Научная статья на тему 'ARXEOLOGIK OBYEKTLARNI GEORADAR (GPR) QURULMASI VOSITASIDA O’RGANISH'

ARXEOLOGIK OBYEKTLARNI GEORADAR (GPR) QURULMASI VOSITASIDA O’RGANISH Текст научной статьи по специальности «Математика»

CC BY
10
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Tafakkur manzili
Область наук
Ключевые слова
arxeologiya / georadar / GNSS / skaner / geofizik

Аннотация научной статьи по математике, автор научной работы — Rasulov Ixtiyor

Bugungi kunda barcha sohalarda bo`lgani kabi arxeologiya sohasida ham zamonaviy texnologiyalardan keng ko`lamda foydalanib kelinmoqda. Shu jumladan georadar (GPR) qurilmasi ham. Arxeologik yodgorlikda dastlab qazishma qilishdan oldin unga zarar yetqazmaslik uchun georadar qurulmasi yordamida skanerdan o`tkaziladi. Ushbu uskuna yer qaridagi qattiq jismlarni(asosan, arxitektura qoldiqlarini) ko`rsatadi. Georadarga qo`shimcha bevosita bizga GNSS qurulmasi ham kerak bo`ladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «ARXEOLOGIK OBYEKTLARNI GEORADAR (GPR) QURULMASI VOSITASIDA O’RGANISH»

2024-OKTABR

Google

ARXEOLOGIK OBYEKTLARNI GEORADAR (GPR) QURULMASI

VOSITASIDA O'RGANISH

Rasulov Ixtiyor,kichik ilmiy hodim Oz R Madaniy meros agentligi YG'ulomov nomidagi Samarqand arxeologiya instituti

Annotatsiya. Bugungi kunda barcha sohalarda bolgani kabi arxeologiya sohasida ham zamonaviy texnologiyalardan keng kolamda foydalanib kelinmoqda. Shu jumladan georadar (GPR) qurilmasi ham. Arxeologik yodgorlikda dastlab qazishma qilishdan oldin unga zarar yetqazmaslik uchun georadar qurulmasi yordamida skanerdan otkaziladi. Ushbu uskuna yer qaridagi qattiq jismlarni(asosan, arxitektura qoldiqlarini) ko'rsatadi. Georadarga qo'shimcha bevosita bizga GNSS qurulmasi ham kerak boladi. Ushbu GNSS qurulmasi o'rganayotgan yodgorlini nuqtasini olishga hamda georadar qurulmasiga ulagan holda natijasini chiqarishga yordam beradi. Joriy yilning aprel-may oylarida Samarqand arxeologiya instituti katta ilmiy hodimi Baxtiyor Abdullaev rahbarligida Andijon viloyati Baliqchi tumani Tuyabo'yintepa yodgorligida (xo'jalik shartnomasiga asosan) georadar tadqiqot ishlari olib borildi. Yodgorlikning hududi 7208 kv.m bolganligi uchun, uni 6 qismga bolindi. Natijada ushbu hududda hech qanday arxeologik yodgorlik qayd etilmadi. Lekin shunga qaramay ushbu viloyat tizimida dastlabki georadar tadqiqot ishi hisoblanadi.

Kalit so'zlar: arxeologiya, georadar, GNSS, skaner, geofizik, yodgorlik, GPR Slice, Google Earth, qatlamlar.

Kirish: Hozirgi kunda arxeologiya sohasida zamonaviy texnologiyalardan keng kolamda foydalanib kelinmoqda. Aynan qazishma ishlari olib boriladigan hududdagi yodgorlikni qazish davomida zarar yetkazilishni oldini olish uchun dastlab georadar uskunasi (GPR) yordamida yer ustki qatlami skaner qilinadi. Ushbu rengen apparati 4 m gacha bo'lgan yer qatlamini ko'rsata oladi.

Yer ostida yotgan madaniy merosni aniqlash uchun yer yuzasida o'lchov metrini keng qilib yoyib qo'yib, belgilangan uchastka bo'ylab GPR uskunasi harakatlantirilishi kerak. Shunday qilinsa harakatlangan yon chiziqlar bo'ylab vertikal yo'nalishdagi yer osti ma'lumotini olish mumkin bo'ladi (Hyundok H. 2022. B.17) (l-rasm).Shuning uchun ham dunyo miqyosida Georadar (GPR) qurilmasidan tobora keng kolamda foydalanib kelinmoqda. Markaziy Osiyo hududidan olib qaraydigan bo'lsak, Qozog'iston Respublikasi Boraltay mozorqo'rg'onlarida, Atiruskiy tumanida joylashgan Qizilqabak qo'rg'onida, Jambil viloyatining Jititobe qabrqo'rg'onlarida ushbu uskuna oz samarasini bergan (Воякин Д.А, Сорокин Д.В, 2020. B.485).

2024-OKTABR

1-rasm.Georadar taxlil jarayoni

Ozbekistonda ham ushbu uskuna arxeologiya sohasida amalda qo'llanib kelinmoqda. Jumladan, Samarqand arxeologiya intituti xodimlari tomonidan Afrosiyob, Kofirqa'la, Quldortepa, Qizlaгtepa va Sazag'an mozorqo'rg'onlarida qo'llanildi va kozlangan natijaga eгishildi (Qizlartepa yodgoгligida olib boгilgan aгxeologik ishlarining hisoboti, 2023. B. 16).

Ilmiy izlanishlar: Joгiy yilning apгel-may oylarida Ozbekiston Respublikasi Madaniy meгos agentligi YG'ulomov nomidagi Samaгqand arxeologiya instituti hamda Andijon viloyati Baliqchi tumani hokimligi o'rtasida tuzulgan 8-sonli xo'jalik shartnomasiga asosan Andijon viloyati Baliqchi tumani Ormonbek MFY da arxeologik nazorat va Geofizik tadqiqotlaг olib borish maqsadida bu hududda joylashgan va belgillangan 7208 kv.m hududda (2-rasm) GPR quгulmasi yoгdamida skaner ishlaгi amalga oshiгildi.

2-rasm. Tuyabo'yin tepaligining o'rganilishi so'ralgan hudud

Dastlab georadar qilinayotgan hudud ko'zdan kechirildi va 6 ta chegara hududga bo'lindi (3-rasm).

3-rasm. Tuyabo'yin tepaligining georadar tahlili olib boriladigan kvadrat (hudud)lari

Har bir hudud kvadratlarga bo'lindi va x,y o'lchamlari olindi (4-rasm). Georadar qilingandan so'ng natijalarni chiqarish uchun komputer orqali GPR Slice dasturi yordamida aniqlandi. Agar GPR Slice dasturida ketma- ketlikda ishlar bajarilmasa ko'ngildagidek natija chiqmasligi mumkin.

4-rasm Georadar taxlil jarayoni

Olingan GPR xulosalarga kora quydagicha xulosa qilish mumkin. Mazkur hududda amalga oshirilgan geofizik tadqiqotlar ishlari davomida GPR Slice dasturi yordamida birorta ham madaniy qatlam yoki tarixiy ahamiyatga ega inshoat qoldiqlari qayd etilmadi. 4-rasmga e'tibor bersak sariq rang inson va mashina yuradigan yol hisoblanadi. Qolgan ko'k rang esa hech qanday arxeologik inshoat yo'qligidan dalolat beradi. 3 chegara hududda 2 ta 6x2 hajmda shurf ham amalga oshirildi.Natijada 1-shurf chuqurligi 2.9 m ga, 2-shurf chuqurligi 3.1 m ga bordi. Har ikkala shurfda ham hech qanday arxeologik inshoat va spool buyum qayd etilmadi (5-rasm).

Shunday qilib, olib borilgan arxeologik qazishmalar natijasida Tuyabo'yin

tepaligi qatlamlari qadimiy madaniyat sohiblari tomonidan uzoq asrlar

davomida tadrijiy tarzda shakllangan madaniy qatlam emasligi, aksincha bu tepalik va unda aniqlangan qatlamlar qadimda mavjud bo'lgan va hozirda, mahalliy aholi ma'lumotlari va saqlangan mahalliy toponimik nomlanishdan kelib chiqib, Polvon ko'l deb atalgan hamda XX asr birinchi yarmida quritilgan tabiiy suv havzasi bo'lgan. Fikrimizcha, aynan shu ko'l tubidagi qora qum qatlami ustiga XX asrning birinchi yarmida zaharli kimyoviy chiqindilari bir necha tuproq qatlamlari bilan ko'mib, o'ziga xos mozorgoh tashkil qilingan. Zero, o'tgan asrning 80-yillarigacha bu tepalik ustida maxsus zanglamas temir qurilmaga "zaharli kimyoviy chiqindilar mozori" kabi belgi qo'yilgan.

Shu bilan birga, mahalliy oqsoqollar va xususan qishloq tarixining mualliflaridan biri D. Marufjonov fikriga ko'ra,umuman O'rmonbek qishlog'i Qo'qon xonligi davrida tarkib topgan bo'lib, uzoq vaqt mobaynida yuqorida keltirilgan Polvon ko'l atrofidagi to'qayzor ko'rinishida edi. Dala tadqiqotlari davomida olib borilgan arxeologik nazorat-kuzatuv ishlari natijasida ham qadimgi davrga taalluqli biron bir asori-atiqa va tosh qurollar yoki ularning bo'laklarini topish imkoni bo'lmadi.

Yuqorida кеШг%ап ma'lumotlar tadqiq etgan ТиуаЬо'ут xududi Polvon

ko'lning qumloq ШЫ ustida sun'iy yaratilgan tepalik deb xulosa qilish imkonini beradi. (А^уоп viloyati Baliqchi tumani Ото^ек MFY hududidagi Tuyabo,yin tepaligida olib ЬОП^П dala tadqiqotlari isЫari Ьо^^ hisobot. 2024. В. 26)

Xulosa: Shunday qilib А^ЦОП viloyatida dastlabki georadar tadqiqot isЫari olib borildi.Georadar qurulmasining asosiy maqsadi yer qaridagi arxeologik yodgorlik va arxitektura borligini aytish,qazishma vaqtida arxeologik obyektga zarar yetqazishdan oldini olishdir. А^ЦОП viloyatiga joylashgan xalq orasida Tuyabo,yintepa deb olgan hududda georadar taxlili olindi. Natijasida ushbu hududda hech qanday arxeologik yodgorlik yoki inshoat qayd etilmadi.Lekin kelgusida А^ЦОП viloyatidagi arxeologik yodgorliklarda (qadimgi tepaliklar,mozorqo,rg,onlar) georadar uskunasini qo,llash, buzilib ketayotgan tepaliklarni saqlab qolish va keng qazishma olib borish, kelajak avlodga tariximizning yorqin va asl sahifalarni namoyon etishdan iboratdir.

1. Воякин Д.А.,Сорокин Д.В Новые методы документации в археологии. - Алматы, 2020. 832^

2. ^и^ок Н. GPR (Ground penetrating radar) - Georadar uchun qo'llanma. ^^,2022.

5-га^^ Georadar taxlil natijasi

Adabiyotlar го^ай:

80-bet

2024-OKTABR

Google

3. Qizlartepa yodgorligida olib borilgan arxeologik ishlarining hisoboti. - Samarqand, 2023. 47-bet

4.Andijon viloyati Baliqchi tumani Ormonbek MFY hududidagi Tuyabo'yin tepaligida olib borilgan dala tadqiqotlari ishlari bo'yicha hisobot. - Samarqand, 2024. 27-bet

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.