Научная статья на тему 'SURXONDARYO O‘ZBEK SHEVALARIGA DOIR AYRIM PAREMALAR TAHLILI'

SURXONDARYO O‘ZBEK SHEVALARIGA DOIR AYRIM PAREMALAR TAHLILI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
3417
294
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
qipchoq lahjasining janubiy o‘zbek “j”lovchilar guruhi / “y”lovchi o‘zbek shevalari (qorluq lahjasiga xos shevalar) hamda ikki tilda so‘zlovchi shevalarda barqaror birliklar. / group of southern Uzbek “j” dialects of the Kipchak dialect / Uzbek dialects of the “y” dialect (dialects of the Qarluq dialect) and stable units in bilingual dialects.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Xamidov, Mansur Abdumannobovich

Ushbu maqolada Surxondaryo viloyati Qiziriq tuman aholisi nutqidan yig‘ilgan maqollar tahlilga tortilgan. Mazkur barqaror birliklar (asosan maqollar) guruhlarga ajratilib, leksikografik material sifatida nutqda qo‘llanilishiga ko‘ra qiyosiy tasniflandi. Mazkur tasnif lug‘at hamda korpus bazasida kerakli maqolga murojaatni osonlashtirib, tushunarli talqinga yo‘naltiradi. Jumladan, maqolada adabiy tilda ishlatiluvchi (izohli lug‘atlarga kiritilgan) maqollar bilan mahalliy shevada qo‘llanuvchi maqollar taqqoslandi, ularning o‘xshash va farqli jihatlariga lingvistik sharh berildi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ANALYSIS OF SOME PARAMETERS REGARDING UZBEK DIALECTS OF SURKHONDARYO

This article analyzes articles collected from the speeches of residents of the Kyzyrik district of the Surkhandarya region. These stable units (mainly proverbs) were divided into groups and comparatively classified according to their use in speech as lexicographic material. This classification makes it easier to refer to the required article in the dictionary and corpus database and leads to a clearer interpretation. In particular, the article compares articles used in literary language (included in annotated dictionaries) with articles used in local dialects, and gives linguistic explanations of their similarities and differences.

Текст научной работы на тему «SURXONDARYO O‘ZBEK SHEVALARIGA DOIR AYRIM PAREMALAR TAHLILI»

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 7

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

SURXONDARYO O'ZBEK SHEVALARIGA DOIR AYRIM PAREMALAR

TAHLILI

Xamidov Mansur Abdumannobovich

Termiz davlat universiteti O'zbek tili va adabiyoti kafedrasi o'qituvchisi Erkin tadqiqotchi Tel: +998990299127 mansurimomali 1991 @mail.ru

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada Surxondaryo viloyati Qiziriq tuman aholisi nutqidan yig'ilgan maqollar tahlilga tortilgan. Mazkur barqaror birliklar (asosan maqollar) guruhlarga ajratilib, leksikografik material sifatida nutqda qo 'llanilishiga ko'ra qiyosiy tasniflandi. Mazkur tasnif lug 'at hamda korpus bazasida kerakli maqolga murojaatni osonlashtirib, tushunarli talqinga yo'naltiradi. Jumladan, maqolada adabiy tilda ishlatiluvchi (izohli lug'atlarga kiritilgan) maqollar bilan mahalliy shevada qo'llanuvchi maqollar taqqoslandi, ularning o'xshash va farqli jihatlariga lingvistik sharh berildi.

Kalitso'zlar: qipchoq lahjasiningjanubiy o'zbek "j"lovchilarguruhi, "y"lovchi o'zbek shevalari (qorluq lahjasiga xos shevalar) hamda ikki tilda so'zlovchi shevalarda barqaror birliklar.

ABSTRACT

This article analyzes articles collected from the speeches of residents of the Kyzyrik district of the Surkhandarya region. These stable units (mainly proverbs) were divided into groups and comparatively classified according to their use in speech as lexicographic material. This classification makes it easier to refer to the required article in the dictionary and corpus database and leads to a clearer interpretation. In particular, the article compares articles used in literary language (included in annotated dictionaries) with articles used in local dialects, and gives linguistic explanations of their similarities and differences.

Keywords: group of southern Uzbek "j " dialects of the Kipchak dialect, Uzbek dialects of the "y" dialect (dialects of the Qarluq dialect) and stable units in bilingual dialects.

АННОТАЦИЯ

В данной статье анализируются статьи, собранные из выступлений жителей Кызырикского района Сурхандарьинской области. Эти устойчивые

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

О

R

VOLUME 2 | ISSUE 7 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

единицы (преимущественно пословицы) были разделены на группы и сравнительно классифицированы по их употреблению в речи в качестве лексикографического материала. Эта классификация облегчает обращение к нужной статье в словаре и корпусной базе данных и направляет ее к однозначному толкованию. В частности, в статье сравниваются паремиологические единицы, употребляемые в литературном языке (входящие в аннотированные словари), с единицами, употребляемыми в местных диалектах, и даются лингвистические пояснения их сходства и различия.

Ключевые слова: южноузбекская группа «дж»кающих кыпчакского диалекта, узбекские диалекты «у»кающих (диалекты карлукского диалекта) и устойчивые единицы в двуязычных диалектах.

Ma'lumki, shevalarimiz tadqiqi tarixi XX asming 20-yillariga borib taqaladi va bugungacha davom etib kelmoqda. Negaki shevalarni tadqiq etishga qiziqishning umumiy sabablari til istiqboliga aloqadordir. Biz milliy tilimizni ham adabiy til, ham sheva, ham milliy til ma'nolarida tushunamiz. Adabiy tilning o'ziga xos taraqqiyot bosqichi borligi, shubhasiz, aniq, ammo shevalarimiz, lahjalarimizning taraqqiyoti va rivojlanish masalasi bahslidir.

Sheva tadqiqiga bag'ishlangan ishlar yil sayin zamonaviy tilshunoslik taraqqiyoti soyasida qolib ketayotgani sir emas. Mustaqillik yillarida soha rivojiga xizmat qiluvchi sezilarli tadqiqotlar bajarilgan. Biroq bu tadqiqotlar salmog'i o'zbek shevalarini to'laqonli tekshirishga va ularning lisoniy tabiatini aniqlashga imkon bergani yo'q.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

O'zbek tili turkiy tillar orasida eng qadimiy tillardan biri bo'lib, sheva va dialektlarga juda boy til. Har bir viloyat, har bir tuman, har bir qishloqning so'zlashuv uslubi o'zining shevaviy xususiyatlari bilan bir-biridan ajralib turadi. O'zbek tilidagi shevalar va ularning xususiyatlari, tasnifi ustida V.V.Radlov, Ser Ali Lapin, I.I.Yudaxin, Y.D.Polivanov, G'ozi Olim Yunusov, Sh.Shoabdurahmonov, F.Abdullayev, A.K.Borovkov, V.V.Reshetov, B.To'ychiboyev, B.Hasanov, S.Ibrohimov, A.Ishayev, S.Rahimov kabi bir qator olimlar ilmiy ish olib borishgan. O'rganilmagan sheva va dialektlarimiz, ayniqsa lingvogeografik va monografik planda o'rganilmagan ishlar juda ko'p. Ular xalq orasida yashab kelmoqda. Shevalarimizni o'zligimizni, qadriyatlarimizni namoyon qiluvchi o'lmas va tuganmas xazina desak mubolag'a bo'lmaydi.

KIRISH

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 7 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Maqollar bu - xalqning madaniyati, ma'rifati, madaniy saviyasi hamda qadriyatlarini o'zida birlashtirgan, jamlagan kichik matnlardir. Xuddi shu ma'noda dialektal matnlar ham doim e'tiborda bo'lgan. Jumladan, Mahmud Qoshg'ariyning "Devon-u lug'atit turk" asarida [7] ham bejizga maqollar uchramaydi. Ajdodlarimiz madaniyati, madaniy qadriyatlarini bizgacha yetkazib kelishda maqollarning o'rni va ahamiyati kattadir.

Yurtimizda istiqomat qiluvchi barcha sheva vakillarining so'zlashuvi bir-biridan go'zal va rang-barangdir. Shuningdek, ayniqsa, Janubiy Surxondaryo sheva vakillarining so'zlashuvi ham o'ziga xos.

D. Polivanov klassifikatsiyasida 3-dialekt, qipchoq lahjasining beshinchi tipidagi janubiy o'zbek "j"lovchilar guruhiga mansubligi ifodalangan. A.K.Borovkovning tasnifida Surxondaryo o'zbek shevalari Shayboniy o'zbek yoki "j"lovchilar dialekti deb ko'rsatiladi. G'ozi Olim Yunusov tasnifida "o'zbek-qipchoq" lahjasiga kiritilgan. S.Rahimov shu tasniflarga tayanib Surxondaryo o'zbek shevalarini quyidagicha klassifikatsiya qiladi:

1. "j"lovchi o'zbek shevalari (qipchoq lahjasiga xos shevalar);

2. "y'lovchi o'zbek shevalari (qorluq lahjasiga xos shevalar);

3. Ikki tilda so'zlovchi shevalar [8].

Bu tasnifga 4-tur "a"lovchi yoki "o"lovchi o'zbek shevalarini kiritsak bo'ladi. "o(a)nor", "o(a)hmoq", "a(o)lma", "xa(o)la", "ha(o)zir" va boshqalar.

Tadqiqot davomida Mardayeva Malika Yo'ldoshevna (1966-yil 9-avgustda tug'ilgan. Qiziriq tumani 30-umumiy o'rta ta'lim maktabida o'qituvchi), Imomaliyeva Bibinor Ahmedovna (1953-yil 2-fevralda tug'ilgan. Istara mahallasidagi Boshlang'ich sinf o'qituvchisi bo'lib ishlagan. Hozirda nafaqada), Mustafoyev Turdimurod Ismatovich (1963-yil 12-iyulda tug'ilgan. Qiziriq tumani "Bog'bonlar yurti" mahallasida yashaydi. "Termiz universiteti" gazetasi bosh muharriri), Mamatmurodov Mamayusuf Qurbonovich (1963-yil 7-noyabrda tug'ilgan. Qiziriq klassterida bosh hisobchi) va boshqa sheva axborotchilaridan yozib olingan dala amaliyoti davomida bir qator muhim ma'lumotlarga ega bo'ldik.

Qiziriq tumani vohaning janubiy hududidagi tuman bo'lib, aholining etnik tarkibini Qo'ng'irot urug'iga mansub turli daha vakillari tashkil qiladi. Hozirda tuman tarkibida 31 ta mahalla mavjud. Biz ulardan Istara, Takiya, Karmaki, So'fi qishloq, Qishloqozon, Rabotak, Yetimqum, Gilambob, Oqjar, Xomkon, Qiziltom, Kiyik kabi qishloqlari aholisidan axborot yig'dik. Hududiy jihatdan tuman cho'l mintaqa hisoblanadi. Tub aholi bu yerni ko'chib kelib o'zlashtirgan. "Qush uchsa

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

O

R

VOLUME 2 | ISSUE 7 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

qanoti, odam yursa oyog'i kuyadi"gan juda issiq hudud bo'lganligi, asli nomi "sariq" bo'lganligi haqida dialektal suhbatlar jarayonida tuman aholisi ma'lumot berishadi.

A.Omonturdiyev va B.Rahmonovlarning hammualliflikda tuzgan "Surxondaryo dialektal-etnografik maqollarining izohli lug'ati"da [1] Surxondaryo viloyatining turli tumanlari aholisidan yig'ilgan maqollar joy nomlari kesimida tartiblangan bo'lib, Qiziriq tumanidagi xalq shevasida uchrovchi maqollar lug'atda mavjud emas.

Professor F.Abdullayev o'zbek shevalarini tadqiq qilishda dialektal matnlarga asoslanib ish ko'rishni shevalar tadqiqidagi samarador usul deb biladi[4, 5]. Binobarin, dialektal matnlarning bir turi dialektal maqollar bo'lib, har bir maqol yirik asar ma'nosini ifodalashi mumkin. Quyida berilgan dialektal maqollar xuddi shu ma'noda jamlangan va saralab olingan. Biz Qiziriq shevasi maqollarning dialektal xususiyatlarini saqlagan holda ham adabiy shaklini, ham dialektal shaklini berishga harakat qildik hamda to'plangan maqollarni quyidagicha guruhladik:

1. Dialektal nutqdagina qo'llanadigan maqollar.

2. Ham shevada, ham adabiy tilda qo'llanadigan maqollar.

3. Adabiy tilda boshqa, shevada boshqa ma'noda qo'llanuvchi maqollar.

4. Arxaik yoki eskirgan maqollar.

Oxirgi tur paremalarni izohlash va tavsif qilish zaruriyati mavjuddir.

Shevada qo'llanadigan maqollar

Otangni ko'rdim Ahmadporiq,

Enangni ko'rdim tovonijoriq.

Otangni ko'rdim Ahmad parbq,

Эnangnb ko'rdim tovoni jarbq.

Maqolda Эna so'zi ona ma'nosida kelgan. Qiziriq shevasida ona so'zi 3nd, ond, aya shakllarida qo'llanadi. "j"lovchi sheva vakillari nutqida "y" tovushi "j"ga almashinib talaffuz qilinadi.

O 'tirgan qiz o 'rnini topar,

Turib-turib uyni to 'rini topar.

Otbrgan qbz ernbnb tapar,

Tyrbb-tyrbb uynb torbnb tapar.

Bu maqolda o'rnini so'zi fonetik hodisaga uchragan. "r" tovushi o'rniga ham "n" tovushi ishlatilgan - onnbnb - o 'nnini.

Otbrgan qbz - maqolda ko'chma ma'noda qo'llangan. "Aqlli, ibo-hayoli, odobli qiz" ma'nosini beradi. Bundan tashqari Otbrgdn qbz "sabrli qiz" ma'nosini ham beradi. "O'zbek xalq maqollari" kitobida "O'tirgan qiz uy topar" shaklida berilgan. Bolani suysang, beshikka suy.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 7 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Balanb suysan, beshbkka suy.

Ayig'idi mayig'idi, o 'zimni joyimidi. Chaqiridi-chuquridi o'zimni uyimidi. Aybgbdb maybg'bdb, ozbmmb jaybmbdb. Chaqbrbdb-chyqyrbdb ozbmmb uybmbdb.

Bu maqol kelib chiqish tarixiga ega. Qadim zamonda bir qiz toqqa borib qolib, o'sha yerda bir ayiqqa ko'ngil berib turmushga chiqqan ekan. Uning ota-onasi uylariga qaytarib olib kelishganda bir muddat yashab keyin shu so'zlarni aytib chiqib ketgan ekan. Shundan buyon xalq orasida qizlar kelin bo'lib tushgan joyida tinib -tinchib ketishi nazarda tutilib xalq orasida maqolga aylangan deyishadi. Bu maqolni "O'zbek xalq maqollari" kitobida "O 'nqir edi, cho 'nqir edi - uyim edi, Ayiq edi, sayiq edi - erim edi" variantini uchraydi.

Yaxshi kelin er ursa uyini to 'riga qochar,

Yomon kelin er ursa ko 'chaga qochar.

Yaxshb kelbn er ursa uybnb torbga qochar,

Yaman kelbn er ursa kochaga qochar.

Yaxshi - yaxshi deysan-u, yashab ko'rsang bilasan.

Yaxshb - yaxshb deysan-u, yashab korsan bblasan.

Kuyovdan o 'g 'il bo 'lmas,

Kuldan loy bo 'lmas. Yoki "Kuyov - (j)yov "

Kuyawdan og'bl bomas ,

Kuldan loy bomas.

O 'nta o'g 'ildan bitta choling pesh.

Onta og'bldan bbtta chalbn pes.

Birinchi xotin tosh xotin,

Ikkinchi xotin qum xotin.

Bbrbncb xatbn tas xatbn,

Bkkncb xatbn qum xatbn.

Katta kelin - latta kelin.

Katta kelbn - latta kelbn.

Podachining xotininingpoda kelar mahal g'ayrati tutar. Padacbnbn xatbnbnb pada kelar mahal g'ayratb tutadb.

Ushbu maqol ko'chma ma'noga ega bo'lib faqat podachining xotiniga nisbatan aytilmagan. Aksincha, kun davomida qo'ni-qo'shnilarnikida o'tirib gurung qiladigan aholi aytgandek "g'"dan (g'iybatdan) oladigan va kech bo'lib poda qaytar vaqtida

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 7

educational, natural and social sciences ÍV ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

uyiga shoshadigan ayollarga nisbatan aytilgan. Aynan poda kelar mahal deyilishiga sabab qishloqda quyosh botayotgan paytda poda qaytadi.

[poda] - poda - birga haydab borilayotgan yoki birga o'tlab yurgan, odatda bir turga oid chorva mollari to'dasi.

Toqqa chiqmasang do'lana qayda,

Xotin olmasang (erga chiqmasang) qaynana qayda.

Toqqa cqmasan delana qayga,

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

Xotbn omasang ^rga chbqmasang) qaynana qayga.

Ushbu maqolning adabiy tilda Jon kuydirmasang, jonona qayda, Xotin olmasang, qaynona qayda shakli ham mavjud. Ota-bolani mol ayiradi, Og 'a-inini xotin ayiradi. ota-balani mol aybradb, og'a-bnbnb xotbn aybradb. Kelinning oyog 'idan, cho 'ponning tayog 'idan. Kelbnnb oyog'bdan, coponnb tayog'bdan.

Ushbu maqol kelinlarning chaqqonligiga nisbatan aytiladi. Cho'ponning tayog'idan deyilishi cho'ponning tayog'i har doim uning xamrohi ekanligi va suruvni asosan shu bilan haydashiga nisbatan aytilgan.

Birovnig bor uyidan o'zingning yo'q uying yaxshi. Brownb bor uybdan ozeynb yoq uybn yaxsb. Men jezzamga kapsan dedim,

Jezzam menga "jebsan" dedi. Kapsan - olingan hosildan qo'ni-qo'shni va qarindoshlarga beriladigan ulush. Jebsan - "bekoringni aytibsan" ma'nosida. Men jэzzэmga kapsan dedim, Jэzzэm menga '^bsan" dedi.

1-jadval. Ham shevada, ham adabiy tilda qo'llanadigan maqollar

Maqol Transkripsiyasi Ma'nosi

Odamning olasi ichida bo'ladi odamnb olasb bcbda boladb Transformatsiyaga uchragan bo'lib, 2-qismi mol olasi tashida. Ya'ni insonni yomon fikri, qora niyati ichida yashirin sirli bo'ladi

Ot aylanib qozig'ini topadi ot aylanbb qozbg'bnb topadb Kim qanday bo'lishidan qat'iy nazar vaqt o'tishi

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 7 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

bilan asliga qaytadi

Bo'lar bola boshidan b o la r bala basbdan Mulla bismillosidan bilanadi degan ma'noda inson kelajakda yaxshi bo'lishi bolaligidan anglashiladi

Ko'cha xandon, uy zindon koca xandan, uy zbndan kimdir ko'chada xushnud yurgan bilan uyida dardli, g'amga to'la man'nosida. varianti: Ko 'chada ko 'rgulik, uyda ko 'mgulik

Yaxshi inson oshini yeydi, Yomon inson boshini yeydi yaxsb bnsan asbnb yeydb, Yaman bnsan basbnb yeydb Yaxshi insonga doim rag'bat amaliga yarasha mukofot bo'ladi, yomonga esa qilg'iligiga munosib jazo bo'ladi deganidir

Qari borsa, oshga borar, Yosh borsa, ishga borar qarb barsa asga barar, Yas barsa bsga barar Keksalarni xalqimiz doim e'zozlaydi, ular doim hurmatda. Yosh avlod ularning qo'lidan ishni oladi.

Bor tovog'im kel tovog'im, Bormasang, kelmasang O'rtada sin tovog'im bar tawag'bm kel tawag'bm,Barmasan, kemasan, 0rtada sbn tawag'bm Oldi-berdida, ayniqsa, qiz berib, qiz olishdagi nikoh to'ylarini ishora qiluvchi bu maqolda berilgan tortiqqa javob bo'lishi haqida

Jeb to'ymagan yalab to'yama? Jэb toymag'an yalab teyama? Nafsi buzuq, qorni to'ysa ham, ko'zi to'ymaydiganlarga atalgan

Chiqqan qiz chig'iriqdan tashqari Cbqqan qbz Cbg'brbqdan tasqarb Qizlik uydan kelin bo'lib

chiqqan qizning uy-ioyi

bo'lak ma'nosida.

Adabiy tilda boshqa, shevada boshqa ma'noda qo'llanuvchi maqollar

Yo zo 'ring bo 'lsin, Yo zaring bo'lsin.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 7 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Yo zorbn bosbn, Yo zarbn bosbn.

Shevada zo'r so'zi o'g'il ma'nosida qo'llanadi. Shuningdek bu maqol "Kuntug'mish" xalq dostonida "Musofirchilikda yo zar yarar, yo zo'r yarar kuningga" maqoli qo'llanadi. Sonsizning savog'i uzun. Sonsbznb sawog'b uzun.

Maqolda savog' so'zi tikish uchun ignadan o'tkaziladigan ip ma'nosida qo'llangan.

El o'g 'risiz bo 'lmas, Qo 'tan bo'risiz bo 'lmas. El og'rsbbz belmas, Qetan borbsbz belmas.

[Qetan] - qo'ta(o)n so'zi O'zbek tilining izohli lug'atida birga boqilayotgan katta qo'y to'dasi; qo'y podasi; suruv deb qayd etilgan. "O'zbek xalq maqollari" kitobida esa El o'g 'risiz bo 'lmas, To 'qay - bo 'risiz shaklida uchraydi

To'qay so'zi qamish, changal va shu kabi o'simliklar o'sib yotgan, odatda, zaxkash yer.

Burgaga istaz qilib ko'rpangga olov qo'yma. Burgaga bstaz qblbb korpanga olow qoyma.

Maqolda [bstaz] - istaz so'zi acchiq qilmoq ma'nosida ishlatilgan bo'lib, dialektal so'zdir.

Qotti borgan joyga asta borsayam bo'ladi.

Qottb borgan joyga asta borsa ham boladb.

Maqolda qotti so'zi tez ma'nosida qo'llangan shevaga xos so'z.

Arxaik yoki eskirgan maqollar

Xon chorig'ini unutmas.

Xon corbg'bnb unutmas.

Araz urganning oshi to(a)lli.

araz urgannbng ashb tallb.

Sopi tentakning biri tentak,

Qopi tentakning bari tentak.

Sapb tentaknbng bbrb tentak,

Qapb tentaknbng bari tentak.

Usta Mirzaqul bir ish qildi,

Etikni buzib, kovush qildi.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 7 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Usta Mbrzaqul bir bsh qbldb, Эtbkтb buzbb kavush qbldbro

Yetti bo 'lani bir to 'bada gurki (bo 'ri) jebti. Yэttb belanb bbr tebada gurkb jэbtb. Chechada qolding - ko 'chada qolding. Chechada qaldbng - kechada qaldbng.

Paremiologiyada aksariyat ilmiy ishlar salmog'i va istiqboli matallar, qanotli so'zlar, ibora-yu, topishmoqlar tadqiqi bilan belgilanadi.

Xalq og'zaki durdonasi sifatida bu kabi xalq donishmandligining, ajdodlardan avlodlarga o'tib kelayotgan noyob meros, keksa avlodlarning bemisl xazinasini lingvistik planda o'rganish juda ham dolzarbdir. Zotan, avlodlar almashinuvida til va madaniyat, tafakkur tarzi tamoyillarini yortitishda paremalarning ajralmas o'rni mavjud. Ayniqsa, o'zbek shevalari leksikasi bilan bir qatorda paremalarni ham leksikografik jihatdan tadqiq etish nafaqat o'zbek dialektologiyasi, balki leksikografiya, korpus lingvistikasi uchun ham g'oyat muhimdir.

REFERENCES

1. Omonturdiyev A., Rahmonov B. "Surxondaryo dialektal-etnografik maqollarining izohli lug'ati". - Toshkent, "Ilm Ziyo Zakovat", 2019.

2. Fayzullayev B., To'ychiyev A. Dialektologik amaliyot. - Jizzax, 2004.

3. To'ychiboyev B., Hasanov B. O'zbek dialektologiyasi. - Toshkent, 2004.

4. Abdullayev F. Xorazm shevalari. - Toshkent, 1960.

5. Abdullayev F. O'zbek tilining o'g'uz lahjasi. - Toshkent, " Fan", 1978.

6. "Kuntug'mish" dostoni. - Toshkent, "G'afur G'ulom", 1975.

7. Mahmud Qoshg'ariy. Devon-u lug'atit turk. - Toshkent, "Fan", 1961.

8. Rahimov S. O'zbek tili Surxondaryo shevalari. Monografiya. - Toshkent: Fan,

9. O'zbek tilining izohli lug'ati, 3,4,5-jildlari. -Toshkent, "O'zbekiston milliy ensiklopediyasi", 2007.

10. O'zbek xalq maqollari. - Toshkent, "G'afur G'ulom", 1989.

XULOSA

1985.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.