Научная статья на тему 'BADIIY ASARLARDA PERSONAJLAR NUTQINING SOTSIAL XOSLANISH MASALASI'

BADIIY ASARLARDA PERSONAJLAR NUTQINING SOTSIAL XOSLANISH MASALASI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
1
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
xarakter / personaj nutqi / nutqiy muloqot / mentalitet / monolog / dialog / monolog turlari / ichki monolog / personajlar. / персонаж / характерная речь / речевое общение / менталитет / монолог / диалог / виды монолога / внутренний монолог / персонажи.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Xodjayeva Shoira Marufjon Qizi

Maqolada xarakter yaratishda va uni ochib berishda personajlar nutqining o‘ziga xos xususiyatlari tahlil qilingan. Nutqiy muloqotning ko‘rinishlari, ya’ni monolog va dialoglar vositasida qahramonlar xarakter va xususiyatlari personajlar nutqi orqali sotsial xoslanishi badiiy asarlardan olingan misollar bilan asoslab berilgan. Personajlarning individual, kasbga oid xarakterini yoritishda monolog va dialogning o‘rni, ularning turlari va mezonlari ko‘rsatib o‘tilgan. Maqola tasvirlanayotgan shaxsning turli ruhiy holati, ichki kechinmalarini tasvirlashda monolog eng qulay vosita ekanligi bilan xulosalangan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ПРОБЛЕМА СОЦИАЛЬНОЙ ИДЕНТИФИКАЦИИ РЕЧИ ПЕРСОНАЖЕЙ ХУДОЖЕСТВЕННЫХ ПРОИЗВЕДЕНИЙ

В статье анализируются особенности речи персонажей при создании образа и его раскрытии. На примерах, взятых из художественных произведений, обосновываются проявления речевого общения, то есть характер и характеристика персонажей через монологи и диалоги, социальная идентификация персонажей через речь персонажей. Показана роль монолога и диалога, их виды и критерии в выделении индивидуального, профессионального характера персонажей. В статье делается вывод о том, что монолог является наиболее удобным средством описания различных психических состояний и внутренних переживаний описываемого человека.

Текст научной работы на тему «BADIIY ASARLARDA PERSONAJLAR NUTQINING SOTSIAL XOSLANISH MASALASI»

BADIIY ASARLARDA PERSONAJLAR NUTQINING SOTSIAL XOSLANISH

MASALASI Xodjayeva Shoira Ma'rufjon qizi

Andijon davlat universiteti magistranti https://doi.org/10.5281/zenodo.8000680

Annotatsiya: Maqolada xarakter yaratishda va uni ochib berishda personajlar nutqining o'ziga xos xususiyatlari tahlil qilingan. Nutqiy muloqotning ko'rinishlari, ya'ni monolog va dialoglar vositasida qahramonlar xarakter va xususiyatlari personajlar nutqi orqali sotsial xoslanishi badiiy asarlardan olingan misollar bilan asoslab berilgan. Personajlarning individual, kasbga oid xarakterini yoritishda monolog va dialogning o'rni, ularning turlari va mezonlari ko'rsatib o'tilgan. Maqola tasvirlanayotgan shaxsning turli ruhiy holati, ichki kechinmalarini tasvirlashda monolog eng qulay vosita ekanligi bilan xulosalangan.

Kalit so'zlar: xarakter, personaj nutqi, nutqiy muloqot, mentalitet, monolog, dialog, monolog turlari, ichki monolog, personajlar.

ПРОБЛЕМА СОЦИАЛЬНОЙ ИДЕНТИФИКАЦИИ РЕЧИ ПЕРСОНАЖЕЙ ХУДОЖЕСТВЕННЫХ ПРОИЗВЕДЕНИЙ

Аннотация: В статье анализируются особенности речи персонажей при создании образа и его раскрытии. На примерах, взятых из художественных произведений, обосновываются проявления речевого общения, то есть характер и характеристика персонажей через монологи и диалоги, социальная идентификация персонажей через речь персонажей. Показана роль монолога и диалога, их виды и критерии в выделении индивидуального, профессионального характера персонажей. В статье делается вывод о том, что монолог является наиболее удобным средством описания различных психических состояний и внутренних переживаний описываемого человека.

Ключевые слова: персонаж, характерная речь, речевое общение, менталитет, монолог, диалог, виды монолога, внутренний монолог, персонажи.

THE ISSUE OF SOCIAL IDENTIFICATION OF SPEECH OF CHARACTERS IN

WORKS OF ART

Abstract: The article analyzes the features of the speech of the characters when creating the image and its disclosure. On examples taken from works of art, the manifestations of verbal communication are substantiated, that is, the character and characteristics of characters through monologues and dialogues, social identification of characters through the speech of characters. The role of monologue and dialogue, their types and criteria in highlighting the individual, professional nature of the characters is shown. The article concludes that a monologue is the most convenient means of describing various mental states and inner experiences of the described person.

Keywords: character, characteristic speech, verbal communication, mentality, monologue, dialogue, types of monologue, internal monologue, characters.

KIRISH

Badiiy asarlarda xarakterni personaj nutqisiz tasavvur qilish qiyin. Bunday asarlarda nutq personajlar xarakterini ko'rsatib qolmay, harakatiga asos bo'ladi, uning jonliligini ta'minlaydi.

Badiiy matnlarda personajlar nutqining o'ziga xosligini ta'minlovchi, ular nutqning rivojlanib boruvchi ta'sirlchanlik kuchini oshiruvchi vositalar sirasida monolog va dialoglarning ham o'ziga xos o'rni bor.

Monolog - grekcha monos - bir, yakka, logos - so'z, nutq, ya'ni yakka nutq degan ma'noni anglatadi. Badiiy asardagi personajning o'z muddaosini, biror muhim masalaga munosabatini, ichki niyatini ifodalash maqsadida personajga, kitobxonga yoki tomoshabinga, ba'zan o'ziga qarata so'zlagan nutqiga monolog deyiladi. Monologning ikki turi - ichki va sirtqi ko'rinishda bo'lishi adabiyotshunoslikda tan olingan haqiqat1. Shu bilan bir qatorda, ba'zi tadqiqotlarda monologni yana ayrim turlarga ajratishga intilish hollari ham mavjud. Masalan, adabiyotshunos T.Boboyev monologning ikki turini tan olish bilan birga, "Monologlar g'oyaviy turlarga bo'linadi"2, - deb yozadi. Adabiyotshunos H.Abdusamatov esa, "Ichki monolog - qahr-g'azab, monolog - shodlik, monolog - xotira, monolog - muhokama, monolog - qasos, o'ch, monolog -lirika, monolog - kulgi, monolog - fojia kabi xillari mavjud"3, - deb ko'rsatadi.

TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI

Bizning nazarimizda, monologlarni asosiy ikki ko'rinishidan tashqari turlarga bo'lib o'tirishga hojat yo'q. Chunki bunday turlarga ajratish monologlarning keng qamrovli vazifasidan chetga tortishga sabab bo'ladi. Monolog xarakterning o'z ichki hissiyotlarini, psixologiyasini namoyon etishida bir vosita rolini o'ynash bilan birga, uning asarda tasvir etilayotgan voqelikka, boshqa personajlarga bo'lgan munosabatiga ham oydinlik kiritadi va harakat oqimining tezlashishida ko'mak beradi. Monologning vazifasi asardagi zaruriy o'rniga qarab belgilanadi va ro'yobga chiqadi.

Dialogik muloqotda esa bir kishi nutqiy faoliyati emas, balki ikki kishining o'zaro muloqoti asosida kitobxonga voqealar tasvirini yetkazish va shu orqali ularda matn mazmuniga nisbatan ma'lum bir munosabatni uyg'otishga erishish asosiy maqsad hisoblanadi. Tilshunos Sh.Safarov: "Nutqiy muloqot maqsadi ikki sathlidir, ya'ni nutqiy harakatda axborot almashish va kommunikativ pragmatik maqsad voqealanadi. Birinchisida so'zlovchining maqsadi axborot almashish"4, - deb ta'kidlaydi.

Darhaqiqat, muloqot maqsadi u monologik yoki dialogik ko'rinishda amalga oshishidan qat'iy nazar, nutqiy faoliyatning qanday natija bilan tugashini belgilab beradi. Badiiy matnlarda personaj xarakteri, boshqalardan ajralib turuvchi xulq-atvori ko'proq dialogik muloqotda, uning o'zini qanday tutishi, qanday til birliklaridan foydalanishi, nutq qaratilgan shaxsga bo'lgan munosabati, uning fikrlarini qanday baholashida namoyon bo'ladi. Bularning hammasi dialoglarda aks etadi. Shuning uchun ham aytish mumkinki, fikr ifodalshning dialogik turi bevosita nutqiy muloqotning asosiy unsuri hioblanadi. Badiiy matnda ishtirok etuvchi personajlarning jamiyatda egallab turgan mavqei, aqliy-axloqiy saviyasi va ularning boshqalarga yashirin bo'lgan ichki olami yuqorida qayd etilgan monolog va dialoglar vositasida, nutqiy jarayon oqimiga qarab tobora oydinlasha boradi. Bu esa nutqiy muloqotning ancha murakkab jarayon ekanligidan dalolat beradi. "Nutqiy muloqotni faoliyat va o'ziga xos bir sistema sifatida tushunish uning tarkibiy qismlari nimalardan iborat ekanligini sharhlashini talab qiladi. Muloqotning umumiy modelida tarkibiy qismlar o'z aksini topgan. Shunga ko'ra ularni ikki guruhga, ya'ni tashqi va ichki guruhlarga ajratish mumkin. Muloqotning tashqi omillari muloqotning maqsadi, undagi tinglovchi va so'zlovchining maqsadi, muloqot voqelanayotgan shart-sharoit, vaziyat kabilarni kiritish mumkin. Chunonchi, muloqot maqsadi muloqot mazmunini belgilaydi. Vaziyat uning shaklini va ko'p hollarda muloqotning ichki tarkibiy qismi bo'lgan lisoniy va nolisoniy omillar tabiati va turlarini

1 Qo'shjonov M. Ma'no va mezon. - T.: G'.G'ulom nomidagi Adabiyot va san'at nashriyoti, 1974. - B.165-166.

2 Boboyev T. Adabiyotshunoslik asoslari. - T.: O'qituvchi, 1984. - B.124.

3 Abdusamatov H. Drama nazariyasi. - T.: G'.G'ulom nomidagi Adabiyot va san'at nashriyoti, 2000. - B.221-222.

4 Safarov Sh. Pragmalingvistika. - T.: O'zME., 2008, - B.79.

belgilaydi. Shunday qilib, muloqotning ichki omillariga: lisoniy va nolisoniy vositalarni kiritish to'g'ri bo'ladi. Muloqotning "salomlashish" bosqichida muloqot ifodasini belgilovchi salomlashish, ko'rishish, so'rashish kabi lisoniy birliklar: so'z, so'z birikmalari, undov va hokazolar muloqotning ichki omili sifatidagi uning lisoniy vositasi sanaladi"5.

TADQIQOT NATIJALARI VA MUHOKAMA

Ma'lumki, badiiy asar tilining o'ziga xosligini ta'minlashda ishtirok etadigan birliklarda milliy xususiyatlar ham o'z aksini topadi. Bu ayniqsa, personaj nutqini individuallashtirishda qo'llanuvchi dialog, monolog va poliloglarda ham mentalitet ifodasi sifatida namoyon bo'ladi. Mentalitet ijtimoiy hodisa sifatida xalqimiz hayotining hamma sohalari qatori tilshunoslikda ham lisoniy birliklar vositasida aks etadi. Mentalitetning eng keng tarqalgan turlaridan biri bo'lgan milliy mentalitet milliy alohidalik, milliy kolorid kabi milliylikning tilda aks etishining turli shakllarini o'z ichiga oladi. Hozirgi kunga kelib dunyo tilshunosligi namoyondalarining e'tibori til va etnos munosabatidagi muammolarga qaratilgandir. Mentalitet milliy ramzlar, milliy qadriyatlar, urf-odatlar kabilarni ifodalab, biror bir xalqning etnik o'ziga xosligini anglatuvchi va keng qo'llaniladigan tushuncha bo'lib bormoqda. Etnik umumiylik deb ma'lum bir hududda kishilar orasida iqtisodiy-ijtimoiy munosabatlarga bog'liq bo'lgan madaniy til umumiyligiga aytiladi.

Kishilarning o'zaro muloqotga kirishishida avvalo, shu shaxsning lisoniy layoqati, ya'ni uning til birliklaridan foydalana olish layoqati, fikr ifodalash imkoniyatlari, shu bilan birga o'zi mansub bo'lgan millatning asrlar davomida shakllangan va sayqallangan ma'naviy, madaniy xususiyatlarini o'zida jamlagan ko'rinishi sifatida qaraladi. O'tkir Hoshimov hamda O'ktam usmonov o'z asarlarida til birliklarini tanlashda, personajlar individual, kasbga oid xarakterini yoritishda ana shu mezonlarga amal qiladi. Shu boir yozuvchilar ijodida milliylik bo'rtib turishida romanlar tilida qo'llanilgan har bir so'z yoki ibora, usul yoki vositaning o'rni bor. Badiiy matnlar qaysi tilda yaratilgan bo'lsa, ularda o'zlari mansub bo'lgan til sohiblarining milliy-madaniy, ma'naviy-ruhiy qiyofasi, milliy urf-odatlari, qadriyatlari o'z ifodasini topadi. Insonning madaniyati, axloqi dastlab uning tilida, fikr ifodalashda til birliklarini tanlash va nutq jarayonida qay darajada qo'llay olishida ko'rinadi. Badiiy asar til taraqqiyotining ma'lum bir bosqichi haqida ma'lumot berish bilan birga unda tarixiy shaxslar faoliyati, asar qahramonlari yashagan davrlarining siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarning eng muhim xususiyatlari ham badiiy tarzda namoyon bo'ladi.

Shuni qayd etish lozimki, til strukturasida, uning lisoniy qurilishidagi o'zgarishlar, lug'at va frazeologiya tarkibidagi semantik jihatdan yuzaga keluvchi turli siljishlar badiiy matnlarda personajlar nutqida mujassam bo'ladi.

Masalan, O'.Hoshimovning "Ikki eshik orasi" romanini olib ko'radigan bo'lsak, roman asosan hikoya qilish usulida shakllantirilgan. Ya'niki, voqealar turli qahramonlar tomonidan o'z nuqtayi nazari orqali hikoya qilinadi. Asarda xiyonat voqeasi Ra'no, uni shu yo'lga boshlagan Umar zakunchi, Robiya tilidan hikoya qilinadi, ya'ni bir hodisa uch kishi tilidan uch xil talqin qilinadi. Bu hol bir tomondan asarga badiiy jihatdan o'ziga xos polifonik xususiyat bag'ishlasa, ikkinchi tomondan asarga badiiy jihatdan emotsional-ekspressivligini ta'minlashga xizmat qilgan. Monologik nutq personaj nutqining o'ziga xosligini ta'minlaydi. Personajlar o'z ichki monologlari orqali shaxs sifatida o'zlarini kitobxonga tanishtirib boradilar. Voqealr jarayonida personajning

5 Safarov Sh., Toirova G. Nutqning etnosotsiopragmatik tahlili asoslari. O'quv qo'llanma. - Samarqand. SamDCHTI nashri, 2007, B.53.

ichki kechinmalari, o'z hatti-harakati, faoliyatiga baho berib borishlarida monolog, ayniqsa, ichki monologning o'rni beqiyos ekanligi Robiyaning ichki monologida yaqqol o'z aksini topgan:

"Eshitib hayron bo'lgandim: Ilonniyam ashula qilib aytadimi odam? Yo'q, o'shanda bu ashulani tushunmagan ekanman. Inson bolasi ilonga aylanib qolishi hech gap emas ekan.

Nahotki? Shunday ko'hli, shunday dono Ra'no kelinoyim nahotki ilon bo'lsa? Shomurod tog'amni urushga kuzatayotgan kuni oshxona devorining orqasida o'ksib-o'ksib yig'laganini o'zim eshitgandim-ku! Erining oyog'iga tiz cho'kib iltijo qilganida oshyuq ko'ylagining etagi loy bo'lib ketganini o'zim ko'rgan edim-ku! O 'shanda ko'zimga oppoq farishta bo'lib ko'ringan Ra'no yangam shu emasmidi! Bugun xuddi o'sha ko'ylagini kiyib olib, Umar zakunchi bilan... farishtaning ilonga aylanishi shunchalik oson ekan-da! Axir tog'am o 'lgani yo'q-ku! Kecha uning oyog'iga tiz cho'kib "sensiz o'lib qolaman" desa-da, bugun... Tog'am uyoqda qon kechibyursa-yu, kelinoyim buyoqda... Odamlar muncha yomon! Muncha noinsof?! Balki Kimsan akam meni ham shunaqa o'ylar?.. Yo'q! bu kunidan ko 'ra o'lganiyaxshi odamning!". [4,241]

Monologda Robiyaning voqealarni teran ko'z bilan tahlil qilishi, Ra'no bilan sodir bo'lgan voqealarda Umar zakunchining tutgan o'rniga aniq baho berishi o'z aksini topgan. Ayniqsa, uning Ra'noning harakatlariga baho berishda "ilon" leksemasidan foydalanishi monologdagi badiiy tasvirni yanada kuchaytirgan. Bu milliy mentalitetga borib taqaladi. Chunki, ilon salbiy xarakter belgisi bo'lib, xalq og'zaki ijodimizda ham insonlarning yomon fazilatlarini "ilon" tasviri orqali izohlashgan.

Personajning kasbiga, faoliyatiga qarab turli leksemalardan foydalanish yozuvchining mahoratiga bog'liq. Asarlarda keltirilga parchalarni olib ko'radigan bo'lsak, Umar - zakunchi obrazi. Bu kasb egasi Sobiq tuzum odami. Uning leksemasini olib ko'radigan bo'lsak, uning tilida haqoratli so'zlardan juda ko'p qo'llanilgan. Sababi, o'sha davrda oddiy xalqqa xuddi shu tarzda muomala qilingan: "Uy eshigi g'iyqillab ochildi. Darvozaning tirqishidan yana mo'ralab, qorong'ida hech nimani ko'rolmadim. Bola tushmagur kelinoyimni qo'rqitib yubormasaydi!

Shu payt allaqanday erkak kishining "... bormi senga haromi!" - deb so'kingani, Olimjonning "qo'yvoring" deb yalingani eshitildi.

Eshikni kuchim boricha mushtladim.

- Oching, kennoyi, menman! - dedim baqirib. Kimdir og'ir, shaxdam qadamlar bilan eshikka yaqinlashdi.

- Qo'yvoring! - Bu safar Olimjonning ovozi bo 'g'ilib chiqdi." [4,304]

Parchadan anglashilishicha, bolaning devordan oshib tushishi, Umar zakunchi va Ra'noning noqulay vaziyatga tushib qolishlari Umar zakunchining o'z mavqeiga ishonib bolani qo'pol tarzda haqoratlashiga, uning "Haromi" leksemasini qo'llashga zamin yaratgan. Asar muallifi endi voqealar rivojiga kinoya usulini kiritadi. Umar zakunchi bir tomondan mavqe nuqtai nazaridan yuqori turishi, ikkinchi tomondan o'z aybini yopishga urinishi kinoya usuliga yo'l ochgan: "Tamba surildi. Eshikning bir tavaqasi ochildi-da, kimdir Olimjonning yoqasidan mushuk boladek changallab uloqtirib yubordi. Ugandiraklab kelganicha kuch bilan menga urildi. Biqinim battar sanchib, ko'z oldim qorong'ilashib ketdi. Olimjon menga ozor berganini bilib tipirchilab qaddini rostladi. Shu payt chamoq yarq etdi-yu, ro'paramda vajohat bilan turgan boshyalang Umar zakunchini ko'rdim.

- Iye, oyimqiz, sizam shu yerdamisiz? - dedi g'azabdan ko'zlari yonib. - Bemahalda pishirib qo 'yibdimi birovnikida!

- Birovmas, o'zimni yangam, - og'zimga kelgan gap shu bo'ldi.

- Traktorni katta xolangnikiga tashlab keldingmi?

Umar zakunchi ko 'zimga shunchalik dag'dag'a bilan chaqchaydiki, tilim aylanmay qoldi. U boshini egib eshikdan chiqib borarkan, nafrat bilan so'kindi:

- Padaringga la'nat. Hammangni qamoqda chiritish kerak!" [4,327]

Yuqoridagi parchada erkak kishi Umar zakunchi nutqi berilgan. Uning butun harakati, faoliyati boshqalarga tazyiq o'tkazish, azob berishga asoslangan. Shuning uchun uning nutqida vulgarizmlarning qo'llanishi tabiiy. Buni kitobxon ham yengil qaul qiladi.

Zakunchi nutqi uning o'sha davrda o'sha jamiyatdagi mavqei, ma'naviy-axloqiy qiyofasini, atrofdagi kishilarga munosabatini, til birliklaridan foydalanishda asosan vulgarizmlarni tanlashini ko'rsatadi. Zakunchi nutqi fikr ifodalashda personajning ma'naviy-axloqiy saviyasi jamiyat tomonidan belgilangan muomala mezonlariga mos kelmasa, uning salbiy ta'siri inson faoliyatining hamma sohalarida - personajlarning o'zaro munosabatlarida, axloqiy qiyofasida, yurish turishlarida, ayniqsa, uning kimligini aniq ko'rsatib turuvchi nutqida yaqqol ko'zga tashlanishini yana bir karra isbotlaydi. XULOSA

Xulosa o'rnida shuni aytish mumkinki, tasvirlanayotgan shaxsning turli ruhiy holati, ichki kechinmalarini tasvirlashda monolog eng qulay vosita sifatida namoyon bo'lsa, personajlarning badiiy asar syujetida, voqealar tizimida tutgan o'rni, ularning fikr ifodalashda tilda mavjud bo'lgan birliklarni qo'llash mahorati dialoglarda namoyon bo'ladi. Dialoglar va monologlar personajlarning dunyoqarashi, fikrlash doirasi, ma'naviy dunyoqarashini o'zida aks ettiruvchi vosita sifatida har bir asarda muhim o'rin tutadi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Abdusamatov H. Drama nazariyasi. - T.: G' .G'ulom nomidagi Adabiyot va san'at nashriyoti, 2000. - B.221-222.

2. Boboyev T. Adabiyotshunoslik asoslari. - T.: O'qituvchi, 1984. - B.124.

3. Hakimov M., Gaziyeva M. Pragmalingvistika asoslari (Matn): darslik. - Farg'ona, Klassik, 2020.

4. Hoshimov O'. Ikki eshik orasi. Roman. "Sharq"NMAK, T.:2012.

5. Qo'shjonov M. Ma'no va mezon. - T.: G'.G'ulom nomidagi Adabiyot va san'at nashriyoti, 1974. - B.165-166.

6. Safarov Sh. Pragmalingvistika. - T.: O'zME., 2008, - B.79.

7. Safarov Sh., Toirova G. Nutqning etnosotsiopragmatik tahlili asoslari. O'quv qo'llanma. - Samarqand. SamDCHTI nashri, 2007, B.53.

8. Кубрякова Е.С. Дискурс. В. КН.: Категоризация мира: время, пространство. М., 1991.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.