INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND
SOLUTIONS
JUNE 6-7, 2023
ASALARI OILASINI ASAL OLISH MAVSUMIDAN KEIYIN RIVOJLANTIRISH
TEXNOLOGIYASI 1B.K.Boboyev, 2G.A.Qayumova, 3X.R. Raximov, 3S.D.Soborova
1 Farg'ona davlat universiteti dotsenti, q.x.f.n. 2,3,4Farg'ona davlat universiteti talabalari https://doi.org/10.5281/zenodo.8002994
Annotatsiya. Maqolada asalari oilasini ko'zdan kechirish jarayonida uning kuchi oiladagi asal miqdori, ochiq va yopiq nasl miqdori va sifati, ramkalarning yaroqliligi aniqlanadi. Har bir oilaning ko 'zdan kechirish natijalari maxsus asalarizor jurnaliga qayd etib borilishi to'g'risidagi ma 'lumotlar keltirilgan.
Kalit so'zlar: asalari oilasi, asal, romka, lichinka, yopiq, nasil, qoldiq asal, och-jigarrang, shrabat, kobalt, asal yig'gich, elektr.
Kirish: Asalari oilasini asal olish mavsumidan keiyn rivojlantirishda asosan asosiy asal olish davri tugagandan kegin, asali olingan asalari oilalari bir qator ko'zdan kechiriladi. Maqsad-asalari oilalari axvolidan xabardor bo'lish, ularning rivojlanishi uchun sharoitni yaxshilashdir. Bu ishlarni asal oish to'liq nixoyasiga yetguncha qoldirib bo'lmaydi, aks holda oilalarni to'liq ko'zdan kechirishda asalarilarda bo'ladigan asalari o'g'irligi xalaqit beradi.
Asalari oilasini ko'zdan kechirish jarayonida uning kuchi oiladagi asal miqdori, ochiq va yopiq nasl miqdori va sifati, ramkalarning yaroqliligi aniqlanadi. Har bir oilaning ko'zdan kechirish natijalari maxsus asalarizor jurnaliga qayd etib boriladi.
Tadqiqot metodologiyasi: Romkalarni quritish: Asal olish jarayonida asalari ramkalarida albatta 8-10% gacha asal qolib ketadi. Shundan kelib chiqadigan bo'lsak, standart romkada asal olingandan keyin ham 300gr gacha asal qolar ekan. Asalari oilasini kuzgi rivojlantirish maqsadida eng yaxshi romlarni asalari uyasining o'rtasiga joylashtiriladi, olib qo'yishga mo'ljallangan romlarni esa olib quritiladi. Buning uchun asali olingan ramkalar to'sqich taxta yoki oxirchalar ortiga olib joylashtiriladi. Ikki uch kundan so'ng asalarilar ulardagi barcha qoldiq asalni olib tugatishadi va romlar uzoq saqlash uchun olib qo'yilsa bo'ladi .
Romkalarni joylashtirish: Respublikamiz xududida aslarilarning kuzgi rivojlanishi uchun avgust oyidan boshlab harakat qilinadi. Oxirgi asal olingandan keyin aslari uyasini kuzgi rivojlantirish uchun to'g'ri shakllantirish lozim.
Aslari oilasida romlarda aslarilar to'liq o'tiradigan miqdorda qoldiriladi. Barcha ortiqcha romlar uyadan olinadi yoki uya ichidagi to'sqich taxta ortiga olib qo'yiladi. Yotiq arixonalarda ikkita aslari oilasi saqlanganda esa asalli bo'sh ramka o'rtadagi to'siqni yoniga joylashtiradi. Bu joyda serasal, gul changli ramka qo'yiladi.
Undan so'ng naslli ramkalar, uya oxiriga borib tuxum qo'yishga mo'ljallangan ramkalar joylashtiriladi. Uya oxiri esa to'skich taxta va oxircha bilan chegaralanish kerak. Uyaga faqatgina och-jigarrang ramkalar joylashtiriladi. Yoz oxiri va kuz mavsumida ona asalarilar yorqin rangdagi ramkalarga tuhum qo'yishni xush ko'rmaydi. Bunday ramkalar qishlov uchun ham sovuq hisoblanadi. To'q rangli romlar issiq bo'lishiga qaramay, asalari uyasidan ularni ham olib tashlash kerak. Bunday romlardan chiqqan asalarilar kichkina, kamquvvat bo'lib, qishlovni yaxshi o'tkazolmaydi, chunki bunday romlardagi katakchalardan ko'plab lichinkalar yetishib chiqqanligi sababli ularning ko'ylakchalari katakcha ichiga qolib ketadi va uning xajmi esa
INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND
SOLUTIONS
JUNE 6-7, 2023
kichrayib qoladi natijada bunday katakchalardan yetishib chiqqan asalarilarniing hajmi kichrayib qoladi.
Shuning uchun ham yorqin yoki to'q rangli ramkalarda nasllar mavjud bo'lsa, ular uya chetiga olinib nasllar to'liq chiqqanidan so'ng esa ular to'siq ortiga olib qo'yiladi.
Asalari uyasida ortiqcha ramkalarni qoldirib bo'lmaydi. Uya qancha zich bo'lsa ramkadagi nasllar va asalarilar rivoji uchun sharoit shuncha yaxshi bo'ladi. To'siq ortida 1-2 ramka asalarilar qolib ketishining zarari yo'q, chunki ular tez tarqalib ketadi.
Tadqiqot natijalari: Asalari oilasini parvarishlash. Asalari oilasini parvarishlashni asosiy sharti yoz oxirida tabiatda shira kelishi oz bo'lgan taqdirda, ularni kech gullovchi o'simliklar mavjud bo'lgan joylarga ko'chiriladi. Yoki asalari oilalariga qo'shimcha ravishda oziqa beriladi. Oziqa tayyorlash uchun 1kg shakarga llitr suv qo'shib tayyorlanadi. Shakar sharbatini nordonlashtirish uchun sirka yoki limon kislotasi qo'shiladi. Shakar sharbati tarkibida kislota miqdori 0,03% bo'lishi kerak bunday rag'batlantiruvchi ozuqalardan oz miqdorda 0,2-0,4 kg l kuniga yoki kun ora oziqlantiriladi. Bu esa asalarilar keltiradigan shira o'rnini bosadi va ona asalarini tuxum qo'yishga undaydi. Gul changining to'liq o'rnini bosa oladigan narsa yo'q. Lekin asalari oilasini kechki makajo'xori, kungaboqar va boshqa gulchang beruvchi o'simliklar ekilgan maydonlar yaqiniga ko'chirlsa yaxshi bo'lardi.
Sektsiyali va mumli asal yetishtirish. Kichik xonali magazin ramkachalarida yoki maxsus sektsiyalarda yetishtirilgan mumli, xususan sektsiyali asal o'zining nafisligi va tansiq ta om bo'lishi bilan birga, u dasturxonimiz ko'rki hamdir. Bundan tashqari sektsyali asal tashqi chiroyi bilan birga, u o'zining tabiiyligini, ta'mini, xidini saqlab qoladi, chunki asalni qayta ishlash davrida asalni isitib qadoqlashda uning tabiiy xususiyatlari, ta'mi xushbo'yligi va ferment va vitamindan tarkibi, bir oz bo'lsada yo'qoladi. Mumli va seksiyali asallarga bo'lgan talab har doim ham ko'p bo'lgan. Shuning uchun ham ko'p aholi yashaydigan joylarda va katta shaharlar axolisini seksiyali asal bilan ta'minlash yo'llarini tinmay izlab borish lozim, buning uchun ikki va ko'p qavatli arixonalar ustiga qo'yiladigan magazin uyuqlaridan keng foydalanish lozim. Bunday magazinlardagi yarim ramkachalarga mumpardalari yopishtirib, shira yaxshi kelayotgan davrda asalari oilalariga beriladi, bunday romlar asalga to'lgandan so'ng ularni propolis bilan iflos bo'lmasdan oldin uyadan olib qo'yiladi. Lekin bunday romlardagi mumli asalning vazni 2-2,5 kgdan oshganligi sababli ularni sotish biroz qiyinroq bo'ladi.
Asal tortish ishlarini mexanizatsiyalash. Keyingi yillarda asalarichilikda ko'pgina og'ir qo'l mehnati ishlari mexanizatsiyalashtirilmoqda, natijada mexnat unumdorligi oshib, maxsulot tannarxi ancha arzonlashmoqda. Kichik hajmli asalarizorlarda asal tortishda ishlarni mexanizatsiyalashtirib bo'lmaydi. Asalari uyasidan asalli romlarni ajratib olish va ulardan asalarilarni tushirishda salgina noto'g'ri silkitilganda romkaning yelkachalari sinib ketishi mumkin, shuningdek bu usul ancha mehnat talab qiladi.
Yirik asalarichilik xo'jaliklarida yetarlicha asalari romlari bilan ta'minlangan taqdirda asalli romlarni faqatgina mavsum oxirida to'plab ulardan asalni tortib olish mumkin. Bundan tashqari, bunday davrda asalarilarning qishlovi uchun yetarli miqdorda asalli romlardan oziqa uchun saqlab qolish mumkin bo'ladi.
Asalli romlardan asalni tortib olish ham asalarichilikda, xuddi uyalardan romlarni ajratib olishdyek juda murakkab bo'lib va ko'pgina qo'l mexnatini talab qiladi. Shuning uchun ana shunday qo'l mexnatini yengillashtirish uchun ularni mexanizatsiyalashtirish lozim. Buning
INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND
SOLUTIONS
JUNE 6-7, 2023
uchun romlardagi mumlarni kesishda yuqori maxsuldorli elektr va bug pichoqlarini hamda asal tortgich asboblarini elektrlashtirish lozim bo'ladi.
Xulosa: Ko'pgina xorijiy mamlakatlardagi asalarichilikka ixtisoslashgan xo'jaliklarida va yirik fermer xo'jaliklarida asal tortish ishlari markazlashgan bo'lib, bu ishlar uchun maxsus jihozlashgan binolar ajratilgan. Bunday binolarda barcha asal tortish ishlari mexanizattsiyalashtirilgan bo'lib bu markazda barcha asalarilardan asalli romlar maxsus avtomashinalarda yetkazib turiladi.
Markazlashgan asal tortish binolarida xo'jalikdagi asalari oilasi soniga qarab 2-3ta radial 50 romli elektrlashtirilgan asal torgich asboblari o'rnatiladi. Asalli romlarning mum qopqoqchalarini kesish uchun esa elektr yoki bug' pichoqlaridan foydalanadi. Bu binoda asal maxsus tindirgichlardan kelib tushadi va shu yerning o'zida har xil idishlarda qadoqlanadi.
Romlarda sovub qolgan asalni olish uchun ularni maxsus issiq xonalarda 30-350 li haroratda isitib olinadi. Bunday xonalar toza, ozoda bo'lishi, asalarizordan uzoq bo'lishi, suv va elektr bilan ta'minlangan bo'lishi lozim.
Ba'zi bir yirik asalarichilik xo'jaliklarida asal tortish ishlarida maxsus jihozlangan harakatlanuvchi vagon-pavilyonlaridan foydalaniladi.
Bunday pavilyonlar ichida asal tortish uchun barcha sharoitlar mavjud bo'lib ular mexanizattsiyalashtirilgan bo'ladi. Yangi elektr va bug' pichoqlari, elektr asal tortgich asbobi va boshqalar. Bundan tashqari bu ishlarni amalga oshirish uchun maxsus 4 kvt kuchga ega bo'lgan elektr dvijoklari ham o'rnatilgan bo'ladi. Yirik asalarichilik fermer xo'jaliklarida bunday harakatlanuvchi asal tortishga mo'ljallangan vagonlarni qo'llash, bu uzoq masofalarga joylashgan asalarizorlardan unumli foydalanish va ko'proq asal olishda, hamda asalarichilikda ko'pgina og'ir qo'l mexnatini yengillashtiradi va mexnat unumdorligini bir muncha oshiradi.
REFERENCES
1. Isamuhamedov A.I. Nikadamboev H.K. Basics of beekeeping development. Tashkent. "Sharq" publishing house, 2013.
2. Krakhotin N.F. Beekeeping in Uzbekistan. Tashkent. "Work". 1991.
3. R. Jamolov, O. Torayev, D. Khatamova. "Fundamentals of beekeeping", Study guide. 2022. Ferghana. "Classik" publishing house.
4. Nujdin A.S. i second. Uchebnik pchelovo, Moscow. "Colossus", 1984.
5. Technology of artificial insemination of queen bees in conditions of Uzbekistan R.Q Jamolov, O.S. Torayev. Methodological guide "Fan ziyosi" publishing house.
6. Jamolov, R. Q., Khatamova, D. M., Kholmatova, M. A. (2022). Classification and chemical composition of honey. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(11), p. 1031-1036.
7. Jamolov, R., B., Ma'murova, Z. (2022). Development of beekeeping in Uzbekistan and its importance. Science and innovation, 1(D8), p. 462-466.