Научная статья на тему 'AXBOROTLASHGAN JAMIYATDA EPISTEMIOLOGIYA VA RATSIONALLIK MUAMMOSI'

AXBOROTLASHGAN JAMIYATDA EPISTEMIOLOGIYA VA RATSIONALLIK MUAMMOSI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

231
116
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Axborot / siyosiy jarayonlar / epistemiologiya / ratsionallik dialektika / informatsiya. / информация / политические процессы / эпистемология / рациональная диалектика / информация.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — G’ofur Bobanazarovich Xolmo’minov

Ushbu maqolada axborotlashga va tezkor rivojlanish asrida insonlar axborotsiz hayotni tassavvur qilolmasligi, shu bilan birgalikga eng muhimi epistemiologiya va ratsionallik muammosi ochib berilgan va taxlil qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ПРОБЛЕМА ЭПИСТЕМОЛОГИИ И РАЦИОНАЛЬНОСТИ В ИНФОРМИРОВАННОМ ОБЩЕСТВ

В статье раскрывается и анализируется проблема эпистемологии и рациональности, тогда как в век информации и быстрого развития люди не могут представить жизнь без информации.

Текст научной работы на тему «AXBOROTLASHGAN JAMIYATDA EPISTEMIOLOGIYA VA RATSIONALLIK MUAMMOSI»

AXBOROTLASHGAN JAMIYATDA EPISTEMIOLOGIYA VA RATSIONALLIK MUAMMOSI

G'ofur Bobanazarovich Xolmo'minov

Chirchiq davlat pedagogika institute o'qituvchisi Kholmuminovgofur@gmail .com

Аннотация: Ushbu maqolada axborotlashga va tezkor rivojlanish asrida insonlar axborotsiz hayotni tassavvur qilolmasligi, shu bilan birgalikga eng muhimi epistemiologiya va ratsionallik muammosi ochib berilgan va taxlil qilingan.

Kalit so'zlar: Axborot, siyosiy jarayonlar, epistemiologiya, ratsionallik dialektika, informatsiya.

ПРОБЛЕМА ЭПИСТЕМОЛОГИИ И РАЦИОНАЛЬНОСТИ В ИНФОРМИРОВАННОМ ОБЩЕСТВ

Аннотация: В статье раскрывается и анализируется проблема эпистемологии и рациональности, тогда как в век информации и быстрого развития люди не могут представить жизнь без информации.

Ключевые слова: информация, политические процессы, эпистемология, рациональная диалектика, информация.

THE PROBLEM OF EPISTEMOLOGY AND RATIONALITY IN THE

INFORMED SOCIETIES

Abstract: This article reveals and analyzes the problem of epistemology and rationality, while in the age of information and rapid development, people cannot imagine life without information.

Keywords: Information, political processes, epistemology, rational dialectics, information.

XXI asr algoritmlashtirish, axborotlashtirish va tezkor rivojlanish asridir. Hozirgi vaqtda ishlab chiqarishning rivojlanishini axborotsiz tasavvur qilib bo'lmaydi. Axborot maydoni jamiyat hayotiga jiddiy ta'sir ko'rsatmoqda. Shuning uchun axborot insonlar o'rtasidagi aloqalar, siyosiy jarayonlar, jamiyatni

boshqarish, ilmiy tadqiqotlarni, ta'lim-tarbiya ishlarini tashkil qilish, targ'ibot-tashviqot ishlarida ustivor g'oyaga aylanadi.

Ma'lumki, XX asrda paydo axborot haqidagi qarashlarning rivojlanishi kompyuterlashtirish, axborotlashtirish, axborotlashgan jamiyat, innovatsion texnologiyalar kabi konsepsiyalarning shakllanishiga olib keldi. Avvalambor, axborotlashtirish sohasi hamda avtomatlashtirish usullarining rivojlanishi ijtimoiy hayotning turli sohalari kompyuterlashuviga, shuningdek axborotlashtirish jarayonlarining shiddat bilan rivojlanishiga olib kelmoqda.

Prof.N.Shermuxamedova ta'kidlab o'tganidek, bugungi kunda insoniyatning axborot-kompyuter texnologiyalari jamiyatiga o'tishi hamda Internet g'oyasining amalga oshirilishi ilmiy tafakkur uslubida tub burilish yasadi. Bundan tashqari, axborot kommunikatsiyalari, ijtimoiy axborot, professional axborot, tafakkur uslubining shakllanishi haqidagi g'oyalar hamda ijtimoiy va ilmiy axborot turlarining farqlanishi g'oyalari ham alohida ahamiyat kasb etdi. Darhaqiqat, ijtimoiy axborotning iqtisodiy, siyosiy, huquqiy, ijtimoiy-psixologik, sotsiologik va boshqa shakllari, ya'ni ijtimoiy informatsiologiya nuqtai-nazaridan o'rganiladigan axborot bilan to'qnashamiz. Demak, ijtimoiy-falsafiy jihatdan, axborot - inson hayotidagi turli jarayonlar sirkulyasiyasi1.

Hozirgi paytda axborot hajmi va kirib borishi jihatidan insoniyatning bitmas-tuganmas strategik zahirasiga aylanmoqda. Bu ob'ektiv ravishda shunga olib keldiki, uchinsi ming yillik ostonasida jamoaviy, umumjahon tafakkuri hayratlanarli darajada o'smoqda. Zero, o'tgan asrda axborot g'oyasi butun hayot jabhalariga shu qadar chuqur singib ketdiki, jamiyat va insonlarda unga nisbatan faqat ehtiyojlar kuchaymoqda.

Axborot texnologiyalarining o'sishi, axborotlashgan jamiyatning vujudga kelishi, innovatsion iqtisodiy tizimning shakllanishi ijtimoiy transformatsiyasiga olib keldi. Ijtimoiy transformatsiyalar davrida bilish jarayoni, bilish imkoniyatlari, chegaralari kabi epistemologik muammolar ijtimoiy jarayonlarning mezonlarini belgilashda muhim ahamiyat kasb eta boshladi. Jamiyatda bilish jarayoniga munosabat ham o'zgardi. Ilmiy bilimlar o'sdi, bilish jarayonida sub'ekt roli o'zgardi, sub'ekt-ob'ekt munosabatlari, bilish jarayonida kommunikativlik yangicha talqin etila boshlandi. Natijada ilmiy bilish jarayonida transformatsiya yuzaga keldi. Bu transformatsiya natijasida birinchi bor nafaqat turli fanlararo, balki barcha shakldagi ijodiy faoliyat o'rtasida ko'chib o'tishlik (integratsiya),

1 Qarang: Shermuxamedova N. Sotsialno- filosofskie aspektbi formirovaniya stilya nauchnogo i ego metodologicheskoe enachenie.Dis...d-ra filos.nauk. -T.200, - S.170

uyg'unlashish (sintez) uchun real imkoniyat yaratildi. Bu o'z navbatida zamonaviy epistemologiyada antropologik burilishga olib keldi. Ya'ni epistemologiyada bilimlarning hosil bo'lish jarayonida sub'ektiv jihatlarga, ya'ni yangi bilimlarning hosil bo'lish natijasiga emas, balki aynan ularning hosil bo'lish jarayoniga e'tibor kuchaydi. Bilish jarayonida sub'ektdagi kognitivlik (kognitivlik shaxsning bilish jarayonidagi qobiliyati bo'lib, unga idrok, tafakkur, ong, xotira kiradi.), qadriyatlar tizimi, an'analari, yashirin bilimlari ham e'tiborga olina boshlandi. Klassik an'ana hisoblangan inson va tashqi olam o'rtasida chegara qo'yishdan voz kechilmoqd a. Inson bilish jarayonida faol, o'zining kognitiv, transsendental xususiyatlari va ob'ekt bilan yaxlitlikda tadqiq etilsagina jamiyat ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy sohalarda mavjud global muammolarni hal etishi mumkin ekanligi ilmiy isbotlandi.

Ilmiy bilimlar rivojlanishi, undagi transformatsiya zamonaviy epistemologiyada ham transformatsiya sodir bo'lishiga olib keldi. Epistemologiya ilmiy yo'nalish sifatida yangi tizimga o'ta boshladi. Epistemologiyaga oid bilimlarda sifatiy o'zgarishlar sodir bo'ldi. Ya'ni zamonaviy epistemologiya yangi metodologik tamoyillar asosida ilmiy bilish jarayoni, uning imkoniyatlari, chegaralarini tadqiq eta boshladi. Bilish jarayonida sub'ektdagi irratsional va ratsional jihatlarning birligi e'tiborga olina boshlandi Bilish ob'ektlarining o'zgarishi sub'ekt va ob'ekt munosabatlarining ham transformatsiyalanishiga olib keldi. Fanning har bir rivojlanish davrida bilish ob'ekti o'zgarib boradi va bu o'zgarishlar quyidagilar bilan xarakterlanadi: birinchidan, fan ob'ekti yangi ob'ektlar hisobiga kengayib boradi. Bu yangi ob'ektlarning ba'zilari ilmiy texnologik rivojlanish natijasi hisoblanadi. Masalan, bularga sun'iy intellekt, biotexnologik va ijtimoiy strukturalarni misol qilish mumkin. Bu ob'ektlarning oddiy kengayishi bo'lmasdan, tobora fan o'rganuvchi ob'ektlarning insoniylashib borishidir. Ya'ni zamonaviy fanda tadqiq etilayotgan ob'ektlar bevosita inson mavjudligi uning faoliyati bilan bog'liq holda ko'riladi. Inson bunday bilish jarayonida ob'ektlarga oddiy kirib bormasdan, balki tabiiy jarayonlarda faol ishtirok etadi, tizim hosil qiluvchi tamoyil, barcha ilmiy tadqiqotlarning boshlang'ich nuqtasi sifatida ta'riflanadi. Ikkinchidan, bunday ob'ektlar to'g'risidagi tafakkur inson mo'ljallari, qadriyatlari, bilish jarayonlaridagi vositalar, maqsad va qadriyatlarni ifoda etuvchi bilish sub'ektining xususiyatlari bilan bog'liqdir. Masalan, klassik fan chiziqli, yopiq tizimlarni o'rganib keldi. Vaholanki, bunday tizimlar tabiiy va ijtimoiy borliqning bir qismini tashkil etadi, xolos. YAna shuni ta'kidlash mumkinki, "zamonaviy ilmiy tafakkur olamga

muammoli konstruktiv munosabat doirasida shakllandi va rivojlanmoqda"2. Zamonaviy fanning murakkab ob'ektlarni o'rganishi bilish jarayoniga tasodifni ham kiritilishiga olib keldi. Tasodif tafakkurning elementlaridan biri bo'lib, u

-5

inson faoliyatining dasturida mavjud ekanligi ta'kidlanmoqda .

Demak, zamonaviy epistemologiyada o'zgarishlar yuz bermoqda va bunda ilmiy bilimlardagi transformatsiya jarayonlarini asosiy omil deb hisoblashimiz mumkin. Chunki ilmiy bilimlar tizimidagi transformatsiyalar, pirovardida epistemologiyadagi transformatsiyalarga olib kelgan. Epistemologiyadagi transformatsiyasida ilmiy bilimlar tizimidagi transformatsiyalar asos bo'lib xizmat qilar ekan.

Buni zamonaviy epistemologiyadagi "kognitiv inqilob" misolida ham ko'rishimiz mumkin. Kognitivlikka e'tiborning kuchayishiga falsafa, fan tizimidagi o'zgarishlar, kompyuter inqilobi asosiy omil bo'lib xizmat qiladi. YA'ni, falsafadagi antropologik yondashuv, noklassik falsafiy tafakkurning shakllanishi; tabiiy fan sohalaridagi inqilobiy o'zgarishlar; axborot texnologiyalarining ilmiy bilishda keng qo'llanilishida ko'rish mumkin.

Ilmiy bilimlardagi transformatsiya jarayonlari - bilimlardagi strukturaviy, sifatiy o'zgarishlar bo'lib, ilmiy bilimlar tizimining yangi murakkab tizimga o'tish jarayonidir. Ilmiy bilimlardagi transformatsiya jarayoni, fan vujudga kelgandan buyon bir necha bor kuzatilgan ob'ektiv jarayondir. Ilmiy bilimlardagi transformatsiya jarayonlarining determinantlari bo'lib fanning mantiqiy qonuniyatlari va ijtimoiy - madaniy omillar xizmat qiladi.

Ilmiy bilimlardagi transformatsiya jarayoni eski tafakkur usullari inqirozga uchragan paytda sodir bo'ladi. G.Xaken ta'riflaganidek, fan statik ko'ringani bilan, dinamik xarakterga ega. undagi mavjud bilimlar tizimi doimo o'zgarib, murakkablashib boradi. Fan tarixi ko'rsatadiki, real olamni o'rganishda tobora nozik strukturaviy darajalarga o'tilishi albatta yangi epistemologik prinsiplarni qo'llashni talab etadi. O'rganish ob'ektidagi o'zgarishlar bilish jarayonidagi o'zgarishlarga olib keladi.

Bilimlardagi transformatsiya jarayonining mexanizmi, dialektikaga ko'ra bilimlar tizimidagi transformatsiya jarayoni rivojlanishga olib boradigan shunday dialektik inkorki, unda ob'ekt, tizim o'z asoslarini saqlagan holda sifat jihatdan o'zgaradi, bir tizimdan ikkinchi tizimga o'tish sodir bo'ladi.4

2 Lektorskiy V.A. Epistemologiya klassicheskaya i neklassicheskaya. — M.: Editorial URSS, 2001. - S.41.

3 Sinergetika: Rivojlanishi va istiqbollari: ilmiy anjuman (ilmiy maqolalar to'plami). Tahrir hay'ati M.N. Abdullaeva va boshq. - NamDU, 2010. - B.53.

4 Qo'shoqov Sh. S. Dialektika va bilish nazariyasi. - Samarqand, 2007. - B.33.

Bu jarayon bilimlar tizimidagi rivojlanish bo'lib, bunda miqdor o'zgarishlarining sifat o'zgarishlarga o'tishi va inkorni inkor qonuni amal qiladi. Inkor natijasida bilimlar tizimida quyidagi uch holat kuzatiladi: qaysidir bir sifatning yo'qolishi sodir bo'ladi; yangi sifat hosil bo'ladi; eski tizim elementlaridan ba'zilarining keyingi tizimga o'tishi sodir bo'ladi. Ana shunday transformatsiya natijasida fan bugungi kunda integrativ, kompleks tizimga aylanmoqda. Fanda integrativ jarayon kuchayib bormoqda. Bunday integrativ jarayonlar natijasida fan tizimida yangi sohalararo ilmiy bilimlar vujudga kelmoqda.

Dialektikaga ko'ra, transformatsiya jarayonining mexanizmini tushuntirishda miqdor o'zgarishlarining sifat o'zgarishlarga o'tishi qonuni amal qiladi. Bilimlarning transformatsiyalashib borishida yangi nazariya va yangi metodlarning vujudga kelishi muhim ahamiyat kasb etadi. Ular fanda asta- sekin, fan asoslaridagi o'zgarishlarga sabab bo'ladi. Fan asoslarining asosiy komponentlari bo'lib: olamning ilmiy manzarasi (OIM); ilmiy bilishning ideallari va normalari; fanning falsafiy asoslari xizmat qiladi 5.

Fanlardagi o'zgarishlarda tafakkur uslubidagi o'zgarish muhim ahamiyat kasb etadi. "Ilmiy tafakkur uslubi mazkur davrda tadqiqotchilar amal qiluvchi umumiy qabul qilingan metodologik me'yorlar va falsafiy tamoyillarning tarixan shakllangan, barqaror tizimidir"6. Ilmiy tafakkur uslubi ilmiy bilim strukturasini, uning konkret tarixiy shaklini belgilovchi metodologik tamoyilar va me'yorlarning dinamik tizimi sifatida fanda amal qiladi. Ilmiy tafakur uslubi bilish jarayonida tartibga solish, tanlash va bashorat qilish funksiyalarini bajaradi.

Darhaqiqat, bugungi kunda zamonaviy ilmiy bilimlarning rivojlanishi, ulardagi transformatsiyalar epistemologiyada ham o'zgarishlarga olib keldi. Epistemologiyada antropologik burilish sodir bo'ldi, ya'ni bilish jarayonida insonning ratsional va irratsional xususiyatlari e'tiborga olinmoqda. Birinchi bor epistemologiyada bilish jarayoninig natijasigina emas, balki bilish jarayoninig o'zi ham tadqiq etilmoqda.

Tadqiqotchilarning aksariyat qismi zamonaviy evolyusion epistemologiyaning asosiy vazifasini, klassik epistemologik an'analar chegarasidan tashqarida bo'lgan bilishning ko'plab muammolariga har taraflama va maksimal to'la-to'kis yondashuvni ishlab chiqishdan iborat deb hisoblaydilar.

5 Stepin V.S. Teoreticheskoe znanie. - M., 2000. - S.188.

6 Shermuhamedova N. Gnoseologiya bilish nazariyasi. - T.: Noshir, 2011. -B.372.

7 Qarang: O'sha asar. -B.375.

Bu yondashuv turli xil fanlardan olingan natijalarga asoslanganligi uchun ham bilish muammolariga aloqadorligi mavjud. Zamonaviy tadrijiy epistemologiyaning ilmiy asosi sifatida albatta birinchi o'rinda evolyusiyaning biologik nazariyasi turadi. Biroq bilishga oid jarayonlarni tadqiq qilishga neyrobiologiya, etologiya, kognitiv psixologiya, rivojlanish psixologiyasi, boshqa kognitiv fanlar, mantiq va fan metodologiyasi, epistemologik mantiq va boshqa fanlar ham o'z hissasini

о

qo'shmoqdalar .

Epistemologiya o'z navbatida ratsionallik bilan bevosita bog'langan bo'lib, ratsionallik natijasida epistemologiya o'zgaradi va rivojlanadi. Epistemologiya ratsionallikning bir ko'rinishidir. Ratsionalliksiz epistemologiya mavjud bo'lmaydi. SHu o'rinda ratsionallikning evolyusiyasi epistemologiyaning ham evolyusiyasiga sabab bo'ladi. Ratsionallik inson faoliyatida ham, falsafada ham chuqur ildiz otgan. Ratsionallik muammosi sof gnoseologik, ya'ni bilishga doir mazmunga ega. Nazarimizda, ratsionallik muammosi hozirgi vaqtda, ya'ni respublikamiz mustaqillikka erishib, yangi ijtimoiy munosabatlar - bozor iqtisodiyoti bilan bog'liq munosabatlarga asos solinayotgan bir vaqtda, alohida ahamiyat kasb etadi. Ijtimoiy munosabatlarning o'zgarishi qadriyatlar, ideallar, dunyoqarashning o'zgarishiga olib keladi. YA'ni ratsionallik muammosi nafaqat gnoseologik, nazariy, dunyoqarash bilan bog'liq mazmunga, balki amaliy, ijtimoiy-siyosiy ahamiyatga ham ega. Insonning bilish faoliyati ham, amaliy faoliyati ham ratsionallikka asoslanadi9.

"Bilish rivojlanishi o'zida evolyusiyani namoyon etadi, boshqa narsalarda esa tadrijiylik davom etadi".10 Bu ikki jarayonda bilish oddiylikdan murakkablikka qarab rivojlanib borishi va o'zida ilmiylikni namoyon qilishini ko'ramiz. Shunday ekan, bilishning mohiyati va mazmuni bilan bog'liq masalalar uzoq o'tmishga borib taqaladi.

Tadqiqotlar natijasida shu narsa aniq bo'ldiki, insoniyat bilishi Parmenid, Suqrot va Platondan ikki ming yil oldin vujudga kelgan ekan. Haqiqatdan ham, tarixiy jihatdan olganda, epistemologik tasavvurlar va muammolar gnoseologik tasavvurlardan oldin paydo bo'lib, qadimgi davrlardayoq shakllangan. Jumladan,

8 Epistemologiyaning zamonaviy muammolari -T. : O'zR FA I.Mo 'minov nomidagi Falsafa va huquq instituti, 2011, - 87 bet

9 Milliy g'oya va fanning metodologik muammolari -T. :Falsafa va huquq instituti nashriyoti, 2009, -8 bet

10 Kay Xaxlveg, Xuker K. Evolyusionnaya epistemologiya i filosofiya nauki // Sovrimennaya filosofiya nauki. -M.: Logos, 1996. -S.158

Platonning "g'oyalari" va u taklif etgan "haqiqat" konsepsiyasi, Zenonning aporiyalari, skeptiklar qarashlari, Aristotelning mantig'i kabilar.

Inson aqliy qobiliyatining namoyon bo'lishi va ratsional bilishga murojaatini birinchilardan bo'lib Platon ko'rib chiqdi. U "aql" va "idrok"ni o'zaro farqini, "maqsadlarning" har biri olamni g'oyaviy jihatdan bilishda boshdan oxirigacha javobgarlikni his qilish insonning "ruhiy" qobiliyatiga bog'liqligini ko'rsatadi.11

Ratsionallik evolyusiyasida asosan quyidagilar muhim o'ringa ega: bilishni dalil va isbotlarga tayanishi; maqsadni to'g'ri qo'ya bilish; mantiqiylik; bilish metod va metodologiyasini to'g'ri tanlash; adekvatlik prinsipi; rejalilik; to'g'ri prognoz; bilishda iloji boricha stixiyalilikni kamaytirish; vaziyat doimo ong nazoratida turishi; to'g'ri baholash.

Ratsionallik o'z-o'zicha nomoyon bo'lmaydi balki, ratsionallik ilmiylikni ham o'z ichiga olishini ko'rsatadi. Ilmiy ratsionallik umumiy ko'rinishda ratsionallik aql va irodaning dalillarga, his-tuyg'uning kechinmasiga, hayajon va shaxsiy fikrga nisbatan qaror qabul qilish vaqtidagi doimiy tanqidiy ko'rib chiqish, bilimlarning ta'sirini belgilaydi. Ilmiy ratsionallikning muhim ob'ektiv asoslaridan biri amaliyotdir.

Shuni ta'kidlash kerakki, ilmiy ratsionallikning yangi turlarini vujudga kelishi bilan avvalgilari eskirgan hisoblanmaydi. Aslida bu turlarning shunday murakkab ierarxiyasi tuziladiki, unda har biri uchun boshqalarga nisbatan afzalliklarga ega bo'la oladigan qonuniy harakat doirasi topiladi. Pirovardida ratsionallikning har bir yangi turi o'rganilayotgan ob'ektlarning tuzulishi va murakkabligi darajasi xaqidagi muayyan ontologik tasavvurlar bilan bog'liq bo'ladi. "Buyuk faylasuflar qarashlarida "bilim" va "e'tiqod" tushunchalarining

19

differensiatsiyasi" nomli maqolamda ham bu kabi muommalar yoritib o'tolgan .

Ratsionallik tug'ilgandan boshlab vujudga kelmaydi, uni shakllantirish kerak bo'ladi. Ratsionalistlar ob'ektiv olamning ratsional tuzilganligiga ishonadilar. Ratsional tafakkur narsalarning strukturasini ratsional tuzilganligiga adekvat bo'lishi kerak. Ratsionalizm ochiq tizim sifatida moddiy narsalarning tuzilish strukturasini ochib, rivojlanish jarayonida oldingilariga nisbatan katta aloqalar va munosabatlarni qamrab oladi va tadqiq etadi. "Ratsional fikr ob'ektlarni o'rganish

davomida nafaqat takrorlash bilan va nafaqat rekonstruksiyasi bilan mashg'ul,

1 ^

balki uni qayta tashkil etish va qurish bilan ham shug'illanadi" .

11 Epistemologiyaning zamonaviy muammolari -T.: O'zR FA I.Mo'minov nomidagi Falsafa va huquq instituti, 2011, - 84 bet

Umuman olganda, ratsionallik nafaqat bilish quroli, balki ijtimoiy amaliyot vositasi hamdir. Uning taraqqiyoti nafaqat fan rivojlanishi, balki ijtimoiy-madaniy muhitning yaxlit ta'siri bilan bog'liq. Ratsionallik kundalik ongimiz orqali anglab bo'lmaydigan voqelik qamlamlariga kirib borib, o'ziga xos g'oyalar, g'oyaviy tuzilmalar dunyosini yaratadi. Inson faoliyati jarayonida, bu g'oyaviy tuzilmalar dunyosini yaratadi. "Ta'lim tizimida metodlar va innovatsion texnalogiyalardan foydalanish samaradorligi" Inson faoliyati jarayonida bu g'oyaviy tuzilmalar dunyosi ob'ektivlashadi, real borliqdan hamda shaxsiy qarashlar, kechinmalarga ega bo'lgan individdan begonalashadi, shaxsning bilish va amaliy faoliyatida foydalaniladi 14.

Xulosa qilib aytadigan bo'lsak Ilmiy bilimlardagi transformatsiya jarayonlari - bilimlardagi strukturaviy, sifatiy o'zgarishlar bo'lib, ilmiy bilimlar tizimining yangi murakkab tizimga o'tish jarayonidir. Ilmiy bilimlardagi transformatsiya jarayonlarining determinantlari bo'lib fanning mantiqiy qonuniyatlari va ijti moiy -madaniy omillar xizmat qiladi.

Bilimlardagi transformatsiya jarayonining mexanizmi, dialektikaga ko'ra bilimlar tizimi rivojlanishga olib boradi. Bunda miqdor o'zgarishlarining sifat o'zgarishlarga o'tishi va inkorni inkor qonuni amal qiladi. Inkor natijasida bilimlar tizimida quyidagi uch holat kuzatiladi: qaysidir bir sifatning yo'qolishi sodir bo'ladi; yangi sifat hosil bo'ladi; eski tizim elementlaridan ba'zilarining keyingi tizimga o'tishi sodir bo'ladi. Ana shunday transformatsiya natijasida fanda integrativ jarayon kuchayib borib, buning natijasida fan tizimida yangi sohalararo ilmiy bilimlar vujudga kelmoqda.

Epistemologiya o'z navbatida ratsionallik bilan bevosita bog'langan bo'lib, ratsionallik natijasida epistemologiya o'zgaradi va rivojlanadi. Ratsionallik muammosi nafaqat sof gnoseologik, ya'ni bilishga doir mazmunga ega bo'lib, u nazariy, dunyoqarash bilan bog'liq mazmunga, balki amaliy, ijtimoiy-siyosiy ahamiyatga ham ega. Umuman olganda, insonning bilish faoliyati ham, amaliy faoliyati ham ratsionallikka asoslanadi.

Model - o'rganilayotgan ob'ekt-originalga nisbatan «ikkilamchi tizim» hisoblanib, mazkur ob'ektning ish berishi va rivojlanishi soddalashtirilgan «ikkilamchi tizim»ga ko'shish yoki almashtirish natijasida qayta hosil bo'lgan ob'ektdir. Bilim va e'tiqodni integratsiyalashtirish: bilishning retseptiv, paradigma, «mumkin bo'lgan dunyolar», «lingvistik nisbiylik», «hayotiy dunyo» muqobil modellarga bo'linadi.

REFERENCES

1. Shermuxamedova N. Sotsialno- filosofskie aspektbi formirovaniya stilya nauchnogo i ego metodologicheskoe enachenie.Dis...d-ra filos.nauk. -T.200, -S.170

2. Lektorskiy V.A. Epistemologiya klassicheskaya i neklassicheskaya. — M.: Editorial URSS, 2001. - S.41.

3. Sinergetika: Rivojlanishi va istiqbollari: ilmiy anjuman (ilmiy maqolalar to'plami). Tahm hay'ati M.N. Abdullaeva va boshq. - NamDU, 2010. - B.53.

4. Qo'shoqov Sh. S. Dialektika va bilish nazariyasi. - Samarqand, 2007. - B.33.\

5. Stepin V.S. Teoreticheskoe znanie. - M., 2000. - S.188.

6. Shermuhamedova N. Gnoseologiya bilish nazariyasi. - T.: Noshir, 2011. -B.372.

7. Qarang: O'sha asar -B.375.

8. Epistemologiyaning zamonaviy muammolari -T.: O'zR FA I.Mo'minov nomidagi Falsafa va huquq instituti, 2011, - 87 bet

9. Milliy g'oya va fanning metodologik muammolari -T.:Falsafa va huquq instituti nashriyoti, 2009, -8 bet

10. Kay Xaxlveg, Xuker K. Evolyusionnaya epistemologiya i filosofiya nauki // Sovrimennaya filosofiya nauki. -M.: Logos, 1996. -S.158

11. Epistemologiyaning zamonaviy muammolari -T.: O'zR FA I.Mo'minov nomidagi Falsafa va huquq instituti, 2011, - 84 bet

12. Abdullaeva M.N. Epistemologicheskaya evolyusiya ratsionalizma // M.Ulug'bek nomidagi Milliy univeratetning 90 yilligiga bag'ishlangan ilmiy konferensiya materiallari to'plami. -T., 2009. - 28 b.

13. G'ofur Bobonazarovich Xolmo'minov. (2021) Buyuk faylasuflar qarashlarida "bilim" va "e'tiqod" tushunchalarining differensiatsiyasi a.cademic research in educational sciences volume 2 | issue 3 | 2021issn: 867-876 b.

14. G'ofrn" Bobonazarovich Xolmo'minov October 2020 Ta'lim tizimida metod^ va innovatsion texnalogiyalardan foydalanish samaradorligi. "Science and Education" Scientific Journal . 472-475 - бетлар.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.