Научная статья на тему 'AN’ANAVIY XONANDALIKDA OVOZ XUSUSIYATLARI, TA’LIMDA INNOVATSIYON YONDASHUVLAR'

AN’ANAVIY XONANDALIKDA OVOZ XUSUSIYATLARI, TA’LIMDA INNOVATSIYON YONDASHUVLAR Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
163
24
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
Ta’lim / innovatsiya / texnologiya / xonandalik / tenor / bariton / yo‘g‘on bas / ashula

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Mamlakat Axmadovna Ulasheva

Ushbu maqolada an’anaviy xonandalikda ovoz xususiyatlari hamda ta’lim jarayonida innavatsion texnalogiyalar, innovatsion yondashuvlardan samarali foydalanishning unumli jihatlari haqida so‘z yurutiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «AN’ANAVIY XONANDALIKDA OVOZ XUSUSIYATLARI, TA’LIMDA INNOVATSIYON YONDASHUVLAR»

AN'ANAVIY XONANDALIKDA OVOZ XUSUSIYATLARI, TA'LIMDA INNOVATSIYON YONDASHUVLAR

Mamlakat Axmadovna Ulasheva Yunus Rajabiy nomidagi O'zMMSI

Annotatsiya: Ushbu maqolada an'anaviy xonandalikda ovoz xususiyatlari hamda ta'lim jarayonida innavatsion texnalogiyalar, innovatsion yondashuvlardan samarali foydalanishning unumli jihatlari haqida so'z yurutiladi.

Kalit so'zlar: Ta'lim, innovatsiya, texnologiya, xonandalik, tenor, bariton, yo'g'on bas, ashula.

SOUND CHARACTERISTICS IN TRADITIONAL SINGING, INNOVATIVE

APPROACHES IN EDUCATION

Mamlakat Akhmadovna Ulasheva UzINMA named after Yunus Rajabi

Abstract: This article deals with vocal features in traditional singing and productive aspects of the effective use of innovative technologies and innovative approaches in the educational process.

Keywords: Education, innovation, technology, singing, tenor, baritone, deep bass, singing.

Bugungi kunda ta'lim jarayonida innovatsion texnologiyalar, pedagogik va axborot texnologiyalarini o'quv jarayonida qo'llashga bo'lgan qiziqish, e'tibor kundan - kunga oshib bormoqda. Buning asosiy sabablaridan biri an'anaviy ta'limda tolibi ilmlarni faqat tayyor bilimlarni egallashga o'rgatibgina qolmay, zamonaviy texnologiyalar asosida egallayotgan bilimlarini o'zlari qidirib topishlariga, mustaqil o'rganib, o'zlashtirib borishlariga, hattoki xulosalarni ham o'zlari keltirib chiqarishlariga o'rgatadi. O'qituvchilar esa bu jarayonda shaxsning rivojlanishi, shakllanishi, bilim olishi va tarbiyalanishiga sharoit yaratadi holos.

Shu maqsaddan kelib chiqqib, oliy ta'lim jarayonini amalga oshirish, ta'lim-tarbiya ishlarini yanada yaxshilash, zamonaviy pedagogik, innovatsion va axborot texnologiyalarni ta'lim jarayoniga tadbiq etish, ilg'or ish tajribalariga ega bo'lish, jamoatchilik asosida ta'lim muassasasi o'rtasidagi hamkorlikni yuzaga keltirish, uni mustahkamlash dolzarb masalalardan hisoblanadi.

Ashula insonning doimiy xamrohi, ovunchog'i va madadkoridir. Qo'shiq va musiqaninng betimsol ruhiy quvvati odamzotni hayotga va ezgulikka chorlab kelgan.

I fafli^^Bl 120 http://oac.dsmi-qf.uz

Soz chalinganda go'yo inson tanasidagi jon junbushga kelganday, goh qo'l, goh oyoq, goh tana xarakatlarida yuz, ko'z ifodasida va ayniqsa ovozda o'z aksini topgan. "Avesto" kitobidagi madhiyalar ham qo'shiq shaklida ijro qilingan. "Qur'oni Karim" Rasullullohga ovoz va ohang orqali nozil bo'lgan. Shu sababdan uning oyatlarini qiroatli, xushnafas ovoz bilan tilovat qiliSh Olloh kalomini ta'sirchanligini oShirgan. Azonni yuqori pardalarda chiroyli ovozda aytish esa Xazrati Biloldan qolganligi ma'lum. Bundan ko'rinadiki odamzot ma'lum bir e'tiqodni, muqaddas g'oyalarni o'ziga, o'zgalarga qudratli so'z, go'zal ohang orqali singdirgan va undan ta'sirlangan.

Ovozlarning tozaligi va keng ko'lamliligi tabiiy iqlim Sharoitiga ham bog'liq bo'lib, masalan, dengiz yoki okean bo'ylarida yaShovchi xonandalar ovozi juda jarangdor bo'lib, erkak xonandalarning ovozlari juda go'zal, rang-barang tembrga ega bo'lar ekan. Issiq o'lkalarda, ya'ni ekvatorga yaqin mamlakatlarda xonandalarning ovozlari nisbatan quruqroq yoki jarangdorligi nisbatan sustroq bo'lib, tenor va bariton ovozlari ko'plab uchraydi. Ekvatordan Shimolga tomon surilib kelavergan sari ovozlar turi pasayib tenor, bariton, bas va yo'g'on bas kabi ovoz ko'lami va turlari yo'g'onlashib boradi. Shimoliy Muz okeaniga yaqinlashganda bas ovozli xonandalar ko'payadi" Bundan kelib chiqadiki xonandalar uchun tabiiy iqlim sharoiti va jismoniy tuzilishi katta ta'sir ko'rsatadi. Shuning uchun ham xonandalar boshqa mamlakatlarda gastrol-konsert safarlarida bo'lsalar ba'zi xolatlarda ovoz yurmasligi va xatto bo'g'ilib qolishi xolatlari ham uchrab turadi. Lekin Shunday ham bo'ladiki, boshqa o'lkalarda ovozi ochilib ketishi, xattoki o'z vatanida ham ovozi bunchalik jaranglamaganligi ham kuzatiladi. Bunday ijrolar albatta xonandaning kayfiyati, yaxshi xordiq chiqarganligi, toza, sof havodan nafas olishi, xatto qanday ovqat tanovul qilishiga ham bog'liqdir. Xonandaning kayfiyati tushishi ham ijro uchun salbiy ta'sir ko'rsatadi. Saxna ortida endigina ijroga tayyorgarlik ko'rayotgan xonandaning kayfiyati ko'tarinki bo'liShi Shart.

O'zbek milliy musiqa ijrochiligi juda qadim va boy an'analarga ega bo'lib, xonandalik ovozlarining turlicha toifalarini hamda usluban rango-rang aytim xususiyatlarini o'z ichiga qamrab oladi. Ushbu o'ziga xosliklarni yoritish, nazariy va amaliy asoslarini ishlab chiqish, shuningdek ularni hozirgi zamon kasbiy musiqa ta'limi jarayoniga kengroq joriy qiliSh vazifalari bugungi kunda nihoyatda dolzirb ahamiyat kasb etmoqda.

Tabiiyki, Farg'ona-Toshkent, Buxoro-Samarqand, Xorazm va Surxondaryo-Qashqadaryo vohalarining musiqiy udum-an'analari o'rtasida chuqur milliy mushtaraklik mavjud. Shunday bo'lsa-da, mahalliy-erli o'zgacha ijodiy ko'rinishlar sezilarli darajada saqlangan. Shu boisdan1 ko'tarilayotgan masalani asosan bizga

1 ®.MaMagameB. "Mhmhh Mycnrça H^ponn^Hra Macamrapn" 2001 h.10-11 6eraap.

121

http://oac.dsmi-qf.uz

bevosita dahldor bo'lgan Farg'ona vodiysi xonandaligi misolida yoritishni maqsad qilib oldik.

O'zbek milliy xonandaligining Farg'ona-Toshkent udumlarini nazarda tutar ekanmiz, avvlo ashulachilar ovozinig siqat darajasi hamda ovoz ishlatish yo'llarini hisobga olga holda ular bir necha toifalarga ajratiladi. Asosiylari quyidagi nomlarda yuritilgan.

1) "Nor ovoz";

2) "Tik ovoz" (yoki jarangdor ovoz);

3) "Jarangdor kuvrak ovoz";

4) "Kuyuk tik ovoz" (yoki "jarangsiya ovoz");

5) "Bo'zak ovoz" (yoki moda ovoz);

6) "Pang ovoz";

7) "IShkami ovoz".

Xonandalikda ovozning tusi, jarangdorligi, kuchi, ko'lami, Shiradorligi, uni ishlatish imkonlari va boshqa sifatlari tabiatan hilma-hil bo'lishi hisobga olinishi shart. Burungi davr ayrim savodxon musiqachilar tomonidan ovozlarni ta'riflash, bir-biridan farqlash, kasbiy jihatdan baholash uchun qator maxsus atama va iboralardan foydalanilgan. Demak talaygina aniq tushunchalar og'zaki bo'lsa-da, muttasil ilmiy-amaliy muomalada bo'lgan. Ammo respublikamizda joriy etilgan maxsu musiqa o'quv tizimida avvalgi tajriba deyarli qo'llanilmaydi.

Yuqorida keltirilgan ma'lumotlardan shuni ma'lum qilishimiz mumkinki, maqom ta'limida ayniqsa maqomlarni o'zlashtirish va o'rgatishda ustozlardan meros "ustoz-shogird" tizimi hamda zamonaviy texnalogiyalardan birgalikda foydalanish hozirgi kunning dolzarb muammolaridan hisoblanadi. Milliy qadriyatlarimizga tayangan ustoz shogird tizimida innavatsion texnologiyalardan samarali foydalanish va zamonaviy ta'lim metodlarini qo'llash orqali yosh kadrlarni, yosh maqomdonlarni tayyorlashda mumkin.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. O.MaMaganneB. "MH.mHH Mycn^a H^poHnnnrn Macananapn" 2001 H.10-11 6eraap.

2. Nazarov D. "O'ZBEK MUMTOZ MUSIQASI XONANDALIK SAN'ATIDA USTOZ -SHOGIRD AN'ANALARINING RIVOJLANISH JARAYONLARI" Journal of AdvancedResearch and Stability Volume: 02 Issue: 03| 2022ISSN: 2181 -2608www.sciencebox.uz/82;

3. Turanova I. OLIY TA'LIMTIZIMIDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH. https://inlibrary.uz/index.php/zitdmrt/article/view/5169

122

http://oac.dsmi-qf.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.