Научная статья на тему 'MUHAMMAD ABDONING DINIY ISLOHOTCHILIGI VA UNING ILMIY MEROSIDA AYOLLAR O’RNIGA BERILGAN E’TIROF'

MUHAMMAD ABDONING DINIY ISLOHOTCHILIGI VA UNING ILMIY MEROSIDA AYOLLAR O’RNIGA BERILGAN E’TIROF Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
80
14
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Islom islohotchiligi / “Al-Azhar” / Sayyid Jamoliddin al-Afg’oniy / Ibn Xaldun / “Risolat at-tavhid” / “Islomiy islohotlarning otasi” / Samira Hoji / Gender tenglik / konservatorlar / liberallar / revivalistlar / “islomiy islohotchilik” va “musulmon feminizimi” / nuklear va monogam / Rashid Rido / Qosim Amin / Bayrut / nikoh / ko’pxotinlik. / Islamic Reform / Al-Azhar / Sayyid Jamaliddin Al-Afghani / Ibn Khaldun / Risalat at-Tawhid / The Father of Islamic Reforms / Samira Haji / Gender Equality / Conservatives / Liberals / Revivalists / Islamic Reform and “Muslim feminism” / nuclear and monogamy / Rashid Rido / Qasim Amin / Beirut / marriage / polygamy.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Qodirov, M., Hamroyev, Nusrat Ixtiyorovich

Ushbu maqola islom islohotchiligi namoyondasi, XIX asr oxiri XX asr boshlarida yashab ijod qilgan Muhammad Abdoning ilmiy merosida gender tenglik va ijtimoiy-siyosiy jamiyatda ayollarning rolini belgilash, nikoh, ko’pxotinlik, oilaviy munosabatlarga shar’iy hukumlar qanday bo’lishi kerakligi, Muhammad Abdoning ayollar to’g’risidagi fikrlari sharq musulmon olamiga qanday ta’sir o’tkazani to’g’risidagi qarashlari yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE RECOGNITION GIVEN TO MUHAMMAD ABDO AS A SUBSTITUTE FOR WOMEN IN RELIGIOUS REFORM AND HIS SCIENTIFIC HERITAGE

This article deals with the definition of gender equality and the role of women in socio-political society in the scientific heritage of Muhammad Abdo, a representative of Islamic reform, who lived and worked in the late 19th and early 20th centuries. the views of women on how their impact on the eastern Muslim world are highlighted.

Текст научной работы на тему «MUHAMMAD ABDONING DINIY ISLOHOTCHILIGI VA UNING ILMIY MEROSIDA AYOLLAR O’RNIGA BERILGAN E’TIROF»

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 4/2

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

MUHAMMAD ABDONING DINIY ISLOHOTCHILIGI VA UNING ILMIY MEROSIDA AYOLLAR O'RNIGA BERILGAN E'TIROF

Ilmiy rahbar: f.f.n., dotsent Qodirov M.

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti "Sharq falsafasi va madaniyati" kafedrasi

dotsenti

Hamroyev Nusrat Ixtiyorovich Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti 2-bosqich magistranti

Tel: +998 97 854 20 23

ANNOTATSIYA

Ushbu maqola islom islohotchiligi namoyondasi, XIX asr oxiri XX asr boshlarida yashab ijod qilgan Muhammad Abdoning ilmiy merosida gender tenglik va ijtimoiy-siyosiy jamiyatda ayollarning rolini belgilash, nikoh, ko 'pxotinlik, oilaviy munosabatlarga shar 'iy hukumlar qanday bo 'lishi kerakligi, Muhammad Abdoning ayollar to'g'risidagi fikrlari sharq musulmon olamiga qanday ta'sir o'tkazani to 'g 'risidagi qarashlari yoritilgan.

Kalit so'zlar: Islom islohotchiligi, "Al-Azhar", Sayyid Jamoliddin al-Afg'oniy, Ibn Xaldun , "Risolat at-tavhid", "Islomiy islohotlarning otasi", Samira Hoji, Gender tenglik, konservatorlar, liberallar, revivalistlar, "islomiy islohotchilik" va "musulmon feminizimi", nuklear va monogam, Rashid Rido, Qosim Amin, Bayrut, nikoh, ko 'pxotinlik.

ABSTRACT

This article deals with the definition of gender equality and the role of women in socio-political society in the scientific heritage of Muhammad Abdo, a representative of Islamic reform, who lived and worked in the late 19th and early 20th centuries. the views of women on how their impact on the eastern Muslim world are highlighted.

Keywords: Islamic Reform, Al-Azhar, Sayyid Jamaliddin Al-Afghani, Ibn Khaldun, Risalat at-Tawhid, The Father of Islamic Reforms, Samira Haji, Gender Equality, Conservatives, Liberals, Revivalists, Islamic Reform and "Muslim feminism", nuclear and monogamy, Rashid Rido, Qasim Amin, Beirut, marriage, polygamy.

AННОТАЦИЯ

В данной статье рассматривается определение гендерного равенства и роли женщины в общественно-политическом обществе в научном наследии Мухаммада Абдо, представителя исламских реформ, жившего и творившего в

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 4/2

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

конце XIX - начале XX века. о том, как подчеркивается их влияние на восточный мусульманский мир.

Ключевые слова: Исламская реформа, Аль-Азхар, Сайид Джамалиддин аль-Афгани, Ибн Халдун, Рисалат ат-Таухид, отец исламских реформ, Самира Хаджи, гендерное равенство, консерваторы, либералы, возрожденцы, исламская реформа и «мусульманский феминизм», ядерная и моногамия , Рашид Ридо, Касим Амин, Бейрут, брак, полигамия.

KIRISH

Hozirgi kunda butun dunyoda globallashuv ta'sirida ayol-qizlaming sog'liqni saqlash, fan-ta'lim, madaniyat, sport, ijtimoiy, iqtisodiy va boshqa bir qator sohalari, davlat boshqaruv organlari, hukumat tizimida faoliyat yuritishi keskin ko'paymoqda, shuningdek, ularning ijtimoiy hayotdagi roli borasida qizg'in muhokamalar ketmoqda. Ayollarning erkaklar bilan bir qatorda barcha sohalarda ishlashi va rahbarlik sohalarini egallashi borasida turli imkoniyatlarga ega bo'lishmoqda. Xususan, O'zbekiston Respublikasi Prezident Shavkat Mirziyoyev xotin-qizlarni qo'llab-quvvatlash tizimini yangi bosqichga ko'tarish va ayollarning jamiyatdagi o'rnini yanada yuksaltirish va mustahkamlash, shuningdek, ularning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, oilaviy zo'ravonlikning oldini olish, gender tenglikni qaror toptirishga qaratilgan muhim farmon va qarorlar chiqarmoqdalar.

Muhammad Abdo (1849-1909) musulmon sharqi mamalakatlarida diniy islohochilik, milliy ozodlik harakatining boshlovchisi. Muhammad Abdo turkman va arab oilasida tug'ilgan1. Misirdagi "Al-Azhar" unversitetiniing ilohiyot va mantiq fanlaridan dars beruvchi muddarislardan biri. U Ibn Xalduning mashhur "Muqaddima" asari asosida "Falsafat ul ijtimoi at-torix" ("Ijtimoiy hayot va tarix falsafasi") nomli falsafiy asar muallifi, Sayyid Jamoliddin al-Afg'oniyning ham maslagi va izdoshidir.

Misr muftiysi bo'lib, Misrda butun musulmon mamalakatlarida kapitalistik munosabatlarning kirib kelishiga islom nuqtai nazardan asos bo'lib xizmat qilgan fatvolarning muallifidir. Muhammad Abdoning shoh asari "Risolat at-tavhid" ("Yakka xudolik dini haqidagi risola") dir. Jadidlardan Gaspirali Islombek, muftiylardan Mahmudxo'ja Behbudiy, Abduqodir Shakiriy, Mulla Qilich, Rizouddin ibn Faxriddin, Muso Jorulloh Qozozniy Tatariston, Ozarbajon, Kavkaz, Turkistondagi musulmonlar rahnamolari jamiyatining taraqqiyot yo'liga olib chiqishga islomiy-shariy asos bo'lgan "Fatvo" larini Muhammad Abdoning

1 Шавки 3. ал-Адаб-ул-арабию-ул-муосир фи Миср, Каир, 1961. С. 218

697

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

O

R

VOLUME 2 | ISSUE 4/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

fatvolariga tayanib elon qilganlar. O'z navbatida, Muhammad Abdoning o'zi islom, tafakkurini isloh qilishga qaratilgan fatvolarini turkistonlik islom ilohiyoti falsafasi -kalom falsafasiga "motrudiya" maktabi asoschisi Imom Muhammad Abu Mansur Motrudiy Samarqandiy (vaf. 944 y.) talimotidagi islom, shariat aqidalarini aqliy, mantiqiy talqin qilish, ijodiy rivojlantirish yo'li bilan musulmon falsafasini doimo tezkor taraqqiyotga safarbar qilib, zamona va shakl-shamoillariga osonlikcha moslasha olish salohiyatini vujudga keltirgan islohotchilik jumlasidan kelib chiqqan holda e'lon qilgan edi.

Bundan tashqari, Misrni zamonaviy taraqqiyot yo'liga olib chiqishdan, o'rta asrlik diniy xurofotlar iskanjasidan xolos etishdan manfaatdor bo'lgan ingliz protektorati irodasi Muhammad Abdoning uch marta Misr muftiysi qilib saylaganiga erishganligini ham nazardan soqit qilmaslik kerak.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Muhammad Abdoninng ijtimoiy-siyosiy qarashlarining shakillanishiga Ibn Xaldun jamiyatshunosligi bilan bir qatorda O.Kant, P.Spenser va boshqa fransuz pozitivizimi falsafasi namoyondalari sezilarli ta'sir ko'rsatgan. "Risolat at-tavhid" asariga Muhammad Abdo insoniyat ijtimoiy taraqqiyotining uch bosqichiga olib qaraydi.

1. Inson o'z atrofini o'rab olgan muhit mazmuni va mohiyatini tushunmagan, insoniyat hali kamolga yetmagan davr;

2. Inson olam to'g'risidagi ko'p narsalarni bilib olgandan so'ng, payg'ambarlar paydo bo'lib, ularni to'g'ri yo'lga yetaklagan, lekin dunyoni o'rganish bilan insonning hafsalasi pir bo'la boshlagan davr;

3. Inson olam hodisalarini noto'g'ri talqin qilgan, jamiyatga illat va nuqsonlar, ziddiyatlar, urushlar va izdan chiqishlar boshlangan davr.

Muhammad Abdo o'zining Jamoliddin al-Afg'oniy bilan Parijda nashir etgan Ar-Uruvatul-Vusqo, Al-Manor" nomli gazeta va jurnallaridagi maqolalaridan birida: "Biz shuni bilamizki, barcha musulmonlar va barcha vatanparvarlar inglizlar harakatiga qarshilik ko'rsatishni, imkoniyati boricha, o'z e'tiqodi va o'z vatani talab etayotganidek, ularning yo'lini to'sishni o'z burchi deb hisoblaydi, islohiy shariat va tabiiy qonunlar yer yuzidagi barcha xalqlar va barcha mamlakatlarda ham har bir inson oldiga o'z vatanini o'z mol-mulkini himoya qilishini, bu yo'lda o'limdan ham qo'rqmasdan tajovuzkorlarga zarba berish talabni qo'ydi" Abdo fikricha, nafaqat o'z vatanini sotgan, balki o'z vatanini tuprog'iga dushmaning bir qadam chekingan, dushmanga qarshi zarba bergish iskanjasiga ega bo'lib, uning vatan tuprog'iga

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

O

R

VOLUME 2 | ISSUE 4/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

mustahkamlanib olishi uchun imkoniyati yaratib bergan ham xoindir. Bunday shaxs qanday kiyimda yoki qanday ko'rinishda maydonga chiqishdan qatiy nazar xoindir.

Misrlik islohotchi olim Muhammad Abdo ham gender tenglikni o'z yozishmalarida tez-tez tilga olgan bo'lsada, uning bu masalaga doir qarashlari kam o'rganilgan. Bu maqolada ikki asosiy qarash: gender tenglik va islohot masalasiga chuquroq yondashib, bu masalalarini o'zaro bog'liqlikda o'rganamiz. Turli umumiy kitoblarda "Islomiy islohotlarning otasi" deb atalgan Shayx Muhammad Abdo ijtimoiy islohotlar loyihalarida, ko'pincha "xotin-qizlarning jamiyatdagi o'rnini isloh qilish" ostidagi mavzularga bir necha sahifalar bag'ishlangan va bir nechta risollar yozgan. Ushbu tanqidiy fikrlovchi olimning gender bo'yicha qarashlariga nisbatan noaniq yondashuvlar, ko'pincha asossiz umumlashmalar mavjud. Shuning uchun Abdoning ayollar haqidagi shaxsiy qarashlarini batafsil o'rganish va tahlil qilish orqali uning g'oyalari, o'ziga xos xususiyatlari, unda qo'yilgan savollar va berishga urinayotgan javoblari hamda undagi keskinlik va qarama-qarshiliklarni aniqlashga harakat qilamamiz.

Shuni ta'kidlash lozimki, "xotin-qizlar islohoti"ga yondashuvlar va uslublar juda xilma-xil bo'lib, islom dinining me'yoriy manbalariga yuzaki yondoshadiganlar yoki bu manbalarni atayin o'zgartirib (missionerlik) talqin qilishga asoslangan yondashuvlar o'rtasida juda katta farq bor. Musulmon jamiyatlarining tarixi va evolyutsiyasini shakllantirgan asosiy manbalar Qur'on, Hadis va Sunnatdir, ulardan ishlab chiqilgan islom huquqshunosligi merosi hozirda ham dolzarbligini yo'qotmagan. Bu manbalarning markaziyligini tan oladigan va ularni o'z shartlari asosida tushunishga harakat qiladigan yondashuvlar musulmon jamiyatlarini jalb qilish uchun katta imkoniyatlarga ega. Bu sohaga qiziqishning kuchayishiga sabab, zamonaviy taraqqiyot tufayli ayollar o'z faoliyatida turli sohalarini qamrab olayotganligidadir. G'arbda islomdan qo'rqish - islomofobiya shakillantirilgandan beri, g'arb tafakkurida muslima ayollarning jamiyatdagi ishtirokining qoloqligi, o'z erlariga haddan tashqari bog'lanib qolgangligi, kundalik hayotda eskicha tarzda ish yuritishi, ayniqsa, kiyinish borasida yopiq kiyimlar hijob orqali o'zlarini ozodlikdan mahrum etilganligi kabi noto'g'ri fikr yuritish shakillandi.

Ularning ichida mavjud bo'lgan ko'p yo'nalishlardanrni ikkitasi - "islomiy islohotchilik" va "musulmon feminizimi" yo'nalishlari kengroq tarqagan bo'lib, ko'proq, muhokama qilinadi. Ularning ichida mavjud bo'lgan ko'p yo'nalishlardanrni ikkitasi - "islomiy islohotchilik" va "musulmon feminizimi" yo'nalishlari kengroq tarqagan bo'lib, ko'proq, muhokama qilinadi. Har ikkala yondashuv ham o'z dalillari va xulosalarini Qur'ondan, Hadisdan va umuman islom

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 4/2

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

tafakkuridan olib, markaziy me'yoriy qonunlarni asoslashga va uni zamonaviy talablarga javoban sifatida qayta talqin qilishni taklif qiladilar.

Musulmon islohotchiligi va musulmon feminizimi orasidagi farqlar sharqdan ko'ra, birinchi bo'lib, G'arbdagi tahliliy jarayonlarida ko'proq kuzatiladi. G'arbda yuqoridagi ikkita atama o'rtasidagi farqlar ko'pincha bir-biridan farqli va qarama-qarshi deb hisoblanadigan holda o'rganilgan. Ammo, aslida ikkalasi o'rtasida aniq belgilangan fikrlar yo'q.

Gender islohotiga doir dunyoda ikki xil "liberal" va "islomiy" yondashuvlar keskinlashgan bo'lib, ularning mualliflari o'zlarining so'nggi tadqiqotlarda bu narsaga ko'roq e'tibor qarata boshladilar2. Bu narsa XIX asr islohotchilik harakati namoyondalarining deyarli barchasida ko'zga tashlanadi.

Musulmon jamiyatlarida gender bo'yicha hozirgi bahslarni uch guruhga bo'lish mumkin:

1. Konservatorlar yoki an'anaviychilar - ijodiy yangi talqin bilan shug'ullanishni yoki fiqh an'analaridan oldingi olimlarning fikrlarini tanqid qilishni rad etadilar;

2. Liberallar yoki dunyoviylik (sekulyaristlar) tarafdorlari - diniy manbalarni chetlab o'tadigan, yangi tahlil yondashuvlarga, diniy bo'lmagan va ko'pincha G'arb atamalarida taqdim etilgan tahlilarga tayanadiganlar;

3. Islohotchilar yoki revivalist3lar diniy matnlarni yangicha talqin qilishga chaqiruvchi, matnlarning haqiqiyligi va markaziyligini hamda fiqh va diniy ilmlarning doimiy dolzarbligi va samaradorligini qabul qilib, ikkalasi bir-biridan farq qiladi, ikkinchisi esa insoniy sa'y-harakatlar ekanligini ta'kidlaydilar hamda ularni tanqid qilish va rad etish mumkin deb hisoblaydilar4.

Musulmon feminizimi ko'pincha yangi "liberal islohotchi" larning g'oyaviy bir qismi sifatida, "islomiy islohotchilarga" qarama-qarshilikda vujudga kelgan. "Liberal islohotchilik" ta'limotiga ko'ra, islom va zamonaviylik bir-biriga qarama-qarshi emas, balki bir-biriga mos keladi, bu esa asrning so'nggi yillarida siyosiy islomga ichki javob sifatida paydo bo'lgan islohotchilar Muhammad Arkun, Nasr Abu Zayd va Abdulkarim Sorush5 kabi musulmon mutafakkirlarining g'oyalarida uchraydi.

2 Misol uchun: Sherine Hafez, Lila Abu-Lughod, Leila Ahmed, Mervat Hatem and Margot Badran kabilarning tadqiqotida.

3 Revivalist - bu diniy tiklanishlarni qo'llab-quvvatlovchi, targ'ib qiluvchi yoki ularga rahbarlik qiluvchi shaxs.

4 Mir-Hosseini, Ziba, "The Construction of Gender in Islamic Legal Thought: Strategies for Reform". Hawwa: Journal of Women in the Middle East and the Islamic World, 1/1, 2003, pp 3 -20.

5 Ziba Mir-Hosseini, Voices of Islam, Volume 5, Voices of Change, edited by Vincent Cornell, Omid Safi and Virgina Gray Henry, Westport, Connecticut and London, 2007) pp. 85-113, p. 101.

700

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 4/2

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

Abdo ham o'z risolalarida bu qizg'in bahslarning rivojlanishiga hissa qo'shgan. Turli raqiblaridan farqli ravishda Abdo ayollar va gender tengligi masalasini o'zaro bog'liqlikda ko'rib chiqadi. Ammo musulmon feminizmimi Abdoning islohotc hilik qarashlariga ham o'z ta'sirini o'tkazadi.

Abdoning xotin-qizlar haqidagi fikrlari ichida asosiy e'tiborni qaratgan mavzu: oila huquqi - erkaklar va ayollarning oila haqidagi tushunchalari hamda islomning nikoh, ko'pxotinlilik va ajralish haqidagi hukmlarini isloh qilish va bu qonunlarni qayta ko'rib chiqishni o'z ichiga oladi. Abdoning bu haqidagi qarashlari uning maqolalari, tafsir va fatvolaridan olingan.

Abdoning eng muhim diniy asari, uning Bayrutdagi surgunligida bir qator ma'ruzalari jamlangan "Risolat at-Tavhid" asaridir. Shuningdek, uning islomni tanqid qilgan ikki sharqshunoslarga javobi sifatida yozilgan risolalari ham mavjud. Bular Gabriel Xanotauxga qaratilgan, "Al-Islom va'l-Nasroniyya", "Bayna'l-Ilm val-Madaniyya" risolalari va Farah Antounga javoban "Al-Islom val-Radd al-muntaqidih" kabi risolalaridir. Bular uning "al-Vaq'ai al-Misriyya" va "al-Urva al-Vusqa" dagi saralangan maqolalari birinchi bo'lib Rashid Rid'o tomonidan tuzilgan bo'lsa, Muhammad Imroning to'plami esa uni to'ldirib, kengaytiradi. Imronning to'plamida Abdoning Quronning bir qancha boblariga qilgan tafsiri ham, Abdo tomonidan alohida nashr etish maqsadida "al-Manar" deb atalgan asarni ham va keyinchalik Rido tomonidan foydalanib nashr etilgan qismlari ham mavjud. Abdoning to'liq asarlarini yig'uvchi Muhammad Imro Abdoga tegishli bo'lgan matnlarni tahlil qilib, ma'lum darajada u yozgan va yozmaganlarini farqlab bergan. Bu haqida quydagilar qayd etilgan: "Biz bu shaxsning tafakkuri tarixida birinchi marta uning o'zi va al-Afg'oniy, Rashid Rido, Saqd Zag'lul va Abdull an-Nadim yozganlarini farqladik"6.

Samira Hojning "Islom an'analarini qayta qurish: islohot, ratsionallik va zamonaviylik" asarida ta'kidlanishicha, Abdoning maqsadi "ortadoksal islomiy qarashlarni qayta tartiblash orqali saodat asri haqiqiy islomini tiklash bosqichiga, yangi zamonaviy sharoitda ijtimoiy amaliyotda dinning o'rnini tartibga solish, isloh qilishga harakat qilardi"7. Abdo ta'lim, huquq va oila institutlarining islohotiga bog'liq bo'lgan "yangi musulmon sub'ektini qurish" jamiyat manfaati uchun g'amxo'rlik bilan axloqiy ahamiyatga ega bo'lishini nazarda tutgan nazariy-amaliy qarashlarni ilgari suradi.

6 Imora, al-Amal al-Kamila li'l-Ustadh al-Imom Muhammad Abduh, Cairo: Dar al-Shorouk, 2006, vol. 1, p. 18.

7 Samira Haj, Reconfiguring Islamic Tradition: Reform, Rationality, and Modernity, Stanford, CA: Stanford University Press, 2009, p. 74.

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 4/2

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

Hojning ta'kidlashicha, bu qarash "Yevropaning liberal zamonaviy jamiyatining nusxasi emas, balki sub'ektiv o'z an'analariga sodiqlik islom an'anasi doirasidagi uzoq yillik tarixga asoslangan axloqiy me'yorlardir" Hojning fikrlariga ko'ra, "o'zining birinchi bo'lib musulmon xalqini jonlantirish strategiyasiga muvofiq Abdo oilaga axloqiy rivojlanish joyi" sifatida katta ahamiyat bergan. Hoji Abdo qarashlarida ayniqsa mo'tazilitlarning ratsionallilik g'oyalarini va Al-G'azzoliyning o'zlik germenevtikasi va gnoseologiyasi borlligini ta'kidlaydi8.

XULOSA

Hojning ta'kidlashicha, "Abdo bo'lajak oilani ham nuklear, ham monogam bo'lishini tasavvur qilgan; nikoh ikki voyaga yetgan shaxs o'rtasidagi sevgi, rahm-shafqat va o'zaro hurmatga asoslanishi kerak"9. Hoji Abdoning nikoh haqidagi qarashlari o'rganib, nikohning an'anaviy shaklini maqullagani va uyushtirilgan nikohni tanqid qilishi, shuningdek, uning ko'pxotinlilikni boshqa diniy konfesiyalar tomonidan ayollarni kamsitilishi deb qarashlarini inkor etib, ko'p nigohlilikni alohida ajratish va parda o'rnatishga qarshiligi haqidagi dalillarini faqat Tahrir-al-Mar'aning boblariga va Qosim Amin kitobining "Abdoning oila haqidagi qarashlari" bobiga asoslanib taqdim etadi.

Abdo tomonidan ayollar islohoti bilan bog'liq asosiy mavzular xotin-qizlarni tarbiyalash, ajralish to'g'risidagi qonunlarni isloh qilish va ko'pxotinlilikni nazorat qilishdir. Bu sohadagi izlanishlar yana davom etishi zarurdir.

REFERENCES

1. Abd al-Ati, Muhammad Hilmi. Al-Mabadi' al-Amma fi Tashri'at al-Ahwal al-Shakhsiyya (General Principles in the Laws concerning Personal Status). Cairo: Maktabat al-Qahira alHaditha, 1962.

2. Abd al-Raziq, Mustafa, Muhammad Abduh. Cairo: Dar al-Ma'rif lil-Tiba,a 1946.

3. Abdel Aziz Salim, Sahar. "Image of Egyptian Women in Sources Reporting on the French Campaign in Egypt", in Al-Khitab hawla al-Mar'a: Le Discours sur la Femme, F. Ghassani (ed.). Rabat: Faculté des Lettres et des Sciences Humaines, 1997, pp. 41-70.

4. Abdel-Haleem, M.A.S (tr.), The Qur'an: A New Translation. Oxford: Oxford University Press, 2004.

8 Ibrahim Moosa, Ghazali and the Poetics of Imagination, quoted by Haj, p. 111.

9 Samira Haj, Reconfiguring Islamic Tradition: Reform, Rationality, and Modernity, Stanford, CA: Stanford University Press, 2009, p. 127.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 4/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

5. Abdelkader, Soha, Egyptian Women in a Changing Society, 1899-1987. Boulder, Colorado; London: Lynne Rienner, 1987

6. Abd al-Rahlm, ^Abd al-Ghaffar, Al-Imam Muhammad Abduh wa Manhajuhu fi al-Tafsir. Cairo: Dar al-Ansar, 1980.

7. Abduh, Muhammad and Imara, Muhammad, (ed.), Al-Amal al-kamila lil-Imam Muhammad Abduh. Beirut: al-Mu'assasah al-Arabiyyah lil-Dirasat wa-al-Nashr, 1972.

8. Al-Amal al-kamila lil-Imam Muhammad Abduh. Cairo: Dar al-Shorouk, 2006.

9. Abou El Fadl, Khaled, Speaking in God's Name: Islamic Law, Authority and Women. Oxford: Oneworld Publications, 2001.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

10. Abu Bakr, Umayma, "The Image of Man in Islamic Writings Between Old and New Interpretations", in Tahaddiyat al-Thabit wa'l mutaghayyir fi'l qarn al-Tasi ^Ashar, H. El-Sadda (ed.), 2004.

11. Abu Ghadda, Zaki Ali al-Sayyid, Al-Mar'ah bayna al-Sharia wa-Qasim Amin. Al-Mansura: Daral-Wafa', 2004.

12. Abu Hayyan, Muhmmad Ibn Yusuf, Al-Bahr al-Muhit, Zakariyya al-Nuti and Ahmad al-Jamal (eds.). Beirut: Dar Al-Kutub Al-Ilmiyya, 1993.

13. Qodirov, M. (2022). AKADEMIK XAYRULLAYEV-MA'NAVIYATIMIZ DARG'ASI (1931-2004). Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(2), 13-19.

14. Qodirov, M. (2021). PIFAGOR VA AFLOTUNNING HARAKAT VA ZAMON TA'RIFI HAQIDA IBN SINO E'TIROFLARI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1(4), 16-19.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.