SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
ARAB TEATRI VA DRAMATURGIYASINING ILK YILLARI
Saydullayeva Sevara O'ktamovna
(SamDCHTI filologiya va tllarni o'qitish: arab tili yo'nalishi talabasi) sayd.ullayevaaaa04 @gamil .com
Annotatsiya: Arab adabiyotining qadimgi va o'rta asrlarga borib taqalivchi va o'sha davr ijodiyotida drama janrida yozilgan asarlar deyarli mavjud emas. Drama unsurlarini va dramatik harakterga xos xususiyatlarni faqatgina dialog shaklida yozilgan maqomalarda uchratish mumkin edi. Arab teatrining paydo bo'lish jarayonlari va uni tashkil qilishga bo'lgan urinishlar XIX asr o'rtalariga borib taqaladi. Ushbu maqolada arab adabiyotidagi drama janrining oqsash sabablari va uning ilk namunalari ko'rib chiqiladi.
Kalit so'zlar: teatr, soyalar teatri, qo'g'irchoq teatri, dramaturgiya, truppa, kino, samir, repertura.
EARLY YEARS OF ARAB THEATER AND DRAMATURGY
Saydullaeva Sevara Uktamovna
(a student of Samarkand Institute of Foreign Languages) sayd.ullayevaaaa04 @gamil .com
Abstract: There are almost no works written in the genre of drama in Arabic literature in the ancient and medieval periods of the history of Arabic literature. Elements of drama and characteristic features of dramatic character could be found only in dialogues of "maqomas". The processes of emergence of the Arab theater and attempts to organize it go back to the middle of the 19th century. This article
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
examines the reasons for the decline of the drama genre in Arabic literature and its first examples.
Key words: theatre, shadow theatre, puppet theatre, dramaturgy, troupe, cinema, samyr, repertoire.
Arab teatri rivojlanish jihatidan orqada qolishining sabalari turlicha keltiriladi. Amerikalik tadqiqotchi olim Ya. Landauning fikriga ko'ra, bu jarayon quyidagicha baholanadi. Birinchidan, arab tilida muloqot qiluvchi xalqlar orasida teatr madaniyatining yetarlicha rivojlanmagan edi, ikkinchidan, islomda ayollarning ijtimoiy hayotdaga ishtiroki cheklanganligi, shuningdek, nafaqat ayollarning balki erkaklarning ham teatrda ishtirok eta olishmas edi. Bu kabi namoyishlar "butparastlik", "majusiylar ruhiyati'^ning tajassumi sifatida diniy ulamolarning qattiq noroziklariga sabab bo'lgan. Ko'pchilik xalqlarda teatr tushunchasi va taraqqiyoti hudolar sharafiga o'tkazilgan bayram va boshqa diniy marosimlarda uchraydigan "harakatlar"ga borib taqaladi. Arablar esa o'sha paytda teatr tarqqiyoti chun muhim bo'lgan bunday sahnalashtirilgan namoyishlar bosqichidan judo bo'lgan edilar.
Arab teatrining vujudga kelishida xalq orasida o'tkaziladigan tomoshalarining ham o'ziga xos yordami ham bor. Bulardan biri "Hayal az-zil" - soyalar teatri hisoblanadi hamda Misr, Suriya, Shimoliy Afrikada keng tarqalgan edi.
Xalq teatrining eng keng tarqalgan ko'rinishi sifatida soyalar teatri sharqiy mamlakatlarda ko'p asrlar davomida tanilib kelgan. Mazkur teatr turi arab mamlakatlariga G'arb va Shimoli-sharqiy Osiyodan kirib kelgan hisoblanib, soyalar teatrining ba'zi bir asosiy hamda an'anaviy elementlari bugungi kunda ham uchratish mumkin.
Sharq xalqlarini ancha yillar davomida o'ziga jalb qila olgan yana bir san'at turi qo'g'irchoq teatridir va bu soyalar teatri bilan bir vaqtda rivojlangan. Qo'g'irchoq
1 J.M. Landau. Stadies in the Arab Theatre and Cinema. Philadelpia, 1958
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
teatrining o'chog'I sifatida Misr e'tirof etiladi. Bu teatr turning namunalaridan biri "al-Karagyoz" teatrda turli xil namoyishlar 500 yil davomida namoyish etilgan. Huddi soyalar teatridagidek kabi qo'g'irchoqlarning kelib chiqishi dastlab g'ayrioddiy kuchlar bilan izohlanib, qo'g'irchoq qandaydir ilohiy kuchlarning ta'siri deb hisoblangan.
XX asr boshlarida arab diyorlari ingliz hamda fransuz mamlakatlariga mustamlaka sifatida o'tganliklari sababli bu xalqlar madaniy va ijtimoiy hayotida, shuningdek, maishiy hayot, san'at sohasida til muammosi vujudga kela boshladi.
Teatrda rol ijro etish va sahnalashtirish masalasiga bo'lgan fikrlar anchayin o'zgardi. Arab xalqi musiqa shinavandalari edi va bu teatrlarda spektakllarni musiqali tashkil etish asosiy masalaga aylandi.
1931-yilda Iroq, Misr, Suriya, Livan kabi arab davlatlaridan to'plangan 50 ta aktyordan iborat ilk truppa o'z ishini boshlagan. Professional truppalar esa 50-yillarning oxiriga kelibgina vujudga keldi.
40-yillarga kelib esa, havaskor aktyorlar xalq orasida yurib, tajribalarini oshirishgan va natijada mahalliy folklor motivlariga asoslangan sahna ko'rinishlari, didaktik ruhdagi pyessalarning namoyishlari orqali ularning mahoratlari orta boradi. Suriya teatridagi asosiy namoyishlar o'sha davrda madaniy markaz hisoblangan Halabdan ko'rsatilar edi.
1950-yilda Sudanda drama va musiqa truppasi muntazam bo'lmasa ham o'z chiqishlarini namoyish qila boshlashdi.
Qohirada esa 1958-yilda boshlangan qo'g'irchoq teatri bugungi kunga qadar ham ko'plab mamlakatlarda mashhurlikka ega.
Iskandariyada ham bir qancha teatrlar, misol uchun, "Muhammad Ali", "Kleopatra" kabi teatrlar haligacha "teatr shahri" nomini saqlab kelmoqda.
1960-yilda mamlakatda Milliy teatrga asos solindi va unga 1961-yilga kelib Al-Kabbani nomi berildi. U yerda Suriyaning eng talantli teatr kuchlari o'z mahoratlarini
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
ko'rsatgan. 1960-yildan 1973-yilga qadar Milliy teatrda namoyish etilgan jami 61 pyessaning 21 tasi arab mualliflariga tegishli edi. 1967-yilda Halabda Xalq teatri paydo bo'ldi.
Asarlari arab teatrlari repertuaridan o'rin olgan adib-dramaturglardan biri Yusuf Idrisdir. U arab xalqi orasida o'zining "Gunoh", "Paxta qiroli", "Buyuk komediya" asarlari bilan tanilgan.
U o'zining safdoshlariga o'zlaridan avvalgi adiblar foydalangan xalq teatri janri sanalgan "samir" janridan foydalanishni taklif qilgan. Samir janrining asosiy o'ziga xosliklari esa turli xil niqoblardan foydalanish, aktyorlarning favqulotda improvizatsiya qo'llashi, voqealarga nisbatan tomoshabinlarning diqqatini jalb qila olish kabi sifatlarni qamrab oladi. Yozuvchining bu janrdan keng foydalanishga keng targ'ib qilishining asosiy maqsadi bu orqali Misr milliy hayotini tasvirlash, Misrning "borlig'ini" ko'rsatish edi. Uning dunyo qarashi bo'yicha, aynan shu folklar an'analarida Misrning qadriyatlarini boshqa yurtlar qadriyalaridan ajratib turuvchi xususiyatlari, ma'naviyati, sodir bo'layotgan voqealarga o'ziga xos qarashi aks etgan.
Tobora rivojlanib borayotgan teatr asta-sekinlik bilan milliy dramaturgiyaning vujudga kelishiga olib keladi. Birinchi milliy dramaturg sifatida Taufiq al-Hakim e'tirof etiladi. Realist demokratlar faoliyati esa dramaturgiya sohasida urushdan keying yillarda ancha faollashdi. Shuningdek, xalq orasida keng xalq ommasi orasida shuhrat qozonganlardan yana biri No'man Ashurning pyessalaridir, va ular xalqning omma va ziyolilar qatlami orasida ham yaxshigina e'tirof etildi. Uning asarlarida jiddiy masalalar, xususan, "Ortodoksal oila" asarida axloqiy qoloqlik, "Avanti kinoteatri" asarida esa san'atga kommersiyaning ta'siri haqida so'z yuritilgan.
Arab diyorlaridan dramaturgiyaning vatani deb Livan davlati e'tirof etilib kelinadi. Livan xalqi qadimdan Yevropa davlatlari bilan savdo aloqalari yaxshi jips bog'langan edi, sababi aholining kattagina qismi nasroniylar tashkil etgan edi. XIX asrning o'rtalariga kelib esa madaniy aloqalar ham kuchaydi. Buning isbotini Bayrut
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
maydonlari va qahvaxonalarida Yevropa gastrol truppalarining paydo bo'lganligida ko'rish mumkin.
Arab teatri yalavbordori deb e'tirof etiluvchi adib Marrun Naqqash teatr sohasida atigi o'n yil shug'ullangan bo'lishiga qaramay, spektakllari mahalliy va chet el matbuotida keng rezonansga olib keldi. U arab teatrining rivojlanish yo'lini belgilab berish bilan birga arablarni sahna san'ati, sahna madaniyati bilan tanishtirdi.
Tunis dramaturgiyasining shakllanishi va taraqiyoot yo'li haqida gaplashidigan bo'lsak, bu davlatda milliy dramaturgiyaning tug'ilishiga Tunis jamoatchiligining a'zolari yuz yillar mobaynida ularning boshqa mamlakatlardagi teatr san'ati bilan tanish bo'lganligi turtki bo'lib xizmat qildi. XIX asrning o'rtalarida mamlakatda Yevropa teatriga oid gastrollar ko'paydi, 1881-yilda prorektaratning buyrug'iga ko'ra fransuz va italyan truppalarining gastrollari odatiy tusga aylana boshladi va shu yo'sinda poytaxtda bir nechta teatr markazlari faoliyatini boshladi.
Tunis dramaturgiyasining haqiqiy rivojlanish davrining boshlanishi Birinchi Jahon Urushidan keying yillarga borib taqaladi.
Tunis dramaturgiyasining repertuarining asosi qahramonlik dramalari hisoblanadi. Komediya janridagi asarlarga past nazarda qarashgan va ularni "yordamchi", olomonga yaxshi kayfiyat ulashish vositasi deb hisoblangan. Fars xarakterdagi komediyalar esa qoidasiga ko'ra bir aktli qilib yozilgan va tragediya yoki drama janridagi sahnalar bilan bir kechada namoyish so'ngida qo'yilgan. Faqatgina urushdan so'ng komediyani alohida janr qilib spektakl qilib ijro etishga urinishlar bo'lgan.
Ko'pincha holatlarda teatr namoyishlarda sirk tomoshalari unsurlarini kuzatish ham mumkin b'lgan. Masalan, "Layli va Majnun" asarining postanovkasida sahnada tuyalar, ohu va kiyiklar, qo'ylarning ham harakatlanganliklarini guvohi bo'lishimiz mumkin bo'lgan.
Ш
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Ziyavuddinova M. Mumtoz arab adabiyoti. - Toshkent, 2011, 219b.
2. Mannonov A. Arab adabiyoti. - Toshkent, 2016, 682b.
3. Mustafo Shakir. Ikkinchi jahon urushidan oldingi Suriya hikoyanavisligi. - Beyrut, 1958. 146b.
4. Аль-Асмаи. Жизнь и подвиги Антары (Сират Антара). - Москва, 1968, 79с.
5. Милославский Г. Ислам энциклопедический словарь. - Москва, 1991, 315c.