Научная статья на тему 'ARXITEKTURA YODGORLIKLARINING BIR QISMI ISHTIROKIDA TUZILGAN NATYURMORT (KAPITEL)NI QALAMTASVIRDA ISHLASH METODIKASINI TAKOMILLASHTIRISH'

ARXITEKTURA YODGORLIKLARINING BIR QISMI ISHTIROKIDA TUZILGAN NATYURMORT (KAPITEL)NI QALAMTASVIRDA ISHLASH METODIKASINI TAKOMILLASHTIRISH Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
3
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
arxitektura yodgorliklari / qalamtasvir / tasviriy san‘at / natyurmort / bosqichma-bosqich tahlil / qonuniyat / fazoviy tasavvur. / architectural monuments / fine art / still life / step-by-step analysis / regularity / spatial imagination.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Qurbonova, Barchinoy Mirzahamdamovna, Raxmonjonov, Xusan Akbarovich

Ushbu maqolada talabalarning tasviriy san’atda arxitektura yodgorliklarining bir qismi ishtirokida tuzilgan natyurmortni ishlash bosqichlarini takomillashtirishda qo‘llaniladigan metodlar va ularning samarasi, tasviriy san‘at fanlarini o‘qitishda yangicha yondashuv, hamda qalamtasvir qonun-qoidalari asosida tasvir yaratishda foydalaniladigan usullar va ularni takomillashtirish haqida yoritilgan. Talabalarda tasviriy san‘at fanlarida ko‘nikma va malakalarini oshirishni, natyurmort asarlarni ishlashda qonun-qoidalardan foydalanishni, mustaqil fikrlarini rivojlantirish jarayonida rangtasvirga oid ijodiy ishlarni tahilil qilish, rassomlarning asarlarini bosqichma-bosqich tahlil qilish va fikrlash jarayoni bayon etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

IMPROVING THE METHODOLOGY OF WORKING IN PENCIL DRAWING OF THE STILL LIFE (CAPITAL) CREATED WITH THE PARTICIPATION OF A PART OF ARCHITECTURAL MONUMENTS

In this article, the methods and their effectiveness are used to improve the stages of still-life work of students in fine arts with the participation of a part of architectural monuments, a new approach to the teaching of fine arts, and the methods used to create images based on the rules of pencil drawing and their improvement. illuminated. Students need to improve their skills and abilities in fine arts, use rules and regulations in working with still-life works, analyze creative works related to painting in the process of developing their independent thoughts, step-by-step analysis of artists' works, and the process of thinking is described.

Текст научной работы на тему «ARXITEKTURA YODGORLIKLARINING BIR QISMI ISHTIROKIDA TUZILGAN NATYURMORT (KAPITEL)NI QALAMTASVIRDA ISHLASH METODIKASINI TAKOMILLASHTIRISH»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

ARXITEKTURA YODGORLIKLARINING BIR QISMI ISHTIROKIDA TUZILGAN NATYURMORT (KAPITEL)NI QALAMTASVIRDA ISHLASH METODIKASINI TAKOMILLASHTIRISH

Qurbonova Barchinoy Mirzahamdamovna

P.f.b.f.d (PhD) Farg'ona davlat universiteti, O'zbekiston.

Raxmonjonov Xusan Akbarovich

Farg'ona davlat universiteti, O'zbekiston.

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada talabalarning tasviriy san 'atda arxitektura yodgorliklarining bir qismi ishtirokida tuzilgan natyurmortni ishlash bosqichlarini takomillashtirishda qo 'llaniladigan metodlar va ularning samarasi, tasviriy san'at fanlarini o'qitishda yangicha yondashuv, hamda qalamtasvir qonun-qoidalari asosida tasvir yaratishda foydalaniladigan usullar va ularni takomillashtirish haqida yoritilgan. Talabalarda tasviriy san 'at fanlarida ko 'nikma va malakalarini oshirishni, natyurmort asarlarni ishlashda qonun-qoidalardan foydalanishni, mustaqil fikrlarini rivojlantirish jarayonida rangtasvirga oid ijodiy ishlarni tahilil qilish, rassomlarning asarlarini bosqichma-bosqich tahlil qilish va fikrlash jarayoni bayon etilgan.

Kalit so'zlar: arxitektura yodgorliklari, qalamtasvir, tasviriy san'at, natyurmort, bosqichma-bosqich tahlil, qonuniyat, fazoviy tasavvur.

АННОТАЦИЯ

В данной статье использованы методы и их эффективность совершенствования этапов натюрмортной работы учащихся изобразительного искусства с участием части памятников архитектуры, новый подход к обучению изобразительному искусству, а также методы, используемые для создания образов на основе правил карандашный рисунок их совершенствования. Студентам необходимо совершенствовать свои навыки и умения в изобразительном искусстве, использовать правила и нормы в работе с произведениями натюрморта, анализировать творческие произведения, связанные с живописью, в процессе развития самостоятельного мышления, поэтапный анализ произведений художников, и описан процесс мышления.

Ключевые слова: памятники архитектуры, изобразительное искусство, натюрморт, поэтапный анализ, закономерность, пространственное воображение.

ABSTRACT

In this article, the methods and their effectiveness are used to improve the stages of still-life work of students in fine arts with the participation of a part of architectural monuments, a new approach to the teaching of fine arts, and the

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

methods used to create images based on the rules of pencil drawing and their improvement. illuminated. Students need to improve their skills and abilities in fine arts, use rules and regulations in working with still-life works, analyze creative works related to painting in the process of developing their independent thoughts, step-by-step analysis of artists' works, and the process of thinking is described.

Key words: architectural monuments, fine art, still life, step-by-step analysis, regularity, spatial imagination.

KIRISH

Respublikamiz tomonidan qabul qilingan Farmonlar, milliy g'oya tamoyillariga muvofiq tasviriy san'atni yoshlarga o'rgatish eng muhim vazifalardan hisoblanadi. Tasviriy san'at eng ommaviy, eng xalqchil, eng hayotiy ijod ifodasidir. Tasviriy san'at asrlar mobaynida xalq ijodi sifatida shakllanib, taraqqiy etib kelgan. Shuni alohida ta'kidlash joizki, yangi O'zbekiston taraqqiyotining muhim shartlaridan biri xalqning boy intellektual merosi va umumbashariy qadriyatlar asosida zamonaviy madaniyat, iqtisodiyot, fan, texnika va texnologiyalarning yutuqlari asosida kadrlar tayyorlashning mukammal tizimini shakllantirishdir. Chunki har bir avlod oldida insoniyat yaratgan jamiyki bilimlarni o'rganish va o'zlashtirish vazifasi turadi. Ilm bobidagi izlanish insonni ma'naviy, ahloqiy-estetik kamolot sari yetaklaydi. Respublikamizda tasviriy san'at ta'limida qalamtasvir qonun-qoidalarida rioya qilish metodikasini takomillashtirish bo'yicha T.Maxmudov, M.Nabiyev, B.Jabborov, J.Majidov, , X.Egamov, M.Shahodatov, K.Oqilova, A.Egamberdiyev, , N.Oydinov B.Azimova, A.Eshonqulov, N.Norqulov, B.Hamdamiy, A.Sulaymonov, E.Umarov va boshqalar ilmiy tadqiqot ishlarini olib borishgan. Tasviriy san'atda badiiy asar yaratishga xos bo'lgan xususiyatlarni ta'lim mobaynida egallashi talab etiladi. Tasviriy asardan nusxa ko'chirish bilan aks ettirib bo'lmasligini tushuntirib muhim hisoblanadi. Uni tasvirlashda hayotni to'laligicha idrok etishda tus va yaxlitligini anglagan holda uning tarkibini tashkil etuvchi obyekt hajmi, shakli, yorug'ligi, o'ziga xosligi, xususiy tavsifi qismlarini tushuntirish, tafakkur qilish, mazmunini talqin etish zarurdir. [1; 4-bet]

TADQIQOTNING OBYEKTI VA QO'LLANILGAN METODLAR.

Tadqiqotning obyekti sifatida Tasviriy san'atda qalamtasvir topshiriqlarini bajarishda arxitektura yodgorliklarining bir qismini tasvirlash qoidalariga rioya qilish metodikasini takomillashtirish jarayoni etib belgilandi

Oliy ta'lim muassasalari talabalarining tasviriy san'atda arxitektura yodgorliklarining bir qismi ishtirokida tuzilgan natyurmortni ishlash bosqichlarini takomillashtirishda qo'llaniladigan metodlar va ularning samarasini oshirish va

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

dunyoqarashini o'stirish, keng fikrlay olish, borliqni fazoviy tasavvur eta olishda har tomonlama komil bo'luishni

Tasvirni formatga to'g'ri joylashtirish, bu komponovka qilish jarayoni bo'lib, rangtasvir asosi bo'lmish format o'lchamiga nisbatan, tasvir yaxlitligini munosib o'lchamda topish va uni formatga to'g'ri joylashtirish komponovkaning asosiy vazifasidir. (1-rasm)

*

1-rasm

Bunda kapitel tasviri formatning pasti yoki yuqorisiga, o'ngi yoki chapiga siljigan holda emas, balki o'zining munosib joyiga to'g'ri chizilishi shart, hamda chiziluvchi tasvir formatga nisbatan katta ham, kichik ham bo'lmay, bu ham formatga mos o'lchamda chizilishi talab qilinadi. Ushbu shartga ko'ra kapitelni umumiy joylashuvi tahminiy belgilab olinadi va kapitelni tekislikka nisbatan necha gradus burchak ostida turganligi aniqlanib o'q chizig'ini ko'rinarli darajada qoraytirmasdan yengil chiziladi.

Qismlar konstruktsiyasini aniqlash va qurish jarayonida kapitelni qismlarga bo'linadi. Ma'lum burchak ostida aniqlangan o'q chiziqqa nisbatan kapitelning bo'yini eniga nisbatan solishtirib taqqoslanib, ularning o'lchamlari orasidagi farqi aniqlanadi va uni belgilab chiqiladi. So'ng belgilangan burchak ostida suyanib turgan kapitel asosining sathi konturini yengil qoraytirmagan holda chiziladi. So'ng kapitelning hajmini asosdan qanchalik balandlikda ekanligi qalam bilan o 'lchab, ko'z bilan chamalab belgilanadi va qarash nuqtasiga nisbatan balandlikning qanday burchak ostida ko'rinishi aniqlanadi. Shunga asoslanib kapitel hajmining balandligin markaziy o'q chizig'ini bosmasdan yengil chiziladi. (1-rasm) Mana shu o'q chiziqlar asosida kapitel qismlari chamalash usulida aniqlab, belgilanadi va xar bir qismlarni bir-biriga solishtirib, ularning o'z aro bir-biriga nisbatan holatini hamda o'lchamidagi farqlarini qalam yordamida chamalash usuli orqali bosmasdan yengil chiziladi.

Qismlar orasidagi bo'laklarning tuzilishidagi nisbatlarni aniqlash uchun avval har bir bo'lingan qismlardagi bo'laklarni umumiy massaga nisbatan hamda

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

alohida qismlaming tuzilishi va o'lchamiga ham solishtirib, bir-biriga nisbatan holatini taqqoslab, chamalash usulida aniqlab chiziladi.

2-rasm

Qo'yilmadagi nur va soyalarni aniqlash. Tasvirda kapitelning chap yon tomonidan tahminan 45 gradusga yaqin burchak ostida yuqoridan tabiy yorug'lik tushayotganligi sababli, kapitelning tushuvchi soyasi ham 45 gradusga yaqin burchak ostida bo'ladi. Agar yorug'lik sun'iy bo'lsa tushuvchi soyaning umumiy ko'rinishi, konus singari kengaygan tus oladi. Xususiy yarim soyalar esa kapitel hajmining 70 foizini o'z ichiga olishini taqqoslash orqali chamalab chiziladi. So'ng qismlar, keyin bo'laklar va nihoyat detallardagi soyalarni bir-biriga taqqoslab ularning vaziyatdagi o'lchamlarini chamalash usuli orqali aniqlab chiziladi. (2-rasm)

Qo'yilmadagi iliq va sovuq ranglarni aniqlash. Avval qo'yilma o'rganilib tahlil qilinadi. Qo'yilmadagi fon og'ir faqat yorug' qismi soyaga nisbatan yengil va och siyohrangga yaqin jigarrangga xos, pastlagan sari og'irlashib to'qargan holda siyohrang ko'karib bormoqda. Kapitelning yorug' qismlari fonga nisbatan toni och bo'lib, yengil issiq zarg'aldoqsimon, soyalar ko'kimtir siyohranga yaqin tusda. Soyadagi siyohrang sifat qoramtir joylari to'q sovuq tusda bo'lib, oldingi plandagi pastki qismi esa binafsha sifat qoramtir issiq rang tussidadir.

Qo'yilmadagi umumiy tusini haroratini aniqlash. Natyurmortni e'tibor bilan kuzatilsa, uning umumiy tussi iliq yoki sovuqligi ko'rinadi. Umumiy fon aniqlangandan so'ng, kapitel va uning soyasi fonga nisbatan issiq yoki sovuqlik darajasi aniqlanadi. Natyurmortning umumiy tussi issiq bo'lib, chekka qismlari markazga nisbatan sovib bormoqda. Faqat o'ng tomonining chekka qismigina iliq tusda bo'lib, qismlardagi rang tuslariga nisbatan olinadi. Budan tashqari kapitelni fonga nisbatan og'ir yoki yengillik ya'ni och yoki to'qlik darajalari ham bir vaqtning o'zida aniqlab boriladi.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

Qo'yilmadagi nur va soyalar tussini haroratini aniqlash. Tabiy yorug'lik ostidagi kapitelning nur tushayotgan qismi sovuq, tushuvchi soysi ham sovuq bo'lib, xususiy soyasi esa qaytgan nur(refleks)lar sababli issiq rang tuslarida bo'ladi. Agar sun'iy nur bilan yoritilsa, unda gipsning yorug'langan qismi issiq bo'lib, soyasi esa umumiy sovuq bo'ladi. Lekin xususiy soya nim rang reflekslar sa-babli issiq rang tussida bo'lishi mumkin, albatta bu holat nisbiy bo'lib, atrofidagi qurshab turgan buyumlar rangiga bog'liqdir

"iwicnn

3-rasm

Tasvirdagi kontrast va nyuanslarni aniqlash. Tasvirdagi qismlar, bo'laklar va detallarning yorug'-soyalaridagi kontast va nyuans rang tuslari perspektiva qoidalari asosida bir-biriga solishtirib, taqqoslab ishlab chiqiladi. 68 Qo'yilmadagi ton nisbatlarini aniqlash. Bu jarayonni boshlashdan avval ton so'zining ma'nosini tushunib olishimiz talab qilinadi. Ton - (yunoncha tonos-zo'r berish, kuchlanish, ta'kidlash ma'nosini anglatadi.) Rang tusi dog'larining og'ir yoki yengilligi, ocharishi yoki to'qarishidagi ma'lum bir me'yorda kuchlanishini ton yoki tonallik darajasi deb aytiladi. Endi qo'yilmani tonallik jihatlarini tahlil qilamiz. Qo'yilmaning umumiy tonallik darajasi og'irroq bo'lib, asosan fon tuslari to'qargan, kapitel esa oq gipsdan iborat soyasi fon darajasigacha to'qarishini lessirovka orqali amalga oshiriladi. Tushuvchi soyalar pastdan yuqoriga to'qarib, hususiy soyalardagi reflekslar umumiy soyaning tusiga nisbatan ochroq tonda yorug'lanishini nyuans rang tuslarida bajariladi. (3-rasm) Tasvirdagi ton va rang tuslarini yaxlitlash. Tasvirni umumiy yaxlitlikdan qismlarga, qismlardan bo'laklarga, keyin bo'laklardan mayda detallarga tomon rang tuslari shuningdek tonal jihatlari ishlab chiqiladi.

XULOSA

Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, oliy ta'limda talabalar tasviriy san'atda qalamtasvir fanida bajariladigan ishlarning qonun qoidalariga rioya qilishning

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

mazmunini bilish hamda ta'sir kuchining yuqoriligini oshirishda turli-tuman (taqdimotlar, mahoratli darslar, malakaliy rassomlarning ijodlari amaliyotlarga chiqish tadbirlar, elektron qo'llanmalar, animatsiyalar, masofaviy onlayn darslar va h.k.) manbalardan foydalanish, ishning bajarilish vaqtining ko'pligi boshqa fanlarning o'ziga xos jihatlari bilan tasviriy sa'nat alohida e'tiborni talab etadi, ya'ni qalamtasvir qonun-qoidalarni tatbiqini tanlab olishda qat'iy pedagogik talablarga rioya qilish lozim.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR (REFERENCES)

1. Mamatova A-X. Rangtasvir va chizmatasvir fanlaridan o=quv-uslubiy ko'rsatmalar. - T.: Fan va texnologiya. 2017. 4-bet.

2. Azizxo'jayeva N.N.. Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat. - T.: O=zbekiston Yozuvchilari uyushmasi Adabiyot jamg=armasi nashriyoti. 2006. 71 -bet.

3. Abdirasilov S.F. Tasviriy san'at o=qitish metodikasi. - T.: Fan va texnologiya. 2012. 177-bet.

4. Жуликов А.В. Теоретические и методические основы преподавания изобразительного искусства в общеобразовательных учреждениях. Учебное пособие. - Ростов н/Д. 2016. 259-c.

5. Sulaymanova, S. B. Q. (2023). MUAMMOLI TA'LIM TEXNOLOGIYASINING TAVSIFI VA UNING SAMARADORLIGI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 3(12), 144-149.

6. Курбонова, Б. М. (2022). ТВОРЧЕСКИЕ СПОСОБНОСТИ СТУДЕНТОВ НА ЗАНЯТИЯХ ПО СОЗДАНИЮ ПОРТРЕТА. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(12), 1051-1057.

7. Kurbonova, B. (2020). THEORETICAL BASES OF THE ORGANIZATION OF DRAWING LESSONS IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION.

In Психологическое здоровье населения как важный фактор обеспечения процветания общества (pp. 254-257).

8. Курбонова, Б. (2020). ТЕОРЕТИЧЕСКИЕ ОСНОВЫ ОРГАНИЗАЦИИ УРОКА РИСУНКА В ВЫСШЕМ ПЕДАГОГИЧЕСКОМ ОБРАЗОВАНИИ. ББК Ю953, 254.

9. Kurbonova, B. M. (2023). AESTHETIC PERCEPTION IS A PRODUCT OF ARTISTIC THINKING. PEDAGOGICAL SCIENCES AND TEACHING METHODS, 3(26), 97-101.

10. Kurbonova, B. M. (2023). OPPORTUNITIES AND TECHNOLOGIES FOR PREPARING FUTURE TEACHERS OF FINE ARTS FOR THE FORMATION OF ELEMENTS OF ARTISTIC THINKING IN SCHOOLCHILDREN. Academia Science Repository, 4(04), 709-715.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

11. Qurbonova, B., & Yo'Ldasheva, G. (2023). TASVIRIY SAN'AT MASHG 'ULOTLARIDA RANGLARNING 9. ILMIY-NAZARIY AHAMIYATINI O 'RGANISH. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 3(3), 183-187.

12. Qurbonova, B., & G'ulomova, O. (2023). BOSHLANG'ICH SINF O'QISH DARSLARIDA BADIIY MATNNI TAHLIL QILISH METODIKASI. Educational Research in Universal Sciences, 2(4), 750-752.

13. Mirzakhamdamovna, Q. B. (2023). TECHNOLOGIES FOR TRAINING FUTURE VISUAL ARTS TEACHERS TO FORM ELEMENTS OF ARTISTIC THINKING IN SCHOOLCHILDREN. Science and innovation, 21.

14. Курбанова, Б. М. (2018). РОЛЬ ПРОФЕССИОНАЛЬНОЙ КОМПЕТЕНТНОСТИ БУДУЩЕГО УЧИТЕЛЯ ИЗОБРАЗИТЕЛЬНОГО ИСКУССТВА В ПОВЫШЕНИИ ЭФФЕКТИВНОСТИ ФОРМИРОВАНИЯ ХУДОЖЕСТВЕННОГО МЫШЛЕНИЯ У УЧАЩИХСЯ. In EUROPEAN RESEARCH: INNOVATION IN SCIENCE, EDUCATION AND TECHNOLOGY (pp. 65-66).

15. Kurbonova, B. M. (2023). OPPORTUNITIES AND TECHNOLOGIES FOR PREPARING FUTURE TEACHERS OF FINE ARTS FOR THE FORMATION OF ELEMENTS OF ARTISTIC THINKING IN SCHOOLCHILDREN. Academia Science Repository, 4(04), 709-715.

16. Yunusaliyev, M. T. (2023). REALISTIK RANGTASVIRNING MAQSAD VA VAZIFALARI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 3(12), 181-189.

17. Yunusaliyev, M. T. (2022). DEKORATIV KOMPOZITSIYALARDA KONTRAST VA NYUANS 'LARNING AHAMIYATI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(10-2), 5-8.

18. Yunusaliyev, M. T., & Sulaymonova, S. B. (2022). QALAMTASVIRDA PERSPEKTIVANING AHAMIYATI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(12), 1039-1044.

19. Yuldashev, I. (2023). FACTORS OF CENTRAL ASIAN PEOPLES CONTRIBUTING TO THE DEVELOPMENT OF WORLD CULTURE. MOVAROUNNAHR ART OF LITERATURE IN THE XV TH CENTURY. Science and innovation, 2(C9), 11-16.

20. Yunusaliev, M. (2023). THE IMPORTANCE OF THE SCALE OF THE VIEWING ANGLE IN PERSPECTIVE. Science and innovation, 2(A4), 15-20.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.