ASALARI UYASI VA ROMKASINI KASALLIK VA ZARARKUNANDALARDAN HIMOYALASHNING ELEKTROTEXNOLOGIK USULI 1Ashiraf Muxammadiyev, 2Valiyorbek Ibrohimov
1T.f.d., prof. Toshkent davlat texnika universiteti Qo'qon filiali 2Toshkent davlat texnika universiteti Qo'qon filiali tayanch doktoranti https://doi.org/10.5281/zenodo.11205743
Annotatsiya. Maqolada asalari uyasi kasallik va zararkunandalari to'g'risidagi ma'lumotlar berilgan. Asalari uyasiga (253.7 nm) to'lqin uzunlikdagi UBN bilan nurlab va elektrfaollashgan (analit) suv orqali ishlov berish elektrotexnologik usuliga oid ma'lumotlar keltirilgan.
Kalit so'zlar: Asalari romkasi, asalari uyasi, nur, to'lqin uzunligi, lampa quvvati, elektrotexnologiya, infeksion, invazion, mum parvonasi, varroa yakobson kanasi.
KIRISH
Bugungi kunda O'zbekistonda asalarichilikka bo'lgan talab va uning shifobaxsh mahsuloti bo'lgan asal yetishtirishga oqilona ixtisoslashuvini saqlab qolish mustaqil respublikamizning kun sayin bozor munosabatlariga o'tayotgan bir davrida iqtisodimizning asosini tashkil etadi. Respublikamiz asalarichilari oldida har bir asalari oilasining mahsuldorligini oshirish hisobiga asal yetishtirishni, ko'paytirish qat'iy vazifa etib qo'yilgan.[1]
Har bir sohada muammolar bo'lganidek asalarichilikda ham bir qancha muammolar mavjud. Bulardan asalari kasalliklari va zararkunandalaridir. Asalari oilasi kasallanishi 2 xil ko'rinishda yuqumli (infeksion) va yuqumsiz (invozion) kasalliklarga bo'linadi. Asalarining invozion kasalliklari (nozematoz, varroatoz, akarapidoz) hisoblanadi.
Akarapidoz - invazion kasallik bo'lib, u nafas olish organlarini zararlaydi va kasallikni akarapis vudi kanasi tarqatadi. Akarapidoz bilan asosan hali nektar yig'ishga chiqmaydigan yosh asalarilar, shuningdek, truten va ona asalarilar ham kasallanishi mumkin.
Varriatoz invozion kasallik bo'lib, oiladagi lichinkadan yetuk asalarigacha bo'lgan barcha asalarilarni jarohatlaydi. Kasallikni varroa yakobson kanasi qo'zg'atadi. [2,3]
Asalari oilasining ko'payishiga va asl hosilini kamayishiga sababchilaridan bo'lgan zararkunanda mum parvonasi hisoblanadi. Bu parazit asalari oilasida doimiy yashab mum, asal, asalarixona yog'ochlari va romlari bilan oziqlanadilar. Mum parvonasi qurtini asalari uyasi va romkasiga yetkazgan zararini ko'rishimiz mumkin.(l-rasm)
1-rasm. Mum parvonasi qurtini keltirgan zarari.
Mum parvonasi kapalaklari kunduzlari harakatsiz holatda, qorong'i joylarda yashaydi. Qorong'i tushishi bilan qo'zg'aladi va asalari uyalariga kirib oladi. Urg'ochi mum parvonasi kapalagi o'zining hayoti davomida 1,5-2 mingtagacha oq rangli, oval shakldagi tuxum qo'yadi.
Shu holatlarni inobatga olgan holda asalari zararkunandalarini rivojlanishining turli davrlarida qirib tashlash mumkin, lekin eng samaralisi ularning qo'ygan tuxumlarini iloji boricha yo'q qilishdir. Masalan, varroa kanasi, mum parvona kapalagi singari zararkunandalarni keltirishimiz mumkin.
Ushbu zararkunandalarga qarshi kurashishda mexanik va kimyoviy usullardan foydalanib kelinmoqda. Mexanik usulga misol keltiradigan bo'lsak zararkunandalarni qo'l bilan terib tashlash hamda kimyoviy usulda turli xil ko'rinishdagi kimyoviy pereparatlardan foydalaniladi. Ushbu usullga istisno tariqasida elektrotexnologik usulni taklif etishimiz mumkin. Ushbu jarayonda lampani to'lqin uzunligi, lampa quvvati, masofasiga e'tibor bergan holda ultrabinafsha nurlar orqali asalari romkasi hamda uyasiga ishlov beriladi.
Elektrotexnologik usulni qo'llash maqsadida energetik qurilma yasadim. Yasalgan qurilma tashqi ko'rinishdan yashikka o'xshagan holda. Korpus qismi faner orqali qoplangan, ichki qismiga (253.7 nm) to'lqin uzunlikdagi ultrabinafsha nur tarqatuvchi yoritgichlar bilan jihozlangan. Qurilma to'g'ridan - to'g'ri 220 V elektr tarmog'iga ulanadi. Agarda elektr tarmog'i mavjud bo'lmasa invertor orqali 12 yoki 24 V akumlyatorga ulanadi.
Ulturabinafsha nurning turli xil to'lqin uzunliklari va ta'sir qilish holatlari mavjud bo'lib.Ular avjlantirish, zararsizlantirish xususiyatiga egadir. Ushbu elektrotexnologik usulda asalari uyasini nurlatuvchi qurilma ichiga solinadi hamda ichki va tashqi tomondan (253.7 nm) to'lqin uzunlikdagi lampalar orqali nurlab so'ngra elektrfaollashgan (analit) suv orqali yuviladi. [5,6]
2-rasm. Asalari uyasini UBN bilan dizinfeksiya qilish jarayoni.
Yuqoridagi rasmda asalari uyasini ichki hamda tashqi tomondan UBN orqali nurlanganini ko'rishimiz mumkin.
Natijada elektrotexnologik usul bilan zararsizlantirishni mavsum so'ngiga qadar kuzatib boriladi. Asalari oilasidan olingan maxsulot son va sifat ko'rsatkichlariga qarab xulosaga kelinadi.
REFERENCES
1. Asalarichilik [Matn]:ilmiy nashr / "Agrobank"ATB.-Toshkent: "Tasvir" nashriyot uyi,2021.-86b.
2. R.M.Alijonivich, J.R.Qo'shmatovich. Asalari zararkunandalariga qarshi mexank va kimyoviy usullar. Международный научный журнал«Научный Фокус» № 11. 2024 5 -11b.
3. O.A.Maxmadiyorov. Asalarichilik fanidan uslubiy qo'llanma Toshkent: "Fan ziyosi" nashriyoti, 2022. - 156 bet.
4. A.Muxammadiev., R.Matjonov., L.Gafurova., J.Xo'jaev va boshqalar. Ekologik sof agroelektrotexnologiya. - Toshkent, 2002. - B.9-10
5. Muxammadiev A., Usmonov I. I., Ibrohimov V. I. ASALARI OILASINI PARVARISHLASHDA ELEKTROTEXNOLOGIK USULLARNING ISTIQBOLLARI //Science Promotion. - 2023. - T. 1. - №. 1. - C. 137-140.
6. Muxammadiev A., Yusupov D. R., Ibrohimov V. I. ASALARICHILIKDA ELEKTROTEXNOLOGIK USULLARNI QO'LLASH //Conferencea. - 2023. - C. 70-73.
7. D.R.Yusupov, X.R.Otaxonov- Makkajo'xori maxsuldorligini oshirishda urug'larga elektrotexnologik ishlov berish. INNOVATIONS IN TECHNOLOGY AND SCIENCE EDUCATION- ISSN 2181-371X, 2023. 1486-1492b.