Научная статья на тему 'AXBOROTLASHGAN JAMIYATDA INTERNET TIZIMI VA AXBOROT MADANIYATI'

AXBOROTLASHGAN JAMIYATDA INTERNET TIZIMI VA AXBOROT MADANIYATI Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

CC BY
1461
84
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Research Focus
Область наук
Ключевые слова
axborot / internet / axborot madaniyati / modernizatsiya / axloq / fuqarolik jamiyati / kiberxavfsizlik. / информация / интернет / Информационная культура / модернизация / этика / гражданское общество / кибербезопасность.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Raxmatullayev Raximberdi

Agar tarixga nazar tashlasak, kishi o‘z xayot faoliyati davomida boshi berk ko‘chaga kirib qolganda, hamma vaqt ilmiy – texnikaviy yangilikka intilgan va erishilgan muvaffaqqiyat evaziga o‘zi uchun berk bo‘lgan ko‘chani ochiq qilib olgan: olov paydo bo‘lishdan to bug‘ mashinasi, yadro, atom energiyasi paydo bo‘lishiga qadar biz bu voqealarning guvohi bo‘lganmiz. Maqolada axborotlashgan jamiyatda internet tizimi va axborot madaniyati haqida tushuncha berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ИНТЕРНЕТ-СИСТЕМА И ИНФОРМАЦИОННАЯ КУЛЬТУРА В ИНФОРМАТИВНОМ ОБЩЕСТВЕ

если заглянуть в историю, когда человек на протяжении всей своей жизнедеятельности заходил в тупик, он все время стремился к научно – техническим инновациям и в обмен на достигнутый успех открывал для себя замкнутую улицу: от возникновения огня до появления паровой машины, ядерной, атомной энергии, мы были свидетелями этих событий. Статья дает представление об интернет-системе и информационной культуре в информативном обществе.

Текст научной работы на тему «AXBOROTLASHGAN JAMIYATDA INTERNET TIZIMI VA AXBOROT MADANIYATI»

AXBOROTLASHGAN JAMIYATDA INTERNET TIZIMI VA AXBOROT

MADANIYATI Raxmatullayev Raximberdi, o'qituvchi, Farg'ona davlat universiteti https://doi.org/10.5281/zenodo.7528890

Annotatsiya: Agar tarixga nazar tashlasak, kishi o'z xayot faoliyati davomida boshi berk ko'chaga kirib qolganda, hamma vaqt ilmiy - texnikaviy yangilikka intilgan va erishilgan muvaffaqqiyat evaziga o'zi uchun berk bo'lgan ko'chani ochiq qilib olgan: olov paydo bo'lishdan to bug' mashinasi, yadro, atom energiyasi paydo bo'lishiga qadar biz bu voqealarning guvohi bo'lganmiz.

Maqolada axborotlashgan jamiyatda internet tizimi va axborot madaniyati haqida tushuncha berilgan.

Kalit so'zlar: axborot, internet, axborot madaniyati, modernizatsiya, axloq, fuqarolik jamiyati, kiberxavfsizlik.

ИНТЕРНЕТ-СИСТЕМА И ИНФОРМАЦИОННАЯ КУЛЬТУРА В ИНФОРМАТИВНОМ ОБЩЕСТВЕ

Аннотация: если заглянуть в историю, когда человек на протяжении всей своей жизнедеятельности заходил в тупик, он все время стремился к научно - техническим инновациям и в обмен на достигнутый успех открывал для себя замкнутую улицу: от возникновения огня до появления паровой машины, ядерной, атомной энергии, мы были свидетелями этих событий.

Статья дает представление об интернет-системе и информационной культуре в информативном обществе.

Ключевые слова: информация, интернет, Информационная культура, модернизация, этика, гражданское общество, кибербезопасность.

INTERNET SYSTEM AND INFORMATION CULTURE IN AN INFORMATIVE

SOCIETY

Abstract: if you look into history, when a person came to a dead end throughout his life, he was always striving for scientific and technical innovations and in exchange for the success he achieved, he discovered a closed street for himself: from the emergence of fire to the appearance of a steam engine, nuclear, atomic energy, we witnessed these events.

The article gives an idea of the Internet system and information culture in an informative

society.

Keywords: information, Internet, Information culture, modernization, ethics, civil society, cybersecurity.

KIRISH

Bugungi kundа хаyotimizning turli sоhаlаridа ахbоrоt kоmmunikаtsiya vа kompyuter tехnоlоgiyalаrining kirib kеlishi vа jаdаl rivоjlаnish yo'ligа o'tishi jаmiyatimizgа уоЫу tа'sir qilmоqdа. Nаtijаdа insоniyat ахbоrоtlаshish sоhаsidа inkitobiy o'zgаrishlаr dаvrini bоshidаn kеchirmоkdа. Dunyodа umumiy ахbоrоtlаshgаn hаmjаmiyat shаkllаnmоqdа. Bu o'zgаrishlаr аsоsini ахbоrоtlаshtirish, tеlеkоmmunikаtsiya vа kompyuter tехnоlоgiyalаri kоnfеrеntsiyasi nеgizidа ахbоrоtni uzаtish vа istе'mоlchigа еtkаzib bеrishning eng zаmоnаviy vа sаmаrаli vоsitаlаri dunyogа kеlаyotgаnini tаshkil etаdi. Оqibаtdа XXI аsr -ахbоrоtlаshgаn jаmiyat аsri dеb e'tirof etilmоqdа.

Shunga ko'ra biz ushbu bobda axborot, axborotlashuv tushunchalarini taxlil qilib, axborotlashgan jamiyatning mazmun va moxiyatini va O'zbekistonda axborotlashuv jarayonining hozirgi holati vva uning rivojlanish ustivor yo'nalishlarini yoritib berishga harakat qilamiz.

Hozirgi kunda jamiyatni axborotlashtirish jarayoni ijtimoiy hayotning iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy-madaniy va boshqa jihatlarini qamrab olmoqda. Binobarin, axborotlashtirish ko'p qirrali jarayon bo'lib, unda texnik-texnologik, ijtimoiy, iqtisodiy-siyosiy va madaniy jihatlar uyg'unlikda olib boriladi. Bunday jamiyatning nafaqat ishlab chiqarish va texnologiyalar sohasida, balki ijtimoiy-iqtisodiy hamda ma'naviy hayotida ham tub o'zgarishlar sodir bo'ladi. Ma'lumki, har qanday faoliyat sohasi ekstensiv va intensiv yo'l bilan rivojlanadi. Axborotlashtirish jarayoni ham bundan mustasno emas. Uning dastlabki bosqichlarida ekstensiv rivojlanish ustun bo'lsa, keyin intensiv rivojlanish bilan almashadi.

Ekstensiv usul - kompyuter paydo bo'lishi bilan boshlangan. Unda quyidagi muammolar hal etilgan: jamiyatni axborotlashtirishning ilmiy bazasini ta'minlash; hisoblash texnikasini ommaviy ishlab chiqarish uchun texnologik baza yaratiladi; turli ijtimoiy, kasbiy va yosh guruhlarining axborotga bo'lgan ehtiyojlarini aniqlash; dasturiy vositalarini ishlab chiqish, hujjatlashtirish, tarqatish va reklama qilish bo'yicha tuzilmalarni yo'lga qo'yish; hisoblash texnikasi bilan ishlashda ommaviy o'qitishlarni ta'minlash uchun asos yaratish; ta'lim tizimiga yangi texnologiyalarning joriy qilinishi munosabati bilan mutaxassislarni uzluksiz o'qitish tizimini yo'lga qo'yish; axborot xizmatlarini ta'minlash uchun aloqa vositalari infratuzilmasi tayyorlanadi. Ushbu ilmiy-metodologik muammolarning tabiiy ravishda hal etilishi natijasida ekstensiv yo'l amalda inson faoliyatining barcha sohalari, jumladan, fan, mehnat, loyihalashtirish, o'qitish va iste'mol jabhalarini qamrab oldi. Shunday qilib, axborotlashtirishning intensiv yo'liga o'tish imkoniyati rozaga keldi, uning maqsadi jamiyat va insonlarning axborotga bo'lgan talablarini qondirishdan iborat.

TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYA

Axborotlashtirish tez sur'atlar bilan o'sishi, avtomatlashtirish usullarining rivojlanishi kompyuterlarning yaratilishi va hayotning turli sohalarini kompyuterlashtirishga olib keldi. Kompyuterlashtirish kishilik jamiyati rivojining navbatdagi bosqichi sifatida boshqa sohalarda bo'lgani kabi san'atda ham roksak taraqqiyotni taqozo etmoqda.

Hozirgi paytda axborot maydoni, kommunikatsiya vositalari zamonaviy jamiyat hayotiga o'zining jiddiy ta'sirini ko'rsatmoqda. Yaqin-yaqinlargacha ham bizning aksariyat faylasuf, iqtisodchi, siyosatshunos, jamiyatshunos va huquqshunoslarimiz axborotlashgan jamiyatni burjua nazariyotchilarining uydirmasi, deb tushunar edi.

Butun dunyoda axborotlashgan jamiyatning qanday bo'lishi haqidagi umumiy kontseptsiya bo'lmasada, bizningcha, uning mohiyatini bir-biriga bog'liq quyidagi jarayonlar belgilaydi:

• axborot va bilimlar - ijtimoiy-iqtisodiy, texnologik va madaniy rivojlanishning haqiqiy o'zak qudratiga, uning qimmatli manbaiga aylandi;

• ishlab chiqarishning omili bo'lmish xomashyo, mehnat, mablag' resurslarga tenglashtirilgan axborot va bilim bozorlari shakllana boshlaydi;

• axborotni yetkazib berish va undan foydalanishni ta'minlovchi sohalarning ahamiyati shiddatli tarzda osha boradi;

• axborot tuzumining taraqqiy etganligi - ma'lum millat yoki mintaqaning raqobatchilik kurashiga chiday olishida, misol uchun xuddi uning transport tizimidek ahamiyatli bo'ladi;

• jamiyat faoliyatining har bir sohasiga taraqqiy etgan axborotlashgan kommunikatsion texnologiyalarning kirib kelishi mavjud ta'lim, mehnat, jamiyat hayot va dam olish tarzini keskin o'zgartiradi.

Ma'lumki, mamlakatimizda olib borilayotgan kengqamrovli ijtimoiy, iqtisodiy rivojlanish va islohotlar, ijobiy natijalar inson omilini kuchaytirdi, jamiyat taraqqiyotining bu yangi bosqichida yoshlarning, barcha jamiyat ahzolarining islohotlardagi bevosita ishtirokini uyushtirish, ularni zamonaviy axborot texnologiyalari bilan "qurollantirish" zarurati paydo bo'ldi. Ayni chog'da internet, elektron pochta kabi usul va vositalardan muntazam foydalanish orqali olinayotgan zamonaviy axborotlarning bevosita inson faoliyatiga joriy qilinishi, ulardan samarali foydalanishga xizmat qiluvchi yangi pedagogik texnologiyalarning yaratilishi tahlim tizimida jiddiy o'zgarishlarni yuzaga keltirdi.

Mazkur mavzuning dolzarbligi shundan iboratki, informatsion madaniyat jahondagi umumiy taraqqiyotdan ortda qolayotgan mamlakatlarga turli yo'nalishlarda yordam ko'rsatish, inson muammosiga, ayniqsa uning mahnaviy dunyosiga har qachongidan ko'ra e'tibor qaratish, jamiyat va inson hayotining barcha tomonlarini qamrab olayotgan ilmiy-texnikaviy taraqqiyotning murakkab muammolarini hal etish kabi global masalalarni o'rtaga qo'ymoqda.

Bizningcha, jamiyatning ma'naviy-axloqiy jihatlarini chuqur tadqiq etish, hozirgi insoniyat jamiyatida sodir bo'layotgan mahnaviy jarayonlar tendentsiyasini va mahnaviy hayot imkoniyatlarini butun murakkabliklari bilan tahlil qilish hamda muayyan xulosalar chiqarish mavjud inqirozlarning oldini olish uchun o'ziga xos imkoniyatlar yaratadi.

Bu o'rinda Sharq ma'naviy hayotining asosini tashkil etuvchi axloqiy mezonlarga qaytish, ularning ajdodlarimiz faoliyatida va kundalik turmushida naqadar katta hayotbaxsh rol o'ynaganini idrok etish, ana shunday tarixiy taraqqiyot yo'lini tanlash natijasida ma'naviy-ruhiy yo'nalishlarda jiddiy martabalarni qo'lga kiritishga erishilganini hisobga olmoq lozim.

TADQIQOT NATIJALARI VA MUHOKAMA

Zamonaviy axborot texnologiyalari, xususan, internet jamiyatning barcha sohalariga shiddat bilan kirib kelayapti. Internet tarmog'ining imkoniyatlari naqadar keng va cheksizligi bugun barchaga ayon, u gazeta, radio va hatto televideniedan ham kuchliroq ta'sirga ega, axborot oqimi juda keng. Lekin uning o'ziga yarasha boshqa jihatlari ham mavjud, ya'ni, internetning ijtimoiy tarkibi turfa xil ekanligi qator salbiy holatlarni o'zida namoyon etib, bu o'z o'rnida qator muammolarni keltirib chiqarmoqda. Kishilik jamiyatida ijtimoiy-siyosiy, madaniy, milliy, etnik va boshqa omillarning muvozanati muayyan darajada mavjud bo'lsa hamki, internet tarmog'ida bunday tenglikni ko'rib bo'lmaydi. Bunday holat ma'naviy va milliy an'analarga to'g'ri kelmaydigan, vertual olamning o'zigagina xos bo'lgan internet "madaniyat"ni yuzaga keltirib chiqardi. Tarmoq ichida insoniyatga qarshi, yoshlarga qarshi tajovuzlarni ko'rish mumkin. Internet nazoratsizlik tufayli giyohvand moddalarini targ'ib etib, axloqsizlik, zo'ravonlik, qotillik va terrorchilikka da'vat etuvchi g'oyalar bilan sug'orilgan resurslar to'lib-toshgan tajovuzkor axborot makoniga aylanib bormoqda. Tabiiyki, hali axborotga "o'ch bo'lgan" aholi kirib kelayotgan axborotni saralamay turib, "iste'mol" qila boshlaydi. Ular hali yaxshi va yomon, kerakli va keraksiz axborotning farqiga bormasdan, bir so'z bilan aytganda, aholida xolis axborot oqimidan noxolisini ajratib olish uchun idrok shakllanib ulgurmagan edi. Shuning asorati hozirgi kunda,

ayniqsa, sezilmoqda. Bu ba'zan yoshlarimizda har qanday axborotni mutloq haqiqat sifatida qabul qilinishini keltirib chiqarmoqda. Internetning ta'siri:

• Yot, buzg'unchi g'oyalarning kirib kelishi (diniy ekstremizm, millatchilik, irqchilik, sadizm misolida);

• G'arb yashash tarziga xos, lekin o'zbek mentalitetiga zid g'oyalar, qarashlarning yoshlarga ta'siri (kiyinish, chekish, pirsing, tatirovkalar va hokazo);

• pornografik axborotlarning yoshlar tarbiyasiga ta' siri;

• tekshirilmagan axborotlar (bo'xtonlar).

Internetning ulkan imkoniyatlari, unda axborot oqimining tezkorligi, auditoriyaning cheklanmaganligi, o'z maqsadlarini terroristik yo'l bilan amalga oshirishni odat qilib olgan -yovuz kuchlarning manfaatlariga ham xizmat qiladi. Endilikda Internet tizimida yuzlab terroristik saytlarning manzillari aniqlangan. Terrorizm - Internetda o'ta izchil voqelik: saytlar to'satdan paydo bo'ladi va tez-tez formatini o'zgartirib turadi. Kutilmaganda esa, o'z mundarijasini saqlagan holda, ammo manzilini o'zgartirish yo'li bilan ko'zdan g'oyib bo'ladi. Terroristik saytlar asosan uchta auditoriyaga yo'naltirilgan:

1. Avvaldan mavjud va potensial tarafdorlar

2. Xalqaro jamoatchilik fikri

3. Muayyan mamlakat jamoatchiligi.

Ko'pgina mutaxassislar kiberterrorizmning xavfi haqida bot-bot gapirishsada, terroristlar tomonidan Internetdan shunchaki foydalanishni nazardan chetda qoldirar ekanlar. Zamonaviy terroristik guruhlar Internetdan asosan quyidagi besh usul orqali foydalanadilar:

• Psixologik urush

• Reklama va targ'ibot

• Qo'lga tushirish va safarbar etish

• Tizimlar tashkil etish

• Axborot ta'minoti

Aholini (jamiyatimizni) kiberterrorizm va Internetdagi terroristik saytlardagi harakatlardan himoya qilish bilan birga, bir qator antiterroristik harakatlar majmuini ishlab chiqish talab etilmoqda. Internetdagi faoliyatning ijobiy tomonlari quyidagilar bo'lishi mumkin:

• dunyoqarashning kengayishi;

• obyektiv va negativ axborotlarni qabul qilib, ularni tahlil qilish imkoniyati;

• masofaviy o'qishlarda ishtirok etish imkoniyati;

• axborotlarni tanlash imkoniyati borligi.

Bugungi yoshlarning aksariyati asosiy axborot manbai sifatida internetga murojaat qilishadi. Lekin ularda axborot immuniteti shakllanmagan mish-mishlar dunyosi bo'lmish "Internet" orqali ma'naviyatga salbiy ta'sir vujudga kelishi mumkin. Nega ta'sir qiladi? Balki yoshlar ma'naviyatining yetarli darajada shakllanmaganligi emasmikan? Bugungi kunda yoshlarimiz - turli xil G'arb seriallari ta'sirida, milliy qahramonlarimiz jasoratidan bexabar o'sayotganligi sababli ma'naviyatga chuqur e'tibor qaratmas ekanmiz, ularning zehni o'tkir, dunyo bilimlarini egallagan bo'lishlariga qaramasdan, Vatan manfaati yo'lida xizmat qilishlariga, begona g'oyalarga berilmasligiga kafolat ham berolmaymiz. Ularni eng avvalo Vatanga e'tiqodni, urf-odat va qadriyatimizga sadoqatli qilib tarbiyalasakkina, istalgan buzg'unchi axborotlarga nisbatan mafkuraviy immuniteti shakllanadi, deb o'ylaymiz.

XULOSA

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Sh.Xolmatov. Ma'naviyat asoslari. Ma'ruzalar matni. Farg'ona, 2014 yil.

2. N.Usmonov. Ma'naviyat asoslari. Uslubiy ko'rsatma. FarPI, 2018 yil.

3. Bakhrom, B. (2022). Information technologies in physical culture and sports. Asian Journal of Multidimensional Research, 11(10), 288-292.

4. Rasulova, A., & Karimov, U. (2022). Socio-Pedagogical aspects of the formation of reading culture and skills. Asian Journal of Multidimensional Research, 11(4), 114-118.

5. Egamberdieva, T., & Alimjonova, M. (2020). PEDAGOGICAL NECESSITY OF DEVELOPMENT OF INTERCULTURAL COMMUNICATION IN STUDENTS IN THE CONDITIONS OF GLOBALISATION OF EDUCATION. Scientific Bulletin of Namangan State University, 2(6), 277-283.

6. Ibragimjanovna, A. M. (2022). About the Development Competence of Students Intercultural Communicative. Central Asian Journal of Literature, Philosophy and Culture, 3(11), 350-356.

7. Алимжонов^ М. (2022). ГЛОБАЛЛАШУВНИНГ МАДАНИЯТЛАРАРО МУЛО^ОТГА ТАЪСИРИ ВА УНИ ТАД^Щ ЭТИШНИНГ ИЛМИЙ ПЕДАГОГИК АСОСЛАРИ. INTEGRATION OF SCIENCE, EDUCATION AND PRACTICE. SCIENTIFIC-METHODICAL JOURNAL, 3(3), 323-328.

8. Mamasoliev, R. A. (2022). ANALYSIS OF SYNONYMS FOR THE CONCEPT OF TEACHER IN GERMAN AND UZBEK. Mental Enlightenment Scientific-Methodological Journal, 2022(1), 194-203.

9. Kosimova, G. (2020, June). THE POWER OF THE TRUE WORD. In Archive of Conferences (Vol. 1, No. 1, pp. 27-29).

10. Yusupovich, I. V., Pirnazarovich, R. R., & Mamatojiyevich, M. A. (2022). Using Social Forms in German Language Lessons its Benefits. European Multidisciplinary Journal of Modern Science, 4, 724-726.

11. Nuritdinova, S. X., & Ibragimov, V. Y. (2022). Problems of Grammatical Interference in Teaching German Language to Uzbek Students. International Journal of Formal Education, 1(10), 163-168.

12. Rahberdi, R., & Yusupovich, I. V. (2022). PROBLEMS IN LEARNING ENGLISH IN DIFFERENT CLASSES IN SECONDARY SCHOOLS. Thematics Journal of English Language Teaching, 6(1).

13. Pirmatovich, R. R. (2022). IX-XII ASRLARDA DUNYOVIY ILM-FAN SOHASIDA IJOD QILGAN OLIMLAR VA ULARNING ILMIY MEROSI. TA'LIM VA RIVOJLANISH TAHLILIONLAYNILMIY JURNALI, 2(10), 450-452.

14. Khamidovna, N. S. (2021). On The Use of Infinitive Groups in German and Uzbek Languages. Texas Journal of Multidisciplinary Studies, 1(1), 202-204.

15. Kurbanova, M., Ibragimova, Z., & Nuriddinova, S. (2022). Lexico-Semantical Properties of Omonym and Alliance Words Used in Epics of Independence Periods. Periodica Journal of Modern Philosophy, Social Sciences and Humanities, 3, 93-96.

16. Nuritdinova, S., & Kochkarova, Y. (2022). Difficulties In Teaching Foreign Languages. Journal of Pedagogical Inventions and Practices, 4, 127-128.

17. Mamasoliev, R. (2020). BENEFITS OF INTRODUCING INNOVATIVE TECHNOLOGIES IN EDUCATION. In Психологическое здоровье населения как важный фактор обеспечения процветания общества (pp. 314-316).

18. Kurbanova, M., Nuriddinova, S., & Abdulhaeva, F. (2022). Characteristics Of Neologisms Created in The Epics of Independence. Periodica Journal of Modern Philosophy, Social Sciences and Humanities, 3, 89-92.

19. Xamidovna, N. S. (2021). On The Influence of The Phonetic Laws of The Uzbek Language in The Teaching of German. Journal of Pedagogical Inventions and Practices, 3, 46-

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.