EURASIAN lOURNAL OF
SOCIAL SCIENCES
PHILOSOPHY AND CULTURE
EURASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES, PHILOSOPHY AND CULTURE
Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.2 | SJIF = 8.165 www.in-academy.uz
PSYCHOLOGICAL AND PEDAGOGICAL STUDY OF CHILDREN WITH AUTISM SYNDROME AS A BASIS FOR EFFECTIVE ORGANIZATION OF EDUCATION
Usmonjonova Saodatkhan Mirzahamdamovna
Kokan State Pedagogical Institute named after Mukimi Special pedagogy (Oligophrenopedagogy) 2nd stage student https://doi.org/10.5281/zenodo.12798215
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Received: 18th July 2024 Accepted: 22th July 2024 Online: 23th July 2024 KEYWORDS
Autism syndrome, child, pedagogy, psychology, psyche, diagnosis,
correction, development process, communication.
This article talks about the psychological-pedagogical study of children with autism syndrome, their specific features. At the same time, recommendations were made about the methods of examination of children with autism syndrome and the optimal stages of full psychological-pedagogical study of such children.
AUTIZM SINDROMLI BOLALARNI PSIXOLOGIK VA PEDAGOGIK JIHATDAN O'RGANISH TA'LIMNI SAMARALI TASHKIL ETISH ASOSI SIFATIDA
Usmonjonova Saodatxon Mirzahamdamovna
Muqimiy nomidagi Qo'qon Davlat pedagogika instituti Maxsus pedagogika (Oligofrenopedagogika) yo'nalishi 2 bosqich talabasi
Qo'qon, O'zbekiston https://doi.org/10.5281/zenodo.12798215
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Received: 18th July 2024 Accepted: 22th July 2024 Online: 23th July 2024 KEYWORDS
Autizm sindromi, bola, pedagogika, psixologiya, ruhiyat, tashxis, korreksiya, rivojlanish jarayoni,
muloqot.
Ushbu maqolada autizm sindromli bolalarni psixologo-pedagogik o'rganish, ularning o'ziga hos hususiyatlari haqida so'z yuritilgan. Shu bilan birga autizm sindromli bolalarni tekshirish usullari va bunday bolalarni to'liq psixologik-pedagogik o'rganishni eng maqbul bosqichlari haqida tavsiyalar berilgan.
Hozirgi kunda butun dunyoda alohida yordamga muhtoj bolalarni o'rganish, ulardagi nuqsonlarning kelib chiqish sabablari, rivojlanishi, ularni oldini olish, maxsus yordamga muhtoj bolalarga ta'lim-tarbiya berish, ulardagi nuqsonlarni korreksiyalash bo'yicha ko'plab ishlar olib borilmoqda. Yurtimizda ham bunday bolalarga yuksak e'tibor qaratilib, ularning huquq va erkinliklari qonun tomonidan kafolatlanib, ularning ta'lim va tarbiyasiga alohida e'tibor qaratilib kelmoqda.
EURASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES, PHILOSOPHY AND CULTURE
Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.2 | SJIF = 8.165 www.in-academy.uz
Ushbu so'zimizga 2020-yil 13-oktyabrdagi PQ-4860-son «Alohida ta'lim ehtiyojlari bo'lgan bolalarga ta'lim- tarbiya berish tizimini takomillashtirish to'g'risida»gi Prizident qarorini misol keltirishimiz mumkin. Ushbu qarorlardan ko'zlangan maqsad alohida ta'lim ehtiyoji bo'lgan bolalarni ham ijtimoiy hayotga tayyorlab jamiyatga qo'shish va nuqsonini korreksiyalashdir. Shunday bolalar sirasiga autizm sindromli bolalar ham kiradi, ammo bu bolalarni jamiyatga qo'shish pedagog, psixolog va ota-onadan judayam katta matonat talab etadi.
Ma'lumki, autizm sindromli bolalar irqi, dini va oilalarning ijtimoiy-iqtisodiy holatidan qat'iy nazar, butun dunyoda tug'iladi. Amerika statistikasining 2021 va 2023 yillarda chop etilgan ma'lumotlari buni tasdiqlaydi. Biroq, so'nggi tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, Qo'shma Shtatlarning ba'zi mintaqalarida afro-amerikalik va ispan oilalaridagi bolalar kamroq va kechroq tashxislanadi va ularda aqliy zaiflik tashxisi ko'proq uchraydi. Mumkin tushuntirishlar shundan iboratki, qashshoqlik, erta tug'ilishning yuqori ko'rsatkichlari va afro-amerikalik oilalar diagnostika xizmatlaridan kamroq foydalanishadi va yordam dasturlariga kamroq kirishadi. Autizmni aniqlash jarayoni yaxshilangan va aholining barcha guruhlari uchun xizmatlardan foydalanish imkoniyati kengroq bo'lgan shtatlarda bu tendentsiya ko'rinmaydi. Ushbu ma'lumotlarni muhokama qilar ekan, tadqiqot mualliflari kam ta'minlangan ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar uchun monitoring va yordam dasturlarini ishlab chiqish uchun qo'shimcha resurslarni sarflash zarur degan xulosaga kelishdi.
Bizning yurtimizda ayni paytda autizmni davolash bo'yicha real harakatlar Respublika bolalar ijtimoiy moslashuv markazi (RBIMM) va xususiy markazlar tomonidan amalga oshirilib kelmoqda. Respublika bolalar ijtimoiy moslashuv markazi hozirgi kunda autist bolalarga bepul xizmat ko'rsatayotgan asosiy davlat muassasasi hisoblanadi.
Autizm bu atama 40 yil oldin kirib kelgan, munozarali, lekin ba'zilarning baxslashib kelishicha, shaxsga (odatda bolaga) "autistlik" deb tashxis qo'yish mumkin. Bu xastalikning asosiy belgisi bolaning muloqot qilishdagi qiyinchiligi, boshqa odamlar bilan aloqa qilishdan o'zini tortib, go'yo o'zining olamida yashayotgandek tuyuladi. Ba'zi autistik cheklanishlari bo'lgan odamlar bitta ma'lum sohaga (masalan rassomchilik) qaratilgan ajoyib qobiliyatlarini namoyon etadilar va boshqalari esa me'yoriy "normal" holatga tushib qoladilar. Shunga qaramay, butun olamda bu xastalikka xanuzgacha davo topilgani yo'q. Autizm nerv sistemasining kasalliklaridan biridir. Ushbu nuqson bolalarda turlicha namoyon bo'ladi. Ayrim olimlar fikricha autizm ruhiy kasalliklarning belgilaridan biri bo'lib, bunda bola tevarak-atrofga nisbatan befarq, beparvo bo'ladi. Natijada atrofdagilar bilan aloqada bo'lmaydi, muloqot qilmaydi. Bola o'z-o'zi bilan bo'lib, o'zicha hayajonlanib, kuyinib, nimalardandir tashvishlanib o'z ichki dunyosida yashaydi. Ba'zi bolalarda emotsional qiyinchiliklar mavjud bo'ladi. Ular tushkunlikka tushushlari yoki bezovta bo'lishlari mumkin yoki ularning hulq-atvori g'ayri tabiiy bo'ladi, buni noo'rin yig'lashlar yoki kulishlaridan bilish mumkin. Ular haddan tashqari harakatchan bo'lib, ish vaqtining o'zida biror narsaga e'tiborini bir zumgina qaratib, yana boshqa narsa bilan chalg'ib ketishlari mumkin, yoki ular befarq, yoki parishonxotir bo'lishlari mumkin. Emotsional tushkunliklar yaqin orada bo'lib o'tgan jarohatlar, xafagarchilik yoki uzoq vaqt ongli ish bilan shug'ullanish natijasida yuzaga kelishi mumkin.
EURASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES, PHILOSOPHY AND CULTURE
Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.2 | SJIF = 8.165 www.in-academy.uz
Autik bola bilan ish olib borishda oila jamoasi markaz hisoblanadi. Oilaning pozitsiyasi faol bo'lmasa, uning yaqinlari faqatgina passiv-achinish pozitsiyasida bo'lsa bunday bolaga yordam berish qiyin bo'ladi. Autik bolaning bir butun rivojlanishi buzilgan va uni to'g'ri yo'lga solish uchun uning butun hayotini maxsus tashkil etish lozim, maishiy odatlarning barcha mayda tomonlari ham e'tiborga olinishi kerak. Ayniqsa, autik bolaning yaqinlarini doimiy hissiy qo'llab - quvvatlashi va ularning bola bilan birgalikdagi intilishlari muhimdir. Autik bolaning korreksiyasi - bu hatto davolov rivojlantiruvchi ta'lim, alohida psixik doiralar, muammolar, funksiyalar (idrok, motorika, tafakkur yoki nutq) ustida ishlash emas, balki davolovchi tarbiya - bola bilan birgalikda kundalik hayotni asta-sekin anglash, uni o'zaro harakatini faollashtirishga undash, bu faollik amalga oshiriladigan hayotning shakllarini egallashga yordam berishdir.
Autizmli bolalarni o'rganish o'zaro aloqani o'rnatishdagi qiyinchiliklar tufayli o'ziga xos murakkabliklar tug'diradi. Shuning uchun ularni tekshirishni tashkillashtirishga alohida diqqatni qaratish lozim. Autizmga ega bo'lgan bolalarni tekshirish longityud, dinamik va diagnostik shaklda bo'ladi. Ushbu maqsadda diagnostik guruxlar tashkil etiladi, unda mutaxassislar xar bir bola bilan individual (yakka holda) ish olib boradilar.
Autizmli bolalarni tekshirishning boshqa o'ziga xos xususiyati kompleks tarzda tekshirishni tashkillashtirish xisoblanadi, unda ayniqsa boshlang'ich bosqichida bir mutaxassis, psixolog yoki pedagog maqsadli ish olib boradi. Bunday yondashuv bolani yangi muhitga ko'nikishiga, ozgina bo'lsa ham moslashishiga yordam beradi. Qo'rquvlarini, xavotirlanishni bartaraf etishga imkon beradi. Bolani yangi sharoitga ko'nikishiga qarab boshqa mutaxassislar(logoped, psixiator) sekin-asta qo'shilishlari mumkin: xonaga sekin kiradi yoki unda bo'la turib sekin-asta bolaga yondasha boshlaydi(ikkinchi variant samaraliroqdir). Biroq bu alohida mahorat va ehtiyotkorlikni talab etadi, chunki biron-bir qat'iy harakat hamda baland aytilgan so'z autizmli bolada himoya reaksiyasini yuzaga keltirib, qo'yilgan tekshiruv maqsadiga erisha olmaslik mumkin.
Autizmli bolalarni to'liq psixologiko-pedagogik o'rganish uch bosqichga bo'lishni talab
etadi.
Birinchi bosqich-psixologik anamnezini yig'ish.
Ikkinchi bosqich- emotsional-iroda jarayonlarining buzilganlik darajasini aniqlash.
Uchinchi bosqich- autizmli bolalarning bilish jarayonlarining o'ziga xos xususiyatlarini o'rganishga bag'ishlangan.
Ma'lumki, autizmning birinchi belgilari bola hayotining birinchi davrlaridayoq namoyon bo'ladi. Bunga bog'liq ravishda 2-3 yoshda amalga oshiriluvchi erta tashxis qilish muhim ahamiyat kasb etadi.
Bolalarni birinchi yosh davrlarida nuqsonlarini psixologik-pedagogik o'rganishda quyidagi tashxis talablariga rioya etish lozim.
1. Kommunikatsiyaning buzilishi:
- atrof bilan munosabatga kirishishda noqulayliklarning ifodalanishi;
- ona bilan(bolaning ilk rivojlanish davrida) o'zaro aloqasida "jonlanish kompleksi"ning yo'qligi;
- ko'z va mimika muloqotining o'ziga xosligi;
- ona bilan simbiotik bog'liqligining belgilari.
EURASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES, PHILOSOPHY AND CULTURE
Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.2 | SJIF = 8.165 www.in-academy.uz
2. Nutqning buzilishi:
- mutizm(nutqni to'liq yoki qisman yo'qligi);
- exolaxiya, nutqiy shtamplar, nutqiy stereotiplar;
- kishilik olmoshlarining birinchi shaxsidan foydalanishni yo'qligi;
- harakat sohasini dinamikasidan o'tuvchi nutqni rivojlanishi(ibora 3 yoshgacha);
- monologik va autodialogik nutqni egallashi.
3. Xulqidagi nuqsonlar:
-"polevoye"xulqi;
- atrofdagilarga sababsiz tajovuzning yo'llanishi;
-autoagressiya;
- stereotiplar.
Autik bolalar bilan olib boriladigan ishlar yillar mobayniga cho'zilishini doimo yodda tutish lozim. Psixologik ishning asosiy qismini bola bilan olib boriladigan mashg'ulotlar tashkil etadi. Bunday mashg'ulotlarda psixolog autik bolaga odamlar bilan aloqa qilishning ancha faol va murakkab sharoitlarini yaratishi kerak. Mashg'ulotlarda egallangan yangi tajriba asta sekin mustahkamlanadi va uning dunyo bilan kundalik munosabatining asosiga aylanadi. Psixologning yordami bolaning yoshi katta bo'lib borgan sari, ayniqsa, yosh inqirozlari davrlarida, hayotning murakkab sharoitlariga o'tshida muhim bo'ladi.
Autizm sindromli bolalarda muloqot ko'nikmalarini shakllantirishning korreksion-pedagogik tizimi defektolog va bir qator mutaxassislar tomonidan mashg'ulotlarda qo'llaniladigan texnologiya va o'yinlar quyida tafsiflangan.
ABA terapiyasini aqli zaiflik bilan birga kechadigan autizm sindromli bolalar bilan qo'llash yaxshiroq. Autizm sindromli bolalarga muloqot va nutq ko'nikmalarini o'rgatishda emotsional hamda xulq-atvor yondashuvlarini amalga oshirish kerak.
Autizm sindromli bolalarni dastlabki asosiy muloqot ko'nikmalariga o'rgatish uchun muloqot motivatsiyasini yaratish muhimdir. Bunda defektolog-logoped yoki ABA terapevt autizm sindromli bolalar bilan mashg'ulot davomida muloqot qilish jarayonini turlicha o'yinlar orqali erkin olib borishi, bolalarda o'z imkoniyatlari tuyg'usidan zavqlanishni o'rgatishi maqsadga muvofiqdir.
Bola va kattalar o'rtasidagi hamkorlik jarayonida biz muvaffaqiyatga erishish holatlarini yaratamiz, bu maktabgacha yoshdagi bolaning shaxsiy rivojlanishining muhim shartidir. Muvaffaqiyatli vaziyatni tashkil etish autizmli sindromli bolalar bilan korreksion mashg'ulotlarda optimistik yondashuv tamoyilini amalga oshirishga imkon beradi. Ijobiy munosabatni saqlashga harakat qilish va uni bolaga o'tkazish, bolani ijobiy harakatlariga e'tibor qaratish va uning qilgan xato va harakatlarini sezmaslik kerak.
Ma'lumki, autizm bola bilan ishlashning muhim jihatlaridan biri bu boshqalar bilan hissiy aloqani shakllantirishdir. Albatta, aloqa o'rnatish jarayonida bolalarning o'zlarining individual muloqot ko'nikmalari shakllanadi. Agar muloqot vaziyati bola uchun qulay va tushunarli shaklda bo'lsa, bolada ijobiy taassurot qoldiradi. Bola birinchi navbatda qulay muloqot shaklini olishi muhim va shundan keyingina bog'lanishga erishib, o'zaro ta'sirning yanada murakkab shakllarini asta-sekin rivojlantirish mumkin.
Autizmli bolalar bilan ishlaydigan mutaxassislarga o'yinlar va texnologiyalarni bolalarning individual xususiyatlariga muvofiq tanlash tavsiya etiladi.
EURASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES, PHILOSOPHY AND CULTURE
Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.2 | SJIF = 8.165 www.in-academy.uz
Bunday bolalar bilan ishlash davomida ularning sensor impulslarni qayta ishlashi haqidagi bilimlarni to'plashimiz va ularga yordam qo'lini cho'zishimiz uchun kerak bo'ladigan vosita va usullarni topishimiz darkor. Metodikalarni qo'llash davomida ularning yuqori va quyi sezuvchanlik darajalarini ham diagnostika qilish muhim jihat hisoblanadi. Bu borada har bir bolaga individual yondashish hamda ularda namoyon bo'lgan sensor dezintegratsiyaning darajasiga qarab maqsadga yo'naltirilgan korreksion dasturlarni ishlab chiqish va ulardan samarali foydalanish ushbu muammoni sezilarli darajada bartaraf etishga yo'l ochib beradi.
0'z vaqtida tashxis qilinmaslik va tegishli yordamning, atrofdagilarning xayrixohligi va to'g'ri qo'llab-quvvatlashining mavjud emasligi tufayli autik bolalarning ko'p qismi "ta'limga qobiliyatli emas" deb topiladi va ijtimoiy jihatdan moslashmaydi. Shu bilan birgalikda, o'z vaqtida boshlangan korreksiyalash ishlari natijasida bolalardagi autizm ko'rinishlarini bartaraf etishga va asta sekin bolani jamiyatga kiritishga imkon yaratiladi. Turli sur'atda, turli natijalar bilan, ammo har bir autik bola qadamma-qadam odamlar bilan murakkab o'zaro harakatga, aloqadorlikka kirisha boradi va bu yo'ldagi har bir jiddiy qadam unga, uning atrofidagilari, yaqinlariga olam-olam quvonch bag'ishlaydi. Ko'pincha muvaf faqiyatli ijtimoiylashuvga bolaning biror-bir sohadagi o'ziga xos qobiliyatliligi, masalan, 'tug'ma" savodliligi, musiqa, rasm chizishga, texnik ko'rish-yasashga iqtidori turtki bo'ladi.
Autik bolaning muammolarini ko'rib chiqishda shu xulosaga kelish mumkin-ki, uning reabilitatsiyasida asos - bolaning butun hayotini davolashni tashkil etishdir. Bunda asosiy ish uning yaqinlariga ~ oilasi yoki uning o'rnini bosuvchilarga yuklanadi, ularga esa mutaxassislar jamoasi yordam berishi lozim.
Metodikalarni qo'llash davomida ularning yuqori va quyi sezuvchanlik darajalarini ham diagnostika qilish muhim jihat hisoblanadi. Bu borada har bir bolaga individual yondashish hamda ularda namoyon bo'lgan sensor dezintegratsiyaning darajasiga qarab maqsadga yo'naltirilgani korreksion dasturlarni ishlab chiqish va ulardan samarali foydalanish ushbu muammoni sezilarli darajada bartaraf etishga yo'l ochib beradi.
Xulosa qilib aytadigan bo'lsak autizm muammosini hal etishda ushbu sindromi bo'lgan bolalar tomonidan atrof-muhitni qay darajada idrok etilishini o'rganmay turib, ularning kuchli tomonlari va zaif jihatlarini, boshqacha aytganda, muammolarini aniqlay olmaymiz. Autizm sindromi bo'lgan bolalarning hayot davomida duch kelayotgan sensor, ijtimoiy va emotsional qiyinchiliklari axborotlarni idrok qilishdagi individual o'ziga xosliklari bilan bog'liqdir. Bu bolalarning idrok sohasi va xulq - atvoridagi o'ziga xosliklarini tushunib yetish uchun ularni pedagogik va psixologik jixatdan chuqur o'rganishimiz zarur. Ana o'shandagina ko'zlagan maqsadimizga erisha olamiz.
References:
1. M. U. Xamidova. Maxsus pcdagogika/o'quv qo'llanma/. -T oshkcnt: "N1F MSH", 2020,164 bet.
2. D.A.Nurkeldiyeva, M.Hamidova "Rivojlanishida nuqsoni bo'lgan bolalar diagnostikasi" Toshkent - 2014 y
3. L.P. Mo'minova, M.Ayupova, D. Nurkeldieva, X.Kalbaeva "Maxsus pedagogika" / Toshkent Davlat pedagogika un-ti. — «NOSHIR» Toshkent - 2012
EURASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES, PHILOSOPHY AND CULTURE
Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.2 | SJIF = 8.165 www.in-academy.uz
4. F.Qodirova. S. Axrorova.Autizm sindromli bolalarda muloqot ko'nikmalarini shakllantirishning korreksion-pedagogik tizimi. Konferensiya materiallari. 2022-yil aprel.
5. F.R. Teshaboyeva, S.M Usmonjonova "Autizm sindromli bolalarga korreksion rivojlantiruvchi ta'limni tashkil etishning ilmiy nazariy asoslari." Konferensiya materiallari. 2024-yil may
6. Nurmatova D.G. "Autist bolalarni ijtimoiy-psixologik moslashtirish tizimini takomillashtirishning nazariy - metodologik asoslari". - 2020. - B. 46-52
7. F.R. Teshaboyeva, S.M Usmonjonova "Autizm sindromli bolalar bilan olib boriladigan korreksion-pedagogik ishlarni tashkil etishda o'yinlardan foydalanish" 2024-y
8. F.R. Teshaboyeva, S.M Usmonjonova "Autizm sindromli bolalarni ijtimoiylashuvida inklyuziv ta'limning o'rni" 2024-y.