Научная статья на тему 'ILLYUSTRATSIYALARNING BOLALAR UCHUN NASHR QILINADIGAN KITOBLARDAGI VAZIFALARI'

ILLYUSTRATSIYALARNING BOLALAR UCHUN NASHR QILINADIGAN KITOBLARDAGI VAZIFALARI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
229
12
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ILLYUSTRATSIYA / IDROK / KOGNITIV / TO'LDIRUVCHI / TARBIYAVIY / ESTETIK / YOSH HUSUSIYATLARI / ILLYUSTRATOR / ESTETIK VAZIFA / MUXARRIR / NASHRIYOT / G'OYA

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Sobirov S.T.

Maqolada illyustratsiyalarning kitob mazmuni va matnini yetkazishdagi turli vazifalari, illyustratsiya tufayli bolalar uchun kitob maxsus badiiy tuzilma sifatida qarala boshlangani, bolalar nashrlarida illyustratsiya va tasvirlarning nechog’liq ahamiyatli ekanligi, bolalar uchun kitob nashrlarida bolalarning yosh xususiyatlarini hisobga olinishi kerakligi, bolalar uchun nashrlarda kitobdagi bezaklar va illyustrtsiyalar rangining ahamiyati, har bir yosh guruhida rasm chizish va tasvirlashni idrok etish o'ziga xos xususiyatlarga egali yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE FUNCTIONS OF ILLUSTRATIONS IN BOOKS TO BE PUBLISHED FOR CHILDREN

The article discusses the various functions of illustrations in conveying the content and text of the book, the book as a special artistic structure for children, the importance of illustrations and images in children's publications, the age characteristics of children in children's books, children's book decorations and the importance of color in illustrations, the perception of drawing and depiction in each age group is highlighted with its own characteristics.

Текст научной работы на тему «ILLYUSTRATSIYALARNING BOLALAR UCHUN NASHR QILINADIGAN KITOBLARDAGI VAZIFALARI»

Sobirov S.T.

"Tasviriy san'at" kafedrasi katta o'qituvchi Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti

ILLYUSTRATSIYALARNING BOLALAR UCHUN NASHR QILINADIGAN KITOBLARDAGI VAZIFALARI

Annotatsiya: Maqolada illyustratsiyalarning kitob mazmuni va matnini yetkazishdagi turli vazifalari, illyustratsiya tufayli bolalar uchun kitob maxsus badiiy tuzilma sifatida qarala boshlangani, bolalar nashrlarida illyustratsiya va tasvirlarning nechog'liq ahamiyatli ekanligi, bolalar uchun kitob nashrlarida bolalarning yosh xususiyatlarini hisobga olinishi kerakligi, bolalar uchun nashrlarda kitobdagi bezaklar va illyustrtsiyalar rangining ahamiyati, har bir yosh guruhida rasm chizish va tasvirlashni idrok etish o'ziga xos xususiyatlarga egali yoritilgan.

Kalit so'zlar: illyustratsiya, idrok, kognitiv, to'ldiruvchi, tarbiyaviy, estetik, yosh hususiyatlari, illyustrator, estetik vazifa, muxarrir, nashriyot, g'oya, idrok.

Sobirov S.T. senior lecturer department of fine arts Chirchik State Pedagogical Institute Republic of Uzbekistan, Tashkent Region

THE FUNCTIONS OF ILLUSTRATIONS IN BOOKS TO BE PUBLISHED FOR CHILDREN

Abstract: The article discusses the various functions of illustrations in conveying the content and text of the book, the book as a special artistic structure for children, the importance of illustrations and images in children's publications, the age characteristics of children in children's books, children's book decorations and the importance of color in illustrations, the perception of drawing and depiction in each age group is highlighted with its own characteristics.

Keywords: illustration, cognition, cognitive, complementary, educational, aesthetic, age characteristics, illustrator, aesthetic task, editor, publisher, idea, cognition.

O'sib kelayotgan yosh avlodni barkamol inson darajasida tarbiyalash borasidagi mavjud muommolami xal etish ta'lim va tarbiya samaradorligini zamon talablari asosida ta'minlash, uni dunyo talablari darajasiga olib chihishga

erishish murakkab jarayon bo'lib, qadim zamonlardan buyon ushbu faoliyatga jamiyatning yetuk vakillari jalb etiladi. Mazkur holat yosh avlod tarbiyasi, uning tashkil etilishi mazmuni nafaqat shaxs kamoloti, balki jamiyat taraqqiyotini ham belgilashda muhim ahamiyatga ega ekanligini anglatadi.125

Illyustratsiyalar ishlashda bolaning yosh xususiyatlarini, idrokining o'ziga xos xususiyatlarini va kitobning bolaga ta'sir etish vazifasini hisobga olish kerak.

Illyustratsiya kitob mazmuni va matnini yetkazishda, kognitiv, tarbiyaviy, estetik va bir-birini to'ldiruvchi vazifalarni bajaradi.

Kognitiv vazifasi predmet va hodisalarning tan olinishiga yordam beruvchi atrof olam voqeliklarini illyustratsiyalarda aks ettirish orqali ta'minlanadi.

Ta'limiy vazifasi illyustratsiyalarning kitob mazmunining asosini tashkil etuvchi ta'limiy g'oya bilan bog'liq. Illyustratsiyada aks etgan muayyan holat o'quvchi tomonidan matndan ko'ra aniqroq tushunilib, ko'rgazmalilik orqali shaxsning emotsional sohasiga ta'sir etib, belgilar va ularning harakatlariga muayyan munosabatni shakllantiradi. Bu yerda illyustratsiya bolaga bu holat kitob matnida qanday taqdim etilishidan qat'iy nazar, vaziyatga umumiy baho berishni taklif qiladi. Bundan tashqari, ta'lim funktsiyasi sodir bo'lmagan hodisalar va shaxslar o'rtasidagi aloqalarni ko'rsatish orqali amalga oshiriladi.

Axloqiy va estetik tarbiyada badiiy tasvirning ahamiyati A. I. Herzen, V. G. Belinskiy va N. G. Chernishevskiy tomonidan qayd etilgan. Misol uchun, V. G. Belinskiy shunday deb yozgan edi: "Qarang bolalar kitobdagi suratlarga qanchalik chanqoq! Agar kitobdagi suratlar matn mazmunini tushuntirib bera olsa, ular zerikarli matnni ham o'qishga tayyor".

K. D. Ushinskiy - Bolalarni o'qitish va tarbiyalash vositasi sifatida illyustratsiyalarni ko'rib chiqdi va illyustrtsiyalar o'zida bilim va badiiy tamoyillarni aks ettirish zarurligini ta'kidladi.

Estetik vazifasi uning bajarilish sifati bilan belgilanadi va bu yerda badiiylik mezoni muhim baholash mezoniga aylanadi. Ko'plab buyuk rassomlar o'z iste'dodini bolalar kitoblarida aks ettirdilar, bu esa o'quvchilarni yuksak san'at asarlari bilan tanishtirdi. Biroq, qator yorqin, yuqori badiiy nashrlar bilan birga, o'quvchi yosh xususiyatlarini hisobga olmagan, beparvolik, nomuvofiqlik bilan bajarilgan dizaynli va bir qator qiziqarli bo'lmagan kitoblar ham nashr qilingan.

Illyustratsiyalarning to'ldiruvchi vazifasi - tasvirning matn haqidagi tushunchani kengaytirishi, biror qismni butun chegaralar doirasida ko'rsatish yoki aksincha, butunini butlovchi qismlar sifatida ifodalash qobiliyatiga bog'liqdir. Bundan tashqari, illyustratsiyalar o'quvchi uchun qo'shimcha

125 Sobirov S.T, Sultanov X. E, Ismatov U. Sh. "Illustration and the Influence of Illustrator on Children's Understanding of Fairy Tales and Works of Art in Books". International Journal of Psychosocial Rehabilitation, Vol. 24, Issue 05, 2020 ISSN: 1475-7192. 02 Apr 2020

tajribalarni shakllantirishga yordam beradi, bu esa bolalar uchun nashr qilingan kitoblarning shaxsning hissiy sohasiga ta'siri imkoniyatlarini kengaytiradi.

Kitob mazmunini idrok etishda illyustratsiya shu qadar ahamiyatliki, ba'zan kitob matnni yozish bilan emas, balki illyustratsiya tayyorlash bilan boshlanadi. Kitobning illyustratori matnni sharhlash zaruriyatiga duch keladi va u tasvirlagan illyustratsiyaga qarab kitob matnini yaxshiroq tushunish imkoniyati deb ta'kidlash mumkin.

Bolalar kitoblariga ishlangan illyustratsiyalarning bolalarga beradigan kayfiyat eng muhimi hisoblanadi. Asar yoki ertak qaxramonlarining g'amgin, kulgili, istehzoli, jiddiy kayfiyatlari illyustrtsiyalar orqali osongina idrok etilib, kitobxonga u yoki bu qahramonga qanday munosabatda bo'lishni ko'гsatib turadi. Ma'lumki, maktabgacha yoshdagi va kichik maktab yoshidagi bolalar eгtak mazmunini illyustrtsiyasiz to'liq tushunшaydilaг. Bolalar kitoblaгiga chizilgan illyustratsiyalar o'quvchining ertak yoki masal mazmunini nozik tushunish uchun yordam berishi mumkin.

BolalaT uchun illyustгatsiyalaг tayyoгlashda bolalarni yaxshilab o'гganish va ularga ehtiyotkorona e'tibor berishni talab qiladi. Illyustratsiyalarni nashrga tayyorlashdan oldin rassom asami o'qib chiqishi kerak. Rassom va muhaггiг birgalikda tasvirlash g'oyasini ishlab chiqadi: illyustratsiya va turli bezak elementlari yordamida asar mavzusi va g'oyasi aks ettiriladi. Keyin illyustratsiyalar sonini aniqlash kerak. Bolaning yoshi qancha kichik bo'lsa, shuncha ko'p tasvir bo'lishi kerak. Masalan maktabgacha yoshdagi bolalar uchun-rasm kitoblar va vizual nashгlaг nazarda tutilmoqda. Boshlang'ich sinf o'quvchilaгi xilma-xillikni yoqtiradi. Ilyustratsiyalar ishlashda asosiy belgilar, atrof-muhit (shahar, qishloq, xona, va boshqalar)ga etibor qaratish kerak. Matn va illyustratsiya o'zaro aloqada bo'lishi kerak. Yosh o'quvchilar uchun yozilgan asarlarda illyustratsiyalar barcha belgilar asosida chizilgan bo'lishi kerak. Katta odamlar uchun illyustratsiyalar umumlashtirilishi mumkin, barcha belgilarga alohida etibor berib tasvirlanishi shart emas yoki ularni umumlashtirib tasvirlash mumkin.

Ayni paytda, gгafika san'atining o'ziga xos muгakkabliklaгi ham mavjud. Bir qarashda juda oddiy tuyulgan bu tasviriy san'atning tuгi aslida undagi shartliliklar tufayli murakkabdir. Unda bir rang bilan, odatda, qora rang bilan chiziqlar vositasida oq qog'oz sathida rang va uning tuslari, borliqdagi voqea va hodisalar tasvirlanadi.126

Bolalar uchun nashrlarda kitobdagi bezaklar va illyustrtsiyalar rangli yoki oq-qora bo'lishi ham muhim ahamiyatga ega. Bolalaг kitoblaгi гangli nashr qilingani maqul, lekin oq-qora rangda ishlangan illyustratsiyalar ham mazmun va ertakdagi kayfiyatni ochib beгa olsa shuning o'zi yetarli. Asl voqeylikni aks ettirish muhim ahamiyatga ega.

126 Asqarali Sulaymonov, Ne'mat Abdullayev. "Tasviriy san'at" Umumiy o'rta ta'lim maktablarining 7- sinf o'quvchilari uchun darslik. 2-nashri. G'afur G'ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi. Toshkent-2007y. 59

Bolalar uchun nashr qilinayotgan kitob to'plam bo'lsa ham, betartib bo'lmasligi uchun illyustratsiyalar bitta rassom tomonidan tayyorlanishi ta'minlanishiga harakat qilishimiz kerak. Muharrir tasvirni-ranglar sxemasining realizmini, shakllarning xaqqoniy ekanligini baholay olishi kerak. Yosh bolalar uchun tasviming asosiy qismiga uгg'u beгish keгak. Asosiy unsurlar atгofida bo'shliq bo'lishi kerak. Kichik yoshdagi o'quvchiga asosiy narsa ajratib ko'rsatilmas ekan-hamma narsa uning uchun muhim bo'lib ko'rinadi va asosiy mazmundan chalg'ib ketadi. Birinchi yoki ikkinchi гejadagi belgilaг va umuman atrofdagilar bo'lishi kerak. Birinchi navbatda biz g'oyaga e'tibor qaratishimiz kerak. Bolalar uchun nashrlarda illyustratsiyalarning aniqligiga etibor qaratishimiz lozim - ertakda yettita echki bor deyilsa, yettita echki bo'lishi kerak.

Har bir yosh guruhida rasm chizish va tasvirlashni idrok etish o'ziga xos xususiyatlarga ega.

Maktabgacha yoshdagi bola eng avvalo atrofidagi narsalarga, eng oddiy hodisalarga qiziqadi. Bola e'tiborini atrofdagi narsalarga odamlar va hayvonlarning rasmlariga qaratadi. Bolalar kattalardan asosiyni ikkinchi darajadan ajrata olmasligi bilan farqlanib turadi.

Maktabgacha yoshdagi bolalarda mantiq - fakt va taassurotlarni bevosita taqqoslashga asoslangan mantiq bo'ladi. Shu sababli bunday o'quvchilar uchun illyustratsiyada ko'pincha detallar o'rnatiladi va tasvirlar umumiy tarzda tuziladi.

Maktabgacha yoshdagi bola tomonidan rasm va illyustratsiyalar voqelikning aniq in'ikosi sifatida, deyarli voqelikning o'zi sifatida qabul qilinadi. Shuning uchun tasvirlar tanib olinadigan va tushunarli, statik bo'lishi kerak.

Katta maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar harakat dinamikasiga qiziqadilar.

Boshlang'ich maktab yoshidagi bolalar o'z atrofidagi dunyo haqidagi ma'lumotlarga, qahramonlarning harakatlaгiga baho berishga moyil bo'lishadi. 12-13 yoshli bolalar voqea va hodisalarning asl mohiyatiga qiziqadilar. Bu rassomga voqeani ikki va undan ortiq illyustratsiyada mantiqiy taqdim etish yo'li bilan boshlanishi va oxiri, sababi va ta'sirini bog'lash, nafaqat tashqi tomonini, balki hodisaning mohiyatini ko'rsatish imkonini beradi. Bu yoshdagi bolalar uchun illyustratsiyalar mazmuni ularning qaxramonlar haqidagi g'oyalari bilan bog'liq.

Illyustratsiyaning umumiy tamoyillari muhim ahamiyatga ega. Afsuski, muharrirlar har doim illyustratsiyalar mavzularini aniqlashda ishtirok etmaydi va chizmalarni baholash va tanlash jarayoning eskizlarni topshirish bosqichida ishtirok etadi.

Illyustratsiyalarda qaxramonlarning kayfiyatini ochib berish, ularning xatti - harakatlarining ayrim, matn bilan ifodalab bo'lmaydigan jihatlarini ko'rsatish mumkin.

Badiiy asarlardagi illyustratsiya matn bilan chambarchas bog'liq bo'lib, uning mazmunini tushunishga yordam beradi. Bolalar kitobida bunday

illyustratsiyalarning asosiy vazifalari informatsion va qo'shimcha hisoblanadi. Rasm chizish bolaga tasavvur qilishga, voqealarni ochib berishga yordam beradi. Illyustratsiya asar qaxramoning kiyimini, manzarasini, shahar yoki qishloqning ko'rinishini ko'rsatib berdi va bolani kitobda tasvirlangan dunyoni ko'rgazmali aks ettirish bilan tanishtiradi.

Illyustratsiya bilan matn o'rtasidagi bog'liqlikni aniqlashda detallarga alohida e'tibor berish kerak. Masalan, qahramon kiyimini tasvirlashda illyustrator yorqin ranglardan (qizil, sariq) foydalanish kerak.Qahramonlarni oq-qora rangda tasvirlamaslik yaxshiroqdir. Bolalar aniq detallarga munosabat bildirib, ularni osongina tanib oladilar va ular asosida predmetlar, hodisalar va belgilarni aniqlaydilar. Shu sababli detal ko'rgazmali bo'lishi va matnni illyustratsiyaga bog'lashi kerak.

Badiiy asarlar va ertaklarda matn mazmunini tushunishga uni to'ldirishga, matnda to'liq xarakteri ochib berilmagan qahramonlar xarakterini ochib berishga illyustratsiyalar yordam beradi. Maktabgacha yoshdagi bolalarga qahramonlar xarakterini idrok qilish ba'zan qiyin bo'ladi. Hikoya yoki ertakning mazmunini ifodalovchi illyustratsiya bolaga hikoyaning mantiqiy bo'lishiga yordam beradi.

Bola yorqin, rang-barang tasvirlardan xursand bo'ladi, boladagi samaradorlik, rasmga o'yin munosabatida bo'lish bilan ajralib turadi. Shunga qaramay bolalar rasmdagi asosiy narsani qiynalib ajratadi, aksariyat hollarda tafsilotlarni nomma-nom sanab berishi mumkin, lekin asl mazmunini to'liqligicha idrok eta olmaydi.127

O'quv kitobidagi tasvir bolalarning atrofdagi dunyo haqidagi bilim va tasavvurlar tizimini shakllantiruvchi matn bilan birga kognitiv, to'ldiruvchi va estetik vazifalarni ham bajaradi. Demak, bolalarning barcha badiiy va o'quv kitoblarida tasvir va illyustratsiyalar bor. Ularning vazifalari xilma-xildir. Ular matnni tushuntirishga ko'maklashadi va o'quvchi mazkur tushunchalar bilan tanishishini osonlashtiradi. Misol uchun, "Ur to'qmoq" ertagini o'qiyotgan o'quvchi to'qmoqning qanaqa ko'rinishda bo'lishini illyustratsiyada berilgan tasviri aniqligi va ravshanligi bilan tushunib oladi.

Bundan tashqari o'quv kitoblarida qanchadan qancha bola uchun notanish sayyoralar, yovvoyi hayvonlar, meva -sabzavotlar, suv osti saltanati, avtomobil olami, binolar, o'simliklar xullas juda ko'plab narsalarning tasvirlari mavjud. Illyustratsiyalar bolaga o'qiganlarini tushunishga yordam beradi. Tasvirlar asosiy matndan uslubiy jihatdan farq qilmaydigan batafsil sarlavhalar bilan ta'minlanadi.

Bolalar uchun nashr qilinadigan kitobning dizayni o'ziga xos bo'ladi. Uning eng muhim elementi sifatida illyustratsiya o'rin oladi.

127 Sobirov S.T, Sultanov X. E, Ismatov U. Sh. "Illustration and the Influence of Illustrator on Children's Understanding of Fairy Tales and Works of Art in Books". International Journal of Psychosocial Rehabilitation, Vol. 24, Issue 05, 2020 ISSN: 1475-7192. 02 Apr 2020

G'arbiy Yevropada rasmli kitoblar XV asrda paydo bo'ladi. O'sha davrda bosmaxonalar ochila boshladi. 17-asrda Yan Amos Komenskiyning (1592-1670) "Suratlarda sezuvchi narsalar dunyosi" kitobi nashr etildi. O'sha vaqtdan beri hozirgacha bolalar nafaqat alifbodan, balki rasmlardan ham o'rgana boshladilar.

Shunday qilib bolalar uchun nashrlarning alohida nashrlar to'plami sifatida shakllanishida illyustratsiyaning o'rni beqiyos, chunki illyustratsiya tufayli bolalar uchun kitob maxsus badiiy tuzilma sifatida qarala boshladi. Olib borilgan izlanishlar shuni ko'rsatadiki maktabgacha yoshdagi bolalarning matnni illyustratsiyasiz idrok etish samaradorligi deyarli ikki barobar qisqaradi. Bolalar kitobidagi illyustratsiya va so'z uzviy bog'langan holda bo'ladi. Ularni bir biridan alohida holda bajaradigan funksiyasi pasayadi. Bolalar kitobidagi illyustratsiya tarixi bir necha asrlarga borib taqaladi. Kitob biznesining rivojlanishi illyustratsiyaning rivojlanishi bilan bog'liq. Illyustratsiya bolalar uchun kitob tarkibiga uning zarur elementlaridan biri sifatida kirib bordi. Yuqorida qayd etilgan ma'lumotlardan ko'rinib turubdiki bolalar nashrlarida illyustratsiyalarning o'rni beqiyos.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1. Sulaymanov A. , Abdullayev N. "Tasviriy san'at". 7-sinf uchun darslik-2006y.

2. Sobirov S.T, Sultanov X. E, Ismatov U. Sh. "Illustration and the Influence of Illustrator on Children's Understanding of Fairy Tales and Works of Art in Books". International Journal of Psychosocial Rehabilitation, Vol. 24, Issue 05, 2020 ISSN: 1475-7192. 02 Apr 2020. 3526-3533 p

3. Гурович Л. М. "Бола ва китоб" Москва: Просвешчение, 2002.

4. X. Sultanov. "Rangtasvir" (Akvarelda natyurmort ishlash). O'quv qo'llanma T.: "VNEShINVESTROM" MChJ, 2019

5. X. E. Sultanov, S. T. Sobirov. "Tasviriy san'at o'qitish metodikasi". O'quv qo'llanma. Toshkent. "ISHONCHLI HAMKOR" 2021.

6. K .В. Макарова. Особенности детской книжной иллюстрции и ее отличия от взрослой. Культура и образование.

7. S.T.Sobirov. "Tasviriy san'atda atamalarning izohli lug'ati". "Poytaxt exclusive" nashriyoti. Toshkent - 2021.

8. Sobirov S.T. "Some factors that impede the development of students' creative abilities in fine art classes". Asian Journal of Research № 1-3, 2020, ISSN 2433-202x. 2020 yil. 214-218 b.

9. Sobirov S.T. "Importance of illustrations for perception of content of the book". European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences. Volume 8 Number 4, 2020 Part II ISSN 2056-5852. 98-101 b. 10.Shaydulloyevich, B. K. (2020). Increasing students' graphic literacy through teaching the sciences of drafting and descriptive geometry. European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences, 8 (4), Part II, 75-78 [3].

11. Kukiev, B., O'g'li, A. N. N. & Shaydulloyevich, B. Q. (2019). Technology for creating images in autocad. European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences, 7

12.Murodov Sh.K. Ko'kiyev B.B. Obloqulova L.G'. Yaqqol tasvirlar qurishda qiyshiq burchakli aksonometrik proyeksiyalardagi o'zgarish koeffitsientlarining o'zaro bog'liqligi Buxoro Davlat Universiteti Ilmiy Axboroti 2/2019.

13. Сечение Поверхностей 2-Го Порядка Общего Вида По Эллипсу Заданной Площади Мурадов Шмидт Каримович, Ташимов Нурлан Эрполатович, Рахматова Икболхон Иномжановна, Кукиев Бобурмирзо Баходир Угли Ташкентский государственный университет имени Низами

14.Xalimov Moxir, Achilov Nurbek, Bekqulov Qudrat, Xo'jaqulov Elbek, Ko'kiyev Boburmirzo (2020) Chizmachilik va chizmageometriya fanlarida burchak topishning bazi usullari. физика математика фанлари журнали. 4 (1), 47-52.

15.Ugli, K. B. B. (2020). Problem-based learning technology in teaching auxiliary projection techniques. Journal of Critical Reviews, 7(6), 917-921.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.