Научная статья на тему 'ASALARI OILALARIDA KUZ FASLIDA BAJARILADIGAN ISHLAR'

ASALARI OILALARIDA KUZ FASLIDA BAJARILADIGAN ISHLAR Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
429
20
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
qishlov davri / asalari oilasi / ob-havo holati / kuchsiz olia / ozuqa miqdori / tuynukcha / tuynuk diametri / qand upasi / kandi ozuqa / bahorgi asal / gul chang / gul shira / qator orasi / qoziqcha / sirka kislota. / winter period / bee family / weather condition / weak colony / amount of feed / hole / hole diameter / sugar powder / sugar feed / spring honey / flower dust / flower nectar / row spacing / pile / acetic acid.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — R. Jamolov, B. Boboyev, Z Mo‘ydinova

Asalarichilikda kuzda asalari oilasini kuchaytirib, ko’p sonli yosh asalarilarni ko’paytirishga harakat qilinadi. Kuchli asalari oilalarida yosh asalarilari ko’p bo’lsa asalari oilasi qishda yaxshi qishlab, nobud bo’lgan asalarilarining soni kam bo’ladi va ular qishlash vaqtida kam bezovtalanadi. Shuningdek, asalari oilasi qanchalik kuchli bo’lsa, qishlov davrida ozuqani shunchalik tejab iste’mol qiladi va orqa ichaklarida kam axlat to’playdi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

WORKS DONE IN THE FAMILIES OF BEES IN AUTUMN

In beekeeping, in the fall, efforts are made to strengthen the bee family and breed a large number of young bees. If there are many young bees in strong bee colonies, the bee colony winters well in winter, the number of bees that die is small, and they are less disturbed during wintering. Also, the stronger the bee colony is, the more sparingly it consumes food during the winter and the less garbage accumulates in its hindguts.

Текст научной работы на тему «ASALARI OILALARIDA KUZ FASLIDA BAJARILADIGAN ISHLAR»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

ASALARI OILALARIDA KUZ FASLIDA BAJARILADIGAN ISHLAR Jamolov Rapiqjon Qushmatovich

FarDU o'qituvchisi Boboyev Baxromjon Kenjayevich

FarDU q.x.f.n., dosenti Mo'ydinova Zuxraxon Nozimjon qizi

FarDU talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.7219637

Annotatsiya. Asalarichilikda kuzda asalari oilasini kuchaytirib, ko'p sonli yosh asalarilarni ko 'paytirishga harakat qilinadi. Kuchli asalari oilalarida yosh asalarilari ko 'p bo 'lsa asalari oilasi qishda yaxshi qishlab, nobud bo 'lgan asalarilarining soni kam bo 'ladi va ular qishlash vaqtida kam bezovtalanadi. Shuningdek, asalari oilasi qanchalik kuchli bo 'lsa, qishlov davrida ozuqani shunchalik tejab iste 'mol qiladi va orqa ichaklarida kam axlat to 'playdi.

Kalit so 'zlar: qishlov davri, asalari oilasi, ob-havo holati, kuchsiz olia, ozuqa miqdori, tuynukcha, tuynuk diametri, qand upasi, kandi ozuqa, bahorgi asal, gul chang, gul shira, qator orasi, qoziqcha, sirka kislota.

РАБОТЫ, ПРОДЕЛАННЫЕ В ПЧЕЛИНЫХ СЕМЬЯХ ОСЕНЬЮ

Аннотация. В пчеловодстве осенью предпринимаются усилия по укреплению пчелиной семьи и выведению большого количества молодых пчел. Если в сильных пчелиных семьях много молодых пчел, пчелиная семья хорошо зимует зимой, число погибших пчел невелико, и они меньше беспокоятся во время зимовки. Кроме того, чем сильнее пчелиная семья, тем экономнее она потребляет корм в течение зимы и тем меньше мусора скапливается в ее задних кишках.

Ключевые слова: зимний период, пчелиная семья, погодные условия, слабая семья, количество корма, лунка, диаметр лунки, сахарная пудра, сахарная подкормка, весенний мед, цветочная пыль, цветочный нектар, междурядье, ворох, уксусная кислота.

WORKS DONE IN THE FAMILIES OF BEES IN AUTUMN

Abstract. In beekeeping, in the fall, efforts are made to strengthen the bee family and breed a large number of young bees. If there are many young bees in strong bee colonies, the bee colony winters well in winter, the number of bees that die is small, and they are less disturbed during wintering. Also, the stronger the bee colony is, the more sparingly it consumes food during the winter and the less garbage accumulates in its hindguts.

Keywords: winter period, bee family, weather condition, weak colony, amount of feed, hole, hole diameter, sugar powder, sugar feed, spring honey, flower dust, flower nectar, row spacing, pile, acetic acid.

KIRISH

Asalari oilalarida qish mavsumida asosan qishlov davrida asalarilarni qishlovini kuzatish, asalarilarning g'uj bo'lib yashashini hamda asalarilarning qishda oziqlantirish kabi ishlar bajariladi.

Qishllovga to'g' ri tayyorlangan asalari oilalari zax bosmaydigan joylarga, qoziqlar ustiga joylashtirilgan bo'lsa, asalarilar qish mavsumida mexnat zaxmat chekmaydi. Qishning birinchi yarmida asalarilar o'zlarini tinch tutadilar. Qishlash mavsumining ikkinchi

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME I ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2I8I-3337

yarmida asalarilarning orqa ichaklarida to'plangan axlat ko'payib borishi hamda ramkalarda lichinkalar paydo bo'lishi bilan, asalarilar bezovtalana boshlaydi. Bunda asalarilarning ozuqasi tekshiriladi, kuchsiz asalari oilalariga qo'shimcha issiq tutadigan yostiqchalar qo'yiladi, uya teshikchalari kichraytiriladi, ona asalarisi yo'q oilalar ona asalarisi bor oilalarga qo'shib yuboriladi.

TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI

Kuzda asalarilarni rivojlantirishda asalarichilik xo'jaliklarida kuz mavsumida quyidagi ishlar bajariladi:

1. Asalarilarni o'g'irlikka kirishi va uni olidini olish.

2. Kuzda arilarni rivojlantirish.

3. Yosh ona arili kichik oilalarni qishlashga tayyorlash.

4. Jamg'arilgan oziqning sifatini tekshirish.

5. Oilaning ichki hajmini qishlashga to'plash.

Har bir asalarichi asalari oilasini kuchaytirib, ko'p sonli yosh asalarilar ko'paytirishga harakat qilishi kerak. Kuchli yosh asalarilari ko'p bo'lgan asalari oilasi qishda yaxshi qishlab, o'lgan asalarilarining soni kam bo'ladi va ular qishlash vaqtida kam bezovtalanadi. Bundan tashqari, asalari oi lasi qanchalik kuchli bo'lsa, oziqni shunchalik tejab iste'mol qiladi va orqa ichaklarida kam axlat to'playdi. Kuchsiz asalari oilalari oila ichidagi haroratni bir me'yorda ushlab turishga ham qiynaladi. Yosh asalarilar qishlash vaqtida uzoq yashashiga qaramasdan, ularning tanasi «fiziologik» yosh bo'lib, yosh asalarilarga xos bo'lgan ishlarni bajarishga (lichinkalarni boqish, mumkatak incha qurish)ga qodir bo'ladi. Asalari oilalarida kuz mavsumida asosan asalarilarni rivojlantirish, yosh ona asalarili kichik oilalarni qishlashga tayyorlash, j amg'arilgan ozuqaning sifatini tekshirish, oilaning ichki hajmini qishlashga to'plash kabi ishlar bajarilishi kerak. Asalarilarni kuz faslida gullaydigan va gulchangi beradigan o'simliklarga ko'chirish tavsiya etiladi. Chunki kuz faslida to'plagan ozuqa asal va gulchangini asalarilar qishlov davrida oziqlanadi.

Agarda ob-havo ochiq bo'lib, kun issiq bo'lsa va tabiatda shira beradigan xech qanday o'simlik bo'lmasa, u holda asalarilar albatta kuchsiz, ona asalarisi bolmagan yoki uyasining asalari kiradigan tuyniklari kichraytirilmagan oilalarga asalarilar ko'plab kiradi va o'sha oilaning asal ozig'ini talab tashib ketadi. Asalarilarni boshqa uyaga kirishi oldi olinmasa, asalarizorda ko'p asal ari oilalari nobud bo'lishi mumkin.

Asalarilarni boshqa uyaga kirishni oldini olish uchun quyidagi qoidalarga rioya qilish

kerak:

1. Asalarizorda kuchsiz va ona asalarisi bo'lmagan oi laning ichidagi ramkalar sonini asalarilar zich qoplab o'tiradigan bo'lguncha kamaytirila di;

2. Hamma oilalarning asalari kiradigan tuynuklarining diametri tabiatda shira yo'q paytda I -I,5 sm gacha kichraytiriladi, agarda uyalarda qo'shimcha teshikchalar bo'lsa, ular butunlay bekitib qo'yiladi.

3. Tabiatda gul shira yo'q paytda oilalar faqat asalarilar ertalab jadal uchishidan oldin, kechqurun asalarilarning jadal uchishi to'xtagandan keyin tekshiriladi. Kunduz kunlari esa bu ishlar maxsus ko'chma chodir os tida bajariladi.

4. Asalarizorda ishlayotganingizda uya atrofida, uyaning tashqi tomonida asal tomgan joy (asal xidi) bo'lmasligi kerak. Shunday joy bo'ls a, darxol tozalanadi.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

5. Jamg'arilgan ortiqcha ramkalar, kesilgan mumlar hamda asal xidi keladigan foydalanilgan asboblar, asalarilar kira olmaydigan yopiq xonalarda yoki biror idish ichida saqlanadi.

Har bir asalarichi kuzda asalari oilasini kuchaytirib, ko'p sonli yosh asalarilarni ko'paytirishga harakat qilishi kerak. Kuchli yosh asalarilari ko'p bo'lgan asalari oilasi qishda yaxshi qishlab, nobud bo'lgan asalarilarining soni kam bo'ladi va ular qishlash vaqtida kam bezovtalanadi. Bundan tashqari, asalari oilasi qanchalik kuchli bo'lsa, ozuqani shunchalik tejab iste'mol qiladi va orqa ichaklarida kam axlat to'playdi.

TADQIQOT NATIJALARI

Asalari uyalarini ko'chirish va joylashtirish uchun joy tayyorlash-asalari

oilasini ko'chirish asosan kechqurin amalga oshiriladi. Ko'chirish vaqtida ramkalar asalarilarni siqib qo'ymasligi va asalarilar nobud bo'lmasligi uchun har bir ramka mixlab qo'yiladi. Asalari oilasi kuzda tekis va atrofida erta bahorda gullab, gulchang hamda shira ajratuvchi o'simliklar bor joylarga joylashtiriladi, chunki asalarilar uzoq qish davomida o'z tanalarida yo'qotgan ozuqa moddalarni erta bahorda gullaydigan o' simlik gullaridan keltirilgan gulchang xisobiga to'ldiradilar. Asalari uyalari asalari kiradigan teshigini quyosh chiqadigan tarafga qaratib joylashtiriladi. Joylashtirilgan asalari uyalarining orasi bir-biridan bir metr, qatorlarining orasi esa 3-4 metr bo'lishi kerak Ular yerdan 40-45 sm balandlikda qoziqlar ustiga o'rnati ladi.

Asalari oilalarida qish faslida bajariladigan ishlar-Asalari oilalarida qish mavsumida asosan qishlov davrida asalarilarni qishlovini kuzatish, a salarilarning g'uj bo'lib yashashini hamda asalarilarning qishda oziqlantirish kabi ishlar bajariladi.

Qishllovga to'g' ri tayyorlangan asalari oilalari zax bosmaydigan joylarga, qoziqlar ustiga joylashtirilgan bo'lsa, asalarilar qish mavsumida mexnat zaxmat chekmaydi. Qishning birinchi yarmida asalarilar o'zlarini tinch tutadilar. Qishlash mavsumining ikkinchi yarmida asalarilarning orqa ichaklarida to'plangan axlat ko'payib borishi hamda ramkalarda lichinkalar paydo bo'lishi bilan, asalarilar bezovtalana boshlaydi. Bunda asalarilarning ozuqasi tekshiriladi, kuchsiz asalari oilalariga qo'shimcha issiq tutadigan yostiqchalar qo'yiladi, uya teshikchalari kichraytiriladi, ona asalarisi yo'q oilalar ona asalarisi bor oilalarga qo'shib yuboriladi.

Asalarilarning ozuqasi tugab qolganda yoki ozuqaning sifatsizligidan bezovtalanganda qand upasini sifatli tog' asali bilan aralashtirilib hamirsimon ozuqa tayyorlanadi va qish faslining o'rtasida, erta bahorda antibiotikli ozuqa berish vaqtida beriladi. Hamirsimon ozuqaning afzalligi shundan iboratki, uni kunduzi tarqatsa ham bo'ladi, qo'shni uyalar ning asalarilari boshqa asalari uyalariga kirmaydi. Bu ozuqa 0,5-1,0 kg li bo'laklar ko'rinishida, asalarilarning kuchiga qarab tayyorlanadi. Xar bitta oilaga qog'ozga o'rab, qog'ozning 5-6 joyidan teshib, asalarilar to'dasining ustiga 2-3 sm qalinlikda obi non ko'rinishida qo'yiladi yoki ko'zlarining o'lchami 3 x 3 mm bo'lgan sim to'r ustiga qo'ysa ham bo'ladi.

MUHOKAMA

Har xil viloyatning iqlim sharoitlarini e'tiborga olib, hamirsimon ozuqani 3:1 nisbatda, ya'ni 3 kg qand upasiga 1 kg sifatli tog' asalidan qo'shib tayyorlanadi. Bu massa bir xil ko'rinishga ega bo'lgan, qo'lga yopishmaydigan aralashma hosil bo'lguncha yaxshilab aralashtiriladi. Bundan tashqari, xar 10 kg qand upasiga 200 ml suv hamda 70-80% li

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

sirka kislotasidan 3 gramm qo'shiladi. Shunday tayyorlangan ozuqani asalarilar inchalariga qo'yib, qayta ishlamasdan to'g'ridan-to'g'ri iste'mol qiladilar. O'lchab olingan tog' asali suv hammomida 50-55°S gacha isitiladi, asal suyulib, uning tarkibidagi shakar zarrachalari to'liq eriguncha qoldiriladi. Suyultirilgan asalga o'lchangan su v hamda sirka kislotasi qo'shiladi. Tayor bo'lgan xamirsimon (kandi) ozuqasini oila kuchiga qarab 500-700 grammgacha romka elka qismiga yoyib yopinchiq bilan yopilib qo'yiladi. Bu ozuqani asalari oilalari 5-7 kungacha bemalol istemol qiladilar. Kuzatuv natijalariga ko'ra qishlov davrida asalari oilalari o'rtacha bir oyda 600-700 gramm ozuqa istemol sariflaydilar.

XULOSA

Xulosa qilib aytganda, A salari oilalarida qish mavsumida asosan qishlov davrida asalarilarni qishlovini kuzatish, asalarilarning g'uj bo'lib yashashini hamda asalarilarning qishda oziqlantirish kabi ishlar bajariladi. Har bir asalarichi asalari oilasini kuchaytirib, ko'p sonli yosh asalari lar ko'paytirishga harakat qilishi kerak. Kuchli yosh asal arilari ko'p bo'lgan asalari oilasi qishda yaxshi qishlab, o'lgan asalarilarining soni kam bo'ladi va ular qishlash vaqtida kam bezovtalanadi. Bundan tashqari, asalari oilasi qanchalik kuchli bo'lsa, oziqni shunchalik tejab iste'mol qiladi va orqa ichaklarida kam axlat to'playdi.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti 2017 yil 16 oktyabrdagi «Respublikamizda asalarichilik tarmog'ini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida» gi 3327 sonli qarori. Qishloq hayoti gazetasi, 2017 yil 17 oktyabr soni.

2. Аветисян Г.А., Черевко. Ю.А. Пчеловодство. - М.: Академия, 2001. - 320 с.

3. Аветисян, Г.А. Разведение и содержание пчёл. - М.: Колос, 1983. - 271 с.

4. Балиашвили Л.И., Пичкова Л., Стуруа Н., Самхарадзе Н. Медосбор с плодовых культур. Журнал Пчеловодство. - Москва, 2003. - № 8. - С. 29.

5. Ботиров Х.Ф., Хамидов Б.Х. Пчелы на зимующих медоносях. Журнал Пчеловодство. -Москва, 1991. - № 10. - С. 14-15.

6. Гюльмагомедова Ш.А., Казбеков Б.И., Алмайгаджиев Г.К., Закиров Н.Г. Пасеки в яблоневых садах. Ж. «Пчеловодство». - Москва, 2006. -№9. - С. 20-23.

7. Крахотин Н.Ф. Естественные корма и их заменители для пчел. Сб. «Технология кормления сельскохозяйственных животных». - Ташкент, 1987. - С. 13-28.

8. Исамухаммедов А. И, Никадамбаев Х,.К. Асаларичиликни ривожлантириш асослари. -Тошкент: «Шарк», 2013.

9. ^ахрамонов Б.А., Сафарова Ф.Э., Исамухаммедов С.Ш., Донаев Х.А., Эргашев Х.Б. Асаларичилик асослари. - Тошкент, 2021.

10. Тураев О.С. Каперс ж. «Пчеловодство». 1986. - №5. - С. 25.

11. Бобоев, Бахромжон Кенжаевич, Фаёзиддин Бахриддинович Бахриддинов, and Ботир Сайфиддинович Уроков. "МУСТАХКАМ ОЗУ^А БАЗАСИНИ ЯРАТИШ-ЧОРВАЧИЛИК СОХАСИНИ РИВОЖЛАНТИРИШ ГАРОВИДИР." (2022): 137-140.

12. Тураев О.С. Асалари шохобчаларини ташкил этиш. "Узбекистон кишлок хужалиги" журнали. - Тошкент, 2005. - № 4. - С. 30.

13. Бобоев, Бахромжон Кенжаевич, Фаёзиддин Бахриддинович Бахриддинов, and Ботир Сайфиддинович Уроков. "Ю^ОРИ САМАРАЛИ ГИДРОПОНИК ТЕХНОЛОГИЯСИ

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

ÄCOCHAÄ HOPBÄ 03Y^ÄCHHH Hrn^AE HH^APHrn YCKYHÄ^APH BA

03H^AHTHPHffl YCYnnAPH." (2022): 128-132. 14. EoöoeB, Eax,poM:®»H KeH^aeBHH, Oae3HggHH EaxpHggHHOBHH EaxpHggHHOB, and Eorap CaH^HAAHHOBHH YPOKOB. "HOPBÄHHHHKHH ^HrH HHHОВÄЦHОH TEXHO^OrROAP ÄCOCH^Ä PHBO^AHTHPHffl HCTH^EOnnAPH." (2022): 133-136.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.