlarni boshdan kechirdi. 1920-30-yillarda O'zbekistonda asosan Rossiya bilim yurtlarida taxsil olgan qator rassomlar, jumladan O.Tatevosyan, L.Bure, A.Nikolayev (Usto Mo'min),
A.Volkov, V.Ufimtsev, P.Benkov, Z.Kovalevskaya va boshqalar ijod qildilar. Mamlakatning etnomadaniy o'ziga xosligi, ya'ni urf-odatlari, madaniyati va albatta boy taгixi yuqorida aytib o'tilgan гassomlaг ijodi uchun ilhom manbai bo'lib xizmat qildi. Rassomlar гeal olamni g'aгb avangardi uslubida aks ettiгishaгdi. Biгoq 1930-yillarning ikkinchi yaгmida mafkuгaviy cheklovlar yuzaga kelib, гassomlaгga sotsгealizm mavzusida ijod qilishga гuxsat etildi.
1940-yillaT tasviгiy san'atiga Ikkinchi jahon urnshi ta,siг etmay o'tmadi. Bu yillar гangtasviгida uгush mazusida qatoг rassomlar ko'plab asaгlaг yaгatdilaг. 1950-yillardan esa san'at olamiga yangi rassomlar guгuhi kiгib kela boshladi. M.Saidov, R.Axmedov, N.Qo'ziboyev, Ch.Аxmaгov, T.Oganesov kabi iqtidorli гassomlaг milliy гangtasviгning yangi qin-alarini ochdilaг. Ulaг mafkuгaviy mavzulardan uzoqlashmagan xolda yangi janгlaгga murojaat qildilaг.
Tasviгiy san'atga mamlakatda qiziqish oгtib boгishi natijasida keyingi o'nyilliklaTda yana yangi yosh гassomlaг gumhlari shakllana boshladi. 1960-yillaгda
B.Babayev, R.Choriyev, Yu.Stгelnikov, P.Toxiгov, N.Shin, V.Buгmakin va boshqalar sekin asta sotsгealizm qoidalaridan chetlashib, гamziy mavzulaгda ijod qila boshladilar. 1970-yillar гangtasviгi J.Umaгbekov, B.Jalolov, Sh.Abdurashidov, А.Miгzayev, P.Kichko, O.Muinov va yana boshqa ko'plab rassomlar ijodi bilan o'zbek rangtasvirini yangi pog'onaga olib chiqdi.
1980-yillar tasviriy san'atda yangi davrning darakchisi sifatida namoyon bo'ldi. 70-yillar ijodi shakllana boshlagan bir qator rassomlar ijodida birmuncha o'zgarishlar ro'y berdi. Ularning asarlarida milliy merosni uslubiy yondashuv sifatida plastik interpretatsiya qilish, an'analarning dekorativ, koloristik sifatlarini sintezlash kabi yangiliklarni kuzatishimiz mumkin. Yuqoridagi izlanishlarning novatorligi shundaki, rassomlar milliy madaniy merosning uslubiy asoslarini erkin talqin qilish imkoniga ega bo'lishdi.
1930-dan 1980-yillarga qadar milliy rangtasvirning rivojlanishi ma'lum qoidalar, mezonlar, tavsiya va tavqiqlarga ega sotsrealizm doirasida kechgan bo'lsa, endilikda O'zbekiston rangtasviri yangi bosqichga o'ta boshladi.
1991-yil boshlangan ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy o'zgarishlar O'zbekiston badiiy madaniyati tarixida yangi saxifani ochdi. O'tmish merosini qayta tiklash jarayonlari turli tarixiy-nazariy, ba'zida esa, juda keskin g'oya va shakllarni o'zlashtirib, ularni milliy o'zlikni anglashga jalb etardi. Mazkur izlanishlar shunchaki zamon mahsuli bo'lmay, etnomadaniy tafakkur ildizlarini anglash yo'lidagi intilishning bir qismi edi.
Tasviriy san'atda milliy madaniyatning mutlaqo yangi qatlamlari, ilgari nazardan chetda qolgan qadimiy arxaika, sufiylik ta'limoti, ko'hna marosimlar va xalq poetik merosi aktuallashdi. Qadimgi va O'rta asrlar davri madaniyati milliy etnoslarning badiiy tafakkurida chuqur iz qoldirganini, uning ta'siri XX asr tasviriy san'atida muhim rol o'ynaganini hisobga olish lozim. Mustaqillik davri rangtasvirida ham xalq
tafakkurida asrlar davomida rivoj topgan ma'naviy-estetik qarashlar yorqin namoyon bo'la boshladi.
Yangi sharoitda san'at o'zining asosiy vazifalaridan birini - genetik kod asosida milliy madaniyatning uzluksiz rivojini ta'minlay boshladi. Shu o'rinda aytish lozimki, genetik kod, madaniy xotira, etnos mentalligi ko'p asrlik boy tarixga ega va boshqa qatlamlar ortida ko'rinmay qolishi mumkin emas. Mazkur omil taxminan yuzyil avval shakllanishni boshlagan zamonaviy rangtasvir taraqqiyotiga ta'sir qilishda davom etmoqda.1
Yuqorida keltirilgan rangtasvirdagi yangilanish mustaqilikka qadam qo'ygan barcha rassomlarning ijodida namoyon bo'ldi. Badiiy ko'rgazmalar direksyaisida (BKD) saqlanadigan 90-yillarga oid 200 dan ortiq rangtasvir asarlari turli uslub va yo'nalishlarga taalluqlidir. Jumladan R.Shodiyev, S.Raxmetov, J.Usmonov, B.Serekeyev, S.Raxmonov, B.Maxkamov, L.Ibragimov, O.Babadjanov, N.Abdusalomxo'jayev va boshqa bir qator rassomlarning ijodiy erkinlikka erishilgan mazkur davrga oid asarlari etnomadaniy o'ziga xoslikka ega.
Lekim Ibragimov rangtasviri haqida so'z borar ekan, uning Uzoq Sharq rangtasviri, qadimgi freskalardan tasirlanganligi va ularni chuqur o'rganganligini guvoxi bo'lamiz. Rassomning fondda saqlanadigan "Qushcha" (1991) rangtasvir asarida o'zbek ayolining oyna darchasida tashqariga muloyim boqib turishi tasvirlangan. Uning yuzi nafis chizgilar orqali ta'sirchan aks ettirilgan. Rassom o'z asarlarida ortiqcha detallardan kechib, rang va chizgilar orqali ixcham, biroq mahobatli ta'sirga ega kompozitsiyalar yaratishi bilan ajralib turadi. Mazkur asarida milliy o'ziga xoslikni anorlarning ramziy ma'nosi orqali ifoda etadi. Shu bilan birga anor bu asarda ayolning bo'lajak ona timsolida gavdalanganini bildiradi.
A.Xakimov belgilab o'tganidek: "Yangilangan o'zbek rangtasvirida tarixiy xotira, an'anaviy estetikaning fabula va stilistikasi san'atda milliy o'ziga xoslikni shakllanishida muhim omil vazifasini bajaradi. 1990-yillar rangtasvirda yangi mavzu va motivlar repertuari paydo bo'ldi. Kartinalar tematikasida qadimgi shahar madaniyati personajlari (mazxarabozlar, meshkoplar, hunarmandlar), shuningdek, Sharq an'anaviy madaniyatining obrazlari (tovuslar, tuya va otlar, ertaknamo mavjudotlar - parilar, farishtalar, odam-qushlar) paydo bo'ldi. O'zbekistondagi O'rta asr klassik me'morchiligi obidalari yangi, majoziy interpretatsiyaga duch keldi.
Musulmon madaniyatida ilhom olgan rangtasvirchilar o'z asarlarida islom diniga oid marosimlar, so'fiylik g'oyalarini aks ettirishga harakat qilishdi. Mazkur mavzu va syujetlar rassom tarixiy xotirasining milliy o'ziga xosligini anglashga qaratilgan muhim qismi hisoblanadi."2
1 Ахмедова Н.Р. Живопись Центральной Азии XX века: традиции, самобытность, диалог. - Ташкент, 2004.-B.37.
2 Хакимов А.А. Новая узбекская живопись. - Ташкент, 2014.- B.70.
Badiiy ko'rgazmalar direktsiyasi fondida saqlanadigan asarlardan Jamol Usmonov, Baxtiyor Maxkamov, Sodiq Raxmonovlar dastgohli rangtasvirlari mavzulari falsafiy ma'no va ramzlar orqali ifoda etiladi.
Baxtiyor Maxkamovning fonddagi "Temurning ehtiyotkorligi" (1992), "Poklanish" (1995), "Arfa chalayotgan qiz" (1997) rangtasvir asarlarida milliy badiiy an'analarni chuqur anglagan xolda umuminsoniy muammolarni milliy negizga aylantiradi. U buni interpretatsiya darajasida emas, aynan chuqur idrok etib dunyoqarashining o'ziga xosligi orqali ifoda etadganini ko'rishimiz mumkin.
Chuqur falsafiy-poetik talqinlarni Jamol Usmonov ijodida ham kuzatish mumkin. So'fizm ta'limoti va Sharq miniatyurasini chuqur o'rgangan rassom o'z asarlari uchun yangi obrazli yechimni topish orqali teran mazmundorlikka erishgan. Mumtoz shoirlar - imom al G'azzoliy, Attor, Navoiy, Rumiy adabiy merosi rassom uchun tuganmas ilhom manbai sifatida xizmat qiladi.
J.Usmonov rangtasvirdagi ma'naviy va badiiy printsiplarni yangilashda Sharqning falsafiy va poetik an'analaridan keng foydalangan. Rassom so'fiy-shoirlar ijodida din, falsafa va poeziya masalalarining ajralmas aloqasini nozik xis qiladi. "Kechki safarga yo'l" (1991), "Kuzgi ovchi" (1995), "Meditatsiya", "Saxro kuyi" asarlarida mazkur jihat yaqqol namoyon bo'ladi.
1990-yillar oxiri 2000-yillar boshida O'zbekiston rangtasvirida so'fiylik tematikasi darveshlar obrazi orqali ifoda etiladi. Mazkur tajribalarni F.Ahmadaliyev ham o'z ijodida muvaffaqiyatli qo'llagan.
Bu davrda rassom asarlaridagi so'fiyona ramzlar monoxrom, ya'ni sarg'ish-kulrang gammada ifoda etiladi. F.Ahmadaliyev tasavvuf ta'limoti mohiyatini anglashga intilgan rassom sifatida komillikka erishish, hayotning asl mazmuni anglash uchun xoyu-havaslardan kechgan darveshlarning teran obrazini ochib berishga intiladi. Uning «Darvesh», «Darvesh hayoti», «Darveshlar dunyosi» singari asarlari shular jumlasidandir. F.Ahmadaliyev darveshlar hayotining asosiy mohiyatini «kamtarlik», «itoatkorlik» kabi tushunchalarda ko'radi. Darvesh - bu ongli ravishda "ishq" yo'lini tutgan, hayotning moddiy ne'matlaridan o'zini tiyib, joni va hayotini Allohga bag'ishlagan insondir. Darvesh tanlagan yo'l - bu e'tiqoddir. F.Ahmadaliyev uchun darvesh obrazi - e'tiqodiga va iymoniga sadoqatli komil shaxs timsoliga aylanadi.
O'tgan asrning 70-yillarida ijodiy yo'lini boshlab, 1990-yillarda yetuklik bosqichiga yetgan J.Umarbekovning rangatsvirida ham yangi badiiy va plastik g'oyalar shakllanadi. Individual yondashuvini saqlab qolgan rassom o'z tajribasini qayta ko'rib chiqdi. Milliy madaniy meros arte-faktlari J.Umarbekov asarlarining bosh mavzusiga aylandi. Uni tarixiy-etnografik olamdan ko'ra yaqin o'tmishning predmetlari va qahramonlari bilan bog'liq poetik tasavvurlar ko'proq qiziqtir boshladi. Charxchilar, sozandalar, sotuvchilar, bozorlar, ko'chalar, charxpalaklar kabi eski shahar motivlari rassom asarlarida yorqin rangtasvir fantaziyasi ko'rinishida aks etdi.
1990-2000-yillarda yaratilgan asarlarini obrazli plastik yechimlariga ko'ra shartli turkumlarga ajratish mumkin. Folklor ruhidagi hikoyaviy turkumga kiruvchi "Choyxona" (1994), "Marosim" (1997), "Musiqachilar" (1998), "Suv uchun ketayotgan ayol" (1998) asarlari nafis dekorativ va grafik yechimlarga boy.
Mulohazalar, qalbda mujassamlangan meditatsiya va o'z tasavvurlariga cho'mish avvalgi davrning va borliqning ijtimoiy baholarini o'rnini egalladi.3
Ta'kidlash joizki, 1991 yildan boshlab ijodiy erkinlikka erishgan rassomlar mavzu va uslublarda xech qanday chegarasiz mustaqil ijod qila boshladilar. Shu bilan birga tarixiy shaxslar obrazlarini yaratish borasida bir qancha tanlovlar o'tkazildi. Rassomlarning aksariyati o'zlarini tarixiy portret va tarixiy sahnalar mavzularida sinab ko'rdilar. Shunday rangtasir kompozitsiyalaridan biri Sobir Raxmetov mo'yqalamiga mansub "Alpomish" asari o'ziga xos yechimga ega. Rassom diqqatini asosiy qahramonga qaratdi. U yaratgan "Alpomish" sovut kiygan, qo'lida kamoni, orqasida kamon o'qlari bilan hayajonli oq tulporiga mingan holda tasvirlangan. Qahramon jangovar ko'rinishda aks etgan bo'lsada, otiga nisbatan yuz ifodasi juda xotirjam. U xattoki qo'l harakati bilan jonivorini tinchlantirmoqda. Asar qahramonining bunday holatda ochib berilishi jang maydonida bo'lishiga qaramay Alpomishning kuchli irodasi va mardonavorligini izohlaydi. Shu bilan birga asardagi obraz yirik tasvirlangani umumiy holatda mahobatli ko'rinish baxsh etadi. Ko'k, kulranglardan foydalanilgan kolorit zabardast Alpomish obrazi taassurotini kuchaytiradi. S.Raxmetovning afsonaviy qahramonni real ko'rinishda tasvirlashi uning to'qima emas, balki haqiqiy tarixiy shaxs bo'lgandek hissiyot uyg'otadi.
Tarixni o'rganishda Sa'dulla Abdullaevning erkin badiiy interpretatsiyasi o'ziga xos poetik hayollarini ifoda etadi. Asarlaridagi gullayotgan vodiylar, qahramonlarning nozik obrazari, rassomning hayolot olamidagi go'zalliklari haqidagi tasavvurlari uning A.Navoiy sheriyatiga bo'lgan muhabbati bilan uzviy bog'liq. Aynan Navoiy hayoti va ijodi S.Abdullaev asarlarining asosiy mavzusini belgilab beradi.
Shoir va mutafakkirning asarlari, davlatga xizmatlari rassomning "Layli va Majnun", "Iskandar devorlari", "Adisher Navoiy va Husayn Boyqaro Hirotda" (1991), "Amir Temurning duosi" (1998), "Samarqand bilan vidolashuv" (triptix) (1991), "Alisher Navoiy Samarqandda" (1992), "Yassaviy portreti" (1993), "Boburiylar Hindistonda" (2005) va boshqa shu kabi kartinalarni yaratishga asos bo'ldi.
S.Abdullaevning tarixiy asarlarida ko'pincha aniq haqiqat, hayotning kundaliligidan maxrum lirik talqin ustunlik qiladi. Rassom milliy voqelikni tarixiy-adabiy va hayotiy asosda o'ziga xos ideal modellashtirish tizimini rivojlantiradi.
Malik Nabiev ijodiga tarixiy va zamonaviy mavzular xos. Uning boy merosini ikki yo'nalish bo'yicha o'rganish mumkin. Birinchisi real borliqdan taassurotlarga asoslangan bo'lib, "Mirob", "Sharifjonov portreti", "Quruvchi", "San'atshunos
3 Хакимов A.A Искусство Узбекистана. История и современность. Ташкент, 2010. B.379.
Пс^Ш^^В! 607 ISSN 2181-063Х/Impact Factor 4.047 (SJIF 2021)
I.Rahmonqulova", "Yog'och o'ymakori" kabi asarlarida aks etadi. Bu asarlarda rassom tasvirlanayotgan shaxslarning ichki olamini chuqur ifoda etishga harakat qiladi. Ijodidagi ikkinchi asosiy yo'nalishi buyuk tarixiy shaxslar va tantanali tarixiy voqealarga asoslangan. Ular "Taxtdagi Amir Temur", "Bibixonim portreti", "Abu Rayxon Beruniy" (1950-1972), "Bobur portreti" (1962), "Ahmad al Farg'oniy", "Mirzo Ulug'bek", "Ar-Roziy portreti", "Behzod portreti", "Cho'lpon", "Qodiriy" asarlaridir.
Janrli kartinalar orasida 1996 yilda yaratilgan V.Burmakinning "Amir Temur va Ibn Xaldun", M.Nuriddinovning "Amir Temur Davlat ramzlarini qabul qilmoqda", O.Mo'minovning "Amir Temur otasi bilan", S.Raxmetovning "Darvoza oldidagi karvon", A.Aliqulovning "Samarqand bozori", Z.Faxrutdinovning "Amir Temurning shaharga kirib kelishi", "Amir Temur mashvarati", "Shahzoda mashqda", B.Aytmurodovning "Amir Temur jang oldidan", T.Mirjalilovning "Amir Temur ovda", M.Yo'ldoshevning "Amir Temurning Xo'ja Hofiz bilan uchrashuvi", R.Rizamuxamedovning "Amir Temur ilm-fan homiysi" kartinalari o'zining yaratilish mahoratiga ko'ra e'tiborga loyiq.
Xulosa o'rnida ta'kidlash kerakki, mustaqillik davrida zamonaviy O'zbekiston madaniyati milliy ideallar va an'analarni qayta tiklash asosida rivojlandi. Tasviriy san'at oldiga XX asrdagi ijodiy izlanishlarni tarixiy meros bilan uyg'unlikda chuqur o'rganish, davrga mos yangi ko'rinishda talqin etish vazifasi qo'yildi. Xalq merosini nafaqat o'tmish boyligi sifatida, balki yangidan shakllanayotgan jamiyat ma'naviy hayotida muhim rol o'ynovchi ijodiy, ma'rifiy-tarbiyaviy omil sifatida qabul qilish muammosi vujudga keldi. Avallari, uslubiy izlanishning tayanchi sifatida qaralgan an'analarning aniq empirik mazmuni emas, "madaniy xotira", "etnomadaniy o'ziga xoslik" masalalari dolzarblashdi.
Yuqoridagi barcha o'zgarishlarni to'laqonli ko'rsatib berishda muzey va fondlarning ahamiyati katta. Milliy merosni kelajak avlodga saqlash, uni ko'rgazmalarda ko'rsatish va targ'ib etish soha mutaxassislarining dolzarb masalasi bo'lib, bugungi kunda xalqaro, respublika miqyosida ko'plab ko'rgazmalar tashkil etilmoqda. Ularda O'zbekiston san'atini rivojlanish bosqichlari, ijtimoiy-siyosiy tamoyillari namoyon bo'lgan asarlar o'rin egallab, yosh avlodni tarbiyalashda bu kabi ko'rgazmalar muhim ahamiyatga ega.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Aхмедова Н.Р. Живопись Центральной A3mm ХХ века: традиции, самобытность, диалог. -Т.: 2004. -224 b.
2. Aхмедова Н.Р. Неизведанный путь. -Т.: «San'at», 2015. - 124 b.
3. Веймарн Б.В. Искусство Средней Aзии. - М.: Искусство,1940. -191 b.
4. Знаки времени. Культурные контексты современного искусства Узбекистана: наследие и постмодернизм. - Т.: «San'at», 2008. -152 b.
5. Хакимов А.А. Искусство Узбекистана: история и современность. -Т.: «San'at», 2010. -504 b.
6. Хакимов А.А. Новая узбекская живопись. -Т.: «San'at», 2014. -183 b.