Научная статья на тему 'AVTOMOBIL YO’LLARINI PLASTIK CHIQINDILARDAN FOYDALANIB QURISH TEXNOLOGIYASI'

AVTOMOBIL YO’LLARINI PLASTIK CHIQINDILARDAN FOYDALANIB QURISH TEXNOLOGIYASI Текст научной статьи по специальности «Техника и технологии»

CC BY
12
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
bitum / chiqindi / plastik / okean / BMT / gradus / foiz / mahalliy / asfaltbeton / sementbeton / bitumen / waste / plastic / ocean / UN / degree / percentage / local / asphalt concrete / cement concrete

Аннотация научной статьи по технике и технологии, автор научной работы — Maxkamov Dilshod Ismatillayevich, Mutalibov Ibroxim Qosimjon O’Gli, Mamajonov Murodjon Abdullajon O’G’Li, Xolmirzayev Mirzohid Fazliddin O’G’Li

Ushbu maqolada avtomobil yo’llarini qurishda zamonaviy yo’l qoplamasini tayyorlash texnologiyasi, chiqindilarni keltirib chiqarayotgan muammolari, chiqindilarni yig’ish, chiqindini qayta ishlashni takomillashtirish, plastik qoplama, plastik to’siqlar, plastik chiqindilarni qo’llash sohasi, chiqindilarni samarali ishlatish, avtomobillarni to’siqga urilishida yetadigan zarar miqdorini kamayashi, boshqa qoplamalarga nisbatan plastik qoplamalrni har tomonlama qurilish hamda ekspluoatatsiya qilishdagi afzalliklari qolaversa asfaltbeton va sementbetonli qoplamalardan ko’ra ishlash mudatining 3 barobar ko’pligi, iqlimimizga mos qoplama va undan samarali foydalanish kabi masalalar yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Technology of plastic waste construction of roads.

This article discusses the technology of modern road surface preparation in road construction, the problems caused by waste, waste collection, waste recycling, plastic paving, plastic barriers, the field of application of plastic waste, waste management, reduction of the amount of damage caused by the impact of the barrier, the advantages of plastic coatings over other coatings in all-round construction and operation, as well as 3 times longer service life than asphalt and cement concrete coatings, climate-friendly coating and its efficient use

Текст научной работы на тему «AVTOMOBIL YO’LLARINI PLASTIK CHIQINDILARDAN FOYDALANIB QURISH TEXNOLOGIYASI»

UDK: 625.721

AVTOMOBIL YO'LLARINI PLASTIK CHIQINDILARDAN FOYDALANIB QURISH

TEXNOLOGIYASI

Maxkamov Dilshod Ismatillayevich NamMQI dotsent dm1684@mail.ru.(998993627801)

Mutalibov Ibroxim Qosimjon o'gli NamMQI stajyor-o'qituvchi ibroxim2396@gmail.com.(998902224575)

Mamajonov Murodjon Abdullajon o'g'li

NamMQI stajyor-o'qituvchi mama¡onovmurod¡on66@gmail.com.(998913427200)

Xolmirzayev Mirzohid Fazliddin o'g'li NamMQI stajyor-o 'qituvchi kholmirzaev_96@mail.ru.(998941702717)

Annotatsiya. Ushbu maqolada avtomobil yo'llarini qurishda zamonaviy yo'l qoplamasini tayyorlash texnologiyasi, chiqindilarni keltirib chiqarayotgan muammolari, chiqindilarni yig'ish, chiqindini qayta ishlashni takomillashtirish, plastik qoplama, plastik to'siqlar, plastik chiqindilarni qo'llash sohasi, chiqindilarni samarali ishlatish, avtomobillarni to'siqga urilishida yetadigan zarar miqdorini kamayashi. boshqa qoplamalarga nisbatan plastik qoplamalrni har tomonlama qurilish hamda ekspluoatatsiya qilishdagi afzalliklari qolaversa asfaltbeton va sementbetonli qoplamalardan ko'ra ishlash mudatining 3 barobar ko'pligi, iqlimimizga mos qoplama va undan samarali foydalanish kabi masalalar yoritilgan.

Annotation. This article discusses the technology of modern road surface preparation in road construction. the problems caused by waste. waste collection. waste recycling. plastic paving. plastic barriers. the field of application of plastic waste. waste management. reduction of the amount of damage caused by the impact of the barrier. the advantages of plastic coatings over other coatings in all-round construction and operation. as well as 3 times longer service life than asphalt and cement concrete coatings. climate-friendly coating and its efficient use.

Аннотация. В данной статье рассматриваются современные технологии подготовки дорожного покрытия в дорожном строительстве, проблемы, вызываемые отходами, сбор отходов, переработка отходов, пластиковое покрытие, пластиковые ограждения, области применения пластиковых отходов, обращение с отходами, снижение размера причиняемого ущерба. воздействием барьера, преимуществами пластиковых покрытий перед другими покрытиями в комплексном строительстве и эксплуатации, а также более чем в 3 раза большим сроком службы по сравнению с асфальтобетонными и цементобетонными покрытиями, экологичностью покрытия и его экономичным использованием.

Kalit so'zlar: bitum. chiqindi. plastik. okean. BMT. gradus. foiz. mahalliy. asfaltbeton.

sementbeton.

Keywords: bitumen, waste, plastic, ocean, UN, degree, percentage, local, asphalt concrete, cement concrete.

Ключевые слова: битум, отходы, пластик, океан, ООН, степень, процент, местный, асфальтобетон, цементобетон.

KIRISH

Respublika yo'l xo'jaligini davlat tomonidan boshqarish tizimida raqobat muhitini shakllantirish va tarmoqqa investitsiyalar jalb etilishiga to'sqinlik qilayotgan qator muammolar va kamchiliklar mavjud. Yo'l xo'jaligini boshqarishning zamonaviy tizimini yaratish, nazorat va xo'jalik funktsiyalarini aniq chegaralash, monopoliyadan chiqarish, xususiy sektor korxonalarini jalb qilish va investitsion jozibadorlikni oshirish hisobiga sog'lom raqobat muhitini shakllantirish, yo'l qurilishiga innovatsiyalarni keng joriy etish maqsadida, shuningdek, 20172021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasi vazifalariga muvofiq, 2019 yil 9 dekabr sanasida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekiston Respublikasi yo'l xo'jaligi tizimini chuqur isloh qilish chora-tadbirlari to'g'risida"gi Farmoni hamda "Yo'l sohasini boshqarish tizimini yanada takomillashtirishga oid chora-tadbirlar to'g'risida"gi qarori qabul qilindi. Albatta yo'l qurilish ishlari mamlakatning rivojlanishida katta o'rin egallaydi [1]. Chiqindilar bilan bog'liq ishlarni amalga oshirish sohasidagi munosabatlarni tartibga solish hamda chiqindilarni boshqarishga oid davlat siyosatini yuritish maqsadida 2002 yil 5-aprelda «Chiqindilar to'g'risida»gi O'zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilingan, unda " chiqindi bilan bog'liq ishlarni amalga oshirish sohasidagi ilmiy-tadqiqot va texnologik ishlanmalar hamda loyiha-smeta hujjatlarining davlat ekologik ekspertizasini o'tkazadi". Qonunning asosiy vazifasi chiqindilarning fuqarolar hayotiga va sog'ligiga, atrof-muhitga zararli ta'sirining oldini olish hamda chiqindilar hosil bo'lishini kamaytirishdan iboratdir. Bundan tashqari, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 15-iyuldagi 194-son qarori bilan tasdiqlangan qattiq va suyuq maishiy chiqindilarni to'plash va olib chiqib ketish xizmatlari ko'rsatish qoidalari, O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2014-yil 12-noyabrda 2625-son bilan ro'yxatga olingan O'zbekiston "O'zkommunxizmat" agentligi bosh direktorining 2014-yil 16-oktyabrdagi 104-son buyrug'i bilan tasdiqlangan maishiy chiqindilarni tashish qoidalari va shu kabi bir qator qonunosti hujjatlari bilan tartibga solingan.

ASOSIY QISM

Bugungi kunga kelib butun dunyoda chiqindilar yildan yilga ko'payib bormoqda. Har yili daryolarga tashlanayotgan plastik chiqindilar nafaqat daryolar o'zanlarini, balki daryolar orqali okeanlarga oqib chiqib dunyo okeani o'zanlarini ham ifloslantirmoqda. Okeanlarga tushgan plastik chiqindilar turli noyob jonivorlar oshqozoniga tushib, so'ng ularni halok bo'lishiga sabab bo'lmoqda. Shuning uchun ham muammoning yechimlaridan biri plastik chiqindilarni kamaytirishdir. Har yili dunyoda uch milliard dona shinalar ishlab chiqarilmoqda. Qayta ishlanganida bu shinalar taxminan uch milliard kilogramm paxta tolasini ishlab chiqarish bilan teng. Biz boshqa sanoatni qayta ishlangan material sifatida boshqa sohaga targ'ibot qildik. Bir

sanoatning ishlatilgan mahsulotini oldik. Buning natijasida biz nafaqat shinalar ni yo'q qilish muammosini hal qildik, balki beton sanoatning uglerod izlarini qisqartirishiga ham erishdik [2]. Shuni ta'kidlash joizki, bu chiqindilarning 80 foizini organik moddalar tashkil qiladi va ularni qayta ishlash natijasida katta miqdordagi energiya va energiya tashuvchilarni ishlab chiqarish mumkin. Mutaxassislarning ta'kidlashicha, maishiy chiqindilar butun dunyoda arzon xomashyo hisoblanadi. Rivojlangan mamlakatlar tajribasi chiqindilarning 85 foizini qayta ishlash mumkinligini ko'rsatmoqda. Ayrim mamlakatlarda chiqindilarni alohida yig'ish tizimi yo'lga qo'yilgan. Natijada qog'oz, plastik, alyuminiy kabi xomashyoning katta qismi qayta ishlashga yuboriladi. Bu jarayonning atrof muhitga ijobiy ta'siri juda katta. Chiqindilarni qayta ishlash natijasida mahsulot ishlab chiqarish uchun sarflanadigan energiya va xomashyo miqdori 50 foizgacha tejalishi mumkin. Polietilendan tayyorlangan to'siqlar sinmaydi, zarbaga bardoshli. Yengil bo'lgani bois, transportda tashish xarajatlari kamroq.

Yo'lning ikki tomoniga rangli plastik to'siqlar o'rnatilishi sohadagi yangiliklardan yana biri. Mahsulot Janubiy Koreya texnologiyasi asosida "Koreys trans" qo'shma korxonasida ishlab chiqarildi. Xorijda allaqachon sinovdan o'tib, keng foydalanilayotgan mazkur qurilish materiali pishiqlik va mustahkamlik borasida metall to'siqlardan qolishmaydi. Metall to'siqlarga nisbatan ancha arzon bo'lishi bilan birga, tez-tez yuvish, muayyan vaqtda bo'yab turish kabi ortiqcha qarovni talab etmaydi. Avtomobil kelib urilganda, to'siq uni narigi tarafga yo'naltirib, o'zining mustahkamligi bilan qaytarib yuboradi. Bunday to'siqlarning eng asosiy afzalligi — eskirganidan keyin uni maydalab, yangidan shunday mahsulotlar yoki boshqa ashyolar ishlab chiqarish mumkin. Hozir bunday to'siqlar sinov tariqasida o'rnatilgan bo'lib, kutilgan natijani bersa, kelgusida undan boshqa yo'llar qurilishida ham keng foydalanish ko'zda tutilgan. Yurtimizda katta hajmdagi plastik chiqindilar mavjudligini hisobga olsak, bunday mahsulotlar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish imkoniyatining istiqbolli ekani ko'rinadi.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti hisobotlariga ko'ra, dunyoda bir yilda 300 mln tonna plastik chiqindilar yig'ilib qolmoqda. Shundan 8 mln tonnasi dunyo okeaniga tushmoqda va okeandagi mavjudotlarning hayotiga katta xavf solmoqda. Yer yuzida har kuni 11 250 000 tonna chiqindi hosil bo'ladi. Bu 3 kilometr balandlikdagi chiqindi «tog'i» degani. Biz xarid qilayotgan mahsulotlarning 99 foizi iste'mol muddatiga 6 oy to'lmay, chiqindi qutisidan joy olmoqda [3]. Dunyo aholisi har yili 1,5-2 foizga, ishlab chiqarilayotgan chiqindi miqdori esa 6 foizga ortib bormoqda. Bu yaqin kunlarda yer kurrasi katta chiqindixonaga aylanishi mumkin, degan gap. Bundan kelib chiqib bazi kopaniyalar chiqindini qayta ishlab chiqarish yo'llarini izlamoqda [4].

NATIJALAR

Plastik chiqindilar ko'payib ketayonganligi ularni qayta ishlash maqsadida plastikli yo'llar yaratilmoqda. Plastikli yo'l qoplamalari tashqi tomondan asfaltbeton qoplamadan farq qilmaydi. Ularni ishlab chiqish jarayoni asfaltbetonni ishlab chiqarish jarayoniga o'xshaydi. Qiziqarli tomoni shundaki plastikli yo'llar ekologiyaga foyda keltiribgina qolmay boshqa tomonlama ham foydali hisoblanadi. U foydalanish borasida asfaltbetonli yo'llarimizdan anchagina ustun hisoblanadi. Plastik karroziya va atmosfera bosimiga nisbatan chidamli bolib -40 gradusdan +80 gradusgacha bo'lgan sharoitlarda samarali foyda beradi [5,6].

1-rasm. Plastik yo'llar

Plastik yo'llar boshqa qoplama yo'llardan 3 barobar ko'p xizmat qilib yotqizilish jarayoni 70% tezroq, asfaltbetondan 4 marta yengil, ta'mirlash ishlari oson hisoblanadi. Qoplamani tayyorlash uchun mahalliy xom ashyolardan foydalanilganligi uning tannarxi qimmat emasligi, plastik chiqindilarni yoqotishga ketadigan xarajatlarni qisqarishiga olib keladi.Plastik qoplama uchun qorishma tayyorlash texnologiyasi asfalt tayyorlash texnologiysi bilan bir xilligi qorishma tayyorlash jarayonini osonlashtiradi.

2-rasm. Plastik qorishma

Izlanishlar shuni ko'rsatdiki: yoriqlar ham o'zlarini davolashi mumkinligini ko'rsatdi. Qoplamadagi yoriqlar shakllangani sababli, nano-qoplangan tolalar ularni kengaytirishga to'sqinlik qildi va yorilishlarning yopilishiga imkon beruvchi yuqori namlik muhitida qo'shimcha materiallar ishlab chiqardi. Ushbu o'z-o'zini ta'mirlaydigan mexanizmi ishlab chiqilgan yo'llarni qurish uchun ishlatiladigan odatiy materialga qaraganda ancha kam texnika talab qiladi.

Bugun Chirchiq daryosi ustidan o'tgan zamonaviy yo'ldan harakatlangan inson borki, uzog'i yaqin bo'lgani, manzilga tez va yengil yetib borayotganini to'lqinlanib gapirayotganiga guvoh bo'lamiz. Ayniqsa, asosiy trassa bo'yida qurilgan 6,5 kilometrli velosiped yo'lagi hamda piyodalar yo'lkachalari hudud aholisi uchun katta qulaylik yaratdi. Ularning chetida o'rnatilgan plastik to'siqlar turli ko'ngilsiz hodisalardan asrashga xizmat qiladi.

XULOSA

Bugungi kunda respublikamiz bo'yicha yo'l qurilishi va undan foydalanish sohasida: bitum yetishmasligi, texnologiyalarning eskirganligi, sementbeton texnologiyasi murakkabligi

sababli kamchilik va noqulayliklar mavjud. Chiqindidan qilingan qoplamalarda yoriq paydo bo'lgach, tolalar yoriqlarni ko'payishiga va yorilishiga ancha yuqori qarshilik ko'rsatishga harakat qiladi. Shuning uchun yoriqlar tor bo'lib qoladi hamda qoplama uzoq mudat xizmat qiladi.

Plastik mahsulotlardan foydalanilganda:

• plastik chiqindilarni kamayishi,

• yo'l qoplamani yotqizish vaqtini qisqarishi,

• qoplamaning yengilligi,

• yo'l to'siqlarini yengillashishi,

• yo'l to'siqlarini chidamliligini ortishi,

• yo'l to'siqlarini xavflilik darajasini kamayishi,

• yo'l to'siqlarini tashishni osonlashishi,

• qoplamani ta'mirlash osonligi kabi yutuq va samaradorlikga erishiladi.

ADABIYOTLAR

1. Saydazimov, N., Mutalibov, I., Qo'ysinaliyev, N., & O'ktamov, S. (2020). Improving the elasticity of cement-concrete roads. Теория и практика современной науки, (11), 6-10.

2. Inoyatov, Q., & Mutalibov, I. (2021). Problems encountered in the laying of cement concrete pavements. Экономика и социум, (6-1), 97-100.

3. Saydazimov, N., Qo'ysinaliyev, N., Mutalibov, I., & Maxmudov, S. (2020). Research of methods of repair of cement concrete pavels. Экономика и социум, (11), 1677-1680.

4. Mutalibov, I. (2020). Analysis of problems in the laying of cement concrete squases. International journal of academic engineering research, (5), 57-58.

5. Mutalibov, I., & Qo'ysinaliyev, N. (2021). Use of mineral powder in the construction of asphalt concrete roads. Экономика и социум, (81), 30-35.

6. Inoyatov, Q., & Mutalibov, I. (2020). Sementbeton qoplamalarni tayyorlash texnologiyasini tadqiqotlash. Uzacademia, (1), 61-64.

7. Q.M. Inoyatov, M.A. Mamajonov. "Avtomobil yo'llarida harakatni xavfsiz tashkil etishda sun'iy inshootlarning roli" uzacademia scientific-methodical journal republican number 3 on the subject "Increasing the innovative activity of youth, improving the spirituality and achievements in science" collection of materials august 31, 2020 part 12 pages 539-541 <ISSN (E) -2181-1334>

8. Ergashev M., Mamajonov M., Kholmirzayev M. Automation and modulation of highways in gis software //Теория и практика современной науки. - 2020. - №. 5. - С. 9-14.

9. Dadaxodjayev, A., Mamajonov, M., Ergashev, M., & Mamajonov, M. (2020). Creating a road database using gis software. Интернаука, (43-2), 30-32.

10. M.A. Mamajonov, M.F. Xolmirzayev. "Geodesic work in the process of design to ensure traffic safety on roads" электронное научно-практическое периодическое издание "Экономика и социум" №3(82) (март, 2021). http://www.iupr.ru УДК 004.02:004.5:004.9 ISSN 2225-1545.

11. Makhmudov Omadjon, Mamajonov Murodjon, Kholmirzayev Mirzohid, Inayatov Qahramon "Design a smart pedestrian crossing" электронное научно-практическое периодическое издание "Экономика и социум" №6(85) (июня, 2021). http://www.iupr.ru УДК 004.02:004.5:004.9 ISSN 2225-1545.

12. Dadaxodjayev, A., Mamaj onov, M., Ergashv, M., & Mamajonov, M. (2020). Automated drawing of roads in credo complex program. Экономика и социум, (11), 1673-1676.

13. Мамажонов М., Холмирзаев М., Мамаджонов М. "Avtomobil yo'llarini loyihalashda geodezik ishlar." Общество и инновации 2.9/S (2021): 224-228.

14. Mutalibov I.Q. Avtomobil yo'llarida sementobeton qoplamalarni ahamiyati. -"UzACADEMIA" ilmiy-metodik jurnali, 2020.

15 Ergashev M, Mamajonov M, Kholmirzayev M "Automation and modulation of highways in gis software", журнал "Теория и практика современной науки" №5(59) 2020.

16. Mamajonov M, Mutalibov I, Kholmirzayev M, Habibullayev I. Information technologies in the design of highways. Экономика и социум, №1(92) 2022, 152-159.

17. Мамажонов М., Муталибов И., Холмирзаев М., Хабибуллаев И. "Инновационный способ строительства дорог" Международный научно-практический электронный журнал «Моя профессиональная карьера». Выпуск №31 (том 1) (декабрь, 2021). 28-32.

18. Мамажонов М, Муталибов И, Холмирзаев М, Хабибуллаев И. "Важность текущего технического обслуживания в повышении разгона движения на дорогах" Международный научно-практический электронный журнал «Моя профессиональная карьера». Выпуск №31 (том 1) (декабрь, 2021). 22-27.

19. Мамажонов М., Муталибов И., Холмирзаев М., Хабибуллаев И. "Повышение сейсмической устойчивости зданий и сооружений" Международный научнопрактический электронный журнал «Моя профессиональная карьера». Выпуск №31 (том 1) (декабрь, 2021). 14-21.

20. Мамажонов М., Муталибов И., Холмирзаев М., Хабибуллаев И. "Современные решения проблем дорожного проектирования" Международный научно-практический электронный журнал «Моя профессиональная карьера». Выпуск №31 (том 1) (декабрь, 2021). 6-13.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.