Научная статья на тему 'ASTRONOMIYA FANIGA O’QUVCHILAR QIZIQISHINI ORTTIRISH'

ASTRONOMIYA FANIGA O’QUVCHILAR QIZIQISHINI ORTTIRISH Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
1
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
astronomiya / Stellarium / koinot / dunyoqarash / qiziqish

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Холбоева Наргиза Баходировна

Ushbu maqolada o‘rta maktab astronomiya darslariga o’quvchilar qiziqishini orttirish uchun eng ommalashgan samarali natijalarga eltuvchi o‘qitish metodikasi tavsiya etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «ASTRONOMIYA FANIGA O’QUVCHILAR QIZIQISHINI ORTTIRISH»

ASTRONOMIYA FANIGA O'QUVCHILAR QIZIQISHINI ORTTIRISH Холбоева Наргиза Баходировна

Наманган давлат университети https://doi.org/10.5281/zenodo.10991922

Annotatsiya. Ushbu maqolada o'rta maktab astronomiya darslariga o'quvchilar qiziqishini orttirish uchun eng ommalashgan samarali natijalarga eltuvchi o'qitish metodikasi tavsiya etilgan.

Kalit so'zlar: astronomiya, Stellarium, koinot, dunyoqarash, qiziqish

Аннотация. В данной статье рекомендуется наиболее популярная и эффективная методика преподавания для повышения интереса учащихся к урокам астрономии в средней школе.

Ключевые слова: астрономия, стеллариум, вселенная, мировозрение, интерес.

Abstract. This article recommends the most popular and effective teaching method for increasing student interest in astronomy lessons in high school.

Keywords: astronomy, stellarium, universe, worldview, interest

Ma'lumki, o'rta maktabda olingan bilimlar butun xayot davomidagi uzluksiz talim olish jarayonini fundamenti bo'lib xizmat qiladi. Xozirda o'qitilayapgan astronomiya talimi tahlilini ko'rsatishicha o'rta maktablarda astronomiyani o'qitish sifati o'ta past. O'quv materiallari va o'qitish metodlari zamon talablari bo'yicha boyitilmagan. Bu xolat talim jarayonida astronomiya faniga talabalar qiziqishini orttirish kerakligini taqozo etadi . [1]

Astronomiya fani inson ilmiy dunyoqarashini shakllanishida o'ta muxim ahamiyatga ega bo'lib, koinot va unda ro'y beradigan fizik jarayonlar, Kuyosh tizimi, Koinot va yulduzlar evolyusiyasi kabi ko'plab xammani qiziqtiradigan bilimlar manbai hisoblanadi.

Qiziqish - o'qish, yangilikni bilish uchun eng muhim omillardan biridir. Uning ta'sirida faollik ortadi, xotira takomillashadi, tasavvur va qabul etish kuchayadi, diqqat, fikrni to'plash o'shadi.

Astronomiyani o'rganishga o'qituvchi qiziqishni tarbiyalash va rivojlantirishga imkon beradigan sharoitlarni bilishi kerak. Ijodiy ishlaydigan o'qituvchilar o'rganishga qiziqishni rivojlantirish maqsadida turli uslublarni qo'llaydilar. Yaxshi tayyorlangan namoyish tajribalaridan foydalanish va mustaqil kuzatish o'tkazish, uy tajribalari va kuzatishlarni tashkil etish, darsda olingan nazariy bilimlarning amalda qo'llanilishini ko'rsatadigan masalalar yechish o'quvchilarda katta qiziqish uyg'otadi. [2]

Masalan, o'quvchilarni quyidagicha masalalar qiziqtiradi:

1. Koinot nima?U qanday paydo bo'lgan? Koinotning oxiri bormi?

2. Koinotda yer qanday muallaq tura oladi?Oy-chi?

3. Yulduzlar qanday osmoniy jismlar? ularning tuzilishi va maqsadi qanday?

4. Yerdan o'zga olamlarda hayot mavjudmi? Mavjud bo'lsa ulardagi hayot tarzi qanday tasavvur qilish mumkin?

O'quvchilarga quyidagicha loyihalash elementlari bo'lgan kuzatishlarni taklif etish mumkin.

Har kechqurungi osmondagi yulduzlarni tabiiy qurollanmagan ko'z bilan kuzatib boorish xamda elektron planetariy Stellarium dan foydalanish mumkin. Stellarium programmasini http://stellarium.org saytidan bepul shaxsiy kompyuterga yuklab olsa bo'ladi. U real osmonni uch o'lchamli ko'rinishda tiniq ko'rsatadi. Bu dastur kataloglari 600 000 dan ortiq yulduzlardan iborat

bo'lib, yana qo'shimcha millionlab yulduzlar katalogini yuklash imkoniyatiga xam ega. Quyosh tizimini barcha planetalari va ularning asosiy yo'ldoshlari, real Somon yuli va boshka obektlarni kuzatish mumkin. Quyosh va Oy tutilishidan tortib real atmosferani, quyosh chiqishi va botishini, eng muximi kuzatuv koordinatasini foydalanuvchi o'zi turgan joyga o'rnatib turli modellashtirishlarni bajara olish imkoniyatiga xam ega bo'ladi

O'quvchilarning ilmiy bilimlarni bilishga qiziqishlarini va tadqiqotchilik qobiliyatlarini rivojlantirishning asosiy omillari sifatida quyidagilarni ko'rsatish mumkin: —o'quv materialini ilmiy va qat'iy sistemada bayon qilish;

—darsda muammoli vaziyat hosil qilish va qo'yilgan muammoni hal etishga o'quvchilarni jalb qilish;

—darsda o'quvchilarning mustaqil ishlarini tashkil qilib borish; —o'quvchilar tomonidan ijodiy harakterdagi topshiriqlarning bajarib borilishi; —o'quvchilar o'zlari qiziqqan masalalarni ilmiy-ommabop adabiyotlardan o'rganganlarini sinfdoshlariga aytib berishlari uchun sharoit yaratish;

—o'quvchilar o'zlarini qiziqtirgan savollarga adabiyotlarni o'qish, kino va telefilmlarni ko'rish va mustaqil ravishda tabiat va texnika hodisalarini kuzatish orqali javob topishlari.

Fanga chuqur va mustahkam qiziqish uyg'otish uchun o'quvchilarning fikrlash qobiliyatlarini va diqqatni faollashtiruvchi, ilmiy-texnika revolyutsiyasi sharoitida bilimning ahamiyatini tushunishga yordam beruvchi usullarni qo'llash lozim.

O'quvchilarning fanga qiziqishlarini tarbiyalash ko'pgina texnik masalalarni hal qilishlariga yordam beradi. O'quvchilarni astronomiyaga qiziqishlarini uyg'otishdagi asosiy manba-o'qituvchining darsdagi faoliyati, uning shaxsiy sifati va o'quvchilarning bilish faoliyatlarini tashkil qila olishidir.

O'quvchilarga ilmiy bilimlar berish bilan birga ularni amaliy xarakterdagi mahorat va malaka bilan ham qurollantirib borish lozim. U yoki bu amalni bajarish mahoratini shakllantirish uchun avval o'qituvchining o'zi o'sha amalni tahlil qilishi va u qanday elementlardan tashkil topishini aniq tasavvur qilmog'i lozim. Amalni bajarish elementlarini aniqlagandan keyin uni bajarish ketma-ketligini tuzib, keyin sodda amallarni bajarish malakasini hosil qilishga oid mashqlar bajariladi. Bu qilinadigan ishlarda asosan maxsus tanlangan murakkab topshiriqlar (amallar) bajariladi. [3]

Ilmiy bilimlarning tuzilma elementlarini aniqlab, ulardan har birining o'zlashtirilishiga bo'lgan umumiy talablar o'rganilib, ular reja asosida plakat yoki kartochkaga yozib qo'yiladi. O'quvchilar ana shu rejaga ko'ra amallarni bajarib boradilar. M. : hodisani o'rganish rejasi taxminan quyidagicha:

1. Hodisani boshqa shunga o'xshash hodisalardan ajratish mumkin bo'lgan tashqi belgilarni aniqlash.

2. Hodisaning sodir bo'lish sharoitini aniqlash.

3. Laboratoriya sharoitida hodisani kuzatish (agar uni bajarish mumkin bo'lsa).

4. Hodisani boshqa hodisalar bilan bog'lanishini o'rganish.

5. Hozirgi zamon ilmiy nazariyalar asosida hodisaning tabiatini va uning sodir bo'lish mexanizmini tushuntirish.

6. Hodisaning miqdoriy tavsifmi, uni ifodalovchi fizik kattaliklarni, hamda ular orasidagi bog'lanishlarni aniqlash.

7. Hodisaning amaliyotda qo'llanishlari bilan tanishish.

Hodisani uy sharoitida va tabiatda kuzatish (agar bunga imkon bo'lsa) va kuzatish olib borilgan sharoitini tasvirlash. Hodisaning zararli tomonlari va uning oldini olish yo'llari bilan tanishish. Bu reja hamma hodisalarni o'rganish uchun umumiydir.

Astronomik kuzatishlarni bajarishda umumlashgan faoliyat quyidagicha:

1. kuzatishning maqsadini aniqlash.

2. kuzatish asosida yechilishi mumkin bo'lgan muammoni ta'riflash.

3. kuzatishni bajarish uchun zarur bo'lgan sharoitni aniqlash.

4. Bu sharoitni qanday vositalar yordamida vujudga keltirish mumkinligini va unga qanday asboblar, materiallar zarurligini o'ylab topish.

5. Ish stolida kuzatishni o'tkazish uchun zarur bo'lgan hamma asboblar borligini tekshirish. Uy sharoitida tajriba o'tkazish uchun zarur bo'lgan asboblarni mustaqil ravishda topish.

6. Tajriba qurilmasini yig'ish.

7. Tajribani bajarish tartibini o'ylab topish, qanday o'lchashlarni bajarish kerakligi va uning ketma-ketligini aniqlash.

8. Kuzatilgan hodisaning va o'lchashlar natijasini yozi shning eng ratsional usulini aniqlash.

9. O'lchashlar olib borish va olingan natijalarni tanlan gan usulda yozib borish.

10. O'lchash natij alarini matematik hisoblash va xulosani ta'riflash.

Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, astronomiya faniga talabalar qiziqishini orttirish ta'lim samaradorligini oshirishga olib keladi. Ushbu usul o'quvchi-talabalarni mustaqil o'qishga o'rgatadi, berilgan vazifalarni mustaqil bajarishga undaydi, bilim ko'nikma va malakalarni oshirishga, komil inson bo'lib yetishishga yo'naltiradi.

REFERENCES

1. Холбоева Н.Б. Компьютер технологиялари ёрдамида астрономия фанини укитиш самарадорлигини ортириш усуллари // Замонавий таълим. -2022.-№6(115).-С.41-48

2. Холбоева Н.Б., Тургунов С.Т., ^учкаров О.Х. Астрономия фанини укитишда компьютер ахборот технологияларининг урни // Современное образование (Узбекистан). - 2020. - №. 9 (94). - С. 88-93.

3. Mamadazimov M.M. Maktabda astronomiya o'qitish. -T.: O'qituvchi, 1990

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.