UO'K: 633.511.631.52
DALA TAJRIBALARINING FENOLOGIK KUZATUV NATIJALARI
(Andijon sharoiti misolida) Qodirov Otabek Abdullaxayevich
Andijon qishloq xo'jaligi va agrotexnologiyalar institute, katta o'qituvchi Mamanazorv Abduxalil Xudoynazar o'g'li Andijon qishloq xo'jaligi va agrotexnologiyalar institute, talaba https://doi.org/10.5281/zenodo.6687419
Annotatsiya. Respublikaning paxtadan mo'l hosil olishi va undan olinadigan mahsulotlarning sifatini yuqori bo'lishini ta'minlashda urug'chilik va urug'lik sifati muhim o'rin tutadi. Urug'likka terilayotgan paxta hosili asosan 75-85% pishib yetilganda boshlanadi. Paxta hosili o'simlikning 3-8 oraliqdagi hosil shoxlaridan terib olindi. Urug'chilik tizimini rivojlantirish va uni ilmiy asoslashda yuqoridagi tadbirni qo'llash kelgusida sara urug'lardan foydalanish va yuqori iqtisodiy samaradorlikka erishishga kafolat beruvchi omillardan biri hisoblanadi.
Kalit so'zlar: Urug'lik paxta, hosildorlik, iqtisodiy samarodlik, variant, qaytariq, rayonlashtirish, istiqbolli nav, qimmatli xo'jalik belgi, sentner.
РЕЗУЛЬТАТЫ ФЕНОЛОГИЧЕСКИХ НАБЛЮДЕНИЙ ЗА ПОЛЕВЫМИ ОПЫТАМИ (В СЛУЧАЕ AНДИЖАНСКИХ УСЛОВИЙ)
Аннотация. Семена и качество семян играют важную роль в обеспечении богатого урожая хлопка и высокого качества его продукции в Республике. Сбор хлопка из семян в основном начинался при 75-85% спелости. Урожай хлопка собирали с 3-8 ветвей растения. Развитие семенной системы и применение указанной меры в ее научном обосновании является одним из факторов, гарантирующих будущее использование отобранных семян и высокую экономическую эффективность.
Ключевые слова: хлопчатник семенной, урожайность, экономическая эффективность, вариант, повторность, районирование, перспективный сорт, ценная хозяйственная признака, центнер.
RESULTS OF PHENOLOGICAL OBSERVATIONS OF FIELD EXPERIMENTS
Abstract. Seeds and quality of seeds play an important role in ensuring the country's rich cotton harvest and high quality of its products. The harvesting of cotton from seeds generally began at 75-85% ripeness. Cotton was harvested from 3-8 branches of the plant. The development of the seed system and the application of this measure in its scientific justification is one of the factors that guarantee the future use of the selected seeds and high economic efficiency.
Key words: seed cotton, yield, economic efficiency, variant, zoning, promising variety, valuable economic trait, centner.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 17.04.2019 yildagi "O'zbekiston Respublikasi Qishloq xo'jaligi vazirligi faoliyatini takomillashtirish to'g'risida" gi PF-5708-sonli farmonini so'zsiz bajarilishini ta'minlash uchun, Qishloq xo'jaligi ekinlari urug'larini tayyorlash, foydalanish va eksport qilishning zamonaviy tizimini shakllantirish, mahalliy va xorijiy
(IN THE CASE OF ANDIJAN CONDITIONS)
KIRISH
SCIENCE AND INNOVATION 2022
№ 3
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
selektsiya navlari, shu jumladan biotexnologik navlarning birlamchi urug'chiligini tashkil etish va rivojlantirish, urug'chilik va urug'shunoslik tizimini ilmiy asosda tubdan yaxshilash, Davlat reyestriga kiritilgan va yangi g'o'za navlarini elita va keyingi avlodlari urug'larini tayyorlashning zamonaviy resurs tejovchi uslublarini takomillashtirish hamda urug'lik sifatini belgilovchi yangi Davlat standartlarini va boshqa me'yoriy hujjatlarni ishlab chiqish orqali halqaro talablarga moslashtirish vazifasi yuklatilgan.
TADQIQOT METODI VA METODOLOGIYASI
Shundan kelib chiqib, Andijon viloyati sharoitida xar xil agrotexnologiya qo'llanilishi natijasida (Ochiq 90x10x1) yetishtirilgan rayonlashgan g'o'za navlari urug'larini o'rganish maqsadida dala tajribalari o'tkazdik va kelajakda ularning muqobil birlamchi urug'chiligini tashkil qilishdek maqsadni belgilab oldik.
O'rtapishar va ertapishar, sifatli tola ko'rsatkichiga ega, har xil agrotexnik sharoitda yetishtirilgan g'o'za navlari urug'larini Andijon viloyati bo'z tuproqlarida o'rganilib, birlamchi urug'chiligini tashkillashtirish xamda rivojlantirish omillari o'rganilib urug'chilik xo'jaliklariga tavsiya qilinadi.
PSUYeAITI (O'zPITI) uslubiy qo'llanmasiga asoslanib, fenologik kuzatuvlar olib boriladi.
G'o'zaning birlamchi ko'paytirish va elita xo'jaliklaridan olingan Sulton, Andijon-35, Omad, O'nqo'rg'on-1, O'zPITI-202 o'rtapishar va ertapishar g'o'za navlari urug'larini O'zDSt 663:2017 talablariga mosli va nav tozaligini aniqlash tadqiqot ob'ekti va predmeti sifatida qabul qildik.
Iyun oyi kuzatuvlari natijalariga ko'ra eng bo'ydor g'o'za variantimiz O'nqo'rg'on-1 navi bo'lib (22,0 sm), barcha agrotexnik tadbirlar tajribaning xamma variantlariga bir qo'llanilgan, boshqa variant g'o'za navlaridan, xususan Omad naviga (17,5 sm) nisbatan naqt 4,5 sm. ga baland bo'lganini ko'rishimiz mumkin. (1-jadval)
TADQIQOT NATIJALARI
1-jadval
G'o'za navlarining o'sishi va rivojlanishi
Asoaiy poya balüiidliii, sm
№ Yariamhr 1-LjTm 1-ij-ul 1-avgust
Qiyianqlai Qaytaiiqlar Qajtsnqlar
r Q HI T I n m I I n ni Y
I .^Ddijoti-3 5 2Q,S 21,3 21,5 30,7 4S.6 49,6 49,4 4 93 95,4 95p 95,2
2 Suben IS,4 17,9 IS,2 IS 1 4S,5 49,7 48.7 4SJt 94-,5 93,7 94,2 94,4
3 0LsPm-:02 17,a IS,2 IS,7 ISj 49,2 4E.6 4S.1 93,6 94p 94.3 94,G
4 Omad 17,5 17,a 16,4 47,2 46,5 47.1 46J3 92,5 93,1 92,7 W.7
5 0 "aqo'rg'oii-i 21,4 23,7 21.6 21,0 51,3 50,4 50,7 50 x 102,4 102,7 104,5 103,3
Tajribada o'rganilayotgan Andijon-35 g'o'za navining bo'yi barcha qaytariqlar bo'yicha hisoblanganda o'rtacha 20,7 sm. ni tashkil qildi. Xuddi shu ko'rsatkich bo'yicha Sulon va O'zPITI-202 g'o'za navlarining ko'rsatkichlari xam bir xilda 18,5 sm. ni namoyon qildi.
SCIENCE AND INNOVATION
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
2022 № 3
MUHOKAMA
Iyul oyi kuzatuv natijalariga ko'ra barcha qaytariqlar bo'yicha g'o'za navlarining bo'yi hisoblanganda ularning ichidan eng bo'ydori O'nqo'rg'on-1 navi topilib, uning bo'yi 50,5 sm. ni tashkil qildi. Omad navi tajribada o'rganilayotgan boshqa navlarga nisbatan biroz pastroq ko'rsatkichni namoyon qildi (46,8 sm). Qolgan variant navlarining iyul oyi kuzatuvlari bo'yicha ko'rsatkichlari deyarli o'zaro yaqin bo'ldi.
Avgust oyi kuzatuvlarida bo'yining yuqoriligi bo'yicha O'nqo'rg'on-1 g'o'za navi natijalari bo'ldi. O'rganilayotgan boshqa navlar bo'yidan deyarli 6-8 sm. ga yuqoriligi bilan farq qilishi ko'rindi.
Sentyabr oyi kuzatuvlari asosan o'rganilayotgan g'o'za navlarining bir tup o'simlikdagi ko'saklar soni ko'rsatkichlari aniqlandi. (2-jadval)
Tadqiqot bo'yicha olingan ma'lumotlar sentyabr oyining ikkinchi sanasiga to'g'ri keladi. Barcha variantlarning 3 ta qaytariqlari kesimida ochilgan ko'saklar soni hamda jami ko'saklar (dona) soni keltirib o'tilgan.
Ushbu natijalar bo'yicha eng bo'ydor bo'lgan Sulton g'o'za navi ko'rsatkichi past natija berganligini, ya'ni jami bir tup o'simlikdagi ko'saklar soni bo'yicha 13,4 donani tashkil qilganligini ko'rishimiz mumkin.
Bundan tashqari O'zPITI-202 va O'nqo'rg'on-1 g'o'za navlarimiz nisbatan balandroq ko'rsatkichni (13,7 donadan) qayd qildi.
2-jadval
G'o'za navlarining o'sishi va rivojlanishi
Bir tup s&iiajyg^agj äßM
№ Yariantlar i-m&zitc
Ochilzan Jami
I II III O'r I II III O'r
1 Andijon-35 4,7 5=6 5:3 14:5 14:5 14:7 14,6
I Sulton 4,4 5:4 13,4 13,1 13:5 13,4
3 O 'zPITI-202 4,5 5,4 4.9 5,0 13:5 13,B 13:7 13,7
4 Omad 5,7 5=1 4:6 54 14:3 13:7 14:2 144
5 0"nqo"rs'on-l 3,6 6,4 6:2 64 13:6 13,8 13,8 13,7
XULOSA
Ushbu ko'rsatkich bo'yicha yuqori natijani Andijon-35 navi ko'rsatib, uning bir tupidagi o'rtacha ko'saklari soni 14,6 donani tashkil qildi. Omad navining bir tup o'simlikdagi umumiy ko'saklari soni bo'yicha deyarli yuqori natijani ko'rsatdi (14,2 dona). Ochilgan ko'saklarni o'rtachasini hisoblanganda Andijon-35 bilan O'nqo'rg'on-1 navlarining ko'rsatkichlari variantlarning boshqa navlariga nisbatan yuqori ko'rsatkichni namoyon qildi. Ya'ni O'nqo'rg'on-1 navida ochilgan ko'saklar soni 6,2 dona, Andijon-35 navida 5,3 donani, Omad navida 5,2 donani tashkil qilganligi ko'rindi.
SCIENCE AND INNOVATION
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
2022 № 3
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Sh.S.Kozubayev, B.I.Mamaraximov -G'o'za urug'chiligini takomillashtirish olmillaril, Toshkent, 2013., 80, 167 b.
2. O.A.Qodirov- Valuable farm characters are the main source of cotton seeds. Universum: технические науки, 2022. https://cyberleninka.ru/article/n/valuable-farm-characters-are-the-main-source-of-cotton-seeds
3. O.A.Qodirov - The role of valuable economic signs of prosperous cotton varieties in the development of the seed system. Academicia: An International Multidisciplinary Research Journal April 2022. https://saarj.com., 209 p.
4. O.A.Qodirov-G'o'za navlari unuvchanligini laboratoriya tahlil natijalari. O'zbekiston qishloq va suv xo'jaligi agrar-iqtisodiy, ilmiy-ommabop jurnal. 2022 yil maxsus son. 11-bet.