Научная статья на тему 'ARISTOTELNING HAYOTI VA ILMIY MEROSI'

ARISTOTELNING HAYOTI VA ILMIY MEROSI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
5172
365
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Aristotel / Yunoniston / tarix / falsafa / ilm-fan / madaniyat / mutafakkir / Qadimgi Sharq.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Boydedayev Dostonbek Xusniddin O‘G‘Li

Ushbu maqolada Qadimgi Yunoniston olimi, tarixiy shaxs va qadimgi dunyo tarixining yirik vakili hisoblangan Aristotel (Arastu) ning ilm-fanga qo‘shgan xissasi va faoliyati haqida so‘z boradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «ARISTOTELNING HAYOTI VA ILMIY MEROSI»

ARISTOTELNING HAYOTI VA ILMIY MEROSI

Boydedayev Dostonbek Xusniddin o'g'li

Namangan davlat universiteti Tarix yo'nalishi talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.7487227

Annotatsiya: Ushbu maqolada Qadimgi Yunoniston olimi, tarixiy shaxs va qadimgi dunyo tarixining yirik vakili hisoblangan Aristotel (Arastu) ning ilm-fanga qo'shgan xissasi va faoliyati haqida so'z boradi.

Kalit so'zlar: Aristotel, Yunoniston, tarix, falsafa, ilm-fan, madaniyat, mutafakkir, Qadimgi Sharq.

Kirish: Aristotel butunjahon ilm-fanining hozirgi yuksalishga erishishiga juda katta xissa qo'shgan mutafakkir hisoblanadi. Chunki u ilk bora fanlarni alohida tizimlarga ajratgan, Yunon falsafasi rivojiga sezilarli ta'sir o'tkazgan hisoblanadi. Uning faoliyati o'zidan keyingi ko'plab olimlarning ilmiy faoliyatiga turtki bergan hamda asos vazifasini bajargan. Jumladan, Abu Nasr Forobiy ham juda ko'p nazariyalarida Aristotel ta'limotlariga asoslangan. Mana shunday buyuk mutafakkirning ilmiy faoliyatidagi o'ziga xosliklarni, ularning tarixiy ahamiyatini, ilmiy jihatdan qimmatlilik darajasini o'rganish, nima sababdan Aristotel Arximed, Diogen, Geraklit, Demokrit kabi buyuk mutafakkirlar qatorida tilga olinadi, nega uning asarlari sharq mamlakatlarida ham keng tarqalgan?, degan savollarga javob topish ko'pchilikda katta qiziqish uyg'otadi.

Asosiy qism: Aristotel- miloddan avvalgi 384-yilda Frakiyaning Stagira shahrida tug'ilgan. Qadimgi Yunoniston faylasufi, Aflotunning shogirdi va Makedoniyalik Aleksandrning ustozi bo'lgan[1].

Arastuning otasi Nikomax Makedoniya hukmdori Amint II ning shaxsiy kotibi bo'lgan. Shu sababli Makedoniyaning bo'lg'usi hukmdori Filipp bilan yoshligidayoq tanishgan. Miloddan avvalgi 367-347-yillarda faylasuf Aflotunning akademiyasida tahsil olgan. Miloddan avvalgi 343-yildan boshlab Makedoniyalik Aleksandrga ustozlik qila boshladi. Makedonskiy taxtga o'tirgach, Aristotelga bag'ishlab haykal barpo ettiradi. Arastu peshonasiga sochini tushirib, kalta soqol qo'yib yurgan. Miloddan avvalgi 336-yilda Arastu Afina shahrida o'zining xususiy maktabini ochadi. Arastu o'tkir zehn sohibi bo'lgan. U 44270 satrdan iborat 28ta kitob yozgan.

Arastu asarlaridan mashhurlari- "Evdem", "Sofist", "Politik", "Mneksen" (dialoglar), "G'oyalar haqida", "Farovonlik haqida", "Birinchi analitika", "Ikkinchi analitika", "Kategoriyalar", "Sofistlarga raddiya", "Fizika", Metafizika", "Hayot tarixi", "Jon haqida", Nikomax axloqi", "Evdem axloqi", Axloqi kabir", "Siyosat", "Poetika", "Ritorika" va boshqalar[2].

Arastuning shaxsiyati haqida ham ayrim ma'lumotlar mavjud. Uning eng katta orzusi tarki dunyo qilgan baxtiyor faylasuflarning afsonaviy orolidagi akademiya bog'ining shiyponida nazariy fikrlar bilan band bo'lib, osoyishta hayot kechirishdan iborat edi.

Arastuning shiori: "Faylasuf imkon qadar o'tkinchi narsalardan uzoqroq turishi va o'zining "vatani"- chin haqiqatlar saltanati tomon intilmog'i lozim"-degan jumla bo'lgan.

Aristotel miloddan avvalgi 322-yilda vafot etadi. Uning o'limidan so'ng ilmiy asarlari uyi yaqinidagi g'orda saqlangan. Keyinchalik Iskandariyadagi muzeyga topshirilgan. Bu qo'lyozmalar orasida asl nusxalar bo'lmagan. Ularni milodiy 70-yilda rimlik sarkarda Sulla o'lja sifatida olib ketadi va asarlardan nusxa ko'chirtiradi.

Aristotel haqiqat haqida quyidagicha fikr yuritgan: "Haqiqatni izlash ham oson, ham mushkul. Chunki hech kim unga to'liq erisholmaydi. Shuning barobarida, hech kim uni umuman payqamasligi ham mumkin emas. Ammo har bir odam tabiatni anglashimiz uchun ozgina bo'lsa-da, o'z xissasini qo'shadi, ushbu xissalar yig'indisi natijasida esa ulug'vor manzara paydo bo'ladi"

Fransiya sobiq prezidenti Sharl de Goll Arastu haqida shunday fikr bildirgan: "Chuqur fikrlar, yengil tahlil va ishonchli mulohazalardan xoli bo'lgan har qanday kasbga doir ilm behuda hiyla-nayrangga aylanadi. Oz bo'lsa-da, ushbu sifatlarni o'zida jo etgan, ammo ularni tarbiyalay olmagan, shuningdek, ulardan faqat harbiy sohada foydalanganlar yanglishadilar. Aql muayyan kasb mahoratidan topib bo'lmaydigan xilma-xillikni talab etadi. Umumiy madaniyat haqiqiy boshqaruv maktabidir. Olamda bitta ham sarkarda yo'qki, o'z harbiy san'atini inson tafakkuri xazinasi evaziga yuksaltirmagan bo'lsin. Biz buyuk sarkarda Makedoniyalik Aleksandrning g'alabalari asosida, albatta, Aristotelni ko'ramiz..."

Aristotelning ustozi Platon doim o'z shogirdi bilan faxrlanardi va uni boshqa, dangasaroq shogirdi Ksenokratga taqqoslab: "Bunisini qamchi bilan urib turish, unisining jilovidan tortib turish kerak"- der ekan.

Platon akademiyasida 20 yil ta'lim olgan Aristotel "g'oyalar dunyosi to'g'risida"gi ustozining fikrini tanqid qildi. Aristotel fikricha, borliq jins va tur shaklida namyon bo'ladi[3].

Aristotel o'z asarlarida falsafiy g'oyalardan tashqari 158 xil davlat tuzumiga ham ta'rif bergan. Uning o'g'li Nikomax otasining asarlarini asrab, nashr etish bilan shug'ullangan.

Ustozi Platon vafot etganidan so'ng Aristotel bilimlar to'g'risida haqiqatga yaqin bo'lgan tasavvurni rivojlantira boshladi, shuning uchun u ma'rifatparvarlik kelguniga qadar tabiatshunoslikni o'rganish uchun asos bo'lib xizmat qildi[4].

Miloddan avvalgi IV asr oxirida Aristotel va uning shogirdlari tomonidan "Politiya" asari yozilgan. Asarda yunon polislari, O'rtayer dengizi qirg'oqlaridagi

yunon koloniyalari to'g'гisida ma'lumot beriladi. Asaг juda ko'p bo'limlaгdan iborat bo'lsa-da, bizgacha uning faqat "Afina politsiyasi" qismi yetib kelgan.

U biologiyaga alohida qiziqish ko'гsatgan va keyinchalik ba'zi Ыг nazariyalarni ishlab chiqqan, masalan, gektokotil oгqali sakkizoyoqlaming ko'payishi haqida fikr yuritgan.

Aristotel uzoq yillik kuzatishlari davomida ko'plab hikmatli so'zlami keltirib o'tgan bo'lib, uto bugungi kunda ham o'z ahamiyatini yo'qotmagan:

"Biz bo'sh vaqtni qo'lga kiritish uchun bo'sh vaqtdan mahram bo'lamiz, tinch yashash uchun esa umshamiz", "Kim fanda ilgarilab, axloqda oqsasa, u oldinga emas, ko'proq oгqaga ketadi", "Umid orzuning uyg'onishidiг"[5].

Aгistotel ilmiy jihatdan o'z zamonasiga nisbatan shu qadar ilgarilab ketganki, uning ayгim nazariya va qarashlari yuzlab yillaгdan so'ng olimlarda tuгli xil mulohazalarni keltirib chiqargan. Masalan, Galileo Galiley mexanikaga asos solishidan ikki ming yil muqaddam Aristotel o'zining "Mexanika muamшolaгi" risolasini yozgan edi. Mazkur гisolada Aristotel o'z zamonasi ilm-fani darajasi tufayli yecha olmagan 36ta dolzarb masalalami sanab o'tgan edi. Ulaг ichida quyidagi masala ham bor nima sababdan daraxtga og'iг yuk bilan qo'shib bog'langan bolta bilan zarb berilsa, daraxt nisbatan kam zararlanadi; lekin, agar boltani yuksiz ursak, u yiqiladi? Qaytanga bu holatda yiqilayotgan yuk, bosayotgandan ancha kichik[6].

Bu masala uzoq yillaгdan so'ng Galileo Galileyda ham qiziqish uyg'otadi va 1630-yilda buni hal qilishga urinib ko'radi. Aгistotel esa o'z zamonasining tor tushunchalaгi sababli bu masalani yecholmagan. Qizig'i shundaki, uni hozirgi zamon kishilarining aksariyati ham bilishi dargumon.

Sharqda Arastu deb atalgan Aristotel juda ko'plab sharq va g'arb mutafakkirlarining izllanishlariga turtki bo'lgan ilmlar egasidir. Yurtimiz tarixida ham bunga misollarni ko'rishimiz mumkin:

Forobiy ellin madaniyati donishmandligining hadsiz bilimdoni edi. U Platon, Aristotelning barcha falsafiy, tabiiy, ilmiy asarlariga oid taqriz va sharhlar yozdi. Agar ilm-fan rivojidagi o'zining qo'shgan buyuk xizmatlari uchun Aristotel "birinchi muallim" unvoniga sazovor bo'lgan bo'lsa, Forobiy ellin donishmandligini, Aristotelni yaxshi bilganligi, qomusiy aqli sababli "ikkinchi muallim", "Sharq Aristoteli" degan mo'tabar unvon oldi[7].

Aristotelning fikrlari asl, teran, keng qamrovli va tizimli edi. Oxir-oqibat u sxolastikaning intellektual asosiga aylandi. XIII asrda avliyo Foma Akvinskiy Aristotel falsafasi va ilm-fanini nasroniy aqidasi bilan uyg'unlashtirishni o'z zimmasiga oldi va u orqali Rim-katolik cherkovining ilohiyotshunosligi va intellektual dunyoqarashi aristotelchilikka aylandi[8].

Yuqoridagi misollarning o'zi ham Aristotel g'oyalarining qimmati qay darajada ekanidan dalolat beradi.

Xulosa: Yuqorida buyuk Yunon mutafakkiri, sharq xalqlari Arastu deb atagan olim Aristotelning hayoti va ilmiy faoliyatiga imkoniyat darajasida to'xtalib o'tishga harakat qilindi. O'rganilgan adabiyotlar natijasida shunday xulosaga keldimki, Aristotel shaxsiyati haqiqatdan ham juda katta ulug'vorlikka ega. Bunday ulug'vorlik uning jahon sivilizatsiyasiga qo'shgan bebaho xissasi ortidan kelgan, albatta. Uning ilm-fanga qo'shgan xissasi nafaqat o'sha davr jamiyati, balki butun insoniyat uchun juda katta ahamiyatga molik hodisa bo'ldi. Uning ilk bora fanlarni alohida tizimlarga ajratib chiqishidan turli xil fan sohalari bo'yicha nodir asarlar yaratishigacha, o'zining falsafiy-axloqiy fikrlaridan tortib aniq va tabiiy fanlarga oid dastlabki qarashlarni ilgari surishigacha hamma-hammasi insoniyat uchun qimmatli hisoblanadi. Chunki aynan Aristotelning dastlabki, nisbatan sodda nazariyalari, ilmiy yangiliklari bo'lmaganda hozirgi kundagi ko'plab mukammal kashfiyot va ixtirolar, yangi falsafiy qarashlar mavjud bo'lmasligi mumkin edi. Sabab shundaki, Aristotelning ko'plab ilmiy nazariyalari hamda falsafiy dunyoqarashi bugungi kunda ilm-fan sohasidagi ko'pdan-ko'p yangiliklar uchun ma'lum darajada asos bo'lib xizmat qilmoqda va bu hodisa katta ehtimol bilan kelajakda ham xuddi shu yo'sinda davom etadi.

Aristotel ilmiy merosining yana bir ahamiyatli jihati shundaki, uning ilmiy-falsafiy qarashlari jahon ilm-fani uchun ko'plab buyuk insonlarni yetishtirib berdi. Masalan, agar Aristotelning ilmiy qarashlari bo'lmagada Abu Nasr Forobiy, Foma Akvinskiy kabi insonlar bu darajada buyuk bo'lmasliklari mumkin edi. Chunki ular faoliyatida Aristotelning qarashlari juda katta salmoqqa ega hisoblanadi. Birgina Makedoniyalik Aleksandrga ustozlik qilgani ham Aristotelning aqliy jihatdan qanchalik yetuk ekanligidan dalolat beradi. Chunki dunyoni titratgan insonni o'z fikrlariga ishontira olish hammaning ham qo'lidan keladigan ish emas.

Shuning uchun ham biz Aristotelning ilmiy merosidan imkon qadar unumli foydalinishimiz zarurdir.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1. https://uz.rn.wikipedia.org/wiki/Arastu.

2. Арасту. Поэтика. Ахлоки кабир. Риторика. T.: Янги аср авлоди, -2011. -Б. 5.

3. R. Rajabov. Jahon tarixi/ II qism/ Qadimgi Yunoniston, Rim. T.: Yangi asr avlodi, -2020. -B. 154.

4. https://uz.warbletoncouncil.org/aristoteles-13294.

5. https://hikmatlar.uz/author/90.

6. https://www.orbita.uz/idex.php?option=com_content&view=article&id= 398:aristotel-masalasi&catid=67:maqolalar&ltemid=53.

7. R. Shamsutdinov/Sh. Karimov. Vatan tarixi/birinchi kitob. T.: Sharq, 2010. -B. 227.

8. https : //www.britannica.com/biography/Aristotle.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.