Научная статья на тему 'QO‘SHIQLARDA SHEVALAR AKSI'

QO‘SHIQLARDA SHEVALAR AKSI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Rahmatjon Qurbonov / Yahyobek Mo‘minov / lahja / sheva / qo‘shiq / tasnif.

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Sotiboldiyev Dilhayot

Ushbu maqolada Xorazm san’atkorlari tomonidan ijro etilgan tarona vodiylik san’atkor tomonidan ijro etilganda, tilda qanday o‘zgarishlar bo‘lishi, hofizlar o‘z sheva elementlarini saqlab qola olishlari haqida bo‘lib, qo‘shiqlar transkripsiyada berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «QO‘SHIQLARDA SHEVALAR AKSI»

QO'SHIQLARDA SHEVALAR AKSI

Sotiboldiyev Dilhayot Qobuljon o'g'li

Qo'qon davlat pedagogika instituti O'zbek tili va adabiyoti fakulteti talabasi

Annotatsiya: Ushbu maqolada Xorazm san'atkorlari tomonidan ijro etilgan tarona vodiylik san'atkor tomonidan ijro etilganda, tilda qanday o'zgarishlar bo'lishi, hofizlar o'z sheva elementlarini saqlab qola olishlari haqida bo'lib, qo'shiqlar transkripsiyada berilgan.

Kalit so'zlar: Rahmatjon Qurbonov, Yahyobek Mo'minov, lahja, sheva, qo'shiq, tasnif.

O'zbek tili boshqa turkiy tillardan ko'p shevaliligi bilan farqlanadi. O'tgan tarixiy davr ichida o'zbek shevalari to'xtovsiz taraqqiy etdi [1, 4]. Professor E.D.Polivanov "O'zbek dialektologiyasi va o'zbek adabiy tili" nomli asarida (1933) o'tgan asrning birinchi choragidayoq o'zbek tili o'zining ko'p shevaliligi bilan boshqa turkiy tillardan ajralib turishi haqida ma'lumot bergan edi. Keyingi tadqiqotlardan buni tasdiqlagan. Uning tub sabablari bir necha omillarga borib taqaladi. Professor V.V.Reshetov o'zbek tilli dialektal kartasining rang-barangligini uning etnogenezisidan qidirish lozimligini uqtiradi [1, 7].

So'zlashuv jarayonida aholining til xususiyatlariga e'tibor berish orqali, ular qaysi hududga mansubligini, qaysi lahja vakili ekanligini bilib olishimiz mumkin. O'g'uz lahjasi vakillari tug'ilgan yurtidan uzoqlashib, ma'lum vaqt davomida boshqa hududda yashasa ham, ona tilini, o'z shevasi elementlari fonetik tabiatini artikulyatsiyasida saqlaydi. Biz mazkur maqolada xorazmlik xonandalar ijro etgan qo'shiqlarni boshqa hudud, jumladan, vodiylik san'atkorlar tomonidan ijro etilganda o'g'uz lahjasi elementlarini maromida saqlab qolishlari qiyin ekanligini kuzatdik. Ushbu mulohazalarimizni ba'zi misollar orqali ko'rib o'tmoqchimiz. O'zbek shevalarini tadqiq qilish jarayonida ma'lum hudud san'atkorlari, hofizlari ijro etgan qo'shiqlar

44

ham o'sha hududga xos dialektizmlarni o'rganishimiz uchun qo'l keladi. Anglashiladiki, o'zbek shevalari o'zbek xalqi tarixi, adabiyoti, folklori, etnografiyasi, san'ati fanlarining ma'lumotlariga ham tayanadi va, ayni paytda, ular uchun ham boy material beradi.

V.V.Reshetov o'zbek shevalarining tarixiy lingvistik xususiyatlarini va ayrim dialektlarga qardosh tillar (tojik, qozoq, qoraqalpoq, turkman) munosabatini hisobga olgan holda o'zbek shevalarining tasnif sistemasini tuzdi. O'zbek tili uch turkiy komponentining birikishi natijasida vujudga kelganligini ta'kidlab, o'g'uz lahjasi qardosh turkman tili bilan yaqinligini ta'kidlagan. [3, 36;37]

Janubiy Xorazmning sakkizta rayonida (Urganch, Xiva, Xonqa, Hazorasp, Bog'ot, Yangiariq, Ko'shko'pir, Shovot) yashovchi aholining asosiy qismi o'g'uz lahjasida so'zlashadi. Shuningdek, Turkmanistonning Toshovuz shahari aholisi, qisman Ko'hna Urganch rayon markazida yashovchi o'zbeklar ham mazkur sheva vakillaridir. O'g'uz shevalarini til xususiyatlariga ko'ra ikki tipga bo'lamiz:

1. Urganch - Xiva shevasi

2. Hazorasp - Yangiariq shevasi. [2, 267]

O'zbek tilida sheva va dialektlarning kuchli farqlanib qolganligiga o'zbek tili boshqa tillardan ajralib mustaqil taraqqiy etgan davrdan boshlab unga turkiy va forsiy tilning kuchli ta'siri ham sabab bo'lgan. Jumladan, Qoraqalpog'istondagi o'zbek shevalariga qoraqalpoq va qozoq tillarining, Toshhovuz o'zbek shevalariga (Xorazm shevalariga) turkman tilining, shimoliy o'zbek shevalariga qozoq tilining, Qirg'izistondagi o'zbek shevalariga qirg'iz tilining, Samarqand, Buxoro, Namangan, Sariosiyo va Tojikistondagi o'zbek shevalariga tojik tilining ta'siri kuchlidir. Shu tufayli ham bu shevalar boshqa shevalardan farqlanib qolmoqda va o'ziga xoslikni vujudga keltirmoqda. [1, 8]

O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist Rahmatjon Qurbonov tomonidan ijro etilgan "Nera borasiz" nomli tarona o'g'uz lahjasida, xorazm shevasida aytilgan. bizni täsäp jo:r nirä boräsi:z qälämqos dildo:r nirä boräsi:z qädäm bosib bir-bir mäjdäginä

kozlari xumo:r nera borasi:z. j iro: qdaman j etolmaj in jo: raman yam dastida qalyan dili poraman. qajdan topaj isq dardina coraman bormi sizda o:r nira borasiz. jilladimku camanna bulbul boli:b bijobonda gojo Maznun qul boli:b rangim somon saryajib, guldaj soli:b qilmisi ozor nira borasiz. muxabbatim qasri vajrona endi: kozjoslarim bitmas ravona endi: nolalar ajlandi fiyona endi: sissiz k(q)oldi tor nira borasiz.

Rahmatjon Qurbonov 1959-yil 20- sentabrda Xiva shahrida san'atkor oilasida tavallud topgan. Otasidan o'zbek cholg'u asboblarini chalish va mumtoz qo'shiqlarni ijro etish uslublarini o'rgangan. U Xivadagi Matyoquv xarratov nomidagi musiqa bilim yurti hamda O'zbekiston davlat konservatoriyasining vocal va maqom bo'limida o'qigan. Uzoq yillar Toshket shahrida samarali faoliyat yuritib, "Lazgi" ansambliga rahbarlik qilgan. Bir necha risolalar, kitoblar, o'quv qo'llanmalar muallifi sifatida ham tanilgan.

Yahyobek Mo'minov ham yuqoridagi qo'shiqni xalqimizning yaxshi kunlarida, ularning talablariga muvofiq kuylagan. (O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist Yahyobek Mo'minov 1972-yilning 1-may kuni Farg'ona viloyati Buvayda tumanida tavallud topgan).

Bizni taslab jor nera borasi:z qalamqos dildor nera borasi:z qadam bosib bir bir majdagina kozlari xumor nera borasi:z. j iroqdaman j etolmaj in j oraman yam dastida qolgan dili poraman

46

qajdan topaj isq dardïna coraman bormï sïzda or nera borasï:z. ïzladïm gul camannï bulbul bolï:b bijobonda gojo Maznun qul bolïb rangïm somon saryajïb guldej soli:b qïlmïsï ozor nera borasïz. muxabbatïm qasrï vajrona endï: kozjoslarïm bïtmas ravona endï: nolalar ajlandï fïyona endi: sïssïs qoldï tor nera borasï:z.

Xulosa qilib aytish mumkinki, bir qo'shiqni o'g'iz va qipchoq lahja vakillari tomonidan ijro etilganda aynan shevaga xoslikni ko'гish mumkin ekan. Birinchi ijrochi tomonidan kuylangan qo'shiq variantida xorazmcha nafasni, o'g'uz lahjasiga xos fonetik va morfologik shakllarning o'ziga xos talaffuzi, ikkilamchi cho'ziqlikni kuzatdik, vodiyning qipchoq lahjasi vakili tomonidan kuylangan ikkinchi variantda huddi shu qo'shiq taronasi asliday saqlangan bo'lsa-da, lekin tovushlar artikulyatsiyasida til oldilik, til orqalilik, ma'lum morfologik talaffuz xususiyatlariga guvoh bo'ldik. O'g'uz lahjasida aytilgan qo'shiqda ko'pгoq til oldi tovushlar kuzatilsa, qipchoq lahjasi vakili ijrosida til orqalilik yuqori darajada ekanligi kuzatildi.

Foydalanilgan adabiyotdan ro'yxati:

1. Ashirboyev S. O'zbek dialektologiyasi. Darslik. - Toshkent: Navгo'z, 2016. 5, 4, 7, 8 b.

2. F.A.Abdullayev "O'zbek tilining Xorazm shevalari" O'zbekiston Fanlar Akademiyasi nashriyoti, Toshkent - 1961. 267 b.

3. To'ychiboyev Bosim, Hasanov Bo'riboy O'zbek dialektologiyasi. Toshkent: Abdulla Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti, 2004. 36, 37 b.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.