INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
UZLUKSIZ TA'LIM TIZIMIDA AXBOROT XAVFSIZLIGI VA KIBERXAVFSIZLIKNI O'QITISH ZARURIYATI Mavlonov Sherzot Hazratkulovich
Guliston davlat universiteti, Amaliy matematika va axborot texnologiyalari kafedrasi katta
o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.7306523
Annotatsiya. Ushbu maqolada uzluksiz ta 'lim tizimida axborot xavfsizligi va kiberxavfsizlikni ta'minlash, shuningdek, uni faollashtirish va yoshlarni axborot xurujlaridan himoya qilish zarurligi yoritib berilgan.
Kalit so'zlar: axborot xavfsizligi, kiberxavfsizlik, kiberjinoyatchilik, Case-study НЕОБХОДИМОСТЬ ОБУЧЕНИЯ ИНФОРМАЦИОННОЙ БЕЗОПАСНОСТИ И КИБЕРБЕЗОПАСНОСТИ В СИСТЕМЕ НЕПРЕРЫВНОГО ОБРАЗОВАНИЯ
Аннотация. В данной статье подчеркивается необходимость обеспечения информационной безопасности и кибербезопасности в системе неперерывное образования, ее активизации и защиты молодежи от информационных атак.
Ключевые слова: быстрая безопасность, кибербезопасность, cyberjinoiatchick, тематические исследования
THE NEED FOR INFORMATION SECURITY AND CYBERSECURITY TRAINING IN THE SYSTEM OF CONTINUING EDUCATION
Abstract. This article emphasizes the need to ensure information security and cybersecurity in the system of continuous education, its activation and protection of young people from information attacks.
Keywords: fast security, cybersecurity, cyberjinoiatchick, case studies
KIRISH
Bugungi kunda raqamli texnologiyalar jadallik bilan rivojlanim bormoqdaki, inson shunchaki bitta tugma orqali har qanday ma'lumotni uzatish yoki qabul qilish, o'chirish imkoniyatiga ega, lekin u ma'lumotni qay darajada xavfsiz almashilinmoqda yoki boshqa insonga axborot qanchalik xavfsiz yetib borayotganligi haqida o'ylab ko'rmagan. Buning zamirida esa axborot va kiber xavfsizlikda yotadi. Hozirda internet har kunlik hayotning eng tez o'sayotgan infratuzilmasidir. Hozirgi raqamli dunyoda eng so'nggi texnologiyalar inson yashash tarzini o'zgartirib yubormoqda. Lekin yangi chiqayotgan texnologiyalar tufayli biz axborotimizni eng samarali yo'l bilan ham xavfsiz saqlay olmaymiz va shuning uchun kiber jinoyatlar kundan-kunga ko'payib bormoqda. Hozirda 60% dan ortiq moliyaviy kelishuvlar internet orqali amalga oshiriladi, shuning uchun bu soha katta miqdordagi kelishuvlar uchun eng yaxshi sifatli xavfsizlikni talab qiladi. Kiber xavfsizlikning ko'lami faqatgina axborot texnologiyalari sanoatida axborotni himoyalash emas, balki kibermakon kabi boshqa ko'pgina turlarga bo'linadi.
Kompyuter viruslaridan foydalanib hakkerlar dunyo bo'ylab milionlab kompyuterlarni egallab olishlari mumkin. So'ngra ulardan raqamli xarbiy kuch "Botnet" shaklida foydalanishlari, xar xil saytlarga xujum qilishlari va o'z boshqaruviga ega bo'lishi mumkin. Ushbu turdagi xujum tarqatish Rad Qilingan Xizmat (Distributed Denial Off Service) deb ataladi. Hakkerlar juda ko'p so'rovlar yordamida saytni to'ldirib tashlaydi va sayt xatoliklar
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
bilan ishlash va qotiib qolishlar boshlanadi. So'rovlar bir vaqtning o'zida million-milionlab amalga oshiriladi natijada serverlar javob bera olmasligi mumkin.
METOD VA METODOLOGIYA
Bu kabi so'rovlar va xar xil dasturlar(ayqoqchi va buzg'unchi)ning avtomatik ishlashi mobil telefon, shaxsiy kompyuter va noutbooklarda xam kuzatish mumkin.
Kiberjinoyatchilikda ko'plab uchratilayotgan xolat bu insonlarning shaxsiy va plastik karta ma'lumotlariga ega bo'lish. Buning uchun ular elektron pochta yoki mobil telefonlariga xabar, sms ko'rinishidagi spam xabarlarini yuboradi. Katta pul yutuqlari, kam foizli kreditlar, anchagina arzon uy mashina sotuvlari, uyda o'tirib kam vaqtda tez boyib ketish kabi soxta xabarlar bilan e'tiborni jalb qiladi. Kelgan xabardagi xavolaga murojat qilinsa soxta web saytga olib boradi. Shu o'rinda xavola orqali saytga kirilsa foydalanuvchi akkaunt ma'lumotlari o'g'irlab olinadi. Endi akkauntdan ular foydalanishlari va xattoki pullarni o'g'rlashlari, akkaunt orqali mobil telefon va shaxsiy kompyuterlarni boshqarishlari mumkin bo'ladi.
Internetdan foydalanishda axborot xavfsizligi va kiberjinoyatlarning oldini olish uchun ko'plab kompaniyalar, markazlar, qonunlar va hukumat tashkilotlari ishlamoqda. Bu xarakatlar bugungi kunda yetarli emas. Kompyuter yoki saytlar xakkerlik xujumidan aziyat cheksa xavfsizlik tizimi yoki dasturlarning muammosi deb o'ylash mumkin. Kompyuter tizimlarining 90 % xakkerlar tomonidan buziladi, lekin bu xavfsizlik tizimi yoki ximoya dasturlarining kamchiligigina emas. Bu foydalanuvchilarning e'tiborsizligi, axborot xavfsizligi, kiberxavfsizlik, media savodxonliklar bo'yicha yetarlicha bilim va ko'nikmalarga ega emasligi eng katta xatoliklarni keltirib chiqarishga zamin yaratadi.
Respublikamizda xam axborot texnologiyalarining rivojlanishi bilan bir qatorda xo'jalik va davlat boshqaruvi organlarida axboorot xavfsizligini, xususan, kompyuter bilan bog'liq bo'lgan xavfsizlik muammolarini bartaraf etish yo'nalishiga alohida e'tibor qaratilmoqda. 2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasida vazifalar belgilab olindi, shular qatorida «...axborot xavfsizligini ta'minlash va axborotni himoya qilish tizimini takomillashtirish, axborot sohasidagi tahdidlarga o'z vaqtida va munosib qarshilik ko'rsatish» va kiber jinoyatchilikni fosh etish masalalariga alohida e'tibor qaratilgan. Bundan tashqari, "Ilm, ma'rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili"da amalga oshirishga oid Davlat dasturi to'g'risida"gi O'zbekiston Prezidenti Farmonida "2020 yil 1 sentyabrga qadar kiberxavfsizlikka doir milliystrategiya va qonun loyihasi ishlab chiqish" vazifalari belgilangan[1].
TADQIQOT NATIJASI
Axborotlashgan jamiyat - tarmoq orqali tezlik bilan shakllanib bormoqda. Axborotlar dunyosiga sayohat qilishda davlat chegaralari degan tushuncha yo'qolib bormoqda. Jahon kompyuter tarmog'i davlat boshqaruvini tubdan o'zgartirmoqda, ya'ni davlat axborotlarning tarqalishi mexanizmini boshqara olmay qolmoqda. Shuning uchun ham mavjud axborotlarga noqonuniy kirish, ulardan foydalanish va yo'qotish kabi muammolar dolzarb bo'lib qoldi. Bularning barchasi shaxs, jamiyat va davlatning axborot xavfsizligi darajasining pasayishiga olib kelmoqda[4,5].
Asrimizning global muammolari qatoriga yangidan-yangi turlari bilan tilga olinayotgan kiberjinoyatchilik kirib kelganiga ham ancha bo'ldi. Uning bizga ma'lum bo'lgan virusli dasturlarni tarqatish, parollarni buzib kirish, kredit karta va boshqa bank rekvizitlaridagi mablag'larni o'zlashtirish talon-toroj qilish, shuningdek, internet orqali qonunga zid axborotlar,
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
xususan, bo'hton, ma'naviy buzuq ma'lumotlarni tarqatish bilan bashariyat hayotiga katta xavf solayotganidan ko'z yuma olmaymiz.
"Kiberjinoyatchilik" tushunchasi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositalaridan foydalangan holda, virtual tarmoqda dahshat solish, virus va boshqa zararli dasturlar, qonunga zid axborotlar tayyorlash va tarqatish, elektron xatlarni ommaviy tarqatish (spam), xakerlik hujumi, veb-saytlarga noqonuniy kirish, firibgarlik, ma'lumotlar butunligi va mualliflik huquqini buzish, kredit kartochkalari raqami hamda bank rekvizitlarini o'g'irlash (fishing va farming) va boshqa turli huquqbuzarliklar bilan izohlanadi[6].
Shu o'rinda kiberterrorizm va uning jamiyat hayotiga solayotgan xavfining ko'lami ham oshib borayotganini ta'kidlash joiz. Kiberterroristik harakat (kiberhujum) - komp'yuterlar va axborot kommunikatsiya vositalari yordamida amalga oshirilgan, odamlarning hayoti va sog'lig'iga bevosita xavf tug'diradigan yoki potentsial xavf tug'dirishi mumkin bo'lgan, moddiy ob'ektlarga katta zarar etkazishi yoki shunga olib kelishi mumkin bo'lgan, ijtimoiy xavfli oqibatlarning boshlanishi yoki maqsadi bo'lgan siyosiy sababdir. Zamonaviy terrorchilar uchun kibermakondan foydalanishning jozibadorligi kiberhujumni amalga oshirish katta moliyaviy xarajatlarni talab qilmasligi bilan bog'liq.
MUHOKAMA
Ekspertlarning xulosasiga ko'ra, bu rivojlanayotgan davlatlarning taraqqiyotiga ko'maklashish, umuminsoniy demokratik tamoyillarni qaror toptirish niqobi ostida fuqarolar ongiga ta'sir o'tkazish, ularni turli yo'llar bilan o'z maqsadlari sari bo'ysundirish orqali amalga oshirilmoqda[7].
Shu bilan birga axborotni himoyalash hozirgi kunimizning dolzarb muammosi sifatida o'rganilib bu borada davlatimizda turli samarali chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, bu sohada yosh tadqiqotchilar xorijiy amaliyotlarga tayangan holda ish olib bormoqdalaro[8,9].
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 19 fevraldagi "Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PF-5349-son, 2017 yil 7 fevraldagi "O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasi to'g'risida"gi PF-4947-son Farmonlari, 2017 yil 20 apreldagi "Oliy ta'lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-2909-son Qarorida ta'lim muassasalari pedagog-o'qituvchilarining ilg'or pedagogik texnologiyalarni ("Case-study" uslubi, loyihalar uslubi, hamkorlikda o'qitish, interfaol ta'lim uslubi va boshqalar) va zamonaviy axborot texnologiyalarini ta'lim-tarbiya jarayoniga tatbiq etishlari uchun uslubiy va amaliy yordam berish ko'zda tutilgan. Bularning hammasi davlatimiz tomonidan ta'lim-tarbiyaga, shuningdek ularda ilg'or pedagogik va axborot texnologiyalarini qo'llash orqali zamon talablariga javob beradigan kadrlarni, shu jumladan pedagog kadrlarni tayyorlashga alohida ahamiyat berayotganligidan dalolat berayotgganligini ko'rishimiz mumkin[2].
XULOSA
Bundan ko'rinib turibdiki, axborot orqali yoshlar ongiga ta'sir choralarning oldini olish, kiberjinoyatchilikka yo'l qo'ymaslik maqsadida Axborot xavfsizligi va kiber xavfsizlik bo'yicha o'rta va o'rta maxsus ta'limida dars mashg'ulotlarini ko'paytirish, oliy ta'limda esa barcha yo'nalishlarga "Axborot xavfsizligi", "Kiber xavfsizlik asoslari", "Media savodxonlik" fanlari o'qitilsa maqsadga muofiq bo'lar edi.
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
Zero, Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoev ta'kidlaganlaridek "...kiber-jinoyatchilik, odam savdosi, narkotrafik kabi tahdidlar xavfi oshib bormoqda. Bunday tahlikali vaziyatda hushyor va ogoh bo'lib, xalqimizning tinchligi, O'zbekiston manfaatlarini o'ylab yashash zarur [3]."
REFERENCES
1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni "Raqamli O'zbekiston — 2030" strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida T., 2020 yil 5 oktabr, PF-6079-son
2. "Oliy ta'lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori 20.04.2017 y., PQ-2909-son. - "Xalq so'zi" gazetasi, 2017 y., 79 (6773)-son; O'R QHT, 2017 y.
3. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-4947-sonli "2017-2021 yillarda O'zbekistonni rivojlantirish bo'yicha Harakat strategiyasi to'g'risida"gi Farmoni // O'zbekiston Respublikasi Qonun xujjatlar to'plami.- T., 2017.- B.37
4. S.K. Ganiyev, A.A. Ganiyev, Z.T. Xudoyqulov. Kiberxavfsizlik asoslari. O'quv qo'llanma. Toshkent-2020. 303 b.
5. Ganiev S.K., Karimov M.M., Tashev K.A. Axborot xavfsizligi. Darslik (Professor S.K.Ganiev tahriri ostida) Toshkent-2016 366 b.
6. Mavlonov, S. X., & Abdullayev, B. B. O. G. L. (2021). TA'LIM JARAYONIDA CROCODILE ICT DASTURIDAN FOYDALANISH. Science and Education, 2(3), 323327.
7. Toshtemirov D.E., Niyozov M.B., Yuldashev U.A., Irsaliev F.Sh. Resource support of distance course information educational environment // Journal of Critical Reviews ISSN-2394-5125 Vol 7, Issue 5, 2020, pp. 399-400
8. Yuldashev, U.A., Xudoyberdiev, M.Z., & Axmedov, T.B. (2021). O'quv jarayonining sifatini oshirishda zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish. //Academic research in educational sciences, 2(3), 1262-1268.
9. Yuldashev U.A. Use of video lesson creative technologies in the process of electronic education// Scientific-Methodical Journal-T 2021