ANDIJON-35 VA O'ZPITI-201 G'O'ZA NAVLARI BO'YICHA KO'CHAT QALINLIGIGA BOG'LIQ HOLDA CHILPISHNING PAXTA HOSILIGA TA'SIRI 1Komilov R.M., 2Davronov Q.A., 3Mamurjonova D., 4Toxirova M.
1Q.x.f.f.d (PhD), Farg'ona Davlat Universiteti 2Q.x.f.d., (DSc), Farg'ona Davlat Universiteti 322-65-gurux talabasi, Farg'ona Davlat Universiteti 420-78 gurux talabasi, Farg'ona Davlat Universiteti https://doi.org/10.5281/zenodo.11190005
Annotatsiya. Har xil ko'chat qalinlikda yetishtirilgan Andijon-35 va O 'zPITI-201 g'o'za navlarining unib chiqish vaqtiga qarab hosildorlikka ta'siri qaydetildi.
Kalitso'zlar: G'o'zanavlariAndijon-35 va O'zPITI-201,paxtahosil, hosildorlik, ko'chat qalinlik, chilpish muddati, bir ko'sakdagi paxta vazni.
Аннотация. Отмечено влияние сортов хлопчатника Андижан-35 и УзПИТИ-201, выращенных при разной толщине всходов, на урожайность в зависимости от сроков прорастания.
Ключевые слова: Хлопчатник, густота стояния, коробчка, урожайность, чеканка, Андижан-35, УзПИТИ-201 сорта хлопчатника.
Respublikamizda paxtachilik sohasiga yanada e'tibor ko'chaytirilib, yangi tezpishar g'o'za navlarini yaratish va ularning maqbul agrotexnik tadbirlarini ishlab chiqish bo'yicha ilmiy izlanishlar olib borilmoqda. Yaratilgan har bir g'o'za navining morfologik xususiyatlarini inobatga olgan holda, g'o'zani parvarishlashdagi agrotadbirlaridan maqbul ko'chat qalinligi va chilpish muddatlarini to'g'ri belgilanishi natijasida yuqori va sifatli hosil olishga erishiladi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlangan 2017-2021 yillarga mo'ljallab belgilab berilgan Harakatlar strategiyasida «...qishloq xo'jaligi ishlab chiqarish sohasiga intensiv usullarni, eng avvalo, suv va resurslarni tejaydigan zamonaviy agrotexnologiyalarni qo'llash» muhim vazifalardan biri etib ko'rsatilgan. Shuning uchun ham yerlardan intensiv foydalanish maqsadida, yangi g'o'za navlarini parvarishlash agrotadbirlari, jumladan maqbul ko'chat qalinligida chilpish usullari va muddatlarini ishlab chiqish bo'yicha ilmiy izlanishlarni olib borish dolzarb hisoblanadi.
Ma'lumki, har qanday yetishtirilayotgan ekinlarning asosi yuqori hosil olish hisoblansa, unda bajariladigan har bir agrotexnik tadbirlarning asosiy vazifasi hosildorlikni oshirishga va sifat ko'rsatkichlarin yaxshilashga qaratilgan bo'ladi. Shu o'rinda aytib o'tish joizki, g'o'zani parvarishlashda ko'chat qalinligi ya'ni yaganalash va chilpish agrotadbirlari inson tomonidan bajarilib, ular o'z muddatida olib borilganda kutiladigan hosildan ortiqroq hosil olishga erishish mumkin. Ayniqsa, yangi rayonlashgan va istiqbolli g'o'za navlarida tuproq iqlim sharoitlariga bog'liq holda maqbul agrotexnik tadbirlari ishlab chiqilmagan bo'lib, maqbul chilpish muddatlari ushbu yangi g'o'za navlarida to'laligicha o'z yechimini topgani yo'q. Shu nuqtai-nazardan izlanishlarda rayonlashgan va istiqbolli g'o'za navlarida ko'chat qalinligiga bog'liq holda chilpish agrotadbirlarining g'o'za hosildorligiga ta'sirini o'rganish bo'yicha izlanishlar olib borildi.
1-jadval
Andijon-35 g'o'za navida ko'chat qalinligiga bog'liq holda chilpishning paxta hosiliga ta'siri, 2019 yil.
№ Variantlar nomi qaytariqlar O'rtacha Nazoratdan
I II III hosil farqi
80-90 ming ko'chat qalinligi
1 11-12 hosil shoxda 38,1 37,9 37,8 37,9 0,9
2 13-14 hosil shoxda 38,1 38,2 39,0 38,4 1,4
3 15-16 hosil shoxda 40,0 39,2 39,3 39,5 2,5
4 Chilpilmaganda 36,8 37,1 37,0 37,0
100-110 ming ko'chat qalinligi
5 11-12 hosil shoxda 39,1 39,3 39,1 39,2 3,9
6 13-14 hosil shoxda 40,6 41,3 40,2 40,7 5,4
7 15-16 hosil shoxda 38,3 38,8 38,0 38,4 3,1
8 Chilpilmaganda 35,3 34,9 35,7 35,3
120-130 ming ko'chat qalinligi
9 11-12 hosil shoxda 38,3 39,1 37,8 38,4 3,1
10 13-14 hosil shoxda 39,2 38,5 39,0 38,9 3,6
11 15-16 hosil shoxda 37,3 36,9 37,0 37,1 1,8
12 Chilpilmaganda 34,8 35,0 36,1 35,3
НСРo5=0,43; Sx=2,0%
Ushbu ko'chat qalinligida eng yuqori hosildorlik chilpish 13-14 hosil shoxida o'tkazilgan
variantdan olinib, 38,9 s/ga ni tashkil etganligi va bu nazoratga nisbatan 3,6 s/ga yuqori bo'lganligi bilan ajralib to'rdi. 2-jadval
O'zPITI-201 g'o'za navida ko'chat qalinligiga bog'liq holda chilpishning paxta hosiliga
ta'siri, 2019 yil.
№ Variantlar nomi qaytariqlar O'rtacha Nazoratdan
I II III hosil farqi
80-90 ming ko'chat qalinligi
1 11-12 hosil shoxda 38,5 38,4 38,0 38,3 1,1
2 13-14 hosil shoxda 40,2 40,5 39,5 40,1 2,9
3 15-16 hosil shoxda 41,1 40,7 41,1 41,0 3,8
4 Chilpilmaganda 37,2 37 37,5 37,2
100-110 ming ko'chat qalinligi
5 11-12 hosil shoxda 39,2 39,1 39,5 39,3 3,4
6 13-14 hosil shoxda 41,9 41,2 41,5 41,5 5,6
7 15-16 hosil shoxda 38,0 38,4 38,1 38,2 2,3
8 Chilpilmaganda 36,2 35,9 35,7 35,9
120-130 ming ko'chat qalinligi
9 11-12 hosil shoxda 39,3 40,1 38,3 39,2 3,7
10 13-14 hosil shoxda 39,2 38,5 38,5 38,7 3,2
11 15-16 hosil 37,3 38,9 38,0 38,1 2,6
shoxda
12 Chilpilmaganda 35,1 35,8 35,5 35,5
НСР05=0,54; Sx=2,6%
Andijon viloyati sharoitida 2019-yilda olib borilgan tadqiqot natijalariga ko'ra, Andijon-35 g'o'za navini parvarishlab, ko'chat 80-90 ming tup/ga qoldirilgan fonda eng yuqori hosildorlik 15-16 hosil shoxida chilpish o'tkazilgan variantdan 39,5 s/ga hosil olinib, chilpilmagan variantga nisbatan 2,5 s/ga qo'shimcha hosil olingan bo'lsa, ko'chat 100-110 ming tup/ga qoldirilgan fonda 13-14 hosil shoxida chilpish o'tkazilgan variantdan 40,7 s/ga hosil olindi va nazoraga nisbatan 5,4 s/ga oshganligi ma'lum bo'ldi. Ko'chat qalinligi 120-130 ming tup/ga qoldirilgan variantda chilpish 11-12 hosil shoxida o'tkazilgan variantdan 38,4 s/ga hosil olinganligi va bu nazoratdan 3,1 s/ga oshganligi ma'lum bo'ldi (1-jadval).
0'zPITI-201 g'o'za navida ko'chat 80-90 ming tup/ga qoldirilib, parvarishlangan fonda eng yuqori hosildorlik 15-16 hosil shoxida chilpish o'tkazilgan variantda 41,0 s/ga ni tashkil etib, nazoratga nisbatan 3,8 s/ga qo'shimcha hosil olingan bo'lsa, ko'chat 100-110 ming tup/ga qoldirilgan fonda 13-14 hosil shoxida chilpish o'tkazilgan variantdan 41,5 s/ga olindi va chilpish o'tkazilmagan variantiga nisbatan 5,6 s/ga qo'shimcha hosil olinganiligi aniqlandi. Ko'chat qalinligi 120-130 ming tup/ga qoldirilgan variantda chilpish 11-12 hosil shoxida o'tkazilgan variantdan 39,2 s/ga hosil olinganligi va bu nazorat varintiga nisbatan 3,7 s/ga ko'p bo'lganli kuzatildi (2-jadval).
G'o'za navlari ichida 0'zPITI-201 g'o'za navini 100-110 ming tup/ga qoldirib, 13-14 hosil shoxida chilpish o'tkazilganda eng yuqori hosildorlik olingani bilan jaralib to'rdi va Andijon-35 g'o'za naviga nisbatan ushbu variantda 0,8 s/ga yuqori bo'lganligi kuzatildi.
Xulosa o'rnida shuni takidlab o'tish kerakki, har ikkala g'o'za navida ko'chat qalinligi 100110 ming tup/ga qoldirib, 13-14 hosil shoxida chilpish o'tkazilganda eng yuqori hosildorlik olingan bo'lsa, Andijon-35 g'o'za navini 120-130 ming tup/ga ko'chat qoldirilganda 13-14 hosil shoxda, 0'zPITI-201 g'o'za navini ushbu ko'chat qalinligida parvarishlanganda 11-12 hosil shoxida chilpish orqali yuqori hosildorlikka erishish mumkinligi kuzatildi. Bu ushbu g'o'za navlarining o'ziga xos morfobiologik jixatdan farqlanishidan dalolat beradi.
REFERENCES
1. Dala tajribalarini o'tkazish uslublari. O'zPITI. Toshkent, 2007, 147 b.
2. Юлдашев С.Х., Ибрагимов Г.А., Таиров С.М. «Густота и урожайность хлопчатника», Изд-во «Узбекистан», 1977.
3. Назаров М.К.-Урожайность хлопчатника в зависимости от густоты стояния и уровня питания на лугово-сероземных почвах Зарафшанской долины». Автореф. канд.дисс. Ташкент, 1990. 23-стр.
4. Юлдашев С.Х., Камалова М.В. Факторы урожайности хлопчатника», изд-во «Фан», Ташкент, 1988.