Научная статья на тему 'ARISTOTELNING NOTIQLIK SAN’ATI TARIXIDAGI O’RNI'

ARISTOTELNING NOTIQLIK SAN’ATI TARIXIDAGI O’RNI Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Ritorika / notiqlik san’ati / Afina / sillogizm / ritm / uslub / jamiyat / muloqot / Rhetoric / oratory / speech / Athens / syllogism / rhythm / style / society / communication.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Ilhom Ergash O’G’Li Salimov

Mazkur maqolada notiqlik san’atining tarixida Aristotelning o’rni, uning qo’shgan hissasi, notiqlik san’atining ahamiyati va uning muhim jihatlari haqida so’z yuritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

This article talks about the place of Aristotle in the history of the art of oratory, his contribution, the importance of the art of oratory and its important needs.

Текст научной работы на тему «ARISTOTELNING NOTIQLIK SAN’ATI TARIXIDAGI O’RNI»

National University of Uzbekistan Current Issues and Modern Trends of Social and Humanitarian Sciences

Национальный университет Узбекистана Современные тенденции и актуальные вопросы социально-гуманитарных наук

ARISTOTELNING NOTIQLIK SAN'ATI TARIXIDAGI O'RNI

Ilhom Ergash o'g'li Salimov

Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbeksiton Milliy universiteti tayanch doktoranti

ilhomsalimov72@mail .com

ANNOTATSIYA:

Mazkur maqolada notiqlik san'atining tarixida Aristotelning o'rni, uning qo'shgan hissasi, notiqlik san'atining ahamiyati va uning muhim jihatlari haqida so'z yuritilgan.

Kalit so'zlar: Ritorika, notiqlik san'ati, Afina, sillogizm, ritm, uslub, jamiyat, muloqot.

ANNOTATION:

This article talks about the place of Aristotle in the history of the art of oratory, his contribution, the importance of the art of oratory and its important needs.

Keywords: Rhetoric, oratory, speech, Athens, syllogism, rhythm, style, society, communication.

AННОТАЦИЯ:

В данной статье говорится о месте Аристотеля в истории ораторского искусства, его вкладе, значении ораторского искусства и его важных потребностях.

Ключевые слова: Риторика, ораторское искусство, речь, Афины, силлогизм, ритм, стиль, общество, общение.

Notiqlik san'ati qadim zamonlardan beri insonlarni o'ziga jalb qiladi, chiroyli nutq har doim, har qaysi davrda jamiyatda o'z o'rnini topishda, yetakchilikni qo'lga olishda muhim vosita bo'lib kelgan. O'z-o'zidan uning fan sifatidagi tarixi ham ancha qadimga borib taqaladi. Notiqlik san'ati asosan ritorika deb ishlatiladi. "Ritorika" grekcha so'z bo'lib, "notiqlik san'ati" degan ma'noni beradi. Umumiy qilib aytganda, ritorika notiqlik san'ati haqidagi fan bo'lib, u auditoriya oldida nutq qilish mahoratini, o'z nutqi yordamida tinglovchilarga samarali ta'sir qilish sirlarini, notiqlik madaniyatini o'rgatadi1.

Odamlar har doim notiqlik san'atining tabiatiga qiziqish bildirishgan. Ba'zilar uning tug'ma bo'lishini ta'kidlashsa, ba'zilar o'z ustida ishlash, qattiq mehnat orqali

1 Ilhom Qahhorov. Notiqlik san'ati. - Turon zamin ziyo. 2015

April 24, 2024

584

National University of Uzbekistan Current Issues and Modern Trends of Social and Humanitarian Sciences

Национальный университет Узбекистана Современные тенденции и актуальные вопросы социально-гуманитарных наук

^'zbekiston^iiiiyumverMteji^^^^^^^^^^^itmoiy-gumanitBrfn™

o'zlashtirsa bo'ladigan mahorat ekanligini iddao qilishadi. Insonlar nega notiqlik san'atiga qiziqshadi? Bu juda ko'p holda shaxsiy rivojlanish istagi bilan bog'liq bo'ladi. Jamiyat a'zolari bilan erkin muloqtga kirisha olish, omma oldida so'zlash, shaxsiy pozitsiyasini va qarashlarini erkin ifoda etish va hokazo ehtiyojlar notiqlik san'atini o'rganishga undaydi.

Notiqlik san'atida o'zi nimalar o'rganiladi? Rene Dekart ta'rifi bilan aytganda, u sxemalar asosida o'ylashni o'rgatadi2. U nafaqat kundalik hayotda, balki kasbiy va ilmiy faoliyatda ham muhim ahamiyat kasb etadi. U sizni tinglab turgan har bir kishining ehtiyojini tushunishni, suhbatdoshni zavqlantirishni, har qanday suhbatda o'ziga ishonch bilan nutq irod qilishni, o'zini erkin tutishni, mukammal nutqni tayyorlashni, ritorikaning tamal tamoyillariga amal qilishni, kerakli algoritmlardan foydalanishni, har bir muhim elementni, jumladan, ovozni, ohangni, tembrni, ritmni, hislarni, vaqtni boshqarishni, siz bilan suhbatlashayotgan odamda qiziqish uyg'otishni, muzokaralar o'tkazishni, ilmiy faoliyat natijalarini e'lon qilish uchun taqdimotlar tayyorlashni, qarshi e'tirozlarni tinglash va munosib javoblar berishni, hayotda yutuqlarga erishishni, muvaffaqiyat qozonishni, katta maqsadlar qo'yish va ularga yetishishni o'rgatadi.

Insoniyat tarixida o'zining tengsiz nutqlari, oratorligi bilan shuhrat qozongan shaxslar bisyor. Ulardan biri, aynan shu fanning asoschisi sifatida ko'riladigan Aristoteldir. Aristotel buyuk yunon faylasuflaridan biri, u ta'bir joiz bo'lsa jamiki allomalarning ustozi hisoblanadi. U miloddan avvalgi 384-yilda Egey dengizi yoqasidagi Stagir shaharchasida tug'ilgan. Keyinchalik Makedoniya ta'siriga tushgan bu shaharcha dastlab Ellada ittifoqi doirasida bo'lgan, u shahar-davlat hisoblangan, Makedoniya ta'siriga tushmasdan oldin mustaqil holda Ellada ittifoqidan ajrab chiqqan. Stagir shaharchasida tug'ilgani tufayli Aristotelni ba'zida Stagiriy deb ham atashadi, biroq bu juda kam manbalarda tilga olinadi. Aristotelning otasi Makedoniyaning qirollik oilasi bilan yaqin aloqada bo'lgan. O'z-o'zidan Aristotel Makedoniya shohi Iskandarga murabbiylik qilgan. Keyinchalik deyarli barcha fanlarga o'z hissasini qo'shgan Aristotel dastlab tabiblikni o'rgangan. Chunki uning otasi mashhur tabiblar sulolasidan edi. O'smirlik chog'ida otasidan yetim qolgan Aristotel tabiblik faoliyatini shu yerda to'xtatgan. Otasining do'stlari uning qiziqishlaridan kelib chiqib Aristotelni ilm-fanga yo'naltirishgan. Shu sababli Aristotel Afinadagi ma'lum-u mashhur Platon akademiyasiga o'qishga kirgan. Aristotel bu yerda naqt o'n ikki yil tahsil oladi va keyin o'zi shu yerda ta'lim ham beradi. Aristotel Platonning sevimli shogirdi edi. Platon vafot etib, akademiya nomaqbul kishi qo'liga o'tgach Aristotel Afinani tark etadi. Aristotel Assos shahrida

2

Descartes. The essential collection. - Titan Read. 2014

April 24, 2024

585

National University of Uzbekistan Current Issues and Modern Trends of Social and Humanitarian Sciences

Национальный университет Узбекистана Современные тенденции и актуальные вопросы социально-гуманитарных наук

^^zbekjStan^jlliy^niViiSiieii

mahalliy hokim bolalariga saboq beradi va shu yerda bilimlarini chuqurlashtiradi, asosiy e'tiborini falsafaga qaratadi, keyingi dunyoqarashining tamal toshlari mana shu davrda qo'yiladi. Keyinchalik u Filip II tomonidan saroyga taklif qilinadi, Filip II Aristotelni o'g'li Iskandarga murabbiy etib tayinlaydi. Bu tarixdagi eng muhim voqealardan biri hisoblanadi. Iskandarning jahon tarixidagi eng buyuk sarkardalardan biri bo'lib yetishishiga aynan Aristotelning ta'lim-tarbiyasi sabab bo'lgan, u Iskandarni dostonlardagi kabi qahramonona ruhda tarbiyalagan. Jumladan, Iskandarning quyidagi gapi ham buning to'g'riligini isbotlaydi: "Men Aristotelni otamday hurmat qilaman, chunki otam menga hayot berdi, ustozim esa menga hayotni o'rgatdi".

Aristotel Afinaga ilk bor miloddan avvalgi 367-yil kelgandi. Miloddan avvalgi 336-yilda esa uning Afinadagi ikkinchi davri boshlandi. U ellik yoshida Afinada o'z maktabini ochdi. Uning darslari Likey bog'laridagi ayvonlarda o'tilardi. Bu ayvonlar qadimgi yunonchada peripatus deyilgan. Shu bois Aristotelning izdoshlari peripatetiklar deyilgan. Iskandarning o'limidan so'ng u Afinani tark etishga majbur bo'ladi.

Aristotelning bir necha yuzlab asarlar yozgani taxmin qilinadi. U o'zidan juda boy falsafiy meros qoldirgan. Shular sirasiga kiruvchi "Ritorika" notiqlik san'atining muhim manbalaridan biri hisoblanadi. Aristotel bu asarida bir qator masalalarni ko'rib chiqadi. Jumladan, ritorikaning foydasi, maqsadi va asoslari; ritorikaning dialektikaga munosabati, sillogizm bilan antimemaning o'zaro munosabati, notiqlik san'atining barcha fanlar uchun umumiyligi; nima uchun tadqiqotchilar ko'pincha sudlov nutqlari haqida gapirishni ma'qul ko'rishlari; notiqlik san'ati sistemasini tuzish mumkin yoki yo'qligi; sudya hal etishi kerak bo'lgan masalalar; avvalgi notiqlik san'ati sistemalarining qoniqarli emasligi; qonun nega barcha muammolarni o'zi hal etishi kerakligi va buning sabablari; notiq nimalarni isbotlamog'i kerakligi va hokazolar.

"Ritorika" asari ritorikaning dialektika bilan umumiy va o'xshash tomonlarining muhokmasi bilan boshlanadi. Dialektika grekcha so'z bo'lib, diaolog, suhbat ma'nosini beradi. Platon uni shunday ta'riflaydi: "Dialektik - savol berib, to'g'ri javob izlovchi odam. Dialektika san'ati - dehqon dalaga urug' sepganday, donishmand ko'ngillarga urug' sepadi, ulardan haqiqat unib chiqadi va bu hosil abadiy, o'lmas boylikdir3" Notiqlik nega aynan san'at deyiladi? Buning boisi qadimgi davrlardayoq notiqlik san'at darajasigacha ko'tarilgan. Uni san'atday e'zozlashgan. Maxsus maktablarda mana shu san'at o'rgatilgan.

! Платон. Диалоги. - Эксмо. 2022

https://nuu.uz/

April 24, 2024 International Conference

586

National University of Uzbekistan Current Issues and Modern Trends of Social and Humanitarian Sciences

Национальный университет Узбекистана Современные тенденции и актуальные вопросы социально-гуманитарных наук

Notiqlik san'ati juda ko'p o'rinda asqatadi. Misol uchun, omma oldida chiqish, rasmiy chiqish, auditoriya oldida chiqish, axborot yetkazish, rasmiy odob, ko'ngilochar yig'inlardagi nutq, ishontiruvchi nutq, ma'ruza, xabar, chiqish, bayonot, suhbat va hokazolar.

Aristotel ritorikani ishontirish san'ati deb hisoblagan. Qadimgi Yunonistonda notiqlik san'ati vujudga kelgach, ilk ritorika maktablari paydo bo'la boshlagan.4 Qadimgi Yunonistonda noxush an'ana vujudga kelgandi, oratorlar shogirdlariga bahsda haqiqatni topishni emas, har qanday sharoitda g'alaba qozonishni o'rgatishardi, shunga targ'ib qilishardi. Bu noxolis, halol bo'lmagan usullarni qo'llashni, soxta misollar keltirishni keltirib chiqargandi. Suqrot va Platon kabi Aristotel ham notiqlikka bunday yondashuvni qoralagan.

Aristotel ishontirishning texnik bo'lmagan va texnik usullarini ajratadi. Texnik bo'lmagan usullar bu biz kashf qilmagan usullar bo'lsa, texnik usullar o'zimiz yaratishimiz mumkin bo'lgan usullar hisoblanadi. Ishontirishning texnik bo'lmagan usullariga faktlar kirsa, ishontirishning texnik usuli ularni taqdim etishdir. Bu maqolaning eng boshida oldimizga qo'ygan savolimizga javob beradi, ya'ni notiqlik san'ati ham tabiiy mahorat, ham hamma o'rganishi mumkin bo'lgan san'at hisoblanadi.

REFERENCES:

1. Ilhom Qahhorov. Notiqlik san'ati. - Turon zamin ziyo. 2015

2. Descartes. The essential collection. - Titan Read. 2014

3. Платон. Диалоги. - Эксмо. 2022

4. Irina Leshutina. Ritorika. - Yosh kuch. 2011

5. Aristotel. - Axloqi kabir. - Yangi asr avlodi. 2015

' Irina Leshutina. Ritorika. - Yosh kuch. 2011

https://nuu.uz/

April 24, 2024 International Conference

587

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.