Научная статья на тему 'AXBOROT TЕXNOLOGIYALARI VA JAMIYAT HAYOTIDAGI O‘ZGARISHLAR'

AXBOROT TЕXNOLOGIYALARI VA JAMIYAT HAYOTIDAGI O‘ZGARISHLAR Текст научной статьи по специальности «Философия, этика, религиоведение»

CC BY
28
4
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
axborot texnologiyalari / axborot asri / axborot iste’moli / virtual muloqat / texnokratiya / buzg‘unchi fikr va g‘oyalar. / Information technology / information age / information consumption / virtual communication / technocracy / breakthrough thinking and ideas.

Аннотация научной статьи по философии, этике, религиоведению, автор научной работы — Primov, Baxriddin Abdiraxmonovich

Ushbu maqolada bugungi kunda axborot tarqatishda qulay vositalaridan biriga aylarib ulgurgan texnologiyalar jamiyatning barcha soxalarini qamrab olinganligi ko‘rsatib o‘tilgan. Shuning uchun ham dunyo davlatlari va jamiyatlari orasidagi o‘zaro munosabatlarda jiddiyatli kechayotgan jarayonlar axborotga bo‘lgan talabni har qachonigidanda muxum va zaruriy vositaga aylantirib ulgurdi. Bunda ayniqsa jamiyat vakillari eng asosiy ist'emolchi sifatida sifatli, aniq va ishonarli axborotlar olishga bo‘lgan ehtiyojini oshirdi. Kunlik axborotga bo‘lgan ta'lab 2.5 soatdan kam bo‘lmagan vaqtni tashkil qilayotgani va bu yosh darajasi bilan bog‘liqlikgiga qaralsa 35 va 45 yoshlilar oralig‘idagi insonlar eng faolligi kuzatuvchi ekanligi aniqlangan. Muximi shundaki, bu yoshdagi kuchlar davlat ijtimoiy-siyosiy faoltini o‘zgartiruvchi va kuchayturuvchi hisoblanadi. Aynan, so‘rovlar natijasidan kelib chiqib qaralsa global axborot tizimi internet va ijtimoiy tarmoqlaridagi ma'lumotlar bu jarayonni tezlashtirgandan-tezlashganligini dalillar orqali izohlab tushuntirishga olib keldi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

CHANGES IN INFORMATION TECHNOLOGY AND SOCIETY

This article shows that technologies that have become one of the most convenient means of information dissemination today cover all areas of society. That is why the processes taking place seriously in the mutual relations between the countries and societies of the world have turned the demand for information into a critical and necessary tool. In this regard, especially the representatives of society, as the main consumers, have increased their need to receive quality, accurate and reliable information. It has been determined that the demand for daily information is not less than 2.5 hours, and it is related to the age level, people between 35 and 45 years old are the most active observers. It is important that the forces of this age change and strengthen the socio-political activity of the state. Based on the results of the surveys, it was explained through the evidence that the information on the Internet and social networks of the global information system has accelerated this process.

Текст научной работы на тему «AXBOROT TЕXNOLOGIYALARI VA JAMIYAT HAYOTIDAGI O‘ZGARISHLAR»

AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA JAMIYAT HAYOTIDAGI

O'ZGARISHLAR

d https://doi.org/10.5281/zenodo. 11628349

Baxriddin Abdiraxmonovich Primov

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti doktoranti (DSc)

Toshkent. O'zbekiston. Tel: (93)583-27-81 Gmail: baxriddinprimov57@gmail.com ORCID 00900088082009 va UDK 092

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada bugungi kunda axborot tarqatishda qulay vositalaridan biriga aylarib ulgurgan texnologiyalar jamiyatning barcha soxalarini qamrab olinganligi ko'rsatib o'tilgan. Shuning uchun ham dunyo davlatlari va jamiyatlari orasidagi o 'zaro munosabatlarda jiddiyatli kechayotgan jarayonlar axborotga bo 'lgan talabni har qachonigidanda muxum va zaruriy vositaga aylantirib ulgurdi. Bunda ayniqsa jamiyat vakillari eng asosiy ist'emolchi sifatida sifatli, aniq va ishonarli axborotlar olishga bo'lgan ehtiyojini oshirdi. Kunlik axborotga bo'lgan ta'lab 2.5 soatdan kam bo'lmagan vaqtni tashkil qilayotgani va bu yosh darajasi bilan bog'liqlikgiga qaralsa 35 va 45 yoshlilar oralig'idagi insonlar eng faolligi kuzatuvchi ekanligi aniqlangan. Muximi shundaki, bu yoshdagi kuchlar davlat ijtimoiy-siyosiy faoltini o'zgartiruvchi va kuchayturuvchi hisoblanadi. Aynan, so'rovlar natijasidan kelib chiqib qaralsa global axborot tizimi internet va ijtimoiy tarmoqlaridagi ma'lumotlar bu jarayonni tezlashtirgandan-tezlashganligini dalillar orqali izohlab tushuntirishga olib keldi.

Kalit so 'zlar: axborot texnologiyalari, axborot asri, axborot iste'moli, virtual muloqat, texnokratiya, buzg 'unchi fikr va g 'oyalar.

CHANGES IN INFORMATION TECHNOLOGY AND SOCIETY

ANNOTATION

This article shows that technologies that have become one of the most convenient means of information dissemination today cover all areas of society. That is why the processes taking place seriously in the mutual relations between the countries and societies of the world have turned the demand for information into a critical and necessary tool. In this regard, especially the representatives of society, as the main consumers, have increased their need to receive quality, accurate and

reliable information. It has been determined that the demand for daily information is not less than 2.5 hours, and it is related to the age level, people between 35 and 45 years old are the most active observers. It is important that the forces of this age change and strengthen the socio-political activity of the state. Based on the results of the surveys, it was explained through the evidence that the information on the Internet and social networks of the global information system has accelerated this process.

Keywords: Information technology, information age, information consumption, virtual communication, technocracy, breakthrough thinking and ideas.

KIRISH (Introduction).

Bugungi jamiyat va davlat barqarorligigni ta'minlashda asosiy vositalardan biri sifatida axborot eng muxim ta'sirchan kuchga ega bo'lib bormoqda. Axborot barcha davrlarda o'z qadir-qimmatiga ega bo'lgan bo'lsa, bugungi hayotimizni har bir kunini axborotsiz tasavur eta olmaymiz.

MAVZUGA OID ADABIYOTLAR TAHLILI_(Literature reviyew)

Axborot sohasiga va texnologik jarayonlar bilan bog'liq muammolarni inson ongi nuqtaiy- nazaridan tizimli taqqoslab o'rgangan olimlar qatoriga J.Makkarti, M. Minsky, N. Simon, D. Dennett, P.Cherchlend, R.Penrouz, S.Hammeroff, J.Serl, D.Chalmers, N. Kartrayt, S. Xoking, A. Shimoni, N. Viner, X. Patnem, A. Tyuring, J. Russel, P. Norvig, P. Uinston, N. Nillson, G. Tononi, R. Shennon, Y. Filippovich, A. Filippovich, A. Shamis, N. Amosov, I. Yevin kabi olimlarni kiritish mumkin. Hozirda bu masalarni o'rganishda bizning olimlarimiz G. G'apparova, F.Usmonov, G.Karimova, A.Boboqulovlar va boshqa bir qator tadqiqotchilar ish olib borishmoqda.

TADQIQOT METODOLOGIYASI (Research Methodology)

Bugungi kunda axborotga bo'lgan intilish inson ongi va zehniyatiga goh ijobiy, goh salibiy ta'sir etish bilan birga uni boshqarishga bo'lgan jaryon sifatida qarashimiz lozim. Aynan axborot va telekomunikatsiya sohasidagi bunday ustunlik dastlab siyosiy-iqtisodiy keyin esa madaniy ustunlik o'rnatishga olib kelmoqda. Bu biznig kuzatishlarimiz narijasi jarayoni orqali analiz-sintez, ilmiy va metodologik jihatdan tahlil etish kerakligini ko'ratdi.

NATIJALAR VA MUHOKAMALAR (Results and Discussions)

Biz bugun yashayotgan XXI asr hech shuxba yo'qki chinakkam axborot asridir. Shuni e'tirof etish kerakki axborot texnologiyalari orqali amalga oshirilayotgan xabar va ma'lumotlar insonlardagi iste'mol darajasini shu qadar oshirdiki hatto oziq-ovqatga bo'lgan talabdan keyingi ikkinchi o'ringa olib chiqdi. Bu esa dunyoda neft-

gaz va energiya sohasini ham ortta qoldirdi. Biz fikr yuritayotgan global ijtimoiy tarmoqlar butun dunyoni tezkor axborot olish manbaiga aylantirdi. Axborotlarni olish va uzatish, jamlash va tahrir qilish markazlari qaysi davlatlarda joylashgan bo'lsa, bu shuxbasiz bunday davlatlarni yanada kuchli va qudratli davlatlarga aylantirdi. Dunyoni o'rgimchak to'ri kabi o'rab olgan internet tizimi va uning foydalanuvchilari yildan-yilga ko'payib allaqachon 6-7 milliartni ortda qoldirishga ulgirdi. Shunday ekan u bilan bog'liq sohalar rivojiga o'z ta'sir etmasdan qolmadi.

Dastlab, Rossiyada "Aleksey Pajitov tomonidan 1984 yil 6 iyunda tetris o'yini"[1] yaratilgan va shundan, kompyuter o'yinlarigacha bo'lgan davrni qamrab oldi. Yangi kompyuter avlodlarining yaratilishi bilan bunday o'yinlar shu qadar ommalashdiki, ayniqsa yoshlarni magnit metalni tortgani kabi, undanda kuchliroq o'ziga ohongrabodek tordi. Bundan unumli foyda olishni ko'zlagan tadbirkorlar uchun "kompyuter o'yin klub"lari ochish daromad manbai sifatida xizmat qildi. Natijada kompyuter o'yinlariga mukkasidan berilib ketish holatlari ko'paygandan-ko'paydi. Bu ayniqsa o'smir yoshlarning bo'sh vaqtlarini maroqli o'tkazishida qo'shtirnoq ichidagi sevimli ovunchog'iga aylanib ulgurdi. Shunday o'yinlardan biri o'smir yoshlar hatto kattalarni ham o'yin quliga aylantirgan "totalizator" o'yinidir. Buni mukkasidan ketib azartga berilib o'ynovchilar o'zlarini "totalizator"chilar deb atashadi. "Kompyuter o'yin klub"larida kunni-tunga, tunni-tongga ulab o'ynovchilarni ko'paytirdi. Boshlanishida oddiygina 1-2 dollardan boshlab 5 dollargacha yutib-yutqazib keyin u yog'i bonussiz yutiqqacha borib taqaladi. Natijada 250-300 ming dollarga yutqazib uning harom ekanligi anglaganlar ham bor ekanligi insonni ajablantiradi. "Totalizator"chilar o'yinga berilib ketish narkotikdan ham kuchli ta'sirga ega ekanligini ta'kidlashadi. Yiliga birgina "totalizator" o'yini orqali mamlakatimizdan "50 million dollar"[2] gacha pul chetga chiqib ketishini mutaxassislar aniqlashgan. Bunday faoliyat turi "bukmeker"lik faoliyati deb ataladi.

So'nggi yillarda O'zbekistonda sport bellashuvlariga stavka qilish (tikish) ga qiziqish keskin oshdi. Ko'plab mashhur bukmekerlar brendlari respublikamizga kirib keldi. Hozirda O'zbekistonda 2023 yilda faoliyat yuritayotgan barcha bukmekerlik kompaniyalari xorijiy (ofshor) kompaniyalar faoliyat orqali ish yuritishadi. Ular mamlakatdan tashqarida bukmekerlik faoliyati bilan shug'ullanish litsenziyasiga ega. Bunday faoliyatini birinchilardan bo'lib qo'llab quvvatlagan PFL (Professionalnaya futbolnaya liga Uzbekistana) direktori Diyor Imomxo'jayev hisoblanadi. O'zbekistonda 2023 yilning eng yaxshi bukmekerlari: *1xBet *Melbet *Mostbet * Marathonbet

*1win

* Pin-Up

*Betwinner

deb topilgan.

Bir tomondan, ular qonuniy yuridik tashkilotlardir, ikkinchi tomondan esa, ularning O'zbekistondagi maqomi aniq emas, chunki tegishli qonunchilik hali shakllanmagan. Axir bu o'yinlar qimor o'yni hisoblanib, buni qonuniylashtirish zarurmi yoki nechog'lik to'g'ri?

Bunday o'yinlardan yutqazib qarzdor bo'lib qolishi, uyidan va oilasidan ajralib qolishi ba'zan, hatto inson o'z joniga qast qilib, erta nobud bo'lishiga ham olib kelishi jamiyatni tashvishga solmasdan qo'ymaydi.

Global axborot tizimi internetning ishga tushishi bu jarayonni tezlashtirgandan-tezlashdirdi. Ayniqsa 'Virtual" muloqat va aloqalarning kuchayishi bu soha rivojiga beqiyos hissa qo'shdi. "Virtual (lotincha virtuflis - imkoniyat) real ko'rinishga ega emas, lekin shartlar qo'yishi mumkin deganidir. Virtual so'zi IV asrda qadimgi Vizantiya falsafasida qo'llanilgan"[3]. Bugungi kunda bu hayoliy reallikdan virtual so'zi reallik darajasigacha yetib keldi. Ko'pincha yoshlar virtual o'yinlarga berilib ketish hollari ko'proq ucharamoqda. Bu o'yinlar mobil qurilmalarda, kompyuterlarda, televizorlarda yoki internet orqali onlayn yozib olinib, o'yinchi uchun yanada qiziqarli o'yinlarni o'ynashga imkon bermoqda, shu sababli ko'pchilik tomonidan sevib o'ynalmoqda. Shunday o'yinlar natijasida ba'zi insonlar ong faoliyati o'zgarishi kuzatilmoqda. Bunday faoliyat kichik yoshdagilarning fikrlash faoliyati kattalarnikidek o'zgarishga aksincha, balki katta yoshdagi insonlarning faoliyati yosh bolanikidek o'zgarishiga olib kelmoqda. Virtual dunyoning inson ongiga salbiy ta'sir ko'rsatadigan ko'plab jihatlari mavjud bo'lib. Ular quyidagi salbiy oqibatlarlarga olib kelishi munkin:

* Insonda depressiyaning kuchayishi: ko'p odamlar virtual olamga bog'lanib unga ko'p vaqt sarflashadi, video o'yinlar o'ynashadi, ijtimoiy tarmoqlarga mukkasidan ketish hollari uchraydi, onlayn filmlar va teledasturlarni tomosha qilishadi. Bu esa ba'zida tushkunlik kayfiyatining kuchayishiga, ijtimoiy hayotdan uzoqlashishiga va hal qilish zarur bo'lgan muammolardan qochish holatlariga olib kelishi mumkin.

* Insonda chalg'ituvchi ta'sir kuchayishi: virtual olam bilan bog'liq texnologiyalar va gadjetlardan foydalanish haqiqiy dunyodagi vazifalariga e'tibor qaratish va diqqatni jamlashdagi qobiliyatining pasayishiga olib kelishi mumkin.

* Xavotirning kuchayishi: inson virtual dunyo bilan doimiy aloqada bo'lishi, xavotirning yuqori darajasiga saqlanib qolishiga sabab bo'ladi. Bu esa haqiqiy dunyodan begonalashish va himoyalanishga olib kelishi mumkin.

Internet va kompyuter hamda mobil o'yinlar asiriga aylanib qolgan o'smirlar hayotida ma'naviy va axloqiy qadriyatlardan begonalashuv asosiy vaqtini o'yinlarga berish, ball olish, qimorli yutuqlarga sovg'a yoki hisob raqamiga pul tushirib olish, ayni vaqtini bilim olishga uchun sarflash o'rniga qadrsiz narsalarga mukkasidan ketish hollarini uchratishimiz mumkin. Hayotdan yoki tabiatdan zavqlanish lozim bo'lgan jihatlardan uzoqlashib turli kompyuter hamda mobil o'yinlar tinimsiz zavq olish hissini tuyayotgan yoshlar ko'payib bormoqda. Aynan bolalik va yoshlik davrini tengdoshlari bilan o'zaro muloqat va o'yin-chog'lik qilib qilib o'tkazishdan yiroqlashib odamovi avlodning paydo bo'lishiga olib kelmoqda.

Bugungi kunda yoshlar ongi va qalbiga ta'sir o'tkazib turli buzg'unchi fikr va g'oyalarni singdirish orqali ularni hayotdagi to'g'ri maqsadidan ozdiruvchi kuchlar juda ko'p. Bunday holatlar internetdagi ijtimoiy tarmoqlarda, mobil aloqa vositasi orqali foydalanadigan dasturlar va turli mustaqil kanallar ham mavjudligini anglashimiz qiyin emas. Ayniqsa, kattalarga qaraganda bolalarning bunday ta'sir holatlarga tushub qolish osonroq. Buning natijasida yoshlar ongiga, sog'lig'iga salbiy ta'sir etadigan zarar ham bir necha barobar kuchli bo'ladi.

Ruhshunoslik bo'yicha halqaro hay'at raisi bo'lgan Turman Sornuris: "Zamonaviy texnologiya inqilobi oldin ma'lum bo'lmagan kompyuter va internetga qaramlik kabi ruhiy kasalliklarni keltirib chiqardi. Bu kasalliklar xatari omma hulq-atvoriga salbiy ta'sir ko'rsatishida giyohvandlikka berilishdan aslo kam emas. Keyingi yillarda ruhiy-asab va boshqa kasalliklar ko'paydi. Bunga kompyuter, internet, video va uyali telefonning ommalashgani sabab bo'ldi. Chunki bular insonning yolg'izlanishi, oilaviy aloqalarning uzilishiga olib keldi. Bular insonni boshqalarga emas, balki faqat o'zi bilan o'zi band qiladigan qilib qo'ydi"[4], deb ta'kidlaydi.

Bolalar va yoshlarda hatto kattalarda ham bunday belgilar asosan quyidagi holatlarni keltirib chiqarishi munkin.

• Smart telefon yoki kompyuter orqali internet hamda ijtimoiy tarmoqlarga va o'yinlarga bo'lgan vaqt chegarasini belgilay olmaydi. Unlardan ko'p foydalanishni vaqt me'yoridan ortiqchasini taqiqlash xarxasha va janjal bilan yakunlanadi;

• O'z vaqtida bajarilishi lozim bo'lgan vazifalarni ham rad etadi. Hatto o'ziga tegishli bo'lgan ishlarni, bilim olishga va darsga tayyorgarlik vaqtini kechiktirilishiga sabab bo'ladi;

• O'z yaqinlari va do'stlari bilan uchrashib suxbatlashish yoki bayramlarda ham telfon orqali tabriklab gaplashish o'rniga "telegram" hamda "instagram"da o'zi yozish o'rniga tayyor va boshqalar qoldirgan xabar (post)dan foydalanishni undan internetda o'tirishni afzal biladi;

• Ovqatlanayotgan paytda ham internet (youtube)dagi xabar va yangiliklardan hamda videoroliklardan uzila olmaydi;

• Yoshlar ba'zan qiziquvchan kattalar ham vertual tanishuvlarga o'ch bo'lib qolishadi;

• Internetga doim kirish imkoni bo'lgan smartfon bo'lishni, megabayti tugamasligini, telefoni bo'lmasa yangiliklardan va hayotdan uzilganday tajang va jizzaki bo'lib qolishi mumkin;

• Smartfon orqali internetga tez-tez bog'lanib turmasa, bugungi dunyodagi voqelikdan xabardor bo'lmasa, biror bir ish bilan shug'ullanishni istamaydi.

Hozirda O'zbekistonda ijtimoiy tarmoqlardan foydalanuvchilar soni "Telegram 18 million, Odnoklassniki 16.7 million, Facebook 4.7 million, Instagram 3.7 millio, VKontakte 2.6 million, Inkzing 288 ming, Twitter 51.6 288 ming"[5] ga yetganligini ko'rsatmoqda. Bu shundan darakki, dunyoda global axborotlashgan yalpi tizimning vujudga kelishi butun bir yer yuzida yashovchi jamiyat vakillarini ya'ni insoniyat hayotini bir-biriga bog'liq qilib qo'ydi.

Informatsion yangilik va jarayonlar insonning ayrilmas manbaiga aylanganki har tong turishimiz bilan axborotga bo'lgan ehtiyojimizni qondirishga unga bo'lgan talabni oshib borayotganligini his etamiz. Hox uy bo'lsin, hox ishda yoki kechsi biz sezmagan va anglamagan holda unga bevosita bog'lanshganmiz. Bu esa axborot olish manba'si bo'lgan OAV (gazetalar, jarnalar, radio, televideniye) ga bog'lanib qolgan edik. Endilikda OAV ning o'rnini yangi va eng yangi mustaqil internetdagi ijtimoiy tarmoqlar, veb-saylar, mustaqil mualliflik dasturlari egallay boshladi. Bu esa bizlarni axborot texnologiyalarning kundan - kunga takomillashayotgan kompyuter, smartfon va gadjetlar bo'lgan talablarni va axborot almashish bilan bog'liq munosabatlarni yanada kuchaytirdi.

O'tgan asrning 90-yillarga kelib bu jarayon yanada kuchaydi. Jamiyatda axborot fenomenini belgilash uchun ilmiy adabiyotlarda - «axborot portlashi» atamasidan foydalanila boshlandi. «Axborot portlashi» davrida xuddi intellektual jihatdan dasturlashtirilgandek ko'plab axborot manbalari paydo bo'lmoqda. Aslini olganda, «axborot portlashi»ning zarbini barcha toifadagi insonlar, birinchi navbatda, katta yoshlilar his qildi, albatta. Ayniqsa, insonlarning shaxsiy hayoti va faoliyatida axborot oqimining haddan ziyod ko'payib borayotgani kuzatilmoqda. Bu borada, avvalo, OAV nazarda tutilmoqda. Umuman olganda, "amerikalik o'rta yoshli kishi har kuni ommaviy axborot vositalariga 6,34 soat vaqt ajratishi aniqlangan"[6].

Demakki, bu insonlarni smartfon va gadjetlar bo'lgan ehtiyojning oshishiga va qaramlikning kuchayishiga olib keldi. Siz smartfon va gadjetlarga tez-tez murojaat qilyapsizmi yoki ajralishni hoxlamayaapsizmi, unda siz yangi nomofobiya deb nomlangan kasallik bilan bog'liq holatga tushgansiz. Bugungi kunda nafaqat kattalar

balki, eng xatarlisi bolalar orasida ham ommolashib ko'payib ulurgan. Nomofobiya (nomophobia inglizcha no mobile- phone phobia,) mobil telefonga yega bo'lmaslik fobiyasi (qo'rquvi), mobil telefonsiz yoki undan uzoqda qolish qo'rquvi (fobiya). "Fobiya-mobil telefonsiz" so'zlarining qisqartmasi bo'lgan atamasidir. Nomofobiya hozirgi kunda keng tarqalgan kasallik bo'lib undan qutulishning imkoni pasligi va xavotirligicha qolmoqda. Dunyoda axborotga smartfon yoki gadjetlar orqali mukkasidan ketish asr vabosi sifatida qarolmoqda. Buni mutaxasislar spirtli va giyohvand moddalarga qaramlik darajasida ekanligini e'tirof etishmoqda. Bunday qaramlikni davolash ustida olimlar va mutaxasislar dunyoning turli davlatlarida kerakli izlanishlarni alla qachon boshlab yuborishgan. Bugungi kunda dunyo aholising 7,2 milliarddan ko'piroq aholisi o'z mobil aloqa vositalariga ega bo'lib yer yuzidagi insonlarning 91 foizini tashkil etmoqda. Shunisi qiziqki hatto yosh bolalar ham o'zning ota-onasining mobil telefoni orqali bemalol cheksiz foydalanishi mumkin. "Saudiya arabistoni va Iordaniyada o'ztkazilgan tadqiqot natijasiga ko'ra bu ikki davlatning 51 foizidan ortiqrog'ida telefonga qaramlik tashxisi qo'yildi. Buyuk-britaniyada aholining 53 esa foizi nomofobiyadan aziyat chekishadi. Braziliyada bu tadqiqot o'tkazilganda ishtirokchilarning 68 foizda smartfonlarga qaramlik aniqlangan"[6]. Tabiatan erkaklar ayollarga nisbatan telefonga bog'lanib qolish yaa'niy nomofobiya chalinish kasalligi ko'porqni tashkil etishi e'tirof etilmoqda. Hozircha bu kasallik bilan bog'liq holatlar bo'yicha mamlakatimizda biror bir tadqiqotlar olib borilmagan. Lekin, "Statistik ma'lumotlarga qaraganda 2022 yilning yanvar holtiga ko'ra O'zbekistonda har 100 ta uy xo'jaligiga 308 ta mobil telefon to'g'ri kelshi aniqlangan"[6]. Bunday holatdan xavotirlanmaslik biz uchun asos bo'la olmaydi. Smartfon yaa'niy aqilli telefonlar ommalashib hayotimizning ajralmas bir qismiga aylanib borar ekan global axborot makoning tarkibi qismi sifatida o'zimizni har qachongidan ham teranroq anglashimiz lozim. Chunki bolalar uchun sevimli ovunchoqqa aylangan smartfon va gadjetlardan foydalanish yoki qiziqtirgan multfilmlar hamda video ko'rsatuvlar ko'rish bolalar aqliy faoliyatini rivojlanishga ijobiy ta'sir ko'ratishi amrimahol. Biroq bolalarni tinchlantirishning oson va samarali usuli sifatida ko'rilishini kuzatishimiz mumkin. Bu samarali usul foydamizga ishlamaslik zararini ham baholab ko'rganmizmi? Ayni paytda vaqtimizning assosiy qismini nima uchun sarflaganimizni chamalab ko'rganmizmi?

Bizning ilimy ish yuzasidan o'ztkazilgan kuzatish va tadqiqot hamda so'rovlarinmiz natijasiga ko'ra bo'sht vaqtimizning 70-80 foizini smartfonlarga bog'lanib qolganligimizni ko'rsatmoqda. Bu mavjud hayotiy muammolardan chalg'ish, vaqtni to'g'ri tasarruf etmaslik, bolalarda injiqlikning kuchayishi, telefonsizlikdan xar-xashalarning ortib borishi, diqqatning buzulishi, idroksizlik, turli qo'rqinchli tasvurlar, porno videolar, kattalarda ma'sulyatsizlikning kuchayishiga va

eng muhimi sog'lig'imiz (ko'z kasalliklaring ortib borishi)ga va psixologiya (ruhiyati)mizning jiddiy o'zgarishiga olib kelmoqda. Asosan psixologig (ruxiy) kasalliklar boshka kasalliklarning muxim belgisi sifatida namoyon bo'lmoqda. Shuning uchun ham "Yangi O'zbekistonni barpo etish - bu shunchaki xohish-istak, subyektiv hodisa emas, balki tub tarixiy asoslarga ega bo'lgan mamlakatimizdagi mavjud siyosiy-huquqiy, ijtimoiy iqtisodiy, ma'naviy-ma'rifiy vaziyatning o'zi taqozo etayotgan, xalqimizning asriy orzu-intilishlariga mos, uning milliy manfaatlariga to'la javob beradigan obyektiv zaruratdir"[7].

XULOSA VA TAKLIFLAR (Conclusion/Recommendations)

Xulosa o'rnida shuni ta'kitlashimiz joyizki, "Har qanday jamiyatda axborot hamisha mamlakat taraqqiyotining ko'zgusi, kishilarning ongi, dunyovarashi, siyosiy saviyasining shallanishida asosiy vosita bo'lib xizmat qilib kelgan. Bu holat ayniqsa shiddatli sur'atlar bilan o'zgarib borayotgan bugungi globallashuv zamonida har qachongidan kura keng tarmoq yozdi, binabarin, hayotimizning birorta sohasini ommaviy axborot vositalarsiz tasavur qilib bo'lmaydi"[8].

Ayni chog'da bugungi glballashuv asrida axborotga bo'lgan talab tobora kuchayib borayotganini e'tiborga olish zarur. Shunday ekan, xolis va haqqoniy axborot tarqatish, muammoning bu maqsulotga bo'lgan ehtiyoini qondirish har qachongidan ko'ra bugungi kunda dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI (REFERENCES)

1. https: //www.ixbt.com/games/man-paj itnov. shtml

Дмитрий Гомельский. Демиурги_игового_мира:_Алексей_Пажитнов 11 июня 2 006 https: //youtube. com/watch?v= 1 uer-TvZEE0&si=EnSIkaIECMiOmarE

2. Мухаммад Амин Яхё. Инернетдаги тахдидлардан химоя: Ёрдамчи укув кшлланма. - Тошкент: Movarounnaxr, 2016 - 180 -Б.

3. Мухаммад Амин Яхё. Инернетдаги тахдидлардан химоя: Ёрдамчи укув кшлланма. - Тошкент: Movarounnaxr, 185 - Б.

https: //youtube.com/watch?v= 1 uer-TvZEE0&si=EnSIkaIECMi0marE

4. Кастельс Мануэль. Информационная эпоха. Экономика, общество и культура. - М. 2000. - С. 319-320.

5. Мирзиёев Ш.М. Янги Узбекистон тараккиёт стратегияси. - Тошкент: O'zbekiston, 2022. - Б. 3.

6. Примов, Б. (2012). Ахборот майдонидаги глобаллашув. Таълим тизимида ижтимоий-гуманитар фанлар. Илмий-методологик ва илмий-услубий журнал. 111- Б.

V. Saifnazarov, I. (2022). So'z erkinligi - Yangi O'zbekiston tayanchi. "Falsafaning dolzarb muammolari" mavzuidagi Res. ilmiy-amaliy konferensiya materiallari, Guliston. 129-133 betlar

S. Saifnazarov, I. (2023). Yangi O'zbekiston: inson qadri ulug'langan yurt. -Tashkent: "Ilm-Ziyo-Zakovat" MChJ. - 209.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.