Научная статья на тему 'ISLOM TA'LIMOTIGA YUNON FALSAFASINING TA'SIRI'

ISLOM TA'LIMOTIGA YUNON FALSAFASINING TA'SIRI Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

36
8
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
islom dini / falsafa / ellin madaniyat / Muhammad (s.a.v) / yangi platonchilik / yunon falsafasi / Iskandariya / Jondishopur / Harron tarjima maktablari / xalifa Ma'mun / ratsionalizm / mo'taziliylar / shialar / ahli sunna val-jamoa / Horun arRashid / emmanatsiya / aristotelzm / yangi pifagorchilik. / Islamic religion / philosophy / Hellenistic culture / Muhammad (pbuh) / New Platonism / Greek philosophy / Alexandria / Jondishopur / Harran translation schools / Caliph Ma'mun / rationalism / Mu'tazilites / Shiites / Ahl asSunna wal-Jama'a / Harun al-Rashid / emanation / Aristotelianism / new Pythagoreanism.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Qorakoz Muxtorjon Qizi Tolanboyeva

Ushbu maqolada islom dinining paydo bo’lishi,islom olamiga falsafaning kirib kelishi va guruhlarga bo'linishi hamda islom ta'limo tining shakllanishi haqida so'z yuritiladi. Shuningdek, yunon falsafasining ta'sir doirasi va islom olamiga kirib kelishi haqida mulohaza yuritiladi

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

This article talks about the emergence of Islam, the introduction of philosophy into the Islamic world and its division into groups, and the formation of Islamic education. Also, the influence of Greek philosophy and its penetration into the Islamic world are considered.

Текст научной работы на тему «ISLOM TA'LIMOTIGA YUNON FALSAFASINING TA'SIRI»

ISSN: 2181-1385 ISI: 0,967 | Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,9 | ASI: 1,3 | SJIF: 5,771 | UIF: 6,1

ISLOM TA'LIMOTIGA YUNON FALSAFASINING TA'SIRI

Qorako'z Muxtorjon qizi To'lanboyeva

3-kurs Falsafa (Sharq falsafasi va madaniyati) talim yo'nalishi talabasi

Ilmiy rahbar: Jasur Sulaymonov

PhD, Sharq falsafasi va madaniyati kafedrasi katta o'qituvchisi

Ushbu maqolada islom dinining paydo bo'lishi,islom olamiga falsafaning kirib kelishi va guruhlarga bo'linishi hamda islom ta'limo tining shakllanishi haqida so'z yuritiladi. Shuningdek, yunon falsafasining ta'sir doirasi va islom olamiga kirib kelishi haqida mulohaza yuritiladi.

Kalit so'zlar: islom dini, falsafa, ellin madaniyat, Muhammad (s.a.v), yangi platonchilik, yunon falsafasi, Iskandariya, Jondishopur, Harron tarjima maktablari, xalifa Ma'mun, ratsionalizm, mo'taziliylar, shialar, ahli sunna val-jamoa, Horun ar-Rashid, emmanatsiya, aristotelzm, yangi pifagorchilik.

This article talks about the emergence of Islam, the introduction of philosophy into the Islamic world and its division into groups, and the formation of Islamic education. Also, the influence of Greek philosophy and its penetration into the Islamic world are considered.

Keywords: Islamic religion, philosophy, Hellenistic culture, Muhammad (pbuh), New Platonism, Greek philosophy, Alexandria, Jondishopur, Harran translation schools, Caliph Ma'mun, rationalism, Mu'tazilites, Shiites, Ahl asSunna wal-Jama'a , Harun al-Rashid, emanation, Aristotelianism, new Pythagoreanism.

Islom falsafasining rivojlanishida yunon falsafiy ta'limotining ahamiyati

ANNOTATSIYA

ABSTRACT

KIRISH

yunon falsafasi ta'sir etgan?Ayni u davrlarda boshqa ta'limotlar # @ a @

May, 20241 ©

ham mavjud bo'lgan-ku? Bu savolga javob olish uchun eng avvalo islom dinining paydo bo'lgan davrlari va undan oldingi vaqtga nazar solsak, bizga bir qancha muhim voqealar shohidlik qilishi mumkin. Islom dini paydo bo'lgach, fath etilgan hududlarga e'tibor beradigan bo'lsak, xalifalik tasarrufida bo'lgan yerlarda avvaldan ellinistik madaniyat mavjud edi.

Ellinistik davr miloddan avvalgi IV asr Aleksandr Makedoniyskiyning Sharqiy O'rtayer dengizi, Eron platosi, Mesapotamiya, Misr, O'rta Osiyo hamda Hindistonning ba'zi bir hududlarini bosib olishi bilan boshlangan. Buning natijasida bosib olingan yerlarga yunon tili va yunon madaniyati tarqala boshlagan. Yunon tili esa ilmiy til darajasiga ko'tarilgan. Hattoki, yunon matematikasi Bobil va Misr matematikasi bilan birlashib, yagona bir ellinistik matematikani keltirib chiqardi. Chunki madaniyatlar aralashuvi natijasi butun sohalarni qamrab oladi va yangi madaniyat hosil qiladi. Lekin yunon madaniyati bu o'rinda ancha sezilarli kuch hisoblangan. Shu sababli uning ta'sir doirasi juda katta edi. Yunon tilini o'rganish Iroq va Suriyada lV asrda boshlangan.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Ellinistik davrda klassik yunon falsafasi bir qancha o'zgarishlarga uchradi.Unda yunon,finikiyaliklar,misrliklar,boshqa Yaqin Sharq madaniyati hamda axloqiy va diniy qarashlari birlashdi.Buning eng muhim ko'rinishlari Iskandariyadagi vujudga kelgan falsafani tashkil etuvchi turli xil qarashlar hisoblanadi. Shuningdek, Iskandariyada Vll asrdan boshlab,falsafa va ilohiyot tadqiqoti shakllana boshladi. Asosan yunon tilini o'rganish, Iskandariyadan o'tgan yunon ilohiyotini, Kliment ta'limotlarini o'rganishdan boshlangan edi.

Vll asrda Eron janubida yunon ilmlarini o'rganadigan ikki katta markaz faoliyati mavjud edi. Bu Harron va Jandishopur maktablaridir. Jandishopur 555-yilda Xusrav l Anushervon tomonidan asos solingan. Xitiyning ma'lumotlariga ko'ra, Jandishopurdagi muassasada fanlar yunon an'analariga asoslangan, ammo o'qitish tili oromiy bo'lgan. Bu kabi muassasalar 8-asrgacha faoliyat yuritdi, islom olamida falsafa va ilm-fan uchun asosli manba vazifasini bajargan.

Islom dini paydo bo'lgach, o'zidan takrorlanmas madaniyat va katta bir sivilizatsiya yaratdi. U Rim,Yunon, Hindistan va Eron madaniyatlari qurshovidagi arab xalqlari orasida yuzaga keldi. Bu insoniyat tarixidagi ajralib turuvchi voqeadir. Chunki arablar badaviy xalq edi, ya'ni islomgacha madaniyati pastroq xalq hisoblangan.Ular yashaydigan hududlarning ko'p qismini cho'llar tashkil etgan,yerlarning

May, 2024

735

aksariyat qismi o'troq turmush tarziga yaroqli emas edi.Ushbu omil sababli arablarning ba'zi qismi ko'chmamchi jamoa bo'lib yashaganlar.Ular deyarli madaniyatli hayot bilan bog'liq bo'lmaganlar. Bu haqda Inoyatulloh xabar beradi.

Shunday bo'lishiga qaramay, islom dini katta bir madaniyat yaratdi. Islom dini arab-musulmon jamiyatiga boshqa madaniyatlardan farqli bir madaniyat berdi.

Yangi tug'ilgan arab-musulmon jamiyati atrofidagi boshqa madaniyatlar va sivilizatsiyalarini o'rgandilar. Chunki har qanday madaniyat o'zidan avvalgi madaniyatlar ta'siri moslashinuvini namoyon etadi hamda mavjud jamiyatlardagi madaniyatlar bilan almashinuvini aks ettiradi. Shu ma'noda arab-musulmon jamiyati atrofidagi boshqa xalqlar, xususan, Hindiston, Fors, Misr, Rim, Suriya va Yunon xalqlari bilan madaniyat va sivilizatsiyalar o'rtasida aloqalar kuzatildi. Bu aloqalarni islom xalifalari, ya'ni Muhammad (s.a.v) dan keyingi to'rt xalifa davridan Abbosiylargacha bo'lgan vaqtda o'sha hududlarga qilingan harbiy yurishlar bilan belgilanadi. Olimlarning e'tirof etishiga ko'ra, islom ulamolari boshqa xalqlar madaniyatini o'rganish bilan birga musulmon bo'lmagan adabiyotlarni arab tiliga tarjima qilish boshlandi. Bu voqea xalifa Horun ar-Rashid davrida "Xizona ul-hikma" hamda xalifa Ma'mun davridagi "Bayt ul-hikma" ilmiy muassasalarining faoliyatlari amalga oshirilgan oltin davri edi. Tarjimonliklarning barchasi Abbosiylar hukmronlik davriga to'g'ri keladi.

Mumtoz davrda islom jamiyati noislomiy bo'lgan bilimlarni boshqalarga yetkazib berish vazifasini bajardi. Bunda ellinizmning ta'siri alohida jihatga ega. Shunga qaramay, ayni o'sha vaqtlarda ellinizm bilan yonma yon fors va hind falsafalari ham mavjud edi. Lekin ellinizmning ta'sir doirasi ularnikidan ko'proq vazifani bajargan.

Yunon falsafasi va fanining arab tiliga tarjima qilingan adabiyotlari nafaqat yunon adabiyotlari, balki Iskandar vafotidan keyingi ellin adabiyotlarni ham tashkil etgan. Ba'zi mutaxassislar yunon falsafasi va ellinistik falsafani ayni bir falsafa deb hisoblamaydilar. Shuning uchun ham islomning yunon falsafasi va ilmi yoki ellinizm bilan aloqasi to'grisidagi munozaralar mavjud. Ana endi bizning e'tiborimizda bir qancha masalalar bor: islom ellinizm bilan qachondan aloqada bo'la boshladi va qanday omillar bunga turtki bo'lgan, yunon falsafasining ta'siri qay darajada ekanligi. Buni tahlil etishda tarixiy davr yondashuvi eng ahamiyatlisidir.

Islom ellinizm bilan aloqasi haqidagi nazariyalar Nurcholish Majidning fikricha "ellinizm" atamasini ilk bor

May, 2024

736

nemis tarixchisi J.G. Droysen qadimgi yunon va nasroniy dunyosi o'rtasidagi o'tish davriga nisbatan ishora qilish uchun qo'llagan. Droysendan farqli o'lariq Bernard Luis va K. Xitti kabi bir qancha tarixchilar "ellmizm" atamasini qadimgi yunon va Buyuk Iskandar vafotidan keyingi yunon davrigacha bo'lgan yunon madaniyatini qabul qilish uchun ishlatishgan.

Tadqiqotlarga ko'ra, islomning ellinizm bilan aloqasi haqida ikki nazariya mavjud ekan. Birinchi nazariya V. Montgomeri Vatt tomonidan taklif etilgan. U islom va ellinizm o'rtasidagi asosiy aloqa 8-asr o'rtalarida Abbosiylar sulolasi davrida sodir bo'lganligini ta'kidlaydi. Buni Vatt "ellinizmning birinchi to'lqini" deb atagan. U birinchi to'lqinni yunon madaniyatini o'rganishdagi birinchi davriga nisbatan qo'llaganligini nazarda tutadi, shuningdek, uning ma'lum jihatdan cheklangabligini ham aytib o'tadi. Bu davr munozara usullari ehtiyohi uchun, musulmon jamoalar o'rtasidagi tortishuv yoki musulmon bo'lmagan guruhlar bilan bahs-munozaralar uchun cheklangan edi. Islom falsafasining taraqqiyotining ikkinchi bosqichi 10-11-asrlar atrofida ro'y berdi. Vatt bu davrni "Falsafaning gullashi" islom falsafasi va ellinizm dialektikasining rivojlangan payti deb aytgan. Ammo Vatt nazariyasiga qarshi chiqqanlar ham mavjud edi. Bu Majid Faxriydir, u o'zining "Islom falsafasi tarixi" kitobida qarshi fikrlarini bildirgan. Uning fikriga ko'ra, islom va ellinizm o'rtasidagi aloqa Muoviylar sulolasi hukmronligidan beri Vll asrda yuzaga kelib ulgurgan. Bu sulola hukmronlik davrida yunon ilmiy me'rosi o'rganildi va o'zlashtirildi. Faktlarga asosan, 7-asrdayoq ellinizm madaniyati haqida xabardor bo'lishgan. Amaliy va ijtimoiy ehtiyojlar uchun ham, ya'ni ma'muriyat, hukumat boshqaruvi, sog'liqni saqlash hamda harbiy masalalarda ba'zan unga murojaat etilgan. Majid Faxriy ta'kidlaydiki, bu Muoviylar sulolasi hukmronligida musulmonlar va ellinizm o'rtasidagi aloqa hali mukammal bo'lmagan, ammo bu o'zaro aloqa ahamiyatsiz degani emas. Asrlar ilgari Suriya va Misr nasroniylarini yunon falsafasi o'rganishni talab etilganidek, musulmolar ham sxolastik ilohiyotni o'rganishgan. Umaviylar (661-750) davrida bu yo'nalish katta muvoffaqiyatga erisha olmadi. Chunki Ummaviy xalifalaring dastlabki xalifalari bosib olingan hududlarda tinchlikni ta'minlash, hukmronligini mustahkamlash, ulkan hududlarni boshqarushdagi ma'muriy va siyosiy masalar bilan band bo'lgan. Ammo ilmga talabchan ekanliklarini inkor etib bo'lmaydi. Bunga misol Ummaviy shahzodasi Xolid ibn Yazidni (vafoti 704-yil) keltirish mumkin. U alkimyo va munajjimlik ilmlari bilan shug'ullangan, hatto, eng qadimgi

manbalarning guvohlik berishicha ilmiy asarlarning, xususan,

May, 2024

tibbiy, alkimyoviy, astrologik adabiyotlarni arab tiliga birinchi tarjimalarini taqdim etgan.

Shahzoda Xolid ibn Yazid arab-musulmon guruhlariga falsafani joriy etishda hissa qo'shgan shaxslardan biri deb qaraladi. Bu dalilni Filip. K.Xiti ham ta'kidlaydi, hatto Xolid ibn Yazidni Marvoniylar faylasufi deb atagan.

Islom falsafasi bilan aloqada bo'lgan yunon falsafasi islom dunyosida falsafaning rivojlanishiga turtki bo'lganligini ko'pchilik e'tirof etadi. Lekin shunga qaramay, Kentukki (AQSH) universiteti sharqshunosi Oliver Liaman islom falsafasini aynan o'sha yunon matnlari tarjimasidan kelib chiqqan deyish xato ekanligi tarafdoridir. "Yunon falsafasi va mantig'i ma'lum bo'lmasdan oldin, islom ilmiy an'analari, huquqshunoslik va ilohiyot fanlari orqali yanada aniq falsafa vujudga kelgan. Hatto, bu huquq va ilohiyotning tafakkuri yunon mantig'i va falsafasining qabul qilinishi va rivojlanishiga asos bo'lgan.A.Xudori Shorch Oliver Liamanning bu fikrlarini qo'llab-quvvatlash bilan birga o'zining qarashlarini ham aytib o'tadi, ya'ni islom falsafasi islom ilmiy an'analari bilan tarjima jarayoni orqali aloqada bo'lgan yunon falsafasiga asoslanmagan,balki u islom falsafasi ildizi orqali rivojlangan degan g'oyani beradi.

Ammo Oliver Liamandan farqli ravishda, ko'pchilik olimlar islom ilmiy me'rosi hamda falsafasi yunon falsafiy tafakkuri aloqasi natijasida rivojlanganligini da'vo qiladilar. Bu jarayon ayniqsa, arab-musulmon jamiyati musulmon bo'lmagan jamoalar, xususan, Misr, Antioxiya, Fors va Suriyadagi majusiy guruhlar nasroniy va yahudiylari bilan aloqada bo'lganidan keyin sodir bo'ladi. Bu hududlar ancha vaqt mobaynida ellinizatsiyani boshidan kechirgan, fikrlar va yunon tafakkuri keng yoyilgan.

Ilk islom jamoatchiligi Qur'on va Payg'ambar sunnatini tushunishda uch turdagi ilm sohasi talab etilishini Majid Faxriy ta'kidlaydi.

Islomning yunon falsafasi va madaniyati bilan aloqasini ellinizmning jadal rivojlanishidan ajratib bo'lmaydi. Yuqorida ta'kidlanganidek, ellinizm Iskandarning Yunonistondan Sharqqa harbiy yurishlari natijasida paydo bo'ldi. Bu mustamlakachilikning kengayishi sababi nafaqat siyosiy, balki uning madaniyatini birlashtirish uchun ham edi. Ilmiy jihatdan buni pan-ellinizm deya qabul qilinadi. Shuningdek, Aristotel Iskandarning ustozi sifatidagi ta'limotlari bilan bog'liqligini ham dalil qilib ko'rsatishadi. Ellinizm madaniyatning o'zi xudo, falsafa, axloq, din va madaniyat masalalaridan hamda mifalogiyadan iboratdir.

Umuman olganda, keyingi davrlarga kelib falsafiy tafakkurga yunon falsafasining ta'siri yunon tilidagi asarlar

May, 2024

738

tarjimasi bilan bog'liq. Xalifalar bu asarlarni tarjima qildira boshladilar. Xalifa Ma'mun yunon tilini biladigan olimlarni yig'di va tarjima qilishlariga sharoit yaratdi. Bu haqda Ibn Xaldun ma'lumot beradi: "Bizgacha faqat bir xalqning, ya'ni yunonlarning bilimlari yetib kelgan, chunki xalifa Ma'mun harakatlari bilan tarjima qildirildi. U bunga ko'plab sarf-xarajatlar qildi va muvoffaqiyatga erishdi...".

Ma'mun xalifalik davrida ijtimoiy muhit yaxshi va tinch edi. Ilm fan uchun imkoniyatlar mavjud edi. Urushlar tugab, ma'naviyat tiklana boshlagach, fath etilgan hududlardagi kutubxonalardagi asarlarni tarjimasi haqida qiziqish uyg'ondi. Tarjima qilinishining asosiy sababi deb tibbiyotga oid ma'lumotlarga ega bo'lish nazarda tutiladi. Chunki manbalarga ko'ra, dastlabki tarjimalar tibbiy va alkimyoviy mavzularda edi. Shuningdek, Umaviy xalifalari davrida shifokorlar saroy tabibi bo'lishi bilan birga hukmdorlarga maslahatchi vazifasini ham bajarganlar. Natijada Umaviylar salomatlikka oid ma'lumotlarga ega bo'lish, amaliy ehtiyojlarni bilishlariga bo'lgan harakat ellinizm madaniyatini o'rganishga talab bo'lgan.

Tibbiy adabiyotlarni ajratish va o'rganish ortidan falsafiy asarlar tarjimasi ham amalga oshgan. Natijada hamma yunon tilidagi asarlar tarjima qilina boshlandi. Bular orasida ko'p qismini falsafaga oid bo'lgan kitoblar tashkil etardi.Tarjimonlar orasida musulmon bo'lmagan olimlar ham tashkil etgan.

Dastlabki paytlarda islom olamiga kirib kelayotgan yunon-ellinistik tafakkur yaxshi qabul qilinmagan. Shubhali tarzda chetdan kirib kelgan yoki butparastlikka asoslangan deya qabul qilindi. Uni bir qancha dinshunoslar, huquqshunoslar inkor etishdi. Zararli va ortiqcha deb tushinilishlar ham bo'ldi. Ammo milodiy Vlll asr o'rtalariga kelib, nutq va dialektikadan ta'sirlangan mo'taziliylar oqimi islom olamida ratsionalist teologlar sifatida paydo bo'ldilar. Ular har bir narsada aqlni da'vo qiluvchi guruh hisoblanadi.

Arab-musulmon va g'ayriarabiy guruhlar o'rtasidagi ijobiy aloqalar bag'rikenglik, erkinlik bor vaziyatlarda shakllangan edi. Arablar o'z diining aniq qonun-qoidalaridan qat'iy nazar, o'zidan avvalgi mavjud bo'lgan barcha intelektual faoliyatlarni cheklab qo'ymadi, davom etishlariga yo'l qo'yib berdilar. Nasroniylar boshchiligidagi ilmiy markazlar musulmonlar tomonidan bo'ysundirilgandan so'ng o'z faoliyatlarini to'xtatmaganlar. Bu o'sha davrdagi musulmonlar hukmronligida fikriy erkinlik va ilm-fan uchun xayrixohlikdan, uni

qadrlashdan, dinidan qat'iy nazar olimlarni hurmat qilishdan dalolat edi.

May, 2024

Umaviylar musulmonlar va nasroniylar o'rtasida ellinistik atamalarni musulmonlar ilohiyotiga kirib kelishiga olib kelgan rasmiy munozaralarga homiylik qilgan. Bundan ko'rinadiki, 7-asrning oxirlarida ellinizm orqali islomning yunon falsafasi va bilimlari bilan aloqa vujudga keldi.

Payg'ambarimiz Muhammad (s.a.v) hayotlik davrlarida musulmonlar orasida shubhaga o'rin bo'luvchi birliklar mavjud bo'lmagan. Chunki har bir masala uchun Payg'ambarimizning o'zlari tirik isbot edilar. Payg'ambarimizdan so'ng, xalifalik davrida esa bir qancha masalalarda tortishuv va ikkilanishlar yuzaga kela boshladi. Natijada islomda bo'linishlar yuzaga keldi. Bu orada tarafkashliklar ham mavjud edi.

Arab-musulmon jamoasida 7-asr oxirlariga kelib, Allohning adolati va insoniy mas'uliyat haqida mulohazalar paydo bo'la boshladi. Fiqh, kalom kabi ilmlarida oqilona fikrlash keng rivojlandi. Ilohiyotda Vosil ibn Ato asos solgan ratsionalizmni ustun qo'yuvchi mo'taziliya ta'limoti jamiyat tafakkurida hukmronlik qilgan. Hattoki ba'zi vaqtlarda davlat va uning turli tarmoqlarida rasmiy ta'limotga ham aylangan. Hayid Husan Nastning fikricha, bu mo'taziliya mazhabi islomdagi birinchi tizimli ilohiyotdir. Ularning muhim xususiyatlaridan biri aql va qadriyat e'tiqodiga asoslanishidir.

Ammo bunga qarshi tarzda Nurcholish Majidning fikri bor.U ta'kidlaydi,diniy tafakkurda yunoncha unsurdan birinchi bo'lib foydalangan shaxs Jabariya ta'limotiga e'tiqod qilgan Jahm ibn Shafvon hisoblanadi.Jabariyaga ko'ra inson Allohning irodasiga qarshi hech qanday kuchga ega emas deb hisoblanuvchi ta'limotni ilgari suradi.Jahm ibn Shafvon o'zining jabariy mulohazalari uchun birlik va vositalarni Aristotelning bir tarmog'i bo'lgan Aristotelizmdan to'plagan.Unda sodir bo'layotgan hamma narsa,xususan,inson bilan bog'liq bo'lgan vaziyatlar tabiiy qonunlar asosida sodir bo'ladi,tabiiy qonun shaxssiz bo'lib,inson tomonidan e'tiroz bildirilmaydi.

Shuningdek, vaqt o'tgan sari Qur'on oyatlarini o'rganishdagi muammolarga tor yondashuv turli munozaralarni keltirdi. Damashq yoki Bag'doddagi musulmonlar bilan mazujiy va nasroniylar o'rtasidagi qarama-qarshiliklar ham keskin kelishmovchiliklarni keltirib chiqardi. Shu sabaldan musulmon jamoalar o'rtasida turli mulohazalar hozil bo'ldi.

Falsafiy tafakkurga qiziqish, muqaddas Kitobga nisbatan fikrlash samarasi edi. Ya'ni Qur'onni o'rganish va tushunish. Diniy aqidalarni tizimli tushunishga bo'lgan intilish, mo'taziliya guruhini tobora ratsionalizatsiya qilishga undadi.Islomda ratsionalizatsiyani

May, 2024

740

rivojlantirishda mo'taziliya maktabining ta'siri juda katta.Bu ratsionalizatsiya ratsional va liberal yunon falsafasi usulidan olingan.Ularda dinshunos mutaxassisning falsafani o'rganishga ikki sababi bor ekanligi ta'kidlanadi.Birinchidan,ular yunon falsafasi o'zlarining fikrlash tarzi bilan yaqinlik va uyg'unlik bor ekanligini bildilar.Bunday fikrlash usulini qo'llash orqali ularni o'z dalillarini ko'rsatishda kuchli va ravon qildi.Ikkinchidan ular mantiq va mantiqiy dalillar yordamida islom ta'limoti asoslarini parchalashga uringan boshqalarini bahslash va rad etish maqsadida falsafiy fikrlash usulini o'rgandilar.

Mo'taziliylardan keyin Ismoiliylar ta'limotlari ajralib turadi. Ular shialikda shakllanib,9-asr oxrlarida diniy firqa sifatida tashkil topdi va maxfiy tashkilot tuzdilar. Shu davrda yunon falsafasi, neoplatonizm, neopifagorsizm, xristian gnostitsizmi va boshqa oqimlar ta'siri ostida Ismoiliylarning murakkab diniyfalsafiy tizimi shakllandi. Ularda asosan ko'zga ko'ringan jihati emmanatsiya masalasi hisoblanadi. Botiniy ta'limotga ko'ra, ular 7 ta pog'onaga ajratadilar.

XULOSA

Xulosamiz quyidagicha:islom falsafasiga yunon tafakkuri ta'sirini tushinish bir qancha yondashuvlarni ko'rsatdi.Ya'ni yunon falsafasi islom tafakkurini shakllantirmadi,balki uning keyingi tadrijiy bosqichida yangi bir pog'onaga ko'tardi.Chunki islom falsafasini islom dini tafakkuri shakllantirgan,yunon falsafasi kirib kelishidan avval islom olamida falsafiy qarashlar,ta'limotlar shakllanib ulgurgan edi.Yunon falsafasi esa ellin madaniyat orqali ta'sir erdi.Aynan islomda falsafiy tafakkur mavjud bo'lganligi uchun ham yunon falsafasi va ilm-fanini talqin etishda yangilik yarardi.Agar yunon falsafasi bevosita islom ta'limotini shakllantirganda aynan yunon tafakkuri takrorlangan bo'lardi.Lekin islom ta'limoti butunlay boshqa bir o'z falsafasini shakllantirdi,yunon falsafasi bilan almashinuv jarayoni kechdi.

Yunon falsafasining islom olamiga kirib kelishiga eng asosiy sabab ellin madaniyat shakllangan hududlarning fath etilishidir.Bu hududlar uzoq vaqt o'zida ellin madaniyatni saqlab kelgan.Shu bilan birga tatqiqotlar ellin madaniyat hamda yunon tafakkuri va madaniyatini bitta deb qabul qilmaydi.Chunki ellinizm Iskandar vafotidan keyingi yunon falsafasining yangicha talqini edi.Islom falsafasi ellin madaniyat bilan Vll asr o'rtalarida aloqada bo'la boshladi.Bu Umaviylar hukmronligiga to'g'ri keladi.Keyingi davr tarjima jarayoni hisoblanadi.llk bosqichi Vll asr oxirlarida yunon fani va falsafasini bilvosita,ya'ni suryoniy tili vositaligida arab tiliga

May, 2024

741

tarjima qilinishidir.Bu faoliyat xalifa Marvon davrida amalga oshirildi.Ushbu asar suriyaliklar orasida obro'ga ega bo'lgan va arab tiliga tarjima qilingan birinchi tibbiy asar bo'lgan.Ba'zi manbalarga asosan,tarjimalarning dastlabki maqsadi tibbiyotga oid ma'lumotlarga ega bo'lish nazarda tutilgan.Ammo ilohiyot masalalaridagi fikrlar xilma-xilligi islom falsafasiga tarjima qilinayotgan yunon falsafasini o'rganish masalasi qo'yiladi.Shu sababli ham yunon fani va falsafasini o'rganish va tarjima qilishga dastlabki uch asosiy omilni keltiradilar:1) Qur'onni o'rganishda o'z ichiga olgan chuqur tafakkur elementleri; 2)musulmonlarning ham musulmon bo'lgan jamoalar bilan,ham musulmon bo'lmagan guruhlar bilan bahslashishga bo'lgan ehtiyojlar; 3) xalifaning davlat boshqaruvidagi ehtiyojlari va ularning siyosiy qonuniylashtirilishi,shuningdek,aniq fanlarning rivojlanishi.

Yunon falsafasi bilan islom tafakkuri o'rtasidagi aloqa va ta'sirini 3 davrga bo'lamiz.Birinchi davr islom falsafasining ilk marotaba ellinizm bilan duch kelishi va o'zaro aloqa o'rnatishi.Buni Vll asrning o'rtalari deb belgilaymiz.Ammo boshqa tatqiqotlarda Vlll asr Abbosiylar hukmronlik davrini aytishadi.Lekin bu tarixiy jihatdan o'z amaliy tasdig'ini topmaydi.Ikkinchi davr bu tarjima qilish jarayonining boshlanishi va tatbiq etilishi.Ushbu davr Vll asrning oxirlari hisoblanib,umaviylar hukmronlik davri.Uchinchi davr islom falsafasining yangi bosqichi,bunda tarjima qilingan asarlarga nisbatan sharhlar yozish,talqin qilish emas,balki ularni tahlil chuqur mushohada qilish asosida islom ta'limoti bilan uyg'unlashtirish kabi amaliy jarayonlarni amalga oshirdilar.

Bizning asosiy izlanishlarimiz yunon falsafasining islom olamiga aynan qaysi ta'limotlarni olib kirgani emas, balki nima uchun aloqada bo'lganligi, qaysi omillar bunga sabab bo'lganligini o'rganishdir. Chunki islom falsafasiga Aristotel mantig'i, keying davrlarda yangiaflotunchilik ta'sirini tarjima qilingan asarlar asosida bilamiz va amalga oshgan almashinuvlarni inkor etmaymiz.

Shuningdek, islom falsafasining o'rganishni boshlab bergan tadqiqot Alambe Jourdaning 1819-yilda nashr etilgan "Arastu asri yunon hujjatlarini arab tiliga qilingan tarjimalarning tanqidi" kitobidir. Bu kitob islom falsafasining Garb falsafasiga,maxsusan lotin tilidagi ta'limotlarga ta'sirini ochib bergan.

REFERENCES:

1. D.A.Po'latova, M.Q.Qodirov, J.B.Sulaymonov ,,Sharq falsafasi va madaniyati tarixi"(1-qism) ToshkentD2018

2. Pepen Irpan Fauzan,Ahmad Khoirul Fata „HELLENISM IN ISLAM:The Influence of Greek in Islamic Scientific Tradition"

May, 2024

742

3. https://www.rep.routledge.com sayti

4. https://link.springer.com sayti

5. D.A.Po'latova, M.Q.Qodirov, J.B.Sulaymonov ,,Sharq falsafasi va madaniyati tarixi"(ll qism) ToshkentD2018

6. Сулаймонов, Ж. Б. (2023). АБДУРА^МОН ИБН ХАЛДУН ИЖТИМОИЙ КДРАШЛАРИ ВА КОНФУЦИЙ ИЖТИМОИЙ ^АРАШЛАРИНИНГ УМУ-МИЙ ВА ФАР^ЛИ ХУСУСИЯТЛАРИ. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 3(21), 583-590.

7. Bakhtiyorovich, S. J. (2023). Analysis of the Phenomenon of" Assabiya" In the Socio-Philosophical Concept of Abdurahman IBN Khaldun. Central Asian Journal of Literature, Philosophy and Culture, 4(6), 219-223.

May, 2024

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.