Научная статья на тему 'ASALARIZORDA ASAL TORTISH TEXNOLOGIYASI'

ASALARIZORDA ASAL TORTISH TEXNOLOGIYASI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
84
13
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
asalari oilasi / asal / romka / lichinka / asalarizor / elektr / gazplita / pichoqlar / bug‘li pichoq / asalyig‘gich / yopiq / nasil / qoldiq asal / och-jigarrang / shrabat / kobalt / asal yig‘gich / elektr.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — R.Q.Jamolov, O.T. Avazxonova, M.D. Mirzobiddinova, A.N.Ergasheva

Maqolada Respublikamizda yoz oylari asal yig‘ish uchun asosiy fasldir. Yozning iliq oylaridan boshlab g‘o‘za o‘simlik bir maromda shira ajratadi va u kundan-kun ko‘payib boradi. Asal olish mavsumida asalarichi doimiy ravishda romlarni asal bilan to‘lishini tarozida turgan nazoratdagi asalari oilasi vaznini ortishini kuzatib borishi kerak. Oilada yig‘ilgan asalni o‘z vaqtida olish katta ahamiyatga ega. Asal olishga kechikish oilaga shira keltirishni susaytiradi va uni qisqartiradi. Yana bir tomoni shundaki asalni yetilmasdan turib olib bo‘lmaydi, chunki u yetilib ulgurishi kerakligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar keltirilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «ASALARIZORDA ASAL TORTISH TEXNOLOGIYASI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND

SOLUTIONS

JUNE 6-7, 2023

ASALARIZORDA ASAL TORTISH TEXNOLOGIYASI 1R.Q.Jamolov, 2O.T. Avazxonova, 3M.D. Mirzobiddinova, 4A.N.Ergasheva

1Farg'ona davlat universiteti o'qituvchisi 2'3'4Farg'ona davlat universiteti talabalari https://doi.org/10.5281/zenodo.8003012

Annotatsiya Maqolada Respublikamizda yoz oylari asal yig'ish uchun asosiy fasldir. Yozning iliq oylaridan boshlab g'o'za o'simlik bir maromda shira ajratadi va u kundan-kun ko'payib boradi. Asal olish mavsumida asalarichi doimiy ravishda romlarni asal bilan to'lishini tarozida turgan nazoratdagi asalari oilasi vaznini ortishini kuzatib borishi kerak. Oilada yig'ilgan asalni o'z vaqtida olish katta ahamiyatga ega. Asal olishga kechikish oilaga shira keltirishni susaytiradi va uni qisqartiradi. Yana bir tomoni shundaki asalni yetilmasdan turib olib bo'lmaydi, chunki uyetilib ulgurishi kerakligi to'g'risidagi ma'lumotlar keltirilgan.

Kalit so 'zlar: asalari oilasi, asal, romka, lichinka, asalarizor, elektr, gazplita, pichoqlar, bug'li pichoq, asalyig'gich, yopiq, nasil, qoldiq asal, och-jigarrang, shrabat, kobalt, asal yig'gich, elektr.

Kirish: Respublikamizda yoz oylari asal yig'ish uchun asosiy fasldir. Yozning iliq oylaridan boshlab g'o'za o'simlik bir maromda shira ajratadi va u kundan-kun ko'payib boradi. Asal olish mavsumida asalarichi doimiy ravishda romlarni asal bilan to'lishini tarozida turgan nazoratdagi asalari oilasi vaznini ortishini kuzatib borishi kerak. Oilada yig'ilgan asalni o'z vaqtida olish katta ahamiyatga ega. Asal olishga kechikish oilaga shira keltirishni susaytiradi va uni qisqartiradi. Yana bir tomoni shundaki asalni yetilmasdan turib olib bo'lmaydi, chunki u yetilib ulgurishi kerak. Yetilmagan asalning namligi ortiq bo'lib, uning mazasi yaxshi bo'lmaydi va tez sifatini buzadi. Asalning yetilganligini asalarilar rom kataklari ustini mum qopqoqlari bilan berkitishi bilan xabar beradi.

Tadqiqot metodologiyasi: Asalli romkalarni uyadan olish. Asal yig'ishda uyadagi hamma romlardagi katakchalar ustini berkitishni kutish kerak emas, aks holda asalarichi mo'l asal xosil ololmaydi. Asalarizorda hamma oilalar birday unumli ishlamaydi, shira yig'ishdan kechikayotgan oilalar asal yig'gunga qadar bekorchi bo'lib qoladilar. Shuning uchun asal olish yaxshi bo'lganda asalari oilasini uch-to'rt kunda bir marotaba kozdan kechirib turish lozim. Shu asosda kerakli darajada to'lgan asalli ramkalar bo'sh ramkalar bilan almashtirib turiladi. Asalli ramkalarni saqlash uchun kuchsiz asalari oilalariga berish mumkin. Kuchli oilalarga bo'sh ramka beriladi. Bu jarayon sermexnat ammo kuchli oilalarga ish surati pasayishini oldini oladi, kammaxsul oilalarda asal me'yoriga yetadi.

Asalari oilasini kozdan kechirayotganda va asalli ramkalarni olishda asalarilarni kamroq bezovta qilishga intilish zarur. Bunday xolda asalari oilasi shu kuni asal yig'ishni susaytiradi. Yaxshisi, asalari oilasida asal tortishni kunning ikkinchi yarmida asalarilar kamroq ucha boshlaganda o'tkazish kerak. Chunki kunni birinchi yarmida asalarilar shira to'plashga yaxshi uchgan bo'ladi.

Asal olish uchun ramkalarning to'liq berkitilishini kutmay olish mumkin. Asal ramkaning taxminan uchdan bir qismini berkitgan bo'lsa romni silkitganda pastki katakchalardan shira sachramagan taqdirda demak asal olish uchun yetilgan bo'ladi. Asalari uyasidan muntazam ravishda asal olib turilsa, asalarilar ko'proq ishlaydi.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND

SOLUTIONS

JUNE 6-7, 2023

Asalli ramkalarni uyadan olishda asalarichilar kamdan-kam maxsus asalari xaydagichlardan foydalanadilar. Lekin oiladagi asalarilar tutun yordamida ko'proq dudlanadi va ularni jig'ildonlariga asal to'ldirib olishlari uchun qisqa vaqt beriladi. Shu bilan asalga to'lgan jig'ildonlari ko'kraklarini to'la boshqarishga imkon bermaydi, asalarilar og'irroq bo'lib qoladi ular osongina to'kiladi va odamni kamroq chaqadi.

Keyingi yillarda ko'p qavatli arixonalarda qavatlardagi va magazin qisimlaridagi asalarilarni ramkalardan tozalash uchun har xil repelentlardan ya'ni moddalardan foydalanmaydilar. Masalan; AQSHda karbol kislotasining 50-85 foizli eritmasi buglaridan keng foydalanilmoqda. Bu eritma maxsus matolarga to'ydirilib qavat ustiga yopiladi, uning bug'i ta'sirida asalarilar tezlikda romlarni bo'shatib pastga tushib ketadi. Havoning issiq kunlarida esa bu yaxshi natija beradi.

Odatda asalari uyasidan asalli romlarni ishchi qutilarga yoki rom tashish uchun mo'ljallangan zambarchalarga olib qo'yiladi. Asalari uyasida 4-5 ramka sig'adigan joy tayyorlanib shu joyga ramkadagi asalarilar keskin va tez harakat bilan silkitiladi yoki yumshoq supurgi, cho'tka yoki qush pati yordamida supurib tashlanadi

Oiladan olingan asalli ramkalar ko'chma qutilar yoki zambarchalar yordamida asal olish uchun mo'ljallangan binoga olib boriladi. Buning uchun asal olishga mo'ljallangan uy palatka yoki boshqa moslashgan binodan foydalanish mumkin. Respublikamiz xududlarida ba'zi asalarichilar usti brizent, yon tomonlari asalarilardan ximoyalashga mo'ljallangan to'r bilan o'ralgan palatkalardan foydalanadilar.

Asalarilar romlaridan asal olish. Asal olishga kirishishdan oldin zaruriy uskunalarni-asal tortgich asbobini, asalli ramkalarni qirqish uchun stol, bir juft o'tkir asalarichi pichog'i, gaz yoki elektr plitada suv isitish uchun idish, asal flaklari asal suzgichlar, sochiq, yuvinish anjomlarini tayyorlab olish kerak .

Asal tortgich asbobini yaxshilab yuvib quyoshda quritiladi va uning podshibniklariga yog' yoki asal surtiladi .

Asal olinadigan joyiga uni shunday joylashtirish kerakki, asalli ramkalar qirqiladigan yerdan uzoq bo'lmasin va rotor aylanganida u qimirlamasin. Asal tortgich asbobini maxsus tagliklarda ornatsa ham bo'ladi, bunda rotorni aylantirish dastagi ishlayotgan odam tirsagidan yuqori bo'lmasligi kerak. Shunda ishni to'xtatmay asalni idishlarga quyib olish oson bo'ladi.

Asalli ramkalar ustidagi mum qopqoqchalarni qaynoq suvda qizdirilgan o'tkir pichog'i bilan qirqib ochiladi. Mum qopqoqchalari tekis, pichoqni mumli katakchalarga ortiqcha botirmay oxistalik bilan qirqiladi. Ikkala pichoq navbat bilan, biri ishlatilayotganda ikkinchisi qizdiriladi. Qaynoq suvdan olingan pichoqdagi suv tomchilari silkitib yuboriladi .

Bug' bilan qizdiriladigan yoki elektr pichoqlar ishlatilgan taqdirda, romlardagi mum qopqoqchalarini ochish jarayonlari ancha yengillashadi. Chunki, bu asboblar bilan ishlash davrida issiq suv kerak bo'lmaydi. Asalari romlaridan mum qirqimlari tushib turadigan simto'rli taglikka ega bo'lgan temir quti o'rnatilgan maxsus stol ustida ramkalardagi mum qopqoqchalari qirqib tashlanadi va ramkalar shu stol ichiga joylashtiriladi, kesilgan romlardan oqib chiqayotgan hamma asal stol ustida to'planadi. Bunday stol bo'lmagan taqdirda og'zi keng asal idishi yoki suv boklari ustiga asalli ramkalardagi mum qopqoqchalarni kesib olish uchun ikkita xoch shaklida birlashtirilgan yogoch yoki detal ornatiladi. Odatda kesilgan mum qopqoqchalardan eng toza mum olinadi, bunday mumlardan eng yaxshi sifatli mumpardalari tayyorlanadi.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND

SOLUTIONS

JUNE 6-7, 2023

Tadqiqot natijalari: Asal tortgich asboblari yordamida asal olishda asalli ramkalar ustidagi mum qapqoqchalari tozalanib bo'lgach, uning past tomoni bilan asal torgich asbobi ichiga qo'yladi, bunda romdagi katakchalarning og'iz tomoni romning yuqoridagi cho'piga tomon qiyalatib qurilganligi sababli, uni rotor aylanadigan tomonga qaratib o'rnatiladi. Asal tortgichning qarama-qarshi joylashgan kassetalariga bir xil vazndagi ramkalar tanlab joylashtiriladi, bu asal tortgich asbobni aylanishi paytida silkinishining oldini oladi va buzilishdan saqlab qoladi. Asal olayotganda asalli ramkalar kasseta to'riga to'liq yetishi kerak,aks xolda u kassetadan chiqib ketishi mumkin.

Asal tortgich asbobi avval sekingina, keyin asta-asta tezlikni oshirib borgan tarzda aylantiriladi. Ramkalarning bir tarafdagi asalning bir qismi olingach kassseta o'girilib uning ikkinchi tomondagi asal to'liq olinadi. Birinchi tomoniga qolgan chala asal takroran kassetalarni aylantirish yo'li bilan, to'liq olinadi. Ayniqsa yangi to'qigan mum pardali romlardagi asalni olishda extiyot bo'lish kerak, chunki ular rotor tez aylanganda uzilib ketishi mumkin.

Asal tortish asboblari bilan ishlash qoidalari. Asal tortish asbobi bilan, asal olib bo'lingandan so'ng yuvilib, quritiladi uning aylanuvch qismlarini zanglashdan saqlash uchun moylab o'zini quruq joyga olib qo'yiladi hech vaqtda asbob ichini temir yoki temir cho'tkalar sodalar bilan yuvmaslik lozim, aks holda devoridagi nikel qismi yemirilishi mumkin.

Asal tortish davrida xususan elektr asal tortgich asbobi bilan ishlaganda barcha texnika havfsizlik qoidalariga rioya qilinadi. Asal tortish davrida asal tortish asbobining ustki qopqog'i yopib qo'yiladi. Elektir asal tortgich asboblardan foydalanayotganda ortiqcha elektr tokini yerga uzatib yuborish uchun maxsus tok qaytargich simlari o'rnatiladi.

Asal tortgich asbobini aylantirayotganda juda ehtiyotkorlik bilan ishlash lozim. Ba'zi xollarda rotor yoki rement orasiga qo'lni noxos qo'yilganda qo'l barmoqlarni shikastlashi mumkin. Elektr asal torgich asbobini yurg'izayotganda dastlab uni bir oz qo'l bilan aylantirib, so'ngra normal xoldagi tok bilan harakatlantiriladi.Uni to'xtatish uchun ham asta sekinlik bilan to'xtatiladi va ichidagi bo'sh ramkalar olib qo'yiladi.

Asalni tozalash va qadoqlash. Asal tortgich asbobi bilan olingan asal flaklarda va boshqa idishlarga ikki qavat elaklarda suzilib quyib olinadi. Elak bo'lmaganda yirik katakli dokalardan foydalanish mumkin. Doka yengil namlanib, idish og'ziga mahkam bog'lanadi.

Xulosa: Asal bir necha kun tindiriladi. Bu vaqt ichida mayda mum bo'laklari, har xil mexnik qo'shilmalar va havo pufakchalari asal yuziga ko'tariladi. Ularni extiyotlikda, qoshiq bilan asal ustidan olib tashlash lozim. Pishmagan asalda namlik darajasi 80% dan baland bo'ladi. Bunday asalni romlardan olish nojoizdir, chunki ular tez nordonlashib achib va kezi kelganda mikroorganizimlarning rivojlanishiga sabab bo'lishi ham mumkin. Toza pishgan asal +20o haroratda 7-8 kun ichida tinadi. Asalni 36 litirli zanglamaydigan metaldan ta'yyorlangan idishlarga saqlanadi, bunday idishlar 50 kg asalni o'ziga sig'diradi. Alyumin idishlarda asalni uzoq saqlab bo'lmaydi. Asalni +20oli havo haroratida va 60-80%li namlikdagi omborxonalarda saqlash kerak.

REFERENCES

1. Isamuhamedov A.I. Nikadamboev H.K. Basics of beekeeping development. Tashkent. "Sharq" publishing house, 2013.

2. Krakhotin N.F. Beekeeping in Uzbekistan. Tashkent. "Work". 1991.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND

SOLUTIONS

JUNE 6-7, 2023

3. R. Jamolov, O. Torayev, D. Khatamova. "Fundamentals of beekeeping", Study guide. 2022. Ferghana. "Classik" publishing house.

4. Nujdin A.S. i second. Uchebnik pchelovo, Moscow. "Colossus", 2004.

5. Technology of artificial insemination of queen bees in conditions of Uzbekistan R.Q Jamolov, O.S. Torayev. Methodological guide "Fan ziyosi" publishing house. 2021 (p. 2833)

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.