Научная статья на тему 'AXBOROTLASHGAN JAMIYATDA ERKINLIK VA MAS’ULIYAT DIXATOMIYASI'

AXBOROTLASHGAN JAMIYATDA ERKINLIK VA MAS’ULIYAT DIXATOMIYASI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

2
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
axborot / erkinlik / raqamlashtirish / OAV / internet / plyuralizm / vijdon erkinligi / mafkuraviy xilma-xillik.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Farhod Lapasovich Usmonov

Mazkur maqolada mamlakatimizda axborot erkinligini ta'minlash, axborotkommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish davlat siyosatining ustuvor masalalaridan biri ekanligi o'rganilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «AXBOROTLASHGAN JAMIYATDA ERKINLIK VA MAS’ULIYAT DIXATOMIYASI»

Tashkent State University of Economics

Uzbekistan - 2030 Strategy:

AXBOROTLASHGAN JAMIYATDA ERKINLIK VA MAS'ULIYAT

DIXATOMIYASI

Farhod Lapasovich Usmonov

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti dotsenti v.b. falsafa fanlari bo'yicha falsafa

doktori (PhD)

Mazkur maqolada mamlakatimizda axborot erkinligini ta'minlash, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish davlat siyosatining ustuvor masalalaridan biri ekanligi o'rganilgan.

Kalit so'zlar: axborot, erkinlik, raqamlashtirish, OAV, internet, plyuralizm, vijdon erkinligi, mafkuraviy xilma-xillik.

Bugun biz davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarini tubdan yangilashga qaratilgan innovatsion rivojlanish yo'liga o'tmoqdamiz[1]. Bu borada O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyev "Bugungi kunda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, Internet tizimini keng rivojlantirmasdan turib, mamlakatimizni modernizatsiya qilish va yangilash, barqaror taraqqiyotga erishish haqida so'z yuritish mumkin emas" [2] deb ta'kidlaganligini alohida qayd etish zarur.

2020 yil oktyabrida mamlakatda raqamli industriyani jadal rivojlantirish, milliy iqtisodiyot tarmoqlarining raqobatbardoshligini oshirish maqsadida "Raqamli O'zbekiston - 2030" strategiyasi qabul qilindi. Hozirgi kunda mamlakatimizda ushbu strategiyada ko'rsatilgan chora-tadbirlarni tizimli ravishda amalga oshirish yuzasidan keng ko'lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Ayni chog'da raqamlashtirish jarayoni uzoq muddatni va ijtimoiy hayotning barcha sohalarini qamrab olishini nazarda tutib, uning natijasida yaqin kelajakda yuzaga kelishi mumkin bo'lgan muammo va tahdidlarni avvaldan aniqlash va ularni bartaraf etishning ustuvor yo'nalishlarini aniqlash nihoyatda muhimdir.

Davlatimiz rahbarining tashabbusi zamirida jamiyatning rivoji nafaqat uning texnik sohadagi yutuqlar, balki fuqarolar va avvalo, yoshlarning axborot madaniyati darajasi bilan ham belgilanishi nazarda tutilgan. Bu esa, "O'zbekistonda yoshlar tomonidan zamonaviy bilimlar egallanmasdan, raqamli texnologiyalardan foydalanish madaniyatini tarbiyalamasdan biror bir jiddiy iqtisodiy, ijtimoiy, texnik masalani hal etib bo'lmasligi to'g'risdagi tasavvur to'liq shakllanganligini ta'kidlash

ANNOTATSIYA

569

17-aprel, 2024

Tashkent State University of Economics

Uzbekistan - 2030 Strategy:

zarur" [3]. Bunda umuminsoniy ahamiyat kasb etayotgan axborot erkinligi masalasining dolzarbligi ortib bormoqda.

Jahon hamjamiyati tomonidan e'tirof etilgan inson huquqlari konsepsiyasida, axborot erkinligi adolatparvarlikning inson shaxsiga xos qadr-qimmat, barcha odamlarning teng va ajralmas huquqlarini ifoda etishning zaruriy, majburiy elementlari sirasiga kiritilgan. Tug'ma va tabiiy so'z erkinligiga ega har bir odam, jamiyat ravnaqi yo'lida o'z innovatsion g'oyalarini rivojlantirishi va targ'ib qilishi mumkin. Shu ma'noda axborot erkinligi - insonning ichki dunyosi va ma'naviy hayotining asosini tashkil qiladigan, shaxsiy hayotiga o'zining roziligisiz o'zgalarning aralashishiga yo'l qo'yilmaydigan tabiiy va ajralmas huquqidir. "Erkin, ozod" jamiyat qurish zaruriyati, tabiat qonunlarini rad etish, mas'uliyatni nazar-pisand qilmaslik asosida emas, balki shu jamiyatning taraqqiyotga olib chiqishida o'zimizning mas'ul ekanligimizni anglab yetishimizni, his qilishimizni taqozo etadi" [4]. Axborot erkinligini mana shu tarzda tushunish ijtimoiy nazorat zarurligini ham eslatib turadi. Fikrimizcha, erkinlikni anglash va mas'uliyatni his etish tuyg'ulari uyg'un bo'lsagina, shaxsning jamiyatdagi o'rni, mavqei, hurmat-e'tibori yanada yuksalib boradi. Bugungi kunda jamiyatda fuqarolar huquq va erkinligini ta'minlash demokratik davlatning belgilovchi xususiyatidir. Demokratik davlat va jamiyatda qonunchilik hokimiyatini amalga oshirish uchun, aholining siyosiy huquq va erkinliklari ta'minlangan bo'lishi, xalqning huquqiy va siyosiy madaniyati, fuqarolarning ongi rivojlangan bo'lishi lozim. Demokratiya jamiyat barqarorligini ta'minlashda muhim o'rin tutadi. Negaki, demokratiya hukumat va siyosiy tizimga o'z faoliyatini jamiyatning ob'ektiv ehtiyojlarini inobatga olgan holda tashkil etish imkonini beradi [5]. Demokratik davlatdagina insonlarning alohida va umumiy qarashlarini qonun doirasida himoya qilish va targ'ib qilish imkoniyati yuzaga keladi. Bu siyosiy partiyalar, jamoat birlashmalarini shakllantirish va ular faoliyatida, siyosiy plyuralizm, matbuot erkinligi va boshqa jihatlarda o'z ifodasini topmoqda. [6].

Axborot erkinligining siyosiy shartlari deganda, birinchidan, axborot sohasida aniq belgilangan davlat siyosati mavjudligini tushunish lozim. Davlat organlari siyosiy plyuralizm vijdon erkinligi, mafkuraviy xilma-xillik, tegishli huquqiy tartibga solish orqali o'zgacha fikrlashga toqat qilishga asoslangan holda, axborot erkinligi doiralarini belgilab olishni taqozo etadi. Shu o'rinda axborot erkinligining ijtimoiy ahamiyati, bir tomondan, shaxsning o'ziga xosligini tasdiqlasa, ikkinchi tomondan, inson qadr-qimmatini oshirish, jamiyatda tinchlik va barqarorlikni saqlash uchun o'zaro tushunish, bir-birining fikriga toqat qilish va kelishishning samarali yo'llarini izlash imkoniyati bilan belgilanadi. Bu o'rinda matbuotning va unda faoliyat

17-aprel, 2024

570

Tashkent State University of Economics

Uzbekistan - 2030 Strategy:

ko'rsatadigan jurnalistlarning o'rni beqiyosdir. Filologiya fanlari doktori X.Do'stmuhammad, hozirgi zamon matbuotida jurnalistning kasb odobi milliy mentalitet, milliy axloq-odob va milliy qadriyatlar normalari negizida shakllanishi zarurligini, shuningdek, matbuot erkinligi va milliy qadriyatlar muvozanatiga erishish qonuniyatlarini asoslab bergan. [7]. U dunyo miqyosida kuzatilayotgan hozirgi zamon axborot sivilizatsiyasining mantiqiy davomi axborot madaniyati va odobi bo'lishi kerakligini, insoniyat taraqqiyoti shu yo'nalishdagina istiqbol sari borishi mumkinligi g'oyasini ilgari surgan. Hozirgi zamonda o'zgalarning gap-so'zini hurmat qilish, o'zining fikri va ishonchini kuch yoki bosim bilan majburan qabul qildirmaslik uchun ham insonga axborot erkinligi madaniyatini o'rganish zarurati yuzaga keladi. Shuningdek, har bir inson turli masalalar yuzasidan shaxsiy fikr-mulohazalarni qonunda qat'iy belgilangan me'yorda, erkin ifoda etishni ham o'rganishi kerak.

Birgina qonun chiqarish bilangina ish bitmasligini, axborot erkinligi hukmron bo'ladigan hayotga birinchi navbatda rahbarlar va fuqarolarni sabr-toqat bilan o'rgatish, o'rgatganda ham bosqichma-bosqich o'rgatib borish talab etiladi. Qonun ustuvorligini ta'minlash har bir fuqaroga tegishlidir. Biz qabul qilingan qonunlar muhokamasini, targ'ibotini yaxshi tashkil etsak, qonunga daxldor sohalarda o'zimizning huquq va erkinliklarimizni to'g'ri qo'llasak, huquqlarimiz buzilganda o'zimizda va atrofimizdagi kishilarda sudga murojaat qilish hissini uyg'ota olsak, qonun ustuvorligini ta'minlash va qonunni himoya qilishga ko'maklashgan bo'lamiz.

Aks holda huquqni qo'llash amaliyotiga ta'sir ko'rsatmaydigan, ijro mexanizmlariga ega bo'lmagan, ishlamaydigan qonunlar paydo bo'laveradi. Jamoatchilik nazoratini o'rnatish, fuqarolar huquqlari buzilishiga munosabat bildirish axborot vositalarining burchidir. Demak, OAV jamoatchilik nazoratini o'rnatadigan asosiy demokratik institut hisoblanadi. Lekin, afsuski, islohotlar mohiyati, qabul qilinayotgan qonun va qarorlar ijrosi bilan bog'liq muammolar, aholi murojaatlari yuzasidan gazeta, tele va radiokanallarda tanqidiy maqola, ko'rsatuv va eshittirishlar juda kam. Vaholanki, islohotlar jarayonida ommaviy axborot vositalari xalq manfaatlarining chinakam himoyachisiga aylanishi lozim. Buning uchun ulardan shijoat, professional mahorat, xolislik va chuqur tahliliy salohiyat talab etiladi[8].

Davlatimiz rahbari to'g'ri ta'kidlaganidek, OAV faoliyatini yanada erkinlashtirish, ularni jamiyatda ijtimoiy fikrni shakllantiruvchi kuchga, o'tkazilayotgan islohotlarning jarchilariga aylantirishga asosiy vazifa sifatida qarash zarur. Bizningcha, jamiyat a'zolari o'rtasida ijtimoiy so'rovlar o'tkazib turish, qonunlar ijrosini OAV orqali berib borish jamiyat hayotini tubdan yaxshilashga olib

17-aprel, 2024

571

Tashkent State University of Economics

Uzbekistan - 2030 Strategy:

OpportunitiesJoReaHzeHuma^Potentia^

keladi. Yaqinda OAV uchun media bozorda teng sharoit yaratish va ularni yanada rivojlantirish hamda jurnalist va blogerlarni qo'llab quvvatlash maqsadida O'zbekistonda Milliy mass-mediani qo'llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi o'z ishini boshladi. Ommaviy axborot vositalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, jurnalistlar va blogerlar faoliyatini qo'llab-quvvatlash, ularga huquqiy, tashkiliy, texnik singari yordam ko'rsatish jamoat fondining vazifalaridan hisoblanadi. Shu bilan birga jamoat fondi milliy mass-media hamjamiyatining o'zini-o'zi boshqarish mexanizmlarini ishlab chiqishga ko'maklashadi. Bundan tashqari mazkur jamoat fondi bosma OAVga ham e'tibor qaratib ularni rivojlantirishga yordam bermog'i lozim.

Ma'lumki, mamlakatimizda Prezident Shavkat Mirziyoyev g'oyasi asosida "yoshlar ma'naviyatini yuksaltirish va ularning madaniyat, san'at, sport, axborot texnologiyalari va kitob o'qishga bo'lgan qiziqishini har tomonlama qo'llab-quvvatlashga qaratilgan beshta muhim tashabbusni" [9] voqelikka tatbiq qilish borasida keng ko'lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Internet tarmog'ida tarqatilayotgan axborotlar yoshlarning ijtimoiy jihatdan faolligini susaytirish bilan bir qatorda ularning ma'naviy tarbiyasiga ham salbiy ta'sir ko'rsatmoqda. Zero, yoshlarning ma'lum bir qismi internetdan milliy odob-axloq me'yorlariga zid bo'lgan, oila qadriyatlariga putur yetkazadigan axborotlarga butkul ishonib, jamiyat axloqiy normalariga zid bo'lgan xatti-harakatlar sodir etib, xudbin hayot tarziga moyil bo'lib bormoqda. Bunga misol sifatida shaxsiy manfaatlarni har narsadan ustun qo'yish - egotsentrizm, erkin muhabbat g'oyasi, bezorilik, jamiyat an'analariga zid ravishda liboslar kiyish, sababsiz depressiyaga tushish, norozilik kayfiyatining asossiz kuchayishi va boshqa zararli illatlarni ham keltirish mumkin.

Yoshlarning internetdan foydalanish bo'yicha savodxonligini oshirish, ularni virtual makonda noqonuniy xatti-harakatlardan himoya qilish maqsadida mamlakatda "Milliy kontent" loyihasini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish singari chora-tadbirlar o'z samarasini beradi, deb hisoblaymiz.

Har bir fuqaro axborot эгйп^т^ rolini teran anglashi kerak. Bunda jamiyatning tayërligi, etukligi muhimdir. Jamiyatni siësiy va huquqiy jihatdan anglash axborotning эЛт^ darajasini yuzaga keltiradi. Sub'ekt axborot эrkinligini amalga oshirishda qonun tomonidan himoya qilingan mustaqil fikrlash, o'z fikri va э'tiqodiga rioya qilish orqali, agarda boshqalarning эrkinliklari buzilmasa va o'zgalarning manfaatu qadriyatlari bilan himoyalanadigan huquqlarga nisbatan hech qanday xavf tug'dirmasa, hech kimning aralashuvisiz tarqatish imkoniyatiga эga bo'ladi. Aslini olganda, bu shaxs ma'naviy dunësining daxlsiz эkanligini anglatadi.

17-aprel, 2024

572

Tashkent State University of Economics

Bu o'rinda davlat boshqa sub'ektlarning huquq va эrkinliklarini cheklamaydigan, huquqiy himoyalanadigan ob'ektlarga zarar etkazmaydigan fikr va g'oyalar bilan эгИп almashishga to'sqinlik qilmaslik majburiyatini o'z zimmasiga oladi.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi. - T.: "O'zbekiston" NMIU, 2018. -19-20-bet.

2. Mirziyoyev Sh. Demokratik islohotlarni chuqurlashtirish, barqaror rivojlanishni ta'minlash - xalqimiz uchun munosib hayot darajasini yaratishning kafolatidir. 1-jild.

- T.: O'zbekiston, 2017 . - B. 86.

3. Mirziyoyev Sh. Demokratik islohotlarni chuqurlashtirish, barqaror rivojlanishni ta'minlash - xalqimiz uchun munosib hayot darajasini yaratishning kafolatidir. 1-jild.

- T.: O'zbekiston, 2017 . - B. 86.

4. Parmonov S. Erkinlik madaniyatining falsafiy muammolari // Falsafa va huquq. 2009 y. 1-son. 27-bet.

5. Popper, Karl Raimund, The open society and its cnemics. Princeton, N.,J., 1963.

6. "Общая теория государство и право". Учебник, под ред. В.В. Лазерова., M., 1994.

7. Do'stmuhammad X. Jurnalistning kasb odobi muammolari: nazariy metodologik tahlil. - T.: "Yangi asr avlodi", 2007. - 216 b.

8. Mirziyoyev Sh.M. Bilimli avlod - buyuk kelajakning, tadbirkor xalq - farovon hayotning, do'stona hamkorlik esa taraqqiyotning kafolatidir. http://www.uza.uz/oz/politics/bilimli-avlod-buyuk-kelazhakning-tadbirkor-khal-farovon. 08-12-2018.

9. Prezident: yoshlarni tarbiyalashdagi muhim 5 ta tashabbus// http://www.uzdaily.uz/uz/post/5328

573

17-aprel, 2024

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.