Научная статья на тему 'BADIIY ILLYUSTRATSIYALARNING ZAMONAVIY USLUBLARI'

BADIIY ILLYUSTRATSIYALARNING ZAMONAVIY USLUBLARI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
272
16
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
illyustratsiya / tendensiya / kitob bezagi / uslub

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Jamshid Husan O‘g‘li Rashidov

Ushbu maqolada zamonaviy illustratsiyalarning ko‘rinishlari va uslublari yoritilgan bo‘lib, ular badiiy vositalar kesimida o‘rganilgan. Shu bilan birga bu mavzuga yaqin bo‘lgan izlanishlar keltirilgan. Xulosa sifatida zamonaviy illyustratsiyalarning xususiyatlari berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BADIIY ILLYUSTRATSIYALARNING ZAMONAVIY USLUBLARI»

BADIIY ILLYUSTRATSIYALARNING ZAMONAVIY USLUBLARI

Jamshid Husan o'g'li Rashidov Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti

Annotatsiya: Ushbu maqolada zamonaviy illustratsiyalarning ko'rinishlari va uslublari yoritilgan bo'lib, ular badiiy vositalar kesimida o'rganilgan. Shu bilan birga bu mavzuga yaqin bo'lgan izlanishlar keltirilgan. Xulosa sifatida zamonaviy illyustratsiyalarning xususiyatlari berilgan.

Kalit so'zlar: illyustratsiya, tendensiya, kitob bezagi, uslub

MODERN STYLES OF ART ILLUSTRATIONS

Jamshid Husan oglu Rashidov National Institute of Painting and Design named after Kamoliddin Behzod

Abstract: This article discusses the types and styles of modern illustrations, which are studied from the point of view of artistic means. At the same time, studies related to this topic are presented. As a conclusion, the features of modern illustration are given.

Keywords: illustration, trends, book design, style.

Turli sohalarning rivojlanishi san'atning yangi uslublarini kelib chiqishiga turtki bo'ladi. Kitob nashri sohasida dunyodagi yangi estetikani o'rganib borish mahalliy sanoat uchun raqobat bardoshlikni oshiradi. Ushbu izlanishda illyustratsiyaning yangi uslublarining xususiyatlarini aniqlash va ularni guruhlash maqsad qilib belgilangan.

Bu mavzu doirasida olib borilgan tadqiqotlar o'rganilar ekan ularda quyidagi xulosalar berilgan. B.Bulduk illyustratsiyalarning zamonaviy uslubi sifatida animatsion va uch o'lchamli illyustratsiyalarni keltirgan.[1] R.Geske bolalar adabiyoti illyustratsiyalarining tendensiyalari hamda Latviyadagi bolalar adabiyotiga bo'lgan talab va taklifni o'rganib, latgalya tili alifbosi uchun kitob dizayni konseptsiyasini ishlab chiqish jarayonida bolalar adabiyotida minimalizm, ranglarning tozaligi, soddalik hamda retro uslub dolzarb ekanligini bildirgan.[2] N.Karpenko illyustratsiyalarning yangi tendensiyasi sifatida obrazlarning nisbatlari buzilishi va bo'rttirilishi, uch o'lchamli hamda chiziqli illyustratsiyalarni keltirgan.[3] Shui Jin illustratsiyalarni realizm, abstrakt, multfilm, dekorativ, milliy, bo'rttirish va syurrealizm uslublariga bo'lib, texnikalarni esa qo'lda ishlangan, raqamli, kollaj, multimedia, uch o'lchovli turlarga bo'lgan.[4] Ventsyuan Chjou chizish texnologiyalari tasvir uslubini o'zgartirishini ta'kidlab, harakatdagi illustratsiyalar bu

fîcïV^^^BI 78 ISSN 2181-063X/Impact Factor 4.047 (SJIF 2021)

sohadagi tadqiqotlarning yangi yo'nalishi ekanligini bildirgan.[5] Yuqoridagi tadqiqotlarda badiiy vositalar yordamida illustratsiyalar tahlil qilinmagan bo'lib, mazkur izlanishda badiiy vositalar yordamida illustratsiyalar tafsiflaniladi.

Ushbu izlanish doirasida olingan natijalar o'rganilgan illustratsiyalarga bog'liq bo'lganligi sababli natijalar aniqligi ham shu illustratsiyalar doirasida qoladi. Izlanish quyidagi tartibda amalga oshirilgan. Mashxur zamondosh illustratorlar ro'yxatini shakllantirish va ularning ishlarini to'plash. Zamonaviy uslubdagi illustratsiyalarni saralash. Saralangan illustratsiyalarning oldingi analogini qidirish va qayta saralash. Saralangan illustratsiyalarning xususiyatlarini tahlil qilish.

Yuqoridagi tartibda izlanish olib borib, Sebastian Kuri (1-rasm), Jean Jullien (2-rasm), Bodil Jane (3-rasm), Felicia Fortes (4-rasm), Benjamin Flouvlarning (5-rasm) illyustratsiyalari alohida ajratib olinib tahlil qilindi. Ularning illustratsiyalarida lokal ranglar, elementlarning aniq chizmasi, ranglar kontrasti, kompozitsiya elementlarini yaqqol ko'rinishi, tekstura va fakturadan keng foydalanish kabi umumiy uslubni kuzatish mumkin. Mazkur uslub raqamli texnologiyalar sababli shakllangan deb aytish mumkin. Tasvirni hosil qilishning vektor metodida bunday tasvirlarni ishlashda yaxlit, sodda, ifodali shakllardan foydalaniladi. Bunda esa o'z navbatida kompozitsiyani boyitish uchun tekstura va fakturadan foydalanishni taqozo qiladi.

1-rasm. Sebastian Curi - https://sebastiancuri.com/ Illustatsiyalarda tekstura va fakturadan tashqari soyalardan foydalanib (Sebastian Curi, Felicia Fortes) hajmni tasvirlash holatlarini ko'rish mumkin. Felicia Fortes illustratsiyalarida yumshoq va chegaralari aniq bo'lmagan soyadan hamda nozik gradientdan foydalanish orqali hajmni hosil qilgan. Shakllar ustidan berilgan tekstura material hususiyatni ko'rsatgan.

ПЙта^^Н 79 ISSN 2181-063Х/Impact Factor 4.047 (SJIF 2021)

2-rasm. Jean Jullien - https://www.jeanjullien.com/about/ Tahlil qilinayotgan barcha illustratsiyalarda kontrdan foydalanilgan, ammo Jean Jullien foydalangan kontr qo'pol fakturaga ega ekanligi sababli kontr uning ishlariga o'ziga xoslikni bergan. Bu holatda foydalanilgan kontr ishning yordamchi elementidan ahamiyati katta elementga aylangan.

3-rasm. Bodil Jane - https://www.bodiljane.com/ Eng katta badiiy vositalardan biri rang bo'lib, illyustratsiyalarda garmoniya tizimlaridan foydalanilganligini sezish mumkin. Sebastian Curining illustratsiylarida rang va shakllar kontrasti katta bo'lib, barchasi bir birini kuchaytirgan.

4-rasm. Felicia Fortes - https://feliciafortes.com/

80

ISSN 2181-063X / Impact Factor 4.047 (SJIF 2021)

5-rasm. Benjamin Flouw - http://www.benjaminflouw.com Zamonaviy illustratsiyalarni o'rganish natijasida ularning quyidagi xususiyatlarini ajratish mumkin. Illustratsiyalarda zamonaviy tendensiya mavjud bo'lib, ularda yaxlit, sodda va yassi uslublashgan shakl, ranglarning kontrasti, tekstura va fakturadan keng foydalanish kabi xususiyatlar mavjud. Obrazlarning proportsiyasini bo'rttirish, yassi shakl va yassi tekstura hamda primitivism ishonch bilan zamonaviy illustratsiyalarda keng tarqalgan uslub deb aytish mumkin.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Bulduk B. Contemporary illustration methods and new application areas on illustrations: Interaction induced animated illustrations //Global Journal of Arts Education. - 2017. - Т. 6. - №. 3. - С. 77-84.

2. Geske R. Sakumskolas skolenu dabaszinatnu sasniegumus ietekmejosie valsts lïmena faktori starptautiskajos salïdzinosajos pëtïjumos izglïtïbas vadïbas skatïjuma. -2013.

3. Тараканова Е. Д., Карпенко Н. С. Современные тенденции иллюстрации. - 2021.

4. Jin S., Shang Y. Research on the Application of Illustrations in Modern Publications //2018 4th International Conference on Social Science and Higher Education (ICSSHE 2018). - Atlantis Press, 2018.

5. Zhou W., Xu D. The application and advantages of dynamic illustration in illustration design //2018 8th International Conference on Management, Education and Information (MEICI 2018). - Atlantis Press, 2018. - С. 1158-1161.

81

ISSN 2181-063X / Impact Factor 4.047 (SJIF 2021)

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.