Научная статья на тему 'JAMIYATNING TARIXIY SHAKLLARI, MOHIYATI VA XUSUSIYATLARI'

JAMIYATNING TARIXIY SHAKLLARI, MOHIYATI VA XUSUSIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
11966
620
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Scientific progress
Область наук
Ключевые слова
Farobiy / K. Marks / Gegel / Veber / Bell. / Farobi / K. Marx / Gegel / Weber / Bell.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Talantbek Tolijonovich Madumarov, Umidbek Soliboyev

Ushbu maqolamizda o’tgan zamomdan va hozirgi kunga qadar bo’lgan davr mobaynida jamiyatning shakllanish. Tarixda ko’plab faylasuflarning jamiyatning shakllanishiga bo’lgan qarashlarini qiyosiy yoritib o’tdik.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

HISTORICAL FORMS, SOCIETY AND CHARACTERISTICS OF SOCIETY

In this article, we will look at the formation of society from the past to the present. We have compared the views of many philosophers in history on the formation of society.

Текст научной работы на тему «JAMIYATNING TARIXIY SHAKLLARI, MOHIYATI VA XUSUSIYATLARI»

JAMIYATNING TARIXIY SHAKLLARI, MOHIYATI VA XUSUSIYATLARI

Talantbek Tolijonovich Madumarov

Andijon davlat universiteti Ijtimoiy iqtisodiyot fakulteti dekani, yuridik fanlari doktori, professor [email protected]

Umidbek Soliboyev

Andijon davlat universiteti Ijtimoiy-

iqtisodiyot fakulteti Milliy g'oya, ma'naviyat asoslari va huquq ta'limi yo'nalishi 3-kurs talabasi [email protected]

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolamizda o'tgan zamomdan va hozirgi kunga qadar bo'lgan davr mobaynida jamiyatning shakllanish. Tarixda ko'plab faylasuflarning jamiyatning shakllanishiga bo'lgan qarashlarini qiyosiy yoritib o'tdik. Kalit so'zlar: Farobiy, K. Marks, Gegel, Veber, Bell.

HISTORICAL FORMS, SOCIETY AND CHARACTERISTICS OF SOCIETY

Talantbek Tolijonovich Madumarov

Dean of the Faculty of Social Economics of Andijan State University, Doctor of Law, Professor [email protected]

Umidbek Soliboev

Andijan State University, Faculty of Socio-Economics, 3rd year student of National Ideology, Fundamentals of Spirituality and Legal Education [email protected]

ABSTRACT

In this article, we will look at the formation of society from the past to the present. We have compared the views of many philosophers in history on the formation of society.

Keywords: Farobi, K. Marx, Gegel, Weber, Bell. KIRISH

Jamiyatning tiplari va tarixiy shakllariga oid bir qator fikrlar hamda konsepsiyalar ilgari surilgan. Ularda muayyan mezonlar asos qilib olingan. Masalan,Forobiy insonlar jamiyatini madaniy-tarixiy jihatdan ikki tipga ajratadi: 1. To'liq jamiyat bo'lib, u o'zida:

- Yer yuzidagi jami insonlarni qamrab oluvchi yirik jamiyat;

- Yerning muayyan qismida yashovchi bir millat yoki bir dinga mansub kishilarning o'rta jamiyati;

- Muayyan qavm yoki dinga mansub bir shahar jamiyatini qamrab oladi. 2. Bir qishloq, ovul, yoki bir oiladan iborat bo'lgan to'liqsiz jamiyat.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Forobiy fikricha "Eng yaxshi fazilat va oliy darajadagi komillikni kichik birligi shahar hisoblanadigan madaniy jamiyat ichidagina qo'lga kiritish mumkin. To'liqsiz jamiyatlar insonni takomillashtirishga qobil emaslar". Forobiyning bu fikrlari Aflotun va Aristotelning jamiyatga oid qarashlaridan farq qiladi, chunki u jamiyatdagi o'zgarishlarni inobatga olgan. Jamiyatni to'liq va to'liqsizga ajratar ekan, Forobiy shahar to'liq jamiyatning birinchi bosqichidir, deb e'tirof etadi. Aflotun va Aristotel esa to'liq jamiyatni shahar bilan chegaralaganlar va shahar insoniyat jamiyati takomilining oxirgi darajasi, jamoaviy baxt saodatning bosh markazi deb ta'kidlaganlar. Forobiy esa, butun dunyodagi jamiyat haqida fikr yuritib, uning xukmdori qandaydir alohida olingan xalq, qavm yoki jamoa boshlig'i emas, balki butun madaniy dunyodir deb ta'kidlaydi va bu fikri bilan yunon faylasuflaridan ilgarilab ketadi. [3]

Nemis mutaffakiri Gegel bo'yicha jamiyatning mukammal tipi bo'lib, German davri hisoblanadi. Bu davrda ilgari bo'lmagan holat: ilohiy va insoniy tabiatning birlashishi, fuqaro jamiyatining intellektual ilohiy podsho-lik bilan birlashishi ro'y berdi. Bu birlashishning muhim sababchilaridan biri, barcha insonlar teng, ozod va o'z hayotlarini o'zlari belgilaydilar, kabi ta'limot beruvchi xristianlikdir. Insonning ichki erkinligini ta'minlagan holda, xristianlik, uning ozodligi real ro'y berishi va tadbiq etilishi lozim, deb hisoblaydi.Demak Gegel jamiyat tiplariga tarixiy jihatdan yondashib, uning asosiy mezoni sifatida inson erkinligi va uning ma'naviy kamolotini ta'minlaydigan ijtimoiy shart-sharoitlar bilan tavsiflaydi. [4]

Bir nemis faylasufi M.Veber boshqaruvning mazmuni jihatidan jamiyatning quyidagi tarixiy tiplarini ko'rsatib o'tadi:

- antik jamiyat (an'anaviy boshqaruv); -feodal jamiyat (xarizmatik boshqaruv); -kapitalistik jamiyat (ratsional boshqaruv).

Veberning fikricha, Antik jamiyatda hukmronlik va xokimiyat hukmronlar va itoatkorlar o'rtasida muqaddas sanalgan va "azaldan shunday bo'lib kelgan", deb hisoblangan. Bunday jamiyatda hukmdor va itoatkor o'rtasidagi munosabat ma'muriy yoki iqtisodiy qonunlar va tamoyillar bilan emas, balki an'anaviy burch va xukmdorga sodiqlik kabi hislar bilan izohlanadi.Taniqli ingliz faylasufi Karl Popper esa jamiyatning ikki tipga: ochiq va yopiq jamiyatga ajratadi. U bundaboshqaruvning ratsional darajasini mezon qilib oladi. Uning fikricha ochiq jamiyat: [4]

- fikrlar xilma-xilligi ( pyuralizm);

- xususiy mulkchilik;

- individual erkinlik;-ratsionallikka asoslangan individual manfaatdorlik kabi xususiyatlarga ega bo'ladi.

Yopiq jamiyat esa o'zida: -totalitarizm;

- kollektivizm:

- irratsionalizm;

- utopizm kabi sifatlarni mujassamlashtiradi.

Jamiyatning tarixiy tiplari masalasida taniqli sotsiolog E. Giddens quyidagi sxematik jadvalni keltiradi: Hozirda ko'plab olimlar industrial va postindustrial jamiyat shakllariga a'sosiy e'tibor qaratmoqdalar. Quyida biz jamiyatning mazkur tiplari haqida to'xtalamiz. Industrial jamiyat shakli - "Industrial jamiyat" atamasi ilk bor XIX asrda sotsiologiyaning yirik namoyandalari O.Kont, G.Spenser, E.Dyurgeymlar tomonidan qo'llanilgan.

XX asrning 50-60 yillar G'arbda "industrial jamiyat" nazariyasi shakllandi. Texnologikdeterminizm tamoyillariga asoslangan bu nazariya avval boshdanoq, ikki variantda shakllandi:

Birinchisi- 1956-1959 yillardan R.Aronning Sarbonnadagi ma'ruzalarida va ikkinchisi-Rostouning "Iqtisodiy o'sish bosqichlari. Nokommunistik manifest" kitobida."Industrial jamiyat" nazariyasining mohiyati shundan iboratki, ijtimoiy taraqqiyot jarayonidagi tub ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va madaniy o'zgarishlar "an'anaviy" agrar jamiyatlarning "industrial" jamiyatga transformatsiyasi natijasida yuz beradi. Bunday transformatsiya sanoat revolyutsiyasi va u bilan bog'liq tezkor va keng miqyosda texnikani jamiyatning barcha sohalariga kirib borishi natijasida amalga oshadi.Aynan texnikaning tez rivojlanishi ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotining asosiy determinanti, sababi bo'lib qoladi. Industrial jamiyat shakllanishining asosiy tarkibiy qismlariga uning paydo bo'lish jarayonida yirik mashina ishlab chiqarishi (Rostou) erkin savdo va umumiy bozorga asoslangan iqtisodiyotning milliy sistemasi (Aron), timsoli korxona, mehnatning korxonalashgan shaklda tashkil etilishi (Toffler) kiradi. [2]

Bellning fikricha, industrial jamiyatning ijtimoiy dinamikasini belgilovchi asosiy o'zgaruvchan ko'rsatkichlari - mehnat va kapital bo'lib qoladi. Bu tezisga asoslanib, Darendorf bunday jamiyatdagi asosiy ijtimoiy konflikt (kelishmovchilik)ning sababi proletariat va kapitalistlar o'rtasidagi ziddiyatdir, deb hisoblagan. "An'anaviy" jamiyatlarga xos bo'lgan qat'iy ijtimoiy chegaralar industrial jamiyatdagi faol ijtimoiy harakatchanlikning oshib borishi bilan buziladi, an'anaviy nasliy imtiyozlarning o'rnini imkoniyatlarning tengligi egallaydi. Bu esa fuqarolar huquqlarining kengayib va boyib borishiga, ijtimoiy-siyosiy hayotning demokratlashuviga olib keladi.

Industrializm qudratining oshib borishi hamda mutaxassislarning boshqa sohalarni boshqarishdagi mavqei o'sishi bilan industrial jamiyatda mulkchilikning

boshqaruv jarayonidan ajralishi sodiï bo'lib, haqiqiy hokimiyat, "texnostmktura" -olimlaг, muhandis va texniklaг, savdo, гeklama, jamoatchilik bilan aloqalaг bo'yicha mutaxassislaгdan tashkil topgan maxsus ijtimoiy tashkilot qo'liga o'tadi (Gelbreyt). SHunday qilib, industrial jamiyat tarkibiga keyingi taraqqiyot jarayonida barham topgan, xususiy hodisa sifatida "kapitalistik jamiyat" ham kiradigan keng qamrovli ijtimoiy kategoгiya sifatida namoyon bo'ladi. XX asming 70-90 yillari davomida industrial jamiyatga oid fikrlaTda tanqidiy baho ko'pгoq o'гin oldi. [1]

Xususan, hozirgi ijtimoiy-siyosiy taraqqiyot industrial jamiyat qadriyatlarining inko olib kelgani, bu jamiyat hoziï inqirozga yuz tutayotgani, insoniyat esa "industrial jamiyatga nisbatan o'zini o'zi ko'proq o'zgaгtiгish qobiliyati bilan faгq qiluvchi", shaгtli гavishda "postindustгial jamiyat" (axborotlashgan jamiyat), deb ataladigan ijtimoiy sistemaga qarab гivojlanib boгmoqda, deb ko^satiladiAxborotlashgan jamiyat shakli -ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish, eng avvalo, axboгotni ishlab chiqarish, unga "ishlov beгish", saqlash va jamiyat a'zolariga etkazishga bog'liq bo'ladigan jamiyatdir Falsafiy va sotsiologik tadqiqotlaráa "Axboгotlashgan jamiyat" tushunchasi yangi jamiyat sifatida, ya'ni ijtimoiy taraqqiyotning zamonaviy postindustrial jamiyatga o'tilishida va unda faoliyatning oshishi axboгotni uzatish va saqlashga bog'liq bo'ladi. [4]

Axboratlashgan jamiyat muammoto bilan shug'ullangan olimlaráan D.Bell, A.Toffler, M. Kastels, U.Rostou, P.Draker, Dj.Gelbreyt, F.Uebster va boshqalarning isЫaгini alohida qayd etish kerak. Ulaг "postindustгial jamiyat" va"axboгotlashgan jamiyat" konsepsiyalarini sinonim sifatida tadqiq etishgan. Axboгotlashgan jamiyat haqida olimlar turlicha fikrdalar. Yapon olimlarining hisoblashicha, axborotlashgan jamiyatda kompyuterlashtirish jarayoni odamlarga ishonchli axborot manbaidan foydalanish, ishlab chiqarish va ijtimoiy sohalarda axborotni qayta ishlashni avtomatlashtirishning yuqoгi daгajasini ta'minlashga imkon beradi. [4]

MUHOKAMA

Axborotlashgan jamiyat tushunchasi 1960 yillarning ikkinchi yarmida paydo bo'lib, uni Tokio texnologik univeratetining pгofessoгi yu.Xayash birinchi bo'lib fanga kiritgan. Muallifning fikricha, moddiy mahsulot emas, axborotlashuv mahsuloti jamiyatning shakllantiruvchi va rivojlantiruvchi kuchiga aylanadi. Axborotlashgan jamiyat tushunchasining rivojida amerikalik jamiyatshunos olim D.Bellning "Industrial jamiyat davrining kelajagi. Ijtimoiy bashorat qilish tajгibalari" (1973) nomidagi kitobida insoniyat jamiyati tarixini uch asosiy bosqichga: agrar, industrial va postindustrial (industrial davráan so'nggi) davгlarga bo'lib chiqadi. Industrial jamiyatning asosiy rivojlanish manbai - energetik manbalar va energiyani ishlab chiqarish, tarqatish imkoniyatlari mavjudligidir. Axborotlashgan jamiyatda esa ishlab chiqarishning manbai bilimni to'plash texnologiyalari, axborotni qayta ishlash va axborot

kommunikatsiyalariga bog'liq. Bilim va axborot hozirgi kunda jamiyat rivojlanishining asosiy manbai hisoblanadi.Axborotlashgan jamiyatga oid qiziqarli falsafiy konsepsiyalardan biri yapon olimi I.Masudaga tegishlidir. Kelajakda shakllanadigan yangi jamiyatning poydevori bo'lib kompyuter texnologiyasi xizmat qiladi. Bu texnologiyaning asosiy vazifasi inson aqliy mehnatining faolligini kuchaytirish yoki o'rnini bosishdir. I.Masuda fikricha, "axborotlashgan jamiyatda insoniy qadriyatlar o'zgaradi", bu jamiyat sinflarga bo'linmaydi va ziddiyatsiz - ya'ni, ahil, tinch-totuv jamiyat bo'lib, uni chog'roq hukumat va davlat apparati boshqaradi. Axborotlashgan jamiyatning yana bir nazariyotchisi E.Toffler "Uchinchi to'lqin" deb nomlangan kitobida u tamaddun tarixidan uchta to'lqinni ajratib oladi: birinchi to'lqin - agrar (XVIIIasrgacha), ikkinchisi - industrial (XXasrning 50-yillarigacha), uchinchisi -industrial davrdan so'nggi davr (XXasrning 50-yillaridan boshlab). 1980-1990 yillarni Axborotlashgan jamiyat konsepsiyalarining rivojidagi yangi bosqich deb aytish mumkin. Bu davrdagi konsepsiyalar asosan Piter Draker va Manuel Kastels tadqiqotlari natijalari bilan chambarchas bog'liq. P.Draker konsepsiyasining mohiyati an'anaviy kapitalizmni engib o'tishdan iborat. Uning konsepsiyasiga asosan, yuz berayotgan siljishning asosiy belgilari industrial xo'jalikdan bilimlar va axborotga asoslangan iqtisodiy sistemaga kirib borish, kapitalistik xususiy mulkchilikdan voz kechish, hozirgi zamon odami uchun yangi qadriyatlarni yaratish, iqtisodiyot va jamiyatdagi globallashuv jarayonlari ta'sirida milliy davlatning o'zgarishi nazarda tutilgan. M.Kastels o'z fikr-mulohazalarining tayanch nuqtasi qilib global iqtisodiyotni hamda xalqaro moliyaviy bozorlarni olib, ularni shakllanayotgan yangi dunyoning asosiy belgilari sifatida qo'llaydi. [2]

NATIJA

Axborotlashgan jamiyat uning mohiyatini bir-biriga bog'liq quyidagi jarayonlar belgilaydi:

- axborot va bilimlar - ijtimoiy-iqtisodiy, texnologik va madaniy rivojlanishning haqiqiy o'zak qudratiga, uning qimmatli manbaiga aylandi;ishlab chiqarishning omili bo'lmish xomashyo, mehnat, mablag' resurslarga tenglashtirilgan axborot va bilim bozorlari shakllana boshlaydi;

- axborotni etkazib berish va undan foydalanishni ta'minlovchi sohalarning ahamiyati shiddatli tarzda osha boradiJamiyatni axborotlashtirish jarayoni bir-biri bilan bog'liq bo'lgan uch qismdan tarkib topadi:

- mediatizatsiya (lot. mediatus - vositachi) - axborot to'plash, saqlash va tarqatish vositalarini takomillashtirish jarayoni;

- kompyuterlashtirish - axborot qidirish va unga ishlov berish vositalarini takomillashtirish jarayoni;

- intellektualizatsiya-axborot yaratish va uni idrok etish qobiliyatini rivojlantirish, ya'ni jamiyatning intellektual salohiyatini oshirish, shu jumladan sun'iy intellektdan foydalanish jarayonidir.Umuman olganda, jamiyatni axborotlashtirishni zamonaviy axborot-texnika vositalari yordamida ijtimoiy tuzilmalar va jarayonlarni takomillashtirish deb talqin qilish lozim. Axborotlashtirish ijtimoiy intellektualizatsiya jarayonlari bilan uyg'un bog'liq bo'lishi kerak.

Shu bilan bir qatorda x,ar tomonlama jadal suratlar bilan rivojlanayotgan O'zbekistonda xotin-qizlarning x,uquqiy erkinliklari, qonuniy manfaatlarini x,imoya qilishning dolzarb masalalari, jamiyatda ayollarning ijtimoiy munosbatlari va jamiyat taraqqiyoti bilan bog'liq ravishda kishilarning ijtimoiy birligi, jamiyat bo'lib yashashi uchun zarur bo'lgan oila, urf-odat, madaniyat, xalqaro va tsivilizatsiyalararo munosabatlar, din, mex,nat va jamoat tashkilotlariga uyushish katta ahamiyat kasb etishi ilmiy ifodalab berilgan. [5]

XULOSA

Zotan, bu shaxsning va u yashayotgan axborot muhitining ijodiy salohiyatini oshirishga imkoniyat yaratadi. Axborotlashgan jamiyat oldingi jamiyatlardan sifat jihatidan farq qiladi. Bu erda moddiy omillar emas, balki ideal omillar - bilim va axborot birinchi o'rinda turadi. Axborot va bilim olish, ularga ishlov berish, ularni saqlash va berish jarayonida jamiyat a'zolarining aksariyati band bo'ladi. Axborotlashgan jamiyatda axborot ishlab chiqarish moddiy ishlab chiqarishni siqib chiqarmaydi, balki uning ustida quriladi va moddiy ishlab chiqarishning rivojlanishiga turtki beradi.

REFERENCES

1. N. A. Berdiyev "Falsafiy tengsizlik" M., 1990. C.68, 75, 128, 131.

2. V.N.Nersesyans "huquq falasafasi" ADOLAT nashr 2003-yil

3. Abu Nasr Farobiy "Fozil odamlar shahri" Yangi asr avlod nashr 2018-yil

4. O'zbekiston faylasuflari milliy jamiyati, Ozbekiston Milliy universituti, O'zFA falsafa va huquq instuti mutahasislari hamkorlikdagi "Garb falsafasi" , "Sharaq falsafasi". "Sharq" nashriyoti 2004-yil

5. Гуломжонов, О. Р. У. (2021). ЖАМИЯТ ТАРАККИЁТИНИНГ ЯНГИ БОС^ИЧИДА ГЕНДЕР ТЕНГЛИКНИ ТАЪМИНЛАШНИНГ ИЖТИМОИЙ АДАМИЯТИ. Scientific progress, 1(4).

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.