Научная статья на тему 'ARAB ADABIYOTIDA SIRA JANRINING VUJUDGA KELISH TARIXI'

ARAB ADABIYOTIDA SIRA JANRINING VUJUDGA KELISH TARIXI Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Interpretation and researches
Область наук
Ключевые слова
qadimgi arab og‘zaki ijodiyoti / xalq romanlari / sira janri / deklamator / rubob / hadis / mag‘oziy / fasil al-matalib / Antara / afsona / fantastika

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Sevara O‘Ktamovna Saydullayeva

Har bir xalq adabiyotida bo‘lganidek, mumtoz arab adabiyoti ham turli xil xalq og‘zaki ijodi janrlariga boy. Ulardan biri “sira” nomi bilan mashhur xalq romanlari arab xalqi orasida ancha ommabopdir. Bu janrning paydo bo‘lish va rivojlanish tarixi ko‘pchilik adabiyotshunoslar va arabshunoslarning qiziqqan mavzularidan biridir.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «ARAB ADABIYOTIDA SIRA JANRINING VUJUDGA KELISH TARIXI»

International scientific journal "Interpretation and researches"

Volume 2 issue 15 (37) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

ARAB ADABIYOTIDA SIRA JANRINING VUJUDGA KELISH TARIXI

Sevara O'ktamovna Saydullayeva

SamDCHTI filologiya va tillarni o'qitish: arab tili yo'nalishi talabasi sayd.ullayevaaaa04 @gmail .com

Annotatsiya: Har bir xalq adabiyotida bo'lganidek, mumtoz arab adabiyoti ham turli xil xalq og'zaki ijodi janrlariga boy. Ulardan biri "sira" nomi bilan mashhur xalq romanlari arab xalqi orasida ancha ommabopdir. Bu janrning paydo bo'lish va rivojlanish tarixi ko'pchilik adabiyotshunoslar va arabshunoslarning qiziqqan mavzularidan biridir.

Kalit so'zlar: qadimgi arab og'zaki ijodiyoti, xalq romanlari, sira janri, deklamator, rubob, hadis, mag'oziy, fasil al-matalib, Antara, afsona, fantastika.

THE HISTORY OF THE EMERGENCE OF THE GENRE SYRA IN ARABIC

LITERATURE

Sevara Uktamovna Saydullaeva

a student of Samarkand State Institute of Foreign Languages sayd.ullayevaaaa04 @gmail .com

Abstract: As in the literature of every nation, classical Arabic literature is rich in various genres of oral creativity. One of them folk novels known with the name of "syra" is very popular among the Arabs. The history of the emergence and development of this genre is one of the topics of interest to many literary and arabic scholars.

Key words: ancient Arabic oral art, folk novels, genre "syra", reciter, rubob, Antara, legend, fantasy.

International scientific journal "Interprétation and researches"

Volume 2 issue 15 (37) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

O'rta asr arab adabiyotida xalq romanlari keng tarqalgan bo'lib, ular sira janri nomi bilan atalib kelinmoqda. Sira - uzun qahramonlik rivoyatlaridan iborat islom adabiyoti janri. Siralar tarixiy uydurmalar hisoblanib, tarixiy bo'yoq, shaxslar va qahramonlik harakatlariga qaratilgan voqealar bilan boyitilgan. Sira arabcha so'z hisoblanib, yo'l hayot tarzi degan ma'nolarni anglatadi1.

Sira - mamluklar davrinining yana bir yozma merosiga X - XV asrlarda shakllangan adabiy janr sifatida kiritiladi. Sira yoki sirat - "hayot yo'li" , "tarjimai hol" ma'nolarini anglatib, odatda xalq og'zaki ijodiga taaluqli janr bo'lib, xalq qahramonlari yoki avliyolar hayotiga bag'ishlangan. Og'izdan og'izga o'tib an'ana bo'yicha roviylar tomonidan bayon etilgan bu siralar XV asrda yozila boshlandi va tez orada o'qiguvchilar orasida mashhur va sevimli kitobga aylandi. Hatto, XX asrda ham arzon qog'ozlarda sur'atlri bilan keng nashr etilgan "xalq romanlari" nomini olgan bu asarlar eng ommabop asarlar orasiga kirar edi.

Ba'zi manbalarga qaraydigan bo'lsak, sira janrinig vujudga kelishini Yevropa bilan bog'lanadi. XII asr o'rtalarida Misr, Falastin, Suriya kabi musulmon davlatlari aholisining kuch jihatdan o'zaro birlashishni boshlashadi. Bunga sabab xalifalik hududlariga xristian qo'shinlarining kirib kelishi va o'sha hududda istiqomat qiluvchi aholini shavqatsizlarcha qiynagan salibchilar mamlakatining shakl topishi edi. Salibchilar bilan o'zaro kurashda misrlik qo'mondon Salohiddin rahnamolik qiladi va jonbozlik ko'rsatadi. Salohiddin tarixda Misr, Suriya hamda Hijozning bir qismini birlashtirgan va Ayubbiylar sulolasiga asos solgan sarkarda nomi bilan muhrlangan. Bu urush misrliklar g'alabasi bilan yakunlanadi. Salibchilar bilan o'zaro urushlar natijasida arab xalqlari orasida diniy kayfiyatning o'zgarishi va qabilaviy umumiylik his-tuyg'ularining o'zgarishi vujudga keladi va ular orasida qahramonlik o'tmishga nazar solish ommalashadi.

Bu urush arab xalq adabiyotiga ham bevosita o'z ta'sirini o'tkazmay qolmadi. Bu davrda, yevropalik sharqshunoslar fikricha, Yevropa risarlik romanlariga taqlidi sifatida risarlik romanlari nomi bilan ataluvchi janr paydo bo'lgan. Arablar orasida katta mashhurlikka erishgan ushbu janrga namuna sifatida ko'p jildli "Antaraning

1 Милославский Г.В. Ислам энциклопедический словарь. - Москва: Наука, 1991. - С. 209.

International scientific journal "Interpretation and researches"

Volume 2 issue 15 (37) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

hayoti" epopeyasi misol sifatida keltiriladi. Asarning asosiy qahramoni esa tarixda haqiqatdan ham yashab o'tgan, islomgacha bo'lgan davrda yashab ijod qilgan mashhur badaviy shoir va jangchi Antaradir. Tarixiy manbalarda Antara VI asr oxiri - VII asr boshida Arabiston yarimorolida yashab o'tgan.

Yana bir ba'zi manbalarning guvohlik berishicha, dastlab sira janri erta islom tarixi va Payg'ambar Muhammad (s.a.v) ning hayotlari haqida hikoya qiluvchi o'ziga xos janr bo'lgan. Sira so'zining birinchi marta "Payg'ambar hayoti" ma'nosida qo'llanilganiga Ibn Hishomning "Haza sirat rasul Allah" (^ dj^j asarida

guvoh bo'lamiz.

Iroq, Suriya va Misr kabi davlatlarning ko'plab shaharlarida yaqin yillargacha ko'plab shoir va muhaddislarning shoshmasdan bir necha soatlar davomida xalq romani nomi bilan ataluvchi o'rta asr roman-epopeyalarini kuylaganlarini eshitishimiz mumkin bo'lgan. Bu roman-epopeyalar qadimgi arab insonlarining qahramonliklari va o'tmishning o'ziga xos ajoyibotlarini tasvirlaydi.

Bunday an'ana, asosan, qahvaxonalarda yoki bozorlarda sodir bo'lgan va o'z navbatida musulmon bayramlarining ajralmas bir qismi bo'lgan. Shoir va xofizlar qahvaxonaning o'rtasida joylashishgan, uning tinglovchilari uning atrofida o'rindiqlarga o'tirishgan, sig'maganlar esa ochiq eshiklar va tosh o'rindiqlarda (mastaba)da o'tirib, kuchli diqqat bilan hikoya voqealariga quloq solishgan2.

Ushbu romanlar qadimiy ko'rinishdagi rubob jo'rligida kuylangan. Kuy so'ngida deklamator (shoir yoki muhaddis) ko'p mehmonlarni jalb etgani uchun qahvaxona egasidan kamtargina sovg'a qo'lga kiritgan, ba'zida o'tirganlardan ham ba'zilari hofizni ijrosi uchun bir necha tangalar bilan siylashgan.

Hozirgi kunda ushbu an'ana ba'zi arab davlatlarining ba'zi shaharlarida saqlanib qolgan. Lekin o'rta asrlarda bunday shoir va muhaddislar ko'plab uchragan.

Siralarning aslida qanday janr ekanligini tushunish uchun uning kelib chiqishiga qaraylik. Arabcha so'z hisoblanga sira yoki sirat so'zining (Sja^) o'zagi arabcha saaro (J-") , ya'ni sayohat qilmoq, sayohatda bo'lmoq degan ma'nolarni bildiruvchi so'zdan hosil bo'lgan. Demak, siralar ma'lum insonnig tug'ilishidan boshlab to

2 Аль-Асмаи. Жизнь и подвиги Антары (Сират Антара). - Москва: Наука, 1968. - С. 1.

International scientific journal "Interpretation and researches"

Volume 2 issue 15 (37) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

vafotiga qadar kechirgan umri, hayot yo'li yoki tarjimayi holidir. Unda qahramonning hayotiga voqealar, fe'l-atvori va o'ziga xosliklari hikoya qilinadi. Hozirgi zamonda esa ba'zi joylarda hattoki ish so'rovchining rezyumesi ma'nosida ham qo'llaniladi.

Islom adabiyotida bu so'z umuman boshqa ma'noda, ya'ni jang qonun-qoidalari yoki musulmon bo'lmaganlar bilan munosabatga kirishish ma'nosida qo'llanilishi ham mumkin ekan.

"Sirat rasul Allah" yoki "Al-sirat ul-nabaviyya" kabi atamalar, dastlab, Muhammad (s.a.v) hayotlarini o'rganishga qaratilgan atamalar bo'lgan. "Sira" termini tarixshunos ibn Shihabiy az-Zuhriy tomonidan birinchi bor qo'llanilgan, ibn Hishom asarlari orqali omma orasida tarqalgan.

Islomning dastlabki ikki asrida "sira" atamasi ko'proq "mag'oziy" nomi bilan mashhur bo'lgan, bu termin esa to'g'ridan-to'g'ri "harbiy izlanishlar haqidagi hikoyalar" degan ma'noni ifodalagan.

Siralar har doim ham o'sha davrda sodir bo'lgan hayotiy, real voqealarni aks ettirmagan. U yillar davomida turli o'zgarishlarga uchragani sababli, turli xil afsonaviy fantastik ruhdagi jarayonlarni ham ko'ramiz.

Ibn Is'hoq va al-Vakidiyning asarlari sira janrining dastlabki namunalari hisoblanadi va ularning asarlari ushbu janrning rivojlanishiga, keying adiblarning ushbu janrda ijod qilishlariga katta yo'l ochib bergan va o'zlaridan keyingi asarlarning yaratilishida asosi bo'lib xizmat qilgan.

Siralar arabchada hayot yo'li degan ma'noni anglatar ekan, avvaliga islom dini taraqqiy etib boshlagan davrlarda Payg'ambar Muhammad (s.a.v) ning hayotlari haqidagi asar sifatida mashhur bo'lgan. Dastlabki sira janridagi asar namunalarida islom dini qonun-qoidalari hisoblangan ahkomlar Payg'ambar Muhammad (s.a.v) hayotlari orqali tasvirlangan, u kishining harbiy harakatlari maqtalgan.

Shuningdek, siralar o'z tarkibida bir qancha maktubiy hujjatlar hamda o'zaro siyosiy kelishuvlarni, masalan, Hudaybiyya kelishuvi va Makka Konstitusiyasi, janggi chorlovlar, shaxslarni ma'lum mansabga tayinlanishi, xorij mamlakatlari hukmdorlariga yo'llangan xatlarni ham qamrab oladi.

International scientific journal "Interpretation and researches"

Volume 2 issue 15 (37) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

Ba'zi hikoyalarda ma'lum voqealarga bag'ishlangan she'rlar ham tarkib topgan. Shunday bo'lishiga qaramasdan, ularning ko'pchiligini insonlar jiddiy qabul qila olishmaydi, nisbatan jiddiy hisoblanadigani arab shoiri Hasan ibn Tabitning asarlaridir.

Ibn Is'hoq ma'lumotlariga ko'ra islom induizm va xristianlik dinlarinining uzoq yillik tarixining tugashi deb ta'riflanadi. Ibn Is'hoq tomonidan yaratilgan sira payg'ambarlarning barchasi va albatta so'ngisi bo'lgan Muhammad (s.a.v) hayotlari haqida hikoya qiladi. Ibn Is'hoqning sirasi uch qismdan tashkil topgan:

1. Al-mubtado - dunyo yaralishudan boshlab kelgan barcha payg'ambarlari qissasi.

2. Al-mabas - Muhammad (s.a.v) hayotlarining hijratning dastlabki yillarigacha bo'lgan qismi (Makka davri).

3. Al-mag'oziy - o'lkalarning fath etish davrlari (Madina davri).

Keyinchalik sira nomi ostida faqatgina Payg'ambar hayoti haqidagi asar emas,

balki boshqa mashhur insonlar, hukmdorlar, olimlarning hayotini hikoya qiluvchi o'ziga xos janr sifatida asarlar yaratilda. Bunga XX asrda Solih ibn Ahmad ibn Hanbal tomonidan yozilgan "Sirat Ahmad ibn Tulun Balaviy" asarini misol qilish mumkin. "Siyar al-Avzayas-shofiy" asari orqali sira so'zining ko'plik shaklida ishlatilganligiga guvoh bo'lamiz.

Ko'pchilik mutaxassis bo'lmagan insonlar ikki termin, ya'ni "sira" hamda "hadis" atamalari o'rtasidagi farqni ajrata olishmaydi. Hadis va "tarixiy xabar" - sira o'rtasidagi asosiy farq shundan iboratki, hadislar bo'lib o'tgan voqealarga a'loqasi yo'q, huddi vaqt va makonga ishora qilmagani kabi. Aksincha, hadislarning asosiy vazifasi diniy aqidani islom huquqining ishonchli manbasi sifatida qayd etishdir. Sira esa yuridik maqsadda ishlatilgan, uning asosiy vazifasi ma'lum voqea haqida ma'lumotlarni bo'lishishdir.

Tuzilishiga ko'ra hadis va siralar bir-biriga juda ham o'xshaydilar, ularning ikkisida ham isnodlar (xabar yetkazish zanjir) bor. Shundan kelib chiqib, VIII - IX asrdan boshlab tadqiqotlar olib borgan olimlar, tarixchilar muqaddas bitiklarning

International scientific journal "Interpretation and researches"

Volume 2 issue 15 (37) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

ikkala turini ham bir xil tushuncha sifatida o'rganishgan. Shuningdek, ba'zi olimlar sira va mag'oziy janrini hadisning kichik bir shakli deb hisoblashadi.

Oradan uzoq yillik masofani bosib o'tgach, siralarning tarkibiga kirgan ba'zi bir turdagi tarixlar siradan alohida janr sifatida ajralib chiqadi. Ulardan biri payg'ambar (s.a.v) sodir etgan mo'jizalar haqidagi hikoyalarga bag'ishlangan janr. Yana bir janr esa arab tilida "fasil ul-matalib" deb ataladi, unda payg'ambarning ko'plab tarafdorlari, dushmanlari va boshqa taniqli zamondoshlarining kuchli va kuchsiz jihatlarini yoritib bergan. "Sira" so'zining ikkinchi ma'nosi - afsona. Bu afsonalarga qadimda o'tgan payg'ambarlar haqidagi rivoyatlar, fors shohlari, shuningdek, islomgacha bo'lgan davrda yashagan arab qabilalar haqidagi qissalar kirgan.

Biografik shaklda yozilgan siralar qismlari Qur'onda ta'kidlangan voqealar asosida tuzilgan. Muqaddas kitobni izohlovchi mualliflar ba'zi oyatlarda eslatib o'tilgan voqealar haqida qo'shimcha ma'lumot berish uchun qo'shishgan.

Yillar o'tib ushbu janr tarixiy va afsonaviy arab shaxslari haqidagi arab xalq romanlarining asosiy janriga aylandi.

Sira - arab xalq og'zaki ijodiyoti namunalari orasida hajman eng yirik asar hisoblanadi. U epik bayon usulining keng qamrovliligi, kompozitsion shaklning va qurilishning murakkab tuzilishga egaligi bilan xarakterlanadi. Sira syujetiga asos bo'lgan epik voqealar tasvirining markazida doim yagona bittagina asosiy qahramon turadi. Arab siralarining ayrimlari ko'p nusxada nashr etilib, ommalashtirilgan va boshqa tillarga tarjima qilingan.

Ko'pgina olimlar, adabiyotshunos, sharqshunos olimlar o'zlarining bir necha asarlarini shu mavzu, shu janr xususida yaratishgan. Xususan, N.Ibrohimovning yirik nazariy tadqiqotlari o'rta asr xalq adabiyotining eng tarqalgan janrlaridan biri -siralarning o'ziga xos janr xususiyatlari, kompozitsiyasi, obrazlar tarkibi va badiiy-uslaubiy jihatlarini o'rganishga bag'ishlangan. Olim "arablarning o'zlari "siyar" va "qisas" deb belgilaydigan xalq kitoblari o'zining yuksak badiiy fazilatlari, syujetining maroqliligi va tilining soddaligi tufayli xalq orasida keng tarqalgan" ini qayd etadi.

Shuningdek, o'rta asr yozma manbalarida o'z ifodasini topgan arab xalq romanlari va qissalari, ertaklari, og'zaki drama namunalarini tadqiq qilish asnosida

International scientific journal "Interpretation and researches"

Volume 2 issue 15 (ЗУ) j ISSN: 2181-4163 j Impact Factor: 8.2

arab folklorining yozib olinishi va ilmiy o'rganilishi tarixi manbashunosligini atroflicha yoritib beradi.

B. Ya. Shidfar ana shunday "folklorlashgan afsonaviy biografiya", ya'ni xalq romanlariga misol tarzda Imrul Qays, Tarafa, Antara va Majnun kabi shoirlar haqidagi rivoyatlami ham keltirib o'tadi3.

Xulosa qilib shuni aytamizki, folklor janrdagi asarlar umumxalq mulki, asrlar, ming yilliklar mobaynida ganjlangan badiiy tafakkur natijasi sifatida umuminsoniy muhimlilik kasb etadi. Umuminsoniy qadriyatlarning biri hisoblangan sodiqlik Vatanimiz mustaqilligining ma'naviy zaminini mustahkamlash omillaridan biгidiг.

Folklor janrda yaratilgan asarlar hurlik, mustaqillik, Vatanga muhabbat, sadoqat va tenglik haqidagi qarashlarini o'zida jamlagan ulug' qadriyatlardan biгini shakllantiгish bilan biг qatorda bashaгiyat dunyoqaгashi va ma'naviy olamining ko'zgusi sifatida akslanadi.

Butun dunyo xalqlari, xususan, aгab og'zaki ijodiyotining qadimgi davrlarda va o'гta asrlarda yozib olingan yoki ko'chiгib olingan namunalari nihoyatda kamyob. O'гta asr aгab folkloг janrida yaratilgan asarlar ustida ilmiy tadqiqot-izlanish ishlari boshlanganiga bir asr bo'lmoqda. O'tmishda yaratilgan tarixiy, ilmiy, adabiy va diniy manbalarda arab folklor ijodiyoti materaillarining aks etish ko'rsatkichi ham anchagina farq qiladi. Shuning sababdan arab xalq og'zaki ijodiyoti tarixiga doir manbalarni tavsiflash, ulardagi folklor materiallarini qayd qilish alohida vaqt, yondashuv va o'z o'rnida sabr talab etadi.

Hozirgi arab tili ham jahon tillaridan biri hisoblanadi. Hammamiz bilamizki, arab tili qadimiy tillardan biridir. Mana shunday uzoq yo'l bosib o'tgan tilda juda ham ko'plab adabiyotlar, badiiy xarakterdagi asarlar yaratilgan, turli xil badiiy janrlar, badiiy san'at turlari, vositalari bor. Xalq romanlari ham mana shunday arab adabiyoti tarixida ancha yillardan beri foydalanilib kelgan janrlardan biri sanaladi.

Qadim qadimdan arablar yashayotgan diyorni Markaziy Osiyo bilan bog'lab turuvchi ko'prik vazifasini o'tovchi Buyuk Ipak yo'li magistrallari o'zaro iqtisodiy va madaniy aloqa va munosabatlarga xizmat qilib kelgan.

3 Шидфар. Б.Я. Образная система арабской классической литературы (VII-XII вв.). - Москва: Марджани, 1974. - С. 46.

International scientific journal "Interpretation and researches"

Volume 2 issue 15 (37) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

Bu uzoq tarixlik merosni o'rganish bo'yicha yurtimizda keng ko'lamdagi ishlar izchil davom etmoqda.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Ziyavuddinova M. Mumtoz arab adabiyoti. - Toshkent, 2011, 219b.

2. Mannonov A. Arab adabiyoti. - Toshkent, 2016, 682b.

3. Аль-Асмаи. Жизнь и подвиги Антары (Сират Антара). - Москва, 1968, 79с.

4. Милославский Г. Ислам энциклопедический словарь. - Москва, 1991, 315c.

5. Шидфар Б. Образная система арабской классической литературы (VI-XII вв.). - Москва, 1974, 257c.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.