Научная статья на тему 'ANDIJON VILOYATIDAGI TOJIKQISHLOQ SHEVSI BO‘YICHA AYRIM MULOHAZALAR'

ANDIJON VILOYATIDAGI TOJIKQISHLOQ SHEVSI BO‘YICHA AYRIM MULOHAZALAR Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
til kontaktlari / tillararo ta’sir / o‘zbek tili / tojik tili / lahja / sheva / dialekt / leksik hususiyat / areal tilshunoslik. / language contacts / interlingual influence / Uzbek language / Tajik language / dialect / Sheva / dialect / lexical feature / area linguistics.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Jahongirova Mahmudova Diyoraxon Bahodirjon Qizi

Maqolada Andijon viloyatining Paxtaobod tumanidagi Tojikqishlog‘ida yashovchi aholi tilining fonetik, leksik xususiyatlari haqida gap boradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

SOME REFLECTIONS ABOUT ADVERSE IN TAJIKISHLAK OF THE ANDIJAN REGION

The article refers to the phonetic and lexical features of the Tajik village Pakhtaabad districts Andijan region.

Текст научной работы на тему «ANDIJON VILOYATIDAGI TOJIKQISHLOQ SHEVSI BO‘YICHA AYRIM MULOHAZALAR»

ANDIJON VILOYATIDAGI TOJIKQISHLOQ SHEVSI BO'YICHA AYRIM

MULOHAZALAR Jahongirova (Mahmudova) Diyoraxon Bahodirjon qizi,

Andijon davlat universiteti magistri diyoraiaxongirova98@smail.com https://doi.org/10.5281/zenodo.7978974

Annotatsiya: Maqolada Andijon viloyatining Paxtaobod tumanidagi Tojikqishlog'ida yashovchi aholi tilining fonetik, leksik xususiyatlari haqida gap boradi.

Kalit so'zlar: til kontaktlari, tillararo ta'sir, o'zbek tili, tojik tili, lahja, sheva, dialekt, leksik hususiyat, areal tilshunoslik.

SOME REFLECTIONS ABOUT ADVERSE IN TAJIKISHLAK OF THE

ANDIJAN REGION

Annotation: The article refers to the phonetic and lexical features of the Tajik village Pakhtaabad districts Andijan region.

Key words: language contacts, interlingual influence, Uzbek language, Tajik language, dialect, Sheva, dialect, lexical feature, area linguistics.

НЕКОТОРЫЕ РАЗМЫШЛЕНИЯ О НЕБЛАГОПРИЯТНОМ В ТАДЖИКИШЛАКЕ АНДИЖАНСКОЙ ОБЛАСТИ

Аннотация: В статье речь идет о фонетических и лексических особенностях таджикского села Пахтаабадского района Андижанской области.

Ключевые слова: языковые контакты, межъязыковое влияние, узбекский язык, таджикский язык, диалект, шева, диалект, лексический признак, ареал языкознания.

KIRISH

Dunyoda yetti mingdan ortiq millatlar va xalqlar bo'lsa, ular ichida asrlar davomida bir-biri bilan yonma-yon yashab, o'zaro inoq, do'st-u qadrdon bo'lib ketganlari kamdan kam topiladi. Markaziy Osiyoda qadimdan qo'nim topgan 100 dan ortiq xalqlar ichida faqat o'zbeklar va tojiklar tili, zaboni boshqa-boshqa-yu, lekin urf-odatlari, qadriyatlari, e'tiqodiga ko'ra bir-biriga yaqin bo'lgan xalqlar sanaladi. Ma'lumotlarga ko'ra, o'zbek va tojik xalqlari o'rtasidagi aloqalar miloddan avvalgi VII-VI asrlarda mavjud bo'lgan Ahmoniylar va miloddan avvalgi III-II hukm surgan Qang davlati tarixiga borib taqaladi [1].

Ikki tillilik (o'zbek-tojik tillari), O'rta Osiyoga islom dini kirib kelgandan keyin uchtillilik (o'zbek, arab, tojik tillari) Markaziy Osiyo mintaqasi uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Bu holat O'rta osiyo xalqlarining itimoiy, ma'naviy-madaniy hayotida katta rol o'ynagan. Bu yerdan yetishib chiqqan allomalarning aksariyati arab, fors, turkiy va yana bir qancha tillarning usta bilimdonlari bo'lgan.

TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI

Tillar hamma davrlarda bir-birini boyitib kelgan. Buni o'zbek va tojik tillari misolida yaqqol ko'rishimiz mumkin. "Bilingvizm sharoitida tojik va o'zbek tillarining leksik sathdagi o'zaro aloqalari" mavzusida ilmiy-tadqiqot ishlari olib borgan Sh.Jo'rayevning qayd etishicha, genetik jihatdan turli oilalarga mansub bo'lgan o'zbek va tojik tillarida nomushtaraklikdan ko'ra mushtaraklik holatlari ustun sanaladi [2]. Ushbu tillarning hozirgi sinxron holatini o'rganish o'zbek va tojik xalqlarining dunyoqarashi, turmush tarzi, undagi evoyutsion jarayonlar, urf-odatlaridagi o'xshashlik hamda farqli jihatlarini aniqlashtirishda muhim ahamiyat kasb etishi tabiiy.

O'tgan asrning 70-yillarida o'zbek va tojik tillarining o'zaro ta'siri masalasini atroflicha tadqiq etgan K.Yusupov: "O'zbek va tojik xalqlarining hamkorligi ular tilida, tilning lug'at sostavi va grammatik qurilishida o'z aksini topdi. O'zbek va tojik tillarining o'zaro ta'sirini o'rganish bu xalqlar tilining tarixi va hozirgi strukturasini o'rganishga katta yordam beradi", - deb yozgan edi [3]. Bizningcha, mazkur tadqiqot o'z davri uchun xarakterli bo'lib, hozirda O'zbekistondagi mavjud tillarni o'rganishning yangi sifat bosqichi boshlandi. Mintaqadagi tillar, dialektlar va shevalar bo'yicha materiallarni yig'ish, tadqiq etish bosqichidan sof analitik bosqichga, ya'ni hududlar tilini areal o'rganishga o'tildi. Bunday yondashuv ayni zamon talabi hamdir. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 13 maydagi "Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universitetini tashkil etish to'g'risida"gi PF-4797-sonli, 2019 yil 21 oktabrdagi "O'zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PF-5850-sonli, 2020 yil 20 oktabrdagi "Mamlakatimizda o'zbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PF-6084-sonli Farmonlarida davlat tilini har tomonlama rivojlantirish bilan bir qatorda o'zbek tilining qadimiy va boy sheva va dialektlarni chuqur o'rganish, mintaqadagi boshqa tillarga o'zaro hurmat-e'tiborda bo'lish masalalariga ham alohida ahamiyat qaratilgan [4]. Jumladan, o'zbek va tojik xalqlari yonma-yon yashayotgan alohida hududlarni areal tadqiq etish kelgusida o'zbek tilshunoslikning istiqbolli yo'nalishlaridan biri bo'lishi mumkin.

TADQIQOT NATIJALARI

Aslida, o'zbek va tojik tillari o'rtasidagi aloqalarni o'rganish uzoq tarixni o'z ichiga oladi. Uni shartli ravishda quyidagi besh davrga bo'lish maqsadga muvofiq.

1-davr - Mahmud Koshg'ariy, Alisher Navoiylardan tortib, to XX asr boshigacha bo'lgan davr. Bu davr asosan forsiy tilning rasmiy va badiiy til sifatidagi ustunligi va umumturkiy tilni tiklash uchun uchun olib borilgan sa'y-harakatlarning boshlanishi, pirovard natijada Alisher Navoiyning eski o'zbek tilining mavqeini ko'tarishi, uning har sohada forsiy tildan qolishmasligini ilmiy jihatdan asoslab berishi bilan xarakterlanadi.

2-davr - A.Z.Rozenfeld, N.V.Nalivkin, I.I.Zarubin, YE.D.Polivanov, A.N.Borovkov, K.KYudaxin, V.V.Reshetov kabi turkiyshunoslar va forsiyshunoslar tomonidan o'zbek va tojik tillarining kelib chiqishi, o'zaro aloqalari bo'yicha olib borilgan ishlarni o'z ichiga qamrab oladi.

3-davr - O'zbek va tojik xalqlari ichidan yetishib chiqqan milliy kadrlar: Abdurauf Fitrat, Sadriddin Ayniy, Faxri Kamol, Ayub G'ulomov, Sh.Shoabdurahmonov, M.Mirzayev, X.Doniyorov va boshqalar tomonidan olib borilgan tadqiqotlardan iborat. Bu davrda o'zbek va tojik tillari ular o'rtasidagi mushtarak va farqli jihatlar ilmiy jihatdan asoslab berila boshlandi. Tadqiqotlar qamrovi ittifoq miqyosiga ko'tarildi.

4-davr - 50-yillardan tortib to 2016-yilgacha bo'lgan davr. Bu davrda asosiy e'tibor o'zbek va mintaqadagi tojik xalq shevalarining fonetik, leksik, grammatik, sintaktik xususiyatlarini monografik planda o'rganishga qaratildi. Natijada o'zbek va tojik xalq shevalari bo'yicha boy va qimmatbaho meteriallar to'plandi.

5-davr - sheva va dialektlarni areal tilshunoslik aspektida tadqiq etish uchun yo'l ochildi, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universitetida prof.S.Ashirboyev boshchiligida dialektologik markaz ish boshladi. Markaz tomonidan areal tilshunoslikni rivojlantirish bo'yicha bir qator e'tiborga molik amaliy ishlar bajarildi. Nufuzli anjumanlar tashkil etildi, tayanch oliy ta'lim muassasalarida 70230103 - Folklorshunoslik va dialektologiya mutaxassisligiga magistrlar qabul qilindi, darsliklar va uslubiy-qo'llanmalar yaratildi [5]. A.SHermatov, A.Jo'rayevlardan keyin deyarli 30 yillar chamasi vaqt o'tib

I.Darvishev tomonidan Darvishev I. "Janubiy-g'arbiy Namangan shevalari fonetik-fonologik xususiyatlarining areal tadqiqi" mavzusida ilmiy-tadqiqot ishi bajarildi [6]. Lekin, bular xamir uchidan patir. Oldinda amalga oshirilishi kerak bo'lgan ulkan vazifalar turibdi. Shulardan birini Respublikamiz va dunyodagi o'zbek va mintaqada yashovchi o'zga xalq shevalari, dialektlarini o'rganishni yakunlash, mamlakatimizda yashovchi boshqa millat vakillari tiliga o'zbek tilining va aksincha, boshqa tillarning o'zbek tiliga ta'siri masalasini chuqur o'rganish, hududlararo va undan keyingi bosqichda o'zbek xalq shevalarining yagona lingvistik xaritasini yaratish ishlari tashkil etadi. Buning uchun hududlar ichiga chuqur kirib borish talab etiladi. Ana shunday hududlardan biri Andijon viloyati Paxtaobod tumani Tojikqishloq mahallasidir.

MUHOKAMA

Ma'lumki, tojik xalqi to'p bo'lib yashaydigan Samarqand, Buxoro, Surxondaryo viloyatlarida o'zbek-tojik tillari aloqalarida faollik va muntazamlik kuzatiladi, bu xususiyatlarni Tojikqishloqda ham kuzatiladi. Ayrimlarini quyida ko'rishimiz mumkin:

1. Paxtaobod tumanidagi Tojikqishloq atrofida ham xuddi Xondibog'i va Hindimozor qishloqlari kabi o'zbekzabon aholi yashaydi. Bu o'z-o'zidan hududda istiqomat qilayotgan aholi tiliga o'zbek tilining kuchli ta'sirda bo'lishiga olib kelgan. Aksariyat so'zlar tojikcha intonatsiya bilan talaffuz qilinadi. Masalan: hovli-havli, pul-pil, paqir-faqir, tarvuz-tarbiz, ko'cha-kucha kabi.

2. Qishloq aholisi tilida tojikcha ko'plab so'zlar saqlanib qolgan. Ularni quyidagi guruhlarga bo'lish mumkin:

a) fe'llar: bishi - o'tir, bihez - tur, meraviymi - borasanmi, meshaviymi - bo'ldingmi, biyo

- kel, xanday - o'qidi, bixun - o'qi, yod bigir - o'rgan, bigi - ol, mehrim - yemoq, bikash - tort, bigard - yur, bigza - o'tmoq;

b) qarindoshlik atamalari: hesh - qarindosh, apacha - opa, opa - ona, bobo - opodda, xohar - singil, dodar - og'il uka, yanga - kelinoyi, yazna - pochcha, bacha - o'g'il farzand, dixtar

- qiz farzand;

v) kiyim-kechak nomlari: jo 'mma - to'n, shalvar - ishton, toqqi - do'ppi, kirta - ko'ylak, lingi - ro'mol, popush - oyoq kiyim, durracha - kichkina ro'mol, ostin -yeng, muzza - etik;

g) hayvon nomlari: gav-mol, guspand-qo'y, mirx-tovuq, gusala-buzoq, biz-echki, mircha-chumoli, shtir-tuya, ashp-ot, xar-eshak, sak-it, pishik-mushuk, mish-sichqon, mor-ilon;

d) mevalar nomlari: zandoli - o'rik, sev - olma, angir - uzum, harbiza - qovun, tarbiz -tarvuz, kadu - oshqovoq;

e) tana a'zolari nomlari: pochik - oyoq, dist - qo'l, sar - bosh, shikam - qorin, dahan -og'iz, binni - burun, gush - quloq, muh - soch, dandun - tish, mijja - kipriq va h.k.

3. Aholi leksikasida milliy taom nomlarini bildiruvchi so'zlar ham bor. Faqat Tojikqishloqda holvaytarning quritilgan turi uchraydi, marosimlarda uni dasturxongga tortishadi va mahalliy aholi uni "milliy taomimiz" deb e'tirof etishadi, nomini "holva" deyishadi. Nonning ham bir qancha turlari mavjud, ularga misol qilib "non-sumalak" ( sumalakning suviga hamir qorib, tandirning tagida pishiriladigan non) va "chepati" (bir marotaba qizdirilgan tandirda, ikki marta ketma-ket yopilgan non) ni keltirish mumkin.

4. Yaqin qarindoshlar, yaqin insonlar orasida ismlarga erkalash ma'nosida " -jun" qo'shimchasini qo'shib gapirish odati bor. Misol uchun: Sharifayi jun- Sharifaxon degan ma'noda keladi.

XULOSA

Umumiy xulosalar:

1.Farg'ona vodiysidagi tojikzabon aholi haqida gap ketganida tadqiqotchilar asosiy e'tiborni Namangan viloyatidagi Chust, Kosonsoy, Farg'ona violoyatidagi So'h, Rishton, Andijon viloyatidagi Marhamat, Shahrixon tumanlaridagi aholi nuqtiga qaratadi, lekin o'zbek tillik aholi o'rtasida qolib ketgan Tojikqishloq kabi aholi tili deyarli o'rganilmagan.

2. Tojik qishloq hududida tojik tili shevalari asosan katta yosh vakillarining nutqida saqlanib qolgan. Bizningcha, buning asosiy sababi qishloqning atrofdan faqatgina o'zbeklar tomonidan qurshab olinganidir. Surishtiruvlarimizga ko'ra, bu yerdagi aholi Andijon viloyatining Oltinko'l tumanidagi Xondibog'i va Hindimozor tojiklari bilan quda-andachilik rishtalarini olib borishadi, u yerda Tojikqishloqdagidan ko'ra ko'proq tojik tili elementlari saqlanib qolgan.

Areal lingvistika bilan shug'ullangan tadqiqotchilar yuqoridagi kabi holatlarga deyarli e'tibor qaratishmagan. O'zbek tillik massivlar zonalashtirilganda, masalan, Farg'ona vodiysidagi dialektal zonalar Janubiy-sharqiy Farg'ona dialektal zonasi (Andijon-O'sh), Janubiy-g'arbiy Farg'ona dialektal zonasi (Marg'ilon-Qo'qon), Shimoliy Farg'ona dialektal zonasi (Namangan) tarzida uchta katta guruhga ajratilgan. Bunday zonalashtirish ikki jihatiga ko'ra talabga javob bermaydi.

1. Vodiyda istiqomat qilayotgan o'zbek, tojik, qirg'iz va boshqa xalqlarning areal joylashuvi azaldan aniq va ularni alohida zonalarga ajratish zarur. Masalan, Farg'ona viloyatining Rishton, Beshariq, Namangan viloyatining Chust, Kosonsoy, Andijon viloyatining Shahrixon, Marhamat tumanlarida va boshqa qishloqlarda tojiklar, vodiyning Qirg'iziston bilan chegaradosh hududlarida qirg'izlar muqim yashaydi. Ularni Farg'ona vodiysidagi aralash dialektal zonaar: a) tojik dialektal zonasi; b) qirg'iz dialektal zonasi tarzida ajratish maqsadga muvofiq. Shunda yuqoridagi Tojikqishloq singari hududlar nazardan chetda qolmagan bo'ladi.

2. Vodiydagi hududlarning bugungi areal holatini o'tgan asrning 80-yillari bilan aslo solishtirib bo'lmaydi. O'sh, O'zgan, Jalolobod, Xo'jand singari shaharlarda u paytlari qirg'iz va tojik xalqi vakillari deyarli yashamagan. Bugun bu joylarda ularning nufuzi o'zbek xalqinikidan baland. Turli obyektiv va subyektiv sabalarga ko'ra bu yerda yashagan o'zbek millati vakillari boshqa hududlarga chiqib ketdi. O'zbek tili qirg'iz va tojik tillarini kuchli ta'sirida qoldi. Bu yerlarda yashayotgan o'zbeklarning asosiy maqsadi o'zbek tili va milliy qadriyatlarni saqlab qolishga qaratilgan. Shunga ko'ra ularni alohida olingan o'zbek tillik zonalarga ajratish lozim.

Umuman olganda, bu kabi alohida hududlar tilini areal o'rganish Markaziy Osiyoda uzoq davrlardan biri hukm surib kelgan bilingvizm hodisasi, uning sinxron ko'rinishlari, milliy tillar taraqqiyotidagi o'ziga xosliklar va ularning bir-biriga ta'siri masalasini oydinlashtirishga, boshqa tillar o'ramida qolgan oz sonli sheva vakillariga o'zlarining lisoniy muammolarini aniqlapsh va hal etishda yaqindan yordam beradi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Аскаров А. Узбек халкининг этногенезиси ва этник тарихи. - Тошкент: Университет, - 2007.- 34-,64-, 164-, 183-,228-бетлар.

2. Жураев Ш. Билингвизм шароитида тожик ва узбек тилларининг лексик сатхдаги узаро алокалари (Самарканд вилояти материаллари асосида): Филология фанлари буйича фалсафа доктори (PhD) диссс.автореф. - Самарканд, 2018. -19-б.

3. Юсупов К. Узбек ва тожик тилларининг узаро таъсири. - Тошкент: Фан, 1974. - 19-бет.

4. lex.uz.

5. Ashirboyev S. O'zbek dialektologiyasi. - Toshkent: Nodirabegim, 2021. - 176 b. ; Enazarov T. Dialektologiya metotologiyasi. Toshkent: Innovatsiya- Ziyo, 2020. - 152 b. ва бошкалар.

6. Дарвишев И. Жанубий-гарбий Наманган шевалари фонетик-фонологик хусусиятларининг ареал тадкики: Филология фанлари буйича фалсафа доктори (PhD) дисс... автореферати. - Фаргона, 2018. - 57 б.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.