Научная статья на тему 'ASALARINING SO’LAK BEZLARI VA ULARNING VAZIFALARI'

ASALARINING SO’LAK BEZLARI VA ULARNING VAZIFALARI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
7
2
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
ovqat / yuqori jag’ / tomoq (halqum) / bezlar / kislota / so’lak bezlari / qurtcha / modda / o’tkir hidli / tomoq / yuqori jag` / halqum bez hujayralari. urug’langan / ulg’aygan.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Jamolov Rapiqjon Qo‘shmatovich, Mamahabiyev Isroiljon

Ushbu maqolada asalarining ovqat hazm qilish jarayoni ba’zi bir so’lak bezlarining faoliyati keskin bog’liqdir. Asalarida quyidagi 4 ta, ya’ni yuqori jag’, tomoq (halqum), orqa miya va ko’krak so’lak bezlari bo’ladi. Yosh ishchi asalarilarda bu bez birinchi kunligida, hali yaxshi rivojlanmagan, 9-10 kunligida yaxshi rivojlangan davr hisoblanib, keksaygan chog’ida esa bez faoliyati asta-sekinlik bilan so’nib borishi to‘g ‘risidagi ma’lumotlar keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «ASALARINING SO’LAK BEZLARI VA ULARNING VAZIFALARI»

ASALARINING SO'LAK BEZLARI VA ULARNING VAZIFALARI Jamolov Rapiqjon Qo'shmatovich, 2Mamahabiyev Isroiljon

1Farg'ona davlat universiteti, o'qituvchi

2Farg'ona davlat universiteti, talaba https://doi.org/10.5281/zenodo.11205674

Annotatsiya. Ushbu maqolada asalarining ovqat hazm qilish jarayoni ba'zi bir so'lak bezlarining faoliyatikeskin bog'liqdir. Asalaridaquyidagi 4 ta,ya'niyuqori jag', tomoq (halqum), orqa miya va ko'krak so 'lak bezlari bo'ladi. Yosh ishchi asalarilarda bu bez birinchi kunligida, hali yaxshi rivojlanmagan, 9-10 kunligida yaxshi rivojlangan davr hisoblanib, keksaygan chog'ida esa bez faoliyati asta-sekinlik bilan so'nib borishi to'g 'risidagi ma'lumotlar keltirilgan.

Kalit so'zlar: ovqat, yuqori jag', tomoq (halqum), bezlar, kislota, so'lak bezlari, qurtcha, modda, o'tkir hidli, tomoq, yuqori jag\ halqum bez hujayralari. urug'langan, ulg'aygan.

Abstract. In this article, the digestive process of bees is strongly dependent on the activity of some salivary glands. Bees have the following 4 salivary glands: upper jaw, throat (larynx), spinal cord and chest. In young worker bees, this gland is not yet well developed on the first day, and it is considered a well-developed period at the age of 9-10, and the activity of the gland gradually fades as it ages.

Keywords: Food, upper jaw, throat (larynx), glands, acid, salivary glands, worm, substance, pungent, throat, upper jaw, laryngeal gland cells. fertilized, grown up.

Аннотация. В данной статье процесс пищеварения пчел сильно зависит от деятельности некоторых слюнных желез. У пчелы имеются следующие 4 слюнные железы: верхняя челюсть, горло (гортань), спинной мозг и грудная клетка. У молодых рабочих пчел эта железа в первый день еще недостаточно развита, и хорошо развитым периодом она считается в 9-10-летнем возрасте, а с возрастом активность железы постепенно угасает.

Ключевые слова: пища, верхняя челюсть, глотка (гортань), железы, кислота, слюнные железы, червь, вещество, острое вещество, глотка, верхняя челюсть, клетки гортанных желез. оплодотворенный, подросший.

Kirish: Asalarining ovqat hazm qilish jarayoni ba'zi bir so'lak bezlarining faoliyati keskin bog'liqdir. Asalarida quyidagi 4 ta, ya'ni yuqori jag', tomoq (halqum), orqa miya va ko'krak so'lak bezlari bo'ladi. Yuqori jag' bezlari. Asalarining yuqori jag'ining asosiga joylashgan, uning yo'llari jag'ning bosh suyagi birikkan joyda ochiladi. U juft holatda xuddi keng hajmli qopchaga o'xshaydi. Qopcha ichida so'lak bezlari hosil bo'lib, xususan u yosh ishchi asalarida ko'pdir. Ular oq rangli va kislotalik xususiyatga ega. Bu bez ishchi va ona asalarilarda yaxshi rivojlangan, erkak asalarida esa, ular rivojlanmagan. Yuqori jag' bezlari ishlab chiqaradigan suyuqlik moddasi, asalari suti tarkibiga kiradi va bu bezlar yosh asalarining endigina 1-7 kunligidan rivojlana boshlaydi, 20 kunligigacha davom etib so'ngra asta-sekinlik bilan, so'nib boradi. Ishchi asalari ishlab chiqaradigan sut moddasi bilan ishchi va erkak asalarilarning qurtchalarini 3 kunlik davrgacha va ona asalari qurtchasini esa to ulg'ayganigacha boqadilar, hamda ona asalarini oziqlantirishda ham shu sut moddasidan foydalanadilar. Ona asalarining yuqori jag' bezlari tomonidan ishlab chiqaradigan moddasi o'tkir hidli bo'lib, ular jinsiy uyg'onishda, erkak asalarini o'ziga jalb qilishida hamda urug'langan ona asalarini shu uyadagi boshqa ishchi asalarilar o'rtasida bo'ladigan muomalani, ya'ni ona asalari oilada borligidan dalolat beradi.

Bu sut moddasi ona asalarining butun tanasi bo'ylab tarqaladi, shundan so'ng ishchi asalarilar, uni yalab oladilar va ona asalari borligiga ishonch hosil qiladilar.

Tadqiqot metodologiyasi: Ma'lumki, yangi mumpardali romlarni to'qishda, odatda ko'pgina keksa ishchi asalarilar qatnashishi ma'lum. Keksa yoshdagi quruvchi asalarilar yuqori jag' bezlaridan mum va propolisni eritadigan maxsus suyuqlik ishlab chiqaradi. Bu bez suyuqligi yangi rom to'qishda, mum tangachalarini tezda eritib, romdagi katakchalarni qurgandan so'ng ular qurib qoladi. Tomoq (halqum) bezlari. Tomoq bezlari ko'p miqdordagi yumaloq xaltachalar shaklida bo'lib, bez hujayralari bilan to'lgan bo'ladi. Bezlar ajratadigan so'lak, bosh miyaning ko'rish bo'limi atrofida joylashgan, ikkita so'lak yo'liga yig'iladi. Bu bezlarning yo'llari tomoq plastinkalariga ochiladi. Tomoq bezlari ayniqsa ishchi asalarida yaxshi rivojlangan, ona va erkak asalarilarda esa bu bezlar, faoliyat ko'rsatmaydi, chunki ular daladan gulshira va gulchangi to'plamaydilar.

Yosh ishchi asalarilarda bu bez birinchi kunligida, hali yaxshi rivojlanmagan, 9-10 kunligida yaxshi rivojlangan davr hisoblanib, keksaygan chog'ida esa bez faoliyati asta-sekinlik bilan so'nib boradi.

Tomoq bezlarining uzunligi ishchi asalarining tanasidan ham uzun bo'lib, u 20 mm-gacha boradi. Bu albatta asalarining tomoq bezlari ko'p miqdorda so'lak ajratishidan dalolat beradi.

Asalari tomoq bezlarining so'lagi tarkibida, ko'p miqdorda antibiotik moddalar borligi aniqlangan. Lekinda yuqori jag' bezlarining so'lagi tarkibida bu moddalar bo'lmaydi. Asalari sutining antibiotik xususiyatlari asalari tomoq bezlarining so'lagi ekanligidan dalolat beradi.

Tomoq bezlarining faollik darajasi daladan keladigan oziqaga bog'liq ekanligi, qancha ko'p oziqa bo'lsa yosh asalarilarning 6-9 kunligidan va oz bo'lsa 14-16 kunligidan boshlab, bez faoliyati asta-sekinlik bilan kuchayib boradi.

Tadqiqot natijalari: Tomoq bezlarining faollik darajasi bu uning invertaza fermentini ishlab chiqarishiga bog'liq. Yuqori jag' bezlari so'lagi tarkibida bu ferment bo'lmaydi. Asalarining yoshligida invertaza fermenti kam bo'ladi, asalari ulg'aygan sari, 18-30 kunligida esa bu ferment ko'p miqdorda ishlab chiqariladi.

Asalarilar tomoq bezlari ikki xil so'lak ishlab chiqaradi. Birinchi xildagi so'lak yosh aslarilarda rivojlangan, ular oilada yosh naslni boqishda va oziqlantirishda sut tarkibiga kiruvchi oqsilli komponent bo'lsa, oxirgisi keksa ishchi asalarilarni daladan gulshira va gulchangi to'plab kelganda, gulshirasini asalga, murakkab qandlarni esa oddiy qand moddasiga aylantirishiga xizmat qiladi. Orqa miya bezlari. Orqa miya bezlari asalari bosh qismining orqa tomoniga joylashgan. Bu bez ko'p miqdorda mayda qopchalardan iborat, ulardan mayda tarmoqlar tarqalib ketgan. Bu tarmoqlar birta yo'lakchaga birlashadi. Orqa miya bezlari erkak asalarida rivojlanmagan, ishchi va ona asalarida esa yaxshi rivojlangan. Orqa miya bezlari so'lagi tarkibida, ko'p miqdorda yog' moddasi borligi aniqlangan, shuning uchun bu yog'simon moddalar bilan, asalarilar o'z xartumchalarini tozalab, yog'lab qo'yishda foydalanadi, chunki ishchi asalari uyada ham ko'pgina ishlarni bajaradi va dalada gulshirasi to'plashga ishtirok etadi. Lekin ona asalarida bu bez faoliyati hanuzgacha aniqlanmagan.

Xulosa: Asalarilarning ko'krak bezi, ularni ko'kragida joylashgan, u pastki labgacha cho'zilgan. Ko'krak bezi uchburchak shakldagi rezervuardan iborat, ko'krak bezidan chiqqan tarmoqcha borib, bosh miya bezi tarmoqchasiga tutashgan. Asalarining ko'krak bezi hamma asalarilarda ona, erkak va ishchi asalarilarda bir xilda rivojlangan. Bu bez so'lak suyuqligini ishlab chiqaradi va ovqat hazm qilishida ishtirok etadi.

Ko'krak bezi so'lagi ishqoriy xususiyatga ega, ular ovqat hazm bo'lish jarayonida ishtirok etadi va o'rta ichakda fermentlar faolligini kuchaytiradi. Xuddi shunday, bu so'lak yordamida asalari xartumchasi uchidagi tili va qoshiqchani ho'llab turadi hamda shakar tarkibidagi kristallarini namlab eritishda xizmat qiladi.

Asalarining orqa miya va ko'krak bezlari, hali yosh qurtchalik davridagi ustki jag'lar tubiga ochiluvchi, ichak bezlaridan hosil bo'lganligi va umumiy birta tomirga birlashganligi uchun, bu bezlarni pastki lab bezlari ham deb ataydilar.

REFERENCES

1. Asalarichilikda tajriba ishlari. V.Bravarskiy. Sh. Suyarqulov. Ya. Brindza. V. Otchenashko. Toshkent- "Print. Media" bosmaxonasi. 2021 yil.

2. Gulov A.N., Borodachev A.V., Beryozin A.S. Vozrast trutney i kachestvo trutney. "Pchelovodstvo", 2015, №4, str. 44-46 b.

3. Jamolov, R. Q., Xatamova, D. M., Xolmatova, M. A. (2022). Asalarilar oilasining yashash tarzi. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(10-2), 666-671b

4. R.Jamolov., O.To'rayev, D.Xatamova. "Asalarichilik asoslari", Farg'ona "Classik", 2022.

5. R.K.Jamolov, "Ona asalarining eksterer va interver ko 'rsatkichlari", Proceedings of International Conference on Modern Science and Scientific. 2023 yil

6. R Jamolov, H Raximov, A Tojaliyev. Asalarining harakatlanuvchi a'zolari.Journal of Science-Innovative Research in Uzbekistan 1 (7), 282-287 b

7. R.Jamolov. O'zbekistonda asalari zotlarini tanlash va parvarishlanayotgan asalarilar irqlari tarkibi. (Science and innovation 2 (Special Issue 8), 630-634 b)

8. R.Q. Jamolov, G.H. Sharofiddinova. "Honeycomb, structure and reproduction of inches in the frame". Obrazovanie nauka i innovatsionnbie idei v mire 18 (1), 57-61b

9. Jamolov R.Q, Raximov H, Tojaliyev A. Asalarilarning g'umbak oldi va_g'umbaklik

davri. Journal of Science-Innovative Research in Uzbekistan. 2023/10/30.

10. R Jamolov, R Azizov, Z. Oktamova Peaceful replacement of queen bees by honey bee colonies and factors affecting queen quality Science and innovation 1, 229-233 b.

11. R Jamolov, I Ergashyeva, D Rustamova. Asalarining nasl yetishtirishi. Journal of Science-Innovative Research in Uzbekistan 1 (9), 255-262.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.