Научная статья на тему 'ASALARI OILALARI MAHSULDORLIGINI OSHIRISHNING TEXNOLOGIK USULLARINI TAKOMILLASHTIRISH'

ASALARI OILALARI MAHSULDORLIGINI OSHIRISHNING TEXNOLOGIK USULLARINI TAKOMILLASHTIRISH Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
5
5
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
asalarichilik / soya suti / ozuqa / o‘simliklar / oila.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Nizomitdinova M.Sh, Turdaliyev A.T

Maqolada asalarichilikning qishloq xo‘jaligidagi ahamiyati, asalari oilalari mahsuldorligini oshirishning texnologik usullarini takomillashtirish usullari, soya sutining ozuqa tarkibiga kiritishning afzalliklari haqida ma’lumotlar keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «ASALARI OILALARI MAHSULDORLIGINI OSHIRISHNING TEXNOLOGIK USULLARINI TAKOMILLASHTIRISH»

ASALARI OILALARI MAHSULDORLIGINI OSHIRISHNING TEXNOLOGIK USULLARINI TAKOMILLASHTIRISH 1Nizomitdinova M.Sh., 2Turdaliyev A.T.

1Farg'ona davlat universiteti tayanch doktoranti 2Farg'ona davlat universiteti, b.f.d., professor https://doi.org/10.5281/zenodo.11208105

Annotatsiya. Maqolada asalarichilikning qishloq xo'jaligidagi ahamiyati, asalari oilalari mahsuldorligini oshirishning texnologik usullarini takomillashtirish usullari, soya sutining ozuqa tarkibiga kiritishningafzalliklari haqida ma'lumotlar keltirilgan.

Kalit so'zlar: asalarichilik, soya suti, ozuqa, o'simliklar, oila.

KIRISH

Asalarichilik qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishining muhim tarmog'i bo'lib, asalari mahsulotlari olish uchun nasldor asalarilar yetishtirish bilan shug'ullanadi. Qimmatbaho, to'yimli va dorivor mahsulotlar, sanoat uchun ajralmas xomashyo yetkazib beruvchi azaldan xalqimizning sevimli hunarmandchiligidan biri bo'lib kelgan. Atrof-muhitning tirik ko'rsatkichi sifatida asalarilarning ahamiyati ortib bormoqda. Ular hayvonot dunyosining barqarorligi va asrab-avaylanishini ta'minlovchi tizimdagi o'ziga xos ekologik bo'g'inni ifodalaydi va yerdagi ekologik muvozanatni saqlashda bevosita ishtirok etadi [1]. Inson faoliyati majburiyatlarining ajralmas qismi asalarilarni ko'paytirish, saqlash va saqlash uchun zarur shart-sharoitlarni ta'minlashdir. Aholini asalarichilik mahsulotlari bilan ta'minlash masalasini hal etish uchun olimlar asalari oilalari mahsuldorligini oshirishning texnologik usullarini takomillashtirish ustida doimiy ish olib bormoqdalar [3].

N.G.Bilashning (2002) yilgi ma'lumotlariga ko'ra asalari oilasini boqishda gulchang yetishmagan davrda, ularning ozuqasi tarkibida soya o'simligi uni, bug'doy kurtaklari, pivo achitqisi, non hamirturishlari, favorit kabi oqsil va vitaminlarga boy bo'lgan mahsulotlarni berishni tavsiya qiladi. Tadqiqotlar davrida, gulchang o'rnini bosadigan boshqa ozuqalarga nisbatan pivo va hamirturishdan foydalanilganda, asalarilar yaxshi rivojlangan, ona asalarining kunlik tuxum qo'yishi birmuncha ko'paygan. Shuningdek, asalari tanasida protein 63,5 % ga va yog' 7,8 % ga oshganligi kuzatilgan. Shuning uchun, asalari oilasini qishlovi oldidan, gulchangi kam bo'lgan davrlarda, asalari oilasini oziqlantirishda, ularga qo'shimcha ravishda pivo achitqilaridan qo'shib berish tavsiya qilinadi.

M.A.Sharovning (2010) ma'lumotlariga ko'ra, asalari oilasini bahorda o'sishi va rivojlanishini ta'minlashda va asalari oilasini qishlovga tayyorlash oldidan, ularni tabiiy shifobaxsh, butasimon o'simliklaridan bo'lgan eleuterokokk barglari eritmasi va oq qarag'ay (pixta) daraxti barglari eritmasidan foydalangan. Natijada, bahorda asalari oilasi jadal rivojlanib borgan, ona asalarining kunlik tuxum qo'yishi birmuncha oshgan. Qishlov davrida asalari oilasi kam talofat ko'rgan, asalari uyasida asalarilar o'limi 0,7 va 0,9 ta yo'lakchalarda bo'lgan. Ozuqa asal sarfi esa har bir asalari yo'lakchasida 0,80-1,20 kg ni tashkil etgan. Orqa ichagida axlat to'plashi ham oz bo'lib, ular 14-18 mg ni tashkil etgan.

Farg'ona viloyatining tabiiy iqlim sharoiti gulli o'simliklarni ko'paytirish va asalari oilasining tezkor texnologiyalar asosida boqish uchun qulaydir. Bugungi kunda qishloq xo'jaligining boshqa tarmog'i singari, uning asosiy sohasi hisoblangan asalarichilikni rivojlantirish borasida ham bir qator ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda.

TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI

Farg'ona viloyatida turli xil zotdagi asalari oilalari mahsuldorligini oshirish maqsadida, asalari oilalarini erta bahorda oqsilli ozuqalar bilan boqish, ularni morfologik belgilari va xo'jalik foydali xususiyatlarini о'rganish hamda, ularni asalarichilik fermer xо'jaliklarida joriy etish dolzarb masalalardan biri hisoblanadi.

Shularni hisobga olib, asalari oilalarini soya suti bilan boqish maqsadida, ulardan ona asalari yetishtirish, hamda duragay ona asalarining kunlik tuxum qo'yish va oiladagi nasl miqdorini o'zgarib turishi, oila sifatiga ta'siri, bahorgi rivojlanishi, ko'chga moyilligi, tinchliksevarligi, mahsuldorligi kabi ko'pgina zootexnikaviy ko'rsatkichlari o'rganib chiqildi.

Ilmiy-tadqiqot ishlari Farg'ona davlat univeristeti "Asalarichilik kvorkin markazi" da va Farg'ona tuman 2-son kasb-hunar maktabining "Asalarichilik o'quv-uslubiy markazi" da olib borildi.

TADQIQOT NATIJALARI VA MUHOKAMASI

Keyingi yillarda respublikamizda asalari oilasini surunkali ravishda shakar sharbati bilan oziqlantirilishi oqibatida va bunday ozuqalar tarkibida vitaminlar, yog'lar, uglevodlar, aminokislotalar, mikroelementlarni yetishmasligi sababli, asalarilar qishlovdan ozg'in bo'lib chiqqan, asalarilarni bahorda sifatli oqsilga boy ozuqalar bilan oziqlantirishga e'tibor berilmayapti. Natijada, asalari oilasining mahsuldorligi pasayishi kuzatilmoqda. Bu esa, asalari oilasini tabiiy ozuqalardan foydalanish va mikroelementlarga boy bo'lgan o'simliklardan olinadigan tabiiy ozuqalar bilan oziqlantirishni talab etadi.

1-rasm. Asalarilarni oziqlantirish jarayoni

Farg'ona viloyati iqlim sharoitida hozirgi kunda ko'pgina asalari zotlari boqib kelinmoqda. Ana shu asalari zotlarini erta bahordan boshlab oqsilga boy soya suti bilan, ularni ozuqasiga 20, 30 va 40 ml miqdorida, bir litr shakar sharbatiga qo'shib berildi. Ozuqalar kunora ikki oy davomida, asalari uyasidagi ozuqa oxurchalarida berib borildi. Farg'ona davlat univeristeti "Asalarichilik kvorkin markazi" dagi asalari oilalarini ko'p marotaba ko'chirish asosida asalari oilalari rivojlantirildi va asal mahsuloti olindi. Jumladan, erta bahorda Farg'ona tumanidagi "Novkent" qishlog'i hududida joylashgan mevali bog'larga joylashtirildi. Uning atrofida gilos, olxo'ri, olma, o'rik kabi mevali daraxtlar, hamda mayda gulli oq chitir, surepka, raps, qoqigul, bo'tako'z, oq bosh kabi o'simliklar har doim gullab, asalari oilalarini rivojlanishi uchun bir me'yorda gulshira va gulchangi bilan ta'minlab turardi. Bularning hammasi erta bahorda sun'iy usulda duragay ona asalarilarni yetishtirib chiqarishga asos bo'ldi. Ona asalarini urug'lantirishda esa ajratilgan mayda hajmli nukleusli uyalar ham tashkil etilgan bo'lib, ularda ona asalarilar yetarli darajada, sifatli urug'lanib qaytdi.

XULOSA

Respublikamizda asalari oilasi mahsuldorligini oshirish maqsadida, ularni oqsilga boy, har xil tarkibdagi ozuqalar bilan oziqlantirish, xususan Farg'ona viloyati sharoitida asalari oilasining shakar sharbati ozuqasi tarkibiga qo'shimcha ravishda soya suti bilan oziqlantirish ishlarini ilmiy-tadqiqotlar asosida o'rganish, asalari oilasini mahsuldorligini to'liq yuzaga chiqarish va mahsuldorlikni oshirishning samarali usullarini ishlab chiqish bugungi kunda dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi.

REFERENCES

1. Низомитдинова М.Ш., Выбор о оценка хозяственно полезных характеристик пёлосемьи. Актуалные проблемы соаременной науки. Москва, №2 (137), 2024, стр. 219222.

2. Тураев О.С., Махмадияров О.А., Эшдавлатов О.З. Влияние углеводного корма на весенные рост нарашивание пчеленых семей в условиях Узбекистана. III-Международная научно-практическая конферешия. Бошкирская аграрная государственной университет. г.Уфа. 2018, 14-16 марта.

3. Билаш Н.Г. Сравнительный анализ бельковых заменителей. ж. Пчеловодство, 2002, стр. 53-54.

4. Шаров Я.Л. Влияние стимулирующих подкормок растительного происхождения на зимостойкост пчеленых семей. ж. Пчеловодство, 2010, стр. 53-54.

5. To'rayev O.S., Nizomitdinova M.Sh., Turdaliyev A.T. Asalari oilasi mahsuldorligini shirishda soya o'simligi sutidan foydalanish. Science and innovation international scientific journal olume 1 ISSUE 8. UIF-23.11.2022: 8.2 ISSN: 2181-3337. (258-261). https://doi.org/10.5281/zenodo.7352358

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.