Научная статья на тему 'ARISTOTEL MANTIG’INING ARAB TILIGA TARJIMA QILINISHI VA ISLOM OLAMIGA YOYILISHI'

ARISTOTEL MANTIG’INING ARAB TILIGA TARJIMA QILINISHI VA ISLOM OLAMIGA YOYILISHI Текст научной статьи по специальности «Философия, этика, религиоведение»

CC BY
26
2
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
formal mantiq / Aristotel / Donishmandlar uyi Hunayn ibn Ishoq / Al Kindiy / Ibn Sino / formal logic / Aristotle / House of the Wise Hunayn ibn Ishaq / Al Kindi / Ibn Sina

Аннотация научной статьи по философии, этике, религиоведению, автор научной работы — Ergashev, Ozodbek Baxodurovich

Ushbu maqolada Aristotel tomonidan asos solingan formal mantiqning arab tiliga tarjjima qilinishi, mazkur jarayonda qatnashgan mashhur tarjimonlar va faylasuflar, mantiq ilmining musulmon olamiga yoyilishi masalalari ko’rib chiqilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

TRANSLATION OF ARISTOTLE'S LOGIC INTO ARABIC LANGUAGE AND SPREAD IN THE ISLAMIC WORLD

In this article, the issues of the translation of formal logic founded by Aristotle into Arabic, the famous translators and philosophers who participated in this process, and the spread of the science of logic to the Muslim world were considered.

Текст научной работы на тему «ARISTOTEL MANTIG’INING ARAB TILIGA TARJIMA QILINISHI VA ISLOM OLAMIGA YOYILISHI»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

Research BIB / Index Copernicus

ARISTOTEL MANTIG'INING ARAB TILIGA TARJIMA QILINISHI VA

ISLOM OLAMIGA YOYILISHI

Ergashev Ozodbek Baxodurovich

TDIU assistent o'qituvchisi +98770736309

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada Aristotel tomonidan asos solingan formal mantiqning arab tiliga tarjjima qilinishi, mazkur jarayonda qatnashgan mashhur tarjimonlar va faylasuflar, mantiq ilmining musulmon olamiga yoyilishi masalalari ko 'rib chiqilgan.

Kalit so'zlar: formal mantiq, Aristotel, Donishmandlar uyi Hunayn ibn Ishoq, Al Kindiy, Ibn Sino

АННОТАЦИЯ

В данной статье рассмотрены вопросы перевода основанной Аристотелем формальной логики на арабский язык, известные переводчики и философы, участвовавшие в этом процессе, а также распространение науки логики в мусульманском мире.

Ключевые слова: формальная логика, Аристотель, Дом мудрецов Хунайн ибн Исхак, Аль-Кинди, Ибн Сина.

ABSTRACT

In this article, the issues of the translation of formal logic founded by Aristotle into Arabic, the famous translators and philosophers who participated in this process, and the spread of the science of logic to the Muslim world were considered.

Key words: formal logic, Aristotle, House of the Wise Hunayn ibn Ishaq, Al Kindi, Ibn Sina

KIRISH

Musulmon sharqida falsafa ilmlarining rivojlanishi tarjimachilik ishlarining rivojlanishi bilan bevosita bog'liqdir. Arab xalifaligining borgan sari rivojlanib borishi natijasida ilm-fanga ham katta e'tibor berildi. Natijada shu paytgacha yozilgan boshqa madaniyatga tegishli bo'lgan ilmiy kitoblarning arab tiliga tarjima qilinishi rag'batlantirildi. Yunon ilm-fanida erishilgan yutuqlarning arab tiliga tarjima qilinishi, ayniqsa, Aristotel asarlarining arab tiliga tarjima qilinishi natijasida musulmon o'lkalarda ham falsafa ilmlariga qiziqish kuchaydi. Bu davrda ko'plab mashhur tarjimonlar yetishib chiqdi. Ular orasida ba'zilari tarjima qilingan asarlarga sharhlar ham yoza boshlashdi.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

Research BIB / Index Copernicus

"Kimyo, tibbiyot, matematika fanlarining rivojlanishi mantiqning muammolarini keltirib chiqardi. IX asrdayoq Yaqin Sharqda Arastu mantig'i mashhur edi. Bu davrda Yevropa sxolastikasi Arastu mantig'i bilan tanish emas edi.

Bu davlatlarda mantiq avval:

- har xil fikrlash (ilm al-xilof).

- ritorika.

- munozara va bahsga kirishish ilmlari sifatida paydo bo'lgan.

Mantiq keyin tor doirada rivojlanib, Markaziy Osiyo mutafakkirlari Forobiyning "Mantiq fanlarining boshi", Ibn Sinoning "Mantiq hamma fanlarga xizmat qiluvchi", G'azzoliyning "Kimki mantiq bilan shug'ullanmas ekan, uning ilmiy bilimlari ishonchli emas", degan xulosalariga olib kelgan.

Qadimgi Gresiyada shakllangan mantiq ilmi O'rta asrlarda yangi mazmun bilan boyitildi. Bu, ayniqsa, mantiqning Yaqin va O'rta Sharq mamlakatlarida, xususan, O'rta Osiyoda va rivojlanishida yaqqol ko'rinadi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

VI-XIII asrlarga kelib, Yaqin va O'rta Sharqda Arab xalifaligi vujudga keldi, uning hukmron dunyoqarashi bo'lgan Islom dini qaror topdi. Tarixda "musulmon madaniyati" nomi bilan bo'lgan madaniyat shakllandi. Bu yangi madaniyatning shakllanishiga O'rta Osiyo xalqlarining iste'dodli vakillari muhim hissa qo'shdilar. Bu davrda diniy va dunyoviy ilmlar qatori mantiq ilmi ham rivojlandi"1.

Musulmon sharqida mantiq ilmining rivojlanishi qadimgi yunon tilida yozilgan falsafiy kitoblarning, ayniqsa, Aristotel asarlarining arab tiliga tarjima qilinishi bilan bevosita bog'liqdir.

Xalifalar tomonidan qo'llab-quvvatlanilgach, tarjimachilik ishlari yanada rivojlandi. Yunon mantig'ining tarjima qilinishining eng yuqori nuqtasi IX-X asrlarda sodir bo'lgan. Bu Abbosiy xalifa Ma'mun tomonidan hijriy 217 -yilda (milodiy 832) asos solingan "Donishmandlar uyi"da amalga oshirildi. Bu tarjimalarning katta qismi tog'ridan-to'g'ri yunon tilidan emas, balki Suriy tilidan tarjima qilingan. Suriy tilidan tarjima qilish harakati Yaqub (708) , arab yepiskopi Jorj (724) kabi suriy tilida so'zlashuvchi va yunon madaniyati gurkirab yashnagan Aleksandriyada tahsil olgan tarjimonlarning ishlaridan keyin yanada rivojlandi. Ushbu suriy tarjimonlari Fors, Iroq, Suriya, Misr kabi arablar birinchi bo'lib zabt etgan mamlakatlarda ishlarini amalga oshirishgan. Eng taniqli tarjimonlar Al-Muaqaffa (vaf. 139/757), Yahyo ibn Al Bitriq (vaf.215/830), Hunayn ibn Ishoq (vaf. 877), uning jiyani Hubaysh al A'sam (vaf.890), Abu Bishr Matto ibn Yunus ( vaf. 940), Abu Zakariyo Yahyo ibn Adiy

1 D.Fayzixo'jayeva. Sh.Negmatova Mantiq tarixi va nazariyasi.- S-2021. - B.198.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

Research BIB / Index Copernicus

(vaf. 973), Ibrohim ibn Abdulloh ( vaf. 297/1940) va Abu Usmon Sa'd ibn Ya'qub al Damashqiy (vaf. 308/920) lardir. Yunon mantig'ini arab tiliga tarjima qilish harakatining dastlabki bosqichlarida Parfiriyning (vaf. 304) "Isagoga" asarini va Aristotelning Kategoriyalarini tarjima qilishga e'tibor qaratildi2.

Tarjimonlarning faoliyati natijasida IX asrga kelib yunon mantig'i butun musulmon epistemologiyasi (bilish nazariyasi) ning asosi bo'lib qoldi. Mantiqni ular ba'zan "hunar" yoki "san'at" va ko'proq "ilm", deb atashgan. Mantiq ilm sifatida ma'lum bilimlarni yaratish, ularni asoslash va tasniflash sistemasini bergan. U "haqiqat"ni bilish yo'llari haqidagi tarixchilarning va muhaddislarning bahslariga, musulmon huquqshunosligiga ham katta ta'sir ko'rsatgan"3.

"Iskandariya VII asrda yunon falsafasi va ilohiyotini tadqiq qiladigan muhim markazga aylangan edi. Yunon tilini o'rganish Suriya va Iroqda VI asrda, Antokiya, Harron, Edissiya (arabchasi Urfa yoki Arroha) shaharlarida, Suriya shimolidagi Kinnasarin, yuqori Iroqdagi Nisaybin va Rassilaynda sal keyinroq boshlangan edi. Yunon tilini o'rganish Iskandariyadan o'tgan yunon ilohiyotini o'rganishdan boshlangan edi. Kvint Sentimiy Florens Tertullian (160-230) aytganlarining moniylikka qarshi qaratilgan joylari suriyoniy tiliga tarjima qilingan edi. Yaqub Rahoviyning (vaf. 708) ilohiyot va falsafaga doir asarlarning yoyilishi erkin fikr mavjudligidan guvohlik beradi.

VII asrda Harron va Jandishopurda (Eron janubi) yunon ilmlarini o'rgangan ikki markaz mavjud edi. Jandishopur o'quv yurti 555-yilda Husrav I Anisheravon tomonidan ta'sis etilgan edi"4.

"Ummaviy xalifalari (661-749) deyarli bir asr davomida hokimiyatni mustahkamlash bilan band bo'ldilar. Abdumalik ibn Marvon (685-705) davrida boshqaruv sohasida islohotlar o'tkazib, arab tili yunon tillari o'rniga idora ishlarida rasmiy til sifatida joriy etilgan.

Yunon falsafasining islom tafakkuriga to'la ta'siri tarjimalar natijasida IX asrda namoyon bo'lgan edi. Shuni alohida ta'kidlash zarurki, IX-XI asrlar Yaqin va O'rta Sharqda mantiqiy ta'limotlarning rivojlanishidagi eng samarali davr hisoblanadi. Bu davrda mantiq ilmini o'rganishga bo'lgan talabning oshishi, birinchidan, tabiatshunoslik fanlarining rivojlanishi va tabiiy-ilmiy bilimlarga bo'lgan ehtiyojning kuchayishi bilan; ikkinchidan, ijtimoiy hayot bilan bog'liq bo'lgan masalalarni tug'ri, adolatli hal qilishga intilishning ortishi bilan va uchinchidan, eng muhimi, to'g'ri fikr

2 History of Islamic philosophy. Nasr Sayyed Hossein and Oliver Leaman. USA-1996. - P.1410.

3 D.Fayzixo'jayeva.Sh.Negmatova Mantiq tarixi va nazariyasi.- S-2021. - B.199.

4 Po'latova D., Qodirov M., Ahmedova M., Abduhalimov A. Falsafa tarixi (Sharq falsafasi). T.: Toshkent davlat sharqshunoslik instituti,2013. - B.45.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

Research BIB / Index Copernicus

yuritishga bo'lgan talabning chin fikrlarni xato fikrlardan ajratish zaruriyati bilan izohlanadi.

Tarjimonlarning faoliyati natijasida IX asrga kelib yunon mantig'i butun musulmon epistemologiyasi (bilish nazariyasi)ning asosi bo'lib qoldi. Mantiqni ular ba'zan "hunar" yoki "san'at" va ko'prok "ilm" deb atashgan. Mantiq ilm sifatida ma'lum bilimlarni yaratish, ularni asoslash va tasniflash sistemasini bergan. U "haqiqat"ni bilish yo'llari haqiagi ilm sifatida tarixchilarning va muhaddislarning bahslariga, musulmon huquqshunosligaga ham katta ta'sir ko'rsatgan"5.

"Sharqda birinchilardan bo'lib mantiq ilmi bilan shug'ullangan, arab-musulmon dunyosida peripatetizmga yo'l ochib bergan mutafakkir Al-Kindiydir.

Al-Kindiy arablar orasida chinakam qomusiy olim edi. Ehtimol, u o'zining ko'p sonli risolalarida u yoki bu tarzda to'xtalib o'tmagan o'sha davr bilim sohasi yo'qdir (ularning soni, o'rta asrlar arab manbalariga ko'ra, 238 taga yetgan, ammo bu asarlarning aksariyati, afsuski, bizgacha yetib kelmagan). Al-Kindiyning ilmiy qiziqishlari metafizika, mantiq, etika, matematika, astronomiya, tibbiyot, meteorologiya, musiqa nazariyasi va optikadan iborat edi. "Arab faylasufi" o'z vatandoshlarini antik davr mutafakkirlari asarlari bilan tanishtirishga katta hissa qo'shgan (ayrim tadqiqotchilar al-Kindiyning o'zi yunon tilini yaxshi bilganligini ta'kidlaydilar)"6.

XULOSA

Xulosa qilib aytganda IX XI asrlar Mantiq ilmining musulmon olamiga tarjima qilinishi va rivoji uchun eng sermahsul davr bo'ldi. Ushbu davrda ko'pgina mashhur tarjimashunoslar yetishib chiqdi va Al Kindiy, Ibn Sino, Forobiy kabi faylasuflar Mantiq ilmiga oid asarlar yozish bilan mazkur ilm rivojiga o'z hissalarini qo'shishdi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR (REFERENCES):

1. History of Islamic philosophy. Nasr Sayyed Hossein and Oliver Leaman.

2. D.Fayzixo'jayeva.Sh.Negmatova Mantiq tarixi va nazariyasi.

3. Po'latova D., Qodirov M., Ahmedova M., Abduhalimov A. Falsafa tarixi (Sharq falsafasi).

4. M. Sharipov, D. Fayzixo'jayeva. Mantiq.

5 M. Sharipov, D. Fayzixo'jayeva. Mantiq -T.:2004. - B.22.

6 Шангараев Р.Р. Mусульманская религиозная философия.- Болгар-2020. - C.185.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.