Научная статья на тему 'ANTROPONIMLARNING IJTIMOIY LINGVISTIK AHAMIYATI: IJTIMOIY TABAQALANISH, GEOGRAFIK KELIB CHIQISHI VA GENDER KO‘RSATKICHI SIFATIDA'

ANTROPONIMLARNING IJTIMOIY LINGVISTIK AHAMIYATI: IJTIMOIY TABAQALANISH, GEOGRAFIK KELIB CHIQISHI VA GENDER KO‘RSATKICHI SIFATIDA Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
10
3
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ijtimoiy / antroponim / shaxs ismi / identifikator / indikator / madaniy / ijtimoiy mavqe’ / gender roli / social / anthroponym / personal name / identifier / indicator / cultural / social status / gender role

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Sodiqova Sabohat Ilhom Qizi

Antroponimlar yoki shaxs ismlari madaniyatlar o‘rtasidagi o‘ziga xoslik va ijtimoiy farqning muhim belgilari bo‘lib xizmat qiladi. Ushbu maqola nomlash an’analari ijtimoiy tabaqalanish, geografik kelib chiqish va jamiyatlardagi gender rollarini qanday aks ettirishi va davom ettirishini o‘rganadi. Lingvistik va sotsiologik nuqtai nazardan kelib chiqib, nomlarning madaniy, tarixiy va ijtimoiy ma’lumotlarni yetkazish xususiyati rivojlanib borishi o‘rganiladi. Turli lingvistik kontekstlardan misollarni tahlil qilish orqali tadqiqot antroponimlarning ham shaxsiy identifikator, ham ijtimoiy ko‘rsatkich sifatidagi ikki tomonlama rolini ta’kidlaydi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE SOCIOLINGUISTIC SIGNIFICANCE OF ANTHROPONYMS: INSIGHTS INTO NAMES AS INDICATORS OF SOCIAL STRATIFICATION, GEOGRAPHIC ORIGINS, AND GENDER ROLES

Anthroponyms, or personal names, serve as essential markers of identity and social distinction across cultures. This article explores how naming traditions reflect and perpetuate social stratification, geographical origins, and gender roles within societies. Drawing on linguistic and sociological perspectives, it examines how names evolve to convey cultural, historical, and social information. By analyzing examples from various linguistic contexts, the study highlights the dual role of anthroponyms as both personal identifiers and societal indicators.

Текст научной работы на тему «ANTROPONIMLARNING IJTIMOIY LINGVISTIK AHAMIYATI: IJTIMOIY TABAQALANISH, GEOGRAFIK KELIB CHIQISHI VA GENDER KO‘RSATKICHI SIFATIDA»

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 3 | Issue 14 | April, 2023 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org

Sodiqova Sabohat Ilhom qizi

Xalqaro Nordik Universiteti katta o'qituvchisi

ANTROPONIMLARNING IJTIMOIY LINGVISTIK AHAMIYATI: IJTIMOIY TABAQALANISH, GEOGRAFIK KELIB CHIQISHI VA GENDER

KO'RSATKICHI SIFATIDA СОЦИОЛИНГВИСТИЧЕСКОЕ ЗНАЧЕНИЕ АНТРОПОНИМОВ: ВЗГЛЯД НА ИМЕНА КАК ИНДИКАТОРЫ СОЦИАЛЬНОЙ СТРАТИФИКАЦИИ, ГЕОГРАФИЧЕСКОГО ПРОИСХОЖДЕНИЯ И ГЕНДЕРНЫХ РОЛЕЙ

THE SOCIOLINGUISTIC SIGNIFICANCE OF ANTHROPONYMS: INSIGHTS INTO NAMES AS INDICATORS OF SOCIAL STRATIFICATION, GEOGRAPHIC ORIGINS, AND GENDER ROLES

Annotatsiya

Antroponimlar yoki shaxs ismlari madaniyatlar o'rtasidagi o'ziga xoslik va ijtimoiy farqning muhim belgilari bo'lib xizmat qiladi. Ushbu maqola nomlash an'analari ijtimoiy tabaqalanish, geografik kelib chiqish va jamiyatlardagi gender rollarini qanday aks ettirishi va davom ettirishini o'rganadi. Lingvistik va sotsiologik nuqtai nazardan kelib chiqib, nomlarning madaniy, tarixiy va ijtimoiy ma'lumotlarni yetkazish xususiyati rivojlanib borishi o'rganiladi. Turli lingvistik kontekstlardan misollarni tahlil qilish orqali tadqiqot antroponimlarning ham shaxsiy identifikator, ham ijtimoiy ko'rsatkich sifatidagi ikki tomonlama rolini ta'kidlaydi.

Kalit so'zlar: ijtimoiy, antroponim, shaxs ismi, identifikator, indikator, madaniy, ijtimoiy mavqe', gender roli.

Аннотация

Антропонимы, или личные имена, служат важными маркерами идентичности и социальных различий в разных культурах. В этой статье рассматривается, как традиции именования отражают и сохраняют социальную стратификацию, географическое происхождение и гендерные роли в обществах. Опираясь на лингвистические и социологические перспективы, в ней рассматривается, как имена эволюционируют, чтобы передавать

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 3 | Issue 14 | April, 2023 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org

культурную, историческую и социальную информацию. Анализируя примеры из различных лингвистических контекстов, исследование подчеркивает двойную роль антропонимов как личных идентификаторов и социальных индикаторов.

Ключевые слова: социальный, антропоним, личное имя, идентификатор, показатель, культурный, социальный статус, гендерная роль.

Abstract

Anthroponyms, or personal names, serve as essential markers of identity and social distinction across cultures. This article explores how naming traditions reflect and perpetuate social stratification, geographical origins, and gender roles within societies. Drawing on linguistic and sociological perspectives, it examines how names evolve to convey cultural, historical, and social information. By analyzing examples from various linguistic contexts, the study highlights the dual role of anthroponyms as both personal identifiers and societal indicators.

Key words: social, anthroponym, personal name, identifier, indicator, cultural, social status, gender role.

KIRISH

Har bir xalqda shaxs uchun ism tanlashning o'ziga xos an'analari mavjud. Bu an'analar antroponimning tuzilishi, uning komponentlarida namoyon bo'lishi, undagi har bir component o'zida etnolingvistik xususiyatni mujassamlashtirishi mumkin. Antroponimlarning har bir turi umumiy bir vazifa - ya'ni shaxni jamiyatda boshqalardan farqlash uchun xizmat qiladi. Bu vazifani bajarishda ismlar shaxni individuallashtirishni yuqori darajada amalga oshira oladi. Familiya, ota ismi, taxallus yoki boshqa shu kabi komponentlar esa shaxsni xalqning tarixiy-madaniy, ijtimoiy, diniy, geografik kelib chiqishini ko'rsatib bera oladi. Shu sababli antroponimlar nafaqat tilshunoslikning, balki sotsiologiya, xususan, sotsiolingvistikaning ham o'rganish obyekti hisoblanadi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Antroponimlarni ijtimoiy nuqtai nazardan o'rganish inson ismi yoki familiyasi jamiyatda unga beriladigan maqom, u haqidagi tasavvurni shakllantirishga qay darajada bog'liq ekanligini tushunishga imkon beradi. Sotsiolingvistik jihatdan antroponimlar muhim yuridik funksiyani - ya'ni

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 3 | Issue 14 | April, 2023 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org

shaxsni jamiyatda identifikatsiyalash - ya'ni uning shaxsiyatini tasdiqlash vazifasini bajaradi [6]. Shu bilan birga ismlar ijtimoiy jarayonlarning indikatori bo'lib xizmat qilishi ham mumkin. Rossiyalik nomshunos olima A.V. Superanskaya "Имя через века и страны" kitobida ismlar, ularning paydo bo'lish manba'lari haqida salmoqli ma'mumotlar berish bilan birga, antroponimlarning indikatorlik xususiyati haqida ham fikr yuritadi. [4]. M.Yu. Mamajonov "Antroponimlar - diskurs relevanti sifatida" nomli dissertatsiyasida o'xshash fikrlarni taqdim etgan, ammo muallif antroponimning o'zini emas, balki, uning asos qismiga qo'shimcha sifatida qo'shilgan elementlarni ijtimoiy holatni, jinsni, e'tiqod va ishonchni, nasl-nasabni ifodalovchi indikator sifatida yoritib bergan [3]. Mazkur maqolada tahlil, qiyoslash metodlari yordamida ingliz tili va o'zbek tilidagi antroponimlarning ijtimoiy indikatorlik xususiyati o'rganilgan.

NATIJA VA MUHOKAMA

Adabiyotlar tahlili davomida o'rganilgan fikrlarga asoslanib aytish mumkinki, antroponimlar a) ijtimoiy tabaqalanish; b) geografik kelib chiqish va migratsiya; c) gender roli va u bilan bog'liq o'zgarishlar haqida ma'lumot berishi mumkin.

Ijtimoiy tabaqalanish indikatori: Kishi ismi ijtimoiy maqomni, tabaqalanishni aks ettirgani, ma'lum bir ijtimoiy sinf, guruh yoki madaniy kontekstga a'zolikni ko'rsatgan juda ko'plab misollarni ko'rishimiz mumkin. Ingliz tili misolida Yevropa kontekstida bu holat shaxsiy ismga maqomni ko'rsatuvchi tegishli titul so'zlarni qo'shish orqali yuzaga keladi. Zodagonlar, aristokratlarga mansublikka ishora qiluvchi Duke (Gertsog), Duchess (Gertsoginya), Earl (graf), Countess (grafinya) kabi so'zlar jamiyatning aynan yuqori qatlamiga mansub zodagon oilalargina ishlatishi mumkin bo'lgan leksik birliklar hisoblansa, Victoria, Charles, Elizabeth, William kabi ismlar an'anaviy ravishda Britaniya qirolligi bilan bog'lanib, nasl-nasab va aristokratik merosni ko'rsatadi.

Amerikada kontekstida esa AQSh prezidentlari, mamlakat asoschisi, mamlakatdagi yuqori e'tiborga ega bo'lgan shaxslarning ismlaridan ilhomlanib, ularning yetakchiligi va mavqeiga qoyil qolishni aks ettiruvchi ismlar ko'p uchraydi: Madison, Jefferson, George, Monroe, Abraham, Benjamin va shu kabilar. Familiyalarni ism sifatida ishlatish ham ba'zan ijtimoiy mavqeni yoki tarixiy shaxslar va rahbarlarga hurmatni bildirishi mumkin: Jackson, Kennedy, Carter.

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 3 | Issue 14 | April, 2023 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org

O'lkamiz tarixiga nazar solsak, ma'lum davrlarda o'zbek tilidagi to'liq ismlar ham bunday ijtimoiy tabaqalanish indikatori sifatida xizmat qilganini ko'rish mumkin. Masalan, Amir Temur - Temur ismi oldida "amir" so'zining qo'shib islatilishi davlat amiri ya'ni rahbarigagina xos bo'lib, uning maqomini ko'rsatgan. Mirzo Ulug'bek, Mirzo Bobur, Shoxrux Mirzo kabi ismlarda "mirzo" so'zi podishoh oilasiga mansublikni ifoda etgan. Xonliklar davrida har bir xoning ismiga "xon" so'zi qo'shib Xudoyorxon, Olimxon, Yunusxon kabi aytilishi ham aynan ijtimoiy maqomni belgilab beruvchi ko'rsatkich bo'lgan.

Bundan tashqari irland tilidan kirib kelgan bo'lsa-da, ingliz ismlariga qo'shiladigan "O" - "-dan kelib chiqqan" (O'Connor, O'Henry, O'Neill) yoki "Mac/Mc" - "- ning o'g'li" (MacCallister, McDonald) kabi old qo'shimchalari ham ma'lum bir oilaga mansublikni ko'rsatadi. O'zbek tilida ham o'xshash holat tojik tilidan kirib kelgan "zoda" qo'shimchasining ishlatilishida kuzatiladi: Shohista Sattorzoda. Ammo shuni aytib o'tish kerakki, o'zbek ismlariga qo'shilgan "-zoda" qo'shimchasi to'g'ridan to'g'ri tarjimada "qizi" ma'nosini bildirib "Sattor qizi" deb tarjima qilinishi va sharif (otasining ismi) sifatida qo'llanilishi, yoki "Sattorovlar oilasiga mansub" degan ma'noda familiya o'rnida qo'llanilishi mumkin.

Geografik kelib chiqish va migratsiya indikatori: antroponimlar, shuningdek, geografik fon va migratsiya shakllarining ko'rsatkichi bo'lib xizmat qilishi mumkin. Gegrafik fonda familiyalar shu inson o'zi yoki ota-bobolari qayerlik ekanligiga ishora qilishi mumkin [1]. Ingliz tilidagi bunday familiyalarga O'Connor (irland), Schmidt (nemis), Lopez (ispan), Patel (hind) kabilarni misol keltirish mumkin. Bunday familiyalar ko'pincha geografik joylashuv yoki tarixan muayyan mintaqalar yoki etnik guruhlar bilan bog'liq bo'lgan kasblardan kelib chiqadi. Masalan, "O'Connor" irlandlarning kelib chiqishini, "Schmidt" nemis merosini ko'rsatadi, "Lopez" ispan tilida so'zlashadigan mamlakatlarda keng tarqalgan, "Patel" esa Hindistonda gujarati millatiga mansub odamlar orasida keng tarqalgan. O'zbek tilida geografik kelib chiqishni ko'rsatuvchi familiya yoki ismlar deyarli kuzatilmaydi. Respublikamizning ma'lum bir hududiga xos ism berish an'analariga tayangan holda tanlangan ism yoki familiyalar esa bundan mustasno. Masalan, vodiyliklarda ismlarga "-jon", "-xon", "-oy" qo'shimchalarini qo'shish odatiy bo'lganligi sababli Anvarjonova Sevinchoy Murodjon qizi katta ehtimol bilan Andijon, Qo'qon yoki Farg'onalik ekanligini taxmin qilish mumkin.

Ingliz tilida ba'zi hollarda familiyalar yoki ismlar to'g'ridan to'g'ri joy

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 3 | Issue 14 | April, 2023 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org

nomining o'zidan olingan bo'ladi va shu shaxs ajdodlarining mazkur joylarga aloqadorligini ko'rsatadi: Jack London, Gaston Paris. Bunday ismlar har doim ham shu shaxsning ma'lum bir joyga aloqasini bildirmasligi mumkin, masalan amerikalik aktrisa Paris Hilton mashhur tadbirkor Konradd Hiltonning nabirasi, lekin bu oilaning Fransiyaning Parij shahriga aloqasi yo'q. Lekin, Kanadalik xokkey ustasi Jon Paris o'z davrida eng ko'p fransuzlar kelib o'rnashgan Nova Skotia huduida istiqomat qilishi uning familiyasi Fransiyaning parij shahri bilan bog'liq degan ehtimolni asoslaydi. Aksar holatlarda joy nomlari kishilar ismida taxallus sifatida qo'llanadi va bunday holatlar o'zbek tilida juda ko'p uchraydi. Ahmad al-Farg'oniy, Imom at-Termiziy, Imim al-Buxoriy, Samarqandiy, Shoshiy, Toshkandiy, Nasafiy kabi tarixiy olim-u ulamolarimizning ismlari bunga yaqqol misoldir.

Gender roli hamda o'zgarishlar indikatori: an'anaga ko'ra har bir ota-ona yangi tug'ilgan farzandiga ism tanlayotganda ismning o'g'il bola yoki qiz bolaga qo'yiladigan ism bo'lishi eng asosiy kriteriya hisoblanadi. Hech bir ota-ona o'g'liga qizlarga xos yoki aksincha ism tanlamaydi. Inglizlardagi William, John, James kabi ismlar erkaklar uchun ekanligi, Emma, Sophia, Maria, Elizabeth, Victoria kabi ismlar esa qizlar ismi ekanligi yaqqol ko'rinib turibdi. Ammo antroponim - bu faqatgina isnonning to'liq ismi emas, balki unga berilgan laqab, taxallus, qisqartma ismlar hamdir. "Zamonaviy ingliz tilidagi dramatik asarlar nomlari matnlarida gender belgilari" nomli maqolada keltirilishicha, erkak va ayolning shaxsiy ismlari jinsni ham ko'rsatishi mumkin, ammo, bu bayonot qisqartirilgan formatdagi ba'zi antroponimlarga nisbatan mutlaqo to'g'ri emas [4]. O'xshash ismlarning o'g'il bola uchun ham qiz bola uchun ham bir xil qisqartirilishi ba'zan shu ismning genderni aniq ko'rsatish vazifasiga mone'lik qiladi. Masalan, Alexandra (Aleksandra) ismi har ikki jins vakillari uchun birdek Alex (Aleks) deb qisqartilishi mumkin. Yoki "Jackie" ismi bir vaqtning o'zida Jacob yoki Jack hamda Jaqueline (Jaklin) ismlari uchun qisqa variant bo'la oladi. Gender tengligi deyarli barcha sohalarda ustunlikka erishayotgan hozirgi davr jamiaytida esa bir xil ismlar ham ayollar ham erkakalar ismi sifatida qo'llanayotganiga Taylor, Jordan, Alex, Michael (Maykl yoki Mishel) kabi bir qator ismlar misolida guvoh bo'lishimiz mumkin. O'zbek tilida esa gender rolini ko'rsatuvchi ismlar talaygina. O'g'il bolalar ismiga birgina "a" harfini qo'shish orqali: Aziz- Aziza, Karim - Karima, Dilshod -Dilshoda, Munis - Munisa, Mohir - Mohira, Imron - Imrona, yoki "-gul", "-begim", "-bibi" so'zlari qo'shilishi orqali: Azim - Azimgul, Aziz - Azizbegim,

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 3 | Issue 14 | April, 2023 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org

Bayram - Bayrambibi kabi qizlar ismlari yasalishi mumkin. Har ikki jins vakillari uchun birdek ishlatiladigan ismlarga Iqbol, A'lonur, Bahruz, O'ktam, Ziyonur, Javohir, Shohinur, Barno, Shuhrat kabi ismlarni misol keltirish mumkin [2]. Ingliz tilidagi kabi o'zbek tilida ham to'liq shaklidan qaysi jinsga oid ism ekanligi aniq bo'lsa-da, qistartirilganda har ikki jins ismini anglatishi mumkin bo'lgan ismlar mavjud: Diyorbek, Diyora - qisqartma shakli "Diyor", Imronbek, Imrona - qisqartma shakli "Imron", Dilmurod, Dilnoza - qisqartma shakllaridan biri "Dili". Yuqoridagi misollardan kelib chiqadiki, antroponim ayrim holatlarda to'liq shaklda ishlatilsagina shaxsning jinsi haqida aniq ma'lumot berishi mumkin ekan. Ismlar gender bilan bog'liq madaniy normalar va ijtimoiy qadriyatlarning kuchli aksi bo'lib xizmat qiladi. An'anaviy tamoyillarga asoslanibmi yoki unga qarshi boribmi tanlangan har qanday ism shaxsning jamiyatda o'z o'rnini aniqlay olishi va o'ziga xosligini ifoda eta olishi uchun asos bo'lib xizmat qiladi.

Ismlarning geografik fon bilan chambarchas bog'liqligi haqida gapirilar ekan, ma'lum bir antroponim uni tashuvchi shaxs qaysi mintaqadan ekanligini ko'rsatishi alohida ahamiyatga ega masala ekanligi ta'kidlash joiz. Kishilarga berilgan nomlar mintaqaviy nomlash qoidalari va madaniy imtiyozlarni ham aks ettiradi va geografik fon haqida ma'lumot beradi: Elizabet (angliyalik), Ivan (rus), Hans (nemis), Xuan (ispan), Akixiro (yapon), Shavkat (o'zbek). Shaxsiy ismlarning kelib chiqishi albatta har bir ism paydo bo'lgan geografik hudud va u yerdagi madaniy muhitga uzviy bog'liq. Shuningdek, mazkur mintaqada yuz bergan iqtisodiy, siyosiy o'zgarishlar ham shu mintaqada yashaydigan xalqning shaxsiy ismlar fondiga katta ta'sir o'tkazadi. Muayyan davrlarda turli xalqlar nomlash bilan bog'liq noyob an'analarni shakllantirganlar. Masalan, qaysidir qadimgi davrda juda ko'p xalqlarda bolani shikastlanishdan, "yomon ko'zdan" asrash maqsadida unga oddiy, e'tiborga unchalik loyiq bo'lmagan kundalik predmet nomlarini ism sifatida berish an'anasi keng yoyilgan. Ingliz tilidagi bunday ismlarga Steel (po'lat), Amber (qahrabo), Clay (loy), Sterling (kumush) kabilarni misol keltirsak, o'zbek tilida Bolta, Tesha, Po'lat, Ketmonali kabi ma'lum bir davrda urfga kirgan ismlarni misol qilish mumkin. Rivojlanishning boshqa bir bosqichida esa jamiyatlar insonni ulug'lash uchun hashamatli dabdabali nomlarga murojaat qilishadi. Qadimgi Yunonistonda antik davrda afsonaviy xudolarning ismlari ularga berilgan sifatlar xalq orasida antroponimlar sifatida keng qo'llanilgan, bu bilan oddiy xalq afsonaviy xudolariga qanchalik yaqin ekanligini ko'rsatish va shu

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 3 | Issue 14 | April, 2023 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org

tariqa o'z oilasi obro'sini yuqori ekanligini bildirishga intilgan. Masalan, qadimgi yunoncha Gipatus (hipatos - eng yuqori), Ireniy (irenos - tinch), Georgiy (georgos - yer egasi) kabi ismlarni qo'yishda odamlar bu so'zlarning asl ma'nosiga emas, afsonaviy xudolarga nisbatan berilgan sifat ekanligiga qarab tanlaganlar [4]. Ingliz tilida ham insonni ulug'lash, uning aslzoda oiladan ekanligini ko'rsatish maqsadida zodagon oilalarga mansub ismlarni qo'yish kuzatiladi: Yelizaveta, Victoriya, Charls, Uillyam. O'zbek tilida ham bu holat shohlar, xonlarning ular oilasiga mansub ismlarning tilimizda oddiylashtiririlgan shakli mavjud bo'lsa-da, aynan o'sha shoh oilasida ishlatilgan shaklida qo'llash an'anasi keng tarqalgan. Masalan, Shohruhmirzo, Mironshoh, Boburmirzo, Boburshoh, Nodirabegim, Gulbadanbegim va boshqa shu kabi ismlarning Shohruh, Miron, Bobur, Nodira kabi shakllari mavjud. Lekin bunday shakllar qo'llanganda kutilgan dabdaba, ulug'lash ma'nolari yetarlicha aks etmaydi.

XULOSA

Xulosa qilib aytish mumkinki, antroponimlarda oddiy yorliq vazifasini bajarishdan ko'ra ko'proq xususiyatga, kengroq ma'noga ega. Ular ko'p asrlik ijtimoiy tarix va madaniy evolyutsiyani qamrab oladi. Yevropa nomlaridagi olijanob unvonlardan tortib, ingliz va ispan familiyalaridagi geografik ko'rsatkichlargacha, ismlar ajdodlarning kelib chiqishi va ijtimoiy rollari bilan doimiy aloqani ko'rsatib turishga xizmat qiladi. Bundan tashqari, ismlarning jinslarga moslashuvchanligi jamiyat normalarining gender tengligi tomon o'zgarayotganini aks ettiradi. Tahlillar natijasida yana bir aniqlangan holat shundan iboratki, ismlar og'zaki nutqda qisqartirib ishlatilganda ularning shaxsning jinsini aniq ko'rsata olish xususiyati yo'qolishi ingliz tilidagi ismlarda ham o'zbek tilidagi ismlarda ham kuzatiladi. Jamiyatlar taraqqiy etar ekan, o'zgaruvchan qadriyatlar va o'ziga xosliklarni aks ettiruvchi nomlash amaliyotlari ham rivojlanadi. Antroponimlarni tushuna olish madaniy xilma-xillik va inson ijtimoiy dinamikasining murakkab tarmog'ini tushunishimizga yordam beradi.

Adabiyotlar ro'yhati

1. Cheshire, J. Analysing surnames as geographic data. //Anthropol. Sci.

2014, 99-117. doi: 10.4436/JASS.92004. PMID: 25020015.

2. O'zbek tilining izohli imlo lug'ati - elektron: www.adliya.uz

3. Mamajonov, M.Yu. Antroponimlar - diskurs relevanti sifatida. Diss.

Farg'ona, 2020.

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 3 | Issue 14 | April, 2023 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org

4. Суперанская, А.В. Имя через века и страны. УРСС, 2010. - 188с.

5. Леонович, Л. М. Гендерные маркеры в текстах названий современных англоязычных драматургических произведений. /Эволюция и трансформация дискурсов: сборник научных статей/ Самар. нац. исслед. ун-т им. СП Королева, 2017, - с.174-180.

6. https://www.hindustantimes.com/world-news/patel-singh-among-most-common-surnames-in-uk-ireland/story-FK1 ID6iXpidmePE9GRRyL.html

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.