Научная статья на тему 'ATROF-MUHITNI MUHOFAZA QILISH KELAJAK AVLOD BURCHIDIR'

ATROF-MUHITNI MUHOFAZA QILISH KELAJAK AVLOD BURCHIDIR Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
6
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
V statye osveshen vopros o vajnosti ekologicheskogo obrazovaniya v formirovanii molodeji i v podgotovke vedushix kadrov.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Meyliyeva Hilola

V dannoy statye govoritsya o roli i znachenii ekologicheskogo obrazovaniya v vospitanii molodogo pokoleniya. Takje pokazana neobxodimost prepodavaniya predmeta ekologii vo vsex etapax sistemi neprerivnogo obrazovaniya nachinaya s doshkolnogo.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «ATROF-MUHITNI MUHOFAZA QILISH KELAJAK AVLOD BURCHIDIR»

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION AND INNOVATION SJIF = 5.281

Central Asian Journal of

Education and Innovation

ATROF-MUHITNI MUHOFAZA QILISH KELAJAK AVLOD

BURCHIDIR

Meyliyeva Hilola

Qarshi davlat universiteti o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.11213604

ARTICLE INFO

Qabul qilindi: 08-May 2024 yil Ma'qullandi: 15- May 2024 yil Nashr qilindi: 18- May 2024 yil

KEY WORDS

Vstatye osveshen vopros o vajnosti ekologicheskogo obrazovaniya v formirovanii molodeji i v podgotovke vedushix kadrov.

ABSTRACT

V dannoy statye govoritsya o roli i znachenii ekologicheskogo obrazovaniya v vospitanii molodogo pokoleniya. Takje pokazana neobxodimost prepodavaniya predmeta ekologii vo vsex etapax sistemi neprerivnogo obrazovaniya nachinaya s doshkolnogo.

Fan va texnologiyalar shiddat bilan rivojlanayotgan hozirgi davrda insonning tabiatga ta'siri bir necha barobarga ortdi. Turli xil sanoat korxonalarining rivojlanishi so'zsiz tabiiy muhitga salbiy ta'sir ko'rsatadi. Bu ta'sirni oldindan anglay bilish, tegishli chora-tadbirlarni ko'rish, ularning salbiy oqibatlarini kamaytirish va foydali tomonlarini oshirish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Shu bois, tabiiy muhitni muhofazalash, uning imkoniyatlaridan oqilona foydalanish hozirgi zamonning eng dolzarb va g'oyatda mas'uliyatli vazifasiga aylangan.

Insonlar hayotining farovonligi va huzur-halovati atrof-muhit holatiga bevosita bog'liq. Insonning sog'lom hayot kechirishi va mehnat qilishi uchun toza havo, toza suv, toza oziq-ovqat va toza tashqi tabiiy muhit nihoyatda zarur. Atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy boyliklardan oqilona foydalanish ko'p jihatdan insonlarning ekologik savodxonlik darajasi, ekologik madaniyatiga bog'liq. Bu esa, jamiyatni rivojlantirish, tabiat boyligi va go'zalligini asrab-avaylash vazifalari bilan uyg'unlashadi. Bu muammolarni hal etish uchun aholining barcha qatlamlarida, ayniqsa yoshlarda ekologik bilim, dunyoqarash, madaniyatni shakllantirish nihoyatda zarur. Chunki tabiat sir-sinoatlarini to'liq tushungan insongina tabiatdagi muvozanatni saqlash hayotimizning davomiyligini ta'minlashini anglay oladi.

Atrof-muhitni muhofaza qilish chora-tadbirlaridan ustuvori - bu yoshlarga ekologik ta'lim-tarbiya berib borishdir, chunki tabiatda bo'ladigan o'zgarishlarni to'g'ri anglay olgan inson aniq va atroflicha xulosa chiqara oladi. Ekologiya fanida hanuzgacha o'z yechimini topmagan ilmiy-nazariy asoslar mavjud. Shunday ekan, ekologiya fanlarini uzluksiz ta'lim tizimining barcha bug'inlarida olib borish nihoyatda muhim hisoblanadi. Ayniqsa, bu ishlarni maktabgacha ta'lim muassasalaridan boshlash, maktabgacha yoshdagi bolalarga dastlabki tabiat haqidagi bilimlarni berish va tasavvurlarini kengaytirib, boyitib borish muhim masaladir.

Zero, Prezidentimiz tomonidan olib borilayotgan siyosat ham shuni taqozo etadi. Xususan, 2017 yil 30 sentabrda "Maktabgacha ta'lim tizimi boshqaruvini tubdan

takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi Farmoni hamda "O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi faoliyatini tashkil etish to'risida"gi qaroriga muvofiq bu sohada yangi tizim yaratildi [1-2]. 2019 yil 16 dekabrda "Maktabgacha ta'lim va tarbiya to'g'risida" O'zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilindi [3]. Mazkur hujjatlar asosida maktabgacha ta'lim tizimini tubdan isloh qilish, boshqaruv tuzilmasini tashkil etish ishlari amalga oshirilmoqda. Muassasalarga bolalarni 100% qamrab olishga qaratilgan alohida dasturlar ishlab chiqilmoqda, xususan "Ekolog bolajon" dasturini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish muhim masala sifatida qabul qilingan.

Bolalarga ekologik ta'lim-tarbiya berishni avvalo oilada, maktabgacha tarbiya davridan boshlash kerak. Bu vazifalarni amalga oshirishda maktabgacha ta'lim muassasalarining o'z o'rni va ahamiyati bor. Ushbu ta'lim muassasalarining o'quv dasturi va rejasi tarkibiga ekologik bilimlarga taalluqli mavzularni kiritish va soatini kengaytirish maqsadga muvofiqdir. Chunki, hozirga qadar maktabgacha ta'lim muassasalarida ekologik ta'lim-tarbiyaga e'tibor talab darajasida emas. Shu bois, bolalar tarbiyasida ekologik kunikma va tarbiyaning talab darajasida emasligi ularni tabiatdan ajralib qolayotganliklariga sabab bo'lmoqda. Shuning uchun, ekologik tarbiyani uzluksiz ta'limning boshlang'ich qismlarida olib borishni yo'lga qo'yish zarur. Zero, buyuk pedagog V.A.Suxomlinskiy aytganidek: Men bolalar alifboni so'zini hijjalab o'qishlariga qadar, avval tabiatdan eng ajoyib tabiat kitobini mutolaa etishlarini istar edim.

Ekologik ta'lim-tarbiya atrof-muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo'lishning asosini tashkil etadi va umumiy ta'lim tizimining asosiy tarkibiy qismi hisoblanib, uning negizi maktabgacha ta'lim muassasasi tarbiyalanuvchisi yosh davridanoq boshlanadi. Xususan, chet el mamlakatlarida ,,Ekologiya mustaqil fan sifatida uzluksiz ta'limda ko'zga tashlanadi. Masalan, G'abiy Yevropa mamlakatlarida bolalarga ekologik tarbiya berish 3 yoshdan boshlanadi. Avstryada esa ekologik ta'lim zamini maktab dasturlariga kiritilgan va maxsus o'quv qo'llanmalar mavjud.

Maktabgacha ta'lim muassasalarida ekologik tarbiyani shakllantirishda asosiy e'tibor bola shaxsini o'ziga va yon-atrofdagilarga tengdoshlari, tarbiyachilar, ota-onasiga bo'lgan munosabatlarni shakllantirishga qaratiladi. Buning uchun bolalarga tabiatning eng go'zal mo'jizalarini, ajoyibotlarini, tabiatning maftunkorligini bola yoshiga xos va mos tarzlarda, jonli tabiatga sayohatlar uyushtirish, rasmlar bilan ishlash va videotasvirlarda ko'rsatish mumkin bo'ladi.

Shuningdek, Germaniyada o'rmon bolalar bog'chalari tashkil etilgan bo'lib, ko'pincha o'rmonlarda joylashagan bo'ladi. Bolajonlar doimo ochiq havoda bo'ladilar, daraxtlar va boshqa o'simliklarni o'rganadilar. Bolalarga tabiatni sevish va uni asrab-avaylash o'rgatiladi. Bunday shakldagi bog'chalarning ikkinchi ko'rinishi dehqon xo'jaliklarida, fermerlar yoki ularga yaqin yerlarda joylashgan bo'ladi. Bolalar dala va bog'larda sabzavot va mevalar o'stirishga fermerlarga mollarni boqishda kuchlari yetguncha yordam beradilar. Yapon bolalari tabiatni juda sevadilar va chuqur his etadilar, balkim aynan shuning uchun ham Yaponiyada turli daraxtlar, tabiat hodisalariga bag'ishlangan milliy bayram va festivallar ko'p bo'lsa kerak. Yoshlikdan go'zallikni sevishni va tabiatni his etishni o'rgatilgan yapon bolalar bu tuyog'ular bilan umrbod yashaydilar [4].

Shu o'rinda Respublikamizda ekologik ta'lim-tarbiya jarayonini samarali tashkil qilish maqsadida Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2019 yil 27 mayda 434-sonli qaror bilan

tasdiqlangan "Ekologik ta'limni rivojlantirish konsepsiyasi" ning qabul qilinishi ekologik jihatdan ko'plab muammolarning yechimini topishda yaqindan yordam beradi. Shularni e'tiborga olgan holda, Respublikamizda barcha aholida ekologik madaniyatni shakllantirish maqsadida ekologik ta'lim-tarbiyani uzluksiz ta'lim tizimining muhim tarkibiy qismi sifatida qarash va ta'lim tizimi jarayoniga keng joriy etishning ya'ni barcha ta'lim turlarida o'qitishning vaqt-soati kelganligini ma'lum qiladi [5].

Shuningdek, ekologiya haqidagi bilimlarni umumiy o'rta va o'rta maxsus ta'limda davomiyligini ta'minlash zarur. Zero inson hayotida maktab juda katta o'rin tutishini bilamiz. Aynan maktabda yoshlarning ta'lim olishida har bir fanning asosi shakllantiriladi ya'ni fundamenti qo'yiladi. Shu bois, ekologiyaga oid bilimlar ham yoshlikdan berib borilsa, ularning tabiatga bo'lgan munosabati va dunyoqarashi ijobiy his-tuyg'ular bilan rivojlanadi. Yosh avlodda ekologik bilimlar orqali ekologik ong va dunyoqarash o'sadi, fikrlaydi, tabiatni anglaydi, tushunadi va natijada ekologik madaniyat shakllanadi, ko'nikma tarkib topadi.

Ekologiya mustaqil fan bo'lishiga qaramasdan hanuzgacha O'zbekistonda mustaqil fan tarmog'iga aylanmagan. Uzluksiz ta'lim turlarida ekologiya fanini o'qitishning uzviyligi va uzluksizligi hozirga qadar to'liq amalga oshmagan. Biroq, lekin biz ekologik muammolar haqida to'xtovsiz gapiramiz, yozamiz, ularning yechimi sust borayotganligini tanqid qilamiz. Ba'zan bu muammolarning yechimi yo'qdek tuyuladi, ular shunchalik ildiz otib ketganki qanday qilib va qaysi yo'llar bilan ularni yechimini topish mumkinligi haqida bosh qotiramiz. To'g'ri, albatta mamlakatimizda ekologiya sohasida ko'plab amaliy innovatsion ishlar bajarilmoqda, qaysidir ma'noda yechimi topilmoqda, ammo barcha insonlar ongida tabiatga bo'lgan ijobiy munosabat hali hanuz muammoligicha qolmoqda. Muxtaram Prezident Sh.M.Mirziyoyev ta'kidlaganidek, barchamiz yaxshi bilamizki, insonning ongi va dunyoqarashi, fikri o'zgarmasa, jamiyat o'zgarmaydi. Jamiyat o'zgarmagan joyda hech qanday ijobiy natija ham, taraqqiyot ham bo'lmaydi. Bugun biz yashayotgan jamiyatga yangi fikr, yangi g'oya, eng muhimi, islohotlarni amalga oshirishga qodir bo'lgan yangi avlod kadrlari kerak. [6]. Ayniqsa, ekologik ta'limning uzluksizligni ta'minlagan holda, oliy ta'limda davom ettirish va uni to'liq qamrab olish natijasida, bo'lajak mutaxassislar tabiat va uning qonuniyatlarini ilmiy jihatdan angalagan holda chuqur bilim, intelektual salohiyat, yuqori ekologik madaniyatga ega bo'ladilar. Yoshlar kelgusida qaysi soha mutaxassisi bo'lib ishlashlaridan qat'iy nazar, ular yaratayotgan turli xil mahsulotlar va faoliyat ko'rsatayotgan korxonalardan chiqayotgan chiqindilar tabiatga, uning asosiy unsurlari: havo, suv, tuproq, o'simlik va hayvonot olamiga zarar keltirmasligini tushunib yetadilar.

Shu bois, "Ekologiya" fanini chuqur va har tomonlama o'rganishlari, inson faoliyati (antropogen ta'sir) natijasida biosferada ro'y berayotgan hodisalarning sabab va qonuniyatlarini tahlil etishlari, tabiat muhofazasini ilmiy asosda anglashlari muhim ahamiyat kasb etadi. Biz bugun mana shu haqiqatni anglab yetmog'imiz darkor.

Mamlakatimizda yosh avlod ta'lim-tarbiyasiga alohida e'tibor berilmoqda. O'g'il-qizlarimizning zamonaviy bilim olishi, yuksak ma'naviyatli bo'lib voyaga yetishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratib berilmoqda. Ta'lim muassasalarining soni va sifat darajasi yuqori pog'onalarga ko'tarilmoqda. Bu imkoniyatlardan to'g'ri foydalanish zarur. "Hammamizga ayonki, taraqqiyotning tamal toshi ham, mamlakatni qudratli, millatni buyuk qiladigan kuch ham bu - ilm-fan, ta'lim va tarbiyadir. Ertangi kunimiz, Vatanimizning yorug' istiqboli, birinchi navbatda, ta'lim tizimi va farzandlarimizga berayotgan tarbiyamiz bilan chambarchas bog'liq",

- deb yurtboshimiz juda to'g'ri baho berganlar [6].

Shu bois, ekologiya fanini mustaqil fan sifatida o'qitishni "Ta'lim to'g'risida"gi Qonunning 7-moddasi ta'lim turlarining maktabgacha ta'lim va tarbiya (1) bug'inida boshlash hamda umumiy o'rta va o'rta maxsus ta'lim (2) da davom ettirib borish maqsadga muvofiqdir. Qolaversa, ekologik ta'limning uzluksizligini ta'minlash maqsadida barcha ta'lim turlarida ya'ni professional ta'lim (3), oliy ta'lim (4), oliy ta'limdan keyingi ta'lim (5), kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish (6), maktabdan tashqari ta'lim (7) da yo'lga qo'yish albatta kerakli natijalarni beradi deb hisoblaymiz [7].

Yoshlar tabiatning insoniyat hayotidagi ahamiyati naqadar muhim ekanligini chuqur his etishlari, tabiatni muhofaza qilish qonunlari bilan tanishishlari, tabiatga nisbatan ongli munosabatlarining shakllanishi ekologik tarbiyaning asosini tashkil etadi. Yoshlar barkamol inson bo'lib voyaga yetishlari uchun ekologiyaga oid bilimlar tizimini ilmiy-amaliy jihatdan egallashlari muhim bo'lib, uzviy va uzluksizlik yondashishni taqozo etadi. Ilmiy-pedagogik va metodik yo'nalishlarni tadqiq etish, amaliy jihatdan samarali tajriba o'tkazish uchun o'ziga xos xususiyatlarini hisobga olish zarur. Bu o'ziga xoslik o'rganilayotgan ekologik jarayonlarning serqirra va murakkabligida, o'quv-tarbiya jarayonida ilmiy va pedagogik omillarni birlashtirish zaruratida namoyon bo'ladi. Xususan, Respublika hududida mavjud bo'lgan ekologik muammolar tizimini: atmosfera havosining ifloslanishi va uning muhofazasi; yerning cheklanganligi, tuproq eroziyasi va uni oldini olish; Orol va Orolbo'yi muammosi; energiya manbalaridan tejamkorona foydalanish; suv tanqisligi, demografiya va u bilan bog'liq bo'lgan ekologik muammolar. "Qizil kitob", qo'riqxonalar, buyurtmaxonalar, va milliy bog'larning ahamiyati; ilmiy-texnika taraqqiyoti natijasida xalq xo'jaligining turli sohasida paydo bo'ladigan ekologik muammolarni; atrof muhitda noqulay ekologik vaziyatning paydo bo'lishi va uni bartaraf etishda insonning o'rni beqiyosligini anglab yetishlari kerak.

Yoshlar bilim o'zlashtirish barobarida, teran fikrli, intellektual salohiyatli, dunyoqarashi keng insonlar bo'lib voyaga yetadilar. Chunki ta'lim-tarbiyaning barcha jihatlarini o'zida mujassamlashtirgan yoshlar barkamol avlod deb ataladi. Bunda ma'naviy, jismoniy, estetik, huquqiy, iqtisodiy ta'lim kabilar bilan birga albatta, ekologik ta'lim ham o'z o'rnini topishi lozim. Biz kattalar iqtidorli yoshlarni kamol topishida, o'z yo'nalishi bo'yicha yetuk mutaxassis bo'lib voyaga yetishida yaqindan yordam berishimiz lozim. Bu esa, o'z yurti go'zalligidan faxrlanuvchi, uning qadriyatlarini asrab-avaylaydigan, mehr-shafqatli, ekologik savodxon, bilimli va intellektual salohiyatli yoshlar avlodi shakllanishiga olib keladi. Biz sog'lom, axloqli, mehnatsevar, pok, bilimdon insonlarni tarbiyalab, o'stira olganimizdagina kelajagimiz porloq bo'ladi. Chunki, yoshlarni tabiatga mehr-muhabbat ruhida tarbiyalash shunchaki bir ermak emas, bu davlat ahamiyatiga ega bo'lgan dolzarb masaladir.

Kelajak yoshlar qo'lida ekan, tabiatni butunligicha asrash, uni kelgusi avlodlarga qadimgi ajdodlarimiz asragandek yetkazish insonlar oldida turgan yuksak vazifalardan ekanligini yosh avlod qalbiga singdirish zarur.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1. Mirziyoyev Sh.M. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Maktabgacha ta'lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida" gi 2017 yil 30 sentabrdagi PF-5198-sonli qarori.

2. Mirziyoyev Sh.M. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi faoliyatini tashkil etish to'risida" gi 2017 yil 30 sentabrdagi PQ-

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION AND INNOVATION SJIF = 5.281

3305-sonli qarori.

3. "Maktabgacha ta'lim va tarbiya to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi Qonuni 2019 yil 16 dekabr 683-sonli O'RQ.

4. Abidov B.K. Maktabgacha ta'lim (xorijiy mamlakatlar tajribasidan). "Zamonaviy ta'lim" jurnali, 2017 yil №11. 34-46 b.

5. Mirziyoyev Sh.M. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Ekologik ta'limni rivojlantirish konsepsiyasi to'g'risida" gi 2019 yil 27 may 434-sonli qarori.

6. Mirziyoyev Sh.M. "O'qituvchi va murabbiylar yangi O'zbekistonni barpo etishda katta kuch, tayanch va suyanchimizdir". O'qituvchi va murabbiylar kuniga bag'ishlangan tantanali marosimdagi nutqi. 2020 yil 30 sentabr.

7. "Ta'lim to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi Qonuni 2020 yil 23 sentabr 637-sonli O'RQ.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.