Научная статья на тему 'O’ZBEK TILI DIALEKTAL KORPUSINI YARATISHNING LINGIVISTIK ASOSLARI'

O’ZBEK TILI DIALEKTAL KORPUSINI YARATISHNING LINGIVISTIK ASOSLARI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
594
135
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
o’zbek tili / dialect / korpus / lingvistika. / the Uzbek language / dialect / corpus / linguistics.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Z. Rustamova

Hozirgi kunda, o’zbek tiliga bo’lgan e’tibor kundan-kunga ortib bormoqda. Ayniqsa, har bir insonni o’z tilini yaxshi bilishi uchun turli xildagi ishlar amalga oshirilmoqda. Bu ishlarni yanada samarli amalga oshirish uchun esa Dialektal korpus kerak bo’ladi. Ushbu maqola, o’zbek tili dialektal korpusini yaratishning lingivistik asoslarini yoritib beradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

LINGUISTIC BASIS OF CREATION OF DIALECTAL CORPUS OF UZBEK LANGUAGE

Today, attention to the Uzbek language is increasing day by day. In particular, various activities are being carried out so that everyone knows their own language well. Dialectal corpus is needed to carry out these tasks more efficiently. This article sheds light on the linguistic foundations of creating a dialectal corpus of the Uzbek language.

Текст научной работы на тему «O’ZBEK TILI DIALEKTAL KORPUSINI YARATISHNING LINGIVISTIK ASOSLARI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

O'ZBEK TILI DIALEKTAL KORPUSINI YARATISHNING LINGIVISTIK ASOSLARI

Rustamova Zulfiya Xolmirzayevna

TDPU Boshlang'ich ta'limda ona tili va uni o'qitish metodikasi kafedrasi dotsenti v.b

https://doi.org/10.5281/zenodo.7423965

Annotatsiya. Hozirgi kunda, o'zbek tiliga bo'lgan e 'tibor kundan-kunga ortib bormoqda. Ayniqsa, har bir insonni o'z tilini yaxshi bilishi uchun turli xildagi ishlar amalga oshirilmoqda. Bu ishlarni yanada samarli amalga oshirish uchun esa Dialektal korpus kerak bo 'ladi. Ushbu maqola, o'zbek tili dialektal korpusini yaratishning lingivistik asoslarini yoritib beradi.

Kalit so'zlar: o'zbek tili, dialect, korpus,lingvistika.

ЛИНГВИСТИЧЕСКИЕ ОСНОВЫ СОЗДАНИЯ ДИАЛЕКТНОГО КОРПУСА

УЗБЕКСКОГО ЯЗЫКА

Аннотация. Сегодня внимание к узбекскому языку возрастает день ото дня. В частности, проводятся различные мероприятия, чтобы каждый хорошо знал свой родной язык. Для более эффективного решения этих задач необходим диалектный корпус. Данная статья проливает свет на лингвистические основы создания диалектного корпуса узбекского языка.

Ключевые слова: узбекский язык, диалект, корпус, языкознание.

LINGUISTIC BASIS OF CREATION OF DIALECTAL CORPUS OF UZBEK

LANGUAGE

Abstract. Today, attention to the Uzbek language is increasing day by day. In particular, various activities are being carried out so that everyone knows their own language well. Dialectal corpus is needed to carry out these tasks more efficiently. This article sheds light on the linguistic foundations of creating a dialectal corpus of the Uzbek language.

Keywords: the Uzbek language, dialect, corpus, linguistics.

Kirish

Ma'lumki, har bir adabiy til milliy (xalq yoki elat) tilning yuqori bosqichi bo'lib, u me'yorlashgan yoki me'yorlashtirilgan til hisoblanadi. Unga yana quyidagi ta'rifni berish mumkin: Adabiy til leksik jihatdan nisbatan barqaror, fonetik-fonematik va grammatik jihatdan muayyan qolipga tushgan, yagona orfografik va orfoepik normalarga amal qiladigan, so'z ustalari tomonidan sayqal berilgan milliy tilning yuqori bosqichidir.

Har bir adabiy til o'zining tayanch dialektiga ega bo'ladi. To'g'ri, o'zbek adabiy tilining shakllanishida shevalarning barchasi u yoki bu darajada ishtirok etadi, lekin ma'lum shevalar adabiy til uchun asos, tayanch (baza) vazifasini bajaradi, ya'ni o'zbek adabiy till muayyan sheva va shevalardan leksik, fonetik, grammatik xususiyatlami adabiy til fakti sifatida oladi hamda o'sha sheva va shevalar guruhi taraqqiy etishi bilan birga taraqqiy etadi, chunki sheva jonli til boiib, u doimo rivojlanishda, o'zgarishda bo'ladi, shu tufayli ham adabiy til shu sheva yoki shevalar guruhi rivojlanishi bilan bog'liq ravishda taraqqiy etib boradi, aksincha, adabiy til o'zining tayanch dialektiga ega bo'lmasa, u bora-bora muomaladan chiqib ketadi. Muomaladan chiqqan til fanda "o'lik til" degan termin bilan yuritiladi.

"O'zbek dialektologiyasi" ijtimoiy lingvistika fanlaridan biri bo'lib, o'zbek shevalarini o'rganadigan fandir. Dialektologiya so'zi yunon tilidan olingan bo'lib, shevalar, dialektlar va lahjalar to'g'risidagi bilim degan ma'noni bildiradi. O'zbek dialektologiyasi o'zbek shevalarining fonetik, leksik va grammatik xususiyatlarini, uning shakllanish va tarqalish

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

chegaralarini o'rganadi. Shevalar har bir milliy tilning asosini tashkil etadi hamda u milliyma'naviy qadriyatimiz hisoblanadi. Aslida ham ona tili deganda sheva tushunilishi haqiqatga yaqindir. Shuning uchun ham uni asrab-avaylash, qadrlash zarur. Bu haqda yurtboshimiz I. A. Karimovning: "Jamiki ezgu faiilatlar inson qalbiga, avvalo, ona allasi, ona tilining betakror jozibasi bilan singadi Ona Mi - bu millatning ruhidir1", - degan so'zlarini eslash o'rinlidir. Dernak, shevalar to'g'risidagi fanni o'rganish talabalami milliy g'oya ruhida tarbiyalash imkoniyatini tug'diradi. To'g'ri, har bir madaniyatli shaxs rasmiy doiralarda o'zbek adabiy tilida muomala qilishi shart, lekin bu o'z shevasini unutishi kerak degan so'z emas.

Asosiy qism

O'zbek shevalari tasviriy (tavsifiy), qiyosiy, qiyosiy-tarixiy, lingvistik geografiya

metodlarida o'rganib kelinmoqda. Shuningdek, shevalar lingvistik geografiya metodi bilan ham o'rganiladi (bu haqda "Areal tilshunoslik (Lingvistik geografiya)" mavzusida fikr yuritiladi),

Areal lingvistika (lingvistik geograflya) tushunchasi va uning mohiyati. Bu terminlaming birinchisi lotincha area — maydon, kenglik, hudud hamda lingvistika -tilshunoslik, ikkinchisi esa lingvistika va geograflya tarkibiy qismlaridan iborat.

Areal lingvistika (lingvistik geograflya) sheva xususiyatlarinining turli hududlarda tarqalishini maxsus belgilar va raqamlar vositasida karta(xarita)da, aks ettirish bilan shug'uilanadigan dialektologiyaning bir boiimidir, boshqacha aytganda, shevalarga yoki qarindosg tillarga xos bo'lgan xususiyatlaming tarqalish chegaralarini xaritada ifodalashdir. Lingvistik geograflya shevalami o'rganishning bir metodi hamdir. Fanda lingvistik geograflya va dialektologiya munosabatlariga ham e'tibor qaratiladi. Bu ikki hodisaning obekti bir bo'lsa-da, ularning farqlari ham bor. Dialektologiya shevalami monografiya, maqola va lug'atlar yaratish orqali o'rgansa va xulosalar chiqarsa, lingvistik geograflya ulami tizimga tushirib, kartalashtirish bilan shug'ullanadi. Shuning uchun ham lingvistik geografiyani dialektologiyaning tadqiqot texnikasi deb ham yuritishadi.

Lingvistik karta. Bunday kartalaming xususiy va umumiy turlari amalda bor. Aksariyat hollarda lingvistik kartalar kontur kartalargda amalga oshiriladi. Bir izoglossaning tarqalishi ko'rsatilgan karta xususiy lingvistik kartadir. Bir guruh izoglossalar aks ettirilgan karta esa umumiy lingvistik karta hisoblanadi. Lingvistik kartada sheva yoki til hodisalarini -izoglossalarni shartli belgilar vositasida ham, bebosita o'zini ham yozish mumkin. Sheva yoki til hodisalarini kompleks joylashtirgan va ranglar vositasida jilo berilgan kartaning tori lingvistik atlas deyiladi. Lingvistik atlas umumlashtirish xarakteriga ega bolib, u sheva yoki biror tiining tarqalish chegarasini ko'rsatgan rangli kartalar yig'indisidir. Dunyo amaliyotida lingvistik atlasning klassik namunalari bop. Bular quyidagilar:

• Venker G. Shimoliy va markaziy Germanuyaning dualektokogik atlasi.

• 1881 (6karta). Vrede F. Nemis lingvistik atlasi.

• 1926-1932 (6 jild). Jilyeron J., Edmon E. Fransiya lingvistik atlasi.

• 1896-1908. Yaberga K., Yuda I. Italiya va Janubiy Shvetsariya dialektlari atlasi.

Metadologiya

Areal lingvistika (lingvistik geografiya) shunday sohaki, u har bir sheva va dialekt haqida, uning madaniy, tarixiy xususiyatiari, o'ziga xosligi bilan yaxlit ravishda tilshunoslik, tarix, etnografiya bilan shug'ullanadigan xodimlar, mutaxassislarni keng tanishtirish imkonini beradi. Lingvistik geografiyada, awalo, o'rganilayotgan sheva kartasi uchun asos sifatida aholi

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

geografiyasini aks ettirishga moMjallangan kontur karta olinadi va aholi punktlari raqamlari belgilab chiqiladi. Sheva faktlari uchun shartli belgilar tizimi ishlab chiqiladi. Izoglossalaming tarqalishini ko'rsatuvchi chiziqlami tortish rejasi tayin qilinadi. Ranglar tanlanadi va bo'yash texnikasi belgilab olinadi.

O'rganilayotgan til yoki shevalarining aloqada boMgan (qo'shni) til va shevalar bilan interferensiyasi natijalarini talqin qilish. Avvalgi sahifalarda ta'kidlanganidek, o'zbek tili qozoq, qirg'iz, qoraqolpoq, turkman va tojik tili hamda shevalari bilan kesishgan. Shevalar kesishgan joyda har ikkala til shevalariga o'xshamagan shevalar paydo boMadi. So'zsiz, bu shevalardagi o'zbek tiliga xos boMgan xususiyatni ajratib olish muammosi paydo boladi. Ijtimoiy omillarni hisobga olish. Interferentsiya natijalariga baho berishda turli xildagi ijtimoiy omillarni hisobga olish katta ahamiyatga egadir. Bunda ikki sheva yoki tilning interferensiya sharoitida qo'shilib ketishi chogMdagi til qarshiligi boMishi hisobga olinadi. Muayyan hududda turg'unlashmagan til hodisalarini sharhlash. Ikki sheva yoki dialektga xos xususiyatlarning shu sheva va dialektlarda qoMlanishi hamda ulardan birining g'olib kelmasligi interferentsiyaning tugallanmaganligini, ya'ni bir sheva ikkinchi shevaga singib ketmaganligini bildiradi. Innovatsion markazni aniqlash. Bu tamoyil, albatta, til tarixi bilan bog'langan. U yoki bu izoglossaning paydo boMish nuqtasini aniqlashda til tarixi faktlariga tayaniladi.

Dialektal so'zlami badiiy adabiyotda qo'llashda yozuvchilar turli usullardan foydalanadilar. Ayrim mualliflar shevaga oid so'zni izohsiz ishlatib ketsalar, ayrimlari sahifa tegida uning ma'nosini keltirib boradilar (masalan, "Xorazm" romanida). Dialektal so'zning ma'nosini izohlashda yana quyidagicha usullardan foydalanilgan: - dialogik nutqdagi dialektal so'z nuallif gapida reallashtiriladi: - Buvijon, - dedi u onasining mayus yuziga termilib. -Shirmon xoladan qarz olib tursangiz bo'Imasmikan (Farg'ona tong otguncha).

O'zbek korpus lingvistikasida shevalar korpusini belgilsh bir qadar murakkab jarayonlardan biridir. O'zbek tili agglyutinativ tillar guruhiga kirishi bilan dialektal korpusning teglash orqali korpus tuzish kerak deb hisoblasak, boy milliy madaniyatga ega yashash tarzi, tarix va an'anaga egaligi bilan mavzuviy metarazmetkalangan shevalar korpusi tuzish birinchi planga chiqishi tabiiy. Bunda, albatta, dunyoda hozirda foydalanilayotgan dialektal korpuslarga yondashgan holda ish olib borilishi maqsadga muvofiqdir.

Rus tili milliy korpusining dialektal matnlar korpusi [http:// www.ruscorpora.ru/new/] murojaat qilamiz, u hozirga qadar erkin foydalanish moljallagan korpuslar sirasiga kiradi. Ushbu korpus ustida tadqiqotlarni ikki bosqichga bo'lib amalga oshirilgan. Ya'ni birinchi bosqich 2006 yilda boshlangan va unda grammatik metarazmetkali orfografik meyorlarga boysundirilgan sheva matnlar korinishida berilgan, ammo bu kabi matnlardan har doim ham tolaqonli ma'lumot bazasi mavjud bo'magan.

Dialektologiya, birinchidan, adabiy tilni boyitish, til tarixini va xalq madaniyatini o'rganish uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Ikkinchidan, u sotsiolingvistika bilan uzviy bog'liq: jamiyatda adabiy til va sheva munosabatlarini o'rganishga, ular atrofida yuzaga kelayotgan ijtimoiy munosabatlarni tushunishga yordam beradi.

Lingvistikaning yangi yo'nalishi - lingvomadaniyat til va madaniyat o'rtasidagi bog'liqlikni o'rganadi. Bu yo'nalishning o'zining shunday kategorial apparati mavjudki, uning markaziy obekti konsept tushunchasi bo'lib hisoblanadi. Professor N.Mahmudov lingvokulturologiyada (lingvomadaniyat) konseptning o'rganilishi xususida shunday yozadi: "Lingvokulturologik tadqiqotlarda aynan konseptning ifodalanishi muammolariga juda katta

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

e'tibor qaratilmoqda, internet materiallari bilan tanishganda, masalan, Rossiyadagi tilshunoslikda bu yo'nalish nihoyatda keng tarqalganini ko'rish mumkin, bu boradagi ishlarni sanab, sanog'iga yetish mushkul. Hatto so'nggi yillarda yoqlangan nomzodlik dissertatsiyalarining juda katta qismi aynan u yoki bu tilda konseptning lingvokulturologik tadqiqiga bag'ishlangan". Demak, konsept lingvomadaniyatda eng faol qo'llanuvchi birlik sanaladi. Konsept lingvomadaniy birlik sifatida u yoki bu xalq madaniyatining o'ziga xos jihatlarini ifodalaydi. Masalan, uy konsepti o'zbek kishilarining tafakkurida quyidagicha assotsiatsiyalanadi: a) yashash joyi - bino - ko'p qavatli uy - hovli - xonadon - oila; b) katta, kichik, chiroyli, shinam, yorug', yangi, eski; v) mehribonlik uyi, dam olish uyi, madaniyat uyi.

Xulosa

Yuqorida berilgan ma'lumotlardan xulosa qiladigan bo'lsak, til bu insoniyatni bir-biri bilan muloqot qilishi, millatni borligini isbotlovchi vosita ekanligini ko'rishimiz mumkin. Tilning bir bo'lagi bo'lgan dialektal korpusni yaratish esa ancha muhim ish ekanligni anglashimiz kerak.

REFERENCES

1. https://www.researchgate.net/profile/Tulqin-Togayev 2/publication/356639881_O'ZBEK_TILI_TARAQQIYOTI_VA_XALQARO_HAMKORLI K_MASALALARI/links/61a61ac985c5ea51 abbd2b6b/OZBEK-TILI-TARAQQIYOTI-VA-XALQARO-HAMKORLIK-MASALALARI.pdf

2. file:///C:/Users/borajabboyev/Downloads/xolova-m.-dialektal-korpusning-fonetik-metarazmetkasi-haqida-ayrim-qaydlash.pdf

3. https://elibrary.namdu.uz/81%20%D0%A2%D0%B8%D0%BB%D1%88%D1%83%D0%B D%D0%BE%D1%81%D0%BB%D0%B8%D0%BA/O'zbek%20dialektikasi.%20Ashirboye v%20S.pdf

4. https://hozir.org/zbek-tilining-dialektal-blinishstrrepla.html

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.