Научная статья на тему 'AYLANA YOYINI TO’G’RI CHIZIQQA YOYISH VA UNING HAQIQIY UZUNLIGINI ANIQLASH'

AYLANA YOYINI TO’G’RI CHIZIQQA YOYISH VA UNING HAQIQIY UZUNLIGINI ANIQLASH Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
92
7
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
МУНТАЗАМӢ / РАДИУС / ДИАМЕТР / НУКТА / ЧИЗМА / ПЕРПЕНДИКУЛЯР / АЙЛАНА / ТУРТБУРЯАК / ТЕНГ / ТОМОНИ / КИЙМАТИ / УРИНМА

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Xusanbayev A.M.

Мақолада радиуси R ва маркази О нуқтада бўлган айланага урнувчи тенг томонли ички бешбурчакни ясаш учун, исталган айлана радиуси R ни тавия этилаётган коэффициент К га кўпайтирилиб ясаладиган мунтазам бешбурчак ватарининг бир томонининг ўлчами L масофа, яъни R1 радиус қиймати аниқланган.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

DISTRIBUTE THE CIRCULAR ARROW IN A STRAIGHT LINE AND DETERMINE ITS TRUE LENGTH

The article deals with the issues of dividing circles into equal parts. It is proposed to use the method of coefficients for educational purposes.

Текст научной работы на тему «AYLANA YOYINI TO’G’RI CHIZIQQA YOYISH VA UNING HAQIQIY UZUNLIGINI ANIQLASH»

УДК 677

Xusanbayev A.M.

dotsent

Farg'ona politexnika instituti

AYLANA YOYINI TO'G'RI CHIZIQQA YOYISH VA UNING HAQIQIY

UZUNLIGINI ANIQLASH

Annotatsiya: Мацолада радиуси R ва маркази О нуцтада булган айланага урнувчи тенг томонли ички бешбурчакни ясаш учун, исталган айлана радиуси R ни тавия этилаётган коэффициент К га купайтирилиб ясаладиган мунтазам бешбурчак ватарининг бир томонининг улчами L масофа, яъни R1 радиус циймати аницланган.

Калит сузлар: Мунтазам, радиус, диаметр, нукта, чизма, перпендикуляр, айлана, туртбуряак, айлана, тенг, томони, киймати, уринма.

Xusanbayev A.M.

docent

Fergana Polytechnic Institute

DISTRIBUTE THE CIRCULAR ARROW IN A STRAIGHT LINE AND

DETERMINE ITS TRUE LENGTH

Annotation: The article deals with the issues of dividing circles into equal parts. It is proposed to use the method of coefficients for educational purposes.

Keywords: Construction, division, serifs, compasses, circle, radius, diameter, drawing, segment, perpendicular, vertical, horizontal, point, chord, length.

Texnikada va qurilishda aylananing ko'pincha teng bo'laklarga bo'lishga to'g'ri keladi. Masalan, tishli g'ildiraklarni tayyolashda, flanslarda parmalab teshik ochishda, muntazam ko'pburchaklarni yasashda, arxitekturada ishlatiladigan to'pbarggul shaklidagi geometrik bezak naqshlar yasashda foydalaniladi.

Har kanday diametr, ya'ni aylana markazi orqali o'tuvchi to'g'ri chiziq uni teng ikkiga bo'ladi. O'zaro perpendikulyar bo'lgan ikkita diametr aylana ni to'rt bo'lakka bo'ladi. Har qaysi bo'lakni ikkiga bo'lish yo'li bilan aylanani sakkizga, keyin 16 ga va hokazo qismlarga bo'lish mumkin. Aylanani bo'lishda hosil bo'lgan nuqtalar birlashtirilsa muntazam to'rtburbchak (kvadrat) sakkizburchak, o'n olti burchak va hokazolarning tomonlari hosil bo'ladi.

Endi aylanani to'g'ri chiziqqa yoyib uzunligini aniqlashni amaliyotda ko'rib chiqamiz. Misol uchun, amaliyotda: shkatulkalar, vazalar va boshqa aylanish sirtli buyumlarga bezak berishda foydalaniladi.

Ma'lumki, aylana yoyining uzunligi 2nR formuladan foydalanib topiladi. Quyida, aylana yoyining uzunligini grafik usulda aniqlashda aylanalarga ichki urinma ko'pburchaklar yasab, ularni tomonlarini to'g'ri chiziqqa yoyish bilan aylananing haqiqiy uzunligini aniklash haqida fikr yuritaylik.

Aynan, bu masalani yechish uchun quyida aylanalarga ichki urinma ko'pburchaklar yasab, aylananing haqiqiy uzunligini aniqlash misollarini ko'rib chiqamiz. Bunda aylana uzunligini grafik usulda aniqlash uchun muntazam ko'pburchaklardan foydalanamiz.

1-misol. Radiusi R35 mm va markazi O nuqtada bo'lgan aylana ichida urinuvchi teng tomonli uchburchak yasab, uning tomonlarini to'g'ri chiziqqa yoyib chiqilganda, teng tomonli uchburchak tomonlarining uzunligi 118,8 mm ga teng bo'ldi (1-shakl).

(1- shakl)

2- misol. Radiusi R35 mm va markazi O nuktada bo'lgan aylanaga ichki urinuvchi kvadrat yasab, uning tomonlarini to'g'ri chiziqqa yoyilganda to'g'ri to'rt burchakning tomonlari uzunligi 181,2 mm ga teng bo'ldi (2-shakl).

(2-shakl)

3- misol. Radiusi R35 mm va markazi 0 nuktada bo'lgan aylanaga ichki urinuvchi muntazam beshburchak yasab, beshburchak tomonlarini to'g'ri chiziqqa yoyib chiqilganda uning uzunligi 198 mm ga teng bo'ldi (3-shakl).

(3-shakl)

4-misol. Radiusi R35 mm va markaz O nuktada bo'lgan aylanaga urinuvchi teng muntazam oltiburchak yasaldi. Muntazam oltiburchak tomonlarini to'g'ri chiziqqa yoyildi, yozilgan oltiburchak tomonlarining uzunligi esa 213 mm ga teng bo'ldi (4-shakl).

5-misol. Radiusi #35 mm va markazi O nuqtada bo'lgan aylanaga chizilgan ichki urinuvchi muntazam to'rtburchakning to'rtdan bir qismini ikki marta va shu aylanaga chizilgan ichki urinuvchi muntazam uchburchakning 1/3 qismini ikki marta to'g'ri chiziqqa yoyildi. Hosil bo'lgan yoyilmaning uzunligi 219,8 mm ga teng bo'ldi (5-shakl)

O__h__b-

2d +2 b =21fR=219.8_

(5-shakl)

Bu to'rtta kesmalarning yig'indisi aylananing uzunligiga teng, chunki, 2a + 2b = 2 • 49,5 + 2 • 60,4 = 99 + 120,8 = 219,8 mm.

Grafik usulda topilgan #35 mm va markazi O nuktada chizilgan aylananing uzunligi L = 219,8 mm ga teng. Formula 2nR bilan aniqlangan aylananing uzunligi ham 2nR = 2 • 3,14 • 35 = 219,8 mm ga teng chiqdi.

Endi, grafik usulda aylana yoyining uzunligini to'g'ri chiziqqa yoyilganligi va uning haqiqiy uzunligini grafik usulda aniqlanganligini Pifagor teoremasi yordamida ko'rib chiqamiz.

Buning uchun, radiusi #35 mm va markazi O nuqtada bo'lgan aylanaga ichki urinuvchi kvadratning AV tomonini va shu aylanaga ichki urinuvchi teng tomonli uchburchakning AS tomonini uchburchaklar hosil qilish bilan aniqlandi (6-shakl).

a x

iC h

\\ 0

\ \ b

\c \

6-shakl

1. AOV to'g'ri burchakli uchburchakning gipotenuzasi quyidagicha aniqlandi.

S2 = а2 + b2 = 352 + 352 = 1225 + 1225 = 2450 S = V2450 = 49,497 « 49,5 deb qabul qilamiz AV = S = 49,5 mm 2. AOS uchburchakning AS gipotenuzasini aniqlash uchun uchburchakning O uchidan AV tomoniga perpendikulyar tushiramiz, natijada ikkita AOD va SOD to'g'ri burchakli uchburchak hosil bo'ladi. Uchburchakning si gipotenuzasi ma'lum, bi katetni o'lchab aniqlanadi, u bi =17,6 mm ga teng, ai katetni uzunligini formuladan aniqlaymiz. 5 2 = a 2 + b 2,352 = a 2 + 17,62

a 2 = - 352 + 17,62 = - 1225 + 309,76 = 915,2 a± = ^915,24 = 30,252533 « 30,2 deb qabul qilamiz. AS = 2 • AS = 2 • 30,2 = 60,4 mm

Muntazam to'rtburchakning AV tomoni ikkiga va teng tomonli uchburchakning AS tomonini ham ikkiga ko'paytirib, ularni qo'shilganda (2 • + 2 • AS) = 2 • 49,5 + 2 • 60,4 = 219,8 mm ga teng bo'ladi.

Xulosa qilib aytganda, grafik usulda aniqlangan aylana yoyining haqiqiy uzunligi Pifagor teoremasi bilan aniqlangan uzunlikka tengligi isbotlandi.

Eslatma. Grafik usulda aniqlangan aylana uzunligining xatoligi yo0,2 mm ga teng bo'lishi mumkin. Bu xatolik esa chizmakashning va chizma asbobining kamchiligi hisobiga farq qilishi mumkin.

XULOSA. Grafik usulda aylananing uzunligini aniqlash arxitektor va badiiy iste'dod egalari uchun mo'ljallangan.

Adabiyotlar:

1. A.To'xtayev, Yu.Abramyan. Mashinasozlik chizmachiligidan ma'lumotnoma. T.: "Ilm ziyo", 2010.-264 b.

2. A.Abduraxmonov. Chizma geometriya. T.:Aloqachi, 2005. - 120 b.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.