Научная статья на тему 'ASALARICHILIK FERMER XO‘JALIKLARIDA ASALARI OILALARINI TASHKIL ETISH QOIDALARI'

ASALARICHILIK FERMER XO‘JALIKLARIDA ASALARI OILALARINI TASHKIL ETISH QOIDALARI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
4
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
asalari oilasi / yuz niqobi / qandi ozuqasi / shakar upasi / infeksiya / varroatoz / chirish kasalliklari / sanitariya. Tropik kana / Kasseta / suzgich.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — O S. To‘rayev, O.A.Maxmadiyarov, J.O.Abdullayev, T.R.Rahmonov

Maqolada Respublikamizda fermer xojaliklarida asalarichilik tarmog‘ini tashkil etish yo‘llari va uning istiqbollari, respublikada boqilayotgan asalari zotlari va ularni xo‘jaliklarda joylashtirish qoidalari to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «ASALARICHILIK FERMER XO‘JALIKLARIDA ASALARI OILALARINI TASHKIL ETISH QOIDALARI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

"ACTUAL PROBLEMS OF LIVESTOCK DEVELOPMENT, MODERN METHODS AND

DEVELOPMENT PROSPECTS" _SEPTEMBER 26-27, 2024_

UDK: 638.150.

ASALARICHILIK FERMER XO'JALIKLARIDA ASALARI OILALARINI TASHKIL ETISH QOIDALARI

1O.S. To'rayev, 2O.A.Maxmadiyarov, 3J.O.Abdullaye, 4T.R.Rahmonov

1Professor., CHPITI Asalarichilik bo'limi boshlig'I, 2SamDVMCHBU, "Xususiy zootexniya" kafedrasi mudiri dotsent, qishloq xo'jalik fanlari falsafa doktori (PhD), 3SamDVMCHBU tayanch doktoranti, 4SamDVMCHBU Magistiranti. https://doi.org/10.5281/zenodo.13855964

Annatatsiya. Maqolada Respublikamizda fermer xojaliklarida asalarichilik tarmog'ini tashkil etish yo'llari va uning istiqbollari, respublikada boqilayotgan asalari zotlari va ularni xo'jaliklardajoylashtirish qoidalari to'g'risida batafsilma'lumotlar keltirilgan.

Kalit so'zlar: asalari oilasi, yuz niqobi, qandi ozuqasi, shakar upasi, infeksiya, varroatoz, chirish kasalliklari, sanitariya. Tropik kana, Kasseta, suzgich.

Аннотация. В статье содержатся подробные сведения о методах создания пчелиной сети в хозяйствах нашей республики и ее перспективах, породах пчел, содержащихся в республике, и правилах их размещения в хозяйствах.

Ключевые слова: пчелиная семья, маска для лица, сахарный корм, сахарная пудра, инфекция, варроатоз, гнили, санитария. Тропический клещ Cassetta, плавник.

Abstract. The article contains detailed information about the methods of establishing a beekeeping network on farms in our republic and its prospects, the breeds of bees kept in the republic and the rules for their placement on farms.

Keywords: bee family, face mask, sugar feed, sugar powder, infection, varroatosis, rot diseases, sanitation. Tropical mite, Cassetta, fin.

O'zbekiston Respublikasi keng Orta Osiyo qit'asining markazida va dengizlardan uzoqda bo'lganligi sababli, iqlimi o'ta mo'tadil bo'lib, tabiiy-geografik sharoiti xilma-xildir. O'rtacha oylik harorati, viloyatlarning bir-biridan keskin farq qilib, turadi, ayrim hududlarida esa harorat tez ko'tarilishi va ekiladigan qishloq xo'jaligi ekinlari hamda yovvoyi holda o'sadigan o'simliklari ham xilma xilligi bois, asalarichilikning rivojlanishiga mos keladi. Asalarichilik qishloq xo'jaligining muhim tarmog'i hisoblanadi.

Asalarichilik soxasining asosiy mahsuloti asal hisoblanib, sohadan ikkilamchi maxsulot sifatida quyidagilar olinadi: asalari suti, gul- changi (perga), asalari zaxari, asalari yelimi (propolis), asalari mumi, ushbu maxsulotlarning xalq xo'jaligida va tibbiyotda axamiyati juda yuqoridir.

So'ngi yillarda mamlakatimizda asalarichilikni rivojlantirish va ko'paytirishga katta e'tibor berilib, 2017-yil 16-oktabrda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Respublikamizda asalarichilik tarmog'ini yanada rivojlantirish chora tadbirlari to'g'risida" gi qaror qabul qilindi. Qarorga asosan asal maxsulotlari ishlab chiqarishning ilg'or texnologik jarayonlarini tizimli tashkil etish, asalarichilik ozuqa bazasini mustahkamlash, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish kabi ko'pgina muammolar yechimi ifodalangan. Shu maqsadda 2017-yil dekabr oyida respublika qishloq xo'jaligi xodimlarining qurultoyida Respublika Prezidenti Sh.Mirziyoevning so'zlagan nutqida Respublikadagi paxtachilik-g'allachilik, bog'dorchilik-uzumchilik, chorvachilik va boshqa fermer xo'jaliklarida 5 tadan asalari oilalarini tashkil etish topshiriqlari berildi. Fermer xo'jaligingizda 5-ta asalari oilasini boqish o'zini oqlaydi. Agar fermer xo'jaligingiz sharoiti yetarli

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

"ACTUAL PROBLEMS OF LIVESTOCK DEVELOPMENT, MODERN METHODS AND

DEVELOPMENT PROSPECTS" _SEPTEMBER 26-27, 2024_

bo'lsa, hech ikkilanmay, bu ishni boshlayverishingiz mumkin. Avvalo yaxshi asalari zotlarini tanlab, xarid qiling.

Asalari zotlari: Asalari oilasining asal berish miqdori va sifati turli omillarga bog'liq. Umuman olganda bitta asalari oilasi o'rtacha 20-25 kg gacha asal berishi mumkin. Agar asalari oilasi to'g'ri parvarishansa va ular yaxshi boqilsa, undan ham ko'p asal olish mumkin. Ammo asalari oilasini qancha asal berishi, har bir asalari oilasining sifatiga qarab turlicha bo'ladi. Bular albatta, ularni yaxshi serasal o'simliklar joylashgan joyga va asalari zotiga ham keskin boqliqdir. Bugungi kunda yurtimizda ko'p asal beradigan mahalliy asalarilar bilan birga "O'rta rus", "Kulrang tog' Kavkaz asalarisi", "Karpat", "Italiya" , "Krainka" va qisman "Bakfast" asalari zotlari tarqalgan. Respublikamizda hozirgi kunda asosan "Itatiya", "Krainka" va "Bakfast" asalari zotlari yaxshi natija bermoqda.

Asalari oilalarini joylashtirish qoidalari: Asalari oilasi tekis va atrofi devor bilan o'ralgan to'g'ridan-to'g'ri shamol esmaydigan yerlarga joylashtiriladi. Asalari uyalarini, kirish tuynugi quyosh chiqadigan tarafga qaratib joylashtiriladi. Joylashtirilgan asalari uyalarining orasi bir-biridan bir metr, qatorlarining orasi esa 3-4 metr bo'lishi kerak Ular yerdan 40-45 sm balandlikda o'rnatilishi lozim.

Asalari oilasini tekshirish qoidalari: Asalari oilasini tashqi harorat salqin joyda 140 dan past bo'lmaganda soat 1100 dan 1400 gacha umumiy tekshirilsa bo'ladi. Ammo asalari oilasining umumiy axvoli qoniqarli bo'lsa u holda to'liq tekshirish ishlari havo harorati 16-18°C ga isiguncha qoldiriladi. Oilani havo harorati 10-12°C atrofida bo'lganda yuzaki tekshirish mumkin. Asalari oilasini tekshirayotgan vaqtda atir-upa, piyoz, sarimsoqpiyoz, benzin, kerosin, ter xidlari bo'lmasligi kerak. Asalarichining qo'li toza va qo'lansa hid kelmaydigan kiyimlarni kiygan bo'lishi kerak, shunday qilinganda asalarilar kam bezovtalanadi va chaqishga harakat qilmaydi. Asalari oilasi bilan ish boshlashdan oldin oq xalat va boshga kiyiladigan yuz niqobi kiyib olish, so'ngra ishga kirishish kerak. Uyadan sug'urib olingan romlarni uya ustida kuzatish tavsiya etiladi, shunday qilin ganda romdan to'kilgan yosh asalarilar uyaga to'shadi.

Asalari oilalarini oziqlantirish qoidalari: Asalari oilasini normal o'sishi va rivojlanishi uchun ozuqalarning axamiyati juda katta. Asalari oilasini sifatli ozuqa bilan ta'minlanishi, bu asalari oilasini kuchli bo'lishiga, asosiy asal to'plashi davrida ko'p miqdorda asal to'plashiga undaydi.

Asalari oilasida ozuqa yetishmaganda ularga qo'shimcha ravishda shakar upasi, sifatli asal bilan 3/1 nisbatda xamirsimon xolatda kandi ozuqasi tayyorlanib oilalarga 400-500 g dan beriladi. O'zbekistonning iqlim sharoitini e'tiborga olib, hamirsimon oziqni 3:1 nisbatda, ya'ni 3 kg chakar upasiga 1 kg sifatli tog' asalidan qo'shib tayyorlanadi. Bu massa bir xil ko'rinishga ega bo'lguncha yaxshilab aralashtiriladi. Bundan tashqari, xar 10 kg shakar upasiga 200 ml suv hamda 70-80 % li sirka kislotasidan 3 gramm qo'shiladi. Shunday tayyorlangan oziqni asalarilar inchalariga qo'yib, qayta ishlamasdan to'g'ridan-to'g'ri iste'mol qiladilar. O'lchab olingan tog' asali suv hammomida 50-55°C gacha isitiladi, asal suyulib, uning tarkibidagi shakar zarrachalari to'liq eriguncha qoldiriladi. Suyultirilgan asalga o'lchangan suv hamda sirka kislotasi qo'shiladi.

Asal olish. Asalari uyasidan ajratib olingan asalli romlar asalarizordagi xonaga yoki taxtadandan yasalgan uychaga keltiriladi. Uychaga asalarilar kirmasligi uchun ortiqcha teshiklar va eshik-oynalar zich qilib yopiladi. Xona xarorati ko'tarilishi bilan romlardan asal tez sizib chiqadi. Asalli romlar uyadan asal olishdan bir necha kun ilgari ajratib olingan

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

"ACTUAL PROBLEMS OF LIVESTOCK DEVELOPMENT, MODERN METHODS AND

DEVELOPMENT PROSPECTS" _SEPTEMBER 26-27, 2024_

bo'lsa yoki 20-25°C xaroratda xonada 7-8 soat ushlab turilsa, asal tez sizib chiqadi. Asal olish uchun asal olinadigan asaltortgich asbobi, asalli romlarning inchalari ustini qirqish uchun stol, 4-5 ta yaxshilab charxlangan pichoq, pichoqni suvda qizdirish uchun idish, yuvinish uchun suvli idish, sovun va sochiq, asal qo'yiladigan idishlar bo'lishi kerak. Asal olinadigan asaltortgich asbobi yaxshilab yuviladi, quyosh nurida quritiladi. Asal olinadigan asaltortgich asbobini shunday o'rnatish kerakki, uning jumragi ostiga asal oqadigan chelak yoki biror boshqa idish bemalol sig'adigan bo'lsin. Jo'mrakning balandligi ishlayotgan odamning qo'l tirsagi balandligida bo'lishi lozim. Asaltortgich asbobining asal oqadigan jo'mragiga to'r simli suzgich osib, qo'yilsa, idishga tozalangan asal tushadi. Asalli romlardagi inchalarning usti qaynoq suvga solib qizdirilgan va suvi silkitib tashlangan pichoq yordamida ehtiyotkorlik bilan qirqiladi.

Romlardagi asalli inchalarning usti qirqilgach, romning pastki qismi kassetaning aylanadigan tarafiga tushiriladi. Asalli rom solingan asaltortgich asbobi aylantiradigan o'qidan ushlab avvaliga sekin aylantiriladi, so'ngra tezlashtirib boriladi. Inchalardan asal chiqishi tugagach, romning ikkinchi tarafi asal olinadigan asaltortgich asbobi devori tarafiga aylantirib qo'yiladi va asaltortgich asbobi inchalardagi asal to'liq sizib chiqquncha aylantiriladi. Yangi tortilgan asalari romlari inchalardagi asal olinmoqchi bo'lsa, yangi romdagi inchalar bo'zilib, mum zarrachalari yulib olinadi, asal sachrab chiqmasligi uchun asalli romlar kassetaga solingach, sekin aylantiriladi, ikkinchi tarafi o'girib qo'yila di.

Romlardan asal olingach, ularni joylariga olib borib qo'yishdan oldin inchalarga bir oz suv sepiladi, shunday qilinganda inchalarni asalarilar tezroq toza lab quritishi oson bo'ladi.

Asalli romlarni uyadan ajratib olishda adashib ketmaslik uchun har bitta romning tepa qismini qora qalam yoki bo'r bilan oilaning raqami yozib qo'yiladi.

Asalli romlardan asal ajratib olingach, biror katta xajmdagi idishda bir necha kun ushlab turilsa, asal ichidagi mum zarrachalari, romlardan tushgan chiqindilar va asal pufakchalari asalning yuziga sizib chiqadi, iflosliklar ajratib olingandan keyin, asal maxsus idishlarga qo'yib olinadi.

Asalari kasalliklari: Asalari oilasini rivojlanishiga asosan varroatoz, akarapidoz, amerika va yevropa chirish, nozematoz, askosferoz, pestitsidlar bilan zaharlanish va boshqa bir necha infeksion va invozion kasalliklar to'sqinlik qiladi. Varroatoz kasalligi bugungi kunda asalarilarning eng xavfli kasalligi bo'lib, kanalar ishchi, erkak va yosh asalari nasli tanasida parazitlik qilib yashaydi. Agar yil davomida varroatozga qarshi kurashilmasa asalari oilasi nobud bo'lishi mumkin. Keyingi yillarda respublikamiz asalarichiligida janubiy o'lkalardan kirib kelgan Tropik kanasi juda hafli kasalliklarini keltirib chiqarmoqda, Tropik kanasi varroa kanasidan ham tez rivojlanib asalarilarni yosh lichinkalarini gemolimfasini so'rib ularga havfli kasalliklarni keltirib chiqaradi. Natijada ishchi asalarilar, qanotsiz, oyoqsiz nimjon bo'lib, ohirida ular o'lib qoladi va asalarichilikda ko'plab iqtisodiy zarar yetkazadi.

Tropik kanasiga qarshi kurashda chumoli kislotasi va shovul kislotalaridan unumli foydalanib, kanaga qarshi samarali kurash olib borilsa maqsadga muvofiq bo'ladi.

Asalari kasalliklarining oldini olishning eng asosiy yo'llaridan biri - baquvvat oilalarning zoogigina qoidalariga asosan veterinariya vrachi ko'rigidan o'tkazish lozim. Asalarilardagi ko'pgina kasalliklar deyarli bir xil belgiga ega bo'ladi. Shuning uchun ham faqat mutaxassislargina kasallikni aniqlay olishlari va unga qarshi muvaffaqiyatli davolash tadbirlarini qo'llashlari mumkin.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL PROBLEMS OF LIVESTOCK DEVELOPMENT, MODERN METHODS AND

DEVELOPMENT PROSPECTS" _SEPTEMBER 26-27, 2024_

Varroatoz kasalligini davolashda baybarol, bipin, mavrika, flyusin, flyumetrin, bipin-T, kabi dorilar bilan 6 kunda bir, 5-6 marotaba dorilanadi. Davolashda bir xil doridan qayta-qayta foydalanmaslik kerak.

REFERENCES

1. l.O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 16 oktyabirdagi "Respublikamizda asalarichilik tarmog'ini rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risi" dagi 3327-sonli qarori . "Qishloq hayoti" gazetasi 2017 yil, 17 oktabr.

2. 2.To'rayev O.S., Maxmadiyarov O.A. Asalari parvarishi va asal yetishtirishning oddiy usullari. O'zbekiston Qishloq Xo'jalik jurnali.

3. To'rayev O.S., Shukurov Yo.Sh. Asalarichilik kecha , bugun va ertaga q/x jurnali 2017, №10, 19-20 betlar.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.