Научная статья на тему 'AQLI ZAIF O’QUVCHILARNI TARBIYALASHDA SENSOR TA’SIR ETISHNING KORREKSION AHAMIYATI'

AQLI ZAIF O’QUVCHILARNI TARBIYALASHDA SENSOR TA’SIR ETISHNING KORREKSION AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
korreksion ish / sensamator jarayonlar / sensor rivojlanish / taktil-motor va ko‘ruv / ruhiy rivojlanish / atrof–olam / predmet va hodisalar.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Xudoyberdiyeva Ra’No Arabboevna

Ushbu maqolada aqli zaif o’quvchilarni sensor tarbiyalashning korreksion mazmuni, uning bajaradigan umumlashtiruvchi funksiyalari, yordamchi maktabda o‘quv tarbiyaviy ishlarni amaliy jihatdan amalga oshirish va ta’lim, tarbiya va rivojlanish chizmasining uchta komponentlari yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «AQLI ZAIF O’QUVCHILARNI TARBIYALASHDA SENSOR TA’SIR ETISHNING KORREKSION AHAMIYATI»

AQLI ZAIF O'QUVCHILARNI TARBIYALASHDA SENSOR TA'SIR ETISHNING KORREKSION AHAMIYATI

Xudoyberdiyeva Ra'no Arabboevna

Toshkent Kimyo xalqaro universiteti Namangan filili o'qituvchisi https://doi.org/ 10.5281/zenodo.11211955

Annotatsiya. Ushbu maqolada aqli zaif o'quvchilarni sensor tarbiyalashning korreksion mazmuni, uning bajaradigan umumlashtiruvchi funksiyalari, yordamchi maktabda o'quv tarbiyaviy ishlarni amaliy jihatdan amalga oshirish va ta 'lim, tarbiya va rivojlanish chizmasining uchta komponentlari yoritilgan.

Kalit so'zlar: korreksion ish, sensamator jarayonlar, sensor rivojlanish, taktil-motor va ko'ruv, ruhiy rivojlanish, atrof-olam, predmet va hodisalar.

Yordamchi maktabda korreksion ish mazmunini to'g'ri aniqlash uchun korreksiani ta'lim tizimining barcha asosiy komponentlari bilan bog'lash muhimdir va faqatgina shundan keyin tuzilmani ichki tuzilishini va pedagogik mazmunining rolini ko'rib chiqish mumkin.

Korreksion ishning maqsadi, alohida yordamga muhtoj bolalarni umumiy ta'lim olishlar ijara yonida psixik va jismoniy funksiyalarini to'g'irlash, hayot va mehnatga tayorlashdir.

"Ta'lim" atamasining o'zi va ushbu jarayon mohiyati ko'pgina tadqiqotlarda turlicha talqin qilinadi. Biroq "ta'lim" tushunchasi to'liq ta'rifni V.S.Lebedeva bergan bo'lib u o'z ta'rifida ushbu tushuncha tuzilishini ham ko'rsatgan: "Ta'lim bu ajdodlar tomonidan shaxs bo'lib yetishish uchun ontogenetik doirada bio ijtimoiy jarayonni aks ettiruvchi ijtimoiy ahamiyatga ega tajribaning doimiy ravishda berilishini jamoat tomonidan tashkil qilinishi va normaga solinishi jarayonidir. Ushbu jarayonda mazmun, shakl tomondan xarakterlanuvchi uchta tuzilishli, aspektlar farqlanadi: shaxsga tajribani o'zlashtirishni ta'minlovchi ongli; shaxsga xos xususiyatlarni tarbiyalash, shuningdek jismoniy va aqliy rivojlanish; ta'limda asosiy faoliyat o'quv faoliyati hisoblanadi".

Shunday qilib, ta'lim o'zichiga uchta asosiy qismni: o'qitish, tarbiya va rivojlantirishni

oladi.

O'qitish bevosita o'quvchilarning tajribani o'zlashtirishlariga qaratilgan, tarbiya va rivojlantirish esa bilvosita amlaga oshiriladi. Uchta jarayonning barchasi tarbiya, o'qitish va rivojlantirish butunlikda bir - biri bilan uyg'un tarzda amalga oshirili bularni ajratish chegaralash deyarli mumkin emas.

Defektologiya va maxsus pedagogika bo'yicha ko'pgina ishlarda qoidaga ko'ra korreksiyani bola rivojlanishi bilan bog'laydilar. Bu alohida yordamga muhtoj bolalarning rivojlanishidagi ikkilamchi nuqsonlarni to'g'irlashga qaratilganligi uchun asoslangandir. Biroq korreksion pedagogik ish haqida gapirilganda uni ta'limning uchlik birligi chizmasidan: o'qitish, tarbiya, rivojlantirishdan ajratib o'lmaydi.

Yordamchi maktabda o'quv tarbiyaviy ishlarni amaliy jihatdan amalga oshirishda korreksion rivojlantirishni maxsus tashkil etuvchi va yo'naltiruvchi jarayon sifatida korreksion ta'lim va tarbiyada ajratilmaydi hamda alohida mavjud bo'lmaydi.

O'quvchilar rivojlanishi ta'lim mobaynida va tarbiya jarayonida amalga oshirilganligi sababli korreksion ta'sir ham ushbu faoliyatda ishtirok etadi.

O'z - o'zidan maxsus ta'lim ham umumiy ta'lim singari uchlik birligidan iborat bo'lib, korreksion o'qitish, korreksion tarbiya, korreksion rivojlanishdan tashkil topadi.

Korreksion ta'lim-psixologik va jismoniy rivojlantirishdagi kamchiliklarni yengish yo'llari va vositalari haqidagi bilimlarni egallash, hamda egallangan bilimlarni qo'llash usullarini o'zlashtirish.

Korreksion tarbiya ijtimoiy mihitda moslashishiga imkon beruvchi faoliyatning predmetli o'ziga xosligiga teskari variantalanuvchi shaxs sifatlari va unga xos hususiyatlarni tarbiyalash (idrok qilish, mehnat, estetik va boshqalar)

Korreksion rivojlanish aqliy va jismoniy rivojlanishdagi kamchiliklarni (oldini olish) to'g'irlash, nuqsonning neyro dinamik mexanizmlari kompensatsiyasi va saqlangan sensor doirasining ruhiy va jismoniy funksiyalarining takomillashtirilishi.

Istalgan ta'lim va tarbiya bir vaqtning o'zida ma'lum darajada rivojlantiradi. Bu esa korreksion jarayonlarga ham talluqlidir. Shu bilan birga rivojlanishning korreksiyalanishi faqat bilim va malakalarni o'zlashtirish bilangina bog'lab bo'lmaydi. Maxsus ta'lim jarayonida ruhiy va jismoniy funksiyalar qayta ko'riladi, nuqsonni kompensatsiyalash mexanizmi shakllantiriladi, ulaga yangi xarakter beriladi. Korreksion rivojlanish bilan birga shaxsning ijtimoiy tajribani o'zlashtirish qanday ketishiga qarab ma'lum darajada shaxs xususiyatlari va holatining o'zgarishi yuz beradi va ular yig'iladi. Korreksion ish davomida aqliy jismoniy, axloqiy jihatdan o'z-o'zini boshqarish,o'z faoliyatini tashkil etish va boshqarish qobiliyati, ijtimoiy mehnatda mo'ljal olish malakalari rivojlanadi. Korreksion komponentlarning (ta'lim, tarbiya, rivojlanish) mutanosibligi V.S.Lebedeva tavsiya etgan chizmada aks etgan. Ta'lim, tarbiya va rivojlanish chizmasi uchta komponentning o'zaro bog'liq ligiramzi sifatida uchta o'zaro kesishgan aylana ko'rinishida tasvirlangan.

Birinchidan, maxsus ta'lim konsepsiyasidan kelib chiqqan holda korreksion pedagogik ish maxsus maktabda o'quv tarbiyaviy jarayonning defektologik yo'nalganligini aniqlaganligi sababli tizimda markaziy o'rinni egallashi kerak.

Ikkinchidan, korreksiya umumiy ta'limning tashkil etuvchi qismlari chorrahasida joylashgan bo'lishi va shu bilan bir vaqtda alohida yordamga muhtoj o'quvchilarning ta'lim, tarbiya va rivojlanishini amalga oshirishda o'ziga xos qirralarga (yo'nalishlarga) ega bo'lishi kerak.

Uchinchidan, maxsus ta'lim tizimida korreksion pedagogik jarayonning hajmi va ahamiyatiga ko'raunga ta'lim qismlari chorrahasida muhim o'rin berilishi kerak.

To'rtinchidan, korreksiya ijtimoiy tizim sifatida muhitga mustaqilchiqa olishi kerak, chunki tizim alohida emas, balki aniqi jtimoiy sharoitda funksiyallashadi. Muhit korreksion pedagogik jarayon uchun aniq element emas, balki uichki qism sifatida kiruvchi atrof muhit sifatida namoyon bo'ladi. Ijtimoiy muhit ko'rib chiqila yotgan jarayonning barcha darajalariga ta'sirqiladi, biroq bu ta'sir turlicha bo'ladi. Avvalambor, u maxsus ta'limda jamiyat maqsadini aks ettiradi: o'quvchilar shaxsining har tomonlama rivojlanishi va ularni shakllanishishi, ularning ijtimoiy mehnat realibitatsiyasi, nuqsonning kompensatsiyasi, insoniyatning ijtimoiy tajribasini oson shaklda o'zlashtirish.

Korreksion pedagogik ishning barcha tizimi alohida yordamga muhtoj bolani atrof - olam mavjudliklariga reabilitatsiya qilish va ijtimoiy moslashtirish uchun undalgan bo'lib, uni barcha insonlar bilan birgalikda mehnat va jamiyat hayotiga kira oladigan va jamiyatga foydasi tegadigan teng huquqli va faol mehnatkash qilib yetishtirishdir.

Alohida yordamga muhtoj bolalarni o'qitish va tarbiyalashda korreksiyani nuqsonni kompensatsiy aqil ish usuli sifatida ko'riladigan fikrlarni uchratish mumkin. Biz umumiy va maxsus ta'lim natijasida shaxsni shakllantirish haqida gapirar ekanmiz, korreksion pedagogik ish

natijaga (kompensatsiyaga) mos holda ko'rilishi kerak, chunki pedagogik mohiyat ham miqdoriy, ham sifat jihatdan aynan unga bog'langan. Korreksiya nisbatan keng tushuncha bo'lib, aynanu alohida yordamga muhtoj bolalar rivojlanishidagi nuqsonlarni kompenasatsiya qilish darajasini aniqlaydi, maxsus ta'lim tizimi hamda maxsus maktabdagi o'quv tarbiyaviy ishlarning organik asosi hisoblanadi.

REFERENCES

1. Коррекционное обучение как основа личностного развития аномальных дошкольников // Под ред. Л.П. Носковой. - М„, 1989.

2. Леоньтев А.Н. Л.Павлова Мотивация и деятельность М.:1986

3. Лисина М.И.Проблемы онтогенеза общения М.: 1986

4. Лубовский В.И. Психологические проблеми диагностики аномалного развития детей. -М.2001,

5. Xurshid, Maxmudov. "Rivojlanishida nuqsoni mavjud bolalar oilalarida oilaviy munosabatlarning rivojlanishi davrlari." Confrencea 12.12 (2023): 332-337.

6. Xurshid, Maxmudov. "Maxsus yordamga muxtoj bolalar va o'smirlarni ijtimoiy reabilitatsiyasida oilaning roli." Confrencea 12.12 (2023): 338-342.

7. Махмудов, Х. Ш. "FORMATION OF PROFESSIONAL COMPETENCE OF A TEACHER IN THE CONDITION OF INCLUSIVE EDUCATION AND SOCIAL PARTNERSHIP." Вестник КазНПУ имени Абая серия «Специальная педагогика» 71.4 (2022): 31-35.

8. Shukhratovich, Makhmudov Khurshid. "WAYS TO OVERCOME SPEECH DEFECTS IN THE EDUCATION OF PARALYZED CHILDREN." Galaxy International Interdisciplinary Research Journal 11.11 (2023): 348-352.

9. Khurshid, Makhmudov. "VIEWS OF EASTERN THINKERS ON THE EDUCATION OF CHILDREN WITH SPECIAL NEEDS." Open Access Repository 9.11 (2023): 210-215.

10. Xurshid, Maxmudov. "Maxsus yordamga muxtoj bolalar oilalari bilan olib boriladigan psixoterapevtik ish." Confrencea 12.12 (2023): 326-331.

11. Шатунова, Ольга Васильевна, et al. "Проблемы создания инклюзивной образовательной среды в школах Республики Узбекистан." Педагогика, психология, общество: от теории к практике. 2023.

12. Mahmudova, M. S., and D. T. Akhmedova. Study of the prevalence of cardiovascular diseases in combination with obesity. Diss. 2022.

13. Махмудова, Мадинахон Собирхоновна. "Особенности работы с детьми с задержкой психического развития в условиях инклюзивного образования." Психолого-педагогическое сопровождение общего, специального и инклюзивного образования детей и взрослых. 2023.

14. Madinakhan, Makhmudova, and Khasanova Iroda. "SPECIFIC FEATURES OF DYSARTHRIA SPEECH DISORDER IN CHILDREN WITH SPEECH DEFICIENCY." American Journal of Interdisciplinary Research and Development 16 (2023): 42-45.

15. Madinakhan, Makhmudova, and Rozmatova Odinakhan. "STAGES OF UPBRINGING AND DEVELOPMENT OF SPEECH-IMPAIRED CHILDREN IN THE FAMILY." American Journal of Interdisciplinary Research and Development 16 (2023): 33-37.

16. Sobirkhonovna, Makhmudova Madinakhon. "Pedagogical Significance Of The Use Of Modern Methods In The Process Of Effective Organization Of Independent Education Of Students." Onomazein hosts unpublished articles derived from scientific research (2023):

1998-2005.

17. Madinakhan, Makhmudova. "THE THEORETICAL SIGNIFICANCE OF THE DEVELOPMENT OF THE PROFESSIONAL COMPETENCE OF THE TUTOR OF A SPECIAL EDUCATIONAL INSTITUTION." Galaxy International Interdisciplinary Research Journal 11.11 (2023): 353-356.

18. Madinakhan, Makhmudova. "THE UNIQUE PROCESSES OF FAMILIARIZING PRESCHOOL CHILDREN WITH HEARING IMPAIRMENT WITH THE ENVIRONMENT." Galaxy International Interdisciplinary Research Journal 11.11 (2023): 553-556.

19. Sobirkhanovna, Makhmudova Madinakhan, and Jorayeva Dilzodakhan. "CHARACTERISTICS OF DIFFERENT LEVELS OF MANIFESTATION OF THE DISEASE IN CHILDREN WITH AUTISM SYNDROME." Galaxy International Interdisciplinary Research Journal 11.11 (2023): 1076-1080.

20. Maxmudova, Madinaxon. "Maxsus ta'lim muassasasi tarbiyachisining kasbiy kompetentligini rivojlantirishning nazariy ahamiyati." Confrencea 12.12 (2023): 343-347.

21. Madinaxon, Maxmudova, and Sattorova Sitarabonu. "Nutqiy muammolari mavjud bolalarning ruhiy rivojlanishining o'ziga xos jihatlari." Confrencea 12.12 (2023): 354-358.

22. Madinaxon, Maxmudova, and Shokirova Nargiza. "Bola nutqining normal rivojlanishida nutq faoliyatining fiziologik ahamiyati." Confrencea 12.12 (2023): 359-365.

23. Madinaxon, Maxmudova, and Akramova Zeboxon. "Maktabgacha yoshdagi eshitishida nuqsoni mavjud bolalarni atrof-olam bilan tanishtirishning o'ziga xos jarayonlari." Confrencea 12.12 (2023): 348-353.

24. Sobirxonovna, Maxmudova Madinaxon, and Tilovmurodova Mohlaroyim. "Nutq kamchiligiga ega bo'lgan bolalar bilan logopedik mashg'ulotlarni tashkil etishda milliy ertaklarning ahamiyati." Confrencea 12.12 (2023): 371-375.

25. Shukhratovich, Makhmudov Khurshid. "WAYS TO OVERCOME SPEECH DEFECTS IN THE EDUCATION OF PARALYZED CHILDREN." Galaxy International Interdisciplinary Research Journal 11.11 (2023): 348-352.

26. Mahmudova, M. S., and D. T. Akhmedova. Study of the prevalence of cardiovascular diseases in combination with obesity. Diss. 2022.

27. Shukhratovich, Makhmudov Khurshid, and Khomidova Shahribonu. "PEDAGOGICAL TASKS OF SPEECH THERAPIST AND PARENT COOPERATION IN ELIMINATING SPEECH DEFECTS." American Journal of Interdisciplinary Research and Development 16 (2023): 38-41.

28. Shukhratovich, Makhmudov Khurshid. "IMPORTANT ASPECTS OF COLLABORATIVE ACTIVITIES IN THE PROCESS OF INCLUSIVE EDUCATION." (2023).

29. Shukhratovich, Makhmudov Khurshid. "WAYS TO OVERCOME SPEECH DEFECTS IN THE EDUCATION OF PARALYZED CHILDREN." Galaxy International Interdisciplinary Research Journal 11.11 (2023): 348-352.

30. Madinakhan, Makhmudova. "THE THEORETICAL SIGNIFICANCE OF THE DEVELOPMENT OF THE PROFESSIONAL COMPETENCE OF THE TUTOR OF A SPECIAL EDUCATIONAL INSTITUTION." Galaxy International Interdisciplinary Research Journal 11.11 (2023): 353-356.

31. Saule, Zhakipbekova, and Madinaxon Maxmudova Sobirxonovna. "DISRUPTION OF SPEECH, WHICH IS NOT VISIBLE IN RETARDATION OF MENTAL

DEVELOPMENT." Academia Science Repository 4.7 (2023): 46-50.

32. Maxmudova, Madinaxon, and Iroda Xasanova. "DIZARTRIYA NUTQ BUZILISHI TOVUSHNING TALAFFUZ TOMONIDAN BUZILISHI SIFATIDA." Interpretation and researches 1.1 (2023).

33. Madinakhan, Makhmudova, and Rozmatova Odinakhan. "STAGES OF UPBRINGING AND DEVELOPMENT OF SPEECH-IMPAIRED CHILDREN IN THE FAMILY." American Journal of Interdisciplinary Research and Development 16 (2023): 33-37.

34. Sobirkhanovna, Makhmudova Madinakhan, and Yoldosheva Jumagul. "PROVIDING QUALITY EDUCATION IN THE PROCESS OF IMPROVING THE QUALITY AND EFFICIENCY OF EDUCATION-THE REQUIREMENT OF THE TIME." American Journal of Interdisciplinary Research and Development 16 (2023): 29-32.

35. Madinakhan, Makhmudova, and Khasanova Iroda. "SPECIFIC FEATURES OF DYSARTHRIA SPEECH DISORDER IN CHILDREN WITH SPEECH DEFICIENCY." American Journal of Interdisciplinary Research and Development 16 (2023): 42-45.

36. Maxmudova, M. S. "Logopediya."

37. Sobirkhonovna, Mahmudova Madina. "THE IMPORTANCE OF THE USE OF PROJECT TECHNOLOGY IN THE DEVELOPMENT OF PROFESSIONAL COMPETENCIES OF STUDENTS IN THE PROCESS OF INDEPENDENT LEARNING." EURASIAN EDUCATION, SCIENCE AND INNOVATION (2020): 29.

38. Sobirxonovna, Maxmudova Madinaxon. "GENEALOGY OF SCHOLARS AFTER THE 15TH CENTURY iN THE STUDY OF SPEECH DEFiCiT." Confrencea 11.11 (2023): 2125.

39. Sobirxonovna, Maxmudova Madinaxon. "The genealogy of thoughts of the manifestations of ancient antiquity in the study of the speech deficit of dislaliya." Confrencea 11.11 (2023): 1720.

40. Sobirkhonovna, Makhmudova Madinakhan, and Goyipova Nodira. "Theoretical aspects of the development of academic mobility of future speech therapists in dual education." Asian Journal of Multidimensional Research 11.12 (2022): 148-154.

41. Dildora, Madinahan Makhmudova Musayeva. "THEORETICAL SIGNIFICANCE OF THE DEVELOPMENT OF PROFESSIONAL COMPETENCE OF THE EDUCATOR OF A SPECIAL EDUCATIONAL INSTITUTION ON THE BASIS OF NATIONAL VALUES." Confrencea 12.2 (2023): 170-178.

42. Махмудова, Мадинахон Махмудов Хуршид. "Нутки тули; ривожланмаган мактабгача ёшдаги болаларни ёзма нуткка тайёргарлигини шакллантириш муаммолари." Confrencea 12.2 (2023): 179-186.

43. Махмудова, Мадинахон Махмудов Хуршид. "Мактабгача тарбия ёшидаги болаларни ёзиш ва укиш куникмаларини эгаллашга тайёрлаш." Confrencea 12.2 (2023): 187-192.

44. Sobirkhanovna, Makhmudova Madinakhan, and Vakhobova Munirakhan Sadirdinovna. "PECULIARITIES OF SPEECH OF CHILDREN WITH MOTOR ALALIA SPEECH DISORDER." Open Access Repository 4.3 (2023): 851-858.

45. Sobirkhanovna, Makhmudova Madinakhan, and Akhmedova Vazirakhan. "EFFECTIVE ORGANIZATION OF CORRECTIONAL-LOGOPEDIC WORK IN CHILDREN WITH CEREBRAL PALSY." Open Access Repository 4.3 (2023): 134-141.

46. Sobirkhanovna, Makhmudova Madinakhan. "SOCIO-PEDAGOGICAL FOUNDATIONS OF INCREASING THE EFFECTIVENESS OF INDEPENDENT EDUCATION OF

STUDENTS IN HIGHER EDUCATION." International Journal of Early Childhood Special Education 14.6 (2022).

47. Dildora, Madinahan Makhmudova Musayeva. "THEORETICAL SIGNIFICANCE OF THE DEVELOPMENT OF PROFESSIONAL COMPETENCE OF THE EDUCATOR OF A SPECIAL EDUCATIONAL INSTITUTION ON THE BASIS OF NATIONAL VALUES." Confrencea 4.04 (2023): 170-178.

48. Sobirkhanovna, Makhmudova Madinakhan. "PECULIARITIES OF WORKING WITH CHILDREN WITH MENTALLY RELATED IN THE CONDITIONS OF INCLUSIVE EDUCATION." (2023).

49. Madinakhan, Makhmudova, and Abdukhakimova Zumradkhan. "WAYS OF FORMING THE READINESS OF CHILDREN WITH UNDERDEVELOPED SPEECH FOR WRITTEN SPEECH." (2023).

50. Madinakhan, Makhmudova, and Abduvahobova Irodakhan. "PECULIARITIES IN THE DEVELOPMENT OF PRESCHOOL CHILDREN WITH MENTAL RETARDATION." (2023).

51. Махмудова, Мадинахон Махмудов Хуршид. "Нутки тули; ривожланмаган мактабгача ёшдаги болаларни ёзма нуткка тайёргарлигини шакллантириш муаммолари." Confrencea 4.04 (2023): 179-186.

52. Махмудова, Мадинахон Махмудов Хуршид. "Мактабгача тарбия ёшидаги болаларни ёзиш ва укиш куникмаларини эгаллашга тайёрлаш." Confrencea 4.04 (2023): 187-192.

53. Shukhratovich, Makhmudov Khurshid, and Isodullayeva Iqboloy. "PHYSIOLOGICAL FOUNDATIONS OF SPEECH ACTIVITY." Open Access Repository 4.3 (2023): 765-771.

54. Shukhratovich, Makhmudov Khurshid, and Tahirova Mahliyo. "Ways To Increase The Vocabulary Of Mentally Retarded Children Of Preschool Age Based On Plot Role-Playing Games." International Journal of Early Childhood Special Education 15.2 (2023).

55. Shukhratovich, Makhmudov Khurshid. "IMPORTANT ASPECTS OF COLLABORATIVE ACTIVITIES IN THE PROCESS OF INCLUSIVE EDUCATION." (2023).

56. Shukhratovich, Makhmudov Khurshid, and Khomidova Shahribonu. "PEDAGOGICAL TASKS OF SPEECH THERAPIST AND PARENT COOPERATION IN ELIMINATING SPEECH DEFECTS." American Journal of Interdisciplinary Research and Development 16 (2023): 38-41.

57. Shukhratovich, Makhmudov Khurshid. "Importance of didactic games in speech development of mentally retarded children." Asian Journal of Multidimensional Research 11.11 (2022): 2023.

58. Shuxratovich, Maxmudov Xurshid. "Socio-Psychological Of Children With Speech Impairment Adaptation Features." INTERNATIONAL JOURNAL OF SOCIAL SCIENCE & INTERDISCIPLINARY RESEARCH ISSN: 2277-3630 Impact factor: 7.429 11.11 (2022): 243-248.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.