Научная статья на тему 'AXBOROT-KUTUBXONA MUASSASALARIDA REKLAMANING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI VA ULARNING TURLARI'

AXBOROT-KUTUBXONA MUASSASALARIDA REKLAMANING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI VA ULARNING TURLARI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
1596
96
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
marketing / reklama / tovar / resurs / tadbirkorlik / iste’molchi / ehtiyoj / talab / mijoz / kutubxona / tashqi reklama / kitob kо‘rgazmalari / bukletlar / bosma katalog / kitob sharxlari / bibliografik rо‘yxatlar

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Dildoraxon To‘Ychiyeva

Ushbu maqolada hozirgi zamon shiddat bilan rivojlanish sharoitida zamonaviy axborot-kutubxona muassasalarida kutubxona xizmati va intellektual mahsulotlarni nufuzini oshirishning muhim shakllaridan biri kutubxona reklamasining o‘ziga xos xususiyatlari va ularning turlari haqida fikr yuritiladi. Kutubxona-axborot faoliyatida reklamaning ahamiyati va unga qo‘yiladigan talablar, asosiy vazifalari, yo‘nalishlari, bosqichlar va turlariga to‘xtalib o‘tiladi. Kutubxonaaxborot muassasalarida reklamaning turli usullaridan foydalanish, avvalo kutubxonaning mavqeini oshirsa, ikkinchi tomondan kitobxonlar sonining ortishiga va ularga samarali xizmat ko‘rsatishni yanada yuksaltirishga qaratilganligini e’tirof etadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «AXBOROT-KUTUBXONA MUASSASALARIDA REKLAMANING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI VA ULARNING TURLARI»

"Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal / ISSN 2181-063X Volume 4 Issue 1 / February 2023

AXBOROT-KUTUBXONA MUASSASALARIDA REKLAMANING O'ZIGA XOS XUSUSIYATLARI VA ULARNING TURLARI

Dildoraxon To'ychiyeva

O'zbekiston davlat san'at va madaniyat institutining Farg'ona mintaqaviy filiali

Annotatsiya: Ushbu maqolada hozirgi zamon shiddat bilan rivojlanish sharoitida zamonaviy axborot-kutubxona muassasalarida kutubxona xizmati va intellektual mahsulotlarni nufuzini oshirishning muhim shakllaridan biri kutubxona reklamasining o'ziga xos xususiyatlari va ularning turlari haqida fikr yuritiladi. Kutubxona-axborot faoliyatida reklamaning ahamiyati va unga qo'yiladigan talablar, asosiy vazifalari, yo'nalishlari, bosqichlar va turlariga to'xtalib o'tiladi. Kutubxona-axborot muassasalarida reklamaning turli usullaridan foydalanish, avvalo kutubxonaning mavqeini oshirsa, ikkinchi tomondan kitobxonlar sonining ortishiga va ularga samarali xizmat ko'rsatishni yanada yuksaltirishga qaratilganligini e'tirof etadi.

Kalit so'zlar: marketing, reklama, tovar, resurs, tadbirkorlik, iste'molchi, ehtiyoj, talab, mijoz, kutubxona, tashqi reklama, kitob ko'rgazmalari, bukletlar, bosma katalog, kitob sharxlari, bibliografik ro'yxatlar

SPECIFIC CHARACTERISTICS OF ADVERTISING IN INFORMATIONLIBRARY INSTITUTIONS AND THEIR TYPES

Dildorakhan Tuychiyeva Fergana regional branch of Uzbekistan State Institute of Arts and Culture

Abstract: In this article, one of the important forms of increasing the prestige of library services and intellectual products in modern information-library institutions in the conditions of rapid development of the present time, the specific characteristics of library advertising and their types are discussed. The importance and requirements of advertising in library-information activities, main tasks, directions, stages and types are discussed. It is recognized that the use of various methods of advertising in library and information institutions, first of all, increases the status of the library, and secondly, it is aimed at increasing the number of readers and improving their effective service.

Keywords: marketing, advertising, commodity, resource, entrepreneurship, consumer, need, demand, customer, library, outdoor advertising, book fairs, booklets, printed catalog, book reviews, bibliographic lists

Marketing faoliyatining asosiy maqsadi turli xil pulsiz va pullik xizmatlarni joriy etish emas, balki iste'molchilarni ularga bo'lgan ehtiyojlarini ta'minlashdir. Bu maqsadlarni amalga oshirishda kutubxonaning intellektual mahsulotlari va xizmatlarini nufuzini oshirish uchun reklama xizmat qiladi. Kutubxona xizmati va intellektual mahsulotlarni nufuzini oshirishning muhim shakli kutubxona reklamasidir. Reklama (lot. reklamo - qichqirmoq) - tovarlarning sifati, ularni sotib olishdan ko'riladigan naf haqidagi axborot. Reklamaning asosiy vazifasi - xaridorni qiziqtirish, mijoz xaridorlarni yo'qotmaslik va ularni kengaytirishga qaratiladi. Kutubxona-axborot faoliyatida reklamaning ahamiyati juda katta. U kutubxona haqida, undagi xizmatlar va mahsulotlar haqida aniq va potentsial iste'molchilarga axborot beradi va shu bilan ulardan foydalanishni rag'batlantiradi. Kutubxona reklamasi funksiyasiga resurslar, kutubxona xizmatlari va mahsulotlariga bo'lgan talablarni shakllantirish va yangi axborot-kutubxona xizmatlarini ommalashtirish kiradi.

Kutubxona reklamasining o'ziga xosligi shundan iboratki, avvalom bor, kutubxona fondi, uni turli xil iste'molchilar guruhi talablarini qondirishdagi imkoniyatlari haqida axborot berishda namoyon bo'lishidir. Respublikamiz kutubxonalari o'z reklama amaliyotida O'zbekiston Respublikasining "Reklama to'g'risida" (1998-yil, 25-dekabr) Qonuniga rioya qilishlari kerak. Qonun o'z oldiga -mahsulotlar, xizmatlar axborotini shakllantirish,tadbirkorlik va iste'mol madaniyatini takomillashtirish, reklamani davlat va jamoat manfaatlariga, ahloq va ma'naviyatning umume'tirof etilgan meyorlariga moslash, yuridik va jismoniy shaxslarning ishchanlik qobiliyatini oshirish, atrof-muhitni muhofazalash choralarini ta'minlash, mahsulot tayyorlash usuli va joyi, iste'mol xususiyatlari, sifati va iste'molchilarni chalg'itadigan yolg'on va noaniq mahsulotlar, xizmatlarni reklama vositasida tarqalishini oldini olishni vazifa qilib qo'ydi.

Kutubxona reklamasiga qo'yiladigan asosiy talablar:

- aniq va potentsial iste'molchilarni keng qamrab olish;

- reklamani ularni talab va ehtiyojlariga mos kelishi;

- jadallik va ishontirarlilik;

- doimiy yangilanib borish;

- qisqa va lo'ndalik, jo'shqinlik;

- reklama xabarlarini yengil eslab qolishlilik;

- topqirlik va tezkorlik;

- aniqlik, rang-baranglik, ko'zga yaqqol tashlanishlilik;

- xizmat darajasini reklamaga mos kelishi;

- bozor talablari mazmuni va shakllariga, alohida kitobxonlar qiziqishlariga mos kelishi.

Reklama iste'molchilarni kutubxona xizmatlari va uning intellektual mahsulotlariga diqqatni jalb qilishi, qiziqtirishi va reklamada ko'rsatilgan xizmatlardan foydalanishga undashi kerak. Faqat shunday reklamagina aholini kutubxonaga bo'lgan ishonchini oqlashi, iste'molchilarni boshqarish vositasi sifatida xizmat qilishi mumkin.

Kutubxona reklamasi bir necha yo'nalishlarda bo'ladi:

- ma'lum bir mintaqada mavjud kutubxonalar tarmog'i, ularni imkoniyatlari haqida axborot berish bo'yicha;

- kutubxona yoki uning bo'limlari haqida axborot berish bo'yicha;

- kutubxona fondi, uning tarkibi va tuzilishi haqida axborot beruvchi;

- kutubxona ko'rsatadigan xizmatlar va uning intellektual mahsulotlari haqida axborot beruvchi.

Kutubxonaning reklama faoliyati asosini marketing kommunikatsiyasi tashkil etadi. U doimiy ravishda bozor bilan aloqada bo'lish, kutubxona uning fondlari, resurslari, mahsulotlari va xizmatlari haqida ma'lumot berishga yo'naltirilgan bo'ladi.

Kutubxona reklama faoliyati quyidagi bosqichlardan tashkil topadi, reklama faoliyatining vazifalarini belgilash, reklamaga sarflanadigan byudjetni aniqlash, reklama xabarlarini yaratish, reklamani tarqatish vositalarini tanlash.

Reklama faoliyati vazifalariga quyidagilar kiradi, aholi o'rtasida kutubxona, uning resurslari, xizmatlari va intellektual mahsulotlari haqida ma'lum bir bilimlar darajasini shakllantirish, iste'molchilarga reklama turlarini ta'sir ko'rsatishini aniqlash, kutubxona xizmati yoki mahsulotlarning asosiy iste'molchilarini aniqlash, reklama bilan qamrab olish uchun zarur bo'lgan bozor segmentini ajratish, iste'molchilarni iste'mol xulqini, reklamaga javob reaktsiyasini, taklif qilinayotgan xizmatlar haqida iste'molchilarning xabardorligini o'rganish.

Reklama faoliyatining asosida ixcham, yorqin va obrazli axborot vositasida kutubxona resurslari va xizmatlarini yaratish yotadi.

Reklama faoliyatini kutubxonalar uchun maqbul bo'lgan quyidagi turlari mavjud, ommaviy axborot vositalaridagi reklamalar, tashqi reklama, kutubxona ichidagi reklama, reklama axborot materiallar, shaxslararo munosabatdagi reklama.

Kutubxonalar mahalliy matbuotda reklamadan faol foydalanmoqdalar. Lekin narxini qimmatligi munosabati bilan axborotni keng auditoriyaga zudlikdan yetkazib berishi va boshqa ko'plab imkoniyatlarga ega bo'lgan radio va televideniyadan baxtga qarshi kamroq foydalanilmoqda. Shuning uchun ham kutubxonalar ommaviy axborot vositalarida to'g'ridan to'g'ri reklamalarni emas, balki ularni kutubxonalar faoliyati haqidagi maqolalar, xabarlar, xodimlar va kitobxonlar bilan intervyular olib borish hamda kutubxona faoliyati haqida maxsus tayyorlangan xabarlar - press-relizlar orqali amalga oshirishlari mumkin.

I ícclT^^^^H http://oac.dsmi-qf.uz

Kutubxonaning reklama faoliyatida kutubxonaning tashqi reklamasi muhim ahamiyatga ega. Tashqi reklama - bu kutubxona tashqarisida har xil lavhalar, plakatlar, planshitlar shaklidagi shitlarga o'rnatilgan kutubxona faoliyati, undagi xizmatlar va kutubxonaning intellektual mahsulotlari reklamasidir. Ko'pchilik hollarda tashqi reklama obyektlarining asosiy funksiyasi kutubxona tomonidan ko'rsatiladigan xizmatlar to'g'risida ommaga eslatish yo'li bilan boshqa ommaviy axborot vositalarida joylashtiriladigan reklamani to'ldirish va mustahkamlash hisoblanadi. Bunday hollarda tashqi reklamaning bir qancha zarur qoidalariga amal qilish lozim. Bular: ko'zga tezlikda tashlanish, o'ziga e'tiborni jalb qilish, qisqalik va lo'ndalik, tushunarli bo'lish, yurib keta turib o'qish mumkinligi.

Ayrim kutubonalarda tashqi reklamani tashkil etish uchun imkoniyatlar cheklanganligini hisobga olib kirish joyida uncha katta bo'lmagan osma vitrina joylashtirish maqsadga muvofiq bo'ladi. Vitirinaga o'z tadbirlari va xizmatlar to'g'risidagi dolzarb axborotni, o'zining reklama takliflari haqidagi rangli varaqalar joylashtiriladi. Asosiy kirish joyidan uncha uzoq bo'lmagan masofada har xil geometrik shakllarda ko'cha reklamasini joylashtirish mumkin. Bunday reklama kutubxonaga kirish joyini go'zallashtiribgina qolmay, balki o'tib ketayotgan yo'lovchini "to'xtashga" majbur qiladi. Kutubxona bilan tanishtiruv uning ijobiy obrazini yaratishdan boshlanadi, uning tashqi va ichki bezalishi bunga yordam beradi. Kutubxona binosiga tashrif etuvchilarda kutubxona keng, qulay, va erkin harakat qila oladigan joy sifatida taassurot qoldirishi lozim. Bezash ishlari kutubxona binosining fasadidan, kutubxona peshlavhasidan, ish rejimi haqidagi axborotdan boshlanishi zarur.

Kutubxona to'g'risidagi birinchi taassurot uning vestibyulidan boshlanadi. Vestibyul- bu kutubxonaning o'ziga xos pasportidir. Kitobxon vestibyulga qadam qo'yar ekan, o'zi uchun kerakli bo'lgan adabiyotni topish uchun endi qaysi tomonga yo'l olishini bilishi zarur. Buning uchun vestibyulda ish rejimi, kutubxonaga a'zo bo'lish tartib qoidalari, katalog zali va bo'limlarni qanday joylashganligi va boshqa axborotlar bo'lishi kerak. Kitobxonaga bu borada har xil yo'l ko'rsatkichlar yordam berishi mumkin. Bundan tashqari kutubxona intererida o'simliklar, turli xona gullari bo'lishi uni bezabgina qolmay, balki o'ziga xos mikroiqlim hosil qilishiga ko'maklashadi.

Shuni ham alohida ta'kidlab o'tish lozimki, ranglar kutubxona intereri uchun muhim ahamiyatga ega. Ranglar kishini tinchlantirishi, ayrimlari ko'zg'atishi, kayfiyatni oshirishi yoki aksincha bo'lishi mumkin. Kutubxona reklamasida bu omillarga alohida e'tibor bilan qarash kerak. Kutubxona vitrinasi yoki intererini bezash uchun ranglarning uyg'unligini o'ylab ko'rish lozim, biroq ular kutubxona tomonidan umumiy firmali uslubga muvofiq bo'lishi kerak.

Kutubxona ichki reklamasida kutubxonaning resurs bazasi va xizmatlari to'g'risidagi birlamchi ma'lumotlar muhim ahamiyatga ega. Bular kutubxona prospekti va bukletlar orqali amalga oshiriladi. Prospekt kutubxonaning tashrifnomasi hisoblanadi va u bilan kutubxonaga yangi a'zo bo'lgan kitobxonlar tanishtiriladi. Prospekt kutubxona yubileyiga yoki biror boshqa voqeaga bag'ishlanishi ham mumkin. Buning uchun faoliyat yo'nalishlari to'g'risida batafsil ma'lumotlar, suratlar, diogrammalar va boshqa ma'lumot beruvchi vositalar bilan birgalikda bayramona nashr tayyorlasa ham bo'ladi. Ularda tarixiy ocherklar, bo'limlar faoliyati to'g'risidagi ma'lumotlar, kutubxonaning asosiy nashr ishlarining bibliografik ro'yxati, kutubxona jamoasining fotosuratlari joy olishi mumkin. Prospekt muqovasida, odatda yubiley bilan bog'liq qaydlar, interer yoki kutubxona binosining fasadi, firma belgilari joylashtiriladi. Matn, ko'pincha mashhur shaxslar yoki kutubxona direktorining murojaati bilan boshlanadi. Prospektda fotosuratlar hamda kutubxonani shahar yoki tumanning qayerida joylashganligi xarita orqali ko'rsatilishi, kutubxonaga olib boradigan transportlar va bekatning nomi ko'rsatilishi mumkin.

Sof kutubxona aksessuarlari ham reklama axboroti berishi mumkin. Bular kitobxon va kitob formulyarlari, kitob qo'yiladigan moslamalar, kitobxonlarni mulohazalari daftari, yillik hisobotlar va ish rejalari va h.lar.

Kutubxonalar faoliyatida an'anaviy, ya'ni uzoq yillardan beri qo'llanib kelinayotgan bir qancha reklama turlari mavjud. Bularga, kitob ko'rgazmalari, bukletlar, reklama varaqalari, bosma kataloglar, kitob sharxlari, bibliografik ro'yxatlar va boshqalarni ko'rsatish mumkin.

Kitob ko'rgazmalari - bu kutubxonada va undan tashqarida ham tashkil etilishi mumkin bo'lgan reklama usulidir. Reklamani bu turi ko'proq jamoat joylarida tashkil etiladi, biron bir mavzuga, sanaga yoki shaxsga, shu bilan birga yangi chop etilgan adabiyotlar bo'yicha bo'lishi mumkin.

Bukletlar - maxsus nashr hisoblanib, ular biror firma yoki tashkilotlarga bag'ishlangan alohida nashr turidir. Mazkur nashr turida reklama matnlari bilan bir qatorda fotosuratlar, reklama qilinayotgan kutubxona yoki tashkilotning asosiy faoliyat yo'nalishlari, qisqacha tarixi, homiylari, istiqbol rejalari aks etadi. Rivojlangan mamlakatlarda bukletlardan reklama maqsadida foydalanish tadbirkor kishilarning asosiy vositalariga aylangan.

Reklama varaqalari - ular odatda bir varaq qog'ozga, bir xil rangda yoki tasvirli qog'ozlarga tushiriladi. Unda faqat matn materiallari va tasviriy materiallar berilishi mumkin. Bu usuldan ko'proq ko'rgazma, yarmarka, kinofestivallar o'tkazilganda tomoshabinlarni diqqatini tortish maqsadida foydalaniladi.

Bosma kataloglar - kutubxonaning reklama ishida alohida ahamiyat kasb etadi. Yangi nashr etilgan adabiyotlar ro'yxatlari keyingi vaqtlarda alohida katalog jurnallari sifatida aks etmoqda. Bunda iste'molchi o'ziga ma'qul bo'lgan yoki

I [ccñ^^BI 306 http://oac.dsmi-qf.uz

ehtiyojidan kelib chiqqan holda adabiyot tanlash huquqiga ega bo'ladi. Shu bilan birga, bosma katalogda kitobning shifri bo'lganligi sababli, zudlik bilan buyurtma berish imkoniyati yaratiladi.

Kitob sharxlari - bu usul kitobxonlar guruhiga mo'ljallab tuziladi. Kitob sharxlari ham ma'lum bir mavzuga, shaxsga yoki biron bir sanaga shu bilan birga yangi chop etilgan adabiyotlar bo'yicha o'tkazilishi mumkin. Bu usul orqali adabiyotlar reklama qilinishi bilan birga, kutubxona faoliyati ham reklama qilinadi.

Bibliografik ro'yxatlar - ma'lum bir sohalarga, mavzularga yoki kitobxonlar guruhining ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda tuziladi.

Yuqorida qayd etib o'tilgan barcha reklama usullarida kutubxonadagi mavjud xizmatlar, intellektual mahsulotlar, kutubxonaning resurslari va potentsial imkoniyatlari ham targ'ib qilinishi shart. Kutubxona-axborot muassasalarida reklama usullaridan foydalanish birinchi navbatda kutubxonaning nufuzini oshiradi, qolaversa kitobxonlar sonining oshishi va ularga samarali xizmat ko'rsatishni yanada yuksaltiradi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Axborot-kutubxona faoliyati to'g'risida: O'zbekiston Respublikasi Qonuni.-280-son. 2011-yil 13-aprel // Xalq so'zi.-2011.-14 apr.

2. O'zbekiston Respublikasi aholisiga axborot-kutubxona xizmati ko'rsatish tizimini yanada takomillashtirish to'g'risida: PQ-4357 // Xalq so'zi.-2019.-8 iyun.

3. Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ'ib qilish bo'yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi to'g'risida: PQ-3427. 2017-yil 13-sentabr// Xalq so'zi.-2017.-14 sent.

4. Maxmudov M.X. Kutubxona - axborot faoliyati menejmenti: O'quv qo'llanma.-T.,2007.-150 b.

5. Axborot-kutubxona va axborot-resurs markazlari ishini tashkil qilish.-T.: A.Navoiy nomidagi O'zbekiston Milliy kutubxonasi nashriyoti, 2007.-68b.

6. Клюев В.К., Ястребова Е.М. Маркетинговая ориентация билиотечно-информационной деятельности: Учебное пособие -M.: Издательство Моск. Гос. Инст. культуры. 1999.-144 ст.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.