CENTRAL ASIAN RESEARCH JOURNAL FOR INTERDISCIPLINARY STUDIES (CARJIS) ilmiy jurnali bilan hamkorlikda.
BIRINCHI O'ZBEK DRAMASI YARATILISHIGA SABAB BO'LGAN KUTUBXONA TARIXIGA NAZAR Avazova Mohlarbegim, O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti
3-bosqich talabasi Xolmaxmatov Pirmuhammad,
O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti
4-bosqich talabasi
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada O'rta Osiyo jadidchiligining yorqin namoyondalaridan biri Mahmudxo'ja Behbudiyning ijtimoiy-ma'rifiy faoliyati haqida so'z boradi. Shuningdek Behbudiy tomonidan asos solingan kutubxona va uning o'sha davrdagi faoliyati yoritib berilgan.
Kalit so'zlar: "Uchinchi Renessans", Oyina, "Behbudiya", Turkiston viloyati gazeti, "Siroju-l-axbor",
"Uchinchi Renessans" tomon odimlayotgan O'zbekiston tarixida ma'rifatparvar jadid bobolarimizning xalqimizga qoldirgan ma'naviy merosi bugungi kunda ham dolzarbligini namoyon etmoqda. So'zimizning, isboti sifatida muhtaram prezidentimizning quyidagi fikrlarini keltirishni lozim topdik: "... Ko''pchilik ziyolilar qatorida men ham bir fikrni hamisha katta armon bilan o 'ylayman: mamlakatimizda uchinchi Renessansni XX asrda ma'rifatparvar jadid bobolarimiz amalga oshirishlari mumkin edi. Ular "Ilmdan boshqa najot yo'q va bo'lishi ham mumkin emas", degan hadisi sharifni hayotiy e'tiqod deb bildilar"} Albatta, ilm insonni ko'klarga ko'taruvchi beqiyos kuchdir. Ushbu fikrlar har bir jadid ajdodlarimizning faoliyatida yaqqol ko'zga tashlanadi. Bugun tilga olmoqchi bo'lgan insonimiz Turkiston jadidlari orasida katta shuhrat qozongan va ularning ko'zga ko'ringan yetakchi vakili Mahmudxo'ja Bebudiydir. "Mahmudxo'janing oti Turkiston tarixida ziynatlik mumtoz o'run olishga munosib bir otdir"2 Mahmudxo'ja Behbudiy jadidchilik harakatining rahbari sifatida xalq uchun manfaati bor amaliy ishlar bilan qizg'in shug'ullandi: jadid maktablari tashkil etishda bosh-qosh bo'ldi, teatr san'atiga asos soldi, gazeta-jurnal chop qildi, nashriyot hamda kutubxona tashkil etdi. U siyosiy, ma'rifiy-madaniy, iqtisodiy-ijtimoiy sohalarda birdek xizmat qildi. Samarqanddagi dastlabki mahalliy gazeta va milliy jurnalning noshiri, birinchi milliy drama muallifi, Turkistondagi "usuli jadida" maktablarining birinchi nazariyotchi va amaliyotchilaridan, fanning turli tarmoqlari uchun eng birinchi darsliklar yaratuvchisi ham aynan Behbudiy edi. Mahmudxo'ja Behbudiy o'z davri uchun oldingi davrlardagi
1 O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 1-oktyabr - O'qituvchi va murabbiylar kuniga bag'ishlangan tantanali marosimdagi nutqidan. Toshkent. 30.09.2020
2 Mahmud Vadud. Tanlangan asarlar. -Toshkent: Ma'naviyat, 2007. B.144
CENTRAL ASIAN RESEARCH JOURNAL FOR INTERDISCIPLINARY STUDIES (CARJIS) ilmiy jurnali bilan hamkorlikda. kutubxonalardan tamomila farqlanuvchi kutubxona yaratishda ham birinchilardan bo'ldi. Tarix zarvaraqlariga "Behbudiya kutubxonasi" nomi bilan muhrlangan ushbu kutubxona Behbudiyning millat uchun boshlab bergan xayrli ishlari qatorida yuqori pog'onada turadi.
Ushbu kutubxona Samarqand gubernatoridan rasman ruxsat olinib, 1908-yil 11-sentabr kuni Samarqand shahrning "Yangi rasta" qismida ochilgan3. Lekin kutubxonaning ochilishi haqidagi xabar ancha avval xalq orasida ovoza bo'lib ketadi. Chunki bu haqida o'sha davrning eng ommabop nashri "Turkiston viloyatining gazeti" xabar qilgan edi. Kutubxonaning barcha rasmiy masalalari 27 bobdan iborat dasturda belgilab berilgan.4 Kutubxonaga a'zolik badali sifatida yiliga 3 so'm miqdorida mablag' tayinlanadi. Kutubxona maqsadi ham musulmonlarning kamroq xarajat qilib ko'proq foyda olishlarini ko'zlar edi. Umuman, o'sha davrda bitta kutubxona uchun nimalar kerak bo'ladigan bo'lsa, Behbudiy bularning barchasini hozirlash harakatida bo'lgan. Kutubxona faoliyatida esa unga safdoshlari Hoji Muin, Vasliy Samarqandiy va muallim Abdulqodir Shakuriylar ko'maklashishgan. Kutubxonaning tarkibiy jihatdan juda boy xilma-xillikka ega fondi bo'lgan. Jumladan, turli davlatlarda nashr qilingan diniy hamda dunyoviy kitoblar, suratli jurnallar va gazetalar, ensiklopediya, lug'atlar, xarita va atlaslardan o'qib, foydalanish mumkin bo'lgan.5 Dastlab 200, keyinchalik 225 jild kitobga ega kutubxona kun davomida 14 soat ishlagan. Mutolaaxona ochilganiga 7 oy to'lganda, uning a'zolari soni 125 nafarga yetgan va jamiyat 2000ga yaqin kitobxon ehtiyojini qondirgan edi. Dastlabki ikki yil kutubxona ishlari uchun omadli kechdi. Kutubxonaga a'zo va homiylik qiluvchi ko'ngillilar yetarlicha topilib turdi. Lekin 1910-yilga kelib uning faoliyati susaya boshladi. Buning bir qancha sabablari bor edi. Xususan, jadid-qadim ixtilofi va qadimchi ulamolarning jadidlarga qarshi uydirma mish-mishlari bunga asosiy sabab bo'ldi. Ilmdan bebahra va bu ishlarning fahmiga tushunib yetmagan avom esa uning zavoli uchun kurashdi. Ba'zi ilmsiz mullalar kutubxonani kofirxona, zararli joy deb, ota-onalarga farzandlarini unday joylarga yubormasliklarini buyurdi6. 1912-yilga kelib esa kutubxonaning faoliyatini davom ettirish murakkablashib qoldi. Kunlik kelib-ketuvchilar soni kutubxona ishchilari soni bilan tenglashib qoldi. Asta-sekin bu holat moliyaviy muammolarni keltirib chiqara boshladi. Shu sababli, 1914-yilning boshida kutubxona faoliyati deyarli to'xtab qoldi. O'sha yilning yillik yig'ilishida barcha 15 ta a'zo guvohligida kutubxonani saqlab qolish va uning moliyaviy masalalarini hal etish uchun spektakl qo'yishga qaror qilindi.7 Bu tadbirning kutubxonani jonlantirish uchun biroz
3 Ahrorova. Z. Behbudiy kutubxonasi O'zbekiston adabiyoti va san'ati. 17.02. 1995.
4 Mahmudxo'ja bin Behbudxo'ja xatib. Mutolaaxona // Turkiston viloyatining gazeti. 1908 №48.
5 Yusufzoda. Pismo iz' Samarkanda// Turkiston viloyatining gazeti. 1910. № 16.
6 Abdirashidov, Z. Ismail Gasprinskiy i Turkestan v nachale XX veka: svyazi-otnosheniya-vliyaniye.-Toshkent : Akademnashr, 2011. - B. 267
7 Behbudiya kutubxonasi// Oyina. 1914. № 27
CENTRAL ASIAN RESEARCH JOURNAL FOR INTERDISCIPLINARY STUDIES (CARJIS) ilmiy jurnali bilan hamkorlikda. bo'lsada foydasi bo'ldi. Ammo qadimchiar teatrni ham rad qila boshlashdi. Behbudiy uzoq yillar xalqqa xizmat qildirmoqchi bo'lgan millat kutubxonasining taqdiri shu tariqa mahvumlikka mahkum bo'ldi.
Shundan so'ng, Behbudiy kutubxonani o'z hovlisiga ko'chirdi va unga "Behbudiya kutubxonasi" deb nom berdi.8 Shuningdek, Behbudiy kutubxona faoliyatiga yangicha tus berib, unda Rossiya va xorijda nashr etilgan kitoblar arzon narxda sotilishini ham e'lon qildi.
"Oyina"ning ketma-ket o'nga yaqin sonida sotiladigan kitoblar nomi va narxi ro'yxat qilib berib borildi. Xuddi shunday, "Tarixi Eron", "Tarixi madaniyat", "Usmonli rus safari", "Yaman sayohatnomasi", "Tarixi asotir", "Muxtasar tarixi madaniyat", "Hindiston sayohatnomasi", "Ilmi hayvonot", "Latoyifi Xo'ja Nasriddin", "Shohnomayi mumtozi oliy, "Nizomiy kulliyoti", "Bedil kulliyoti", "Masnaviyi sharif", "Haqiqatnoma" kabi kitoblar, hamda "Siroju-l-axbor" (Afg'oniston), "Qadinlar dunyosi" (Qozon), "Chehranamo" (Misr), "Hablu-l-matin" (Kalkutta), "Tarjimon" (Bog'chasaroy), "Mulla Nasriddin" (Boku), "Yulduz" (Qozon), "Sho'ro" (Orenburg) singari gazeta va jurnallari ham Behbudiyning kutubxonasida mavjud bo'lgan, ushbu nashrlar o'z davri uchun qimmatli boylik hisoblangan. Shu tariqa Behbudiy bugungi kundagi kabi kitob do'konlari tarmog'ini o'z davrida yarata oldi. Ushbu savdodan tushgan mablag' evaziga kutubxonasining faoliyatini yanada takomillashtirdi. Buning yorqin isboti sifatida kutubxonada keng va shinam qiroatxona tashkil etilgani, Behbudiyning nabirasi Nodim Behbudiyning xotirlashicha, Behbudiyning ko'rsatmasiga binoan, qaynoq qandli choy berilganini keltirishimiz mumkin.9
Kutubxona xususida e'lon qilingan so'nggi izlanishlarda uning inqilobdan keyingi holati haqida biror fakt uchramaganligi ta'kidlanadi. Biroq "Turkiston" gazetasida keltirilgan "Samarqandda Behbudiy kutubxonasi" maqolasi bu xulosaning asossizligini ko'rsatadi. Behbudiy zamondoshi "Kezuvchi"ning guvohligicha, kutubxonadan mas'ul ishchilar ham xabar olmay qo'ygani va bir yarim mingdan ortiq (659 dona musulmoncha 96, 923 dona ruscha) kitob qay holda ekani noma'lumligi uning qarovsiz holga kelib qolganini ko'rsatadi.10 Tadqiqotchi Sanobar Shodmonova o'zining "Turkiston tarixi - matbuot ko'zgusida" monografiyasida Samarqand mutolaaxona jamiyat ("Behbudiya kutubxonasi")iga doir ikki maqolani boshqa-boshqa kutubxonalar to'g'risida, deb talqin qiladi.11 "Turkiston viloyati gazeti"ning 1910-yildagi sonlaridan birida muallifi Yusufzoda deb ko'rsatilgan maktubning aynan Behbudiy ochgan kutubxonaga tegishli ekanini payqamagan holda, u shunday
8 Karimov, N. Mahmudxo'ja Behbudiy. - Toshkent: O'zbekiston, 2011. -B.29
9 Ismoilov J. "Behbudiy kutubxonasida kitobxonga qand choy berilgan" Saviya.uz portali 09.12.2017
10 Kezuvchi. Samarqanda Behbudiy kutubxonasi// Turkiston. 1924, 4-avgust
11 Shodmonova, S. Turkiston tarixi - matbuot ko'zgusida. - Tosh kent: Yangi nashr, 2011. -B.223-224.
CENTRAL ASIAN RESEARCH JOURNAL FOR INTERDISCIPLINARY STUDIES (CARJIS) ilmiy jurnali bilan hamkorlikda. xulosaga keladi va bu bilan "Behbudiya kutubxonasi"dan boshqa yana bir kutubxona tashkil etilganiga ishora qiladi. Biroq bu yangi kutubxona haqida biror ma'lumot bermaydi. Aslida esa, "Turkiston viloyati gazeti"ning o'sha vaqtda milliy kutubxona haqida e'lon qilingan barcha xabar va yangiliklari aynan "Behbudiya kutubxonasi" haqida ekanligini yana bir bor ta'kidlash lozim.12
Xulosa qilib aytganda, "Behbudiya kutubxonasi" tom ma'noda o'z davrining madaniy inqilobi bo'ldi, desak aslo mubolog'a bo'lmaydi. Behbudiy o'ylaganidek, keng ravnaq topmasa-da, ham mustamlaka ma'murlari, ham yerli qadimchilar tomonidan tazyiqga uchragan bo'lsa-da, uning ziyolilar va ilm ahliga foydasi behad ulkan bo'lganini tarixiy dalillar isbotlab turibdi. Ushbu kutubxona keyinchalik o'zbek matbuoti tarixining yorqin sahifasiga aylangan - "Oyina", "Samarqand" nashrlari uchun asos manbalardan biri bo'lib xizmat qildi, deb aytish mumkin. "Padarkush" dramasining ham ilk bor sahna yuzini ko'rishi bevosita kutubxona turtkisi, samarasi edi. Bu esa Behbudiyning millat uchun boshlab bergan yana bir xayrli ishidan nishona edi. Bu moziyning xulosasi, bundan anglashiladiki, bugungi kunda ham kitobning, kutubxonalarning inson kamolotidagi o'rni beqiyosdir. Bugungi avlod vakillari ham kutubxonalarimizdagi boy merosdan unumli foydalanib, zamonamizga, ta'bir joiz bo'lsa fitratimizga monand inqiloblar yarata oladi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.Mahmud, Vadud. Tanlangan asarlar. -Toshkent: Ma'naviyat, 2007. B.144
2.Ahrorova, Z. Behbudiy kutubxonasi // O'zbekiston adabiyoti va san'ati. 17.02. 1995.
3.Mahmudxo'ja bin Behbudxo'ja xatib. Mutolaaxona // Turkis ton viloyatining gazeti. 1908 .№48.; Yusufzoda. Pismo iz' Samarkanda // Turkiston viloyatining gazeti. 1910. № 16.
4.Mahmudxo'ja bin Behbudxo'ja. Samarqand kitobxona jamiyati // Turkiston viloyatining gazeti. 1908 № 58.
5.Mahmudxo'ja bin Behbudxo'ja xatib. Mutolaaxona// Turkiston viloyatining gazeti. 1908 № 48
6. Yusufzoda. Pismo iz' Samarkanda// Turkiston viloyatining gazeti. 1910. № 16.
7.Abdirashidov, Z. Ismail Gasprinskiy i Turkestan v nachale XX veka: svyazi-otnosheniya-vliyaniye.-Toshkent : Akademnashr, 2011. - B. 267
8.Behbudiya kutubxonasi// Oyina. 1914. № 27
9.Karimov, N. Mahmudxo'ja Behbudiy. - Toshkent: O'zbekiston, 2011. -B.29
10.Kezuvchi. Samarqanda Behbudiy kutubxonasi// Turkiston. 1924, 4-avgust
11.Shodmonova, S. Turkiston tarixi - matbuot ko'zgusida. - Toshkent: Yangi
nashr, 2011. -B.223-224.
12 Yusufzoda. Pismo iz' Samarkanda// Turkiston viloyatining gazeti. 1910. №16
CENTRAL ASIAN RESEARCH JOURNAL FOR INTERDISCIPLINARY STUDIES (CARJIS) ilmiy jurnali bilan hamkorlikda.
11.Yusufzoda. Pismo iz' Samarkanda// Turkiston viloyatining gazeti. 1910. №16
12. Ismoilov J. "Behbudiy kutubxonasida kitobxonga qand choy berilgan" Saviya.uz portali 09.12.2017
13. Saloydinov, S. Q. (2021). Paxta tozalash zavodlarida energiya sarfini kamaytirishning texnik-iqtisodiy mexanizmini yaratish. "Academic research in educational sciences", 2(9), 886-889. https://doi.org/10.24412/2181-1385-2021-9-886-889
14. Saloydinov, S. Q. (2021). Creation of feasibility studies to reduce energy costs in ginneries. "Экономика и социум", 9(88), 147-149.
15. Caлойдинов, C. К. (2021). Образовательные кредиты в Узбекистане. "Экономика и социум", 12(91), 470-472.
16. Caлойдинов, C. К. (2021). Спрос на рынке дифференцированных продуктов. "Экономика и социум", 12(91), 473-476.
17. Салойдинов, С. К. (2022). С паровой турбиной 471 МВт на Талимарджанской ТЭЦ расчет электрических режимов при максимальной зимней нагрузке. "Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS)", Special issue, 116-121.
18. Сaрдoржoн Кoдиржoн Yгли Сaлoйдинoв. (2022). Иннoвaциoннoе решение для пoлyчения биoгaзa. "Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS)", 2(3), 280-285. https://doi.org/10.24412/2181-2454-2022-3-280-285
19. Astanaliev E. T. O. The Process Of Electronic Document Management In The System Of Railway Automation And Telemechanics //The American Journal of Interdisciplinary Innovations Research. - 2021. - Т. 3. - №. 05. - С. 76-80.
20. Astanaliev E. The formalization of the electronic document in railway automatics and telemechanics on the basis of simulation modeling //European Scholar Journal (ESJ). -Т. 2. - №. 3.
21. OGLI A. E. T. Software for Electronic Document Management System of Technical Documentation on Railway Automation and Telemechanics //JournalNX. - 2021. - Т. 7. -№. 1. - С. 204-209.
22. Astanaliev E. ELECTRONIC MODEL OF TECHNICAL DOCUMENT MANAGEMENT PROCESS /^рник наукових праць ЛОГО!. - 2021.
23. Baratov D., Astanaliev E. Functional Features of the Technical Documentation Control Program //International Journal on Orange Technologies. - 2021. - Т. 3. - №. 1. - С. 7-11.
24. Dadaboyev, Q. Q. (2021). Refrigerator in modern heating power stationstechnical water waste through reconstruction of the towerreduction. "International journal of philosophical studies and social sciences", 1(3), 96-101.
25. Dadaboyev, Q. Q. (2022). Issiqlik elektr stansiyalarida texnik suv isrofini barataraf etish. "Academic research in educational sciences", 3(1), 434-440. https://doi.org/10.24412/2181-2454-2022-1-41-47
26. Dadaboyev, Q. Q. (2022). Bug'-gaz qurilmasi gradirniyalaridagi aylanma suv isrofini kamaytirish "Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS)", Special issue,15-21