Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)
ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 10 |October, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |
www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-10-411-415
BADIIY ASARLARNI O'ZBEK TILIDAN INGLIZ TILIGA TARJIMA QILISHNING LEKSIKOLOGIK VA SINTAKTIK MUAMMOLARI (ODIL
YOQUBOVNING "ULUG'BEK XAZINASI" ROMANI MISOLIDA)
Shahlo Alisher qizi Bo'ronova
Termiz davlat universiteti E-mail: misshahlo04@gmail.com
Solijonov Juraali Kamoljonovich
Termiz davlat universiteti E-mail: solijonov94@gmail.com
ANNOTATSIYA
Mazkur maqola o'zbek adabiyoti durdonolaridan biri Odil Yoqubov qalamiga mansub "Ulug'bek Xazinasi" (ULUGBEK'S TREASURE) o'zbek tilidan ingliz tiliga tarjima qilishdagi lingvistik va grammatik transformatsiyalar tahlilini muhokama qiladi.
Kalit so'zlar: tarjima, badiiy tarjima, orfografik transformatsiya, leksikologik transformatsiya, morfologik transformatsiya, sintaktik transformatsiya.
LINGUISTIC PROBLEMS OF TRANSLATING ARTISTIC WORKS FROM UZBEK TO ENGLISH (IN THE EXAMPLE OF THE NOVEL "ULUG'BEK'S
TREASURE" BY ODIL YAKUBOV)
ABSTRACT
This article discusses the analysis of linguistic and grammatical transformations in the translation from Uzbek to English of "Ulugbek's Treasure" by one of the masterpieces of Uzbek literature, Odil Yaqubov.
Keywords: translation, artistic translation, orthographic transformation, lexicological transformation, morphological transformation, syntactic transformation.
KIRISH
Tilshunoslik, lingvistika — til haqidagi, uning ijtimoiy tabiati, vazifasi, ichki tuzilishi, tasnifi, muayyan tillarning amal qilish (faoliyat) qonunlari, tarixiy taraqqiyoti haqidagi fan. Maqsadi, vazifasi va shu kabiga ko'ra, T.ning bir necha
Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)
ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 10 |October, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |
www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-10-411-415
yo'nalishlari (sohalari) bor: umumiy T. — tilni umuman insonga xos hodisa sifatida o'rganuvchi, asosiy vazifasi dunyo tillariga xos eng umumiy belgixususiyatlarni aniqlash va yoritish bo'lgan soha, xususiy T. — ayrim bir til belgixususiyatlarini o'rganuvchi soha; amaliy T. — tildan foydalanish bilan aloqador amaliy masalalarni (eksperimental fonetika, leksikografiya, lingvostatistika, transkripsiya, transliteratsiya va boshqalar) hal qilish metodlarini ishlab chiquvchi yo'nalish; matematik lingvistika, strukturaviy tilshunoslik, kiyo'siytarixiy tilshunoslik va boshqa Paralingvistika, etnolingvistika, psixolingvistika, sotsiolingvistika kabi sohalar so'zlovchi (shaxs)ning jamiyatdagi faoliyati bilan aloqador til xususiyatlarini o'rganadi.
Odil Yoqubov — o'zbek sovet adabiyoting yirik vakili, 1926-yili Qozog'istonning Turkiston tumanidagi Qarnoq qishlog'ida ziyoli oilada tug'ilgan.
Ikkinchi jahon urushi boshlangach, urushda qatnashish uchun yoshini katta ko'rsatib, Yaponiya frontiga jo'nagan. 1945-yildan 1950-yilgacha haqiqiy harbiy xizmatda bo'ldi. 1951—1956-yillar mobaynida O'rta Osiyo Davlat Universiteti (hozirgi Milliy universitet)da ta'lim olgan. Literaturnaya gazeta"ning O'zbekiston bo'yicha muxbiri, O'zbekiston yozuvchilari uyushmasi raisi gazetasi bosh muharriri va boshqa mas'ul vazifalarda ishlagan. Yoqubov 1985-yil O'zbekiston xalq yozuvchisi ordeni bilan taqdirlangan.
Dastlabki asari - „Tengdoshlar" qissasi 1951 yilda e'lon qilingan. „Dastlabki qadam" (1953), „Ikki muhabbat" (1955) hikoyalar to'plami, „Tilla uzuk" (1961) qissa va hikoyalar to'plamida muhabbatni insonga xos ulug', muqaddas hislat sifatida tasvirlaydi.
O.Yoqubovning "Er boshiga ish tushsa...", "Ulug'bek xazinasi", "Diyonat", "Adolat manzili" asarlari o'zbek adabiyotida psixologik roman maydonga kelishiga zamin bo'ldi.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
"Ulug'bek xazinasi" romanida esa Mirzo Ulug'bekning umrini so'ngi damlaridagi tarixiy ziddiyatlar ifodalangan. Romanda Ali Qushchining hayoti, ijodi, amalga oshirayotgan ishlarining Mirzo Ulug'bek hayoti bilan bog'liqligi haqidagi talqinlar haqida so'z yuritiladi.
Roman sujetidan o'rin olgan voqealar silsilasida Mirzo Ulug'bek va o'z farzandi Abdulatif o'rtasidagi ziddiyatlardan istirob chekkan shaxs qismati,
Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)
ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 10 |October, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |
www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-10-411-415
farzandining taxt uchun o'z otasiga qarshi kurash boshlashi, bundan ruhlangan ba'zi saroy amaldorlarining xiyonatlari tarixiy haqiqat nuqtai nazaridan talqin etilganligiga jiddiy e'tibor qaratilgan.
Ayniqsa, ana shunday murakkab tarixiy sharoitda shogirdi Ali Qushchining ustozi Mirzo Ulug'bekka bo'lgan ishonchi va sadoqati, farzandi Abdulatif xiyonat qilib turgan bir vaqtda uning ustoziga munosabatini o'zgarmaganligi, aksincha, hayotini xavf ostiga qo'yib, saroydagi yillar davomida yaratilgan asarlarni saqlash uchun qilgan harakatlari yorqin lavhalarda talqin etilganligi, bu esa tarixiy haqiqatning badiiy ifodasi ekanligini alohida ta'kidlaydi.
MUHOKAMA
"Ulug'bek xazinasi" gapda leksik transformatsiya usuliga kiruvchi so'z tushurib qoldirish hodisasi ro'y bergan hisoblanadi misol uchun asar ichidagi ushbu gapni tahlil qilishimiz mumkin:
O'zbekcha: Nozanin harir pushtirang parda orasida bosh egib turgan bo'lsa ham, Mirzo Ulug'bek uning bo'lakcha husnidan, qayrilma qoshlaring nafisligini, qirra burnining chetidagi katta qora holi, yozilib ketib, oq shohi ko'ylagining etagiga tushgan mayin sochlarining hayoliy go'zaligidan lol qolgan edi.
Inglizcha: Mirzo Ulug'bek was surprised by her beauty, the elegance of her curved eyebrows, the large black mole on the edge of her pointed nose, and the dreamy beauty of her soft hair falling to her white royal dress" [4]
Izoh: Bu gapning tahliliga kelsak so'z tushurib qoldirish hodisasdan foydalanilgan va ot so'z turkumiga kiruvchi etak so'zi tushirib qoldirilgan.
O'zbekcha: Mirzo Ulug'bekning ko'z oldiga bundan bir-ikki hafta muqaddam haramda ko'rgan yosh nozanin keldi.
Inglizcha: Mirzo Ulug'bek remembered a young woman whom he had seen in the harem a couple of weeks ago.
Izoh: Ushbu gapda ko'z oldiga keldi so'z birikmasini o'rniga soda fe'llarga kiruvchi remembered sifatdoshidan foydalanilgan va so'z almashtirish hosidisasiga uchratilgan.
O 'zbekcha: G'isht qolipidan ko'chgan edi.
Inglizcha: All incidents already happened.
Izoh: Bu gapda sematik transformatsiyadan foydalanilgan hamda to'liqligicha o'zgartirilgan ammo ma'no saqlanib qolgan.
O'zbekcha: Ammo o'z barmog'ingni o'zing chopolmas ekansen, ne qilay o'z
Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)
ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 10 |October, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |
www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-10-411-415
pushti kamarimdan bo'lgan farzandim.
Inglizcha: But you can't cut your finger yourself, what can I do, he is my son Izoh: Pushti kamarimdan bo'lgan farzandim iborasi o'rniga he is my son deb sematik transformatsiyadan foydalanib, ma'nodoshiga almashtirilib ma'nosi saqlab qolingan.
O'zbekcha: Mirzo Ulug'bekning ko'z oldiga bundan bir-ikki hafta muqaddam haramda ko'rgan yosh nozanin keldi.
Inglizcha: Mirzo Ulug'bek remembered a young woman whom he had seen in the harem a couple of weeks ago.
Izoh: Ushbu gapda past perfect da tuzilgan ammo gapda ago payt ravishi bor ago past simplening payt ravishi hisoblanadi, shu sababli bu gap sintaktik transformatsiyaga misol bo'la oladi. XULOSA
Odil Yoqubov qalamiga mansub "Ulug'bek xazinasi" asarida tahlil jarayonida quyidagi transformatsiyalar kuzatilgan. Xususan, leksikologik, sintaktik, orfografik transformatsiyalar uchragan hisoblanib, ushbu maqolada shu transformatsiyalarga uchragan holatlar kuzatilgan.
REFERENCES
1. Odil Yoqubov. "Ulugbek Xazinasi." Nodirabegim nashriyoti. Toshkent - 2019, 137-bet.
2. Solijonov Juraali Kamoljnovich. (2022). Lingua-perspective Problems and Solutions of Translating the Plant and Food Names in the "Harry Potter" books from English into Uzbek. ASEAN Journal on Science & Technology for Development, Vol 39(No 4,), 221-229. doi: 10.5281/zenodo.6607317 https://doi.org/10.5281/zenodo.6607317
3. Kamoljnovich, S. J. (2022). JK ROULINGNING FANTASTIK ASARLARIDAGI ANTROPONIMLARNING LINGVO-PERSPEKTIV MUAMMOLARI. Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS), 2(1), 334-343. https://doi.org/10.24412/2181-2454-2022-1-334-343
4. Kamoljonovich, S. J., & O'G, Y. N. U. B. (2022). BADIIY TARJIMA UCHUN TARJIMA USULLARI TAHLILI (IAN TUHOVISKIY ASARLARI MISOLIDA). Ta 'limfidoyilari, 18(5), 32-37.
5. Jo'ramurodova, Z., &Solijonov, J. (2022, April). JK ROULINGNING "BIDL QISSANAVIS ERTAKLART("THE TALES OF BEEDLE THE BARD")
Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)
ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 10 |October, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |
www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-10-411-415
ASARIDAGI ANTROPONIMLARNING O'ZBEK TILIDAN INGLIZ TILIGA TARJIMA QILISHDAGI MUAMMOLARI. In МЕЖДУНАРОДНАЯ НАУЧНАЯ КОНФЕРЕНЦИЯ.:" СОВРЕМЕННЫЕ ФИЛОЛОГИЧЕСКИЕ ПАРАДИГМЫ: ВЗАИМОДЕЙСТВИЕ ТРАДИЦИЙ И ИННОВАЦИЙ II" (Vol. 2, No. 18.03, pp. 554-560). https://doi.org/10.47100/nuu.v2i18.03.115
6. Qodirovna, A. Z., &Kamoljonovich, S. J. (2022). JK ROULINGNING, GARRI POTTER VA AFSUNGARLAR TOSHP'ROMANIDAGI SEHRGARLAR OBRAZINI INGLIZ TILIDAN O'ZBEK TILIGA TARJIMA QILISHNING LINGVO-PERSPEKTIV TAHLILI. Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS), 2(3), 176-180. https://doi.org/10.24412/2181-2454-2022-3-176-180