Научная статья на тему 'ZAMONAVIY KUTUBXONALAR VA ULARNING FAOLIYATI'

ZAMONAVIY KUTUBXONALAR VA ULARNING FAOLIYATI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
1386
137
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
Kutubxona / kitob / qaror / farmon / kitobxonlik / axborot-resurs markazi / jamoat kutubxonasi / tendensiya / emotsiya

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Asal Farhod Qizi Xayriddinova, Mo‘Minmirzo Zokir O‘G‘Li Xolmo‘Minov

Mazkur maqolada zamonaviy kutubxonalar, ularning faoliyati, zamonaviy kutubxonachining vazifalari, faoliyati, jahondagi eng mashhur kutubxonalar, yurtimizda yangi tashkil qilingan kutubxonalar va shuningdek, kitobxonlikni rivojlantirish hamda ularni keng ommaga targ‘ib qilish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar xususida so‘z boradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «ZAMONAVIY KUTUBXONALAR VA ULARNING FAOLIYATI»

"Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal / ISSN 2181-063X Volume 4 Issue 1 / February 2023

ZAMONAVIY KUTUBXONALAR VA ULARNING FAOLIYATI

Asal Farhod qizi Xayriddinova Ilmiy rahbar: Mo'minmirzo Zokir o'g'li Xolmo'minov mominmirzoxolmominov@gmail.com

Annotatsiya: Mazkur maqolada zamonaviy kutubxonalar, ularning faoliyati, zamonaviy kutubxonachining vazifalari, faoliyati, jahondagi eng mashhur kutubxonalar, yurtimizda yangi tashkil qilingan kutubxonalar va shuningdek, kitobxonlikni rivojlantirish hamda ularni keng ommaga targ'ib qilish bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlar xususida so'z boradi.

Kalit so'zlar: Kutubxona, kitob, qaror, farmon, kitobxonlik, axborot-resurs markazi, jamoat kutubxonasi, tendensiya, emotsiya

MODERN LIBRARIES AND ACTIVITIES

Asal Farhod kizi Khayriddinova Research advisor: Muminmirzo Zokir ugli Kholmumminov

mominmirzoxolmominov@gmail.com

Abstract: This article talks about modern libraries, their activities, tasks and activities of a modern librarian, the most famous libraries in the world, newly established libraries in our country, as well as the work being done on the development of reading and their promotion to the general public.

Keywords: library, book, decision, decree, reading, information recource center, public library, trend, emotion

Kutubxona-inson ichki olami ruhiyatining eng kata xazinasidir.

Faylasuf Leybnis

O'zbekiston shaharlari azaldan ilm-fan markazi sifatida mashhur bo'lgan Shaharlarda kutubxonalar (arabcha kutub- "kitoblar", forscha xona- "uy" degani) faoliyat ko'rsatgan. Kutubxonalar axborot yig'iladigan joy hisoblangan. Kutubxonalarda kitob, gazeta, jurnal, video va audiotasma shaklida bo'lgan axborotlar manbalari bo'lgan [1:1]). Ayniqsa, IX-XII asrlarda, Amir Temur va Temuriylar davrida mamlakatda ulkan kutubxonalar tashkil etildi, ilm-fan yuksaldi. Keyingi asrlar, xususan xonliklar davrida ham mintaqadagi yirik shaharlar xususan, Samarqand, Buxora, Xiva, Qo'qon shaharlarida hukmdorlar saroylarida yirik kutubxonalar faoliyat yuritgan.

Sadri Ziyo ma'lumotlariga qaraganda, XX asrning boshida birgina Buxoro shahrida 13 ta kutubxona, 96 ta qiroatxona bor edi. Buxoro shahrida hukmdor saroyidagi kutubxonada xitoy, uyg'ur, pushtu, fors, arab va boshqa tillardagi qo'lyozmalar saqlangan. Kutubxonada kitobdor, mushrif, risolachi va mirzolar xizmat qilgan. O'sha davrlarda kutubxonalarni tashkil etishdan asosiy maqsad eng avvalo yoshlar, maktab o'qituvchilari, madrasa talabalari, ziyolilarni yangi adabiyotlar, darsliklar, matbuot bilan muntazam tanishtirib borish edi. Chunki bu adabiyotlar va gazetalarni boshqa biror joydan topish amri mahol edi.

Bugungi kunda davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev jamiyat hayotida ezgu qadriyat va an'analarni chuqur qaror toptirishga, xususan, xalqimiz, ayniqsa, yosh avlodning ma'naviy-intellektual salohiyati, onggu-tafakkuri va dunyoqarashini yuksaltirishda, ona Vatani va xalqiga muhabbat va sadoqat tuyg'usi bilan yashaydigan barkamol shaxsni tarbiyalashda beqiyos ahamiyatga ega bo'lgan kitobxonlik madaniyatini oshirishga alohida e'tibor qaratib, ko'plab qaror va farmonlarni qabul qilib, hayotga tadbiq emoqda. Xususan, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekiston Respublikasi aholisiga axborot-kutubxona xizmati ko'rsatishni yanada takomillashtirish to'g'risida"gi va Vazirlar Mahkamasining "Axborot-kutubxona muassasalarida abxorot-kutubxona resurslarini hisobga olish, fondlarini saqlash va hisobdan chiqarish sohasidagi ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to'grisida" gi qarori qabul qilindi[2:1]. Mazkur qarorlarning barchasi kitobxonlikni rivojlantirish, uni targ'ib qilishga qaratilgandir.

"Kitob", "Kutubxona", "Kitobxonlik" so'zlarining o'zagi aslida arabchadan olingan va bir maqsadga, ya'ni inson ma'naviatini boyitishga xizmat qiladi.

Fan va texnika taraqqiy etgan davrda kutubxonalarning missiyasi o'zgardi, kutubxonachining professional faoliyatida ham qoidalar yangilanishiga ehtiyoj paydo bo'ldi. Endi tadbirlar miqdori, kitobxonlar va berilgan kitoblar soni kabi ko'rsatkichlar Axborot-resurs markazi faoliyatini baholashda bosh omil bo'la olmaydi. Kutubxonachidan audiovizual va elektron hujjatlar, zamonaviy texnika bilan ishlash malakasi ham talab etiladi.

Aslida kutubxonachi kim? Zamonaviy kutubxonachidan nima talab qilinadi? Kutubxonachi o'quvchilarga formulyarlar ochadi, unga berilgan kitoblarning nomi va raqamlarini yozib qo'yadi. Kutubxonada tartibni saqlaydi, eskirgan kitoblarni ta'mirlaydi, yaroqsiz holga kelgan kitoblarni ro'yxatini tuzadi, yangilarini qabul qiladi, tizimli va alifboli kataloglarni to'ldiradi, o'quvchilar bilan suhbatlar o'tkazadi. Faqat shumi? Aslida, bu kutubxonachining ishi bu qadar oddiy va oson emas. Zamonaviy kutubxonachi o'quvchilarning kichik tirajda nashr etilgan yoki bo'lmasa, ancha oldin chop etilgan va qayta bosilmagan kitoblar orasidan eng siyraklari bilan tanishishi uchun imkoniyat yaratishi kerak. Shuningdek, elektron kutubxona va elektron baza bilan ishlay olish, foydalanuvchilarga kitob, elektron kitob va kerakli saytlarni topishda

I icclT^^^^H ^ http://oac.dsmi-qf.uz

ko'makllashish ham ulaming vazifasiga kiradi. Zamonaviy kutubxonachi nafaqat internet tizimining mohir foydalanuvchisi bo'lishi, balki, u kutubxona qidiruv tizimlarini ham yaxshi tushunishi kerak. Bu hozirgi yangi rivojlanish bosqichiga o'tayotgan davlat kutubxonachisining missiyasidir.

Yaxshi kitobni chiroyli kutubxonada o'qish - bu, albatta ideal uyg'unlik. Tarixga nazar solsak, ilk kutubbxona taxminan eramizdan 2600-yillar avval paydo bo'lgan ekan. Ammo afsuski u davrda ma'lumotlarning barchasini saqlab qoluvchi arxivlar mavjud bo'lmagan bo'lsa-da bizgacha ular kelmagan. Hozirgi zamonaviy kutubxonalar esa shu qadar qulay, o'ziga xos tarzda bunyod etilmoqdaki, ularni ko'rib barchaning ko'zi quvnaydi. Xo'sh zamonaviy kutubxonalar nimasi bilan ajralib turadi? Ularning noodatiy dizaynidan tortib, kitoblarning turli shakllarda nashr etilganigacha e'tiborni tortmay qolmaydi. Zamonaviy kutubxonalar yangicha arxitektura uslubida bo'lib kitobxonlarni hayratga solishi tayin.

Eng yaxshi mudofaa - bu o'zgaruvchanlik, mohiyatni saqlab qolgan holda yangi shaklga o'tish qobiliyatidir. Bu kutubxonalarning mavjudligiga ham tegishli. Agar ular zamon talablariga yarasha o'zgarmasa, insonlar o'zlari uchun tezda yangi dastur topadilar, kitoblarni o'choqqa uloqtirishadi! Kutubxona binolarini esa tijorat muassasalariga aylantirishadi. Kutubxonalar o'zgarishi kerak. Kelajak kutubxonalarini yaratish kerak. G'arbda ham, Rossiyada ham bu tendensiya allaqachon namoyon bo'lmoqda. Ularning ba'zilarini taqdim etaman.

Aqshda jamoat kutubxonalari soni McDonald's restorantlari va Starbucks qahvaxonalari sonidan ko'proq. Jamoat kutubxonasi faqat kitobxona emas. Masalan, Boston jamoat kutubxonasi taklif qiladigan bepul xizmatlar ro'yxati: boshpana, bepul ovqat, bepul tibbiy yordam va bepul yuridik va moliyaviy xizmatlar.

Koreyaning eng zamonaviy kutubxonalaridan biri - Janubiy Koreya Milliy smart kutubxonasi. U Sejong shahrida joylashgan. Milliy kutubxona Koreya milliy kutubxonasining birinchi filiali sanalib, u aynan Koreyaning multifunksional-adminstrativ shahrida qurildi. Taniqli Samoo Architects & Engineers tomonidan barpo etilgan majmuaning tashqi qiyofasi varaqlanayotgan kitobning shaklini yodga soladi va o'zining noodatiy dizayni tufayli osonlik bilan kitoblar makonini topib olish imkonini beradi.

Sejong kutubxonasi nafaqat turli-tuman sohalarga bag'ishlangan kitoblarni o'zida jamlagan zamonaviy maskan, balki, kitobxonlar qulayligi uchun eng ilg'or raqamli texnologiyalarni o'zida mujassam etgan mukammal majmua hisoblanadi. Shu sababli ham kutubxonaga "E-BRARY" (ya'ni emotion-emotsiya, brary-kutubxona) nomi berilgan.

Bundan tashqari kuni kecha Xorazmda ko'zni quvnatadigan "Yoshlar kutubxonasi" ochildi. 100 ming kitob fondiga ega bo'lgan kutubxonada 7000 xildagi

darsliklar, ilmiy va badiiy adabiyotlar jamlangan, O'zbekiston milliy kutubxonasining elekton bazasi ham ulangan.

Shuningdek, Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi Elchixona huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazining kutubxonasi ham 2010-yil 27-sentabrdan beri o'zining muvaffaqiyatli faoliyatini davom ettirib kelmoqda. Kutubxona fondida ozarbayjon, o'zbek, rus va ingliz tillarida 3 mingga yaqin kitob va jurnallar mavjud [3:1].

Hududimizda o'nlab, yuzlab kutubxonalar tashkil qilinmoqda. Bulardan maqsad, xalqning, jamiyatning, yosh avlodning ma'naviyatini boyitish, dunyoqarashini kengaytirish, ularning turmush tarzini zamon talablariga moslash, o'sib, rivojlanib kelayotgan yoshlarni milliy ongini shakllantirish, ularni barkamol qilib tarbiyalashdir. Xalqimizda "Zamon seni emas, sen zamonni boshqar [4:3]" singari hikmatli so'zlar baralla yangramoqda. Hozirda biz yashayotgan asr "Ilg'or texnalogiyalar" asridir. Agar biz mutolaamizni ham zamon talablariga moslamasak, bizning ajdodlarimiz tomonidan necha yuz yillar davomida yaratilgan asarlar, qo'lyozmalar o'z qadrini yo'qotishi mumkin, biz buni to'g'ri anglab yetishimiz darkor. Shu maqsadda Prezidentimiz shunday degan edi "Kitob o'qigan, o'z ustida ishlagan odamda qanot bo'ladi. U befarq bo'lmaydi. Uning kuchi bilimida bo'ladi. Shuning uchun hech kimni pisand qilmaydi. "Kattalar"ga xushomad qilmaydi. Uning ilmi bor, bilimi bor. Mana nima uchun kitob o'qinglar deymiz" [5:1].

Haqiqatan, kitob insonga o'zgacha kuch beradi, fikrlarini ravshan qilib, ongini charxlaydi, jamiyatda o'z o'rniga ega bo'lishda yordam beradi. Kitob o'qish - inson tafakkurining ozuqasidir.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. O'zbekiston milliy ensiklopediyasi. 2000-2005-yil. Toshkent.

2. www.lex.uz

3. http://azculture.uz/uz/xabarlar.php?year=2021 &news=135

4. M. Xolmo'minov. "Madaniyat va san'at muassasalarini tashkil etish va boshqarish". O'quv uslubiy majmua. Toshkent. -2021, -328-bet

5. https://qalampir.uz/uz/news/bu-millatning-kitob-uk-imasligi-kimga-kerak-28-yashar-nashriyet-ra%D2%B3bari-bilan-su%D2%B3bat-15456

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.