Научная статья на тему 'BORLIQNI IDROK ETISH VA TASVIRLASHGA DOIR DASTLABKI MA’LUMOTLAR HAMDA ULARNI XARAKTERLI JIHATLARI'

BORLIQNI IDROK ETISH VA TASVIRLASHGA DOIR DASTLABKI MA’LUMOTLAR HAMDA ULARNI XARAKTERLI JIHATLARI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
396
27
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Plener / kompozitsiya / mutanosiblik / ufq chizigi / perspektiva / san’at / tasvir. / Composition / plener / proportsii / horizont / perspektiva / khudojestvennoe isobrazhenie.

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Yuldashev, I.

Maqola tasviriy san’ato’qituvchilarimi tasviriy san’at mashg’ulotlarida uslubiy kursatmalardan foydalahishning amaliy ahamiyati hamda tasvirlar ishlashda rurgazmali o’quv jarayonini mukammal bo’lishida etakchiligi va ulardan foydalanish masalalariga bag’ishlanadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

INITIAL DATA ON THE PERCEPTION AND DESCRIPTION OF EXISTENCE AND THEIR CHARACTERISTIC ASPECTS

The article is devoted to the practical significance of the use of methodological guidelines by visual arts teachers in visual arts classes, as well as to the issues of leadership and their use in perfecting the visual educational process in working with images.

Текст научной работы на тему «BORLIQNI IDROK ETISH VA TASVIRLASHGA DOIR DASTLABKI MA’LUMOTLAR HAMDA ULARNI XARAKTERLI JIHATLARI»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

BORLIQNI IDROK ETISH VA TASVIRLASHGA DOIR DASTLABKI MA'LUMOTLAR HAMDA ULARNI XARAKTERLI JIHATLARI

I.Yuldashev

Far.DU. Tasviriy san'at kafedrasi katta o'qituvchisi

Maqola tasviriy san'ato'qituvchilarimi tasviriy san'at mashg'ulotlarida uslubiy kursatmalardan foydalahishning amaliy ahamiyati hamda tasvirlar ishlashda rurgazmali o'quv jarayonini mukammal bo 'lishida etakchiligi va ulardan foydalanish masalalariga bag 'ishlanadi.

Tayanch suz va iboralar: Plener, kompozitsiya, mutanosiblik, ufq chizigi, perspektiva, san 'at, tasvir.

Статья посвящена практической значимости использования педагогами изобразительного искусства методических указаний на занятиях по изобразительному искусству, а также вопросам руководства и их использования в совершенствовании наглядно-образовательного процесса при работе с изображениями.

Ключевые слова и выражение: Композиция, пленэр, пропорции, горизонт, перспектива, художественное изображение.

The article is devoted to the practical significance of the use of methodological guidelines by visual arts teachers in visual arts classes, as well as to the issues of leadership and their use in perfecting the visual educational process in working with images.

Key words and expressions: Composition, plener, proportsii, horizont, perspektiva, khudojestvennoe isobrazhenie.

Borliqdagi narsa va shakllarni realistik tasvirlash talabaga amaliy bilim va ko'nikma beribgina qolmay, balki uning estetik didini o'stirish, dunyoqarashini kengaytirish uchun juda muhimdir. Realistik tasvir san'ati yosh rassomlarning borliqni haqqoniy obrazlarda ifoda etish mahoratini rivojlantirishda ham katta ahamiyat kasb etadi.

Rasm chizish asoslarini o'rganish narsaning o'ziga qarab, metodik izchillikda tasvirlash printsipiga asoslanadi. Tabiatga muhabbat va o'ta kuzatuvchanlik,

ANNOTATSIYA

АННОТАЦИЯ

ABSTRACT

KIRISH

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

buyumlarni to'g'ri tasvirlash kabi fazilatlar tasviriy san'at bilan shug'ullanadigan har bir talabaga xos bo'lmog'i kerak.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Perspektiva qonuni. Tasvirlanayotgan buyum, ushbu buyum qaysi tomonidan tasvirlanishidan qat'iy nazar (uzoqdan, yaqindan, yuqoridan, pastdan, to'g'ridan yoki chekkadan), chizuvchiga o'zgarib ko'rinadi. Masalan, kubni u yoki bu tomonga burib, uning tomonlari perspektiva o'zgarib ko'rinishini kuzatamiz. Hayotda o'zaro parallel bo'lgan relslar hech qachon to'qnashmasalar-da, perspektiva qonuniga binoan, ular bizdan uzoqlashgan sari bu holatni kuzatishimiz mumkin. Bu perspektiva qonuniga asosan sodir bo'ladi.

Buyumlarni tekislikda haqqoniy tasvirlashda rassom perspektiva qonuniga bevosita murojaat qiladi. Bu holatni shunday ta'riflash mumkin: "Tabiatdagi barcha buyumlar qanday shaklga ega bo'lmasin, perspektiva qonun va qoidalariga bo'ysunadi"

Perspektiva qonunlarini mukammal o'rganib, har qanday buyumning ko'rinar va ko'rinmas tomonlarini to'g'ri tasvirlash mumkin. Perspektiva qonunlarining asosiy xususiyati shundaki, buyumlar qanday kattalikda bo'lmasin, chizuvchidan uzoqlashgan sari va tekislikda qanday joylashganiga qarab perspektiva qisqaradi.

O'z navbatida, perspektiva qonuni haqqoniy tasvirlash "alifbo"laridan bo'lgan "surat tekisligi", "buyum tekisligi", "ko'rish maydoni", "ko'rish nuqtasi", "ufq chizig'i" kabi qonuniyatlar bilan chambarchas bog'liqdir.

Surat tekisligi deb tasvirlanayotgan natyurmort, manzara, portret va hokazolar bilan rassom orasidagi bo'liqqa aytiladi.

Fiziologik nuqtai nazardan qaraganda, yorug'lik chizilayotgan buyumga tushganda, rassomga buyumning u yoki bu qismi ko'rinadi. SHundan keyingina rassom uni idrok etib, tasvirlashga o'tadi. Surat tekisligi rassom bilan natura o'rtasida vosita bo'lib xizmat qiladi.

Buyum tekisligi deb tasvirlanayotgan buyum joylashgan tekislikka aytiladi. Stol, pol, yer va boshqa chizish uchun bajariladigan moslama buyum tekisligi vazifasini o'tashi mumkin.

Ko'rish maydoni va ko'rish burchagi chizuvchining ko'rish vaqtida

tasvirlanayotgan buyumni qamrab olishidir. Tasvirlanayotgan ob'ekt uzoqlashib

borgan sari ko'rish maydoni ham kengayib boradi, bu esa tasvirlanayotgan

ob'ektning barcha qismlarini aniq ko'rish va tasvirlashga imkon yaratadi. Lekin,

ob'ektdan juda katta masofada turib, undagi hamma bo'laklarni va hajmlarni

to'laqonli tasvirlash ancha qiyin. Aksincha, tasvirlanayotgan ob'ektga yaqin

10

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

masofada turib ham ushbu ob'ektning hamma qismlarini ko'z bilan ilg'ab olish mushkul. Tasvirlash jarayonida chamalash orqali masofani to'g'ri tanlay olish, ko'rish maydonini to'g'ri belgilash rassomdan mahorat talab etadi. Ko'p hollarda rassomlar tasvirlanayotgan predmet kattaligining 3 hissa ko'paytirilganiga teng masofada turib rasm chizadilar. Masalan, inson qomatini to'laqonli tasvirlash uchun rassom naturadan taxminan 5-5,5 metr masofada turishi kerak. Shundagina u tasvirni to'laqonli tasavvur etib, vazifani aniq bajarishi mumkin.

Ufq chizig'i deb, ko'z balandligidan o'tadigan nurga aytiladi. Qog'ozni gorizontal holatda ko'zimiz darajasigacha ko'tarib, ufq chizig'ini aniqlashimiz mumkin.

1. Ufq chizig' idan yuqorida

2. Ufq chizig'idan pastda

3. Ko'zimiz nuri balandligida (ufq chizig'i balandligi darajasida)

Ufq chizig'i har doim ko'z nuri balandligidan o'tadi. Agar biz yuqoriga chiqsak u biz bilan ko'tariladi, pastga tushsak ufq chizig'i ham pastga tushadi.

Fazoviy perspektiva deb buyumlarning fazo (bo'shliq) ta'sirida o'zgarib (qisqarib) ko'rinishiga aytiladi. Fazo - tiniq muhitdir. Lekin uning tiniqligi tabiatning turli hodisalari ta'sirida o'zgarishi mumkin. Masalan: havo namligi, atmosfera bosimining o'zgarishi, havodagi chang-to'zon ta'siri, havo bulutli ekanligi va boshqalar. Shuning uchun tasvirlanayotgan ob'ektning fazo bo'shlig'ida qanday joylashgani, rang, nisbat, tus va undagi alohida bo'laklarning (yaqqol yoki xira) ko'rinishlariga keskin ta'sir etadi.

Fazo perspektivasi ob'ektning kunning qaysi vaqtida tasvirlanayotganligi (ertalab, kunduzi, kechqurun), yil fasllari (bahor, yoz, kuz) hamda atmosfera o'zgarishiga (quyoshli yoki bulutli) qarab ham o'zgaradi.

Fazo perspektivasining bir necha asosiy qoidalari mavjud bo'lib, ular quyidagilardan iborat:

1. Rassomga yaqin bo'lgan buyumlar yaqqol, uzoqdagilar esa umumiy ko'rinadi. Tasvirda fazoni sezdirish uchun yaqin masofada joylashgan buyumlarni yaqqol, uzoqdagilarni esa umumiy tarzda tasvirlash kerak.

2. Fazo bo'shlig'ida (kengligida) joylashgan buyumlar chizuvchidan qanchalik uzoqda joylashgan bo'lsa, shunchalik xira ko'rinadi. Tasvirda fazoviy perspektivani to'g'ri ko'rsatish uchun uzoqda joylashgan buyumlarni biroz yengil, oldingi qatordagi buyumlarni esa yaqqol tasvirlash kerak.

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 10/2

educational, natural and social sciences IV ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

3. Yaqin masofada joylashgan buyumlar fazoda yaqqol hajmli bo'lib ko'rinadi, uzoqdagilari esa xiraroq ko'rinadi. Tasvirlashda ham ushbu tartibga rioya qilmoq zarur.

4. Chizuvchidan uzoqroq joylashgan buyumlar atmosfera bosimi ta'sirida siyohrang, havorang va och tusda ko'rinadi. Fazo perspektivasini yanada kuchliroq ko'rsatish uchun yaqin masofada yaqqol ko'rinib turgan buyumlarni aniq, uzoqdagilarni esa ochroq tusda tasvirlash darkor.

5. Oldingi qatorda joylashgan buyumlar haqiqiy o'z tusida (rangida), uzoqdagilari bir xil bo'lib ko'rinadi. Fazoviy perspektivaning bu qonuni rassomga yaqin masofada joylashgan buyumlarni yaqqol, uzoqdagilarni esa umumiy tarzda, xiraroq qilib tasvirlashni talab etadi.

Fazo perspektivasining ushbu qonun-qoidalariga rioya qilish talaba uchun juda muhim. Yuqorida ko'rsatib o'tilgan qoidalarga talaba, qanday vazifa bajarishidan qat'iy nazar (portret, natyurmort, manzara va hokazo), amal qilishi shart.

Chiziqli konstruktiv tuzilish. Tasvirlanayotgan buyum sodda yoki murakkab bo'lishidan qat'iy nazar, u konstruktiv tuzilishga ega. Konstruktsiya so'zi - tuzilish (qurilish) ma'nosini anglatib, rassom buyumni tasvirlashda bu qonunga amal q ilishi lozim. Buyumni haqqoniy tasvirlash uchun uning chiziqli konstruktiv tuzilishiga e'tibor berish maqsadga muvofiq. Har qanday buyumni tasvirlashda chiziqli konstruktiv tuzilishga rioya qiling.

Buyumning konstruktiv tuzilishini chizish, uning asosiy qismlarini yordamchi chiziqlar o'tkazish yo'li bilan amalga oshiriladi. Chiziqli konstruktiv tuzilish orqali buyumni to'g'ri tasvirlash perspektiva qonun qoidalariga to'liq amal qilishni taqozo qiladi.

Buyumlar hajmidan tashqari, balandligi va eniga egadir. Bunga buyumlarning nisbati deyiladi. Bir necha buyumlardan tashkil topgan qo'yilmaning o'z nisbatlaridan tashqfari, katta-kichikligiga qarab, o'zaro nisbatlari mavjud. Realistik tasvirlashda buyumlar nisbatini to'g'ri aniqlash katta ahamiyat kasb etadi. Buyum nisbatlarini to'g'ri aniqlash va tasvirlash quyidagi usulda amalga oshiriladi. Masalan, oddiy ko'zani olaylik. Uning balandligi eniga nisbatan kattaligini aniqlash uchun qo'lga qalamni ushlab uzatgan holda rozetkaning kichik tomonining o'lchamini qalamda bosh barmoq bilan belgilab, rozetka balandligiga qo'yib taqqoslaymiz. So'ngra ushbu topilgan nisbatni qog'ozga belgilaymiz. Shu usulda bir guruh buyumlardan tashkil etilgan natyurmort yoki boshqalarning o'zaro nisbatlarini to'g'ri topish mumkin.

12

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Hajm. Har bir buyum o'z hajmiga ega. Uning hajmi qirralari, balandligi, bo'yi va enining mavjudligi bilan belgilanadi. Agar buyumning hajmi to'g'ri to'rtburchaklardan iborat bo'lsa, uning hajmi ham tekis yuzadan iboratdir. Egri chiziqlardan tashkil topgan buyumlar (shar, konus, silindr va boshqalar) tekis yuzalilarga nisbatan ancha hajmdor hisoblanadi. Bu shakllar kontur chiziqlar vositasida chiziladi.

Buyum shaklini aks ettirishda kontur chizig'ining ahamiyati katta. Buyumning tuzilishi, nisbatlari va boshqalarni tasvirlashda rassom kontur chiziqlardan foydalanadi.

Buyum to'g'ri to'rtburchakdan iborat bo'lsa (kub, piramida, prizma va boshqalar), uning hajmi to'g'ri chiziqlar vositasida chiziladi. Uning konturlari egri chiziqlardan iborat bo'lsa, hajm ellips, aylana shakllar orqali tasvirlanadi.

Buyumni hajmdor tarzda tasvirlash unga to'g'ri rang berish orqali bajariladi. Qirrali buyumlarda, masalan kub hajmini to'g'ri tasvirlashda ko'pincha xatoga yo'l qo'yadilar. Kubning hajmini yorug'-soyalar vositasida bajarish jarayonida uni yanada yorqinroq aks ettirish uchun kubning qirralarini kontur chiziq bilan alohida bo'rttirib ko'rsatadilar. Bu mutlaqo noto'g'ri. Tabiatda qirrali buyumlar bir-biridan tus jihatidan och va to'qligi bilan farqlanadi. Kub yoki boshqa qirrali buyumlarning soya qismidagi qirrasi yorug' qismidagi yuzadan tus jihatdan kuchliroq ekanligi bilan xarakterli.

Dumaloq shakldagi buyumlar hajmi ellips, aylana chiziqlar orqali chiziladi. Dumaloq hajmga ega buyumlarning ekvator qismi tus jihatdan kuchliroq tasvirlanadi.

Qirrali buyumlarda bo'lgani kabi, sharsimon buyumlarning chekkalari ham quyuq konturda chizilmaydi. Uning turgan holatiga ko'ra yorug' va orqa fondagi soyalar chegarasi bor xolos.

Evropa realistik tasviriy san'atidan farqli ravishda, sharq tasviriy san'ati o'zining betakrorligi bilan ma'lum va mashhur. Chunonchi, ustoz Kamoliddin Behzod tomonidan ishlangan Sulton Xusayn Mirzo portretini olaylik. Ushbu portretning hajmdorligi yorug'-soya qonuniyatlariga va perspektiva qoidalariga rioya qilinib yaratilmagan bo'lsa-da, lokal chiziq va konturlar orqali rassom asar qahramonining mohirona tasvirlagan.

REFERENCES

1. O'zbekiston san'ati. O'zbekiston Badiiy Akademiyasi san'atshunoslik ilmiy tadqiqot instituti. Toshkent-2001 y.

XULOSA

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

2. N.Abdullaev. O'zbekiston san'ati tarixi. Toshkent-2007 y.

3. Sh.Shoyoqubov. Zamonaviy O'zbekiston miniatyurasi. T.-2006 y.

4. A.Axmedov. O'zbekiston tarixi manbaalari.-Toshkent.-2001 y.

5. "San'at" O'zbekiston Badiiy Akademiyasi jurnali. 3-son. 2010 y.

6. A.Egamberdiev, S.Saidov, R.Rajabov. Tasviriy va me'morlik san'ati tarixi. Toshkent. "O'qituvchi" 2007 y.

7. "San'at" O'zbekiston Badiiy Akademiyasi jurnali. 3-son. 2000 y.

8. V.Oripov, V.Jabborov, O'zbekiston san'ati va me'morchiligi. Toshkent-1994 y.

9. V.Oripov, T.Axmadaliev, Namangan me'morchilik san'ati. Namangan-1999 y.

10. Zahiriddin Muhammad Bobur. Boburnoma. Toshkent-2002 y.

11. Ibn Arabshoh. Amir Temur tarixi. Toshkent-1992 y.

12. Клавихо Руи Гонсалес. Дневник путишествия ко двору Темура в Самарканде в 1403-1406 гг. М.,-1990.

13. В. Лаковская. Национальная традиция и станкостроительный ответ Узбекистану. «Маскан», 1992 год.

14. Mirzahamdamovna, K. B., Erkinovna, A. N., & Jumadillaevich, S. R. (2021). Use of Innovative Educational Technologies in Fine ARTS Classes of Higher Education Institutions. European Journal of Humanities and Educational Advancements, 2(4), 25-27.

15. Sadikovna, S. G., Kurbonova, B., Akhmedova, N., & Sulaymanova, S. (2020). FUNDAMENTALS OF PROFESSIONALISM DEVELOPMENT ON THE EXAMPLE OF PRACTICAL EXERCISES ON FORMING THE SKILLS AND SKILLS OF FUTURE TEACHERS. PalArch's Journal of Archaeology of Egypt/Egyptology, 77(6), 8894-8903.

16. Barchinoy, K., Sevarakhon, S., & Mukhammadkodir, Y. (2021). EFFECTIVE METHODS OF TEACHING FINE ARTS AND DRAWING AT SCHOOL.

17. Barchinoy, K. (2019). Problems of Improving Artistic Perception of Future Art Teachers. Cross-Cultural Communication, 15(4), 79-82.

18. Qurbonova, B. (2021). The history of visual art and it's importance in people life. ACADEMICIA: AN INTERNATIONAL MULTIDISCIPLINARY RESEARCH JOURNAL, 11(2), 1558-1561.

19. Kakharovna, A. M., Tadjimatovich, Y. M., Rakhmatovich, S. O., & Mirzahamdamovna, Q. B. (2021). Modern Approaches to the Teaching of Fine Arts. Solid State Technology, 64(2), 4250-4254.

20. Nodirjon, M., Abdusalom, M., & Ozodbek, S. (2021). TECHNOLOGIES OF TEACHING FINE ARTS WITH MODERN METHODS.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

21. Zulfiya, B., Rakhmonali, S., & Murodjon, K. (2021). A BRIEF HISTORY OF THE DEVELOPMENT AND TEACHING OF DRAWING SCIENCE IN UZBEKISTAN.

22. Nazokat, A., Ibrokhim, Y., & Makhpuzakhon, A. (2021). FACTORS OF DEVELOPMENT OF FINE ARTS.

23. Nazokat, A. (2021). Means of Ensuring the Integrity of the Image and Writing in the Performance of Visual Advertising.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.