Научная статья на тему 'AXBOROT TEXNOLOGIYALARI IMKОNIYATLARIDAN FОYDALANISHDA KREATIV YONDОSHUV'

AXBOROT TEXNOLOGIYALARI IMKОNIYATLARIDAN FОYDALANISHDA KREATIV YONDОSHUV Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
kompyuter / texnologiya / kreativ / dastur / modul / elektron / kamolot / g`oya / avtomatlashtirilgan / savodxonlik / informatika / texnika / internet / utilitar / inter faol.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Abduxamidov Sardor Mardanaqulovich, Xoliqova Nilufar Shomurodovna

Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida ta’lim va tarbiya jarayonini kreativ yondoshish orqali zamonaviy ta’lim sharoitida multimediya va internet texnologiyalaridan foydalanib samarali tashkil etish. Axborot texnologiyalarining barkamol shaxsni rivojlantirish, uning mustaqil kasb tanlashi va kasbiy jihatdan o‘z-o‘zini shakllantirish, kasbiy mahoratini o‘stirishda tutayotgan o‘rni va ta’siri ortib borayotganligi va bunda kompyuter texnologiyalarining o‘rni.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «AXBOROT TEXNOLOGIYALARI IMKОNIYATLARIDAN FОYDALANISHDA KREATIV YONDОSHUV»

AXBOROT TEXNOLOGIYALARIIMKONIYATLARIDAN FOYDALANISHDA KREATIV YONDOSHUV

1Abduxamidov Sardor Mardanaqulovich, 2Xoliqova Nilufar Shomurodovna

1Toshkent iqtisodiyot va pedagogika instituti Pedagogika fakulteti v.b., dotsenti Pedagogika

fanlari bo'yicha falsafa (PhD) doktori, 2Boshlang'ich ta'lim yo'nalishi 2-kurs sirtqi 22/35-guruh talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.11207506

Annotatsiya. Umumiy o'rta ta'lim maktablarida ta'lim va tarbiya jarayonini kreativ yondoshish orqali zamonaviy ta'lim sharoitida multimediya va internet texnologiyalaridan foydalanib samarali tashkil etish. Axborot texnologiyalarining barkamol shaxsni rivojlantirish, uning mustaqil kasb tanlashi va kasbiy jihatdan o'z-o'zini shakllantirish, kasbiy mahoratini o 'stirishda tutayotgan o 'rni va ta 'siri ortib borayotganligi va bunda kompyuter texnologiyalarining o 'rni.

Kalit so'zlari: kompyuter, texnologiya, kreativ, dastur, modul, elektron, kamolot, g'oya, avtomatlashtirilgan,savodxonlik, informatika, texnika, internet, utilitar, interfaol.

Аннотация. Эффективная организация учебно-воспитательного процесса в общеобразовательных школах с использованием мультимедийных и интернет-технологий в современных условиях образования на основе творческого подхода. Возрастающая роль и влияние информационных технологий в развитии всесторонне развитой личности, ее самостоятельном выборе профессии и профессиональном самостановлении, развитии профессиональных навыков, роль компьютерных технологий в этом.

Ключевые слова: компьютер, технология, креатив, программа, модуль, электронный, зрелость, идея, автоматизированный, грамотность, информатика, техника, интернет, утилитарный, интерактивный.

Annotation. Effective organization of the education and upbringing process in general secondary schools using multimedia and Internet technologies in modern educational conditions through a creative approach. The increasing role and influence of information technologies in the development of a well-rounded person, his independent choice ofprofession andprofessional self-formation, development of professional skills, and the role of computer technologies in this.

Keywords: computer, technology, creative, program, module, electronic, maturity, idea, automated, literacy, informatics, technique, internet, utilitarian, interactive.

Barcha soalar amaliyotiga jadal kirib borayotgan axborot texnologiyalarini umumta'lim maktablari ta'lim jarayoniga ham tatbiq etish dolzarb masalalardan biri b'lib kelmoqda.

Jumladan mamlakatimizda ham amalga oshirilayotgan uzluksiz ta'lim islohotlari kamol topib kelayotan sog'lom va barkamol avlodni shaxs sifatida ulardagi bor ichki imkoniyatlari, iste'dodlari va qobiliyatlarini ro'yobga chiqarish hamda mantiqiy fikrlovchi mustaqil shaxslarni tarbiyalashga alohida e'tibor qaratilgan.

Bugungi kunda zamonaviy ta'lim sharoitini tashkil etishda multimediya va Internet texnologiyalarining o'rni beqiyos bo'lib axborot texnologiyalarining umumiy ta'lim maktablari ta'lim va tarbiya, muloqot jarayonlarida samarali vosita sifatida foydalanishga keng yo'l ochib berdi. Axborot texnologiyalarining barkamol shaxsni rivojlantirish, uning mustaqil kasb tanlashi va kasbiy jihatdan o'z-o'zini shakllantirish, kasbiy mahoratini o'stirishda tutayotgan o'rni va ta'siri ortib borayotganligini inkor etib bo'lmaydi. Umumiy ta'lim maktablaridagi ta'lim

jarayonida axborot texnologiyalari vositasida o'qituvchi va o'quvchilar oldida quyidagi imkoniyatlar ochiladi, xususan:

- axborot yig'ishning yangi usullarini va ularni qo'llashni bilib oladilar;

- bolalarning fikrlash doirasi kengayadi, bilim olishga qiziqishlari ortadi;

- mustaqil ishlashning roli ortadi, samaradorligi yaxshilanadi;

- bolani aqliy jihatdan rivojlantirishga, hissiy-estetik doirasini kengaytirishga, ijobiy qobiliyatlarini o'stirishga yordam beradi.

Kompyuter va axborot texnologiyalaridan foydalanib, ta'lim sohasida, o'quv faoliyatida va o'quvchilar ijodiy tafakkurini rivojlantirishda yangi imkoniyatlar yaratiladi. Axborot texnologiyalari ta'limni amalga oshish jarayonida hayot bilan uyg'unlashtirishga imkon beradi. O'qitishni kelajakdagi kasbiy faoliyat bilan chambarchas bog'lash imkoniyati paydo bo'ladi. Axborot texnologiyalarini qo'llashda o'quvchi shaxsining butun imkoniyatlarini amalga oshirishga, kompyuter vositalari orqali bolaning bilishga oid, axloqiy, ijodiy, muloqot qilish va estetik imkoniyatlarini, qobiliyatlarini ro'yobga chiqarishga intilish lozim.

Kompyuter va axborot texnologiyalarini o'quvchi shaxsini rivojlantirishning to'laqonli vositasiga aylantirish uchun o'qituvchining o'zi axborot texnologiyalari sohasida bilimdon (salohiyatli) bo'lishi kerak.

Jahon pedagogikasi amaliyotida qator olimlar, jumladan, M.V.Bulanova-Toporkova va boshqalar o'qituvchining axborot texnologiyalari sohasidagi bilimdonligini quyidagi 11 ta sifatlar bilan baholaydilar:

1 - zamonaviy axborot muhitida faoliyat tajribasini baholash va integratsiyalashga qodirlik;

2 - shaxsiy ijodiy sifatlarini rivojlantirishga intilish;

3 - umumiy kommunikativ (o'zaro muloqot qilish) madaniyatining yuqori darajada bo'lishi;

4 - axborot vositasida o'zaro birlashib xatti-harakatlarni bajarish masalasida nazariy tushunchalarning va uni tashkillashtirish tajribasining bo'lishi;

5 - o'zini refleksiyalash (o'z ruhiy holatini tahlil qilish) ehtiyojining bo'lishi;

6 - zamonaviy axborot muhitida faoliyat tajribasini baholash va integratsiyalashga qodirlik;

7 - shaxsiy ijodiy sifatlarini rivojlantirishga intilish;

8 - umumiy komunikativ (o'zaro muloqot qilish) madaniyatining yuqori darajada bo'lishi;

9 - axborot vositasida o'zaro birlashib xatti-harakatlarni bajarish masalasida nazariy tushunchalarning va uni tashkillashtirish tajribasining bo'lishi;

10 - o'zini refleksiyalash (o'z ruhiy holatini tahlil qilish) ehtiyojining bo'lishi;

11 - axborotni qabul qilish, tanlash, saqlash, qayta tiklash, taqdim etish, o'zgartirish va integratsiyalash madaniyatini o'zlashtirish kabi sifatlar avvalom bor shakllanib keyin rivojlanadi.

Pedagog olim V.K.Selevko esa o'qituvchining kompyuter savodxonligini kompyuterli texnologiya mazmunining muhim qismi deb hisoblaydi va uning tarkibiga quyidagilarni kiritadi:

- informatika va hisoblash texnikasining asosiy tushunchalarini bilish;

- kompyuterli texnikaning umumiy tuzilishi va funksional imkoniyatlarini bilish;

- vositalarini (Norton Commander, Windows va boshqalarini) bilish hamda ularning vazifalarini o'zlashtirish;

- tasavvurlarining bo'lishi;

- dasturlaridan foydalanishning boshlang'ich tajribasi;

- zamonaviy operatsion tizimlarni bilish;

- umumiy vazifa bajaradigan zamonaviy dasturning qobiqlar va operatsion;

- hech bo'lmaganda bir matn redaktorini o'zlashtirganlik;

- dasturlashtirish algoritmlari, tillari va paketlari haqidagi boshlang'ich.

Utilitar (amaliy foyda beradigan) vazifalarini bajaradigan amaliy axborot texnologiyalarining asbob-uskuna va dasturiy vositalarining juda jadallik bilan rivojlanib borishi, masalan, yangi avlod kompyuterlarining, yangi dasturlarining chiqishi, turli ta'limiy vazifalarni hal etish qulay texnikafiy imkoniyatlar ochib beradi. Biroq ilmiy izlanishlar o'quv maqsadida foydalaniladigan axborot tizimlari o'z didaktik sifatlariga ko'ra hali ham qoniqarsiz darajada ekanligini ko'rsatadi. Buning sababi shundaki, axborot texnologiyalarini o'qitish maqsadlarida foydalanishning metodik (pedagogik) vositalari axborotlashtirishning texnikaviy vositalari rivojlanishidan ancha orqada qolib ketyapti. Kompyuterning imkoniyatlari juda katta, biroq pedagogik maqsadlarda u yetarli darajada foydalanilmayapti. O'qitish maqsadidagi axborot uni loyihalashtirish bosqichida kiritiladi. Xususan, axborot — avtomatlashtirilgan o'qitish tizimlarining ma'lumotlar bazasini yaratishda, elektron darsliklarni yaratish uchun o'quv materialini tayyorlashda, modellashtiriuvchi turdagi kompyuter tizimlari bilan o'quv ishlarining ssenariylarini, masalalar va mashqlar, test topshiriqlari tuzishda kiritiladi. Axborot texnologiyalari bir yo'la bir necha fan sohalariga informatika, matematika, kibernetika, psixologiya, pedagogika kabi fanlarga oid ma'lumotlarni birlashtiradi. Biroq bu uyg'unlikda psixologik-pedagogik asos yetakchi o'rin tutadi. Axborot texnologiyalarini ishlab chiqish va o'qitish jarayoniga joriy qilish muhim o'rin egallaydi. Yangi axborot texnologiyalari o'quv jarayoni va ilmiy-tadqiqot ishlari uchun katta ahamiyatga ega. Odatdagi ta'limiy texnologiyalardan farqli ravishda, axborot texnologiyalarida mehnat predmeti va uning natijasi sifatida axborot, mehnat quroli bo'lib esa axborotlashtirishning texnikaviy vositalari xizmat qiladi.

Kompyuter vositalari o'quv-tarbiya jarayonining quydagi turli bosqichlarida namoyon bo'ladi;

- o'quvchilarga o'quv materiallarini taqdim etish bosqichida;

- o'quv materialini o'zlashtirishda;

- mustahkamlashda;

- o'zini nazorat qilish bosqichida;

- kompyuter bilan interfaol o'zaro birgalashib, harakat qilish jarayonida;

- o'zlashtirilgan bilimlar, malakalar va ko'nikmalarni takrorlash va o'qitishda;

- erishilgan natijalarni oraliq va yakuniy nazorat qilish va o'z-o'quv materialini qismlarga bo'lish, uni klassifikatsiyalash va tizimlashtirishni takomillashtirish orqali o'qitish jarayoniga va uning natijalariga tuzatishlar kiritish bosqichida foydalanilishi mumkin.

O'quvchilarning bo'sh vaqtlarini o'yin dasturlari, tarmoq bo'yicha kompyuterli o'yinlar, kompyuterli video yordamida tashkil qilish ishlarini tashkil etish maqsadga muvofiqdir.

Axborot muhiti zamonaviy darajadagi axborot bazalari, gipermatn va multimediya, imitatsion o'qitish, elektron kommunikatsiyalar, ekspert tizimlarini kiritadi. Hozirgi kunda kompyuter o'qitishning qudratli vositasiga aylangan.

Kompyuterli texnologiyada o'qituvchinng ishi, quyidagilardan iborat:

- butun sinf o'quv predmeti darajasida o'quv jarayonini tashkillashtirish (o'quv jarayoni grafigi, sirtqi tashhis, yakuniy nazorat);

- sinf ichida o'quvchilarni faollashtirish va ularning ishini muvofiqlashtirish, ish o'rinlarini joylashtirish, yo'riqnoma berish, sinf ichkarisidagi tarmoqni boshqarish kabilar;

- o'quvchilarni individual kuzatish, individual yordam ko'rsatish, bolalar bilan individual "insoniy" munosabat. Kompyuter yordamida individual o'qitishning ko'rish va eshitish obrazlarini foydalanuvchi mukammal variantiga erishiladi;

- axborot muhiti tarkibiy qismlarini tayyorlash, ularning ma'lum bir o'quv fani mazmuni bilan bog'liqligidan iborat.

Xususan, multimediya texnologiyalaridan foydalanib interfaol darslarni o'tkazish yaxshi samara beradi. Odatdagi darsda o'qituvchi dars mavzusi mazmunini bayon qiladi, o'quvchilar esa tinglab, ko'rib, eslab qoladilar, kerakli yozuvlarni daftarlariga yozadilar. Ular har qanday ma'lumotni tayyor holda qabul qiladilar. Aksincha, interfaollik o'quvchilarga o'qitish jarayoniga faol kirishishga imkon beradi. Bolalar shunchaki tinglamaydilar. Ular savollar berib, o'z fikrlarini bildiradilar, o'quv materialining tushunarsiz qismlarini batafsilroq anglab olishga intiladilar, baxslashadilar, o'zlari to'g'risida xulosalarga va yechimlarga keladilar.

Interfaollikda har ikki tomon: o'qituvchi ham, o'quvchilar ham faollik ko'rsatadi, birgalashib, hamkorlikda darsda qo'yilgan maqsadlarga erishadilar.

Biron bir o'quvchi darsdagi asosiy ishdan chekkada qolmaydi. Hamma o'qiydi, hamma bir - birini o'qitadi. Interfaol dars o'qituvchi boshchiligi bilan amalga oshiriladigan an'anaviy o'qitish usullarining va yakka tartibdagi kompyuterli o'qitishning yaxshi tomonlarini birlashtiradi. Kompyuter o'qituvchining faol yordamchisiga aylanadi. Kompyuter slaydlarini foydalanish evaziga interfaol darslar bilishga taqdim etiladigan axborot mazmuni bilan birga, ta'sirchanligi bilan ajralib turadi. Dars mavzusini bayon qilishda o'qituvchi illyustratsiya sifatida slaydlardagi axborotni kerak joylarda taqdim etib boradi.

Rasmlar, grafiklar, jadvallar, diagrammalar, formulalar ovoz jo'rligida, multiplikatsiya elementlari hamkorligida taqdim etilib, o'qituvchining izohlari bilan beriladi.

Asrlar davomida yig'ilgan ilm-fan xazinasini bugungi yosh avlodga o'rgatish, ularni dunyodagi ilg'or va zamonaviy pedagogik texnologiya va axborot tizimlari yordamida jahon standartlariga to'g'ri keladigan mutaxassis kadrlar qilib tayyorlash bugungi davrning dolzarb vazifalaridan biriga aylandi. Hozirgi kunning asosiy talablaridan yana biri, o'quv jarayonini to'liq kompyuter tarmoqlaridan foydalangan holda olib borishdir. Buning uchun kompyuter tarmoqlari, uni tashkil etuvchilari, fandagi o'rni nimalardan iborat, internet tizimi nima va o'qitishda xamda o'quv jarayonida foydalanishda nimalarga e'tibor bermoq kerak degan savollarga javob berish maqsadga muvofiqdir.

O'quv jarayonida axborot texnologiyalaridan foydalanishni rivojlantirishda masofali o'qitish alohida o'rin egallaydi. Masofadan turib o'qitish bu inson o'zining bilim darajasini oshirishni ishlab chiqarishdan ajralmagan holda xoxlovchilar, maktabga borish imkoniyati bo'lmagan, nogironlar, keksa yoshdagilar kabilar uchun katta yo'l ochib beradi. Masofali o'qitishda biz hech kimni majbur qila olmaymiz. Bunda xoxlovchi o'z imkoniyatiga qarab muloqot qilish, qo'shimcha axborot to'plash va fikr almashish imkoniyatiga ega bo'ladi. Masofali o'qitish hozirgi kunning barcha talablariga javob beradi, ayniqsa, yo'l xarajatlarini hisobga olmaganda, kunduzgi ta'limni barcha sistemalarini tashkil qilish mablag'lariga ham o'z ta'sirini ko'rsatadi. Ma'lumki, ko'p yillar davomida sirtqi ta'lim asosan televedeniya, radio yoki matbuot orqali amalga oshirilib kelinmoqda. Lekin bularni amalga oshirish ko'pgina faktorlar hisobida qiyinchilik bilan amalga oshirilib kelindi. Yangi axborot texnologiyalari asosida masofali o'qitishni tashkil qilishning bir qator usullari mavjud: bular interfaol televedeniya, telekommunikatsiyalar asosida, o'quv radio va televedeniya, videolar va hokazolar.

So'ngi yillarda quydagi masofali o'qitish keng tarqalmoqda:

1. Interfaol (TV) televedeniya;

2. Axborot almashinuviga asoslangan kompyuterli telekomunikatsiya setlari;

3. Multimediali, interfaol rejimli, videokonferentsiyalar o'tkazish imkoniga ega kompyuterli telekomunikatsiya setlari;

4. Birinchi va ikkinchi turlar kesimida.

Masofadan o'qitish bu Internet tarmog'i orqali sizga qulay bo'lgan vaqtda o'qishdir. Masofadan o'qitishning tarkibiy belgilari: o'qituvchi, o'quvchi, kommunikatsiyadir. Masofadan o'qitish uslubiy materiallari quyidagilardir:

• Darslik

• Audio va video darsliklar

• Onlayn darslar (Internet saxifa)

• Elektron kutubxonalar

• Testlar

• Mul'timedia elektron darsliklar

Shunday qilib, masofadan o'qitishda virtual kutubxonalar, sputnik orqali videokonferentsiyalar, darslar, internet yordamida muloqot va informatsiya olish imkoniyatlari paydo bo'ldi. Bu esa o'quvchi uchun maxsus o'qish doirasini berdi.

O'quvchining fanni o'zlashtirish tezligi va sifati keskin yaxshilandi. Xulosa o'rnida shuni aytishimiz mumkinki bugungi kun ta'lim tizimiga kompyuter texnologiyalaridan keng foydalanish orqali o'qituvchining axborot texnologiyalari sohasidagi bilimdonligini oshirish, kompyuter vositalari o'quv-tarbiya jarayonining turli bosqichlarini amalga oshirish imkoniyatlari mavjudligini, XXI asr ko'nikmalariga ega konstruktiv, faol, qiziquvchan va jamiyatda tashabbuskor, faol fuqarolik pozitsiyasini egallaydigan, hal qiluvchi qarorlarni mustaqil ravishda qabul qiladigan, bilim va ko'nikmalarini hayotiy vaziyatlarda qo'llay oladigan, mulohazali shaxs sifatida shakllantirish imkoniyatlardan oqilona foydalanishimiz kerakligini ko'rishimiz mumkin.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1. G.Ochilova. Ta'lim texnologiyalari. O'quv qo'llanma. 2019.

2. Бурхонов А. А. Педагогик технологиялар. O'quv qo'llanma. 2019.

3. Tojiboeva D., Yo'ldashev А. Maxsus fanlarni o'qitish metodikasi. 2014.

4. Юзликaeвa Э., Мaдьярoвa С., Янбaрисoвa Э., MopxoBa И. Теория и npaKiwa общей пeдaгoгики. 2014.

5. Hakimova M.F. Pedagogik texnologiyalar. O'quv qo'llanma. 2013.

6. KXAvliyaqutov, N,N.Musaeva. pedagogik texnologiya. Oliy o'quv yurtlari uchun darslik. 2012.

7. Atamuratova va boshq. Mutaxassislik fanlarini o'qitish metodikasi. 2008.

8. Xasanboev J, To'rakulov X., Xaydarov M., Hasanboeva O. Pedagogika fanidan izohli lug'at. 2008.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.