INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND
SOLUTIONS
JUNE 6-7, 2023
GOZA OSIMLIGIDA CHILPISHNING AHAMIYATI Mamatqulov Orifjon Odiljon o'g'li
FarDU Mevachilik va sabzavotchilik kafedrasi o'qituvchisi orifjonmamatqulov39@gmail .com https://doi.org/10.5281/zenodo.8000986
Anotatsiya. Bizga ma'lumki tolali ekinlardan asosiysi hisoblangan g'o'za osimligini chilpish bo 'yicha tajribalar XX asrda amalga oshirila boshlagan. Va faqatgina qo l mehnati yordamida amalga oshirilgan, shu davrning o'zida uning samaradorligi bo'yicha ilmiy tadqiqot ishlari olib borila boshlagan. Biroq hozirgi kunda ishlab chiqarishga ta'vsiya qilinayotgan navlarning biologik xususiyatlari va ularga korstilayotgan agrotexnologik tadbirlarning ta'siridan kelib chiqqan holda chilpish tadbirini turli muddat va usullarda amalga oshirish zarur hissoblanadi.
Kalit so^zlar: Chilpish, retardant, hosil shox, shona, gul, kosak, tola, tola sifati, variant, piramida, C-6775
Dunyoda yirik paxta tolasini ishlab chiqaruvchi davlatlarning qishloq xo'jaligi amaliyoti va ilm fanida g'o'za tuplarini aniq qalinlikda joylashtirish va chilpishni turli usullarda qo'llashning samaradorligini aniqlash bo'yicha doimiy ravishda ilmiy-izlanishlar olib borilmoqda. Shuningdek, yangi yaratilgan har bir g'o'za navini parvarishlash agrotexnologiyasini ishlab chiqish kabi ilmiy tadqiqotlarga e'tibor qaratilmoqda.
Chilpish tadbirini o'z vaqtida va sifatli amalga oshirish paxtachilik soxasidagi yirk olimlarning ta'kidlashicha hosilning pishish muddati ya'ni, erta yetishtrib olishga ijobiy ta'sir qiladi bu esa hosilni yog'in mavsumiga qolmasdan terib olish va paxta qabul qilish joylariga yuqori narxda sotish imkonini berib dehqon uchun iqtisodiy samaradorlikni oshiradi.
Mazkur tadqiqotlarni tajribada sinab ko'rgan olimlardan biri O. Jalilov va boshqalarning malumotlariga qaraganda chilpish natijasida o'simlikning rivojlanishi (o'sishi, hosil tugishi, hosil shoxlari soni) jadallashadi. Chilpish o'tkazilgan variantda o'tkazilmagan variantga nisbatan hosil elementlarini ko'proq ushlab qolinishi, g'ozaning yuqorigi va chetki qisimlaridagi hosil shoxlarida yetilgan ko'saklarning paydo bo lishi 3-4 tagacha ortadi.
M. Toshboltayevning ma'lumotlariga ko'ra chilpishdan asosiy maqsad o'simlikni tarvaqaylab o'sishini oldini olish emas balki tuproqdan kelayotgan ozuqa moddalarni xosil sholaridagi gul va ko'saklarga yo'naltirishdan iboratdir.
Chilpishninhg o'z vaqtida amalga oshirilishi ham g'ozaning o'sib rivojlanishiga kata ta'sir qiladi. Bu bo'yicha Sh. Nurmatov, R. Nazarov, Sh. Abdualimovlarning olib brogan tajribalariga ko'ra chilpish o'z muddatida sifatli amalga oshiriladigan bo'lsa hosil elementlari (gul, shona) ning to kilishi sezilarli darajada kamaygan. Va bundan tashqari tolaning sifatiga ham foydali ta'sirini ko'rsatgan.
Chilpishning amalga oshirilishi turli zararkunanda qarshi chalinishini kamaytiradi. Bu borada Sh. Xo'jayev va Sh. Kuryazevlar tomonidan Xorazm viloyatida amalga oshirilgan ishlar shuni ko'rsatadiki, g'o'za tunlami tuxum qo'yayotgan davrda chilpish amalga oshirilganda ushbu zararkunandaning anchagina kamayishi kuzatilgan. Bundan tashqari chilpishda olingan o'simlikning uchki qisimlari dala tashqarisiga olib chiqilganda samaradorlik 49-78 % ga teng bo'lgan.
INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND
SOLUTIONS
JUNE 6-7, 2023
Xar bir o'rganilyotgan va parvarish qilinayotgan navlarda chilpish ta'dbiri amalga oshirilayotganda navning biologiyasi, ko'rsatilishi rejalangan agrotexnik ta'dbirlarni, o'simlikning bo'yi, va tuzilishini inobatga olgan o'tkazish talab qilinadi. Jumladan Mualliflar A. E. Egamberdiyev, A. R. Siddiqov, S. A. Egambediyev, M. Kipchakov, P. Sh. Ibragimov, S. V. Grigorev tomonidan O'zbekiston g'o'za selleksiyasi va urug'chiligi ilmiy tadqiqot institutida yaratilgan yaratilgan C-6775 g'o'zasi navi tupi piramida shaklida bo'lib balandligi 110-120 sm ni tashkil qiladi poyasi o'rtacha tuklangan, yotishga moyil emas barglari 3-5 bo'lakli kaftsimon shakilda rivojlangan. Mazkur g'o'za navini kimyoviy yo'l bilan chilpish sezilarli samara beradi. Chunki nvning tuzilishi o'simlikning uchki qismiga tomon ingichkalashib piramida shaklini olishi, va bundan tashqari o'simlik barglarining kengroq joylashganligi hissobiga kimyoviy retardantlar o'simlikning eng pastki yaruslariga ham yetib borishi mumkin bo'ladi. Yana shuni ham aytib o'tish kerakki o'simlikni bargi boshqa goza navlari bilan solishtrilganda seretlik darajasi nisbatan ancha kam bolib bu ham o'z navbatida retardantning ta'sir etish qobilyatini oshiradi.
Chilpish tadbiri bilan birgalikda goza o'stirilayotgan dalada maqbul ko'chat qalinligini ham inobtga olinadigan bo'lsa o'simliklarning suvga bo'lgan ehtiyojini ma'lum darajada qodrish mumkin bo'ladi. Masalan o'simliklarda barg sathini ortib borishi tuproqdan bug'lanadigan suvning miqdorini oshirib yuboradi. Natijada o'simlik tez orada suvga ehtiyoj seza boshlaydi.
Dala maydonlarida o'simlik barga sathini kattalishib ketishini asosiy sabablaridan biri bu maydondagi umumiy ko'chat qalinligini oshirib yub orish hissoblanadi. Bundan tashqari maydon bo'yoicha barg sathining yirik bo'lishiga yana bir sabab o'simlikning biologik va hossalariga bo'g'liq bo'ladi.
R. Nazarovning malumotlariga qaraganda bitta o'simlik xissobiga bar sathi ko'chat kam qoldirilgan variantlarda kuzatilib, ko'chatlar ko'p qoldirilgan variantlarda bu ko'rsatkich bitta o'simlik xissobiga kamayib borishi bilan bir qatorda umumiy gekatar hissobiga barga sathi ortib borishini aniqlaganlar.
Agarda g'o'za o'simligini ko'chat qalinligiga rioya qilnmasdan ekishga yo'l qo'yiladigan bo'lsa o'simliklar biri- birini soyalaydi va natijada o'simlikdagi ko'saklar quyosh nuri bilan yetralicha ta'minlanmaganligi hissobiga ko'saklarning ochilishi kamayib ketadi va hosildorlikka salbiy ta'sir qiladi.
REFERENCES
1. Abdualimov Sh. G'o'za va kuzgi bug'doyda o'sishni sozlovchi moddalarni qo'llashning samaradorligini baholash: Qishloq xo'jaligi fanlari doktori Diss. - Toshkent, 2015. 130-156.
2. Abdualimov Sh. G'o'zada entojean retardantini turli me'yor va muddatlarda qo'llashning hosil elementlari to'kilishiga ta'siri // O'zbeksiton paxtachiligini rivojlantirish istiqbollari nomli Respublika ilmiy to'plami. Toshkent. 2014. B. 122-126.
3. Abdualimov Sh. G'o'zani sifatli chilpish hosildorlikning yuqori bo'lishini ta'minlovchi omillardan hisoblanadi // Fermer ijtimoiy-iqtisodiy jurnali. - Toshkent, 2017. - №7. - B. 811.
4. Abdualimov Sh. S-6524 g'o'za navi turli ko'chat qalinliklarida parvarishlanganda chilpishusullarining samaradorligi // Paxta majmuidagi ziroatlar yetishtirish texnologiyasining ahvoli va rivojlantirish istiqbollari. Toshkent: 1996. - B. 26-29.
INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND
SOLUTIONS
JUNE 6-7, 2023
5. Nurmatov Sh., Nazarov R., Abdualimov Sh. G'o'zani sifatli chilpish hosildorlikni oshiradi, tola sifatini yaxshilaydi // O'zbekiston qishloq xo'jaligi jurnali. - Toshkent, 2010; №7. - B. 5-6.
6. Idrisov X. A. et al. Nurmatov UO Mamatkulov OO Rasulov A.. Asqarov H. Results of analytical study of growth, development and grain yield ofmung bean (Phaseolis aireis Piper) varieties //INTERNATIONAL JOURNAL OFSPECIAL EDUCATION, SCOPUS. -Т. 37. - №. 3. - С. 2022.8880-8886.
7. Mamatqulov O., Qobilov S., Yokubov S. CULTIVATION OF MEDICINAL SAFFRON PLANT IN THE SOIL COVER OF FERGANA REGION//Science and Innovation. - 2022. - Т. 1. - №. 7. - С. 240-244.
8. Mamatqulov O., Qobilov S., Yokubov S. FARG 'ONA VILOYATINING TUPROQ QOPLAMIDA DORIVOR ZAFARON O'SIMLIGINI YETISHTRISH //Science and innovation. - 2022. - Т. 1. - №. D7. - С. 240-244.
9. Mamatqulov O. O. O., Muqimov S. A. O. B. O., BIOLOGIYASI V. A. AGROTEXNIKASI//ORIENSS. 2022. № 10 //URL: ttps://cyberleninka. ru/article/n/batat-o-simligi-biologiyasi-va-agrotexnikasi (дата бращения: 07.12. 2022).
10. Yusupova M. A. et al. Changes in the morphological structure and mechanical properties of sandy soils //IOP Conference Series: Earth and Environmental Science. - IOP Publishing, 2023. - Т. 1138. - №. 1. - С. 012036.