Научная статья на тему 'AQLI ZAIF BOLALARNI MULOQOTGA KIRISHISHGA O’RGATISH'

AQLI ZAIF BOLALARNI MULOQOTGA KIRISHISHGA O’RGATISH Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
2042
93
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Aqli zaif bola / tafakkur / didaktik o’yinlar / impressiv / psixika / pedagog.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Xalimova Ozoda Ma’Murjon Qizi

Ushbu maqolada aqli zaif bolalarga pedagogik-psixologik ta’lim berish, muloqatga kirishishni ta’minlash hamda o’z-o’ziga xizmat ko’rsatishni o’rgatish va fikrlarini jamiyatga yetkazib berish kabi masalalar yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «AQLI ZAIF BOLALARNI MULOQOTGA KIRISHISHGA O’RGATISH»

INNOVATION: THE JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES AND RESEARCHES

VOLUME 1, ISSUE 4, 2023

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

"AQLI ZAIF BOLALARNI MULOQOTGA KIRISHISHGA O'RGATISH"

Xalimova Ozoda Ma'murjon qizi

Namangan Davlat Universiteti Pedagogika-psixologiya fakulteti Defektalogiya (Logopediya)yo'nalishi 3-bosqich talabasi.

Annotasiya: Ushbu maqolada aqli zaif bolalargapedagogik-psixologik ta 'lim berish, muloqatga kirishishni ta 'minlash hamda o'z-o'ziga xizmat ko 'rsatishni o 'rgatish va fikrlarini jamiyatga yetkazib berish kabi masalalar yoritilgan.

Kalit so'zlar: Aqli zaif bola, tafakkur, didaktik o'yinlar, impressiv, psixika, pedagog.

https://doi.org/10.5281/zenodo.7525966

ОБУЧЕНИЕ ПОСЕЩЕНЫХ ДЕТЕЙ, ЧТОБЫ ПРИЕМИТЪ

Халимова Озода дочь Мамурджана.

Наманганский Государственный Университет Факултет Педагогики и психологии студентка 3 ступени курса дефектологии (логопедия ) Аннотация: Эта статья охватывает педагогическое и психологическое образование для умственно отсталых детей, содействие диалогу и обучению самообслуживанию и передаче идей обществу.

Ключевые слова: Умственно отсталый ребенок, отражать, дидактические игры, оттиск, душа, педагоги

TRAINING VISITABLE CHILDREN TO ADMIT Halimova Ozoda Mamurjan's daughter Namangan State University Faculty of pedagogy and Psychology 3 rd stage student of

Defectology ( Speechology) course

Abstract: This article covers pedagogical and psychological education for mentally retarded children, facilitating dialogue and teaching self-service and communicating ideas to society.

Keywords: A mentally retarded child, thinking, didactic games, impressiv, psychology, educator

Hozirgi paytda aqli zaif bolalarga muloqotga kirishish vazifasi kichik guruhdan boshlab qo'yilmoqda. Bolalar savollarga qisqa va kengroq javob berishga, shoshilmay atrofdagilarga tushunarli qilib, keragicha baland ovoz bilan o'z fikrini bayon etishga o'rgatiladi. Bolalarda bir-birining javobini e'tibor bilan tinglash, o'zaro to'ldirish va tuzatish kabi qobiliyatlar tarbiyalanadi. Ular kichik guruhdagi yakka-yakka so'zlashishdan tashkiliy jamoa muomilaga bir so'zli va umumiy javoblardan atrofdagilarga tushunarli bo'lgan qisqa va yoyiq shaklda mazmunli javob berishga o'tadilar. Ushbu vazifalarni hal etishda boladan mantiqiy tafakkurlash jarayonlari-analiz, sintez, umumlashtirish, taqqoslashning yetarlicha yuqori darajada bo'lishini talab qiladi. Aqli zaif bolalar uchun aqliy yetishmovchilik

INNOVATION: THE JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES AND RESEARCHES

VOLUME 1, ISSUE 4, 2023

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

xarakterlidir, atrof-muhitdagi narsalar va voqealar o'rtasidagi aloqa va bog'liqlikni belgilay olmaslikka analiz va sintez qilishga qobiliyat yo'qligida ifodalanadi. Aqli zaif bolaning tafakkuri yaqqol-obrazli situatsion xarakterda bo'ladi va o'ziga xos xususiyatlarga ega. Aqli zaif bolalarni muloqotga o'rgatishga bir tomondan, ularning nutqini rivojlanish xususiyatlariga va qiyinchiliklarni hisobga olishga, ikkinchi tomondan bolalarning mavjud imkoniyatlarini nazarda tutish muhimdir. Pedagog aqli zaif bola nutqiga ta'sir ko'rsatishning xilma-xil yo'llaridan foydalanadi, Maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalar o'yin vaqtlarida, kun tartibidagi vazifalarni hal qilish jarayonida, o'yinchoqlarni ko'rish jarayonida muloqotga kirishishga harakat qiladilar. Pedagog bola, tezda tushunib yetadigan va tez ma'qullaydigan so'zlashish mavzusini oldindan tayyorlab qo'yishi kerak («Bu mashinani senga kim olib berdi?», «Sening qanday o'yinchoqlaring bor?» va hokazo). Kun mobaynida pedagog har bir bola bilan yakka-yakka muloqotga kirishishga ahamiyat berishi zarur, sayr qilish vaqtlaridan foydalanish mumkin. Pedagog ularni ovqat vaqtida sekin, tartibli so'zlashishga o'rgatadi, og'zida ovqat bilan hech qachon so'zlamaslikni uqtiradi. Maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalarni muloqotga kirshishida «Oila», «Bog'cha», «Do'konda», keyinroq «Maktab» kabi rolli o'yinlar katta ahamiyatga ega. Katta guruhlarda katta yoshdagi kishilar bilan muomalada bo'lish, jamoat joylarida so'zlashish odobi qoidalariga amal qilish malakasiga ko'p e'tibor beriladi. Nutqning o'z vaqtida to'g'ri egallash bolaga atrofdagi odamlar bilan erkin muloqotda bo'lish imkonini beradi. Aqli zaif bolalarning impressiv ya'ni ichki nutqi, ekspressiv ya'ni tashqi nutqiga nisbatan ancha orqada qolgan bo'ladi. Kuzatish va ekskursiyalar jarayonlarida boyib boradigan sezgi, idrok tasavvurlarni aniqlash, chuqurlashtirish, mustahkamlash va sistemalashtirish zarur. Bu bolalarda bilimlarni axloqiy tasavvur va hislarni,tevarak-atrofga nisbatan ongli munosabatni tarkib toptirish jarayonida katta ahamiyatga ega. Maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalarni tevarak-atrof bilan tanishtirishda kuzatishlar, ekskursiyalar o'tkazish, surat va diafilmlarni ko'rsatishni, pedagogning suhbati, so'zlab berishi va didaktik o'yin bilan qo'shib olib borish kerak. Muloqot qilish jarayonida suhbatning ahamiyati kattadir. Aqli zaif bolalar uyda va bolalar bog'chasida har kuni duch keladigan buyumlar: «O'yinchoqlar haqida», «Kiyim-bosh va poyabzal haqida», «Idishlar haqida», «Maktab qurollari haqida», «Yuvinish uchun kerakli narsalar haqida» suhbatlar o'tkazish kerak. Shuningdek, «Bahorda bizning bog'», «Qishlovchi va uchib ketuvchi qushlar», «Uy va yowoyi hayvonlar», «O'rmonda hayvonlar qanday qishlaydi», «Yil fasllari», «Meva va sabzavotlar» kabi mavzu o'tkaziladigan tabiat haqida suhbatlar alohida o'rin egallaydi. Aqli zaif bolalar bilan olib boriladigan muloqot jarayonlari ko'proq uning bevosita kuzatishlari bilan bog'langan bo'lishi lozim. 4-5 yoshli bolalar bilan muloqotga kirishish juda aniq ularga yaxshi tanish bo'lgan buyum va hodisalar haqida bo'lishi kerak. Maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalar didaktik o'yinda o'yin qoidasiga rioya qilish orqali aniq vazifani bajarishga harakat qiladilar. O'yin vazifasin bajarish uchun boladan o'z diqqatini bir yerga to'plash, kuzatuvchanlik, esda qoldirish kabi faol aqliy faoliyat talab qilinadi. Didaktik o'yinlar asosida aqli zaif bolalarning jismoniy va psixik nuqsonlari to'g'rilab boriladi hamda bilish faoliyatlari shakllantiriladi. Didaktik o'yinlar orqali bolalar atrof-muhitni to'g'ri tushunib, anglay boshlaydi. Bolalarga beriladigan didaktik o'yinlar ularning atrof-muhitdan olgan taassurotlarini, tushunchalarini mustahkamlash va chuqur anglashga yordam beradi. Shu bilan birga yangi bilimlarni

INNOVATION: THE JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES AND RESEARCHES

VOLUME 1, ISSUE 4, 2023

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

o'zlashtirish va so'z bilan ifodalash vositasi bo'lib xizmat qiladi. Maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalarga defektolog qo'g'irchoqlar bilan didaktik mashg'ulotlar tashkil qilib, qo'g'irchoq bilan uncha katta bo'lmagan sahna ko'rinishini ijro etadi. O'yin vaqtida u qo'g'irchoq nomidan gapiradi, bolalarga savollar beradi, javob beradi, aytib turadi, so'zlarni takrorlashni so'raydi. Maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalar o'z tasurotlarini tinglovchilarga bildirishda qiyinchiliklarga duch keladilar. Ularning hikoyalari hamma vaqt ham tinglovchilarga tushunarli bo'lavermaydi. Bunga sabab aqli zaif bolalarning keng monolog tarzida so'zlashni juda bo'sh egallaganliklaridir. Monolog tarzida gapirish deganda bir shaxsning tinglovchilarga qaratilgan keng, batafsil nutqi tushuniladi. Me'yorda rivojlanayotgan bolalar ko'pincha o'z ta'surotlarini boshqalarga hikoya qilib berishga intiladilar, ko'rganlari haqida ma'noli, tushunarli va mantiqiy hikoya qilib berish, o'z fikrini to'g'ri tuzilgan jumlalar bilan ifoda etish imkonini beradigan og'zaki nutq shaklini egallashga ehtiyoj paydo bo'ladi. Monolog tarzda gapirish me'yorda rivojlanayotgan bolalarda 5 yoshda paydo bo'ladi. Bu davrda bolada mantiqiy tafakkur rivojlana boshlaydi, ko'proq so'z boyligi yig'iladi, u ona tilining grammatik tuzilishi asoslarini o'zlashtiradi. 7 yoshda bolalar og'zaki nutqning asosiy shakllarini, ya'ni dialogik tarzda so'zlash va monologik tarzda so'zlashni egallagan bo'ladilar. Kuzatishlar shuni ko'rsatadiki, aqli zaif bolalarda dastlabki so'zlarning kechikib hosil bo'lishi (dastlabki so'zlar 3-4 va hatto 5 yoshlarda paydo bo'ladi), so'z birikmalarini egallash davrining sekin va qiyinchilik bilan kechishi, so'zlardan gaplarni tuzish uzoq vaqt talab etilishi, nutqiy ijodiyotda mustaqillikning yetishmasligi, nutqiy faollik darajasining pastligi, nutqiy muloqot kambag'alligi kuzatiladi. Baholash faqatgina hikoyasi baholanayotgan bolagagina ta'sir etib qolmay, qolgan bolalarga, ular tuzishi lozim bo'lgan hikoyalarga ham ta'sir etadi. Bolalar bahoni tinglab, pedagog maqtaganlarga taqlid qiladilar. Har bir bolaning hikoyasiga mufassal baho berish shart emas. Lekin ba'zi hikoyalarning qimmatli tomoni, ya'ni mustaqilligi, izchilligi haqida to'xtab o't iladi. Aqli zaif bola nutqini egallashning o'ziga xosliklarini tekshirish, ular bilan ishlash mazmuni va usullarini aynan maktabgacha yoshda, ya'ni nutqini egallash uchun eng ma'qul bo'lgan davrda o'rganish muhimdir. Aqli zaif bolalar nutqini o'stirish qiyin kechsa-da, ta'lim-tarbiya jarayonida nutq hamisha diqqat markazida turishi lozim. Nutq tarbiyasi talim asosini tashkil qiladi.

Xulosa o'rnida shuni aytish mumkunki: aqli zaif bolalar nutqini o'rganish dolzarb masalalardan biridir. Bolalarda nutqning o'sishiga yordam beradigan vositalarni yoki uni orqada qolish sababini aniqlash bu jarayonga muvofiq pedagogik ta'sirni tashkil etishning kaliti bo'lib xizmat qiladi. Aqli zaif bolalar nutqidagi kamchiliklar ularning bog'lanishli nutqini shakllantirishda bir qator muammolarni keltirib chiqaradi. Materialning ma'nosini anglash qiyinchiliklari, hodisalarning mantiqini tushuna olmaslik, vaqt haqidagi tasavvurlarning yetishmasligi, mavzudan chalg'ib ketish, shuningdek, tevarak-atrofdagi predmet va hodisalar haqidagi yetarli ma'lumotga ega emasliklari oqibatida ularning so'z boyliklari kambag'allashadi va muloqotga kirishishni qiyinlashtiradi. Maxsus maktabgacha tarbiya muassasalarining oldida bolalar nutqini o'stirish vazifasi turadi. Bunda aqli zaif bolalarga o'z fikrini, istak-orzusini, hissiyotini aniq ifoda etish, ona tilida kishilar bilan aloqa o'rnatishda, hayotga o'rgatish jarayonida foydalanishga o'rgatish, aqliy jihatdan kamchililarni bartaraf etish, ijtimoiy hayotga moslashtirish, hamda yordamchi maktab ta'limiga tayyorlashdan iborat.

INNOVATION: THE JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES AND RESEARCHES

VOLUME 1, ISSUE 4, 2023

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

Foydalanilgan adabyotlar ro'yxati:

1. Mamedov Q, SHoumarov G. Aqli zaif bolalar psixologiyasi. Toshkent, 1994-yil

2. Рубинштейн С.Я. Психология умственно отсталого школьника, М 1986-yil

3. Hamidova M. Aqli zaif bolalarda so'z boyligini oshirishning korreksion -pedagogik asoslari.

4. Po'latxo'jayeva M.R. Defektalogiyaning klinik asoslari-T. 2012 yil

5. M. Ayupova "Logopediya " 2007 yil

6. Shomaxmudova R. Sh. Mo'minova L. Bolalar nutqidagi nuqsonlar va ularni bartaraf etish.-T 1994-yil

7. " Logopediya" ( L. S. Volkova tahriri ostida ).- M.1989-yil

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.