Научная статья на тему 'AN’ANAVIY XONANDALIK KUYLASH MAKTABI SHAKLLARI'

AN’ANAVIY XONANDALIK KUYLASH MAKTABI SHAKLLARI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
15
3
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
O‘zbek musiqasi / an’anaviy qo‘shiqchilik / tarbiya / ashulla san’ati / honanda / xalq og‘zaki ijodi / mumtoz kuylarimiz / Uzbek music / traditional singing / education / singing art / singer / folklore / our classic tunes.

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Abdirimov Komiljon Tohirovich

Ushbu maqolada xonandalik ijrochilik maktabi shakllanib kelishi bugungi kunda xonandalik maktabida xonandalar ovozlari xaqida ma’lumotlar keltiriladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

FORMS OF THE SINGING SCHOOL OF TRADITIONAL SINGING

This article provides information about the formation of the singing performance school and the voices of singers in the singing school today.

Текст научной работы на тему «AN’ANAVIY XONANDALIK KUYLASH MAKTABI SHAKLLARI»

EURASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES, PHILOSOPHY AND CULTURE

Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.2 | SJIF = 8.165 www.in-academy.uz

FORMS OF THE SINGING SCHOOL OF TRADITIONAL

SINGING

Abdirimov Komiljon Tohirovich

[email protected] Urgench State University, Senior teacher of the Department of Music Education https://doi.org/10.5281/zenodo.11190550

EURASIAN I0URNAL OF SOCIAL SCIENCES

PHILOSOPHY AND CULTURE

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Received: 08th May 2024 Accepted: 13th May 2024 Online: 14th May 2024 KEYWORDS

This article provides information about the formation of the singing performance school and the voices of singers in the singing school today.

Uzbek music, traditional singing, education, singing art, singer, folklore, our classic tunes.

AN'ANAVIY XONANDALIK KUYLASH MAKTABI SHAKLLARI Abdirimov Komiljon Tohirovich

[email protected] Urganch davlat universiteti, Musiqa ta'limi kafedrasi katta o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.11190550

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Ushbu maqolada xonandalik ijrochilik maktabi shakllanib kelishi bugungi kunda xonandalik maktabida xonandalar ovozlarixaqida ma'lumotlar keltiriladi.

Received: 08th May 2024 Accepted: 13th May 2024 Online: 14th May 2024 KEYWORDS O'zbek musiqasi, an'anaviy qo'shiqchilik, tarbiya, ashulla san'ati, honanda, xalq og'zaki ijodi, mumtoz kuylarimiz.

Kirish.

Xalqimizning boy musiqa madaniyatini yosh avlodga singdirish, ularni tarbiyalab voyaga yetkazishda katta ahamiyat kasb etadi. Bo'lajak musiqa mutaxassislarining asosiy vazifalaridan biri xalqimizning asrlar osha kuylab kelingan ashulachilik uslublarini yoshlarga singdirishdan iborat, chunki kuylash an'analari va malakalarini yaxshi o'rganib olgan yoshlarga bu san'at an'analarini keng yoyishga ham imkoniyatli bo'ladi.

O'zbek xalqi o'zining ko'p yillik ashulachilik tarixiga ega bo'lib, u turli hududlarda kuylashning turlicha ijrochilik uslublari mavjud bo'lgan. Har bir hududda mahalliy xalqning o'ziga xos turmush tarzi, she'valari, urf - odati, til xususiyati mavjud bo'lgani kabi ularning kuylash uslublari ham bir-biridan farq qilgan.

EURASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES, PHILOSOPHY AND CULTURE

Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.2 | SJIF = 8.165 www.in-academy.uz

Qadimdan boshlab o'zbek xalq qo'shiqchiligi bilan bir vaqtda an'anaviy xonandalik ijrochilik maktabi shakllanib keldi. An'anaviy xonandalik maktabining xalq qo'shiqchiligi maktabidan farqi shunday an'anaviy xonandalik maktabida og'zaki an'anadagi kasbiy musiqa namunalari mumtoz ashula, katta ashula va maqom ijrochilik maktabi namunalari o'rin olganligi xalqimiz tomonidan e'tirof etilgan.

XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asrning boshlariga kelib, xonandalik amaliyoti ham hofizlik bilan bog'liq atama musiqa san'atining ustozona shakli ijrochilari orasida ommalasha boshladi. Xorazm, Buxoro va Farg'ona vodiysida ashula ijrochilari faoliyati munosib o'rnini topdi. Ustoz darajasidagi har bir mohir xonanda-ashulachilar xalq orasida muxlislari tomonidan "Hofiz" deb yuritish ommalashdi. Ungacha mumtoz xonandalar "Savtxon", "Nasrxon" yoki "Nasrchi", "Mug'anniy", "Go'yanda" nomlarida atalib kelinganligi sir emas. Shu davrdan boshlab O'zbekistonning har bir vohalarida o'ziga xos lokal xususiyatlarni o'zida mujassam etgan ijrochilik an'analari rasm bo'ldi. Bu an'analarning ijrochilari "Hofiz" deb yuritila boshlandi. Har bir vohada o'zining lokal ahamiyat kasb etuvchi hofizlari shakllandi. Albatta, bu jarayon mahalliy va shaxsiy ijrochilik uslublari negizida yuzaga kelgan. Bu jarayonga tahliliy nazar bilan yondashadigan bo'lsak, quyidagi manzaralar guvohi bo'lamiz.

Xorazm vohasi kabi Samarqand, Buxoro va Farg'ona vodiysi hofizlik an'analarida ijrochilik maktablari mavjud. Ijro maktablari, avvalo, hududiy ahamiyat kasb etsa, xonandalik amaliyotining rivoji jarayonida shaxsiy ijro uslublarining yuzaga kelganligi ham ko'p kuzatilgan. Har bir maktab o'z namoyandalari va ularning ustozligiga dalolat beruvchi ijro uslubiga ega.

"Shashmaqom" an'anasi Xorazm maqomlari, Farg'ona-Toshkent maqom yo'llarining yuzaga kelishida asos bo'lganligi sir emas. Aynan ushbu yo'nalishning samara topishi esa hofizlik an'analarida "Shashmaqom" ijrochiligi mavjud ekanligidan dalolatdir.

Xonandalikda ovozning tusi, jarangdorligi, kuchi, ko'lami, shiradorligi, uni ishlatish imkonlari va boshqa sifatlari tabiatan xilma-xil bo'lishi hisobga olinishi shart. Burungi davr ayrim savodxon musiqachilar tomonidan ovozlarni ta'riflash, bir-biridan farqlash, kasbiy jihatdan baholash uchun qator maxsus atama va iboralardan foydalanilgan. Demak, talaygina aniq tushunchalar og'zaki bo'lsa-da, muttasil ilmiy-amaliy muomalada bo'lgan.

An'anaviy xonandalik maktabida ustoz xonandalar ovozlari quyidagi nomlarda yuritilgan:

"Tik ovoz" (yoki "jarangdor ovoz")

"Jarangdor ko'krak ovoz"

"Quyuq tik ovozi" (yoki «jarangdor ovoz»)

Bularning ayrimlariga qisqacha tavsif berib o'tamiz.

Tik ovoz yoki jarangdor ovoz

"Tik ovoz", yoki "Jarangdor ovoz" ko'proq Farg'ona vodiysi Toshkent mahalliy uslubiga xos bo'lib, u har xil ashulalarni, ayniqsa, katta ashulalarni ijro etishda alohida o'rin egallaydi. Chunki ilgarigi vaqtlarda tom ma'noda tik ovozi bo'lmagan ashulachilar, umuman, ashulachi hisoblanmas edi. Ma'lumki, ayrim musiqachilar dutor yoki tanbur jo'rligida ham ashulalar ijro etardilar. Ular ham sozanda, ham xonanda bo'lib, tik ovozlari bilan avjda uchinchi oktava remi tovushlarini bemalol olardilar. Bunga misol bo'la oladigan zabardast hofizlardan Berkinboy Fayziyev, Komiljon Qurbonov (Eski Haqqulobod), Turg'un novcha, Mulla Kenja

EURASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES, PHILOSOPHY AND CULTURE

Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.2 | SJIF = 8.165 www.in-academy.uz

Holiqov, Mirza Olim (To'rtko'l qishlog'i), Abduraim qori (Xonobod), Musajon aka (Shahrixon), Foziljon va Ikromiddin, Mamadbuva Sattorov (Marg'ilon) qo'qonlik Mamadali qori, Meliqo'zi, Otamirza aka, O'tanboy Sarimsoqovlar kabilardir. O'zbekiston xalq hofizlari Odiljon Yusupov, Eson Lutfullayevlar ham ana shular safidagi ashulachilardir. Bular ham maqom yo'llari, ham katta ashulalarni me'yoriga yetkazib aytib kelgan xonandalardan.

Odatga ko'ra tik ovoz sohiblari ashulani boshlamaydilar. Katta ashuladami, soz jo'rligida aytiladigan misoldami - hamma vaqt ular ashulani maromiga yetkazib ijro etishgan. Ma'lumki, hozirda ham ana shunday ko'rkam an'analar davom ettirilmoqda.

Jarangdor ko'krak ovoz

Bunday ovozlar o'zbek xonandalari orasida ko'plab uchraydi. Ko'krak ovoz past pardalarda ham, yuqori pardalarda ham o'zining jarangdor sifatlarini yo'qotmaydi. Uning tabiati shun iboratki, jarangdorligi va tiniqligi tufayli hatto jo'rovozlikda ham ajralib eshitilaveradi. Avj pardalari yuqori, jumladan uchinchi oktava do tovushiga qadar yetadi. Shuningdek quyi pardalarda ham bunday ovoz aniq va ravon eshitiladi.

Taraladigan tovushlarda ko'proq o'ynoqi bezaklarga boy pardalar ko'pligini kuzatish mumkin. Misol qilib Ma'murjon Uzoqov, Akbar Haydarov, Rasulqori Mamadaliyev, Komiljon Hamroqulov, Zokirjon To'rayev, Nazarali Dadajonov kabi ashulachilarni ko'rsatish mumkin. Hozirgi kunda faoliyat ko'rsatayotgan yetuk yosh xonandalardan Mahmud Yo'ldoshevning ovozi ham aynan jarangdor ko'krak ovoz toifasiga mansub.

Quyuq tik ovoz

"Quyuq tik ovoz"lar ko'proq katta ashulachilarga xos bo'lib, ular ashulaning eng yuqori pardalarini zabt eta oladilar. Aslida, bunday ovoz jarangsizroq eshitiladi. U ashulaning eng pastki tuzilmalarida aniq eshitilmay tursa-da, o'rta pardalardan boshlab yaqqol ajralgan holda yangraydi. To'g'risini aytganda, pastki pardalar kamroq bo'ladi. Ashula rivoji hisobiga ularning avj pardalari juda baland bo'lib, toki uchinchi oktavaning mi, fa, hatto fa diyez pardalarigacha yetib boradi. Bunday ovoz sohiblaridan atoqli hofiz va bastakor Jo'raxon Sultonov, toshhovuzlik Matkarim hofiz, shuningdek, Abbosqori, Haydarali Hikmatov (Qo'qon), Xudoyberdi Qori (Norin), Nabijon Saidnazarov (Chinobod), Muyiddinhoji Alixo'jayev, Mannonqori (Andijon), Mamatxo'ja Eshon, Nazir Polvon (Andijon, Baliqchi) va boshqa ashulachilar yorqin misol bo'la oladi.

Boshqa ovozlar

O'zbekistonda uchraydigan ovoz toifalaridan yana biri buxorolik va samarqandlik xonandalarga xosdir. Bunday ovoz-u nafas orqali kuylash uslubi o'zbeklarda bo'lmagani sababli uning maxsus atamasi ham yo'q. Bizningcha u ko'proq ayrim forsiyzabon xalqlarga xos bo'lib, keyinchalik uni Buxoro ashulachilik maktabi xonandalari o'zlariga moslashtirib olgan bo'lsalar kerak.

Bunday aytish xususiyatlari ko'proq tojik millatiga mansub kishilarning ovozlariga biroz yaqindir. Buxoro hofizlari forsiy tilni o'rganib olishi bilan birga ularning ijro ko'nikmalarini, ovoz ishlatish uslublarini ham o'zlashtirishganga o'xshaydi. Chunki ular orasida yashab turishi sababli muayyan muhitdan kelib chiqib, shunday moyillik paydo bo'lgan, mahalliy aholi urf-odatlariga bo'ysungan deyishimiz mumkin.

Mazkur maqolada xalq qo'shiqchiligi emas, an'anaviy xonandalik maktabining shakllari Mumtoz ashula, Katta ashula, jumladan Xorazm maqomlari haqida to'xtalib o'tamiz.

EURASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES, PHILOSOPHY AND CULTURE

Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.2 | SJIF = 8.165 www.in-academy.uz

References:

1. Алишер Навоий. Мукаммал асарлар туплами. 10-жилд. Т.: 1992.

2. Muhammad Rahimxon Feruz. Elga shoh-u, ishqqa qul. T.: G'ofur G'ulom nomidagi adabiyot va san'at nashriyoti, 1994, 160 .

3. Muhammad Rizo Ogahiy. Asarlar. VI tomlik, I-II tomlar. Devon. T.: G'ofur G'ulom nomidagi adabiyot va san'at nashriyoti, 1971-1972.

4. Фитрат. Узбек классик мусицаси ва унинг тарихи - Т.: 1993.

5. Матякубов O. Огзаки анъанадаги профессионал музика асосларига кириш - Т.: 1983.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.