Научная статья на тему 'TIL O‘QITISHDA ZAMONAVIY YONDASHUVLAR'

TIL O‘QITISHDA ZAMONAVIY YONDASHUVLAR Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

1562
163
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
innovatsiya / metod / texnologiya / nutqiy mashq / o‘yinmashq metodi / ijodiy izlanish o‘yini. / innovation / method / technology / speech exercise / game method / creative search game.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Guljan Azizbekovna Anarbekova

Maqolada til o‘qitish jarayonida bilish, leksik, grammatik, talaffuz tushunchalarini to‘g‘ri shakllantirish, talabalar ongida bilimlar sistemasini o‘z-o‘zini nazorat qilish ko‘nikmasini to‘g‘ri tarkib toptirish innovatsion pedagogik texnologiyalarning tarkibiy qismi ekanligi, hozirgi kunda ta’lim jarayonida bilim berishning samarali usullari, o‘qituvchi pedagoglar ko‘zlagan maqsadlariga erishishning kafolatlangan o‘qitish uslublari, talabalarda erkin fikrlash, mustaqil qaror chiqarish ko‘nikmasini shakllantiradigan, ularni muammoli vaziyatlarda bilim malakalariga tayanib ish ko‘rishga zamin hozirlashga qaratilgan o‘qitish usullari pedagogik texnologiyaning eng ilg‘or xususiyati ekanligi ta’kidlangan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

In the article, the correct formation of knowledge, lexical, grammatical, pronunciation concepts, the ability to self-control the system of knowledge in the mind of students is a component of innovative pedagogical technologies, effective methods of imparting knowledge in the educational process today, guaranteed to achieve the goals set by teachers and pedagogues. teaching methods, teaching methods that form students' free thinking, independent decision-making skills and prepare them to work in problem situations based on knowledge skills are the most advanced features of pedagogical technology.

Текст научной работы на тему «TIL O‘QITISHDA ZAMONAVIY YONDASHUVLAR»

TIL O'QITISHDA ZAMONAVIY YONDASHUVLAR

Guljan Azizbekovna Anarbekova

Chirchiq davlat pedagogika universiteti

ANNOTATSIYA

Maqolada til o'qitish jarayonida bilish, leksik, grammatik, talaffuz tushunchalarini to'g'ri shakllantirish, talabalar ongida bilimlar sistemasini o'z-o'zini nazorat qilish ko'nikmasini to'g'ri tarkib toptirish innovatsion pedagogik texnologiyalarning tarkibiy qismi ekanligi, hozirgi kunda ta'lim jarayonida bilim berishning samarali usullari, o'qituvchi pedagoglar ko'zlagan maqsadlariga erishishning kafolatlangan o'qitish uslublari, talabalarda erkin fikrlash, mustaqil qaror chiqarish ko'nikmasini shakllantiradigan, ularni muammoli vaziyatlarda bilim malakalariga tayanib ish ko'rishga zamin hozirlashga qaratilgan o'qitish usullari pedagogik texnologiyaning eng ilg'or xususiyati ekanligi ta'kidlangan

Kalit so'zlar: innovatsiya, metod, texnologiya, nutqiy mashq, o'yinmashq metodi, ijodiy izlanish o'yini.

In the article, the correct formation of knowledge, lexical, grammatical, pronunciation concepts, the ability to self-control the system of knowledge in the mind of students is a component of innovative pedagogical technologies, effective methods of imparting knowledge in the educational process today, guaranteed to achieve the goals set by teachers and pedagogues. teaching methods, teaching methods that form students' free thinking, independent decision-making skills and prepare them to work in problem situations based on knowledge skills are the most advanced features of pedagogical technology.

Keywords: innovation, method, technology, speech exercise, game method, creative search game.

Har bir jamiyatning kelajagi uning ajralmas qismi va hayotiy zarurati bo'lgan ta'lim tizimiga e'tibori va uning rivojlanganlik darajasiga bog'liq. Bugungi kunda o'zining mustaqil taraqqiyot yo'lidan borayotgan mamlakatimizning uzluksiz ta'lim tizimini isloh qilish va takomillashtirish, yangi sifat bosqichiga

ABSTRACT

KIRISH

ko'tarish, unga ilg'or pedagogik va axborot texnologiyalarini joriy

September, 2022

qilish hamda ta'lim samaradorligini oshirish davlat siyosati darajasiga ko'tarildi.

Pedagogik texnologiyalarning rivojlanishi va ularning o'quv-tarbiya jarayoniga kirib kelishi, shuningdek, axborot texnologiyalarining tez almashinuvi va takomillashuvchi jarayonida har bir inson o'z kasbiy tayyorgarligini, mahoratini kuchaytirish imkoniyatlari yaratildi. Bugungi kunda ta'limda, xususan, til va adabiyot o'qitishda innovatsion pedagogik texnologiyalar va interfaol usullarda keng foydalanilmoqda.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Til o'qitish jarayonida bilish, leksik, grammatik, talaffuz tushunchalarini to'g'ri shakllantirish, talabalar ongida bilimlar sistemasini o'z-o'zini nazorat qilish ko'nikmasini to'g'ri tarkib toptirish innovatsion pedagogik texnologiyalarning tarkibiy qismidir. Hozirgi kunda ta'lim jarayonida eng samarali, o'qituvchi pedagoglar ko'zlagan maqsadlariga erishishning kafolatlangan o'qitish uslublari, talabalarda erkin fikrlash, mustaqil qaror chiqarish ko'nikmasini shakllantiradigan, ularni muammolarini yechishlari, turli vaziyatlardan qiynalmasdan chiqib ketishlari uchun zamin hozirlashga qodir bunday o'qitish usullari pedagogik texnologiyaning eng ilg'or xususiyatidir.

Xususan, tilni o'qitishda bir qancha uslublarni qo'llagan holda amalga oshirish mumkin.

Tilni o'qitishning natijalari birinchi navbatda, mashqlar sistemasi orqali aniqlanadi, chunki til o'rganishdagi amaliy maqsad ya'ni, nutq faoliyatining barcha turlarini egallash mashqlar yordamida amalga oshiriladi. Mashq deganda, ma'lum bir faoliyatni egallashga qaratilgan yoki shu faoliyatni o'quv jarayonlarida takomillashtirishga qaratilgan alohida yoki ketma-ket bajariladigan operatsiyalar yoki ko'nikmalarga adekvat ya'ni, mos bo'lishi kerak. Metodik adabiyotlarda mashqlarning turlicha klassifikatsiyalarini ko'rishimiz mumkin. Bu turlicha prinsiplarga asoslanadi. Masalan: komunikativlik prinsipiga ko'ra, 3 tipdagi mashqlarni farqlashimiz mumkin:

Ma'lumki, har qanday badiiy asar asosida badiiy til yotadi. Yozuvchi til yordamida ma'lum bir o'zi tasvirlayotgan inson, ma'lum bir zamon, davr obrazini yaratadi. Asardagi voqealar qahramon-inson ichki olami, ruhiyati orqali tasvir maydoniga aylanadi. "Xullas, romanda yozuvchi uchun ichki dunyoning - ruhning kechinmalarini tashqi qiyofa, holat va xattiharakatlarda ko'rinishini tasvirlash, ya'ni dinamik prinsip asosiy mezondir" [5]. Shu ma'noda Mark Tven

ham "Janna d' Ark" romanidagi har bir personajning tashqi

September, 2022

qiyofasi, yuz tuzilishi, mimikalari, eng muhimi nutqi orqali ularning ichki olamini, psixologiyasini ochib berishga intiladi.

Masalan, quyidagi parchada roviy shahzoda va uning a'yonlari ruhiyatini ochib bergan:

(Janna bo'lajak qirolga uning yuragini kemirayotgan teran sirni ochganda, undagi ikkilanish tarqagan edi. U qiz Xudo tomonidan yuborilganiga ishongan va agar ixtiyor unda bo'lganda edi, qizni darhol buyuk topshiriqni bajarishga yuborgan Ьо'кг edi. Biroq, u o'zi mustaqil faoliyat yuritolmasdi. Tremuyl va reymslik "hazrati tulki" uni yaxshi bilishardi. Ular nima deyishsa, shu bo'ladi, va ular shunday dedilar: - Hazrati oliylari, Siz qizning ovozlari siz va faqat Xudoga ayon bo'lgan sirni aytishdi, deyapsiz, ammo uning Xudosi shayton emasligini siz qaerdan bilasiz - u shayton xabarchisi emasmi?)

Roviy nutqidagi tasvirda shahzoda so'zlovchining ongida harakatlanmoqdaki, bu, avvalo, roman ichki olamining barcha unsurlari personaj xarakterini ichkaridan ochib berishga yo'nalmoqda, ikkinchidan, esa mazkur personajlar ruhiyati, xayolida dofin orqali Jannaga qarshi kurash niyati mavjud. Natijada ko'z o'ngimizda obrazlarning zimdan psixologik kurashi namoyon bo'lmoqda. Bu yerda ikki kurashuvchi tomonlarni bog'lab turuvchi bo'lajak qirol ruhiyati bo'sh va kuchsizligi ikkala tomonga ham ma'lum bo'lib, har ikki tomon ham shahzoda ruhiga, uning ichki kuchiga ta'sñ o'tkazishga harakat qilishgan. Tasvirlanayotgan obrazning ichki olamidagi ikkilanish, uning voqelikni teran anglamasligi va qat'iyatsizligi orqali yozuvchi voqelikka o'zining munosabatini ham bildirgan. Bu yerga u garchi xolis, voqealar jarayoniga aralashmayotgandek tuyulsa-da, oxir oqibat mazkur betaraflikni bayon qilishdan maqsadi ko'гinadi. Bu o'ta murakkab, psixologik jihatdan qaltis vaziyatda qo'llaniladigan nozik usul bo'lib, aslida yozuvchi Jannaga o'tkazilgan bosim, uning ruhiyatiga ta'simi ko^satmoqchi. Chunki oddiy dehqon qiziga qarshi chiqqan raqiblar kichik odamlar emas, tajribali, bilimli, jamiyatning yirik zodagonlari va diniy arboblari hisoblanadi. Zero, ularning bir ritorik murojaat va ikkita so'raqlari zamirida personajlar ruhiyati, yashirin niyatini oshkor qiluvchi ichki nutqi, qahramonlar xayolining funksiyasini kuzatish mumkin. Ular biri ruhoniy bo'lgani holda Xudo nomidan aytilgan gapga qarshi chiqish orqali o'zining tilidagi gapi va asl maqsadida farq borligini, aslida uning ruhoniyatida allaqachon buzilish yuz berib bo'lganini o'zi anglamagan holda oshkor etib qo'yadi

Bundan tashqari bu parcha dialogik nutqning bir qismi bo'lib, roviy uni o'z sub'ektiv idroki orqali bayon etishida ong oqimining vositali shakli ko'rinadi. Ya'ni, u personajlarning onggidagi asosiy maqsad personaj vosita orqali ikkinchi tomonga yo'naltirilgan.

Lekin buni Janna eshitmaydi, ammo sezadi. Asarda Janna tasviri ham personajlarning ruhiy-sub'ektiv munosabati orqali ko'rsatilgan. Natijada ikki o'rtadagi psixologik ziddiyatning ochiq ko'rinishi ikki tomonning shahzodaga bo'lgan munosabati va turli mimikalari, psixologik vositalar orqali tasvirlangan psixologik belgilar sifatida yuzaga chiqadi.

Romanning ikkinchi va uchinchi qismidagi tasvir diqqat bilan tekshirilganda qirol Karl VII faoliyati, xarakteri ham Janna d'Ark obrazining syujet bo'ylab harakatlanishiga turtki bo'lganini kuzatish mumkin. Bu esa aslida yozuvchining bosh maqsadi davlat rahbarining fikrlash tarzi, idroki, ongini tarixiy voqeaning badiiy ifodasi va personajlar tizimini shakllantirishdagi o'rinini ko'rsatish bo'lgan degan xulosaga olib keladi. To'g'ri tasvir markazida asosan Janna obrazi turgan bo'lsa-da, uning asosiy harakatlari, masalan uning Shinonda davlat rasmiylari qatorida ibodat qilishi, yepiskoplar kengashi tomonidan savollarga tutilishi, keyinchalik esa Puate universitetidagi diniy ulamolar katta yig'ilishida dilni xira qiladigan davomli so'roq-savollar ortida jamiyatning ma'nan qashshoqligi, biror mard kishi chiqib odamlarning milliy g'ururini uyg'otishga chog'i yetmasligini, saroy a'yonlari, diniy arboblar mamlakatni qutqarish o'rniga keraksiz ishlar bilan mashg'ulligini ko'rsatish bo'lgan. Aslida yepiskoplar bayonnomada qayd etishganidek, "kichkinagina cho'pon qiz", "kamgap qizaloq" milliy g'urur, or-nomus, milliy qadriyat va eng muhimi shaxs ozodligini mamlakat mustaqilligida ko'ra bilgan teran fikrli shaxs edi, xolos. Lekin sog'lom fikrga ega, orzu-havasi yurt ozodligidan boshqa narsa bo'lmagan buyuk fazilat egasini bid'at va xurofotga botgan din vakillari, xudbin a'yonlar va nochorligi tan olib yengilgan kishilar chohga tomon sudrashardi.

Romanda voqealar personaj tilidan bayon qilingan ichki nutq shakli bo'lib, uning ortida roviy, ya'ni Lui de Kont degan to'qima obrazning psixologik faoliyati, muallifning Janna d'Arkka nisbatan shakllangan muhabbati faoliyati yetakchilik qiladi. Bu roviy nutqi matnidagi ichki mazmun bo'lib, u Janna tilidan yangraydi: "I don't know A from B; but I know this: that I am come by command of the Lord of Heaven to deliver Orleans from the English power and crown the King of Rheims, and the matters ye are puttering over are of no consequence!". (Men A dan B ni farqlolmadim, biroq shuni bilamanki, men bu yerga Osmon Hukmdorining buyrug'i bilan Orleanni inglizlardan qutqarish va Reymsda qirolga toj kiydirish uchun keldim, sizlar esa bekorchilik bilan bandsizlar) [4]. Mazkur nutqda Jannaning ruhan charchagani va asosiy ishi qolib, uni turli ig'vo va tuhmatlarga botirishayotgani, vatan himoyasi uchun hech kim hech narsa qilmayotganidan ezilishi aks etgan. Roviy tilidan chiqqan va Jannaga nisbat berilgan ushbu monolog syujet liniyasidagi tarixiy voqelikning

Academic Research in Educational Sciences Volume 3 | Issue 9 | 2022 ISSN: 2181-1385_Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12 | SJIF: 5,7 | UIF: 6,1

aniq ifodasini, obraz xarakterining ichidan ochilishini ta'minlagan o'гinlaгdan biri hisoblanadi. Zero, "ichki monologning rivoya shaxslariga munosabati ham o'ziga xosdir.

XULOSA

Ma'lumki, rivoya uchala shaxsda ham olib borilaveradi. An'anaviy adabiyotda rivoya uchinchi shaxsda olib borilganda avtor qahramondan uzoqlashadi, ong oqimi ifodasida esa bunday hol yuz bermaydi, aksincha, shunday yaqinlik vujudga keladiki, muallif qahramon ong oqimiga singib yo'qolib ketadi, kitobxon qahramon ong oqimi bilan yolg'iz qoladi, faqat uning harakatlarini kuzataveradi" Shuning uchun roviy Janna obrazini tasvirlar ekan, uning turli harakati, tashqi ko'rinishi, xarakteri dinamikasida turli psixolingvistik va psixofiziologik vositalarni qo'llaydi.

Yozuvchi romandagi psixologik vaziyatni shunday tashkil etganki, Janna d'Arkning har bir yutug'i ortida katta ruhiy quvvat, harakat va samimiylik yotibdi. Lekin uning shuhrati osha borgan sari, xiyonat qiluvchi, dushmanlik qiluvchilar ham ortib boraveradi. Bu esa roman mazmuniy strukturasi mohiyatiga tabiat va jamiyatning azaliy kurashi ezulik va yovuzlik g'oyasi singdirib yuborilganini kuzatish mumkin. Bu ikki kuch o'q chiziq bo'lib bir-biriga goh oshkor, goh pinhon hamla qilib roman oxirigacha boradi. Asarning o'lmasligini ta'minlovchi asosiy kuch ham asardagi dramatik, tragedik hodisalarning ko'p ekanligida ko'rinadi.

REFERENCES

1. Анарбекова, Г. А. (2021). Ыбырайдьщ агартушыльщ кезкарастары. Олтинсарин ижоди ва илмий меросини урганиш масалалари, 1(1), 110-111.

2. Anarbekova, G. A. (2021). Og'zaki nutqni rivojlantirish tamoyillari. Ekonomika i sotsium, 5(84), 55-75.

3. Anarbekova, G. A., Duysabayeva, D. U. (2021). Problems of formation of language culture in school students. O'zbek tili taraqqiyoti va xalqaro hamkorlik masalalari, 1(1), 250-253.

4. Normurodov, C. B., Mengliev, S. A., & Mengliev, I. A. (2018). Tashkent.: Problemy v vychislitel'noj i prikladnoj matematiki.

5. Normurodov, C. B., Mengliev, S. A., & Mengliev, I. A. (2018). Issledovanie zavisimosti kojefficienta soprotivlenija ot chislo Rejnoldsa v neszhimaemyh vjazkih zhidkostjah.(p. 60). Tashkent.: Problemy v vychislitelnoj iprikladnoj matematiki.

6. Нармурадов, Ч. Б., Менглиев, Ш. А., & Гуломкодиров, К. А. (2017). Математические модели проблемы гидродинамической устойчивости для однофазных

309

потоков. Проблемы вычислительной и прикладной математики, (1), 41-46.

7. Нармурадов, Ч. Б., Менглиев, Ш. А., & Джураева, Н. Т. (2015). О методах решения проблемы гидродинамической устойчивости. Проблемы вычислительной и прикладной математики, (2), 58-64.

8. Нармурадов, Ч. Б., Менглиев, Ш. А., & Джураева, Н. Т. (2015). Математические модели проблемы гидродинамической устойчивости для двухфазных потоков. Проблемы вычислительной и прикладной математики, (2), 6-11.

9. Abdusalomovich, M. S. (2022). QORA KAMAR. SHUKUR XOLMIRZAYEV PYESASI ASOSIDA RADIOSPEKTAKL. INNOVATION IN THE MODERN EDUCATION SYSTEM,, 2(18), 555-559.

10. Mengliev, S. A., & Kholturaev, K. F. LAMINARY FLUID FLOW IN A PIPE AND DIMENSIONAL NUMBER OF REYNOLDS. AGRICULTURE, WATER MANAGEMENT, FORESTRY.

11. Тойиров, А. Х., & Холтураев, Х. Ф. (2019). О проблеме гидродинамической устойчивости. Вестник Национального технического университета Харьковский политехнический институт. Серия: Информатика и моделирование, (13 (1338)), 28-39.

12. Нормуродов, Ч. Б., Менглиев, Ш. А., & Менглиев, И. А. (2018). Исследование зависимости коэффициента сопротивления от число Рейнольдса в несжимаемых вязких жидкостях. Проблемы вычислительной и прикладной математики, (5), 60-68.

13. Mehri, S. (2022). The problem of social adaptation of migrant adolescent children. International journal of social science & interdisciplinary research ISSN: 2277-3630 Impact factor: 7.429, 77(05), 108-113.

14. Саипова, М. В. (2022). Научно практический опыт изучения детско родительских отношений в психологии. ILMIY AXBOROTLARI, 1(6), 257-258.

15. Saipova, M. V., Ergasheva, G. (2022). Maktabgacha ta'limda psixologik xizmatining ustuvor vazifalari. O'zbekiston ilmiy-amaliy konferensiya, 1(1), 15-20.

16. Saipova, M. V. (2022). Migrantlarning o'smir yoshdagi farzandlarida ijtimoiy moslashuv muammosi. Bola va zamon, 1(2), 12-13.

17. Саипова, М. В. (2022). Социально-психологические детерминанты социализации детей трудовых мигрантов. Вестник интегративной психологии, 2(24), 330-333.

18. Saipova, M. V. (2021). Boshlang'ich sinf o'quvchilarning bilim olishga bo'lgan qiziqishlarini shakillantirishning psixologik xususiyatlari. Uzluksiz ta'lim, 1(3), 83-86.

19. Саипова, М. В. (2021). Усмирлик даврига хос аддиктив хулк- атвор профилактикаси. Республика илмий амалий конференцияси, 1(1), 121-123.

20. Kadirova, Z. Z. (2021). Some comments on the interpretation and contrast aspects of the terms "Paraphrase" and "Periphrase". Theoretical & Applied Science, (6), 486-

21. Kadirova, Z. Z. (2021). Periphrases in the prose works of Alisher Navoi. Theoretical & Applied Science, (6), 574-579.

22. Kadyrova, Z. (2021). The lexical units in the formation of periphrasis (on the example of periphrases in the prose works of Alisher Navoi). Журнал филологических исследований, 6(2), 17-23.

23. Kadirova, Z. Z. (2021). Nominativ features of the periphrases. Scientific Bulletin of Namangan State University, 2(2), 220-225.

24. Bazarova, E., & Kadirova, Z. (2020). Practical knowledge of the stone names in linguistics. Scientific Bulletin of Namangan State University, 2(1), 178-181.

25. Kadirova, Z. Z. (2019). Principles of differentiation of periphrasal and euphemic units. Scientific Bulletin of Namangan State University, i(10), 269-273.

26. Kadirova, Z. Z. (2021). Alisher Navoiyning nasriy asarlarida insonga xos xususiyatlarni ifodalovchi perifrazalar. Ilm sarchashmalari, 2(2), 176-178.

27. Qodirova, Z. Z. (2019). Perifraza obrazli idroq mahsuli. Ilm sarchashmalari, 1(1),

489.

54-57.

September, 2022

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.